Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining
“Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi PQ-136-son “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 7-avgustdagi 5-mh-son “Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 2923, 2017-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 939-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qaror
muqaddimasidagi “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga” degan soʻzlar “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a)
muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 477-son “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b)
2-banddagi “Turizm va sport vazirligi” degan soʻzlar “Sportni rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 10-bandning “d” kichik bandi
oltinchi xatboshisidagi “Turizm va sport vazirligiga” degan soʻzlar “Sportni rivojlantirish vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.