toggle_night_mode
Hujjat 05.09.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Bojxona sohasidagi tartib-taomillar takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda Jahon savdo tashkiloti va Jahon bojxona tashkilotining standartlari hamda tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, shuningdek, milliy bojxona qonunchiligini takomillashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga va “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilayotgan oʻzgartirishlardan kelib chiqib, qonunchilikdagi mavjud boʻshliqlarni bartaraf etish talab etilmoqda.
Bojxona sohasidagi qonunosti hujjatlarining normalarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida” 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-son, “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 1-fevraldagi OʻRQ-748-son hamda “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-son qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash tartibotlarini raqamlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini tashkil etish;
tranzit deklaratsiyasi va tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash tartibotlari uchun pasaytirilgan bojxona yigʻimlari stavkalarini belgilash;
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini soddalashtirilgan tartibda deklaratsiyalash.
2. Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 5-sentabr,
487-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktabrdagi 814-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli tizimni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 15-banddagi “normasi hamda aksiz soligʻi solinmaydigan tovarlarni olib kirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 16-banddagi “normasi hamda aksiz soligʻi solinmaydigan tovarlarni olib kirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning 4-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Meva-sabzavot mahsulotlarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi eksport qiluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar hamda xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi asosida amalga oshiriladi. Bunda hujjatlardagi mavjud maʼlumotlarning ishonchliligi, shuningdek, mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan noqonuniy olib oʻtish holatlari uchun eksport qiluvchi javobgar hisoblanadi”;
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Institutning magistratura taʼlim yoʻnalishiga qabul qilingan xodimlar Institut tinglovchisi hisoblanadi. Magistraturada oʻqish davrida tinglovchilarning oxirgi egallagan lavozimidagidan kam boʻlmagan miqdorlardagi pul taʼminoti saqlangan holda bojxona organlarining ixtiyorida qoldiriladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 9-apreldagi 210-son qarorida:
a) 2-banddagi “faqat davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari “maxsus elektron tizim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
maxsus elektron tizim — litsenziyalashda vakolatli organlarning idoralararo elektron hamkorlik qilishi, shuningdek litsenziya talablari hamda shartlari bajarilishining monitoringini oʻtkazish jarayonlarini qamrab oladigan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq boʻlgan “Litsenziya” axborot tizimi;
soʻrovnoma — litsenziyalash faoliyati yuzasidan yuridik shaxsning ariza koʻrinishidagi litsenziyalovchi organga murojaati”;
birinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogariga litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgorga talabgor” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogarining” soʻzlari “talabgorning” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogarining” soʻzlari “talabgorning” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogarining” soʻzlari “talabgorning” soʻzi bilan almashtirilsin;
18-bandning birinchi xatboshisidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
30-bandning yigirmanchi xatboshisidagi “va ushbu tovarlarni ombordan faqat markalari yopishtirilgan taqdirdagina chiqarish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari davlat xizmatlari markaziga” soʻzlari “talabgor maxsus elektron tizim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
33-banddagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Talabgor davlat xizmatlaridan elektron tarzda maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali foydalanadi”;
36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Talabgor mazkur Reglamentga 3-ilovadagi 1-shaklga muvofiq bojxona ombori faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron toʻldiradi”;
37-banddagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “YIDXP orqali murojaat qilinganda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. Reglament talablari asosida maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali hujjatlar toʻliq kiritilmasa, soʻrovnomani tasdiqlash va litsenziyalovchi organga yuborish avtomatik tarzda rad etiladi.
Talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi litsenziyalovchi organ tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Talabgorning hujjatlar toʻliq boʻlmagan murojaati litsenziyalovchi organ tomonidan davlat xizmati koʻrsatilmasdan rad etiladi”;
41-banddagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan, “yigirma kundan” soʻzlari “yigirma ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogarining” soʻzlari “talabgorning” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “oʻn besh kundan” soʻzlari “oʻn besh ish kunidan” soʻzlari bilan, “litsenziya daʼvogarining” soʻzlari “talabgorning” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “uch kun muddatda” soʻzlari “uch ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bir ish kunida talabgorga maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali”;
uchinchi xatboshidagi “hamda ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasini imzolash” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
46-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“46. Litsenziya berish “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin”;
47-banddagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“48. Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani koʻrib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki uni berishni rad etish haqida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida talabgorga maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali xabarnoma yubormasa, talabgor ushbu Reglamentning 41-bandida koʻrsatib oʻtilgan muddat tamom boʻlgandan keyin bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish huquqiga, bu haqda litsenziyalovchi organni maxsus elektron tizim yoki YIDXP vositasida elektron shaklda xabardor qilgan holda, ega boʻladi”;
“litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
“davlat xizmatlari markazi yoki” soʻzlari “maxsus elektron tizim yoki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“oʻn kundan” soʻzlari “besh ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi, “olti kundan” soʻzlari “ikki ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
50-banddagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
51-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
52-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“52. Litsenziyalovchi organ davlat boji toʻlangandan soʻng uch ish kunida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron litsenziyani rasmiylashtiradi hamda litsenziyalovchi organ vakolatli shaxsining ERIsi bilan tasdiqlab, talabgorga maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi”;
54-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“54. Agar talabgor tomonidan unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali litsenziyani berish uchun axborot-kommunikatsiya tizimlari yordamida davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborilmagan taqdirda, litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli”;
“hamda ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasi imzolanmagan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
57-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“57. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin besh ish kuni ichida litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni kiritgan holda, ushbu Reglamentning 35 — 37-bandlarida koʻrsatilgan tartibda soʻrovnoma orqali litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali murojaat qilishi shart.
Bunda talabgor mazkur Reglamentga 3-ilovadagi 2-shaklga muvofiq bojxona ombori faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiradi”.
birinchi xatboshidagi “besh kun muddatda” soʻzlari “besh ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda mazkur Reglamentning 78-bandida koʻrsatilgan miqdorda yigʻim undiriladi”;
60-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“60. Litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish ushbu Reglament boʻyicha “xavfni tahlil qilish” tizimi natijalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilishi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida amalga oshiriladi”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“litsenziat tomonidan ushbu Reglamentda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan, qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkazish”;
oltinchi xatboshidagi “tugatish” soʻzi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bojxona omborida bojxona nazorati ostida boʻlgan tovarlarga Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq, bojxona nazorat shakllarini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishishni talab etmaydi”;
62-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“62. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Litsenziyaning bekor qilinishiga asos boʻladigan qoʻpol qoidabuzarliklarning roʻyxati ushbu Reglamentning 4-ilovasida belgilangan Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash pasportida nazarda tutiladi”;
65-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“65. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32 — 34-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi”;
66-banddagi “toʻxtatib turilishi yoki bojxona omborining tugatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan” soʻzlari “toʻxtatilgan yoki tugatilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
68-banddagi “litsenziyalovchi organning yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
69-banddagi “qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul” soʻzlari “qilishi tugatilgan yoki litsenziya bekor” soʻzlari bilan almashtirilsin;
70-bandning uchinchi xatboshisidagi “tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan” soʻzlari “tugatilgan” soʻzi bilan almashtirilsin;
72-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “tugatish” soʻzi chiqarib tashlansin;
73-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish, ularni bekor qilish asoslari hamda sanalari”;
78-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“78. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi”;
79-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“79. Davlat bojlari va yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan davlat boji summasi — toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan yigʻimlar summasi — toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi”;
ikkinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib” soʻzlari “maxsus elektron tizim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
87-banddagi “Davlat xizmatlari markazlari va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
88-banddagi “shu jumladan YIDXP orqali” soʻzlari “shu jumladan maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Maʼmuriy reglamentga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda, litsenziyani elektron shaklda rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Litsenziya olish uchun maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali soʻrovnoma toʻldiradi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Soʻrovnomani litsenziyalovchi organga (Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksiga) yuboradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Litsenziyalovchi organ

Hujjatlarni koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritadi.

