toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.10.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
Qarori
Davlat xizmatlari yagona reyestriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 27-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3181-3]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 3-son va Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 26-oktabrdagi 23/11-sonli ““Davlat xizmatlari yagona reyestrini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3181-4, 27.10.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2022-yil 17-martdagi PF-89-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-282-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir davlat xizmati koʻrsatish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi va 2022-yil 20-apreldagi 200-son “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 31-iyuldagi 6 va 136-son qarori (roʻyxat raqami 3181, 2019-yil 13-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 19/19/3181/3738-son) bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari yagona reyestriga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-iyul,
4-son
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-iyul,
230-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 27-iyuldagi 4-son va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022-yil 27-iyuldagi 230-mh-son qaroriga
ILOVA
Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 002-bob quyidagi mazmundagi 73-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

73.

0029

Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish

Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi

Jismoniy va yuridik shaxslar

Anʼanaviy va elektron shaklda

Pullik

Yer ijara shartnomasi

.

2. 004-bobning 10-pozitsiyasi “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustuni “Anʼanaviy” degan soʻzdan keyin “va elektron shaklda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 005-bobning 11-pozitsiyasi “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustuni “Anʼanaviy” degan soʻzdan keyin “va elektron shaklda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 008-bobda:
366-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

366.

00846

Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Jismoniy shaxs

Anʼanaviy va elektron shaklda

Pullik

Sertifikat

;

41-pozitsiyaning “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustuni “Anʼanaviy” degan soʻzdan keyin “va elektron shaklda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 009-bob quyidagi mazmundagi 583-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

583.

00915

Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malaka imtihonini oʻtkazish va malaka sertifikatini berish

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari

Jismoniy shaxs

Anʼanaviy va elektron shaklda

Pullik

Sertifikat

.

6. 012-bobda:
78-pozitsiya chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 913-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

913.

01221

Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi

Yuridik shaxs

Anʼanaviy va elektron shaklda

Pullik

Akkreditatsiya guvohnomasi

.

7. Quyidagi mazmundagi 0122-bob bilan toʻldirilsin:

0122

Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

9111.

01230

Keksa�ar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish

Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlari

Jismoniy shaxs

Elektron

Bepul

Yoʻllanma

.

8. Quyidagi mazmundagi 0131-bob bilan toʻldirilsin:

0131

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi

93.

01311

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi

Jismoniy shaxs

Elektron

Bepul

Maʼlumotnoma

931.

01312

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini berish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi

Jismoniy shaxs

Anʼanaviy

Pullik

Xorijga chiqish uchun biometrik pasport

.

9. 014-bobda:
130-pozitsiya chiqarib tashlansin;
137-pozitsiyaning “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustuni “Anʼanaviy” degan soʻzdan keyin “va elektron shaklda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
10. 017-bobning 162-pozitsiyasi “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustuni “Anʼanaviy” degan soʻzdan keyin “va elektron shaklda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
11. 018-bobning 168-pozitsiyasi “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustunidagi “Elektron shaklda” degan soʻzlar “Anʼanaviy va elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 026-bob quyidagi mazmundagi 2731-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

2731.

02617

Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

Jismoniy shaxs

Anʼanaviy

Pullik

Attestat

.

13. 028-bob quyidagi mazmundagi 3091 va 3092-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

3091.

0285

Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Jismoniy shaxs

Anʼanaviy va elektron shaklda

Bepul

Guvohnoma

3092.

0286

Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Jismoniy shaxs

Anʼanaviy va elektron shaklda

Bepul

Guvohnoma

.

14. 031-bobda:
332-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

332.

0314

Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari, tuman (shahar) qurilish boʻlimlari

Jismoniy va yuridik shaxslar

Elektron

Pullik

Xulosa

;

335 va 336-pozitsiyalar quydagi taxrirda bayon etilsin:

335.

0317

Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishib olish

Tuman (shahar) qurilish boʻlimlari

Jismoniy va yuridik shaxslar

Anʼanaviy va elektron

Pullik

Kelishish

336.

0318

Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma

Tuman (shahar) qurilish boʻlimlari

Jismoniy va yuridik shaxslar

Anʼanaviy va elektron

Pullik

Ruxsatnoma

;

337-pozitsiya chiqarib tashlansin;
3371-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

3371.

03191

Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma

Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga yoki tuman (shahar) qurilish boʻlimlari

Jismoniy va yuridik shaxslar

Elektron

Pullik

Ruxsatnoma

;

338-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

338.

03110

Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari

Jismoniy va yuridik shaxslar

Elektron

Pullik

Maʼlumotnoma

.

15. 036-bobda:
quyidagi mazmundagi 3651-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

3651.

03641

Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari

Jismoniy shaxs

Elektron

Bepul

Hisobga qoʻyish kartochkasi

;

quyidagi mazmundagi 3706-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

3706.

03615

Koʻchma savdo obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi

Jismoniy va yuridik shaxslar

Elektron

Pullik

Guvohnoma

.

16. 040-bob quyidagi mazmundagi 4061-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

4061.

04031

Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanadigan mutaxassislarning malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi

Jismoniy shaxs

Anʼanaviy va elektron shaklda

Pullik

Sertifikat

.

17. 044-bob quyidagi mazmundagi 4282-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

4282.

04412

Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi

Jismoniy shaxs

Anʼanaviy va elektron shaklda

Pullik

Sertifikat

.

18. 048-bobda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasida)”;
quyidagi mazmundagi 4711 va 4712-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

4711.

04821

Yoʻqolgan ashyoning topilmaganligi haqidagi maʼlumotnoma olish

Davlat xizmatlari markazi

Jismoniy va yuridik shaxslar

Elektron

Pullik

Maʼlumotnoma

4712.

04822

“Avtomobil tarixi” maʼlumotlarini taqdim etish

Davlat xizmatlari markazi

Jismoniy va yuridik shaxslar

Elektron

Pullik

Maʼlumotnoma

;

500-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

500.

04831

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining arxiv hujjatlaridan maʼlumotnoma berish

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivlari

Jismoniy shaxs

Anʼanaviy va elektron shaklda

Pullik

Maʼlumotnoma

.

19. 049-bobda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi”;
501-pozitsiyaning “Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organning nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi”.
20. 051-bobda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (intellektual mulk sohasida)”;
535-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

535.

0513

Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar yoki maʼlumotlar bazalariga rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma olish

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti

Jismoniy va yuridik shaxslar

Anʼanaviy va elektron shaklda

Pullik

Guvohnoma

;

536 — 542-pozitsiyalarning “Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organning nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti”.
21. Quyidagi mazmundagi 0581-bob bilan toʻldirilsin:

0581

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi

5861.

0585

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning davlat tilini bilish darajasini aniqlash

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi va uning hududiy boʻlinmalari

Jismoniy shaxs

Anʼanaviy va elektron shaklda

Pullik

Sertifikat

.

22. 067-bob quyidagi mazmundagi 623-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

623.

0675

Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Jismoniy shaxs

Anʼanaviy va elektron shaklda

Bepul/ Pullik

Sertifikat

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3181-3/0678-son)