Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
“Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2018-yil 15-maydagi 185-son “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3016, 2018-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 22-son, 458-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 36-son “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3016-1, 2019-yil 22-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/3016-1/2984-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 26-iyundagi 79-son “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3016-2, 2019-yil 4-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 10/19/3016-2/3379-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-son “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3016-3, 2020-yil 13-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 8-apreldagi 21-son “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3016-4, 2021-yil 4-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/3016-4/0436-son).