Hujjatlar qabul qilingan kunda

4-bosqich

Ekspert komissiyasi

Hujjatlarni litsenziyalash talablari va shartlariga rioya etilishini oʻrganish uchun bevosita bojxona omborini tashkil etish joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi, talabgorning litsenziyalash talablari va shartlariga mosligi toʻgʻrisida ekspert xulosasini tayyorlaydi.

1. Hujjatlar qabul qilingʻan kundan boshlab 15 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda

2. Hujjat takroran taqdim etilganda, 2 ish kuni ichida

5-bosqich

Litsenziyalovchi organ

1. Ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

1. 3 ish kuni ichida

2. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida talabgorga maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali:

litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, davlat bojini amalga oshirish toʻgʻrisida;

litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, rad etishning sabablari va talabgor koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan xabarnomani yuboradi.

2. Qaror qabul qilingandan soʻng 1 ish kun ichida

6-bosqich

Talabgor

Litsenziya berish haqidagi xabarnoma kelib tushgandan soʻng litsenziya uchun davlat bojini toʻlaydi.

3 oy mobaynida

7-bosqich

Litsenziyalovchi organ

1. Davlat boji toʻlanmagan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

1. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan paytdan eʼtiboran 3 oy oʻtgach

2. Ijobiy qaror mavjudligi va litsenziya berish uchun davlat boji toʻlangandan soʻng QR-kod bilan himoyalangan litsenziyani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab rasmiylashtiradi va litsenziyani talabgorga maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.

2. 3 ish kunida

”;

Maʼmuriy reglamentga 3-ilovaning matnidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
Quyidagi mazmundagi 4-ilova bilan toʻldirilsin:
“Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI*

1. Litsenziya nomi

Bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

2. Litsenziyalanadigan faoliyat turi

Bojxona ombori faoliyati.

3. Amalga oshirish mexanizmini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 9-apreldagi 210-son qarori.

4. Ariza beruvchilar toifasi

Yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti.

5. Litsenziyalovchi organ

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi.

6. Hujjatlarni topshirish tartibi

“Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

7. Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

Litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

talabgor ega boʻlgan va bojxona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar, ularning oʻlchamlari, hajmi va (yoki) maydoni, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, videokuzatuv tizimi, asbob-uskunalar va moddiy-texnika bilan taʼminlanganligi hamda mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki muddatlarini koʻrsatgan holda ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

avtomobil va temir yoʻllar koʻrsatilgan holda, bojxona ombori uchun moʻljallangan hudud (shuningdek, yondosh) hamda binolar va (yoki) ochiq maydonchalarning sifatli chizmasi (oʻlchamlari koʻrsatilgan bojxona nazorati zonasi, qoʻriqlanadigan hudud bilan birga) va kadastr yigʻma jildidagi tarhi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat.

8. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.

Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida.

9. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari. Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, davlat boji undirilmaydi.

10. Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari

Talabgorning soʻrovnomasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda kelib tushgan kundan boshlab, 20 ish kuni.

11. Litsenziya talablari va shartlari

a) Bojxona ombori hududi bojxona nazorati zonasi hisoblanadi.

Bojxona ombori hududiga qoʻriqlanadigan va mazkur Reglamentning 20-bandida qayd etilgan tartibda belgilab olingan, tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berishni yakunlash uchun zarur boʻlgan vaqtda tovarlarni tashiyotgan transport vositalari toʻxtab turishi uchun jihozlangan hudud tutashgan boʻlishi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan hudud ham bojxona nazorati zonasi hisoblanadi. Bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashiydigan transport vositalari ushbu bojxona nazorati zonasiga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin.

Temir yoʻl va avtomobil transport uzellari hamda transport magistrallaridan olib boruvchi, transport vositalari harakati uchun yetarli kenglikka ega boʻlgan yoʻl boʻylab bojxona omborigacha boʻlgan masofa 3 km.dan oshmasligi kerak.

b) Bojxona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar saqlanayotgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati amalga oshirilishi, ularning saqlanishi taʼminlanadigan tarzda joylashtirilishi, jihozlanishi va asbob-uskunalar bilan taʼminlanishi kerak hamda quyidagilarni istisno etishi lozim:

bojxona ombori hududiga bojxona nazorati zonasiga va tovarlarga begona shaxslarning (ombor xodimlari boʻlmagan, tovarlarga nisbatan vakolatga ega boʻlmagan) yaqinlashishini;

tovarlarning bojxona nazoratini chetlab olib kirilishini va olib chiqilishini.

Agar binoning yoki inshootning bir qismi bojxona ombori hisoblansa, unga borish yoʻllari va tutashib ketadigan tushirish maydonchalari bojxona nazorati ostidagi tovarlarga begona shaxslarning yaqinlashishini istisno etadigan qilib jihozlanishi kerak.

v) Bojxona ombori binolari va (yoki) ochiq maydonchalari:

yer ustidagi imoratlarda yoki inshootlarda joylashtirilishi;

qoʻriqlash va yongʻin nazorati signalizatsiyalari, sodir boʻlayotgan voqealar boʻyicha har tomondan olingan video maʼlumotlarni uch oy davomida koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;

yongʻin xavfsizligi talablariga mos boʻlgan yongʻinni oʻchirish tizimi va vositalariga ega boʻlishi kerak.

g) Bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan va bojxona nazorati zonasi hisoblangan hudud quyidagi talablarga muvofiq:

bojxona omboriga tutashib ketgan butun hudud perimetri boʻyicha balandligi 2 mdan kam boʻlmagan qatʼiy oʻrnatilgan yaxlit toʻsiqlar (uzluksiz temir panjara yoki devor) bilan aylantirib toʻsilgan;

ichkarisida bojxona omborining qismi hisoblanmagan oʻzga imoratlar va inshootlarga ega boʻlmasligi;

ogʻir yukli transportning manyovr (toʻsiqqa chap berish uchun oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib bajariladigan harakatlari — qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, ortga harakat, aylanib oʻtish) qilish imkoniyatini taʼminlashi;

bojxona ombori imoratiga eshiklari tomonidan bevosita tutashib ketgan boʻlishi;

barcha kirish (chiqish) va (yoki) chiqish (kirish) joylarida oʻzbek, rus va ingliz tillarida “bojxona nazorati zonasi” belgisi qoʻyilgan, olingan tasvirlarni uch oy davomida koʻrsatish hamda bojxona organlariga onlayn uzatish imkoniga ega boʻlgan, kun-u-tun ishlaydigan avtotransport vositasining davlat raqami belgisini va temir yoʻl transporti vositasining raqamini aniqlash tizimi bilan jihozlangan nazorat-oʻtkazish punktlari boʻlishi;

tovarlarni bojxona omboriga joylashtirish va ombordan olib chiqish faqat bojxona nazorati zonasi orqali amalga oshiriladigan tarzda jihozlanishi lozim.

d) Bojxona ombori va bojxona nazorati zonasi hisoblangan, bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan hudud:

umumiy perimetr boʻyicha bir-biridan ajralmagan;

balandligi 2 metrdan kam boʻlmagan qatʼiy oʻrnatilgan yaxlit toʻsiqlar bilan aylantirib toʻsilgan va barcha kirish (chiqish) va (yoki) chiqish (kirish) joylarida oʻzbek, rus va ingliz tillarida “bojxona ombori” belgisi qoʻyilgan holda nazorat-oʻtkazish punktlariga ega boʻlishi kerak.

