toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
a) Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
b) Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni:
54 nafar shtat birligidan iborat Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
13 nafar shtat birligidan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
(1-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-354-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/354/0747-son)
Oldingi tahrirga qarang.
156 nafar shtat birligidan iborat viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3a-ilovaga muvofiq;
(1-bandnig “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-354-son qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/354/0747-son)
1 035 nafar shtat birligidan iborat tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziriga:
oʻzining oʻrinbosarlari oʻrtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlash;
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish huquqi berilsin.
3. Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalarining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Davlat budjeti mablagʻlari;
Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
5. Vazirlik ikki oy muddatda:
markaziy apparat va hududiy boʻlinmalarning barcha xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin hamda attestatsiya natijalariga koʻra ularni Vazirlikka yuklangan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir boʻlgan, zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali kadrlar bilan tanlov asosida toʻldirish choralarini koʻrsin;
tarkibiy va boʻysunuvidagi boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomlar, shuningdek, xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari tasdiqlanishini taʼminlasin.
6. Belgilansinki:
a) Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari oʻzlariga yuklatilgan funksiyalarga muvofiq belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlikka tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga mahalla, nuroniy va keksalar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
mahalla, nuroniy va keksalar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritish;
mahallalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda nuroniy va keksalarga har tomonlama yordam koʻrsatishga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish;
b) Vazirlik faoliyatini muvofiqlashtirish bevosita Bosh vazir kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.
7. 2022-yil 1-maydan boshlab mahalla raisining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilansin:
xonadonlar soni 500 tagacha boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,5 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida.
Belgilansinki, faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, mahalla raislarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining 15 foizi miqdorida moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi shakllantiriladi.
8. Vazirlik Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Istiqlol koʻchasi, 51-uy manzili boʻyicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Vazirlik bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar Vazirlikning hududiy boʻlinmalarini zarur bino va inshootlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 9-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
10. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-mart,
PQ-147-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-147-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining
TASHKILIY TUZILMASI

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi

“Mahalla” va “Nuroniy” gazetalari, “Mahalla koʻzgusi” va “Keksalik gashti” jurnallari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari

Mahallalar

Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-147-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI

Hayʼat

Vazir

 

Vazirning birinchi oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Vazir maslahatchisi

Nuroniy va faxriylarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini rivojlantirish boshqarmasi


4

Mahalla institutini rivojlantirish, mahallabay ishlash tizimini tashkil etish boshqarmasi


4

Mahallada jamoatchilik nazoratini tashkil etish boʻlimi



3

Vazir kotibiyati

2

Tashkiliy nazorat va tahlil boshqarmasi

5

Nuroniy onaxonlar bilan ishlash boʻlimi




3

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etish, mahallalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻlimi


3

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishga koʻmaklashish boʻlimi



3

Inson resurslari va komplayens nazorat boʻlimi

3

Yuridik boʻlim

2

Yoshlar taʼlim-tarbiyasida keksa avlod vakillarining ishtirokini mustahkamlash boʻlimi


3

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan shaxslarga yordam koʻrsatilishini muvofiqlashtirish boshqarmasi

4

Huquqiy targʻibot va ekologik madaniyatni shakllantirish boʻlimi



3

Xizmatlar koʻrsatish va moliyaviy taʼminot boʻlimi

3

Axborot texnologiyalari va raqamlashtirish boʻlimi

2

Xalqaro aloqalar boʻyicha bosh mutaxassis

1

Birinchi boʻlim

1

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 54 nafar shtat birligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-147-son qaroriga
3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining
TUZILMASI

Vazir

Vazirning nuroniylar masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Nuroniy va faxriylarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Mahalla institutini rivojlantirish, mahallabay ishlash tizimini tashkil etish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Tashkiliy nazorat, tahlil va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

Yoshlar taʼlim-tarbiyasida keksa avlod vakillarining ishtirokini mustahkamlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan shaxslarga yordam koʻrsatilishini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Bosh yuriskonsult

1

Inson resurslari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va jamoatchilik nazoratini tashkil etishga koʻmaklashish boʻyicha bosh mutaxassis

1

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etish, mahallalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

Bosh hisobchi

1

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 13 nafar shtat birligi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-354-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/354/0747-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-147-son qaroriga
3a-ILOVA
Viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshliq

Boshliqning nuroniylar masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Nuroniy va faxriylarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Mahalla institutini rivojlantirish, mahallabay ishlash tizimini tashkil etish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Tashkiliy nazorat, tahlil va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

Bosh yuriskonsult

1

Yoshlar taʼlim-tarbiyasida keksa avlod vakillarining ishtirokini mustahkamlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan shaxslarga yordam koʻrsatilishini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Inson resurslari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va jamoatchilik nazoratini tashkil etishga koʻmaklashish boʻyicha bosh mutaxassis

1

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etish, mahallalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

Bosh hisobchi

1

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 12 nafar shtat birligi, jami — 156 nafar shtat birligi.
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-354-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/354/0747-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-147-son qaroriga
4-ILOVA
Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshliq

Boshliqning nuroniylar masalalari boʻyicha maslahatchisi*

1

Mahalla institutini rivojlantirish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etish, mahallabay ishlash tizimini tashkil etish boʻyicha yetakchi mutaxassis

1

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan shaxslarga yordam koʻrsatilishini muvofiqlashtirish va tashkiliy nazorat boʻyicha yetakchi mutaxassis

1

Bosh hisobchi



1

Mahallalar

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 5 nafar shtat birligi, jami — 1 035 nafar shtat birligi.
* Mehnatga haq toʻlash shartlariga koʻra bosh mutaxassis lavozimiga tenglashtiriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/147/0173-son; 17.08.2022-y., 07/22/354/0747-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)