toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-147-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududining geografik joylashuvi hamda uning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olib, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyati samaradorligini oshirish, hududda qulay boshqaruv muhitini yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-147-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasi mazkur qarordan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 16-avgust,
PQ-354-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-354-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-147-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 1-bandning “b” kichik bandida:
a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13 nafar shtat birligidan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;”;
b) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“156 nafar shtat birligidan iborat viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3a-ilovaga muvofiq;”;
v) toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 3-ilova quyidagi mazmundagi 3 va 3a-ilovalar bilan almashtirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-147-son qaroriga
3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining
TUZILMASI

Vazir

Vazirning nuroniylar masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Nuroniy va faxriylarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy �aolligini rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Mahalla institutini rivojlantirish, mahallabay ishlash tizimini tashkil etish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Tashkiliy nazorat, tahlil va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

Yoshlar taʼlim-tarbiyasida keksa avlod vakillarining ishtirokini mustahkamlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan shaxslarga yordam koʻrsatilishini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Bosh yuriskonsult

1

Inson resurslari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va jamoatchilik nazoratini tashkil etishga koʻmaklashish boʻyicha bosh mutaxassis

1

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etish, mahallalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

Bosh hisobchi

1

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 13 nafar shtat birligi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-147-son qaroriga
3a-ILOVA
Viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshliq

 

Boshliqning nuroniylar masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Nuroniy va faxriylarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Mahalla institutini rivojlantirish, mahallabay ishlash tizimini tashkil etish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Tashkiliy nazorat, tahlil va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

Bosh yuriskonsult

1

Yoshlar taʼlim-tarbiyasida keksa avlod vakillarining ishtirokini mustahkamlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan shaxslarga yordam koʻrsatilishini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Inson resurslari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va jamoatchilik nazoratini tashkil etishga koʻmaklashish boʻyicha bosh mutaxassis

1

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etish, mahallalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

Bosh hisobchi

1

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 12 nafar shtat birligi, jami — 156 nafar shtat birligi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/354/0747-son)