e) Bojxona ombori sifatida ishlatish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar yoxud bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan hudud quyidagilarni inobatga olgan holda, bittadan kam boʻlmagan usti yopiq koʻrik maydonchasiga ega boʻlishi kerak:

bojxona ombori eshiklari tomonidan joylashishi;

40 m²dan kam boʻlmagan maydonga ega boʻlishi;

elektr yorugʻi bilan jihozlanishi;

sodir boʻlayotgan voqealar boʻyicha har tomondan olingan video maʼlumotlarni uch oy davomida koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;

tovarlarni tushirish-ortish uchun koʻchma va (yoki) yerdagi estakada (yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish uchun yer yuzasidan maʼlum balandlikda quriladigan yoki oʻrnatiladigan toʻsinsimon konstruksiyalardan iborat koʻpriksimon inshoot) boʻlishi.

yo) Bojxona ombori doimiy ravishda soz, ishchi holatda va uning normal faoliyat koʻrsatishi uchun quyidagilar yetarli boʻlishi kerak:

ortish-tushirish va transport vositalari;

ombor asbob-uskunalari;

oʻlchov asboblari, aniqligi va oʻlchash chegaralari bojxona omborida saqlashga moʻljallanayotgan tovarlar xususiyatiga muvofiq boʻlgan tovarlarning ogʻirligini oʻlchash vositalari;

bojxona organlarining dasturiy taʼminotiga mos keladigan tovarlar hisobini yuritadigan avtomatlashtirilgan tizim;

bojxona ombori sifatida ishlatish uchun moʻljallangan binolarni, ochiq maydonchalarni, bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan butun hududni toʻliq nazorat qilish hamda bojxona organlariga video maʼlumotlarni uzatish, shuningdek, ushbu maʼlumotlarni uch oy davomida saqlash imkoniga ega boʻlgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi;

koʻrik oʻtkazish uchun stol;

aptechka (birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot qutichasi);

termometr (dori vositalarini saqlashga moʻljallangan binolar uchun);

aloqa vositalari (shu jumladan telefon, maʼlumot uzatish tarmogʻi, Internet);

tashkiliy texnika;

mebel.

j) Bojxona omborida va bojxona nazorati zonalari hisoblangan bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan hududda har qanday turdagi chiqindilar va boshqa maishiy axlat toʻplanishi mumkin emas.

z) Bojxona organi xodimlari uchun bojxona omborida yoki bojxona nazorati zonasida bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun quyidagilarga javob beradigan bino ajratilishi kerak:

6 m²dan kam boʻlmagan maydonga va 20 m³dan kam boʻlmagan hajmga ega;

mavsumiy isitish va sovitish tizimiga ega;

doimiy soz holatdagi, bojxona organlarining dasturiy taʼminoti bilan ishlash imkoniga ega boʻlgan kompyuter, printer va nusxa koʻchiradigan apparat, aloqa vositalari (shu jumladan telefon, Internet) bilan jihozlangan;

mebel jihozlari bilan taʼminlangan;

bojxona omboriga oʻrnatilgan videokuzatuv tizimiga ulangan.

Litsenziat tomonidan ushbu Reglament va qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi natijasida bojxona nazorati ostida boʻlgan tovarlarning yoʻqolishiga yoki boshqacha tarzda shikast yetkazilishiga olib kelsa yoxud boshqa shaxslarga berib yuborilsa, bunday hollarda qoʻpol qoidabuzarlik sodir etilgan deb hisoblanadi.

12. Nazorat tartibi

Litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish ushbu Reglament boʻyicha “xavfni tahlil qilish” tizimi natijalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilishi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida amalga oshiriladi.

Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

litsenziat tomonidan ushbu Reglamentda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan, qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkazish;

litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish davomida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish;

tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda, dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;

litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;

litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoxud sudga murojaat qilish.

Bojxona omborida bojxona nazorati ostida boʻlgan tovarlarga Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq, bojxona nazorat shakllarini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishishni talab etmaydi.

13. Bojxona toʻlovlari toʻlanishin? taʼminlash

Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasi 1 m² ochiq maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) 5 baravari miqdorida yoki 1 m³ bino hajmi uchun BHMning 1 baravari miqdorida, lekin BHMning 2 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanadi.

Litsenziat taqdim etilgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin yoki BHM oshgan kundan bir oy muddatda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasiga tegishli tuzatishlar kiritish boʻyicha murojaat qilishi shart.

14. Litsenziya berishda kelishiladigan organlar

Quyidagi maʼlumotlar elektron hamkorlik yoʻli bilan yoxud elektron soʻrov orqali olinadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligidan — koʻchmas mulkka boʻlgan huquq toʻgʻrisida;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasidan — ijara shartnomasi toʻgʻrisida.

15. Litsenziyaning amal qilish muddati

Cheklanmagan.

Izoh

* Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash pasporti mazkur faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa norma va qoidalarning talabgor va litsenziat tomonidan bajarilishini istisno etmaydi.

”;

uchinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
maxsus elektron tizim — litsenziyalashda vakolatli organlarning idoralararo elektron hamkorlik qilishi, shuningdek litsenziya talablari hamda shartlari bajarilishining monitoringini oʻtkazish jarayonlarini qamrab oladigan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq boʻlgan “Litsenziya” axborot tizimi;
soʻrovnoma — litsenziyalash faoliyati yuzasidan yuridik shaxsning ariza koʻrinishidagi murojaati”;
8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
11-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilaridagi “litsenziya daʼvogarining” soʻzlari “talabgorning” soʻzi bilan almashtirilsin;
13-bandning uchinchi xatboshisidagi “bojxona omborigacha” soʻzlari “erkin omborgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bandning birinchi xatboshisidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari davlat xizmatlari markaziga” soʻzlari “talabgor maxsus elektron tizim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
31-banddagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Talabgor davlat xizmatlaridan elektron tarzda maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali foydalanadi”;
34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Talabgor mazkur Reglamentga 3-ilovadagi 1-shaklga muvofiq erkin ombor faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron toʻldiradi”;
35-banddagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “YIDXP orqali murojaat qilinganda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Reglament talablari asosida maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali hujjatlar toʻliq kiritilmasa, soʻrovnomani tasdiqlash va litsenziyalovchi organga yuborish avtomatik tarzda rad etiladi.
Talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi litsenziyalovchi organ tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Talabgorning hujjatlar toʻliq boʻlmagan murojaati litsenziyalovchi organ tomonidan davlat xizmati koʻrsatilmasdan rad etiladi”;
39-banddagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan, “yigirma kundan” soʻzlari “yigirma ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogarining” soʻzlari “talabgorning” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “oʻn besh kundan” soʻzlari “oʻn besh ish kunidan” soʻzlari bilan, “litsenziya daʼvogarining” soʻzlari “talabgorning” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “uch kun muddatda” soʻzlari “uch ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bir ish kunida talabgoriga maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali”;
uchinchi xatboshidagi “hamda ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasini imzolash” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“44. Litsenziya berish “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin”;
45-banddagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
46-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“46. Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani koʻrib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki uni berishni rad etish haqida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida talabgorga maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali xabarnoma yubormasa, talabgor ushbu Reglamentning 39-bandida koʻrsatib oʻtilgan muddat tamom boʻlgandan keyin erkin ombor faoliyatini amalga oshirish huquqiga, bu haqda litsenziyalovchi organni maxsus elektron tizim yoki YIDXP vositasida elektron shaklda xabardor qilgan holda, ega boʻladi;
“litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
“davlat xizmatlari markazi yoki” soʻzlari “maxsus elektron tizim yoki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“oʻn kundan” soʻzlari “besh ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi, “olti kundan” soʻzlari “ikki ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
48-banddagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
49-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
50-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50. Litsenziyalovchi organ davlat boji toʻlangandan soʻng uch ish kunida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron litsenziyani rasmiylashtiradi hamda litsenziyalovchi organ vakolatli shaxsining ERIsi bilan tasdiqlab, talabgorga maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi”;
52-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“52. Agar talabgor tomonidan unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali litsenziyani berish uchun axborot-kommunikatsiya tizimlari yordamida davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborilmagan taqdirda, litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli”;
“hamda ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasi imzolanmagan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
54-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“55. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin besh ish kuni ichida litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni kiritgan holda, ushbu Reglamentning 33 — 35-bandlarida koʻrsatilgan tartibda soʻrovnoma orqali litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali murojaat qilishi shart.
Bunda talabgor mazkur Reglamentga 3-ilovadagi 2-shaklga muvofiq erkin ombor faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiradi”;
birinchi xatboshidagi “besh kun muddatda” soʻzlari “besh ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda mazkur Reglamentning 76-bandida koʻrsatilgan miqdorda yigim undiriladi”;
58-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“58. Litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish ushbu Reglament boʻyicha “xavfni tahlil qilish” tizimi natijalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilishi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida amalga oshiriladi”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“litsenziat tomonidan ushbu Reglamentda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan, qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkazish”;
oltinchi xatboshidagi “tugatish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Erkin omborda bojxona nazorati ostida boʻlgan tovarlarga Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq, bojxona nazorat shakllarini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishishni talab etmaydi”;
60-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“60. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Litsenziyaning bekor qilinishiga asos boʻladigan qoʻpol qoidabuzarliklarning roʻyxati ushbu Reglamentning 4-ilovasida belgilangan Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash pasportida nazarda tutiladi”;
62-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“62. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32 — 34-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi”;
64-banddagi “muddatining toʻxtatib turilishi yoki erkin omborning tugatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan” soʻzlari “muddati toʻxtatilgan yoki tugatilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
66-banddagi “litsenziyalovchi organning yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
67-banddagi “qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul” soʻzlari “qilishi tugatilgan yoki litsenziya bekor” soʻzlari bilan almashtirilsin;
68-bandning uchinchi xatboshisidagi “tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan” soʻzlari “tugatilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
70-banddagi “tugatish” soʻzi chiqarib tashlansin;
71-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish, ularni bekor qilish asoslari hamda sanalari”;
76-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“76. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi”;
77-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“77. Davlat bojlari va yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan davlat boji summasi — toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan yigʻimlar summasi — toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi”;
ikkinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib” soʻzlari “maxsus elektron tizim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
85-banddagi “Davlat xizmatlari markazlari va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
86-banddagi “YIDXP orqali” soʻzlari “maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Maʼmuriy reglamentga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda, litsenziyani elektron shaklda rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Litsenziya olish uchun maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali soʻrovnoma toʻldiradi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Soʻrovnomani litsenziyalovchi organga (Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksiga) yuboradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Litsenziyalovchi organ

Hujjatlarni koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritadi.

Hujjatlar qabul qilingan kunda

4-bosqich

Ekspert komissiyasi

Hujjatlarni litsenziyalash talablari va shartlariga rioya etilishini oʻrganish uchun bevosita bojxona omborini tashkil etish joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi, talabgorning litsenziyalash talablari va shartlariga mosligi toʻgʻrisida ekspert xulosasini tayyorlaydi.

1. Hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 15 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda

2. Hujjat takroran taqdim egilganda, 2 ish kuni ichida

5-bosqich

Litsenziyalovchi organ

1. Ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

1. 3 ish kuni ichida

2. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida talabgorga maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali: litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, davlat bojini amalga oshirish toʻgʻrisida; litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, rad etishning sabablari va talabgor koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan xabarnomani yuboradi.

2. Qaror qabul qilingandan soʻng 1 ish kun ichida

6-bosqich

Talabgor

Litsenziya berish haqidagi xabarnoma kelib tushgandan soʻng litsenziya uchun davlat bojini toʻlaydi.

3 oy mobaynida

7-bosqich

Litsenziyalovchi organ

Davlat boji toʻlanmagan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

Ijobiy qaror mavjudligi va litsenziya berish uchun davlat boji toʻlangandan soʻng QR-kod bilan himoyalangan litsenziyani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab rasmiylashtiradi va litsenziyani talabgorga maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.

1. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan paytdan eʼtiboran 3 oy oʻtgach

2. 3 ish kunida

”;

Maʼmuriy reglamentga 3-ilovaning matnidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 4-ilova bilan toʻldirilsin:
“Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI*

1. Litsenziya nomi

Erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

2. Litsenziyalanadigan faoliyat turi

Erkin ombor faoliyati.

3. Amalga oshirish mexanizmini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 9-apreldagi 210-son qarori.

4. Ariza beruvchilar toifasi

Yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti.

5. Litsenziyalovchi organ

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi.

6. Hujjatlarni topshirish tartibi

“Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

7. Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

Litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

talabgor ega boʻlgan va erkin ombor sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar, ularning oʻlchamlari, hajmi va (yoki) maydoni, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, videokuzatuv tizimi, asbob-uskunalar va moddiy-texnika bilan taʼminlanganligi hamda mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki muddatlarini koʻrsatgan holda ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

avtomobil va temir yoʻllar koʻrsatilgan holda, erkin ombor uchun moʻljallangan hudud (shuningdek, yondosh) hamda binolar va (yoki) ochiq maydonchalarning sifatli chizmasi (oʻlchamlari koʻrsatilgan bojxona nazorati zonasi, qoʻriqlanadigan hudud bilan birga) va kadastr yigʻmajildidagi tarhi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat.

8. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.

Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida.

9. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari. Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, davlat boji undirilmaydi.

10. Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari

Talabgorning soʻrovnomasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda kelib tushgan kundan boshlab, 20 ish kuni.

11. Litsenziya talablari va shartlari

a) Erkin ombor hududi bojxona nazorati zonasi hisoblanadi.

Erkin ombor hududiga qoʻriqlanadigan va oʻrnatilgan tartibda belgilab olingan, tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berishni tugallash uchun zarur boʻlgan vaqtda tovarlarni tashiyotgan transport vositalari toʻxtab turishi uchun jihozlangan hudud tutashgan boʻlishi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan hudud ham bojxona nazorati zonasi hisoblanadi. Bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashiydigan transport vositalari ushbu bojxona nazorati zonasiga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin.

Temir yoʻl va avtomobil transport uzellari va transport magistrallaridan olib boruvchi, transport vositalari harakati uchun yetarli kenglikka ega boʻlgan yoʻl boʻylab erkin omborgacha boʻlgan masofa 3 km.dan oshmasligi kerak.

b) Erkin ombor sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar saqlanayotgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati amalga oshirilishi, ularning saqlanishi taʼminlanadigan tarzda joylashtirilishi, jihozlanishi va asbob-uskunalar bilan taʼminlanishi kerak hamda quyidagilarni istisno etishi lozim:

erkin ombor hududiga bojxona nazorati zonasiga va tovarlarga begona shaxslarning (ombor xodimlari boʻlmagan, tovarlarga nisbatan vakolatga ega boʻlmagan) yaqinlashishini;

tovarlarning bojxona nazoratini chetlab olib kirilishini va olib chiqilishini.

