1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Yer osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Yer umummilliy boylik, Oʻzbekiston xalqining hayoti, faoliyati va farovonligi asosi, eng muhim tabiiy resurs hisoblanadi. Shu sababli, yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer bilan uzviy bogʻlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini toʻlaqonli yuritish davlatning eng muhim vazifalaridandir.
Iqtisodiy sohadagi keng koʻlamli oʻzgarishlar yer va unga bogʻliq resurslarning aniq hisobini yuritish, ulardan oqilona foydalanish tizimini yanada takomillashtirishni talab etmoqda.
Xususan, yerlarni ajratish, ularning hisobini yuritish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, yer nazoratini amalga oshirish vazifalarining yagona organda toʻplanganligi, yer uchastkalari, bino va inshootlarga (keyingi oʻrinlarda — koʻchmas mulk) kadastr yigʻmajildi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning oʻzi tomonidan tayyorlanishi sohada manfaatlar toʻqnashuvini yuzaga keltirmoqda.
Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida” Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, erga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6243-son Farmoni.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining qishloq xoʻjaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xoʻjaligi yerlarini muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish, tuproq bonitirovkasini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi yerlarining meʼyoriy qiymatini aniqlash, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirishga doir vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari Qishloq xoʻjaligi vazirligiga oʻtkazilsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarning tarkibidagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish maqsadida ularning monitoringini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi doirasida amalga oshirilishi belgilansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish]
3. Quyidagilar Kadastr agentligining asosiy vazifalari hamda faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
a) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida:
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlashga va yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.02.00 Kartografiya]
b) geodeziya va kartografiya sohasida:
geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiyaga oid izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar maʼlumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish;
davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritish;
davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
v) davlat kadastrlarini yuritish sohasida:
davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, hududlar davlat kadastrining samarali yuritilishini taʼminlash;
davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini taʼminlashga qaratilgan samarali kadastr nazoratini amalga oshirish;
g) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
d) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash.
Belgilansinki, Kadastr agentligi faoliyatining yer hisobini yuritish, mazkur sohada vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan faol ishlash boʻyicha yoʻnalishlari Bosh vazir oʻrinbosari A.J. Ramatov, moliyaviy faoliyati Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
4. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.01 Yer uchastkasiga mulk huquqi (shuningdek, 03.08.03.00, 03.08.04.00 ga qarang);
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.02 Yer uchastkasiga egalik qilish va doimiy foydalanish huquqining oʻtishi;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.11.00 Yerga boʻlgan huquqlarning bekor boʻlishi;
5.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.15.00 Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning cheklanishi (yer uchastkalarini saqlash vazifasi)]
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning, shu jumladan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish va ijaraga olish huquqining vujudga kelishi, oʻzgarishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi faqat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin kuchga kirishi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.24.00 Yerga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.07.00 Mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslikda aybdor shaxslarga maʼmuriy javobgarlik belgilanganligi;
koʻchmas mulkning turi, tavsifi, hajmi, qiymati va boshqa koʻrsatkichlarini aniqlash maqsadida uning kadastr yigʻmajildi tayyorlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.08 Zaxira yerlar]
zaxirada turgan va yangi ajratilayotgan yer uchastkalariga kadastr yigʻmajildi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda — tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimining, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarda — tuman (shahar) qurilish boʻlimining murojaatiga muvofiq tuman (shahar) hokimligining buyurtmasiga asosan tayyorlanadi, ushbu xarajatlar yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida mazkur yer uchastkasiga ega boʻlgan shaxs tomonidan qoplanadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar vujudga kelgan, biroq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan boʻlsa, ularga kadastr yigʻmajildini tayyorlash hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish huquq egalarining buyurtmalariga asosan ularning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, shu jumladan oʻrmon xoʻjaliklari, suv xoʻjaligi tashkilotlari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, ijtimoiy muassasalarga berilgan yer uchastkalariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish balansda saqlovchilarning buyurtmalariga asosan va ularning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
kadastr yigʻmajildi Kadastr agentligi tomonidan shahodatlangan kadastr muhandislari hamda Kadastr agentligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida tayyorlanadi;
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.02 Yer uchastkasiga egalik qilish va doimiy foydalanish huquqining oʻtishi;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.11.00 Yerga boʻlgan huquqlarning bekor boʻlishi;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.15.00 Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning cheklanishi (yer uchastkalarini saqlash vazifasi);
5.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
2020-yil 1-oktabrdan boshlab yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi, oʻzgarishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlar Kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimida (UZKAD) davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin kuchga kiradi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish orqali toʻplangan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
6. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.06.00 Yer tuzilishi. Yer tuzish jarayoni. Yer uchastkalari chegarasini oʻrnatish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.13.00 Yer egalari, foydalanuvchilar va yerni ijaraga olganlarning huquqini himoyalash va kafolatlash;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
er turi, konturi, chegarasi va huquq egalari haqidagi barcha maʼlumotlar Kadastr agentligining onlayn geoportaliga (keyingi oʻrinlarda — onlayn geoportal) kiritiladi;
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
onlayn geoportal Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — Milliy geoaxborot tizimi) integratsiya qilinadi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
er balansi va uning hisoboti faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritiladi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Davlat kadastrlari yagona tizimi Milliy geoaxborot tizimida shakllantiriladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
tegishli davlat kadastrlari maʼlumotlari Milliy geoaxborot tizimiga faqat telekommunikatsiya tarmoqlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri taqdim etib boriladi.
7. Kadastr agentligi:
a) ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.24.00 Yerga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazmaslik, yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish hamda davlat kadastrlarini yuritish tartibini buzish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar faqat Kadastr agentligi organlari tomonidan koʻrib chiqilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini qayta koʻrib chiqish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun undiriladigan yigʻimni kamaytirish boʻyicha hukumat qarori loyihasini kiritsin;
b) 2020-yil 1-noyabrga qadar onlayn geoportalni sinov tariqasida ishga tushirsin;
v) 2020-yil 1-dekabrga qadar barcha qishloq xoʻjaligi xaritalarining onlayn geoportalga kiritilishini hamda uning Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
g) 2021-yil 1-yanvardan boshlab onlayn geoportalni toʻliq ishga tushirsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat soliq qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Qurilish vazirligi bilan birga yer uchastkalarini ajratish haqidagi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari hamda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi, oʻzgarishi va bekor boʻlishiga asos boʻlgan boshqa hujjatlarning 2021-yil yakuniga qadar Milliy geoaxborot tizimida toʻliq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
9. Belgilansinki, qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatini aniqlash va qayta baholash, tuproq bonitirovkasi va tuproq xaritalarining korrektirovkasini oʻtkazish, sugʻoriladigan yerlarda tuproq agrokimyoviy tadqiqot ishlarini bajarish va agrokimyoviy kartogrammalar tuzish, tuproq (er) monitoringini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan nazarda tutiladigan mablagʻlar 2021-yil 1-yanvardan boshlab Qishloq xoʻjaligi vazirligiga ajratiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash]
Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda tuproq bonitirovkasi ishlarini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatini aniqlash va geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirishga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga:
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni kiritsin.
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5065-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 3-avgustdagi “Jahon banki ishtirokida “Koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2571-son qarorining 7-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3024-son qarorining 1 — 3-bandlari hamda unga 1 — 5-ilovalar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)