1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
1. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman va shaharlarda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalarini (keyingi oʻrinlarda — hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi) tashkil etish hamda ushbu jamgʻarmalar mablagʻlarini quyidagi manbalar hisobidan shakllantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda ajratiladigan mablagʻlar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimlari ushbu qarorda nazarda tutilgan manbalar hisobidan hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlarini oʻz vaqtida va toʻliq shakllantirishga shaxsan masʼul hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
yuridik shaxs boʻlmagan hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasini tashkil etish tartibi;
hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish tartibi;
hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish va ulardan foydalanish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmalarini hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining, tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlarini tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining ishchi organi etib belgilash;
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2026-y., 09/26/78/0174-son)
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2026-y., 09/26/78/0174-son)
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish;
(4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2026-y., 09/26/78/0174-son)
(4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2026-y., 09/26/78/0174-son)
Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalarining daromadlar va xarajatlar parametrlarini, ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni, ish rejalarini tasdiqlash hamda mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari Vasiylik kengashlari hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — tegishli hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashi raisi hisoblanadi;
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari Vasiylik kengashlari aʼzolarining faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlariga hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari daromadlarining barqaror shakllantirilishi va oʻz vaqtida moliyalashtirilishini doimiy nazorat qilib borish tavsiya etilsin.
7. Yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar “Onlayn mahalla” elektron platformasining “Yoshlar daftari” axborot tizimi bilan;
2022-yil 1-sentabrga qadar “Yoshlar daftari” axborot tizimini tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
8. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yoshlar portali” axborot tizimi negizida yaratilgan “Yoshlar murojaati” elektron platformasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi bilan integratsiya qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
9. 2022-yil 1-iyuldan boshlab “Yoshlar murojaati” elektron platformasiga kelib tushgan murojaatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali tegishliligi boʻyicha davlat organlari va tashkilotlariga yuborilishi inobatga olinsin.
Bunda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan murojaatlarning koʻrib chiqilishi va hal etilishi boʻyicha tizimli monitoring yuritilib, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarining buzilish holatlari aniqlangan taqdirda, huquqiy baho berish uchun har chorak yakunida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga maʼlumot kiritib boriladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarorining 6-bandiga muvofiq 2022-yildan boshlab har yili intellektual olimpiada tashkil etilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
11. Oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari oʻrtasida intellektual olimpiadaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Tashkiliy qoʻmita (A. Saʼdullayev):
bir oy muddatda oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari oʻrtasida intellektual olimpiadani oʻtkazish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
amaliyotda toʻplangan tajribalarni inobatga olgan holda 2023-yil 31-yanvarga qadar oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻrtasida intellektual olimpiadani oʻtkazish tartibini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda intellektual olimpiadani tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha barcha tashkiliy va ijodiy ishlarni muvofiqlashtirsin;
intellektual olimpiadaning respublika bosqichi oʻtkaziladigan joyni belgilasin hamda hakamlar hayʼati tarkibi, apellyatsiya komissiyasi aʼzolari roʻyxatini shakllantirsin;
intellektual olimpiada materiallarining maxfiyligini, olimpiadaning belgilangan talablar asosida oʻtkazilishini taʼminlasin;
intellektual olimpiadaga taʼlim yoʻnalishi, sohasi, mutaxassisligidan qatʼi nazar, respublikadagi barcha oliy taʼlim tashkilotlari talabalarini jalb etish choralarini koʻrsin;
umumjamoa hisobida 1, 2 va 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan oliy taʼlim tashkilotlarini mukofotlash turlarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasini belgilash hamda intellektual olimpiadaning gʻolib va sovrindorlariga topshirilishini taʼminlasin;
intellektual olimpiadaning gʻolib va sovrindorlarini oʻz mutaxassisligi boʻyicha kadrlar zaxirasiga kiritish uchun ularning roʻyxatini Boshqaruv samaradorligi agentligiga taqdim etib borsin;
(12-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
intellektual olimpiadaning tashkil etilishi, oʻtkazilishi va natijalarini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish choralarini koʻrsin.
13. Quyidagilar:
intellektual olimpiada ishtirokchilarining yashash va transport xarajatlari — ushbu ishtirokchilar taʼlim olayotgan oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan;
gʻolib va sovrindor boʻlgan ishtirokchilarni ragʻbatlantirish xarajatlari — Yoshlar ishlari agentligi orqali Davlat budjetidan “Zakovat” intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkilotiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanishi belgilab qoʻyilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Oʻzbekiston shashka federatsiyasi bilan birgalikda intellektual olimpiada davomida shaxmat va shashka musobaqalarini oʻtkazish choralarini koʻrsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Milliy gvardiya bilan birgalikda intellektual olimpiada tadbirlari oʻtkaziladigan obyektlar va ularning atrofidagi hududlarda jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati, yongʻin va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi intellektual olimpiada oʻtkaziladigan hamda ishtirokchilar joylashgan turar joylarda tibbiy xizmat navbatchiligini tashkil etish, yuqori saviyada tibbiy xizmat koʻrsatish, shuningdek, ularni zarur tibbiy anjomlar, dori vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
17. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamentiga yuklansin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qaroriga 1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi), shuningdek, tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamgʻarmalarini (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi) tashkil etish, ularning mablagʻlarini shakllantirish va ushbu mablagʻlardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qaroriga, shuningdek, tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qaroriga muvofiq belgilangan tartibda shakllantiriladi.
3. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining mablagʻlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar gʻaznachilik boshqarmalarida, shuningdek, tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining mablagʻlari tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimlarida alohida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida yigʻiladi.
2-bob. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish manbalari
4. Hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda ajratiladigan mablagʻlar;
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari qarorlariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda ajratiladigan mablagʻlarni, birinchi navbatda, tegishli hududning qoʻshimcha manbalari nisbatan kam miqdorda shakllangan tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalariga oʻtkazib borish yuzasidan takliflarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritib borsin.
5. Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan ajratmalar;
tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari qaroriga asosan tuman (shahar) budjetlari qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda ajratiladigan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmonining 12-bandida belgilangan tushumlarning mazkur Farmonga 3-ilovaga muvofiq miqdordagi mablagʻlar;
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan manba hisobidan tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalariga ajratiladigan mablagʻlarning umumiy miqdori tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari qarorlariga asosan belgilanadi. Bunda:
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2026-y., 09/26/78/0174-son)
ushbu mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi tomonidan tumanlar (shahar)lar kesimida ulardagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar soniga mutanosib miqdorlarda tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalariga avtomatik ravishda taqsimlanadi;
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
zaruratga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari qarorlariga asosan tuman (shahar) budjetlari qoʻshimcha manbalari nisbatan kam miqdorda shakllangan tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalariga oʻtkaziladi.
51. Ariza beruvchiga uning arizasi maʼqullangan sanadan boshlab 30 kalendar kun mobaynida “Yoshlar daftari” jamgʻarmasida mablagʻ yetarli emasligi sababli tegishli yordam koʻrsatilmasa, tuman (shahar) hokimining yoki hududiy yoshlar ishlari boshqarmasining talabnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq deputatlari Kengashlarining qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjetida shakllangan qoʻshimcha manbalar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ushbu ariza beruvchiga tegishli ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga mablagʻ ajratiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2026-y., 09/26/78/0174-son)
6. Ushbu Nizomning 5-bandi toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus hisobvaraqda jamlanadi hamda tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalariga tumanlar (shaharlar)dagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar soniga mutanosib miqdorlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib toifalarga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi shahar va tumanlarining roʻyxatiga muvofiq tuman (shahar)ning ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda belgilangan toifasi boʻyicha quyidagi tuzatish koeffitsiyentlarini qoʻllagan holda avtomatik ravishda taqsimlanadi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
7. Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasida shakllangan mablagʻlar tuman (shahar) hokimligi tomonidan har oyning 5-sanasiga qadar mahallalarda yashovchi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda tuman (shahar)dagi mahallalar kesimida qayta taqsimlanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimlari ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan manbalar hisobidan hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlarini oʻz vaqtida va toʻliq shakllantirishga shaxsan masʼul hisoblanadi.
3-bob. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish
9. Hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari:
tegishli hududning qoʻshimcha manbalari nisbatan kam miqdorda shakllangan tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalariga;
Yoshlar ishlari agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan kalendar rejada belgilangan mahalla, sektor, tuman (shahar) va hudud darajasidagi loyihalar, yoshlar festivallari, forumlar, tanlovlar va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni moliyalashtirishga;
mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga moʻljallangan yengil turdagi kichik kutubxonalar, sport obyektlari va boshqa turdagi yoshlar infratuzilma obyektlarini barpo etish hamda ularni zamonaviy jihozlashga;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2026-y., 09/26/78/0174-son)
mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun ajratilgan xizmat xonalarini moddiy-texnik jihozlar (mebel, planshet, kompyuter toʻplami, aloqa, internet va boshqalar) bilan taʼminlashga;
qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi.
10. Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari:
a) kamida 3 nafar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzosi boʻlgan yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) 60 baravarigacha grant ajratishga;
(10-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
b) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzolari uchun:
(10-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
BHMning 1 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda nogironligi boʻlgan yoshlarning parasport toʻgaraklariga qatnashishi uchun yoʻlkira xarajatlarini qoplashga;
6 oy davomida muntazam sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotgan yoshlar uchun BHMning 10 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda maxsus sport formasi, inventar yoki musiqa va cholgʻu asboblarini xarid qilishga;
yoshlarning avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash uchun BHMning 8 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;
kasbiy taʼlim va oliy taʼlim tashkilotlari yosh oʻquvchi-talabalarining toʻlov-kontrakt summasining 50 foizi, ammo BHMning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan qismini toʻlab berishga;
(10-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2026-y., 09/26/78/0174-son)
yoshlarning tadbirkorlik, anʼanaviy va zamonaviy kasblarni egallash, axborot texnologiyalarini oʻrganish va xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarida 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga oʻqish xarajatlarining har oyda BHMning 4 baravarigacha boʻlgan qismini qoplashga;
ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslari uchun olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga har oyda BHMning 1 baravarigacha subsidiya ajratishga;
yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun mahalliy bosqichdagi tadbirlarga BHMning 4 baravarigacha, xalqaro bosqichdagi tadbirlarga BHMning 40 baravarigacha subsidiya berishga;
yoshlarga taʼlim, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohasiga va fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotining noturar joy ijarasi yoki zarur jihozlar bilan taʼminlash xarajatlarini BHMning 50 baravarigacha miqdorda qoplashga;
(10-band “b” kichik bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2026-y., 09/26/78/0174-son)
ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oyda ijara toʻlovlarining 50 foizi, biroq BHMning 2 baravarigacha, Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha miqdorda 12 oygacha turar joy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlashga;
v) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan hamda oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga nisbatan minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilalarning 14 — 30 yoshdagi aʼzolarining jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun BHMning 50 baravarigacha va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan belgilangan bazaviy narxlar doirasidagi xarajatlarini qoplash maqsadida Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga;
(10-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
g) mahalla darajasida bir kalendar oy uchun BHMning 20 baravarigacha, biroq moliya yili davomida jamgʻarma tushumlarining 25 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
(10-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2026-y., 09/26/78/0174-son)
(10-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2026-y., 09/26/78/0174-son)
11. Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga asosan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa maqsadlarga, shu jumladan, yoshlar infratuzilma obyektlarini barpo etish va ularni zamonaviy jihozlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoki iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni amalga oshirishga ham yoʻnaltirilishi mumkin. Bunda ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar quyidagilar hisobidan ajratiladi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2026-y., 09/26/78/0174-son)
tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobvaraqlarida shakllangan, biroq tegishli tuman (shahar)dagi mahallalar kesimida taqsimlanmagan mablagʻlar;
tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobvaraqlarida shakllanib, muqaddam tegishli tuman (shahar)dagi mahallalar kesimida taqsimlangan boʻlsada, biroq ushbu mablagʻlar taqsimlangan oyda foydalanilmagan qoldiq mablagʻlar.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan ijtimoiy yordam boshqa manbalar va jamgʻarmalar tomonidan koʻrsatilganda taqdim etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2026-y., 09/26/78/0174-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan, zarur hollarda, ushbu Nizomning 10-bandi “b” kichik bandi beshinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun mablagʻlar ajratilishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2026-y., 09/26/78/0174-son)
13. Hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarkibda Vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) tuziladi.
