Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 2-oktabrdagi 10-mh-son “Sport hakamlari va ularning malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 2942, 2017-yil 27-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2017-y., 10/17/2942/0182-son)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Qaror
muqaddimasidagi “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga” degan soʻzlar “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a)
muqaddimadagi “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga” degan soʻzlar “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 1-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v)
10-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g)
12-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) ilova izohining
toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.