1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.03.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborot]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Terrorizm va diniy ekstremizm bilan kurash]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Qarori
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 24-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2886-9]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 17-apreldagi 343-V va 14-son qarori (roʻyxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 401-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-iyun,
343-B-9-son
Bosh prokuratura huzuridagi Departament boshligʻi D. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-may,
13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-iyundagi 343-V-9-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 27-maydagi 13-son qaroriga ILOVA
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 26-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari hamda 38-bandning toʻrtinchi va oltinchi xatboshilaridagi “pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat” degan soʻzlar “pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 76-banddagi “roʻyxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr” degan soʻzlar “roʻyxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 1-ilovaning 5-bandidagi “Pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat” degan soʻzlar “Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2886-9/0567-son)