1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Turizm sohasi subyektlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Respublikada turizm sohasini jadal rivojlantirish, sohadagi tadbirkorlik subyektlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun davlat tomonidan qoʻshimcha koʻmak berish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, yaratilgan imkoniyatlardan turizm sohasining subyektlari tomonidan foydalanish koʻlamini kengaytirish va bu orqali aholi bandligini taʼminlash muhim vazifa boʻlib qolmoqda.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha loyihalarga ajratilgan kredit mablagʻlarining 30 foizigacha boʻlgan qismini qoplab berish;
investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish muddatini 2023-yil 31-dekabrga qadar uzaytirish;
turistik axborot markazlari faoliyatini tashkil etish nuqtalarini kengaytirish, ularning xizmatlaridan foydalanish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 26-iyul,
407-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-iyuldagi 407-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/622/0897-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratish tartibi haqidagi nizomda:
b) 2-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yangi qurilgan mehmonxona — tasdiqlangan loyiha asosida kapital bino va inshoot sifatida qurilgan yoki oxirgi oʻn yilda mehmonxona fondida mavjud boʻlmagan holda qayta qurilgan yoxud qurilish jarayonida oʻzgartirilgan loyiha boʻyicha (mehmonxonani rekonstruksiya va (yoki) renovatsiya qilish bundan mustasno) joylashtirish vositasi sifatida qurilib yangidan ishga tushirilgan obyekt.”.
v) 19-bandning birinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash” soʻzlari “Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarorida:
a) Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“6. Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar xizmatlarini sertifikatlashtirish soddalashtirilgan holda, oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni oʻrganish dalolatnomasi asosida ularni Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.”
b) Turistik axborot markazlarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 27-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Turistik axborot markazi turistlar uchun imkon qadar qulay joyda (shahar markazlari, yodgorliklar atrofi, transport bekatlari, chegara oʻtkazish punktlari, shuningdek, alohida turizm obyektlariga olib boradigan magistral yoʻllar) tashkil qilinadi.
Turistik axborot markazlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida bepul joylashtiriladi. Turistik axborot markazlari xodimlarining chegara oʻtkazish punktlariga kirib-chiqishi ularning ushbu axborot markazida faoliyat olib borishini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Turistik axborot markazini piyodalarning harakatlanishi cheklangan joylarda joylashtirish taqiqlanadi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-oktabrdagi 625-F-sonli farmoyishining 7-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Jurnal Turizm va madaniy meros vazirligining Toshkent shahar, Oybek koʻchasi, 18-uy manzilida joylashgan binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.”
5. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi toʻgʻrisida nizomda: