Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-son “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2018-yil 4-iyundagi 14/6-son “Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3034, 2018-yil 5-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/3034/1474-son,)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Buyruqning
nomi va
1-bandidagi “ilmiy-texnika dasturlari” degan soʻzlar “ilmiy dasturlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a)
nomidagi “ilmiy-texnika dasturlari” degan soʻzlar “ilmiy dasturlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b)
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash tartibini belgilaydi.”;
g) ilovaning
ilova belgisi va
nomidagi “ilmiy-texnika dasturlari” degan soʻzlar “ilmiy dasturlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.