Vasiylik kengashi tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qaroriga muvofiq tasdiqlanadi.
Vasiylik kengashi raisi va aʼzolari hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Vasiylik kengashi raisi hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqaruvchi hisoblanadi.
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmalari hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining, tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlari tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining ishchi organi hisoblanadi.
15. Hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlarini sarflash, tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalariga yoʻnaltirish tegishlicha Vasiylik kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.
Vasiylik kengashi yigʻilishlari har oyda kamida bir marta — har oyning oxirgi sanasigacha oʻtkaziladi.
Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalarida shakllanib, ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan tartibda mahallalar kesimida taqsimlangan mablagʻlarni sarflash tegishliligiga koʻra “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida, shuningdek, ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga koʻra tuman (shahar) hokimliklari buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
16. Vasiylik kengashi raisi Vasiylik kengashi yigʻilishlariga raislik qiladi.
17. Vasiylik kengashlari qarorlari Vasiylik kengashi yigʻilishi bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
18. Vasiylik kengashi:
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga umumiy rahbarlik qiladi va uning faoliyatini nazorat qiladi;
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining daromad va xarajatlari yillik parametrlarini, ularning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni, shuningdek, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining yillik ish rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi;
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishda shaffoflikni taʼminlaydi;
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan alohida tadbirlarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi;
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga homiylik xayriyalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlarini jalb qilishga koʻmaklashadi;
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga yuklatilgan vazifalarni Vasiylik kengashi aʼzolari oʻrtasida taqsimlaydi;
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi faoliyatiga taalluqli masalalarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi faoliyatiga aloqador boshqa masalalarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
19. Hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining ishchi organi:
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasining yillik ish rejasi va dasturlarini ishlab chiqadi;
Vasiylik kengashi yigʻilishi kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, yigʻilish bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi;
Vasiylik kengashi aʼzolariga Vasiylik kengashi yigʻilishining vaqti va oʻtkaziladigan joyi toʻgʻrisida xabar beradi.
Vasiylik kengashi tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida murojaat etuvchiga xabar yuboradi.
Vasiylik kengashi qarori bilan ishchi organga qoʻshimcha vazifalar ham yuklanishi mumkin.
20. Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining ishchi organi:
mahallalar boʻyicha taqsimlangan mablagʻlarga doir maʼlumotlarni “Yoshlar daftari” axborot tizimiga kiritib borilishini taʼminlaydi;
davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy koʻmak va koʻrsatiladigan moddiy yordam toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yakka tartibdagi anketasida qayd etib boradi;
tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan tartibda tegishli mahallaga taqsimlangan mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda, “mahalla yettiligi”ning qarorini ilova qilgan holda tuman (shahar) mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga mablagʻ ajratish haqida tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashiga murojaat yuborishni soʻrab tuman (shahar) hokimiga soʻrov xati kiritadi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning murojaatlari bilan ishlaydi va koʻrib chiqish uchun “mahalla yettiligi”ga taqdim etadi.
4-bob. “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobot
21. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari hisobot boʻlimlari tomonidan har oyning 5-sanasiga qadar tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasida shakllangan mablagʻlarning mahalla kesimida taqsimlanishi va jamgʻarmaning xarajatlari toʻgʻrisida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari mahalliy budjetning orttirilgan qismi miqdori toʻgʻrisida Yoshlar ishlari agentligiga maʼlumot berib boradi.
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan budjet ijrosi hisobotini shakllantirish davrida tegishlicha “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisoboti ham qabul qilinadi.
23. Vasiylik kengashi raisi har chorakda hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisida tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlariga hisobot beradi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalarining joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) mahalliy budjetiga olib qoʻyilmaydi.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hududiy boshqarmalari mazkur Nizom doirasida tuman (shahar)larda amalga oshiriladigan ishlar uchun ajratilgan mablagʻlar samarali va maqsadli ishlatilishi boʻyicha nazorat oʻrnatadi.
26. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi vasiylik kengashining
NAMUNAVIY TARKIBI
1.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Vasiylik kengashi raisi
2.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari
3.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari (kelishuv asosida)
4.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari
5.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari
6.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari
7.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari boshliqlari
8.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vazirligi, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlari
9.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari boshliqlari
10.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari boshliqlari
11.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmasi boshliqlari, Vasiylik kengashi kotibi
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, Vasiylik kengashi tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan xodimlar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan masʼullar kiritiladi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qaroriga 2-ILOVA
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament “Yoshlar daftari”ni shakllantirish, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish va ularni “Yoshlar daftari”dan chiqarish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratishni soʻrab, belgilangan tartibda murojaat qilgan oʻn toʻrt yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan (oʻttiz bir yoshga toʻlmagan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi (oʻn olti yoshgacha boʻlganlar uchun ularning nomidan ota-onasi yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar) hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxs;
Vasiylik kengashi — hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor tashkilotlar rahbarlari va masʼul xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan kollegial organ;
davomat — oʻquv markazlarida tahsil olayotgan yoshlarning darslarga qatnashganini kunlik elektron nazorat qilish tizimi;
“Yoshlar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi boʻlgan yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish tizimi;
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi — “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ragʻbatlantirish maqsadida belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar)larda tashkil etilgan jamgʻarma;
yoshlar yetakchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori bilan har bir mahallada joriy etilgan, tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimining mahallada yoshlar bilan ishlash masalalari boʻyicha masʼul xodimi;
“Yoshlar yagona elektron platformasi” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yoshlar yagona elektron platformasi) — yoshlarning demografik va ijtimoiy holati, bandligi, taʼlim olishiga oid maʼlumotlar asosida “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlarga oid davlat siyosatining samaradorligini baholash va uning natijalarini aniqlash, yoshlarning qiziqishlarini aniqlash boʻyicha sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish, uning natijalarini avtomatik tahlil qilish, yoshlarga oid mavjud imtiyozlar, preferensiyalar, imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi elektron platforma;
ijtimoiy shartnoma — Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning yosh aʼzolariga koʻmak choralarining muayyan majburiyatlarni bajarish sharti bilan koʻrsatilishini nazarda tutuvchi shartnoma;
ishsiz yoshlar — haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, uni boshlashga yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtishga yoki malakasini oshirishga tayyor boʻlgan, ishga joylashishda koʻmak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan mehnatga layoqatli yoshlar (taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotganlar bundan mustasno);
Ijtimoiy reyestr — “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida yuritilib, davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etiladigan oilalar (shaxslar)ni aniqlash va ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholash vazifalarini bajaruvchi tizim;
kalendar-reja — yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi mahalla, tuman (shahar) va hududiy tadbirlarni moliyalashtirish uchun shakllantiriladigan hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tasdiqlanadigan bir yil yoki yarim yilga moʻljallangan reja;
“mahalla yettiligi” — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari namunaviy tuzilmasiga kiritilgan mahalla raisi rahbarligidagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori aʼzolaridan iborat boʻlgan guruh;
taʼlim tashkiloti — yoshlarni kasb-hunar, tadbirkorlik, taʼlim, fan, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillarga oʻqitish vakolatiga ega boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlari, davlat yoki nodavlat taʼlim tashkilotlari, shu jumladan, belgilangan tartibda taʼlim berish faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor.
2-bob. “Yoshlar daftari”ga kiritish va ijtimoiy yordam turlaridan birini ajratish haqidagi murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi
3. “Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻyicha, oʻn toʻrt yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan (oʻttiz bir yoshga toʻlmagan) quyidagi toifadagi:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzolari;
oilasining oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan yoshlar (jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash yordami uchun) kiritiladi.
4. Ariza beruvchi uni “Yoshlar daftari”ga kiritish va ushbu Reglamentning 1 — 12-paragraflarida keltirilgan ijtimoiy yordamlardan birini (soʻralayotgan yordam miqdorini koʻrsatgan holda) koʻrsatishni soʻrab istalgan davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoxud Yoshlar yagona elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
Ariza beruvchining murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP yoki Yoshlar yagona elektron platformasi orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
ushbu Reglamentga 1a, 3 — 5, 6 — 13-ilovalardagi tegishli ariza shaklini elektron tarzda toʻldiradi va ushbu ariza shakllarida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qiladi;
ariza beruvchining ijtimoiy holati “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali, ushbu Reglamentning 3-bobi 1 — 12-paragraflarida belgilangan mezonlarga muvofiqligi tegishli axborot tizimlari orqali avtomatik tarzda oʻrganiladi;
ushbu Reglamentning tegishli paragraflarida nazarda tutilgan ijtimoiy shartnoma (ommaviy oferta) shartlarini ixtiyoriy tarzda qabul qiladi (ushbu Reglamentning 2 va 4-paragraflaridagi ijtimoiy yordamlar ajratiladigan ariza beruvchilar, shuningdek, nogironligi boʻlgan, uch yoshgacha boʻlgan farzandi bor yolgʻiz ota yoki yolgʻiz onalar tomonidan ijtimoiy shartnoma tuzish talab etilmaydi);
ariza beruvchining murojaati ushbu bandning uchinchi — beshinchi xatboshilarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlganda, arizani roʻyxatdan oʻtkazib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida (ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat qilganda avtomatik tarzda) ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha roʻyxatga olingan joyidagi yoxud haqiqatan yashab turgan manzilidagi mahalla fuqarolar yigʻinida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchisiga, agar ushbu lavozim vakant yoki maʼlum sabablarga koʻra yoshlar yetakchisi ish faoliyatida boʻlmasa (kasalligi, mehnat taʼtilida ekanligi va boshqa holatlar sababli), tegishliligi boʻyicha tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻiga yuboradi.
Ariza beruvchining murojaati ushbu bandning uchinchi, toʻrtinchi yoki beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarning biriga muvofiq boʻlmaganda, arizani roʻyxatdan oʻtkazish avtomatik tarzda rad qilinadi.
Boshqa asoslar boʻyicha arizani roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish taqiqlanadi.
Murojaatga ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
5. Arizalar YIDXP va Yoshlar yagona elektron platformasi orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni ariza qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
6. Mahalladagi yoshlar yetakchisi (u maʼlum sabablarga koʻra ish faoliyatida boʻlmaganda, tegishli tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi) uch ish kunida Yoshlar yagona elektron platformasi orqali ariza beruvchi tomonidan imzolangan ijtimoiy shartnomani tegishli tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi tomonidan uning nomiga rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida imzolaydi va ariza beruvchining murojaatini “mahalla yettiligi” yigʻilishida koʻrib chiqilib, qaror qabul qilinishi uchun yuboradi.