Agar binoning yoki inshootning yoxud ochiq maydonning bir qismi erkin ombor hisoblansa, unga borish yoʻllari va tutashib ketadigan butun hudud bojxona nazorati ostidagi tovarlarga begona shaxslarning yaqinlashishini istisno etadigan tarzda jihozlanishi kerak.

v) Erkin ombor binolari va (yoki) ochiq maydonchalari:

yer ustidagi imoratlarda yoki inshootlarda joylashtirilishi;

qoʻriqlash va yongin nazorati signalizatsiyalari, sodir boʻlayotgan voqealar boʻyicha har tomondan olingan video maʼlumotlarni uch oy davomida koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;

yongʻin xavfsizligi talablariga mos boʻlgan yongʻinni oʻchirish tizimi va vositalariga ega boʻlishi kerak.

g) Erkin omborga bevosita tutashib ketgan va bojxona nazorati zonasi hisoblangan hudud quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:

erkin omborga tutashib ketgan butun hudud perimetri boʻyicha balandligi 2 metrdan kam boʻlmagan qatʼiy oʻrnatilgan yaxlit toʻsiqlar (uzluksiz temir panjara yoki devor) bilan aylantirib toʻsilgan;

ichkarisida erkin omborning qismi hisoblanmagan oʻzga imoratlar va inshootlarga ega boʻlmasligi;

ogʻir yukli transportning manyovr (toʻsiqqa chap berish uchun oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib bajariladigan harakatlari — qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, ortga harakat, aylanib oʻtish) qilish imkoniyatini taʼminlashi;

erkin ombor imoratiga eshiklari tomonidan bevosita tutashib ketgan boʻlishi;

barcha kirish (chiqish) va (yoki) chiqish (kirish) joylarida oʻzbek, rus va ingliz tillarida “bojxona nazorati zonasi” belgisi qoʻyilgan, olingan tasvirlarni uch oy davomida koʻrsatish hamda bojxona organlariga onlayn uzatish imkoniga ega boʻlgan, kunu-tun ishlaydigan avtotransport vositasining davlat raqami belgisini va temir yoʻl transporti vositasining raqamini aniqlash tizimi bilan jihozlangan nazorat-oʻtkazish punktlari boʻlishi;

tovarlarni erkin omborga joylashtirish va undan olib chiqish faqat bojxona nazorati zonasi orqali amalga oshiriladigan tarzda jihozlanishi lozim.

d) Erkin ombor va bojxona nazorati zonasi hisoblangan, erkin omborga bevosita tutashib ketgan hudud:

umumiy perimetr boʻyicha bir-biridan ajralmagan;

balandligi 2 m dan kam boʻlmagan qatʼiy oʻrnatilgan yaxlit toʻsiqlar bilan aylantirib toʻsilgan va barcha kirish (chiqish) va (yoki) chiqish (kirish) joylarida oʻzbek, rus va ingliz tillarida “erkin ombor” belgisi qoʻyilgan holda nazorat-oʻtkazish punktlariga ega boʻlishi kerak.

e) Erkin ombor sifatida ishlatish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar yoxud erkin omborga bevosita tutashib ketgan hudud quyidagilarni inobatga olgan holda, bittadan kam boʻlmagan usti yopiq koʻrik maydonchasiga ega boʻlishi kerak:

erkin ombor eshiklari tomonidan joylashishi;

40 m²dan kam boʻlmagan maydonga ega boʻlishi;

elektr yorugʻi bilan jihozlanishi;

sodir boʻlayotgan voqealar boʻyicha har tomondan olingan video maʼlumotlarni uch oy davomida koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;

tovarlarni tushirish-ortish uchun koʻchma va (yoki) yerdagi estakada (yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish uchun yer yuzasidan maʼlum balandlikda quriladigan yoki oʻrnatiladigan toʻsinsimon konstruksiyalardan iborat koʻpriksimon inshoot) boʻlishi.

yo) Erkin ombor doimiy ravishda soz, ishchi holatdagi va uning normal faoliyat koʻrsatish uchun quyidagilar yetarli boʻlishi kerak:

ortish-tushirish va transport vositalari;

ombor asbob-uskunalari;

oʻlchov asboblari, aniqligi va oʻlchash chegaralari erkin omborda saqlashga moʻljallanayotgan tovarlar xususiyatiga muvofiq boʻlgan tovarlarning ogʻirligini oʻlchash vositalari;

bojxona organlarining dasturiy taʼminoti bilan mos keladigan tovarlar hisobini yuritadigan avtomatlashtirilgan tizim;

erkin ombor sifatida ishlatish uchun moʻljallangan binolarni, ochiq maydonchalarni, erkin omborga bevosita tutashib ketgan butun hududni toʻliq nazorat qilish hamda bojxona organlariga video maʼlumotlarni uzatish, shuningdek, ushbu maʼlumotlarni uch oy davomida saqlash imkoniga ega boʻlgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi;

koʻrik oʻtkazish uchun stol;

aptechka (birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot qutichasi);

aloqa vositalari (shu jumladan telefon, maʼlumot uzatish tarmogʻi, Internet);

tashkiliy texnika;

mebel.

j) Erkin omborda va bojxona nazorati zonalari hisoblangan erkin omborga bevosita tutashib ketgan hududda har qanday turdagi chiqindilar va boshqa maishiy axlat toʻplanishi mumkin emas.

z) Bojxona organi xodimlari uchun erkin omborda yoki bojxona nazorati zonasida bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun quyidagilarga javob beradigan bino ajratilishi kerak:

6 m²dan kam boʻlmagan maydonga va 20 m³dan kam boʻlmagan hajmga ega;

mavsumiy isitish va sovitish tizimiga ega;

doimiy soz holatdagi, bojxona organlarining dasturiy taʼminoti bilan ishlash imkoniga ega boʻlgan kompyuter, printer va nusxa koʻchiradigan apparat, aloqa vositalari (shu jumladan telefon, Internet) bilan jihozlangan;

mebel jihozlari bilan taʼminlangan;

erkin omborga oʻrnatilgan videokuzatuv tizimiga ulangan.

Litsenziat tomonidan ushbu Reglament va qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi natijasida bojxona nazorati ostida boʻlgan tovarlarning yoʻqolishiga yoki boshqacha tarzda shikast yetkazilishiga olib kelsa yoxud boshqa shaxslarga berib yuborilsa, bunday hollarda qoʻpol qoidabuzarlik sodir etilgan deb hisoblanadi.

12. Nazorat tartibi

Litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish ushbu Reglament boʻyicha “xavfni tahlil qilish” tizimi natijalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilishi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida amalga oshiriladi.

Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

litsenziat tomonidan ushbu Reglamentda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan, qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkazish;

litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish davomida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish;

tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda, dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;

litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;

litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoxud sudga murojaat qilish.

Erkin omborda bojxona nazorati ostida boʻlgan tovarlarga Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq, bojxona nazorat shakllarini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishishni talab etmaydi.

13. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash

Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasi 1 m² ochiq maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) 5 baravari miqdorida yoki 1 m³ bino hajmi uchun BHMning 1 baravari miqdorida, lekin BHMning 2 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanadi.

Litsenziat taqdim etilgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin yoki BHM oshgan kundan bir oy muddatda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasiga tegishli tuzatishlar kiritish boʻyicha murojaat qilishi shart.

