1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 8-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2984-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 5-dekabrdagi 33, 24-2017-son qarori (roʻyxat raqami 2984, 2018-yil 17-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2984/0913-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2022-yil 17-iyun,
20-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. TOShKULOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-iyun,
12-2022-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“14. Talabalarning harbiy xizmatga yaroqliligini tekshirish boʻyicha tibbiy koʻrik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) muvofiq fevral-mart oylarida oʻtkaziladi.”.
a) 3-banddagi “shaxsini tasdiqlovchi hujjati” degan soʻzlar “biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“14. Erkak talabalarning 3000 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
13,20 daqiqa ichida bajargan taqdirda — “aʼlo”;
13,20 daqiqadan koʻp, biroq 14,0 daqiqagacha bajargan taqdirda — “yaxshi”;
14,0 daqiqadan koʻp, biroq 14,30 daqiqagacha bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
14,30 daqiqadan koʻp vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.”;
d) 16-banddagi “kamida bitta” degan soʻzlar “ikkita” degan soʻz bilan almashtirilsin.
10. 5-ilova matnidagi jadval mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“
T/r
Talabaning F.I.O.
Tibbiy koʻrik natijalari
Umumjismoniy tayyorgarlikni baholash natijalari
OTMda taʼlim olish jarayonida oʻzlashtirilgan bilim darajasini baholash natijalari
Chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik dasturi boʻyicha bilim darajasini baholash natijalari
Talabaning umumiy bali
1
2
3
4
5
6
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)