Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 5-iyuldagi 176-mh, 28-son qarori (roʻyxat raqami 3061, 2018-yil 28-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/3061/1807-son) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 23-bandning
oltinchi xatboshisidagi “pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat” degan soʻzlar “pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud ularning oʻrnini bosadigan hujjat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 25-bandning
birinchi xatboshisidagi “pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat” degan soʻzlar “pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud ularning oʻrnini bosadigan hujjat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“48. Shubhali operatsiya haqidagi xabar pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan shubhali operatsiya aniqlangan kundan bir ish kunidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.”.
4.
59-banddagi “(roʻyxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr)” degan soʻzlar “(roʻyxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 1-ilovaning
5-bandidagi “Pasport yoki uning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat” degan soʻzlar “Pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud ularning oʻrnini bosadigan hujjat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.