14. Litsenziya berishda

kelishiladigan

organlar

Quyidagi maʼlumotlar elektron hamkorlik yoʻli bilan yoxud elektron soʻrov orqali olinadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligidan — koʻchmas mulkka boʻlgan huquq toʻgʻrisida;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasidan — ijara shartnomasi toʻgʻrisida.

15. Litsenziyaning amal qilish muddati

Cheklanmagan.

Izoh

* Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash pasporti mazkur faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa norma va qoidalarning talabgor va litsenziat tomonidan bajarilishini istisno etmaydi.

”;

quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni — Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan, bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki Oʻzbekiston Respublikasi tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida chakana tartibda realizatsiya qilish uchun moʻljallangan”;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
maxsus elektron tizim — litsenziyalashda vakolatli organlarning idoralararo elektron hamkorlik qilishi, shuningdek litsenziya talablari hamda shartlari bajarilishining monitoringini oʻtkazish jarayonlarini qamrab oladigan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq boʻlgan “Litsenziya” axborot tizimi;
soʻrovnoma — litsenziyalash faoliyati yuzasidan yuridik shaxsning ariza koʻrinishidagi murojaati”;
uchinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “xorijiy” soʻzi “chet ellik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlari respublikaning tarixiy shaharlari va viloyatlarning maʼmuriy markazlarida Turizm va madaniy meros vazirligini hamda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan belgilanadigan joylarda ochilishi hamda faoliyat koʻrsatishi mumkin”;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilishi cheklangan tovarlar boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlarni sotish faqat xaridorning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda davlat reyestriga kiritilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalarning chekida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi shart:
chekning tartib raqami;
onlayn-NKMning zavod raqami yoki virtual kassaning seriya raqami;
tadbirkorlik subyektining nomi;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
pulli hisob-kitoblar amalga oshiriladigan manzil;
tovar nomi;
mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiyalash kodi;
mahsulotlarning shtrix kodi;
tovar miqdori;
tovar narxi (qiymati);
toʻlov shakli: milliy valyuta naqd, plastik karta yoki xorijiy valyuta summasi;
toʻlovning jami summasi;
toʻlov sanasi va vaqti;
fiskal modulning takrorlanmaydigan raqami;
fiskal belgi;
berilgan kassa chekining haqiqiyligini tekshirish uchun kamida 30x30 millimetr oʻlchamdagi QR-kod;
reysning raqami va xaridorning samolyotdagi joyi raqami (havoda tashishda).
Kassa cheki maxsus oq qogʻozda yozuvlar qora rangda boʻlishi, shuningdek, chek qogʻozining kengligi 55 millimetrdan va harflar (belgilar) balandligi 2 millimetrdan kam boʻlmasligi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlarni sotish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda berilgan akkreditatsiya kartochkasi taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi.
Bunda davlat reyestriga kiritilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalarning chekida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi shart:
chekning tartib raqami;
onlayn-NKMning zavod raqami yoki virtual kassaning seriya raqami;
litsenziat — tadbirkorlik subyektining nomi;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
pulli hisob-kitoblar amalga oshiriladigan manzil;
tovar nomi;
Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiyalash kodi;
mahsulotlarning shtrix kodi;
tovar miqdori;
tovar narxi (qiymati);
toʻlov shakli: milliy valyuta naqd, plastik karta yoki xorijiy valyuta summasi;
toʻlovning jami summasi;
toʻlov sanasi va vaqti;
fiskal modulning takrorlanmaydigan raqami;
fiskal belgi;
berilgan kassa chekining haqiqiyligini tekshirish uchun kamida 30x30 millimetr oʻlchamdagi QR-kod;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida berilgan akkreditatsiya kartochkasining toifasi, raqami, xodimning yoki uning oila aʼzosining familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, kartochka kim tomonidan berilganligi va uning amal qilish muddati.
Kassa cheki maxsus oq qogʻozda yozuvlar qora rangda boʻlishi, shuningdek, chek qogʻozining kengligi 55 millimetrdan va harflar (belgilar) balandligi 2 millimetrdan kam boʻlmasligi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlarni sotish faqat xaridorning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat va uchib ketish aviachiptasi taqdim etilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridagi chet el tovarlarining namunalari asosida tanlab olinadi. Tanlangan tovarlar xalqaro aeroportlarda uchib ketish kuni boj olinmaydigan savdo doʻkoni orqali taqdim etiladi.
Bunda davlat reyestriga kiritilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalarning chekida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi shart:
chekning tartib raqami;
onlayn-NKMning zavod raqami yoki virtual kassaning seriya raqami;
litsenziat — tadbirkorlik subyektining nomi;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
pulli hisob-kitoblar amalga oshiriladigan manzil;
tovar nomi;
Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiyalash kodi;
mahsulotlarning shtrix kodi;
tovar miqdori;
tovar narxi (qiymati);
toʻlov shakli: milliy valyuta naqd, plastik karta yoki xorijiy valyuta summasi;
toʻlovning jami summasi;
toʻlov sanasi va vaqti;
fiskal modulning takrorlanmaydigan raqami;
fiskal belgi;
berilgan kassa chekining haqiqiyligini tekshirish uchun kamida 30x30 millimetr oʻlchamdagi QR-kod;
sotib olinayotgan tovarning xalqaro aeroportlarda uchib ketish kuni va boj olinmaydigan savdo doʻkoni orqali taqdim etish joyi.
Kassa cheki maxsus oq qogʻozda yozuvlar qora rangda boʻlishi, shuningdek, chek qogʻozining kengligi 55 millimetrdan va harflar (belgilar) balandligi 2 millimetrdan kam boʻlmasligi lozim”;
8-banddagi “xorijiy” soʻzi “chet ellik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “xorijiy” soʻzi “chet ellik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
13-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilaridagi “litsenziya daʼvogarining” soʻzlari “talabgorning” soʻzi bilan almashtirilsin;
20-bandning uchinchi xatboshisidagi “xorijiy” soʻzi “chet ellik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-bandning ikkinchi xatboshisidagi “xorijiy” soʻzi “chet ellik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari davlat xizmatlari markaziga” soʻzlari “talabgor maxsus elektron tizim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va oltinchi xatboshilardagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
27-banddagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Talabgor davlat xizmatlaridan elektron tarzda maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali foydalanadi”;
30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Talabgor mazkur Reglamentga 4-ilovadagi 1-shaklga muvofiq boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron toʻldiradi”;
31-bandidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “YIDXP orqali murojaat qilinganda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
33-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“33. Reglament talablari asosida maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali hujjatlar toʻliq kiritilmasa, soʻrovnomani tasdiqlash va litsenziyalovchi organga yuborish avtomatik tarzda rad etiladi.
Talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi litsenziyalovchi organ tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Talabgorning hujjatlar toʻliq boʻlmagan murojaati litsenziyalovchi organ tomonidan davlat xizmati koʻrsatilmasdan rad etiladi”;
35-banddagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan, “yigirma kundan” soʻzlari “yigirma ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogarining” soʻzlari “talabgorning” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “oʻn besh kundan” soʻzlari “oʻn besh ish kunidan” soʻzlari bilan, “litsenziya daʼvogarining” soʻzlari “talabgorning” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “uch kun muddatda” soʻzlari “uch ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bir ish kunida talabgorga maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali”;
uchinchi xatboshidagi “hamda ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasini imzolash” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40. Litsenziya berish “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin”;
41-banddagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani koʻrib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki uni berishni rad etish haqida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida talabgorga maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali xabarnoma yubormasa, talabgor ushbu Reglamentning 35-bandida koʻrsatib oʻtilgan muddat tamom boʻlgandan keyin boj olinmaydigan savdo faoliyatini amalga oshirish huquqiga, bu haqda litsenziyalovchi organni maxsus elektron tizim yoki YIDXP vositasida elektron shaklda xabardor qilgan holda, ega boʻladi;
“litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
“davlat xizmatlari markazi yoki” soʻzlari “maxsus elektron tizim yoki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“oʻn kundan” soʻzlari “besh ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi, “olti kundan” soʻzlari “ikki ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
44-banddagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
45-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
46-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“46. Litsenziyalovchi organ davlat boji toʻlangandan soʻng uch ish kunida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron litsenziyani rasmiylashtiradi hamda litsenziyalovchi organ vakolatli shaxsining ERIsi bilan tasdiqlab, talabgorga maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi”;
48-band band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“48. Agar talabgor tomonidan unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali litsenziyani berish uchun axborot-kommunikatsiya tizimlari yordamida davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborilmagan taqdirda, litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli”;
“hamda ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasi imzolanmagan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
50-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
51-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“51. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin besh ish kuni ichida litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni kiritgan holda, ushbu Reglamentning 29 — 31-bandlarida koʻrsatilgan tartibda soʻrovnoma orqali litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali murojaat qilishi shart.
Bunda talabgor mazkur Reglamentga 4-ilovadagi 2-shaklga muvofiq boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiradi”;
birinchi xatboshidagi “besh kun muddatda” soʻzlari “besh ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda mazkur Reglamentning 72-bandida koʻrsatilgan miqdorda yigʻim undiriladi”;
54-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“54. Litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish “xavfni tahlil qilish” tizimi natijalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilishi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida amalga oshiriladi”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“litsenziat tomonidan ushbu Reglamentda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan, qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkazish”;
oltinchi xatboshidagi “tugatish” soʻzi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Boj olinmaydigan savdo doʻkonida bojxona nazorati ostida boʻlgan tovarlarga Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq, bojxona nazorat shakllarini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishishni talab etmaydi”;
56-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“56. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Litsenziyaning bekor qilinishiga asos boʻladigan qoʻpol qoidabuzarliklarning roʻyxati ushbu Reglamentning 5-ilovasida belgilangan boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash pasporti nazarda tutiladi”;
59-band band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“59. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32 — 34-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi”;
60-banddagi “muddatining toʻxtatib turilishi yoki boj olinmaydigan savdo doʻkonining tugatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan” soʻzlari “muddati toʻxtatilgan yoki tugatilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
62-banddagi “litsenziyalovchi organning yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
63-bandidagi “qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul” soʻzlari “qilishi tugatilgan yoki litsenziya bekor” soʻzlari bilan almashtirilsin;
64-bandning uchinchi xatboshisidagi “tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan” soʻzlari “tugatilgan” soʻzi bilan almashtirilsin;
66-banddagi “tugatish” soʻzi chiqarib tashlansin;
67-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish, ularni bekor qilish asoslari hamda sanalari”;
72-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“72. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi”;
73-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“73. Davlat bojlari va yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan davlat boji summasi — toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan yigʻimlar summasi — toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi”;
79-bandning ikkinchi xatboshisidagi “orqali davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib yoki” soʻzlari “orqali maxsus elektron tizim yoki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
80-banddagi “Davlat xizmatlari markazlari va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
81-banddagi “YIDXP orqali” soʻzlari “maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Maʼmuriy reglamentga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda, litsenziyani elektron shaklda rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Litsenziya olish uchun maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali soʻrovnoma toʻldiradi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Soʻrovnomani litsenziyalovchi organga (Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksiga) yuboradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Litsenziyalovchi organ

Hujjatlarni koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritadi.

Hujjatlar qabul qilingan kunda

4-bosqich

Ekspert komissiyasi

Hujjatlarni litsenziyalash talablari va shartlariga rioya etilishini oʻrganish uchun bevosita bojxona omborini tashkil etish joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi, talabgorning litsenziyalash talablari va shartlariga mosligi toʻgʻrisida ekspert xulosasini tayyorlaydi.

1. Hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 15 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda

2. Hujjat takroran taqdim etilganda, 2 ish kuni ichida

5-bosqich

Litsenziyalovchi organ

1. Ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

2. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida talabgorga maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali:

litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, davlat bojini amalga oshirish toʻgʻrisida;

litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, rad etishning sabablari va talabgor koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan xabarnomani yuboradi.

1. 3 ish kuni ichida

2. Qaror qabul qilingandan soʻng 1 ish kun ichida

6-bosqich

Talabgor

Litsenziya berish haqidagi xabarnoma kelib tushgandan soʻng litsenziya uchun davlat bojini toʻlaydi.

3 oy mobaynida

7-bosqich

Litsenziyalovchi organ

1. Davlat boji toʻlanmagan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

1. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan paytdan eʼtiboran 3 oy oʻtgach

2. Ijobiy qaror mavjudligi va litsenziya berish uchun davlat boji toʻlangandan soʻng QR-kod bilan himoyalangan litsenziyani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab rasmiylashtiradi va litsenziyani talabgorga maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.

2. 3 ish kunida

”;

Maʼmuriy reglamentga 4-ilovaning matnidagi “litsenziya daʼvogari” soʻzlari “talabgor” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 5-ilova bilan toʻldirilsin:
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI*

1. Litsenziya nomi

Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

2. Litsenziyalanadigan faoliyat turlari

Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyati.

3. Amalga oshirish mexanizmini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 9-apreldagi 210-son qarori.

4. Ariza beruvchilar toifasi

Yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti.

5. Litsenziyalovchi organ

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi.

6. Hujjatlarni topshirish tartibi

“Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

7. Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

Litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

talabgorning egaligida boʻlgan va boj olinmaydigan savdo doʻkoni sifatida foydalanish uchun moʻljallangan savdo zallari, yordamchi binolari va omborlari, ularning oʻlchamlari, hajmi va (yoki) maydoni, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, videokuzatuv tizimi, asbob-uskunalar va moddiy-texnika bilan taʼminlanganligi hamda mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki muddatlarini koʻrsatgan holda ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

bojxona nazorati zonasi, aniq oʻlchamlari koʻrsatilgan holda boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari, yordamchi binolari hamda omborlarining (shuningdek, yondosh hududlarning) sifatli chizmasi va kadastr yigʻma jildidagi tarhi;

boj olinmaydigan savdo doʻkonida sotilishi moʻljallanayotgan tovarlar roʻyxati;

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjat.

8. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.

Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida.

9. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari. Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, davlat boji undirilmaydi.

10. Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari

Talabgorning soʻrovnomasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda kelib tushgan kundan boshlab, 20 ish kuni.

11. Litsenziya talablari va shartlari

a) Boj olinmaydigan savdo doʻkoni hududi savdo zallari hududini, yordamchi binolar va doʻkon omborini oʻz ichiga oladi hamda bojxona nazorati zonasi hisoblanadi.

b) Boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zali, yordamchi binosi va ombori:

boj olinmaydigan savdo doʻkonining normal faoliyat koʻrsatishi uchun yetarli boʻlgan maydonga ega boʻlishi;

bir-biriga bevosita yaqin joyga (bojxona nazorati zonasida) joylashtirilishi kerak;

quyidagilar bilan:

tovarlar faqat boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallarida sotilishini hamda ularga nisbatan bojxona nazorati oʻtkazish imkoniyatini taʼminlaydigan tarzda jihozlanishi;

bojxona organlarining dasturiy taʼminoti bilan mos keladigan tovarlar hisobini yuritadigan avtomatlashtirilgan tizim;

aloqa vositalari (shu jumladan telefon, maʼlumot uzatish tarmogʻi, Internet);

savdo zallari hududini, yordamchi binolar va doʻkon omborini toʻliq nazorat qilish hamda bojxona organlariga videomaʼlumotlarni uzatish, shuningdek, ushbu maʼlumotlarni uch oy davomida saqlash imkoniga ega boʻlgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi hamda litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlanishi kerak.

v) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridan tashqarida joylashgan boj olinmaydigan savdo doʻkonining ombori qonun hujjatlarida bojxona omborlari uchun nazarda tutilgan tartibga muvofiq jihozlanishi kerak.

g) Boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari shunday joylashishi va jihozlanishi kerakki, ular tovarlarni but holatda saqlanishini taʼminlashi hamda quyidagilarni:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonidan sotib olingan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida, shu jumladan ushbu hududda qolayotgan jismoniy shaxslar?a berish yoʻli bilan qoldirilishini;

tovarlarning bojxona nazoratidan tashqari tushishi va olib qoʻyilishini;

tovarlarga begona shaxslarning yaqinlashishini istisno etadigan boʻlishi kerak.

d) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari bojxona nazorati zonasida joylashtirilishi kerak (pasport nazorati chizigʻi tashqarisida bojxona nazorati chizigʻigacha alohida — Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib keladigan jismoniy shaxslar uchun, shuningdek, pasport nazorati chizigʻi tashqarisida — Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan jismoniy shaxslar uchun).

Koʻrsatib oʻtilgan boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtmaydigan jismoniy shaxslarning ushbu zallarga kirishini istisno etadigan tarzda joylashtirilishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari boj olinmaydigan savdo doʻkoni joylashgan bojxona organi faoliyati zonasida boʻlishi kerak.

e) Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun, zarurat boʻlganda, litsenziat tomonidan bojxona organining mansabdor shaxslariga boj olinmaydigan savdo doʻkoni omborida jihozlangan bino va aloqa vositalari beriladi.

Litsenziat tomonidan ushbu Reglament va qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi natijasida bojxona nazorati ostida boʻlgan tovarlarning yoʻqolishiga yoki boshqacha tarzda shikast yetkazilishiga olib kelsa yoxud boshqa shaxslarga berib yuborilsa, bunday hollarda qoʻpol qoidabuzarlik sodir etilgan deb hisoblanadi.

12. Nazorat tartibi

Litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish ushbu Reglament boʻyicha “xavfni tahlil qilish” tizimi natijalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilishi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida amalga oshiriladi.

Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

litsenziat tomonidan ushbu Reglamentda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan, qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkazish;

litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish davomida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish;

tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda, dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;

litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;

litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoxud sudga murojaat qilish.

Boj olinmaydigan savdo doʻkonida bojxona nazorati ostida boʻlgan tovarlarga Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq, bojxona nazorat shakllarini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishishni talab etmaydi.

13. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash

Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatni amalga oshirish uchun bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash bazaviy hisoblash miqdorining 5 000 baravari miqdorida hisoblab chiqiladi.

Litsenziat taqdim etilgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin yoki BHM oshgan kundan bir oy muddatda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasiga tegishli tuzatishlar kiritish boʻyicha murojaat qilishi shart.

14. Litsenziya berishda kelishiladigan organlar

Quyidagi maʼlumotlar elektron hamkorlik yoʻli bilan yoxud elektron soʻrov orqali olinadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligidan — koʻchmas mulkka boʻlgan huquq toʻgʻrisida;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasidan — ijara shartnomasi toʻgʻrisida.

15. Litsenziyaning amal qilish muddati

Cheklanmagan.

Izoh

* Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash pasporti mazkur faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa norma va qoidalarning talabgor va litsenziat tomonidan bajarilishini istisno etmaydi.

”;

Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan Vakolatli iqtisodiy operator toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qoʻmita reyestrni har oyda yangilab borilishini taʼminlaydi”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yigʻimlari stavkalarining 1-bandida:
“a” kichik banddagi “eksport” soʻzidan soʻng “reeksport” soʻzi bilan toʻldirilsin;
“b” kichik banddagi “eksport” soʻzidan soʻng “va reeksport” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

v) BYDni taqdim etish orqali tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash”, “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida:

BYDning asosiy varagʻi uchun;

BHMning 50 foizi,

har bir qoʻshimcha varagʻi uchun;

BHMning 25 foizi

”;

quyidagi mazmundagi “e” kichik band bilan toʻldirilsin:

e) Tranzit deklaratsiyasini taqdim etish orqali tovarlarni “tranzit” bojxona rejimida (bir dona deklaratsiya uchun);

BHMning 25 foizi

”.

Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 800-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona nazorati ostida avtomobil yoʻllarida tashilayotgan tovarlarning bojxona hamrohligidagi kuzatuvini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandidagi “ellik ming AQSH dollari” soʻzlari “yuz ming yevro” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 531-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Yuk operatsiyalarini amalga oshirish uchun qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan oʻzgartiriladi, almashtiriladi, olib tashlanadi yoki yoʻq qilinadi.
Yuk operatsiyalari bojxona nazorati zonasida yoki bojxona ombori hududida oʻtkazilganda, qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarini olib tashlash yoki yoʻq qilish bojxona organining ruxsati asosida bojxona nazorati zonasiga javobgar shaxs yoki bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgartirilishi, almashtirilishi, olib tashlanishi yoki yoʻq qilinishi bojxona organi mansabdor shaxsiga transport vositalariga yuklangan tovarlarga nisbatan bojxona koʻrigida nazarda tutilgan amallarni bajarish boʻyicha majburiyat yuklamaydi”;
b) 30-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tasdiqlovchi hujjat” soʻzlaridan soʻng “(qonunchilik hujjatlariga muvofiq istisno etib belgilangan hollar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Ushbu Nizomning 29 va 30-bandlarida nazarda tutilgan tartibda bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda saqlash uchun bojxona toʻlovlarini taʼminlash miqdori, bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilmagan holda (ayrim turdagi tovarlarga nisbatan talab va shartlarsiz beriladiganlaridan tashqari), ularni “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgandagi hisoblangan miqdordan kam boʻlmasligi lozim”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 767-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 11-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “oʻn baravarigacha” soʻzlari “oʻttiz baravarigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 26-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining markaziy bojxona laboratoriyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-dekabrdagi 790-son qarorida:
a) 2-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisi “jalb qilgan holda,” soʻzlaridan soʻng “shuningdek, budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan sotib olinadigan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 3-ilovaning nomi “jalb qilgan holda” soʻzlaridan soʻng “shuningdek, budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan sotib olinadigan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 3-ilova quyidagi mazmundagi 23 va 24-pozitsiyalar va izoh qismi bilan toʻldirilsin:

T/r

Nomlanishi

Oʻlchov biligi

Soni

TIF tn kodi

23.

Standartlar va kimyoviy moddalar saqlash moʻljallangan laborator muzlatkich

dona

1

8418

24.

Analitik tarozi

dona

1

9016

Izoh.
1. Ushbu roʻyxatning 2, 6, 7, 23 va 24-bandlarida koʻrsatilgan texnologik asbob-uskunalar 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Markaziy bojxona laboratoriyasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan sotib olinadi.
2. Yakuniy TIF TN kodlari tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida koʻrsatiladi”.
Izoh. Mazkur ilovaning 6-bandi oltinchi va yettinchi xatboshshari 2023 ysh 1-yanvardan kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son; 03.02.2025-y., 09/25/55/0102-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)