1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj toʻlovlarining umumiy qoidalari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 30-sentabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi 472-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrda qabul qilingan OʻRQ-502-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 678-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda, № 9, 588-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etish”;
“Alohida hollarda, bojxona organlariga xizmatga ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan talablar inobatga olinmagan holda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori yoki farmoyishi, shuningdek roziligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi asosida — boshqa davlat organlarining va tashkilotlarining xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi asosida — yoshi oʻttizdan oshgan, tor ixtisoslikdagi yuqori malakali mutaxassislar qabul qilinishi mumkin.
Quyidagilar bojxona organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas:
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolar;
xizmatni oʻtashga monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari boʻlgan fuqarolar;
boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga koʻra boʻshatilgan fuqarolar;
sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va oʻziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qoʻllanilganligidan qatʼi nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar”;
“Bojxona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan shaxslarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda “bojxona xizmati kichik serjanti” maxsus unvoni beriladi.
Bojxona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan shaxslarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda “bojxona xizmati katta serjanti” maxsus unvoni beriladi, ular bu unvonda dastlabki sinov muddati tugab, birinchi ofitserlik unvoni berilguniga qadar xizmat qiladi”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bojxona organlarida lavozimlar (ofitser va serjantlar egallashi lozim boʻlgan shtat lavozimlari) va ularga muvofiq maxsus unvonlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan bojxona organlarining shtatlarida nazarda tutiladi”;
“Pensiya olish huquqini, shuningdek navbatdagi maxsus unvonni berish imkonini beradigan xizmat yillariga ega boʻlgan, egallab turgan lavozimi boʻyicha eng yuqori maxsus unvoni “bojxona xizmati kapitani” etib belgilangan, ishda ijobiy tavsiflanadigan bojxona organlarining ofitserlar tarkibidagi xodimlariga xizmatdan boʻshatish bilan bir vaqtda “bojxona xizmati mayori” maxsus unvoni berilishi mumkin”;
yigirma birinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “leytenant” degan soʻz “bojxona xizmati leytenanti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi yoki roziligi asosida bojxona organlaridagi xizmatga generallar tarkibidagi lavozimga yuborilgan, shuningdek bojxona organlaridagi xizmatga boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yoki maxsus unvonlar va darajalar mavjud boʻlishini nazarda tutuvchi boshqa organlardan oʻtkazish tartibida oʻtkazilgan shaxslarga xizmat qilgan yillari uchun foizli ustamani belgilashda avvalgi ish joyidagi xizmat yoki mehnat staji (foizli ustamani toʻlash uchun belgilangan) inobatga olinadi hamda bojxona organlaridan boʻshatilgan taqdirda pensiya tayinlash chogʻida mazkur davr umumiy xizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi”;
7) 17-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bojxona organlariga qabul qilingan xodimlar (Bojxona instituti bitiruvchilaridan tashqari) majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan oʻtadi”;
toʻrtinchi qismidagi “har ikki yilda” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻiga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida, shuningdek uning roziligiga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yoxud yuqori turuvchi organlarning buyrugʻi boʻyicha boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga, xalqaro tashkilotlarga tayinlangan (yuborilgan) bojxona organi xodimi oʻz majburiyatlarini bajarish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi kadrlarining amaldagi zaxirasiga (bundan buyon matnda kadrlar zaxirasi deb yuritiladi), agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bojxona organlaridagi pul taʼminoti saqlanmagan holda kiritiladi.
Bojxona organining xodimi saylangan (tayinlangan, yuborilgan) davlat organi yoki uning tasarrufidagi tashkilot mazkur xodimga u saylanguniga (tayinlanguniga, yuborilguniga) qadar egallab turgan oxirgi lavozimidagidan kam boʻlmagan miqdorlardagi pul taʼminoti toʻlanishini taʼminlaydi, shuningdek xizmat yillari uchun ustama va maxsus unvon boʻyicha maosh toʻlaydi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning oliy taʼlim muassasalariga va tashkilotlariga magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga yuborilgan bojxona organi xodimi oʻqish davrida, oxirgi egallagan lavozimidagidan kam boʻlmagan miqdorlardagi pul taʼminoti saqlangan holda bojxona organlarining ixtiyorida qoldiriladi”;
“Ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida beriladigan kasallik boʻyicha taʼtil yoki mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirgan holda davolanishda boʻlish davrida bojxona organi xodimining pul taʼminoti saqlanadi”;
oʻn yettinchi qismi “oʻn” degan soʻzdan keyin “kalendar” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 18-fevral,
OʻRQ-755-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)