Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 24-oktabrdagi 12-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2949, 2017-yil 22-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2949/0286-son) bilan tasdiqlangan Sport pasporti toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Sport pasportini rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.”.
2. 9-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalariga” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Arizaga sportchining maʼlumotnoma-anketasi, shuningdek 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar uchun 3 x 4 oʻlchamdagi oq fondagi 2 ta rangli fotosurati ilova qilinadi. Bunda sportchi (uning qonuniy vakili) tomonidan beriladigan arizaga sportchi hamda uning treneri tomonidan imzolangan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan maʼlumotnoma-anketa, jismoniy tarbiya-sport tashkiloti tomonidan beriladigan arizaga esa, tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan (agar muhr mavjud boʻlsa) mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan maʼlumotnoma-anketa ilova qilinadi. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotnoma-anketani muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.”.
4.
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Hududiy boshqarmalar sport pasportini berish toʻgʻrisidagi ariza kelib tushganda oʻsha kunning oʻzida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Markazga yuborilishini taʼminlaydi.”.
5.
17-banddagi “10 kun” degan soʻzlar “1 kun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6.
20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Sport pasporti murojaat etuvchiga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, harbiy guvohnoma) asosida jurnalga imzo qoʻydirib olish orqali topshiriladi.”.
a) Kitobcha shakldagi sport pasportining
shakli quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) Kitobcha shakldagi sport pasportining
tavsifida:
uchinchi va
oʻn oltinchi xatboshilardagi “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA VA SPORT DAVLAT QOʻMITASI” degan soʻzlar “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTNI RIVOJLANTIRISN VAZIRLIGI” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Ikkinchi betning yuqori qismida ikki qatorda toʻq koʻk rangda “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTNI RIVOJLANTIRISN VAZIRLIGI” degan soʻzlar, ulardan pastda esa, ikki qatorda “RAQAMLASNTIRISN VA SERTIFIKATLASN MARKAZI DUK” degan soʻzlar, keyin qizil rangda “SPORT PASPORTI” degan soʻzlari yozilgan.”;
oʻn sakkizinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining Sertifikatsiyalash va kompyuterlashtirish markazining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamlashtirish va sertifikatlash markazining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a) Plastik shakldagi sport pasportining
shakli quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) Plastik shakldagi sport pasportining
tavsifida:
“Sportchining sport pasporti old tomonida yuqori qismida, koʻk rangda “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTNI RIVOJLANTIRISN VAZIRLIGI” va “RAQAMLASNTIRISN VA SERTIFIKATLASN MARKAZI DUK” hamda qizil rangda “SPORT PASPORTI” degan soʻzlar yoziladi.”;
oʻn uchinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalariga” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9.
3 va
4-ilovalardagi “Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan ruxsatnomasi raqami:” degan soʻzlar “Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun malaka sertifikati raqami:” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.