OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AKTIVLARINI BOShQARISh AGENTLIGI DIREKTORINING
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni hamda 2021-yil 24-iyuldagi PQ-5197-son “Elektron onlayn-auksionni oʻtkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 31-dekabrdagi 01/27-26/30-son “Oʻzbekiston Respublikasi rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (3-son RXMS) “Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etish”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 2652, 2015-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 5-son, 60-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Qaror
muqaddimasidagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a)
muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b)
4-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek ustav fondining 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslarning koʻchmas mulklarini realizatsiya qilish “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion yoʻli bilan amalga oshiriladi”;
3. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Rieltorlik tashkilotlari uyushmasi bilan kelishilgan.