1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Tabiiy resurslar / Er]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining
buyrugʻi
Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 9-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3211-1]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi kadastr agentligi direktorining 2022-yil 6-dekabrdagi 14-2022-sonli ““Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3211-2, 21.12.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻgʻrisidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2019-yil 17-dekabrdagi 11-son qarori (roʻyxat raqami 3211, 2020-yil 17-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 10/20/3211/0065-son) bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor F. PULATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-avgust,
7-2022-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2022-yil 21-iyul
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A. ORTIKOV
2022-yil 22-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-son buyrugʻiga ILOVA
Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“2. Malaka shahodatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan bepul beriladi.”.
“3. Kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi boʻyicha tayyorlash Agentlikning Davlat kadastrlari palatasi (bundan buyon matnda Davlat kadastrlari palatasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.”.
“7. Malaka imtihonini oʻtkazish uchun Agentlik direktorining buyrugʻi bilan besh kishidan kam boʻlmagan tarkibda Malaka imtihoni komissiyasi tashkil qilinadi.
Agentlik direktori Malaka imtihoni komissiyasi raisi hisoblanadi.
Malaka imtihoni komissiyasi tarkibi Agentlikning masʼul xodimlari va Davlat kadastrlari palatasining masʼul vakillari orasidan shakllantiriladi.”.
“12. Mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan ariza talabgor tomonidan Agentlikka shaxsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali topshiriladi.”.
“46. QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan malaka shahodatnomasi Agentlik tomonidan Malaka imtihoni komissiyasining bayonnomasi olinganidan boshlab besh kun ichida rasmiylashtiriladi va Kadastr muhandislari reyestriga imzo qoʻyilgan holda talabgorga beriladi.”.
18. 5-bobning nomidan “va dublikatini berish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
19. 50-banddagi “Qoʻmitada” degan soʻz “Agentlikda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga
_________________________________________________________________________da yashovchi
Menga koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olish uchun malaka imtihonini topshirishga/qayta rasmiylashtirishga* ruxsat berishingizni soʻrayman.
20 __ yil “____” _______________
Shaxsiy imzo __________________
*Izoh: arizaning turidan kelib chiqib kerakli soʻzlarning tagiga chizing.”.
Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
NAMUNA
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi
KADASTR MUHANDISINING MALAKA ShAHODATNOMASI
______________-son
Rasm uchun joy
20 __ yil “___” ____________
Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan