toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligining
buyrug‘i
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3016]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 8-iyuldagi 33-sonli ““Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3016-5, 25.07.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan buyuraman:
1. Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor Sh. SADIKOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-may,
185-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2018-yil 15-maydagi 185-son buyrug‘iga
ILOVA
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avans to‘lovi — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat buyurtmachisi va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi tomonidan kiritiladigan, operatorning vositachilik yig‘imini va tomonlarning zakalatini o‘z ichiga olgan moliyaviy mablag‘lar summasi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
davlat buyurtmachisi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) — davlat xaridlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnoma — davlat xaridlari bo‘yicha huquqlar va majburiyatlarni belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachi va davlat xaridlarining ijrochisi o‘rtasida tuziladigan bitim;
yagona yetkazib beruvchi — tabiiy monopoliya subyekti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida farmonlarida, qarorlarida va farmoyishlarida yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan subyektlar, shuningdek davlat tomonidan xarid qilinayotgan, bozorda muqobillari mavjud bo‘lmagan noyob tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi;
tanlov — shartnomani bajarish bo‘yicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi g‘olib deb topiladigan xarid qilish tartib-taomilini amalga oshirishning turi;
tanlov taklifi — tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq ishtirokchining tanlov predmetiga nisbatan taqdim etiladigan taklifi;
lot — turli belgilari bo‘yicha guruhlashtirilgan (foydalanish, texnik va funksional xususiyatlariga ko‘ra) bir xil turdagi tovarlarning jamlanmasi sifatida buyurtmachi tomonidan belgilangan va alohida shartnoma bo‘yicha xarid predmetining miqdoriy qismi;
taklifni ta’minlash — buyurtmachining talabiga binoan ishtirokchi tomonidan takliflar va majburiyatlarning garov, kafolat, zakalat tarzida yoxud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usulda ta’minlanishi;
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
shaxsiy kabinet — elektron davlat xaridlarida ishtirok etishni hamda zarur axborotni joylashtirishni va undan foydalanishni ta’minlaydigan, buyurtmachi yoki xarid qilish tartib-taomili ishtirokchisining maxsus axborot portaldagi individual sahifasi;
reja-jadval — tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridining hajmlari va joylashtirish muddatlarini nazarda tutuvchi hujjat;
davlat xaridlari bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma — maxsus axborot portalida ro‘yxatga qo‘yilishi shart bo‘lgan, davlat xaridlari bo‘yicha huquqlar va majburiyatlarni belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachi va davlat xaridlarining ijrochisi o‘rtasida tuziladigan bitim;
qadam o‘lchovi — narxni pasaytirish uchun auksionning boshlang‘ich narxini yoki oldingi ishtirokchi narxining foiz bilan belgilanadigan kamaytirish pul miqdori;
hisob-kitob-kliring palatasi (bundan buyon matnda HKKP deb yuritiladi) — avans to‘lovlarini deponentlash va ularni hisobga olish yo‘li bilan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajara oladigan ishtirokchilarni elektron xaridlarga kirishini ta’minlovchi maxsus axborot portalining tarkibiy bo‘linmasi;
yagona yetkazib beruvchilar reyestri — vakolatli organ bilan kelishilgan holda maxsus axborot portali operatori tomonidan yuritiladigan axborot resursi;
zaxira ijrochisi — xarid qilish tartib-taomillari yakuniga ko‘ra xarid komissiyasining qaroriga muvofiq g‘olib deb topilgan ishtirokchining taklifidan so‘ng taklifi eng maqbul deb topilgan ishtirokchi;
(1-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
maxsus axborot portali (bundan buyon matnda portal deb yuritiladi) — operatorning davlat xaridlari o‘tkazilishini, davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlar, davlat xaridlari yakunlari, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflari haqidagi axborotning va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotning elektron shaklda joylashtirilishini va ko‘rilishini, shuningdek elektron davlat xaridlari o‘tkazilishini ta’minlovchi veb-sayti va maxsus elektron platformasi;
(1-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
tabiiy monopoliya subyekti — tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va/yoki realizatsiya qilish bilan band bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt (yuridik shaxs);
tender taklifi — tender hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq tender predmetiga nisbatan ishtirokchining taklifi;
davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
(1-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 36-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/3016-1/2984-son)
davlat xaridlarining elektron tizimi (bundan buyon matnda elektron tizim deb yuritiladi) — elektron davlat xaridlari jarayonida davlat xaridlari subyektlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlaydigan tashkiliy, axborot va texnik vositalarning dasturiy majmui;
elektron davlat xaridlari — davlat xaridlari subyektlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda davlat xaridlarini amalga oshirish shakllari.
(1-bandning yigirma birinchi va yigirma ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
2. Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari quyidagilardan iborat:
elektron do‘kon;
boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion (bundan buyon matnda auksion deb yuritiladi);
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
tanlov;
tender;
yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari.
Davlat xaridlari elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.
3. Xaridlarga tayyorgarlik o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
portalda xaridlarning yillik va choraklik reja-jadvallarini joylashtirish;
portalda xaridlar o‘tkazilishi haqidagi e’lonlarni joylashtirish;
buyurtmachilar va xarid jarayonlari ishtirokchilari (bundan buyon matnda ishtirokchi deb yuritiladi) tomonidan xaridlarda ularning ishtirokini ta’minlovchi avans to‘lovlarini kiritish.
4. Portalda joylashtiriladigan reja-jadval quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
xarid predmeti;
xarid o‘tkaziladigan oy;
buyurtmachining nomi va manzili;
xarid predmetini moliyalashtirish manbalari;
tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish joyi (manzili), muddatlari va shartlari.
2-bob. Elektron davlat xaridlari
1-§. Elektron davlat xaridlarini o‘tkazishning umumiy shartlari
5. Buyurtmachi va ishtirokchilar HKKPdagi shaxsiy hisobvaraqlariga avans to‘lovlarini kiritganlaridan so‘ng elektron davlat xaridlariga (bundan buyon matnda elektron xaridlar deb yuritiladi) qo‘yiladi.
6. Buyurtmachi va ishtirokchilar elektron xaridlardagi ishtiroklarini elektron raqamli imzolaridan (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) foydalangan holda amalga oshiradi. Buyurtmachi va ishtirokchi tomonidan ERIdan foydalanish, elektron tizimda tuziladigan shartnomalarni haqiqiy deb topish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
7. Xarid qilish tartib-taomillarini elektron do‘kon yoki auksion orqali amalga oshirishda korporativ buyurtmachi va ishtirokchi tomonidan kiritilgan zakalat shartnoma majburiyati bajariladigan vaqtga qadar yoki shartnoma qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar xatlab qo‘yiladi, bundan mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan hollar mustasno.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
8. Elektron do‘kon va auksion ishtirokchilarining zakalati boshqa ishtirokchilar tomonidan pastroq narxdagi taklif berilgunga qadar xatlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
81. Budjet buyurtmachisi tomonidan elektron tanlov yoki elektron tender o‘tkazishda ishtirokchilarning zakalati operator tomonidan g‘olib aniqlangunga qadar xatlab qo‘yiladi. Elektron tanlov yoki elektron tender g‘olibining zakalati shartnoma tuzilguniga qadar xatlanadi.
Korporativ buyurtmachi tomonidan elektron tanlov yoki elektron tender o‘tkazishda ishtirokchilar tomonidan zakalat kiritish zarurati va miqdori korporativ buyurtmachi tomonidan belgilanadi hamda kiritilgan zakalat operator tomonidan elektron tanlov yoki elektron tender g‘olibi bilan shartnoma tuzilguniga qadar xatlanadi. Bunda zakalat miqdori tovar (ish, xizmat) qiymatining 3 foizidan oshmasligi kerak.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 36-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3016-1, 22.04.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/3016-1/2984-son)
11. Operator tomonidan buyurtmachi va ishtirokchilardan undiriladigan vositachilik haqi miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
12. Operatorning elektron tizimi avtomatik rejimda quyidagilarni amalga oshiradi:
kiritilgan avans summasiga muvofiq har bir lot bo‘yicha elektron xaridlardan foydalanish;
elektron xaridlarni o‘tkazish;
elektron xaridlar natijasi bo‘yicha ishtirokchilarni aniqlash;
bitimni ro‘yxatga olish va shartnomani shakllantirish.
2-§. Elektron do‘kondan foydalanish
13. Elektron do‘kon ishtirokchilarning takliflaridan shakllantiriladi. Ishtirokchining elektron do‘konga qo‘yilgan taklifi buyurtmachilarga yuborilgan ommaviy ofertadir.
14. Qonunning 43-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq elektron do‘konda quyidagi davlat xaridlari amalga oshirilishi mumkin:
bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan) oshmaydigan, biroq bir yilda bir buyurtmachi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravari miqdordagi summadan ko‘p bo‘lmagan tovarlar;
bir buyurtmachi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan oshmaydigan miqdordagi ishlar, xizmatlar.
(14-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
15. Ishtirokchi elektron do‘konga joylashtirilgan o‘z taklifida quyidagilarni ko‘rsatadi:
taklif etilayotgan tovarning (ishning, xizmatning) nomi;
sotish narxi;
tovarning eng ko‘p va eng kam to‘pi;
tovarning rusumi va texnik parametrlari (texnik pasport yoki boshqa hujjat asosida);
tovarning fotosurati;
tovar yetkazib beriladigan (ish bajariladigan, xizmat ko‘rsatiladigan) hudud;
tovarni ishlab chiqaruvchi va tovar kelib chiqqan mamlakat to‘g‘risidagi axborot;
kafolat shartlari va muddati to‘g‘risidagi axborot;
tovar ishlab chiqarilgan yil;
tovarning yaroqlilik muddati;
ishni bajarish, xizmatni ko‘rsatish muddati;
zarur bo‘lganda, litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat yoki sertifikat mavjudligi to‘g‘risidagi axborot.
16. Ishtirokchi elektron do‘konda joylashtirilgan axborotning ishonchliligi bo‘yicha to‘liq javobgar bo‘ladi.
17. Ishtirokchining ofertasi u elektron do‘konga joylashtirilgan paytdan boshlab o‘n besh kalendar kun mobaynida amal qiladi. Ushbu muddat tugaganidan so‘ng ishtirokchi uni yana o‘n besh kalendar kunga aktivlashtirishi mumkin.
18. Oferta buyurtmachi tomonidan akseptlangunga qadar ishtirokchi ofertani har qanday muddatda chaqirib olishi yoki unga tuzatishlar kiritishga haqli.
19. Buyurtmachi elektron do‘konda ishtirokchilarning ofertalarini o‘rganish yo‘li bilan o‘zi uchun zarur bo‘lgan tovarni (ishni, xizmatni) tanlaydi va tovar (ish, xizmat) tanlangach, xarajatlar moddasini belgilagan holda narxlar so‘rovi mexanizmidan foydalanadi.
191. Davlat buyurtmachilari elektron do‘konning qo‘shimcha sahifasidan foydalangan holda, davlat xaridlarini hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) kesimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar) o‘rtasida amalga oshirishi mumkin.
Bunda, elektron do‘konning qo‘shimcha sahifasidan foydalanish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
buyurtmachi elektron do‘konda “milliy do‘kon” yacheykasini tanlaydi;
elektron tizim buyurtmachi joylashgan hudud bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilarning (ish bajaruvchilarning, xizmat ko‘rsatuvchilarning) takliflari joylashtirilgan qo‘shimcha sahifani ochadi.
“Milliy do‘kon” yacheykasining “qidiruv” tugmasidan foydalanilganda elektron tizim buyurtmachi joylashgan hududdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar) tomonidan yetkazib beriladigan tovarni (ishni, xizmatni) qidiradi.
Elektron do‘konning qo‘shimcha sahifasida xarid qilish tartib-taomili yakuniga ko‘ra tovar (ish, xizmat) mavjud emasligi sababli shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, davlat buyurtmachisi elektron do‘konning asosiy sahifasidan foydalanmasdan mustaqil ravishda tanlangan yetkazib beruvchi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzishga haqli emas.
(191-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
20. Portal avtomatik rejimda, narxlar so‘rovi mexanizmini amalga oshirgan holda ofertani taklif etgan ishtirokchiga hamda elektron do‘konda o‘xshash tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) taklif etayotgan barcha ishtirokchilarga xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish to‘g‘risida takliflar yuborilishini ta’minlashga majbur.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 36-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/3016-1/2984-son)
201. “Milliy do‘kon” orqali xaridlarni amalga oshirishda elektron tizim narxlar so‘rovi mexanizmini faqat buyurtmachi joylashgan hududdagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar) orasida yuborilishini ta’minlaydi.
(201-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
21. Narxlar so‘rovi mexanizmi, buyurtmachiga o‘xshash tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) taklif etayotgan ishtirokchilardan pastroq narxni so‘rash imkoniyatini taqdim etadigan elektron tizimning funksiyasidan iborat .
22. Ishtirokchilar narxlar so‘rovida ishtirok etish to‘g‘risidagi taklif portal tomonidan yuborilgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida o‘z takliflarini berishga haqli.
23. Ishtirokchilarning manziliga yuborilayotgan narxlar so‘rovida ishtirok etish to‘g‘risidagi taklif buyurtmachi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasiga havolani o‘z ichiga oladi.
Ishtirokchilar narxlar so‘rovida ishtirok etish haqidagi taklifni olgan vaqtdan boshlab buyurtmachi tomonidan tanlangan oferta narxidan pastroq narx bo‘yicha taklif kiritishga haqli.
24. Korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar xaridlarni elektron do‘konda tartib-taomili orqali amalga oshirishdan oldin HKKPdagi shaxsiy hisobvarag‘iga ishtirokchi oferta qiymatining 3 foizi miqdoridagi zakalatni joylashtiradi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 36-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/3016-1/2984-son)
25. Agar narx so‘rovi mobaynida ishtirokchi tomonidan taklif qilingan narx buyurtmachi tomonidan tanlangan narxdan 15 va undan ortiq foizga past bo‘lsa, ishtirokchi buyurtmachi tomonidan tanlangan ofertaning narxi va o‘zi tomonidan taklif etilgan narxning farqi miqdoridagi qo‘shimcha zakalatni xarid predmetining har bir birligi uchun oldindan kiritishi shart.
Qo‘shimcha zakalat mavjud bo‘lmagan taqdirda ushbu takliflar elektron tizim tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.
26. Ishtirokchilar tomonidan berilgan narx bo‘yicha takliflarni taqqoslash portal tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
27. Ishtirokchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan buyurtmachi yoki ishtirokchilar yakuniy natijalar e’lon qilinguniga qadar foydalana olmaydi. Ijrochining nomi va uning taklif qilgan narxi g‘olib aniqlangan paytda portalda aks ettiriladi.
28. Portal shartnomani buyurtmachi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxda shakllantiradi.
29. Portal tuzilgan bitimni ro‘yxatga oladi, buyurtmachi va ishtirokchining shaxsiy hisobvarag‘idan operatorning vositachilik haqini yechib oladi. Bitimni ro‘yxatga olish elektron tizim tomonidan shartnomani shakllantirish va unga o‘ziga xos raqam berish bilan amalga oshiriladi.
30. Portalda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ishtirokchilarning hech biri dastlabki taklifdan pastroq narxni taklif qilmasa, portal buyurtmachi va ijrochi o‘rtasidagi bitimni ro‘yxatdan o‘tkazadi.
31. Xarid qilish tartib-taomili yakuniga ko‘ra elektron do‘konda tovar (ish, xizmat) mavjud emasligi sababli shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, buyurtmachi mustaqil ravishda tanlangan yetkazib beruvchi bilan shartnoma tuzish orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri xaridni amalga oshirishga haqli. Bunda ushbu Nizomning 14-bandida belgilangan davlat xaridlarining summalarga oid mezonlari amal qiladi.
32. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid natijasida tuzilgan shartnoma u tuzilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay portalga joylashtirilishi lozim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid uchun javobgarlik buyurtmachining zimmasida bo‘ladi.
3-§. Auksion o‘tkazish
33. Qonunning 46-moddasiga asosan auksion vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:
tovarning standart xususiyatlarga ega bo‘lishi;
tovarning texnik, ekspluatatsiya qilinish xususiyatlarini va boshqa xususiyatlarini baholash hamda taqqoslash zaruratining mavjud emasligi;
xizmatlarning, ishlarning davlat xaridi obyekti bo‘lmasligi;
tovarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan kam bo‘lishi. Budjet buyurtmachilari uchun auksiondagi davlat xaridlari bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan ortiq bo‘lmasligi kerak.
(33-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
34. Buyurtmachi auksion o‘tkazish haqida xaridlar reja-jadvaliga muvofiq portalga e’lon joylashtiradi.
Korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar tomonidan auksionda ishtirok etishdan oldin HKKPdagi shaxsiy hisobraqamlariga auksionning boshlang‘ich narxdan 3 foiz miqdorida zakalat mablag‘i o‘tkaziladi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 36-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/3016-1/2984-son)
341. Agar xaridlar reja-jadvali uch oy oldin maxsus axborot portaliga joylashtirilmagan bo‘lsa, boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion orqali davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarlarni yetkazib berish muddati yetti kundan kam bo‘lmasligi kerak.
(341-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 8-apreldagi 21-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3016-4, 04.05.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/3016-4/0436-son)
35. Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon auksion g‘olibini aniqlangunga qadar kamida besh kun avval joylashtirilishi kerak.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 36-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/3016-1/2984-son)
36. Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
buyurtmachining nomi va manzili;
auksionning birinchi va oxirgi kuni (auksion o‘tkaziladigan davr);
auksion predmetining boshlang‘ich narxi;
auksion predmetining xususiyatlari (auksion predmetining tasnifi);
auksion predmetini lotlar bo‘yicha bo‘lib chiqish va har bir lotning hajmi;
tovarlarni yetkazib berish muddatlari va shartlari;
tovarlar yetkazib beriladigan joy (manzil);
litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning mavjudligi haqida talab (zarur bo‘lganda);
tovarning o‘ziga xos xususiy parametrlarini ifodalovchi alohida shartlar.
37. Auksion buyurtmachining e’lonida bayon etilgan talablarni inobatga olgan holda o‘tkaziladi.
38. Agar buyurtmachining e’lonida boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ishtirokchi yangi tovarni yetkazib berishi shart.
39. Auksion elektron tizimda boshlang‘ich narxni qadam-baqadam pasaytirish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Qadam o‘lchovi operator tomonidan vakolatli organ bilan kelishilgan holda belgilanadi, lekin ishtirokchi tomonidan kiritiladigan zakalat miqdoridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
40. Budjet buyurtmachisining e’loni buyurtmachi tomonidan e’lon joylashtirilgan vaqtdan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi pul mablag‘lari mavjudligi haqidagi tasdig‘i olingandan so‘ng aktivlashtiriladi va ishtirokchilarning takliflarini qabul qilish boshlanadi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 36-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/3016-1/2984-son)
41. Agar taklif narxi buyurtmachi tomonidan berilgan boshlang‘ich narxdan past va/yoki boshqa ishtirokchining taklif qilgan narxidan past bo‘lsa, portal ishtirokchilarning takliflarini qabul qilishni ta’minlaydi.
Auksionni o‘tkazish chog‘ida ishtirokchilar auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon chop etilgan kundan e’tiboran va u tamom bo‘ladigan paytga qadar butun muddat ichida narx bo‘yicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishga haqli.
Auksion uni o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatda (sana va vaqt), biroq oxirgi taklif kelib tushgan vaqtdan so‘ng besh minutdan kam bo‘lmagan vaqtda tugagan deb hisoblanadi.
Mazkur vaqt ichida yangi taklif berilgan taqdirda, ishtirokchilardan takliflarni qabul qilish muddati oxirgi taklif olingandan so‘ng yana besh minutga uzaytiriladi.
Bunda, auksionning tugash muddati operatorning ish kuni va ish vaqtiga to‘g‘ri kelishi lozim.
Ishtirokchilarning nomi va ular bilan bog‘lanishga doir ma’lumotlar auksion g‘olibi aniqlanmaguniga qadar portalda aks ettirilmaydi.
Agar auksion mobaynida ishtirokchi tomonidan taklif qilingan narx boshlang‘ich narxdan 15 va undan ortiq foizga past bo‘lsa, ishtirokchi boshlang‘ich narx va o‘zi tomonidan taklif etilgan narxning farqi miqdoridagi qo‘shimcha zakalatni xarid predmetining har bir birligi uchun oldindan kiritishi shart.
Qo‘shimcha zakalat mavjud bo‘lmagan taqdirda ushbu takliflar elektron tizim tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.
42. Auksion tugaydigan vaqt kelganda portal auksion o‘tkazilgan vaqt davomida berilgan takliflar orasida eng past narxni taklif qilgan taklifni avtomatik ravishda aniqlab oladi. Eng past narx ko‘rsatilgan taklifni bergan ishtirokchi auksion g‘olibi sifatida portal tomonidan saralab olinadi. Ijrochining nomi portalda aks ettirilib, ushbu tizim tuzilgan bitimni avtomatik ravishda qayd etadi va buyurtmachining buyurtmanomasida bayon etilgan shartlarga muvofiq shartnomani shakllantiradi.
43. Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan bo‘lsa yoki hech kim ishtirok etmagan bo‘lsa, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi va g‘olib aniqlanmaydi, buyurtmachi auksionni besh kunga uzaytiradi. Auksionni uzaytirish avvalgi auksion tamom bo‘lgan paytdan e’tiboran uch kun ichida buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Auksionni uzaytirishda buyurtmachi boshlang‘ich narxni, texnik talablarni, xususiyatlarni yoki texnik topshiriqni qayta ko‘rib chiqishga haqli.
44. Agar qayta auksion takliflar mavjud emasligi sababli o‘tkazilmagan deb topilgan bo‘lsa, buyurtmachi Qonunning 48-moddasida nazarda tutilgan tartib-taomil bo‘yicha tanlov o‘tkazishga haqli.
3-bob. Tanlov o‘tkazish tartib-taomillari
1-§. Tanlov vositasida xaridlarni o‘tkazish shartlari
(1-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
45. Tanlov vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:
tovarning (ishning, xizmatning) batafsil va aniq ta’rifini ta’riflash imkoniyati mavjud;
g‘olibni aniqlash mezonlari tovar (ish, xizmat) davlat xaridining nafaqat pul ifodasiga, balki miqdoriy va sifat bahosiga ham ega bo‘ladi.
Korporativ buyurtmachilar tomonidan quyidagi hollarda tanlov orqali xaridlar amalga oshiriladi:
tovar qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan yigirma besh ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni;
xizmatlarning, ishlarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan yigirma besh ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etganda.
(45-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
46. Budjet buyurtmachilari tomonidan quyidagi hollarda tanlov orqali xaridlar amalga oshiriladi:
tovarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni;
ishlarning, xizmatlarning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etganda.
(46-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
47. Tovarning (ishning, xizmatning) qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan oshgan hollarda tanlov bo‘yicha texnik topshiriq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) bilan kelishib olinishi lozim.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
471. Tanlovda xorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar — mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan taqdirda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda narx preferensiyasi qo‘llaniladi.
(471-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
48. Agar investitsiya loyihalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bilan buyurtmachilarga tenderni o‘tkazmasdan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish huquqi berilgan taqdirda, xarid qilish tartib-taomili davlat xaridining summasidan qat’i nazar tanlov o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Bunda tanlov haqidagi e’lon buyurtmachi tomonidan takliflarni qabul qilish muddati tugaguniga qadar kamida o‘n kun oldin portalda joylashtiriladi.
2-§. Tanlov o‘tkazishda xarid komissiyasi faoliyatini tartibga solish
49. Buyurtmachi tanlovni o‘tkazish uchun toq sonli a’zolardan (kamida beshta kishidan) iborat xarid komissiyasini (bundan buyon matnda tanlov komissiyasi deb yuritiladi) tuzadi.
50. Tanlov komissiyasi a’zolarining tarkibi va soni olinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zgarishi mumkin.
51. Xarid qilish xo‘jalik faoliyati doirasida o‘tkazilganda xarid komissiyasi buyurtmachining vakillari orasidan, zarur bo‘lgan taqdirda ovoz berish huquqiga ega ekspertlar jalb etilgan holda shakllantiriladi.
52. Xarid qilish loyiha faoliyati doirasida o‘tkazilganda tanlov komissiyasi vazifalarini belgilangan tartibda tashkil etiladigan loyihani amalga oshiruvchi guruh bajaradi, u xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish natijalari to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
53. Qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan ortiq miqdordagi davlat xaridlari o‘tkazilganda tanlov komissiyasi tarkibiga buyurtmachining vakillaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zinjiniring” respublika loyihalashtirish institutining vakillari kiritiladi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
54. Tanlov komissiyasi buyurtmachining tegishli qarori bilan tuziladi va tarqatib yuboriladi.
55. Tanlov o‘tkazish bo‘yicha xarid komissiyasining tezkor faoliyatini uning mas’ul kotibi tashkil etadi.
3-§. Tanlov hujjatlarini ishlab chiqish va tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon berish
56. Buyurtmachi tomonidan tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng buyurtmachining mutaxassislari yoki tanlovni tashkillashtirish va o‘tkazish uchun mas’ul shaxs tomonidan tanlov hujjatlarining, shartnoma va tanlov o‘tkazish haqidagi e’lonning matni ishlab chiqiladi.
57. Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
tovarning (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va narxi;
tanlov o‘tkaziladigan joy manzili;
tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar;
buyurtmachining ishtirokchilar bilan aloqada bo‘lish uchun bog‘lovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxsining yoki boshqa xodimlarining F.I.O., lavozimi va manzili;
tanlov hujjatlari qoidalarini izohlash uchun so‘rov berish shakli;
takliflarni berish muddati tugaydigan sana va vaqt;
tanlov takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar.
Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa axborot ham bo‘lishi mumkin.
(57-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
58. Tanlov hujjatlarida quyidagilar bo‘lishi kerak:
tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan axborot;
shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta hamda to‘lov tartibi haqidagi axborot;
tanlovda ishtirok etish uchun taklif qaysi tilda tayyorlanishi kerakligi bo‘yicha talab;
tanlov ishtirokchilariga tanlov hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana;
agar tovarning (ishning, xizmatning) muqobil variantlariga yo‘l qo‘yilsa, lotni almashtirish bo‘yicha muqobil takliflarni baholash tartibining tavsifi;
texnik topshiriq;
Qonunga muvofiq ishtirokchilarning takliflarini baholash mezonlari va ko‘rib chiqish tartibi.
59. Tanlov hujjatlariga ularning ajralmas qismi bo‘lgan shartnoma loyihasi ilova qilinadi.
60. Buyurtmachi tanlov hujjatlarini ko‘rib chiqish uchun tanlov o‘tkazish bo‘yicha xarid komissiyasiga kiritadi.
61. Tanlov komissiyasi o‘z majlislarida tanlov hujjatlarini Qonun talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi va quyidagilarni:
takliflar qabul qilinadigan muddatlarini;
takliflarni ochish tartib-taomillarini;
takliflarni baholash mezonlarini;
taklif kiritish tartibini, hajmini va uni ta’minlash shaklini belgilaydi.
62. Tanlov hujjatlari tanlov komissiyasi tomonidan kelishilgandan so‘ng tanlovni o‘tkazish haqida qaror qabul qilinadi.
63. Tanlov hujjatlarida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng, tanlov komissiyasi tomonidan tanlov hujjatlari qayta ko‘rib chiqiladi.
64. Buyurtmachi tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan tanlov hujjatlarini o‘zining imzosi va muhri bilan tasdiqlaydi.
65. Tasdiqlangan tanlov hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek tanlov o‘tkazish haqidagi e’lon tanlov ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida o‘n kun avval buyurtmachi tomonidan portalga joylashtiriladi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 36-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/3016-1/2984-son)
66. Tanlov o‘tkazish haqidagi e’lon qo‘shimcha ravishda buyurtmachining rasmiy veb-saytida yoki o‘zining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytida, shuningdek ommaviy axborot vositalariga joylashtirilishi mumkin.
67. Zarur hollarda buyurtmachi tanlov hujjatlariga o‘zgartirish kiritish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
68. Buyurtmachi tanlov hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida tanlovda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin qaror qabul qilishga haqli.
69. Tanlov hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish davomida tovarni (ishni, xizmatni) yoki uning xususiyatlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
70. Tanlovda takliflar berish tugaydigan muddat tanlov hujjatlariga o‘zgartishlar kiritilgan sanadan e’tiboran kamida o‘n kunga uzaytirilishi kerak.
71. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa ko‘rsatilgan axborot o‘zgartirilgan bo‘lsa, tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’longa o‘zgartishlar kiritiladi.
72. Zarur hollarda buyurtmachi tanlov komissiyasi qarori asosida takliflarni berish muddatini uzaytirishga, shuningdek ishtirokchilarga ularning takliflarini amal qilish muddatini muayyan davrga uzaytirish to‘g‘risidagi taklif bilan murojaat qilishi mumkin.
73. Tanlov hujjatlarida buyurtmachi har bir tovarni (ishni, xizmatni) xarid qilishda alohida lot sifatida e’lon qilishi mumkin. Bunday holda buyurtmachi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun tanlovning har xil loti bo‘yicha bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta g‘olib aniqlanishi mumkin.
4-§. Tanlov takliflarini berish tartibi
74. Portalda e’lon qilingan tanlov ishtirokchilarining takliflari e’londa belgilangan tartibda tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha muhrlangan konvertlarda taqdim etiladi.
75. Tanlov ishtirokchilarining takliflari ip bilan tikilgan, raqamlangan, muhr qo‘yilgan va ishtirokchining vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan yoki takliflarning har bir varag‘i imzolangan holda taqdim etish tavsiya etiladi.
76. Tanlov ishtirokchilarining takliflari e’londa belgilangan tartib asosida tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan manzilga muhrlangan konvertlarda (konvertning yelimlangan joyiga ishtirokchining muhri bosiladi) taqdim etiladi, unda texnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligiga oid ma’lumotlar texnik va tijorat takliflari bilan birga bo‘lishi kerak.
77. Takliflar solingan konvert tanlovni tashkillashtirish va o‘tkazishga mas’ul shaxsga ro‘yxatga olish kitobida topshiruvchi va qabul qiluvchi shaxslar imzosi ostida, qabul qilishning sanasi va vaqtini qayd etish yo‘li bilan qabul qilinadi. Ro‘yxatga olish kitobi ip bilan tikilgan, raqamlangan va muhrlangan bo‘lishi kerak.
78. Takliflar bilan birga ishtirokchilar xarid obyekti bo‘lgan tovarning eskizi, rasmi, chizmasi, fotosurati va boshqa tasviri, nusxasi, namunasini taqdim etishi mumkin.
79. Tanlov ishtirokchisi bitta lotga faqat bitta taklif berishga haqli.
80. Tanlov ishtirokchisi taqdim etilayotgan axborot va hujjatlarning haqiqiyligi va to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi.
81. Tanlov ishtirokchisi taqdim etilgan takliflarni berish muddati tugaguniga qadar berilgan taklifni chaqirib olishga yoki unga o‘zgartishlar kiritishga haqli.
82. Tanlovga takliflarni qabul qilish portalda chop etilgan e’londa ko‘rsatilgan muddat kelishi bilan tugatiladi.
83. Tanlov ishtirokchisi tanlov hujjatlaridagi talablarni, tanlov o‘tkazish uchun e’londa belgilangan shaklda tushuntirish talabi bilan buyurtmachiga so‘rov yuborishga haqli.
84. Buyurtmachi so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida, agar mazkur so‘rov buyurtmachiga takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki kun oldin kelib tushgan bo‘lsa, ushbu so‘rovga javob yuborishi shart.
85. Buyurtmachi xarid qilish tartib-taomiliga nisbatan ishtirokchilar tomonidan takliflarning ta’minlanishi zarurligi tarzida talab belgilagan taqdirda, takliflar yuborilguniga qadar ishtirokchi ta’minotning maqbulligini tasdiqlash to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli. Buyurtmachi bunday so‘rovga darhol javob beradi.
86. Tanlovda quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lgan ishtirokchilar qatnasha oladi:
shartnomani bajarish uchun zarur texnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;
shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;
soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlikning mavjud emasligi;
(86-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.
5-§. Tanlov natijalarini sarhisob qilish
87. Agar takliflar berish muddati tugagan paytda tanlov komissiyasi tomonidan tanlov ishtirokchilaridan tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga mos keladigan kamida ikkita taklif olingan bo‘lsa, tanlov o‘tkazilgan deb topiladi.
871. Uch yoki undan ortiq tanlov ishtirokchilari — mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan taqdirda davlat xaridlari buyurtmachining tanloviga ko‘ra mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin.
(871-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 26-iyundagi 79-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3016-2, 04.07.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 10/19/3016-2/3379-son)
88. Tanlovda bitta ishtirokchi ishtirok etgan yoki bironta ishtirokchi ishtirok etmagan taqdirda tanlov o‘tkazilmagan deb topiladi. Bunday holatda buyurtmachi tanlovni ayni o‘sha shartlarda hamda tovarga (ishga, xizmatga) doir ayni o‘sha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran amalga oshirishi shart.
89. Tanlov hujjatlarining shartlari o‘zgartirilmasdan takroran tanlov o‘tkazilganda takroran tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon ishtirokchilardan takliflar qabul qilinadigan muddat tugaydigan sanadan kamida o‘n kun oldin buyurtmachi tomonidan portalga joylashtiriladi.
90. Tovarga (ishga, xizmatga) nisbatan baholash shartlari, mezonlari va talablarni o‘zgartirish zarurati paydo bo‘lganda xarid komissiyasi asoslarni keltirgan holda tegishli qarorni qabul qiladi.
6-§. Tanlov ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash
91. Tanlov ishtirokchilari tomonidan berilgan takliflar solingan konvertlar tanlov komissiyasi yig‘ilishida ochiladi.
92. Tanlov ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash muddati takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran o‘n kundan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
93. E’londa tanlovni o‘tkazish vaqti sifatida ko‘rsatilgan vaqtda tanlov komissiyasi tanlov ishtirokchilari tomonidan berilgan takliflar solingan konvertlarni takliflarni baholash uchun ochadi. Tanlov ishtirokchisining vakolatli vakili konvertlarni ochish tartib-taomili chog‘ida hozir bo‘lishga haqli.
94. Takliflar solingan konvertlarni ochishda ularda barcha hujjatlarning mavjudligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi tekshiriladi. Tegishli hujjatlar konvertda mavjud bo‘lmagan holatda, tanlov komissiyasi ushbu taklifni ko‘rib chiqish va baholashga qo‘ymaslikka haqli.
95. Tanlov takliflari solingan konvertlarni ochish jarayoni buyurtmachi tomonidan videoyozuvga tushiriladi. Konvertlarni ochish davomida ishtirokchilar taqdim etgan barcha hujjatlar va tijorat taklifining narxi o‘qib eshittiriladi.
96. Agar taklifni kiritgan tanlov ishtirokchisi Qonunda belgilangan talablarga mos kelmasa yoxud tanlov ishtirokchisining taklifi tanlov hujjatlari talablariga mos kelmasa, xarid komissiyasi taklifni rad etadi.
97. Tanlov komissiyasi g‘olibni aniqlash uchun rad etilmagan takliflarni tanlov hujjatlarida qayd etilgan mezonlar asosida baholashni amalga oshiradi.
98. Tanlov hujjatlarini baholash maqsadida tanlov komissiyasi komissiya a’zolari va ekspertlardan iborat bo‘lgan baholovchi guruh tuzishga haqli.
99. Taklif Qonunning va tanlov hujjatlarining talablariga muvofiq bo‘lsa, u tegishli tarzda rasmiylashtirilgan deb topiladi.
100. Baholash paytida tanlov komissiyasi tanlov ishtirokchilaridan takliflari bo‘yicha tushuntirishlar so‘rashga haqli. Mazkur jarayon rasmiy ravishda yozma shaklda tanlov tashkilotchisi orqali belgilangan tartibda olib boriladi. Tushuntirish jarayonida taklifning mohiyati, shuningdek narxi yuzasidan biror-bir o‘zgartirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
101. Tanlov taklifi tanlov hujjatlari bilan belgilangan muddat mobaynida kuchida qoladi.
102. Tanlov ishtirokchisining konvertini ochishda tanlov komissiyasi tomonidan tanlov taklifining malakaga oid, texnik va narx qismi bo‘yicha o‘rganish o‘tkaziladi. Tanlov komissiyasining tanlov takliflarining texnik va narx qismini baholash haqidagi qarori tanlov g‘olibini aniqlash haqidagi bayonnomada qayd etiladi.
103. Tanlov hujjatlarida va taklifda ko‘rsatilgan mezonlar asosida shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlarini taklif qilgan tanlov ishtirokchisi g‘olib deb topiladi.
104. Tanlov komissiyasi ijrochini va zaxira ijrochini aniqlaydi yoki tanlovni o‘tkazilmagan deb topadi.
105. Agar tanlov hujjatlarida tanlovning har bir tovari (ishi, xizmati) xarid qilish tartib-taomilining alohida loti sifatida ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, tanlov komissiyasi g‘olibni tanlovning har bir loti bo‘yicha aniqlaydi.
106. Tanlov o‘tkazish bo‘yicha xarid komissiyasining har bir a’zosi ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Xarid komissiyasining raisi ovoz berishda ishtirok etishdan bosh tortish huquqiga ega emas.
107. Tanlov o‘tkazish bo‘yicha xarid komissiyasining majlislari yuzma-yuz yoki sirtdan (so‘rov orqali, barchaning ishtirokisiz) o‘tkazilishi mumkin. Yuzma-yuz majlislar konferensiyalar (videokonferensiyalar va hokazo) shaklida o‘tkazilishi mumkin.
108. Tanlov o‘tkazish bo‘yicha xarid komissiyasining qarori komissiya a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
109. Takliflarni ko‘rib chiqish hamda baholash natijalari bayonnomada qayd etiladi va tanlov o‘tkazish bo‘yicha xarid komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. Bayonnomadan ko‘chirma u imzolangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida portalda e’lon qilinadi.
110. Takliflarni ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasida quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
tanlov takliflari ko‘rib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt to‘g‘risidagi;
hozir bo‘lgan xarid komissiyasi a’zolarining va tanlov ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi haqidagi;
takliflari ko‘rib chiqilgan tanlov ishtirokchilari to‘g‘risidagi;
takliflari ularni rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda rad etilgan tanlov ishtirokchilari haqidagi;
tanlov g‘olibi to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqidagi;
tanlov g‘olibining nomi (yuridik shaxslar uchun), familiyasi, ismi, otasining ismi (jismoniy shaxslar uchun), turgan joyi (pochta manzili).
111. Tanlovning istalgan ishtirokchisi takliflarni ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi e’lon qilinganidan so‘ng buyurtmachiga tanlov natijalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli.
112. Buyurtmachi bunday so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida tanlov ishtirokchisiga tegishli tushuntirishlarni taqdim etishi shart.
7-§. Tanlov natijalari bo‘yicha shartnoma tuzish
113. Buyurtmachi g‘olib bo‘lgan taklif akseptiga qadar istalgan vaqtda tanlovni bekor qilish huquqiga ega. Tanlov bekor qilingan taqdirda buyurtmachi portalda mazkur qarorning asoslantirilgan sabablarini e’lon qiladi.
114. Buyurtmachi tanlov bekor qilinganligi uchun javobgar bo‘lmaydi, bundan buyurtmachining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida bekor qilingan hollar mustasno.
115. Buyurtmachi o‘tkazilgan tanlov yakunlari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan taklifning aksepti to‘g‘risida bir ish kuni ichida qaror qabul qiladi.
116. G‘olib bo‘lgan taklifning aksepti quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin, agar:
davlat xaridlari bekor qilinmagan bo‘lsa;
g‘olib bo‘lgan taklifni yuborgan ishtirokchi chetlatilmagan bo‘lsa;
xarid qilish tartib-taomili buzilmagan bo‘lsa.
117. Tanlov natijalari bo‘yicha shartnoma tanlov hujjatlarida va o‘zi bilan shartnoma tuzilayotgan tanlov ishtirokchisi tomonidan berilgan taklifda ko‘rsatilgan shartlar asosida g‘olib aniqlangan vaqtdan e’tiboran o‘n kundan kechiktirilmagan muddatda tuziladi.
118. Tanlov natijalari to‘g‘risidagi axborot buyurtmachi tomonidan portalda e’lon qilinadi va buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar reyestriga kiritiladi.
119. Tanlov g‘olibi tanlov shartlari asosida shartnoma tuzishdan bosh tortgan hollarda shartnoma tuzish huquqi zaxira ijrochisiga o‘tadi va tanlov g‘olibiga ta’minot summasi qaytarib berilmaydi. Bunda zaxira ijrochisi tanlov g‘olibi taklif qilgan narxda shartnoma tuzishi mumkin yoki shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin.
120. Buyurtmachi quyidagi holatlardan biri yuz bergan taqdirda taklifni ta’minlash summasi to‘lanishini talab qilmaydi va ta’minlash to‘g‘risidagi hujjatni darhol qaytaradi yoki keyin uning qaytarilishini ta’minlaydi:
taklifni ta’minlashning amal qilish muddati tugashi;
davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi va ushbu shartnomaning bajarilishi ta’minlanishi, agar bunday ta’minlash davlat xaridi shartlarida talab etilsa;
davlat xaridlarining bekor qilinishi;
takliflarni yuborishning oxirgi muddati tugaguniga qadar taklifning chaqirib olinishi, agar davlat xaridi shartlarida bunday qaytarib olishga yo‘l qo‘yilmasligi aytib o‘tilmagan bo‘lsa.
121. Ikki yoki undan ortiq buyurtmachilarning xaridlar rejasiga muvofiq qo‘shma tanlovlar o‘tkazilishi mumkin.
122. Qo‘shma tanlovlar bir davlat dasturi yoki loyihalar portfelida ishtirok etayotgan buyurtmachilar doirasida shakllantirilishi shart.
123. Tanlov ishtirokchilari tanlov shartlari va tanlovni o‘tkazish tartib-taomillari buzilgan holatlarda tanlov natijalari ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
124. Tanlov komissiyasi xaridlarning boshqa subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
125. Tanlov komissiyasining o‘z vakolati doirasida qabul qiladigan qarorlari Qonunning 19-moddasiga asosan barcha ishtirokchilar uchun majburiydir.
31-bob. Elektron tanlov o‘tkazish tartib-taomillari
1-§. Elektron tanlov vositasida xaridlarni o‘tkazish shartlari va tanlov o‘tkazishda xarid komissiyasi faoliyatini tartibga solish
1251. Elektron tanlov vositasidagi xaridlarni o‘tkazish shartlari mazkur Nizomning 3-bobi 1-paragrafiga muvofiq belgilanadi.
1252. Buyurtmachi elektron tanlovni o‘tkazish uchun toq sonli a’zolardan (kamida besh kishidan) iborat xarid komissiyasini tuzadi.
1253. Xarid komissiyasi a’zolarining tarkibi va soni olinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zgarishi mumkin.
1254. Elektron tanlov xo‘jalik faoliyati doirasida o‘tkazilganda xarid komissiyasi buyurtmachining vakillari orasidan, zarur bo‘lgan taqdirda ovoz berish huquqi bilan ekspertlar jalb etilgan holda shakllantiriladi.
1255. Elektron tanlov loyiha faoliyati doirasida o‘tkazilganda xarid komissiyasi vazifalarini belgilangan tartibda tashkil etiladigan loyihani amalga oshiruvchi guruh bajaradi, u xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish natijalari to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
1256. Qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan ortiq miqdordagi elektron tanlov o‘tkazilganda xarid komissiyasi tarkibiga buyurtmachining vakillaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” respublika loyihalashtirish instituti vakillari kiritiladi.
1257. Xarid komissiyasi buyurtmachining tegishli qarori bilan tuziladi va tarqatib yuboriladi.
1258. Elektron tanlov o‘tkazish bo‘yicha xarid komissiyasining tezkor faoliyatini uning ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan mas’ul kotibi tashkillashtiradi.
Xarid komissiyasining mas’ul kotibi:
ishtirokchilarning takliflarini tanlov hujjatlarining rasmiylashtirish talablariga mos kelishi bo‘yicha tekshirishni amalga oshiradi va tekshirish natijalarini xarid komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim qiladi;
tanlov hujjatlarida belgilangan mezonlar bo‘yicha ishtirokchilarning takliflarini baholash natijalarini elektron tizimga kiritadi.
1259. Buyurtmachi xarid komissiyasining har bir a’zosiga va mas’ul kotibiga o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun elektron tizimda shaxsiy kabinet ochadi.
12510. Xarid komissiyasining vakolatiga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqish uchun xarid komissiyasining a’zolari va mas’ul kotibining elektron tizim tomonidan yopiq chat orqali muloqot qilish imkoniyati ta’minlanadi.
12511. Elektron tizimdagi shaxsiy kabinetga birinchi marotaba kirilayotganda xarid komissiyaning har bir a’zosi, shu jumladan uning raisi ishtirokchilar bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritishi shart. Operator xarid komissiyasi a’zolari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha javobgar bo‘ladi.
12512. Xarid komissiyasi a’zolarida ishtirokchilar bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjud bo‘lgan taqdirda, xarid komissiyasining bunday a’zosi bu masala ko‘tarilgan majlisda o‘zini o‘zi rad etishi va mazkur masala bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etmasligi kerak, bu haqda bayonnomada qayd etiladi.
Ishtirokchilarning xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishda xarid komissiyasi a’zosining ushbu ishtirokchi bilan affillanganligi mavjud bo‘lganda tizim ushbu xarid komissiyasi a’zosining ovozini mazkur masala bo‘yicha ovoz berish natijalaridan chiqarib tashlaydi.
12513. Xarid komissiyasi raisining affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjud bo‘lsa, elektron tanlovni o‘tkazish jarayoni buyurtmachi tomonidan yangi xarid komissiyasi raisi tayinlanguniga qadar to‘xtatiladi.
12514. Xarid komissiyasining har bir a’zosi o‘zining shaxsiy kabineti orqali ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Xarid komissiyasi a’zosi qarshi ovoz berganda elektron bayonnomada sharh qoldirishi shart. Belgilangan muddatlarda xarid komissiyasi a’zosi shaxsiy kabineti orqali ovoz berishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, u ovoz berishdan bosh tortgan deb tan olinadi. Xarid komissiya raisi ovoz berishda bosh tortishga haqli emas.
2-§. Elektron tanlov o‘tkazishda tanlov hujjatlarini ishlab chiqish va elektron tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon berish
12515. Buyurtmachi tomonidan elektron tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng buyurtmachining mutaxassislari yoki elektron tanlovni tashkillashtirish va o‘tkazish uchun mas’ul shaxs tomonidan tanlov hujjatlarining, shartnoma va elektron tanlov o‘tkazish haqidagi e’lonning matni ishlab chiqiladi.
12516. Elektron tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
tovarning (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va narxi;
elektron tanlov o‘tkazadigan operatorning nomi va uning veb-saytiga havola;
elektron tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar;
buyurtmachining ishtirokchilar bilan aloqada bo‘lish uchun bog‘lovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxsining yoki boshqa xodimlarining F.I.O., lavozimi va manzili;
tanlov takliflarini berish muddati tugaydigan vaqt va sana;
tanlov takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar.
Elektron tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa axborot ham bo‘lishi mumkin.
(12516-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
12517. Tanlov hujjatlarida quyidagilar bo‘lishi kerak:
elektron tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan axborot;
shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta hamda to‘lov tartibi haqidagi axborot;
elektron tanlovda ishtirok etish uchun tanlov taklifi qaysi tilda tayyorlanishi kerakligi bo‘yicha talab;
elektron tanlov ishtirokchilariga tanlov hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana;
agar tovarning (ishning, xizmatning) muqobil variantlariga yo‘l qo‘yilsa, lotni almashtirish bo‘yicha muqobil takliflarni baholash tartibining tavsifi;
texnik topshiriq;
Qonunga muvofiq ishtirokchilarning takliflarini baholash mezonlari va ko‘rib chiqish tartibi.
12518. Tanlov taklifining texnik va narx qismi bo‘yicha buyurtmachining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun taklifning har bir qismini baholash ahamiyatiga qarab nisbiy qiymati belgilanadi.
Tanlov hujjatlarida ballarning boshlang‘ich qiymatlari belgilanishi mumkin va ulardan o‘tmagan ishtirokchi elektron tanlovdan chetlatiladi.
Tanlov taklifining texnik qismi uchun miqdoriy ko‘rsatkichlardan (malakali mutaxassislar soni, yetkazib berish muddati, ish tajribasi va boshqalar) yoki ekspert bahosidan kelib chiqqan holda baholash mezonlari belgilanadi.
Ball usulidan foydalanganda tanlov taklifining texnik qismining har bir baholash mezoni bo‘yicha nisbiy qiymat belgilanishi mumkin. Eng past narx usulidan foydalanganda ishtirokchining tanlov taklifi tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlovchi mezonlar belgilanishi mumkin.
Tanlov hujjatlarida belgilangan mezonlar o‘ta muhim qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Bunda tanlov taklifining belgilangan mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini elektron tanlovning har qanday bosqichida chetlatilishiga olib keladi.
Shartnoma summasi (narhi) tanlov taklifi narx qismining yagona mezoni hisoblanadi.
12519. Tanlov hujjatlariga ularning ajralmas qismi bo‘lgan shartnoma loyihasi ilova qilinadi.
12520. Buyurtmachi tanlov hujjatlarini kelishish uchun elektron shaklda xarid komissiyasiga kiritadi.
12521. Xarid komissiyasi tanlov hujjatlarini yuzma-yuz majlisda yoki masofadan turib Qonun talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi va quyidagilarni belgilaydi:
tanlov takliflari qabul qilinadigan muddatlar;
tanlov takliflarini baholash usullari va mezonlari;
tanlov takliflari qismlarining va zarur hollarda texnik qismining har bir baholash mezonlarining nisbiy qiymati;
tanlov taklifini ta’minlash hajmi va shakli.
12522. Elektron tanlovni o‘tkazish haqida qaror tanlov hujjatlari xarid komissiyasi tomonidan kelishilganidan so‘ng qabul qilinadi.
12523. Tanlov hujjatlarida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng, xarid komissiyasi tomonidan tanlov hujjatlari qayta kelishilishi kerak.
12524. Buyurtmachi xarid komissiyasi bilan kelishilgan tanlov hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
12525. Tasdiqlangan tanlov hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek elektron tanlov o‘tkazish haqidagi e’lon elektron tanlov ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida o‘n kun avval buyurtmachi tomonidan portalga joylashtiriladi.
12526. Elektron tanlov o‘tkazish haqidagi e’lon qo‘shimcha ravishda buyurtmachining rasmiy veb-saytida yoki o‘zining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytida, shuningdek ommaviy axborot vositalariga joylashtirilishi mumkin.
12527. Zarur hollarda buyurtmachi tanlov hujjatlariga o‘zgartirish kiritish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
12528. Tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qaror elektron tanlovda ishtirok etish uchun tanlov takliflarini berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin qabul qilinishi mumkin.
Bunda ushbu elektron tanlovda tanlov takliflarini berish tugaydigan muddat tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan sanadan e’tiboran kamida o‘n kunga uzaytirilishi kerak. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa ko‘rsatilgan axborot o‘zgartirilgan bo‘lsa, elektron tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’longa o‘zgartirishlar kiritiladi.
Tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish davomida tovarni (ishni, xizmatni) yoki uning xususiyatlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
12529. Tanlov hujjatlarida buyurtmachi har bir tovar (ish, xizmat) alohida lot sifatida ko‘rib chiqilishini e’lon qilishi mumkin. Bunday holda buyurtmachi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun tanlovning har xil loti bo‘yicha bir nechta ishtirokchi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta g‘olib aniqlanishi mumkin.
3-§. Tanlov taklifini berish
12530. Elektron tanlov o‘tkazilganda ishtirokchilar tanlov takliflarini elektron konvert ko‘rinishida o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali elektron tanlovni o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay taqdim etadilar.
12531. Ishtirokchining tanlov taklifining ajralmas qismi bo‘lgan elektron hujjatlar operator tomonidan belgilangan formatlarda taqdim etiladi. Har bir joylashtirilgan elektron hujjat ishtirokchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
12532. Tanlov taklifi bilan birgalikda ishtirokchilar eskizlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar va boshqa hujjatlarni fayl sifatida joylashtirishlari mumkin.
Bunda ishtirokchilarning tanlov takliflari elektron tizimdagi shablonlarga muvofiq hujjatlarni biriktirish orqali taqdim etiladi. Ishtirokchi tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlar biriktirilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos kelishi kerak.
12533. Tanlov takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar ular elektron tanlov ishtirokchilari, shu jumladan xarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari tomonidan ko‘rilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ushbu takliflarni taqdim etgan ishtirokchi mustasno. Mazkur talabning bajarilishiga operator javobgar hisoblanadi.
12534. Elektron tanlov ishtirokchisi bitta lotga faqat bitta tanlov taklifini berishga haqli.
12535. Elektron tanlov ishtirokchisi taqdim etilayotgan axborot va hujjatlarning haqiqiyligi va to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi.
12536. Elektron tanlov ishtirokchisi taqdim etilgan tanlov takliflarini berish muddati tugaguniga qadar berilgan tanlov taklifini chaqirib olishga yoki unga o‘zgartirishlar kiritishga haqli.
12537. Elektron tanlov ishtirokchisi tanlov hujjatlaridagi talablarni tushuntirish talabi bilan buyurtmachiga ochiq elektron chat orqali tanlov takliflarini berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki kun oldin so‘rov yuborishga haqli.
12538. Buyurtmachi so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki kun ichida ushbu so‘rovga ochiq elektron chat orqali tushuntirish yuborishi shart.
12539. Buyurtmachi xarid qilish tartib-taomiliga nisbatan ishtirokchilar tomonidan tanlov takliflarining ta’minlanishi zarurligi tarzida talab belgilagan taqdirda, tanlov takliflari yuborilguniga qadar ishtirokchi ta’minotning maqbulligini tasdiqlash to‘g‘risida ochiq elektron chat orqali so‘rov yuborishga haqli. Buyurtmachi bunday so‘rovga darhol javob beradi.
12540. Elektron tanlovda quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lgan ishtirokchilar qatnasha oladi:
shartnomani bajarish uchun zarur texnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;
shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlikning mavjud emasligi;
o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.
4-§. Elektron tanlov natijalarini sarhisob qilish
12541. Uch yoki undan ortiq elektron tanlov ishtirokchilari — mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan taqdirda davlat xaridlari buyurtmachining tanloviga ko‘ra mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin.
12542. Elektron tanlovda bitta ishtirokchi ishtirok etgan yoki bironta ishtirokchi ishtirok etmagan taqdirda tanlov o‘tkazilmagan deb topiladi. Bunday holatda buyurtmachi tanlovni ayni o‘sha shartlarda hamda tovarga (ishga, xizmatga) doir ayni o‘sha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran amalga oshirishi shart.
12543. Elektron tanlov xarid komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkazilganda elektron tizim avtomatik ravishda ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tanlov takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni ko‘rish imkoniyatini beradi.
Ishtirokchi tomonidan biriktirilgan fayllar uning tanlov taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlariga mos bo‘lishi hamda elektron tizimdagi elektron maydonlar to‘ldirilishi kerak.
Elektron tizim ishtirokchi taklif etgan narxni boshlang‘ich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning to‘ldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi. Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lsa, shuningdek to‘ldirilmagan maydonlar mavjud bo‘lsa yoki biriktirilgan fayllar to‘liq bo‘lmasa, elektron tizim rad etish sababini ko‘rsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi. Biriktirilgan fayllardagi ma’lumotlarning ishtirokchining tanlov taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish xarid komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
12544. Agar tanlov taklifi Qonunning va tanlov hujjatlarining talablariga muvofiq bo‘lsa, u tegishli tarzda rasmiylashtirilgan deb topiladi. Tanlov taklifi tegishli tarzda rasmiylashtirilganligi yoki rasmiylashtirilmaganligi bo‘yicha xarid komissiyasi mas’ul kotibining qarori uning asoslangan sabablari bilan xarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
12545. Tanlov takliflarini baholash vaqtida xarid komissiyasining mas’ul kotibi elektron tanlov ishtirokchilaridan ularning tanlov takliflari yuzasidan tushuntirishlar so‘rashga haqli. Mazkur jarayon elektron shaklda o‘tkaziladi.
12546. Tanlov taklifi tanlov hujjatlari bilan belgilangan muddat mobaynida kuchda qoladi.
12547. Tanlov taklifining texnik qismini miqdoriy ko‘rsatkichlarga asosan baholash, shuningdek taklifning narx qismini baholash elektron tizim tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Miqdor ko‘rsatkichlariga ega bo‘lmagan taklifning texnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) bo‘yicha ishtirokchilarning takliflarini baholash va taqqoslash xarid komissiyasi tomonidan ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Tanlov hujjatlari shablonlarini to‘ldirishda miqdoriy (o‘lchov birligini belgilagan holda) va ekspert mezonlarni xarid komissiyasi tasdiqlaydi.
12548. Tanlov hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib elektron tizim avtomatik ravishda:
tanlov taklifining texnik va narx qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda);
tanlov takliflarining texnik qismini baholash natijalariga ko‘ra elektron tanlovda ishtirok etishni davom ettirishga ruxsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narxni taklif etgan ishtirokchini (eng past narx usulidan foydalanganda) g‘olib sifatida aniqlaydi.
Ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa (ball usulidan foydalanganda) yoki bir xil narx taklif qilgan bo‘lsa (eng past narx usulidan foydalanganda), tanlov taklifini barchadan oldin joylashtirgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
Zaxira ijrochisini aniqlash mazkur bandda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
12549. Tanlov takliflarini ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra xarid komissiyasining mas’ul kotibi elektron tizimda xarid komissiyasi yig‘ilishining elektron bayonnomasini tuzadi hamda tasdiqlash uchun xarid komissiyasi a’zolariga yuboradi.
Xarid komissiyasi a’zolari elektron bayonnomani elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda tasdiqlaydi.
12550. Xarid komissiyasining qarorlari uning a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
12551. Tanlov takliflarini ko‘rib chiqish hamda baholash natijalari elektron bayonnomada qayd etiladi va elektron tanlov o‘tkazish bo‘yicha xarid komissiyasi a’zolari tomonidan elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda imzolanadi. Elektron bayonnomadan ko‘chirma portalda avtomatik ravishda e’lon qilinadi.
Bunda, bayonnomada quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
tanlov takliflari ko‘rib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt;
xarid komissiyasi a’zolarining va elektron tanlov ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi;
tanlov takliflari ko‘rib chiqilgan elektron tanlov ishtirokchilari;
tanlov takliflari ularni rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda rad etilgan elektron tanlov ishtirokchilari;
elektron tanlov g‘olibi to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida ma’lumot;
elektron tanlov g‘olibining nomi (yuridik shaxslar uchun), F.I.O. (jismoniy shaxslar uchun), turgan joyi (pochta manzili).
12552. Elektron tanlovning istalgan ishtirokchisi elektron bayonnoma e’lon qilinganidan so‘ng buyurtmachiga elektron tanlov natijalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli.
12553. Buyurtmachi bunday so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida elektron tanlov ishtirokchisiga tegishli tushuntirishlarni taqdim etishi majbur.
12554. Elektron tanlov o‘tkazish natijalariga ko‘ra shartnoma mazkur Nizomning 3-bobi 7-paragrafiga muvofiq tartibda elektron shaklda tuziladi, tomonlarning elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlanadi hamda shartnomalar reyestriga kiritiladi.
(31-bob O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
4-bob. Tender o‘tkazish tartib-taomillari
1-§. Tender o‘tkazish shartlari
126. Tender vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:
g‘olibni aniqlash mezonlari tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) nafaqat pul bilan baholanishini, balki miqdoriy va sifat jihatidan baholanishini ham o‘z ichiga oladi;
korporativ buyurtmachilari uchun tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravaridan ortiq miqdorni tashkil etadi;
budjet buyurtmachilari uchun tenderdagi davlat xaridlari bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan ortiq summani tashkil etishi kerak.
(126-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
127. Tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlarni faqat moliyalashtirish manbalari va miqdorlari mavjudligi tasdiqlangan taqdirdagina portalga va boshqa ommaviy axborot vositalariga joylashtirishi shart.
1271. Tenderda xorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar — mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan taqdirda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda narx preferensiyasi qo‘llaniladi.
(1271-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
2-§. Tenderni o‘tkazishda xarid komissiyasi faoliyatini tartibga solish
128. Tender o‘tkazish uchun buyurtmachi huzurida toq sonli (yetti kishidan kam bo‘lmagan) a’zolardan iborat xarid komissiyasi (bundan buyon matnda tender komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
129. Tender komissiyasining a’zolari tarkibi va soni xarid qilish tartib-taomilining turiga bog‘liq bo‘ladi hamda olinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) xususiyatlari inobatga olingan holda o‘zgartirilishi mumkin.
130. Tender xo‘jalik faoliyati doirasida o‘tkazilganda tender komissiyasi buyurtmachining vakillari orasidan, zarur bo‘lgan taqdirda ovoz berish huquqiga ega ekspertlar jalb etilgan holda shakllantiriladi.
131. Tender loyiha faoliyati doirasida o‘tkazilganda tender komissiyasi vazifalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladigan loyihani amalga oshiruvchi guruh bajaradi, u tender natijalari to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
132. Tender komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zinjiniring” respublika loyihalashtirish institutining vakillari kiritilishi shart.
(132-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 36-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/3016-1/2984-son)
133. Tender komissiyasi buyurtmachining tegishli qarorlari bilan shakllantiriladi va tarqatib yuboriladi.
134. Tender komissiyasining tezkor faoliyatini uning mas’ul kotibi tashkil etadi.
3-§. Tender hujjatlarini ishlab chiqish va tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni joylashtirish
135. Buyurtmachi tomonidan tender o‘tkazish haqidagi qaror qabul qilinganidan keyin buyurtmachi mutaxassislari yoki uning mas’ul shaxslari tender hujjatlari loyihasi, shartnomasi va e’lonining matni ishlab chiqariladi.
136. Tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
tovarning (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va narxi;
tender o‘tkaziladigan joy manzili;
tender ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar;
buyurtmachining ishtirokchilar bilan aloqada bo‘lish uchun bog‘lovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxsining yoki boshqa xodimlarining nomi, lavozimi va manzili;
tender hujjatlari qoidalarini tushuntirish uchun so‘rov berish shakli;
takliflar berish muddati tugaydigan sana va vaqt;
tender takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar.
Tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa axborot ham bo‘lishi mumkin.
(136-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
137. Tender hujjatlarida quyidagilar bo‘lishi kerak:
tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan axborot;
shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta hamda to‘lov tartibi haqidagi axborot;
tenderda ishtirok etish uchun taklif qaysi tilda taqdim etilishi kerakligi bo‘yicha talab;
tender ishtirokchisi taklifining texnik va narxga oid qismi, ularni baholash tartibi to‘g‘risidagi axborot;
tender ishtirokchilariga tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana;
texnik topshiriq;
Qonunga muvofiq tender ishtirokchilarining takliflarini baholash mezonlari va ko‘rib chiqish tartibi.
138. Ishlab chiqilgan tender hujjatlarini loyihasi buyurtmachi tomonidan tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga yuboriladi.
139. Tender komissiyasi o‘zining majlisida tender hujjatlari loyihasini Qonun talablariga muvofiqligi bo‘yicha ko‘rib chiqib, quyidagilarni:
takliflar qabul qilinadigan muddatlarni;
takliflarni ochish tartib-taomillarini;
takliflarni baholash mezonlarini;
taklif kiritish tartibini, hajmini va uni ta’minlash shaklini belgilaydi.
140. Tender hujjatlari loyihasi unda belgilangan talablar bilan birga muhokamaga qo‘yiladi.
141. Tender komissiyasi tomonidan tender hujjatlari loyihasi ma’qullangan holda tender o‘tkazish haqida qaror qabul qilinadi.
142. Tender hujjatlari ma’qullanmagan xollarda u qayta ishlash uchun qaytarib yuborilishi yoki tender komissiyasi majlisida qayta ishlanishi mumkin.
143. Ma’qullangan tender hujjatlarini buyurtmachi o‘zining muhri va imzosi bilan tasdiqlaydi.
144. Tasdiqlangan tender hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon tender ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida o‘ttiz kun oldin va ko‘pi bilan qirq besh kun oldin portalga buyurtmachi tomonidan joylashtiriladi.
145. Tender o‘tkazishni amalga oshirish haqidagi e’lon qo‘shimcha ravishda buyurtmachining rasmiy veb-saytida yoki o‘zining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalariga joylashtirilishi mumkin.
146. Zarur bo‘lgan hollarda buyurtmachi tomonidan tender hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qaror qabul qilishi mumkin.
147. Tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin tender hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
148. Tender hujjatiga o‘zgartirish takliflar berish muddati tugayotganda kiritilgan taqdirda tender, tender hujjatlariga o‘zgartishlar kiritilgan sanadan e’tiboran o‘n kundan kam bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi lozim. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa ko‘rsatilgan axborot o‘zgartirilgan bo‘lsa, tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’longa o‘zgartishlar kiritiladi.
149. Tender hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish jarayonida tovarni (ishni, xizmatni) o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
150. Zarur bo‘lgan hollarda buyurtmachi tomonidan takliflar berish muddati uzaytirilishi yoki tender ishtirokchilariga takliflar qabul qilinishi muddati tender komissiyasi qarori bilan ma’lum vaqtga uzaytirish taklifi bilan murojaat qilishi mumkin.
151. Tender hujjatlarida buyurtmachi har bir tovarni (ishni, xizmatni) xarid qilishda alohida lot sifatida e’lon qilishi mumkin. Bu holatda buyurtmachi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun tenderning bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta g‘olib aniqlanishi mumkin.
4-§. Tenderda ishtirok etish uchun taklif berish tartibi
152. Portalda e’lon qilingan tender ishtirokchilarining takliflari e’londa belgilangan tartibda, tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha muhrlangan konvertlarda taqdim etiladi.
153. Tender ishtirokchilarining takliflari ip bilan tikilgan, raqamlangan, muhr qo‘yilgan va ishtirokchining vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan yoki takliflarning har bir varag‘i imzolangan holda taqdim etish tavsiya etiladi.
154. Tender ishtirokchilarining takliflari e’londa belgilangan tartib asosida tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan manzilga muhrlangan konvertlarda (konvertning yelimlangan joyiga ishtirokchining muhri bosiladi) taqdim etiladi, unda:
alohida muhrlangan ichki konvertda texnik taklif (shu jumladan, texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi oid ma’lumotlar);
alohida muhrlangan ichki konvertda taklifning narxga oid qismi bo‘lishi kerak.
155. Takliflar solingan konvert ro‘yxatga olish kitobida topshiruvchi va qabul qiluvchi shaxs imzosi ostida, qabul qilingan sana va vaqti, konvertlar sonini qayd etish yo‘li bilan tenderni tashkillashtirish va o‘tkazishga mas’ul shaxsga taqdim etiladi. Ro‘yxatga olish kitobi ip bilan tikilgan, raqamlangan va muhrlangan bo‘lishi kerak.
156. Taklif bilan birga xarid obyekti bo‘lgan tovarning eskizi, rasmi, chizmasi, fotosurati va boshqa tasviri, nusxasi, namunasi bo‘lishi mumkin.
157. Tender ishtirokchisi bitta lotga faqat bitta taklif berishga haqli.
158. Tender ishtirokchisi taqdim etilayotgan axborot va hujjatlarning haqiqiyligi va to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi.
159. Tender ishtirokchisi takliflarni berish muddati tugaguniga qadar berilgan taklifni qaytarib olishga yoki unga o‘zgartishlar kiritishga haqli.
160. Tenderga takliflarni qabul qilish portalda chop etilgan e’londa ko‘rsatilgan muddat kelishi bilan tugatiladi.
161. Tender ishtirokchisi tender o‘tkazish uchun e’londa belgilangan shaklda buyurtmachiga tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlar berish to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli. Mazkur so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni mobaynida buyurtmachi, agar mazkur so‘rov buyurtmachiga takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki kun oldin kelib tushgan bo‘lsa, tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni belgilangan shaklda yuborishi shart.
162. Buyurtmachi tomonidan tender o‘tkazish tartib-taomiliga nisbatan ishtirokchilar tomonidan takliflarning ta’minlanishi zarurligi tarzida talab belgilagan taqdirda, takliflar yuborilguniga qadar ishtirokchi ta’minotning maqbulligini tasdiqlash to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli. Buyurtmachi bunday so‘rovga darhol javob beradi.
163. Tenderda, quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lgan ishtirokchilar qatnasha oladi:
shartnomani bajarish uchun zarur texnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;
shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlikning mavjud emasligi;
o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.
5-§. Tender natijalarini sarhisob qilish
164. Agar takliflar berish muddati tugagan vaqtda xarid komissiyasi tender ishtirokchilaridan tender hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga mos keladigan kamida ikkita taklif olgan bo‘lsa, tender o‘tkazilgan deb topiladi.
1641. Uch yoki undan ortiq tender ishtirokchilari — mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan taqdirda davlat xaridlari buyurtmachining tanloviga ko‘ra mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin.
(1641-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 26-iyundagi 79-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3016-2, 04.07.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 10/19/3016-2/3379-son)
165. Tenderda bitta ishtirokchi ishtirok etgan yoki bironta ishtirokchi ishtirok etmagan taqdirda tender o‘tkazilmagan deb topiladi. Bunday holatda buyurtmachi tender hujjatidagi shartlarda hamda tovarga (ishga, xizmatga) doir ayni o‘sha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran amalga oshirishi shart.
166. Tender hujjatlarining shartlari o‘zgartirilmasdan takroran tender o‘tkazilganda, takroran tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon takliflar qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida yigirma kun oldin buyurtmachi tomonidan portalga joylashtiriladi.
167. Tovarga (ishga, xizmatga) nisbatan baholash shartlari, mezonlari va talablarni o‘zgartirish zarurati paydo bo‘lganda tender komissiyasi tomonidan asoslar keltirgan holda tegishli qaror qabul qiladi.
6-§. Tender ishtirokchilarining takliflarini ochish, ko‘rib chiqish va baholash
168. Tender ishtirokchilarining takliflari mavjud bo‘lgan konvertlarini ochish tender komissiyasi majlisida ikki bosqichda amalga oshiriladi.
169. Tender ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash muddati takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran oltmish kundan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
170. E’londa tenderni o‘tkazish vaqti sifatida ko‘rsatilgan vaqtda tender komissiyasi tender ishtirokchilari tomonidan berilgan takliflar solingan konvertlarni ularni baholash uchun navbatma-navbat ochadi. Tender ishtirokchisining vakolatli vakili takliflar solingan konvertlarni ochish tartib-taomilida hozir bo‘lishga haqli.
171. Agar taklifni kiritgan tender ishtirokchisi ushbu Qonunda belgilangan talablarga mos kelmasa yoki tender ishtirokchisining taklifi tender hujjatlari talablariga mos kelmasa, tender komissiyasi taklifni rad etadi.
172. Tender takliflari solingan konvertlarni ochish jarayoni buyurtmachi tomonidan videoyozuvga tushiriladi. Konvertlarni ochish davomida ishtirokchilar taqdim etgan barcha hujjatlar va tijorat taklifining narxi o‘qib eshittiriladi.
173. Tender komissiyasi takliflarni ko‘rish natijasida ularning hamma takliflari rad etilganda yoki takliflardan faqat biri talabga muvofiq kiritilgan taqdirda tender o‘tkazilmagan deb topiladi.
174. Tender komissiyasi rad etilmagan takliflarni baholashni tender hujjatlarida ko‘rsatilgan mezonlar asosida tender g‘olibini aniqlash uchun amalga oshiradi.
175. Tender hujjatlarini baholash maqsadida tender komissiyasi komissiya a’zolari va ekspertlardan iborat bo‘lgan baholovchi guruh tuzishga haqli.
176. Agar taklif Qonunning va tender hujjatlarining talablariga muvofiq kelsa, u tegishli tarzda rasmiylashtirilgan deb topiladi.
177. Tender takliflarni baholash vaqtida tender komissiyasi tender ishtirokchilaridan ularning tender takliflari bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirish berishlarini so‘rashlari mumkin. Ushbu jarayon tender tashkilotchilari orqali yozma ravishda rasmiylashtiriladi. Tushuntirish berish jarayonida berilgan taklif va narx bo‘yicha o‘zgartirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
178. Tender takliflari tender hujjatlarida ko‘rsatilgan muddatda o‘z kuchida qoladi.
179. Birinchi bosqichda ishtirokchilarning texnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar va boshqa resurslarga oid ma’lumotlar va texnik takliflar joylashtirilgan konvert ochiladi.
180. Tender komissiyasi tomonidan ishtirokchilarning texnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar va boshqa resurslarga oid ma’lumotlar o‘rganiladi va texnik qismi baholanadi. Tender komissiyasining tender taklifining texnik qismini baholash bo‘yicha qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnomada tenderning birinchi bosqichi g‘oliblari aniqlanadi. Tender ishtirokchisining vakolatli vakili takliflar solingan konvertlarni ochish tartib-taomilida hozir bo‘lishga haqli.
181. Tenderning birinchi bosqichi g‘oliblari tenderning ikkinchi bosqichida qo‘yiladi.
182. Tenderning ikkinchi bosqichida taklifning narxga oid qismi ochiladi va baholanadi. Tender komissiyasining tender taklifining narxga oid qismini baholash bo‘yicha qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnomada tenderning ikkinchi bosqichi g‘olibi aniqlanadi. Tender ishtirokchisining vakolatli vakili takliflar solingan konvertlarni ochish tartib-taomilida ishtirok etishga haqli.
183. Tender hujjatlarida va taklifda ko‘rsatilgan mezonlar asosida shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlarini taklif qilgan tender ishtirokchisi g‘olib deb topiladi.
184. Tender komissiyasi tomonidan ijrochi va zaxira ijrochisi aniqlanadi eki tender o‘tkazilmagan deb topiladi.
(184-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
185. Agar tender hujjatlarida tenderning har bir tovari (ishi, xizmati) tenderning alohida loti sifatida ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, tender komissiyasi g‘olibni tenderning har bir loti bo‘yicha aniqlaydi.
186. G‘olib ovoz berish natijasida aniqlanadi. Tender komissiyasining har bir a’zosi ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Tender komissiyasining raisi ovoz berishda ishtirok etishdan bosh tortish huquqiga ega emas.
187. Tender komissiyasining umumiy sonidan kelib chiqib ko‘pchilikning ovozi bilan qaror qabul qilinadi.
188. Takliflarni ko‘rib chiqish va baholash natijalari takliflarni ko‘rib chiqish hamda baholash bayonnomasida qayd etiladi. Takliflarni ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi tender komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi hamda undan olingan ko‘chirma u imzolangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida portalda e’lon qilinadi.
189. Takliflarni ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasida quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
tender takliflari ko‘rib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt to‘g‘risidagi;
hozir bo‘lgan xarid komissiyasi a’zolarining va tender ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi haqidagi;
takliflari ko‘rib chiqilgan tender ishtirokchilari to‘g‘risidagi;
takliflari ularni rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda rad etilgan tender ishtirokchilari haqidagi;
tender g‘olibi to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqidagi;
tender g‘olibining nomi (yuridik shaxs uchun), familiyasi, ismi, otasining ismi (jismoniy shaxs uchun), turgan joyi (pochta manzili).
190. Tenderning istalgan ishtirokchisi takliflarni ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi e’lon qilinganidan so‘ng buyurtmachiga tender natijalari bo‘yicha tushuntirishlarni taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli.
191. Buyurtmachi bunday so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida tender ishtirokchisiga tegishli tushuntirishlarni taqdim etishi shart.
7-§. Tender natijalari bo‘yicha shartnoma tuzish
192. Buyurtmachi g‘olib bo‘lgan taklif akseptiga qadar istalgan vaqtda tenderni bekor qilish huquqiga ega. Tender bekor qilingan taqdirda buyurtmachi portalda mazkur qarorning asoslantirilgan sabablarini e’lon qiladi.
193. Buyurtmachi tender bekor qilinganligi uchun javobgar bo‘lmaydi, bundan tender buyurtmachining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida bekor qilingan hollar mustasno.
194. Buyurtmachi o‘tkazilgan xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan taklifning aksepti to‘g‘risida bir ish kuni ichida qaror qabul qiladi.
195. G‘olib bo‘lgan taklifning aksepti quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin, agar:
davlat xaridlari bekor qilinmagan bo‘lsa;
g‘olib bo‘lgan taklifni yuborgan ishtirokchi chetlatilmagan bo‘lsa;
tender qilish tartib-taomili buzilmagan bo‘lsa.
196. Tender natijalari bo‘yicha shartnoma tender hujjatlarida va shartnoma tuzilayotgan tender ishtirokchisi tomonidan berilgan taklifda ko‘rsatilgan shartlar asosida g‘olib aniqlangan vaqtdan boshlab o‘n kunlik muddatdan kechiktirmasdan tuziladi
197. Tender natijalari to‘g‘risidagi axborot portalda e’lon qilinadi va shartnomalar reyestriga kiritiladi.
198. Tender g‘olibi tender shartlari asosida shartnoma tuzishdan bosh tortgan hollarda shartnoma tuzish huquqi zaxira ijrochisiga o‘tadi va tender g‘olibiga ta’minot qaytarib berilmaydi. Bunda zaxira ijrochisining taklifi bo‘yicha shartnoma tuzilishi yoki zaxira ijrochisi shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin.
199. Buyurtmachi quyidagi holatlardan biri ro‘y bergan taqdirda taklifni ta’minlash summasi to‘lanishini talab qilmaydi va ta’minlash to‘g‘risidagi hujjatni darhol qaytaradi yoki uning qaytarilishini ta’minlaydi:
taklifni ta’minlashning amal qilish muddati tugagan bo‘lsa;
davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi va ushbu shartnomaning bajarilishi ta’minlanishi, agar bunday ta’minlash davlat xaridi shartlarida talab etilsa;
davlat xaridlarining bekor qilinishi;
takliflarni yuborishning oxirgi muddati tugaguniga qadar taklifning chaqirib olinishi, agar davlat xaridi shartlarida bunday qaytarib olishga yo‘l qo‘yilmasligi aytib o‘tilmagan bo‘lsa.
200. Ikki yoki undan ortiq buyurtmachilarning xaridlar rejasiga muvofiq qo‘shma tenderlar o‘tkazilishi mumkin.
201. Qo‘shma tenderlar bir davlat dasturi yoki loyihalar portfelida ishtirok etayotgan buyurtmachilar doirasida shakllantirilishi shart.
202. Tender ishtirokchilari tender shartlari va tenderni o‘tkazish tartib-taomillari buzilgan holatlarda tender natijalari ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
203. Tender komissiyasi davlat xaridlarining boshqa subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
204. Tender komissiyasining o‘z vakolati doirasida qabul qiladigan qarorlari Qonunning 19-moddasiga asosan barcha ishtirokchilar uchun majburiydir.
41-bob. Elektron tender o‘tkazish tartib-taomillari
1-§. Elektron tender orqali davlat xaridlarini amalga oshirish shartlari va xarid komissiyasi faoliyatini tartibga solish
2041. Elektron tender orqali davlat xaridlarini amalga oshirish shartlari mazkur Nizomning 4-bobi 1-paragrafiga muvofiq belgilanadi.
2042. Elektron tender o‘tkazish uchun buyurtmachi huzurida toq sonli (yetti kishidan kam bo‘lmagan) a’zolardan iborat xarid komissiyasi tuziladi.
2043. Xarid komissiyasi a’zolarining tarkibi va soni xarid qilish tartib-taomilining turiga bog‘liq bo‘ladi hamda olinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) xususiyatlari inobatga olingan holda o‘zgartirilishi mumkin.
2044. Elektron tender xo‘jalik faoliyati doirasida o‘tkazilganda xarid komissiyasi buyurtmachining vakillari orasidan, zarur bo‘lgan taqdirda ovoz berish huquqiga ega ekspertlar jalb etilgan holda shakllantiriladi.
2045. Elektron tender loyiha faoliyati doirasida o‘tkazilganda xarid komissiyasi vazifalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladigan loyihani amalga oshiruvchi guruh bajaradi, u elektron tender natijalari to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
(2045-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
2046. Xarid komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” respublika loyihalashtirish instituti vakillari kiritilishi shart.
2047. Xarid komissiyasi buyurtmachining tegishli qarorlari bilan shakllantiriladi va tarqatib yuboriladi.
2048. Elektron tender o‘tkazish bo‘yicha xarid komissiyasining tezkor faoliyatini uning ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan mas’ul kotibi tashkillashtiradi.
Xarid komissiyasining mas’ul kotibi:
ishtirokchilarning takliflarini tender hujjatlarining rasmiylashtirish talablariga mos kelishi bo‘yicha tekshirishni amalga oshiradi va tekshirish natijalarini xarid komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim qiladi;
tasdiqlangan mezonlar bo‘yicha ishtirokchilarning takliflarini baholash natijalarini elektron tizimda joylashtiradi.
2049. Buyurtmachi xarid komissiyasining har bir a’zosiga va mas’ul kotibiga o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun elektron tizimda shaxsiy kabinet ochadi.
20410. Xarid komissiyasining vakolatiga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqish uchun xarid komissiyasining a’zolari va mas’ul kotibining elektron tizim tomonidan yopiq chat orqali muloqot qilish imkoniyati ta’minlanadi.
20411. Elektron tizimdagi shaxsiy kabinetga birinchi marotaba kirilayotganda xarid komissiyaning har bir a’zosi, shu jumladan uning raisi ishtirokchilar bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritishi shart. Operator xarid komissiyasi a’zolari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha javobgar bo‘ladi.
20412. Xarid komissiyasi a’zolarida ishtirokchilar bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjud bo‘lgan taqdirda, xarid komissiyasining bunday a’zosi bu masala ko‘tarilgan majlisda o‘zini o‘zi rad etishi va mazkur masala bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etmasligi kerak, bu haqda bayonnomada qayd etiladi.
Ishtirokchilarning xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishda xarid komissiyasi a’zolarining ushbu ishtirokchilar bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjud bo‘lganda tizim ushbu xarid komissiyasi a’zosining ovozini mazkur masala bo‘yicha ovoz berish natijalaridan chiqarib tashlaydi.
20413. Xarid komissiyasi raisining affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjud bo‘lsa, elektron tenderni o‘tkazish jarayoni buyurtmachi tomonidan yangi xarid komissiyasi raisi tayinlanguniga qadar to‘xtatiladi.
20414. Xarid komissiyasining har bir a’zosi o‘zining shaxsiy kabineti orqali ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Xarid komissiyasi a’zosi qarshi ovoz berganda elektron bayonnomada sharh qoldirishi shart. Belgilangan muddatlarda xarid komissiya a’zosi shaxsiy kabineti orqali ovoz berishdan bosh tortgan taqdirda, uning ovozi betaraf sifatida qabul qilinadi. Xarid komissiya raisi ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas.
2-§. Elektron tender o‘tkazishda tender hujjatlarini ishlab chiqish va tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni joylashtirish
20415. Buyurtmachi tomonidan elektron tender o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng buyurtmachining mutaxassislari yoki elektron tenderni tashkillashtirish va o‘tkazish uchun mas’ul shaxs tomonidan tender hujjatlarining, shartnoma va elektron tender o‘tkazish haqidagi e’lonning matni ishlab chiqiladi.
20416. Elektron tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
tovarning (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va narxi;
elektron tender o‘tkazadigan operatorning nomi va uning veb-saytiga havola;
elektron tender ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar;
buyurtmachining ishtirokchilar bilan aloqada bo‘lish uchun bog‘lovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxsining yoki boshqa xodimlarining F.I.O., lavozimi va manzili;
tender takliflarini berish muddati tugaydigan sana va vaqt;
tender takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar.
Elektron tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa axborot ham bo‘lishi mumkin.
(20416-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
20417. Tender hujjatlarida quyidagilar bo‘lishi kerak:
elektron tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan axborot;
shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta hamda to‘lov tartibi haqidagi axborot;
elektron tenderda ishtirok etish uchun tender taklif qaysi tilda tayyorlanishi kerakligi bo‘yicha talab;
elektron tender ishtirokchisi tender taklifining texnik va narxga oid qismi, ularni baholash tartibi to‘g‘risidagi axborot;
elektron tender ishtirokchilariga tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana;
texnik topshiriq;
Qonunga muvofiq ishtirokchilarning tender takliflarini baholash usullari, mezonlari va ko‘rib chiqish tartibi.
Tender hujjatlarida elektron tender ishtirokchilari malakasiga oid talablar nazarda tutilishi mumkin.
20418. Tender taklifining texnik va narx qismi bo‘yicha buyurtmachining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan extiyojlarini qondirish uchun taklifning har bir qismini baholash ahamiyatiga qarab nisbiy qiymati belgilanadi.
Tender hujjatlarida ballarning boshlang‘ich qiymatlari belgilanishi mumkin va ulardan o‘tmagan ishtirokchi elektron tenderdan chetlatiladi.
Tender taklifining texnik qismi uchun miqdoriy ko‘rsatkichlardan (malakali mutaxassislar soni, yetkazib berish muddati, ish tajribasi va boshqalar) yoki ekspert bahosidan kelib chiqqan holda baholash mezonlari belgilanadi.
Ball usulidan foydalanganda tender taklifining texnik qismining har bir baholash mezoni bo‘yicha nisbiy qiymat belgilanishi mumkin. Eng past narx usulidan foydalanganda ishtirokchining taklifi tender hujjatlarida belgilangan talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlovchi mezonlar belgilanishi mumkin.
Tender hujjatlarida belgilangan mezonlar o‘ta muhim qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Bunda tender taklifining belgilangan mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini elektron tenderning har qanday bosqichida chetlatilishiga olib keladi.
Shartnoma summasi (narxi) tender taklifi narx qismining yagona mezoni hisoblanadi.
20419. Tender hujjatlariga ularning ajralmas qismi bo‘lgan shartnoma loyihasi ilova qilinadi.
20420. Buyurtmachi tender hujjatlarini kelishish uchun elektron shaklda xarid komissiyasiga kiritadi.
20421. Xarid komissiyasi o‘zining yuzma-yuz majlisida yoki masofadan turib tender hujjatlari loyihasini Qonun talablariga muvofiqligi bo‘yicha ko‘rib chiqadi va quyidagilarni belgilaydi:
tender takliflari qabul qilinadigan muddatlar;
tender takliflarini baholash usullari va mezonlari;
tender taklifi qismlarining va zarur hollarda texnik qismining har bir baholash mezoni bo‘yicha nisbiy qiymati;
tender taklifini ta’minlash hajmi va shakli.
20422. Tender hujjatlari loyihasi unda belgilangan talablar bilan birga muhokamaga qo‘yiladi.
20423. Xarid komissiyasi tomonidan tender hujjatlari loyihasi ma’qullangan holda elektron tender o‘tkazish haqida qaror qabul qilinadi.
20424. Tender hujjatlari ma’qullanmagan hollarda ular qayta ishlash uchun qaytarib yuborilishi yoki xarid komissiyasi majlisida qayta ishlanishi mumkin.
20425. Ishlab chiqilgan tender hujjatlari loyihasi buyurtmachi tomonidan tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga yuboriladi.
20426. Ma’qullangan tender hujjatlarini buyurtmachi elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
20427. Tasdiqlangan tender hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek elektron tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon elektron tender ishtirokchilaridan tender takliflarini qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida o‘ttiz kun oldin va ko‘pi bilan qirq besh kun oldin portalga buyurtmachi tomonidan joylashtiriladi.
20428. Elektron tender o‘tkazishni amalga oshirish haqidagi e’lon qo‘shimcha ravishda buyurtmachining rasmiy veb-saytida yoki o‘zining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalariga joylashtirilishi mumkin.
20429. Tender hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qaror elektron tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin qabul qilinishi mumkin.
Bunda ushbu elektron tenderda tender hujjatiga o‘zgartirish takliflar berish muddati tugayotganda kiritilgan taqdirda elektron tender, tender hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan sanadan e’tiboran o‘n kundan kam bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi lozim. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa ko‘rsatilgan axborot o‘zgartirilgan bo‘lsa, elektron tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’longa o‘zgartirishlar kiritiladi.
20430. Tender hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish jarayonida tovarni (ishni, xizmatni) o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
20431. Zarur bo‘lgan hollarda buyurtmachi tomonidan tender takliflarini berish muddati uzaytirilishi yoki elektron tender ishtirokchilariga tender takliflari qabul qilinishi muddati xarid komissiyasi qarori bilan ma’lum vaqtga uzaytirish taklifi bilan murojaat qilishi mumkin.
20432. Tender hujjatlarida buyurtmachi har bir tovar (ish, xizmat) alohida lot sifatida ko‘rib chiqilishini e’lon qilishi mumkin. Bu holatda buyurtmachi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun tenderning bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta g‘olib aniqlanishi mumkin.
3-§. Elektron tenderda ishtirok etish uchun taklif berish
20433. Elektron tender o‘tkazilganda ishtirokchilar tender takliflarini elektron konvert ko‘rinishida o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali elektron tenderni o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay taqdim etadilar.
20434. Ishtirokchining tender taklifini tashkil etuvchi elektron hujjatlar operator tomonidan belgilangan formatlarda taqdim etiladi. Xar bir joylashtirilgan elektron hujjat ishtirokchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
20435. Tender taklifi bilan birgalikda ishtirokchilar eskizlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar va boshqa hujjatlarni fayl sifatida joylashtirishlari mumkin.
Bunda ishtirokchilarning tender takliflari elektron tizimda shablonlarga muvofiq hujjatlarni biriktirish orqali taqdim etiladi. Ishtirokchi tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlar biriktirilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos kelishi kerak.
20436. Tender takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar ular elektron tender ishtirokchilari, shu jumladan xarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari tomonidan ko‘rilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ushbu takliflarni taqdim etgan ishtirokchi mustasno. Mazkur talabning bajarilishiga operator javobgar hisoblanadi.
20437. Elektron tender ishtirokchisi bitta lotga faqat bitta tender taklifini berishga haqli.
20438. Elektron tender ishtirokchisi taqdim etilayotgan axborot va hujjatlarning haqiqiyligi va to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi.
20439. Elektron tender ishtirokchisi tender takliflarini berish muddati tugaguniga qadar berilgan tender taklifini qaytarib olishga yoki unga o‘zgartirishlar kiritishga haqli.
20440. Joylashtirilgan e’londa ko‘rsatilgan muddat va vaqtda elektron tizim tender takliflarini qabul qilishni to‘xtatadi.
20441. Tender takliflari tender hujjatlarida ko‘rsatilgan muddatda o‘z kuchida qoladi.
20442. Elektron tender ishtirokchisi tender hujjatlaridagi talablarni tushuntirish talabi bilan buyurtmachiga ochiq elektron chat orqali tender takliflarini berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki kun oldin so‘rov yuborishga haqli.
20443. Buyurtmachi so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki kun ichida ushbu so‘rovga ochiq elektron chat orqali tushuntirish yuborishi shart.
20444. Buyurtmachi elektron tender o‘tkazish tartib-taomiliga nisbatan ishtirokchilar tomonidan tender takliflarining ta’minlanishi zarurligi tarzida talab belgilagan taqdirda, tender takliflari yuborilguniga qadar ishtirokchi ta’minotning maqbulligini tasdiqlash to‘g‘risida ochiq elektron chat orqali so‘rov yuborishga haqli. Buyurtmachi bunday so‘rovga darhol javob beradi.
20445. Elektron tenderda quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lgan ishtirokchilar qatnasha oladi:
shartnomani bajarish uchun zarur texnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;
shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlikning mavjud emasligi;
o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.
4-§. Elektron tender natijalarini sarhisob qilish
20446. Uch yoki undan ortiq elektron tender ishtirokchilari — mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan taqdirda davlat xaridlari buyurtmachining tanloviga ko‘ra mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin.
20447. Elektron tenderda bitta ishtirokchi ishtirok etgan yoki bironta ishtirokchi ishtirok etmagan taqdirda tanlov o‘tkazilmagan deb topiladi. Bunday holatda buyurtmachi tenderni ayni o‘sha shartlarda hamda tovarga (ishga, xizmatga) doir ayni o‘sha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran amalga oshirishi shart.
20448. Elektron tender xarid komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkazilganda elektron tizim avtomatik ravishda ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tender takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni ko‘rish imkoniyatini beradi.
Ishtirokchi tomonidan biriktirilgan fayllar uning tender taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlariga mos bo‘lishi hamda elektron tizimdagi elektron maydonlar to‘ldirilishi kerak.
Elektron tizim ishtirokchi taklif etgan narxni boshlang‘ich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning to‘ldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi. Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lsa, shuningdek, to‘ldirilmagan maydonlar mavjud bo‘lsa yoki biriktirilgan fayllar to‘liq bo‘lmasa, elektron tizim rad etish sababini ko‘rsatgan holda ishtirokchining tender taklifini rad etadi. Biriktirilgan fayllardagi ma’lumotlarning ishtirokchining tender taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish xarid komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
20449. Tender takliflarini baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
tender taklifining tender hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga mos ravishda rasmiylashtirilganligini tekshirish;
ishtirokchining malaka talablarga (tender hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa) muvofiqligini baholash;
tender taklifining texnik qismini baholash;
tender taklifining narx qismini baholash.
Bunda elektron tizim tender taklifining malaka, texnik va narx qismlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni tender taklifining oldingi qismi baholanishi yakunlangandan so‘ng ketma-ketlik bilan oshkor qilinishini ta’minlaydi.
20450. Agar tender taklifi Qonunning va tender hujjatlarining talablariga muvofiq kelsa, u tegishli tarzda rasmiylashtirilgan deb topiladi. Tender taklifi tender hujjatlarining talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi bo‘yicha xarid komissiyasi mas’ul kotibining qarori uning asoslangan sabablari bilan xarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
20451. Ishtirokchining tender taklifi talablarga mos kelmaganligi to‘g‘risidagi qaror, ushbu qaror qabul qilingan kunda ishtirokchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
20452. Elektron tender g‘olibini aniqlash uchun rad etilmagan tender takliflarini baholash tender hujjatlarida belgilangan mezonlar va usul asosida amalga oshiriladi. Buyurtmachi ishtirokchilarning tender takliflarini baholash usulini (eng past narx usulini yoki ball usulini) va mezonlarini ishlab chiqadi va xarid komissiyasiga kelishish uchun kiritadi.
20453. Tender takliflarini baholash vaqtida xarid komissiyasining mas’ul kotibi elektron tender ishtirokchilaridan ularning tender takliflari yuzasidan tushuntirishlar so‘rashga haqli. Mazkur jarayon elektron shaklda o‘tkaziladi.
20454. Tender taklifining texnik qismini miqdoriy ko‘rsatkichlarga asosan baholash, shuningdek taklifning narx qismini baholash elektron tizim tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Miqdor ko‘rsatkichlariga ega bo‘lmagan taklifning texnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) bo‘yicha ishtirokchilarning takliflarini baholash va taqqoslash xarid komissiyasi tomonidan ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Tender hujjatlari shablonlarini to‘ldirishda miqdoriy (o‘lchov birligini belgilagan holda) va ekspert mezonlarni xarid komissiyasi tasdiqlaydi.
20455. Miqdor ko‘rsatkichlariga asoslangan mezonlarni baholashda:
tender hujjatlarida ko‘rsatkichlarning eng kam va eng ko‘p qiymatlari belgilanishi mumkin;
miqdor ko‘rsatkichlari eng kam va eng ko‘p hisobga olinadigan qiymatlari oralig‘ida bo‘lgan ishtirokchilar uchun ball koeffitsiyenti uning miqdor ko‘rsatkichining eng kam va eng ko‘p hisobga olinadigan qiymatlarining farqiga bo‘lgan nisbatini aniqlash orqali hisoblanadi;
agar ma’lum bir mezon bo‘yicha ishtirokchining miqdor ko‘rsatkichi tender hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq eng kam hisobga olinadigan qiymatidan kam bo‘lsa, ishtirokchiga eng kam ball qo‘yiladi;
agar ma’lum bir mezon bo‘yicha ishtirokchining miqdor ko‘rsatkichi eng ko‘p hisobga olinadigan qiymatidan yuqori bo‘lsa, uning ko‘rsatkichi eng ko‘p hisobga olinadigan qiymatidan qay darajada yuqoriligidan qat’i nazar unga ushbu mezon bo‘yicha eng yuqori ball beriladi;
miqdoriy yoki ekspert mezonini baholash elektron tizim tomonidan ballni ushbu mezonning hisobga olinadigan qiymatiga ko‘paytirish orqali avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
20456. Xarid qilinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) o‘ziga xos xossalari va xususiyatlaridan kelib chiqib, xarid komissiyasi ishtirokchilarga shartnomani bajarish uchun zarur professional va texnik malaka ma’lumotlariga, kasbiy va texnik kompetensiyaga, moliyaviy resurslarga, jihozlarga va boshqa moddiy imkoniyatlarga, boshqaruv malakaga, ishonchliligiga, tajribaga va obro‘ga, shuningdek inson resurslariga ega ekanligiga ishonch hosil qilish uchun qo‘shimcha mezon va talablarni belgilash huquqiga ega.
Bunda ishtirokchilarni kamsitishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mezonlarni, talablarni va tartib-taomillarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
20457. Tender hujjatlarida elektron tender ishtirokchisining malaka talablariga mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron tizimga biriktirilishi nazarda tutilishi mumkin. Buyurtmachi tender hujjatlarida nazarda tutilmagan mezonlar bo‘yicha ishtirokchining malakasini baholashga yoki tender hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etilishini talab qilishga haqli emas.
20458. Tender hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib elektron tizim avtomatik ravishda:
tender taklifining texnik va narx qisimlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori bal to‘plagan ishtirokchini (bal usulidan foydalanganda). Ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa, tender taklifini barchadan oldin joylashtirgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi;
tender takliflarining texnik qismini baholash natijalariga ko‘ra elektron tenderda ishtirok etishni davom ettirishga ruxsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narxni taklif etgan ishtirokchini (eng past narx usulidan foydalanganda) g‘olib sifatida aniqlaydi.
Zaxira ijrochisini aniqlash mazkur bandda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
20459. Xarid komissiyasining qarorlari uning a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
20460. Tender takliflarini ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra xarid komissiyasining mas’ul kotibi elektron tizimdagi mavjud shablonlar asosida xarid komissiya yig‘ilishining elektron bayonnomalarini shakllantiradi hamda tasdiqlash uchun xarid komissiyasi a’zolariga yo‘llaydi.
Xarid komissiyasi a’zolari yig‘ilishining elektron bayonnomalarini elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda tasdiqlaydi. Elektron bayonnomadan ko‘chirma portalda avtomatik ravishda e’lon qilinadi.
20461. Tender takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasida quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
tender takliflari ko‘rib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt to‘g‘risida;
hozir bo‘lgan xarid komissiyasi a’zolarining va elektron tender ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi haqida;
tender takliflari ko‘rib chiqilgan elektron tender ishtirokchilari to‘g‘risida;
tender takliflari ularni rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda rad etilgan elektron tender ishtirokchilari haqida;
elektron tender g‘olibi to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida;
elektron tender g‘olibining nomi (yuridik shaxs uchun), familiyasi, ismi, otasining ismi (jismoniy shaxs uchun), turgan joyi (pochta manzili).
20462. Elektron tenderning istalgan ishtirokchisi tender takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi e’lon qilinganidan so‘ng buyurtmachiga elektron tender natijalari bo‘yicha tushuntirishlarni taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli.
20463. Buyurtmachi bunday so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida elektron tender ishtirokchisiga tegishli tushuntirishlarni taqdim etishi shart.
20464. Elektron tender o‘tkazish natijalariga ko‘ra shartnoma tuzish mazkur Nizomning 4-bobi 7-paragrafiga muvofiq tartibga solinadi. Bunda shartnoma elektron hujjat shaklida tuziladi, tomonlarning elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlanadi va operator tomonidan shartnomalar reyestriga kiritiladi.
(41-bob O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
5-bob. Yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari
1-§. Yagona yetkazib beruvchi bilan shartnoma tuzish asoslari
205. Qonunning 67-moddasi ikkinchi qismiga asosan yagona yetkazib beruvchi bilan davlat xaridlari quyidagi alohida hollarda amalga oshiriladi:
bozorda muqobillari bo‘lmagan va faqat yagona yetkazib beruvchidan xarid qilish mumkin bo‘lgan texnik jihatdan murakkab tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi;
madaniy qimmatliklarni olish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosidagi davlat xaridlari;
tabiiy monopoliya subyekti tovarlarining (ishlarining, xizmatlarining) davlat xaridi;
o‘z vakolatlariga muvofiq faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari yoki ularning tasarrufidagi davlat muassasalari va tashkilotlari tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan ishlarga yoki ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlarga ehtiyoj paydo bo‘lishi;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tariflar bo‘yicha davlat xaridi.
Vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda yagona yetkazib beruvchi bilan davlat xaridlarini amalga oshirishning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin.
2-§. Yagona yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzish
206. Yagona yetkazib beruvchilardan xaridni amalga oshirish uchun buyurtmachilar yagona yetkazib beruvchilar reyestridan (bundan buyon matnda Reyestr deb yuritiladi) foydalanadi.
207. Yagona yetkazib beruvchidan tovar (ish, xizmat) olish zarur bo‘lgan taqdirda, u va buyurtmachi o‘rtasida portalda ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuziladi.
208. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda yozma shaklda tuziladi va unda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
(208-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
shartnoma predmeti;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) soni, sifati, assortimenti;
yetkazib beriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxi;
tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish muddati;
hisob-kitob tartibi;
tomonlarning majburiyatlari;
shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
nizolarni hal etish tartibi;
tomonlarning rekvizitlari;
shartnoma tuzilgan sana va joy;
xaridlar to‘g‘risidagi shartnomalar uchun qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan yoki tomonlardan birining arizasiga muvofiq kelishuvga erishilishi lozim bo‘lgan boshqa muhim shartlar.
(208-bandning o‘n ikkiinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
209. Yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshirilgan xarid natijasida tuzilgan shartnomalar to‘g‘risidagi ma’lumot, shartnoma tuzilgan kundan uch kunlik muddatdan kechiktirmasdan portalga joylashtirilishi lozim.
3-§. Yagona yetkazib beruvchilar reyestrini yuritish
210. Reyestr, qog‘oz va elektron shaklda yagona yetkazib beruvchilar va ularning davlat xaridlari uchun ruxsat etilgan tovarlari (ishlari, xizmatlari) haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan axborot resursi hisoblanib, unda yagona yetkazib beruvchi haqidagi ma’lumotlar yig‘iladi, saqlanadi, qayta ishlanadi.
211. Reyestrda kontragent mavjud bo‘lmasa, buyurtmachi to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomani tuzishga haqli emas.
212. Reyestrni yuritish operator tomonidan vakolatli organ bilan kelishilgan holda axborot resursiga yagona yetkazib beruvchilar haqidagi ma’lumotlarni kiritish, ushbu ma’lumotlarni yangilash, yagona buyurtmachi haqidagi ma’lumotlari reyestrdan chiqarish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
213. Reyestr operator tomonidan portalga joylashtiriladi va undan hamma erkin foydalanishi mumkin.
214. Reyestrga yagona yetkazib beruvchilar haqidagi ma’lumotlarni kiritish uchun operator quyidagi ma’lumotlardan foydalanadi:
tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestridan;
vakolat doirasida faqat shu organlar yoki ularning tasarrufidagi davlat muassasalari va tashkilotlari tomonidan bajariladigan ishlar yoki xizmatlarni ko‘rsatadigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari haqidagi ma’lumotlar;
tariflari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan tovarlar (ishlar, xizmatlarning) tariflari haqida ma’lumotlar;
vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar.
215. Operator yagona yetkazib beruvchilar haqida vakolatli organ tomonidan yuborilgan hamda mazkur Nizom 217-bandi 2 — 4-xatboshilaridagi kelishilgan ma’lumotlarni bir ish kuni mobaynida Reyestrga kiritadi.
216. Vakolatli organ operatorga Reyestrga yagona yetkazib beruvchilar sifatida kiritish uchun yuridik va jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etib boradi.
217. Vakolatli organ tahlil o‘tkazish va tegishli ma’lumotlarni yig‘ish orqali quyidagilarni aniqlaydi:
bozorda muqobillari bo‘lmagan texnik jihatdan murakkab va noyob tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) xo‘jalik yurituvchi subyektlarni;
tegishli bozorda muqobillari bo‘lmagan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan monopolist-korxonalarni;
tarixiy, badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan madaniy qimmatliklarning egalarini, shuningdek, ushbu qimmatliklarni davlatning muzey, axborot-kutubxona, arxiv fondlarini, kino fondlarini, fotosuratlar fondlarini va shunga o‘xshash fondlarni to‘ldirish uchun zarurligini.
218. Mazkur Nizomning 217-bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish haqidagi ariza bilan vakolatli organga murojaat etishlari mumkin.
219. Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish haqidagi arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
xo‘jalik yurituvchi subyekt haqida — yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatiga olinganligi haqidagi guvohnomaning sanasi va ro‘yxatga olish raqami, jismoniy shaxs haqida — shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi tegishli ma’lumotlar;
nomi, texnik xususiyatlari, narxi ko‘rsatilgan ishlab chiqarilayotgan (yetkazib berilayotgan) bozorda muqobillari bo‘lmagan texnik jihatdan murakkab va noyob tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqida ma’lumot;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda, xo‘jalik yurituvchi subyektning Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrida mavjudligi haqida;
(219-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
madaniy qimmatliklarning tarixiy, badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyati haqida;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda mavjud bo‘lgan litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlar haqida;
(219-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
boshqa ma’lumotlar.
220. Vakolatli organ quyidagi asoslar bo‘yicha Reyestrga kiritish haqidagi arizani rad etishi mumkin:
mazkur Nizomning 221-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni (ma’lumotlarni, axborotlarni) to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etish;
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri va buzilgan ma’lumotlarni aniqlanganligi;
hujjatlar arizachini nomidan harakat qilish vakolatiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan taqdim etilga bo‘lsa.
221. Vakolatli organ, zarur hollarda:
a) bozorda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) muqobili mavjudligini aniqlash uchun Markazga va vakolatli davlat organlariga:
(221-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 36-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/3016-1/2984-son)
bozorda muqobillari bo‘lmagan texnik jihatdan murakkab va noyob tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) xo‘jalik yurituvchi subyektlar haqidagi ma’lumotlarni;
tegishli bozorda muqobillari bo‘lmagan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan monopolist-korxonalar haqidagi ma’lumotlarni;
b) vakolatli davlat organlari, ixtisoslashgan tashkilotlar yoxud ekspertlarga madaniy qimmatliklarning tarixiy, badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga egaligini, shuningdek ushbu qimmatliklarni davlatning muzey, axborot-kutubxona, arxiv fondlarini, kino fondlarini, fotosuratlar fondlarini va shunga o‘xshash fondlarni to‘ldirish uchun zarurligini aniqlash uchun madaniy qimmatliklarning egalari haqidagi ma’lumotlarni yuboradi.
222. Markaz uch ish kuni mobaynida resurslarning yagona milliy ma’lumotnomasidagi ma’lumotlar asosida, zarur bo‘lganda esa — boshqa ochiq manbalardagi ma’lumotlardan foydalangan holda taqdim etilgan tovarni (ishni, xizmatni) bozorda muqobili mavjud emasligi haqidagi axborotni taqdim etadi.
223. Vakolatli organ Markaz, vakolatli davlat organlari, ixtisoslashgan tashkilotlar yoxud ekspertlar tomonidan taqdim etilgan axborot asosida Reyestrga kiritish haqidagi arizani qanoatlantiradi yoki qanoatlantirishni rad etadi.
224. Ariza qanoatlantirilgan taqdirda vakolatli organ xo‘jalik yurituvchi subyektni yoki madaniy qimmatliklarning egasini yagona yetkazib beruvchi sifatida Reyestrga kiritish uchun operatorga yuboradi.
225. Markaz har bir chorakning yakunlari bo‘yicha bozorda muqobillari bo‘lmagan texnik jihatdan murakkab va noyob tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) o‘xshashi tovarlar (ishlar, xizmatlar) mavjudligi yuzasidan tahlil o‘tkazadi.
226. Agar tahlil natijalari bo‘yicha avval bozorda muqobili bo‘lmagan deb topilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) o‘xshash tovarlar (ishlar, xizmatlar) aniqlansa, Markaz tegishli axborotni vakolatli organga taqdim etadi.
227. Vakolatli organ Markazdan axborotni olgan paytdan boshlab bir kunlik muddat ichida Operatorga xo‘jalik yurituvchi subyektni Reyestrdan chiqarish lozimligi haqida xabar yuboradi.
228. Operator vakolatli organdan xabarnomani olgandan so‘ng xo‘jalik yurituvchi subyektni Reyestrdan chiqaradi.
229. Reyestrga o‘zgartirish kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
tabiiy monopoliya subyektini Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestridan chiqarilishi;
xo‘jalik yurituvchi subyekt Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestridan chiqarilishi;
vakolatli organning xo‘jalik yurituvchi subyektni Reyestrdan chiqarish haqidagi xabarnomasi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan vakolat doirasida faqat shu organlar yoki ularning tasarrufidagi davlat muassasalari va tashkilotlari tomonidan ishlar bajarishni yoki xizmatlar ko‘rsatilishini to‘xtatilishi;
sudning qonuniy kuchga kirgan xo‘jalik yurituvchi subyektni bankrot deb topish haqidagi hal qiluv qarori;
qonunchilikka muvofiq boshqa holatlar.
6-bob. Buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar reyestri
230. Shartnomalar reyestri operator tomonidan portaldan foydalangan holda yuritiladi.
231. Shartnomalar reyestri elektron do‘kon, auksion, tanlov, tender, elektron tanlov, elektron tender natijalari va to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar, shu jumladan, yagona yetkazib beruvchidan amalga oshirilgan xaridlar yakunlari bo‘yicha shakllantiriladi.
(231-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
232. Elektron do‘kon va auksion, shuningdek, elektron tanlov va elektron tender orqali tuzilgan shartnomalar portalda ro‘yxatga olinganidan so‘ng avtomatik rejimda shartnomalar reyestriga kiritiladi.
(232-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
233. Buyurtmachi tomonidan tanlov, tender, yagona yetkazib beruvchidan xarid amalga oshirilishi, shuningdek boshqa to‘g‘ridan to‘g‘ri xaridlar natijasida tuzilgan shartnomalar haqidagi ma’lumotlar elektron tizimga kiritilgandan so‘ng elektron tizim tomonidan avtomatik rejimda axborot shakllantiriladi va shartnomalar reyestriga kiritiladi.
(233-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
234. Shartnomalar reyestriga Qonunning 41-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar kiritiladi.
235. Shartnomalar reyestridagi axborot to‘lov undirilmagan holda tanishib chiqish uchun ochiq bo‘lishi kerak.
2351. Maxsus axborot portali va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi o‘rtasidagi ma’lumotlar bazasi elektron hamkorligi orqali davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reyestri bo‘yicha onlayn ma’lumot almashinuvi amalga oshiriladi.
(2351-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
236. Qaysi shartnomalar to‘g‘risidagi axborot shartnomalar reyestriga kiritilmagan bo‘lsa, o‘sha shartnomalar uchun haq to‘lanmaydi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
237. Davlat xaridlarini rasmiylashtirish, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha hisob-kitob qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishini monitoring qilish va shikoyatlarni, nizo va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(237-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
238. Xarid qilish tartib-taomili natijasi bo‘yicha tuzilgan shartnomaga qo‘shimcha kelishuv uning muhim shartlarini o‘zgartirmasa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilishi mumkin.
(238-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
239. Buyurtmachi tomonidan xarid qilish tartib-taomiliga oid barcha hujjatlar, videoyozuvlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishi lozim.
(239-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
240. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(240-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
241. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
2018-yil 14-may
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2018-y., 10/18/3016/1279-son; 22.04.2019-y., 10/19/3016-1/2984-son; 04.07.2019-y., 10/19/3016-2/3379-son; 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son; 04.05.2021-y., 10/21/3016-4/0436-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)