Bunda ushbu Reglamentning:
1, 3, 5, 10 — 12-paragraflarida nazarda tutilgan yordam turlarini ajratish boʻyicha ijtimoiy shartnomalar “mahalla yettiligi” (ushbu Reglamentning 3-bobi 1-paragrafida belgilangan komissiya) tomonidan murojaatni qanoatlantirish haqida qaror qabul qilinib, ariza beruvchiga “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan yordam turi ajratilgan paytdan boshlab kuchga kiradi;
6 — 9-paragraflarida nazarda tutilgan yordam turlarini ajratish boʻyicha ijtimoiy shartnomalar bundan mustasno boʻlib, ushbu shartnomalar “mahalla yettiligi” tomonidan ushbu yordam turini ajratish haqida qaror chiqargan sanadan boshlab kuchga kiradi.
7. “Mahalla yettiligi” kelib tushgan murojaat va unga ilova qilingan hujjatlarni besh ish kuni ichida oʻrganib chiqadi.
Oʻrganish natijalariga koʻra “mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi tomonidan “Raqamli mahalla” elektron platformasi orqali oʻz ovozini bergan holda oddiy koʻpchilik ovoz bilan ariza beruvchini “Yoshlar daftari”ga kiritish va u tomonidan soʻralgan ijtimoiy yordamni ajratish yoki “Yoshlar daftari”ga kiritishni va yordam ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlardan biri qabul qilinadi.
Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, mahalla raisining (mahalla raisi vakant boʻlgan hollarda esa yoshlar yetakchisining) ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
8. “Mahalla yettiligi” tomonidan quyidagi holatlarda ariza beruvchining murojaatini qanoatlantirish rad qilinadi:
ariza beruvchi murojaat qilib soʻragan yordam turini ajratish uning oilasi uchun ishlab chiqilgan individual rejada nazarda tutilmaganda, ushbu Reglamentning 3-bobi 1, 4, 11-paragraflarida belgilangan yordam turlari bundan mustasno;
“mahalla yettiligi” tomonidan kollegial qaror qabul qilish paytida ariza beruvchi (yoki ushbu Reglamentning 3-bobi 1, 11-paragraflarida belgilangan “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan yordam ajratilishidan manfaatdor yoshlar) 31 yoshga (mazkur Reglamentning 3-bobi 3-paragrafida belgilangan ijtimoiy yordamdan foydalanmoqchi boʻlgan ariza beruvchi 21 yoshga) toʻlganda yoki oilasi Ijtimoiy reyestrda mavjud boʻlmaganda;
ariza beruvchi vafot etgan yoki sud tomonidan bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb topilganda;
ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda.
Ariza beruvchi tomonidan ushbu Reglamentga 1a, 3 — 5, 6 — 13-ilovalardagi ariza shakllarini toʻldirilishda notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilganda yoki murojaatga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar taqdim etilmaganda, mahalladagi yoshlar yetakchisi ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga arizadagi maʼlumotlarni besh ish kuni ichida toʻgʻrilash yoki arizaga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlarni taqdim etish, aks holda uning murojaati rad etilishi haqida xabar yuboradi.
9. “Mahalla yettiligi”ning oʻrganish natijalari boʻyicha qarori qabul qilinganda, ushbu qaror Yoshlar yagona elektron platformasi orqali avtomatik tarzda YIDXPga yuboriladi. Ushbu qarorning qabul qilinganligi haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma, YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga xabar yuboriladi, bunda ijtimoiy yordam ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda sabablari koʻrsatiladi.
10. Ariza beruvchini “Yoshlar daftari”ga kiritish va ushbu Reglamentda belgilangan yordam turlaridan birini ajratish haqidagi murojaatini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha “mahalla yettiligi”ning qabul qilgan qarori YIDXPga kelib tushgan paytdan boshlab ushbu Reglamentda nazarda tutilgan davlat xizmati koʻrsatilgan hisoblanadi.
3-bob. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ijtimoiy yordamlarni ajratish tartibi
1-§. Yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlash uchun grant ajratish tartibi
11. Har yili tuman (shahar)dagi har bir mahalladan bittadan ariza beruvchining kamida 3 nafar ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash haqidagi murojaatiga asosan BHMning 60 baravarigacha miqdorda grantlar mazkur Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga asosan ajratiladi.
12. Ariza beruvchi — yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar yoki nodavlat (davlat ulushiga ega boʻlmagan) korxona, muassasa, tashkilotlar oilasi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan kamida 3 nafar yoshlarni ishga qabul qilish va ular mehnat faoliyatida foydalanishi uchun ilgari foydalanilmagan (yangi) asbob-uskuna olib berish orqali bandligini taʼminlash uchun “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan grant ajratishni soʻrab mazkur Reglamentning 4-bandida belgilangan tartibda, ushbu Reglamentga 1a-ilovadagi ariza shaklini toʻldirib murojaat qiladi.
13. Ariza beruvchining murojaati mazkur Reglamentning 4 — 9-bandlarida va unga 1-ilovada keltirilgan sxemada belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Bunda “mahalla yettiligi” tomonidan quyidagi hollarda grant ajratishga tavsiya berish rad etiladi:
bandligi taʼminlanadigan yoshlarning oilasi Ijtimoiy reyestrda mavjud boʻlmaganda yoki ushbu yoshlar 31 yoshdan oshganda yoxud ularning soni 3 nafardan kam boʻlganda;
tarkibi mazkur Reglamentga 1b-ilova bilan tasdiqlangan, tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligidagi komissiya (ushbu paragrafda keyingi oʻrinlarda — komissiya) tomonidan ariza beruvchining yuridik manzilidagi mahallada joriy yilda boshqa ariza beruvchiga grant ajratish haqida qaror qabul qilingan boʻlsa.
Ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq boʻlganda, “mahalla yettiligi” tomonidan grant ajratishni tavsiya etish haqida qaror qabul qilinib, yakuniy qaror qabul qilish uchun komissiyaga yuboriladi.
14. Grant ajratish masalasi komissiya tomonidan oʻn ish kunida koʻrib chiqiladi.
Ushbu Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda, komissiya tomonidan grant ajratish rad etiladi.
15. Komissiyaning grant ajratish toʻgʻrisidagi qarori asosida tuman (shahar) hokimliklarining buxgalteriyasi yetti ish kuni ichida “Yoshlar daftari” tuman (shahar) jamgʻarmasi hisobidan ariza beruvchining bank hisobvaragʻiga grantlar oʻtkazadi.
16. Grant ariza beruvchiga bir yilda bir marta ajratiladi va u bilan tuziladigan ijtimoiy shartnomada uning zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
volontyorlik loyihalarida ishtirok etish;
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tanlov va musobaqalarning kamida bittasida ishtirok etish;
6 oy davomida “Mutolaa” loyihasi doirasida har oyda bitta kitob mutolaa qilish.
17. Budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishini nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilangan tartibda oʻrganishlar natijasida ajratilgan grantlar maqsadsiz ishlatilganligi aniqlanganda, ariza beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
2-§. Nogironligi boʻlgan yoshlarning parasport toʻgaraklariga qatnashishi uchun yoʻlkira xarajatlarini qoplab berish tartibi
18. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning nogironligi boʻlgan 14 — 30 yoshdagi (31 yoshga toʻlmagan) aʼzosi boʻlgan ariza beruvchi parasport toʻgaraklariga qatnashish uchun yoʻlkira xarajatlarini “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan qoplab berishni soʻrab mazkur Reglamentning 4-bandida belgilangan tartibda, ushbu Reglamentga 3-ilovadagi ariza shaklini toʻldirib murojaat qiladi.
19. Ariza beruvchining murojaati mazkur Reglamentning 4 — 9-bandlarida va unga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
“Mahalla yettiligi” tomonidan ariza beruvchiga parasport toʻgaraklariga qatnashishi uchun yoʻlkira xarajatlarini qoplab berish haqida qaror qabul qilinganda, ariza beruvchi haqiqatda parasport toʻgaraklariga qatnashayotganligi Sport vazirligining “ERP-sport” axborot tizimi orqali monitoring qilib boriladi.
Ushbu monitoring natijalariga asosan ariza beruvchi tasdiqlangan bir oylik parasport mashgʻulotlarining:
yarmidan kam qismiga qatnashganda, BHMning 0,5 baravari;
yarmidan koʻp qismiga qatnashganda, BHMning 1 baravari miqdorida yoʻlkira xarajatlari keyingi oyning 5-sanasiga qadar tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ariza beruvchining ijtimoiy kartasiga oʻtkazib beriladi.
20. Monitoring jarayonida ariza beruvchi parasport toʻgaraklariga qatnashmayotgani aniqlanganda, mahalladagi yoshlar yetakchisi tasdiqlovchi maʼlumotlar va hujjatlarni “mahalla yettiligi”ga kiritadi va “mahalla yettiligi”ning qaroriga asosan parasport toʻgaraklariga qatnash uchun yoʻlkira xarajatlarini qoplab berish toʻxtatiladi.
3-§. Muntazam sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotgan yoshlar uchun maxsus sport formasi, inventar yoki musiqa hamda cholgʻu asboblarini xarid qilish tartibi
21. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 6 oy davomida muntazam sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotgan 14 — 20 yoshdagi (21 yoshga toʻlmagan) aʼzosi boʻlgan ariza beruvchi maxsus sport formasi, inventar yoki musiqa hamda cholgʻu asboblarini “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan xarid qilish boʻyicha mazkur Reglamentning 4-bandida belgilangan tartibda, ushbu Reglamentga 4-ilovadagi ariza shaklini toʻldirib murojaat qiladi.
22. Ariza beruvchining murojaati mazkur Reglamentning 4 — 9-bandlarida va unga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
“Mahalla yettiligi” tomonidan ariza beruvchiga maxsus sport formasi, inventar yoki musiqa va cholgʻu asboblarini xarid qilib berish haqida qaror qabul qilinganda, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ushbu moddiy boyliklar 15 ish kuni ichida BHMning 10 baravarigacha miqdorda belgilangan tartibda xarid qilinib, ariza beruvchiga taqdim etiladi.
Bunda maxsus axborot portalida eʼlon joylashtirmasdan va xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali buyum va inventarlarni yetkazib beruvchilarni aniqlashga ruxsat etiladi.
Ushbu paragrafda nazarda tutilgan ijtimoiy yordam ajratilishi munosabati bilan ariza beruvchi bilan tuziladigan ijtimoiy shartnomada ariza beruvchining zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
volontyorlik loyihalarida ishtirok etish;
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tanlov va musobaqalarning kamida bittasida ishtirok etish;
6 oy davomida “Mutolaa” loyihasi doirasida har oyda bitta kitob mutolaa qilish;
6 oy davomida “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida xorijiy tillarni oʻzlashtirish boʻyicha kamida B1 darajaga erishish.
23. Ushbu paragrafda nazarda tutilgan ijtimoiy yordam ayni bir yoshga faqat bir marta taqdim etiladi.
4-§. Jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplab berish tartibi
24. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar hamda oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning 14 — 30 yoshdagi (31 yoshga toʻlmagan) aʼzosi boʻlgan ariza beruvchi davolanish xarajatlarini qoplab berishni soʻrab ushbu Reglamentning 4-bandida belgilangan tartibda, mazkur Reglamentga 5-ilovadagi ariza shaklini toʻldirib murojaat qiladi.
Ushbu yordam turi ayni bir ariza beruvchiga bir yilda bir marta ajratiladi.
Bunda:
jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun — BHMning 50 baravarigacha, jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun — Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi belgilangan bazaviy narxlar doirasida mablagʻ ajratiladi;
mazkur yordam uni oluvchilar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq Davlat tibbiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatilmagan yoki ushbu yordam xarajatlari boshqa manbalar (“Ayollar daftari” jamgʻarmasi, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi va boshqa manbalar) hisobidan qoplanmagan holatlarda koʻrsatiladi.
25. Ariza beruvchining murojaati mazkur Reglamentning 4 — 9-bandlarida va unga 5a-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
“Mahalla yettiligi” tomonidan ariza beruvchining davolanish xarajatlarini qoplab berish uchun subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganda, Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalari hamda Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan:
ariza beruvchi Sogʻliqni saqlash vazirligining DMED axborot tizimi orqali Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarni davolash boʻyicha shartnomasi mavjud hududiy va Respublika darajasidagi davlat tibbiyot tashkilotlari, shuningdek, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda — tibbiyot tashkilotlari) davolanish uchun yoʻnaltiriladi;
ariza beruvchi Sogʻliqni saqlash vazirligining DMED axborot tizimi orqali boshqa shaxslardan alohida tarzda yuritiladigan navbat asosida davolatiladi;
jarrohlik amaliyotisiz davolash hamda jarrohlik amaliyotini oʻtkazadigan tibbiyot tashkilotlari bemorlarning yoʻllanma va alohida navbat asosida qabul qilinishi hamda ularni davolash tashkil etilishini taʼminlaydi;
bemor davolanganidan soʻng unga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarni asoslovchi hujjatlar tibbiyot tashkilotlari tomonidan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq toʻlov uchun taqdim etiladi.
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tegishli tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimiga koʻrsatilgan tibbiy xizmat xarajatlarini qoplab berish uchun elektron tizim orqali talabnoma kiritadi.
Bunda soʻralgan mablagʻ bemorga tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi yoki boʻlimlari tomonidan berilgan xulosada belgilangan mablagʻ miqdoridan oshmasligi lozim.
26. Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasining talabnomasiga muvofiq tuman (shahar) hokimligi tomonidan “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan uch ish kuni ichida tegishli xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati tomonidan tegishli mablagʻlar tibbiyot tashkilotiga oʻtkazib beriladi.
Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati tomonidan “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan tibbiyot tashkilotlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha alohida hisob-kitob yuritiladi.
27. Yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazish Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tanlangan hamda shartnoma tuzilgan tibbiyot tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda ariza beruvchiga ushbu paragrafda belgilangan yordam bir yilda bir marta ajratiladi.
5-§. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplab berish uchun subsidiya ajratish tartibi
28. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 16 — 30 yoshdagi (31 yoshga toʻlmagan) aʼzosi boʻlgan ariza beruvchi “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan “A”, “B”, “D” va “DE” toifalaridan biri boʻyicha avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlari uchun BHMning 8 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishni soʻrab, mazkur Reglamentning 4-bandida belgilangan tartibda, ushbu Reglamentga 6-ilovadagi ariza shaklini toʻldirib murojaat qiladi.
29. Ariza beruvchining murojaati mazkur Reglamentning 4 — 9-bandlarida va unga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
“Mahalla yettiligi” tomonidan ariza beruvchiga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganda, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan yetti ish kuni ichida tegishli yordamning 50 foiz qismi shartnomaga asosan taʼlim tashkilotining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Bunda ijtimoiy yordamning qolgan 50 foiz qismi ariza beruvchi tomonidan mazkur ijtimoiy yordam uchun ariza berilgan kundan boshlab bir yil muddatda milliy haydovchilik guvohnomasi olingan taqdirda, ariza beruvchining ijtimoiy kartasiga oʻtkazib beriladi.
30. Ushbu paragrafda nazarda tutilgan subsidiya ayni bir yoshga faqat bir marta taqdim etiladi, ular bilan tuziladigan ijtimoiy shartnomada ariza beruvchining zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
volontyorlik loyihalarida ishtirok etish;
6 oy davomida “Mutolaa” loyihasi doirasida har oyda bitta kitob mutolaa qilish;
haydovchilik guvohnomasini olgandan soʻng bir oy ichida rasmiy band sifatida ish (oʻqish) faoliyatini boshlash (rasmiy sektorda band boʻlmaganlar uchun).
6-§. Kasbiy taʼlim va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining toʻlov-kontrakt summasini toʻlab berish tartibi
31. Oʻzbekiston Respublikasida “Kasbiy taʼlim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimidan (P-Emis) foydalanadigan kasbiy taʼlim tashkilotlarida kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan, shuningdek, oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimidan (NEMIS) foydalanadigan davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida bakalavriat va magistraturaning kunduzgi taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning 14 — 30 yoshdagi (31 yoshga toʻlmagan) aʼzosi boʻlgan ariza beruvchi toʻlov-kontrakt summasining bir qismini “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan qoplab berishni soʻrab mazkur Reglamentning 4-bandida belgilangan tartibda, ushbu Reglamentga 7-ilovadagi ariza shaklini toʻldirib murojaat qiladi (ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik, masofaviy, sirtqi va kechki taʼlim shaklida, qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlar bundan mustasno).
Bunda ariza beruvchining toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplab berilishi mumkin.
32. Ariza beruvchining murojaati mazkur Reglamentning 4 — 9-bandlarida va unga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
“Mahalla yettiligi” tomonidan ariza beruvchining toʻlov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganda kontrakt toʻlovi ariza beruvchi tomonidan u bilan tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini dastlabki oyda bajarish darajasiga mutanosib miqdorda taʼlim tashkilotining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Toʻlov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratilishi munosabati bilan ariza beruvchi bilan tuziladigan ijtimoiy shartnomada ariza beruvchining zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
yordam ajratilgan davrdagi oʻquv semestrida oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi eng kamida 4 baho boʻlishi;
volontyorlik loyihalarida ishtirok etish;
6 oy davomida “Mutolaa” loyihasi doirasida har oyda bitta kitob mutolaa qilish;
6 oy davomida “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida xorijiy tillarni oʻzlashtirish boʻyicha kamida B1 darajaga erishish.
33. Mazkur ijtimoiy yordamni ajratish uchun murojaat yilning iyul — sentabr oylaridan boshqa paytlarda, yil davomida qabul qilinadi.
7-§. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlash tartibi
34. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yosh oilaning aʼzosi boʻlgan ariza beruvchi (er yoki xotin) turar joy ijarasi xarajatlarini “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan qoplab berishni soʻrab ushbu Reglamentning 4-bandida belgilangan tartibda, mazkur Reglamentga 8-ilovadagi ariza shaklini toʻldirib murojaat qiladi.
Bunda:
ijara xarajatlari uchun 12 oygacha har oyda ijara toʻlovlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 2 baravaridan (Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlaridagi turar joy ijarasi uchun BHMning 3 baravaridan) koʻp boʻlmagan miqdorda mablagʻ ajratiladi;
ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi (ariza beruvchi) oʻzaro yaqin qarindosh boʻlgan hollarda ushbu paragrafda nazarda tutilgan kompensatsiyani ajratish avtomatik tarzda rad etiladi.
35. Ariza beruvchining murojaati ushbu Reglamentning 4 — 9-bandlarida va unga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
“Mahalla yettiligi” tomonidan ariza beruvchiga turar joy ijarasi xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash haqida qaror qabul qilinganda, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan har oylik ijara toʻlovi keyingi oyning 5-sanasiga qadar (ijtimoiy shartnoma shartlarining avvalgi oydagi bajarilish darajasiga mos holda) ariza beruvchining ijtimoiy kartasiga oʻtkazib beriladi.
Turar joy ijarasi xarajatlari kompensatsiya qilinishi munosabati bilan ariza beruvchi bilan tuziladigan ijtimoiy shartnomada ariza beruvchi zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
volontyorlik loyihalarida ishtirok etish;
12 oy davomida “Mutolaa” loyihasi doirasida har oyda bitta kitob mutolaa qilish;
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tanlov va musobaqalarning kamida bittasida ishtirok etish.
36. Mahalladagi yoshlar yetakchisi ijaraga oluvchi haqiqatda ijaraga olingan turar joyda yashayotganini har oyda kamida bir marta monitoring qiladi.
Oʻrganish jarayonida ijaraga oluvchi ijaraga olingan turar joyda yashamayotganligi aniqlangan taqdirda, mahalladagi yoshlar yetakchisi tasdiqlovchi maʼlumotlar va hujjatlarni “mahalla yettiligi”ga kiritadi va “mahalla yettiligi”ning qaroriga asosan ijara toʻlovi uchun subsidiya ajratish toʻxtatiladi.
8-§. Yoshlarni tadbirkorlik, anʼanaviy va zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga oʻqitish xarajatlarini qoplab berish tartibi
37. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 14 — 30 yoshdagi (31 yoshga toʻlmagan) aʼzosi boʻlgan ariza beruvchi 6 oygacha tadbirkorlikni, anʼanaviy va zamonaviy kasblarni, axborot texnologiyalarni va xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan qoplab berishni soʻrab mazkur Reglamentning 4-bandida belgilangan tartibda, ushbu Reglamentga 9-ilovadagi ariza shaklini toʻldirib murojaat qiladi.
Bunda oʻqish xarajatlari uchun 6 oygacha har oyda BHMning 4 baravarigacha miqdorda mablagʻ ajratiladi.
38. Ariza beruvchining murojaati mazkur Reglamentning 4 — 9-bandlarida va unga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Bunda:
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-son qarori bilan tasdiqlangan Yoshlarning oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻqish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq ariza beruvchiga ilgari “2+6” dasturi doirasida xorijiy tilni oʻrganish uchun Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan subsidiya ajratilgan boʻlsa, ushbu ariza beruvchining aynan oʻsha xorijiy tilni oʻrganish boʻyicha “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratish haqidagi murojaatini qanoatlantirish rad etiladi;
ushbu subsidiya Yoshlar yagona elektron platformasidan roʻyxatdan oʻtgan oʻquv markazlariga “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshning tadbirkorlik, anʼanaviy va zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillar boʻyicha oʻqish xarajati uchun oʻtkazib beriladi.
Quyidagi talablar bajarilganda, taʼlim tashkiloti Yoshlar yagona elektron platformasidan roʻyxatdan oʻtkaziladi:
a) taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati boʻyicha litsenziya yoki xabarnoma qabul qilingani toʻgʻrisidagi tasdiqnoma, YTTlar uchun faoliyat turi boʻyicha tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtganligi boʻyicha maʼlumot Yoshlar yagona elektron platformasi orqali avtomatik tarzda aniqlanadi:
b) Yoshlar yagona elektron platformasi orqali quyidagi hujjatlar (pdf formatda) taqdim etiladi:
taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida faoliyat yuritishini tasdiqlovchi hujjatlar;
tadbirkorlik, anʼanaviy va zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalarini va xorijiy tillarni oʻrgatuvchi oʻqituvchilarning diplomi yoki malakasini tasdiqlovchi hujjat va JSHSHIR maʼlumoti. Bunda xorijiy tilni oʻrgatuvchi oʻqituvchilarning til bilish darajasi boʻyicha kamida B2 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan darajadagi milliy yoxud xalqaro sertifikati taqdim etiladi;
v) taʼlim tashkiloti ariza beruvchilarning oʻquv mashgʻulotlarida qatnashganini kunlik elektron nazorat qilish imkonini beruvchi biometrik identifikatsiya tizimiga (Face ID) ega boʻlishi va ushbu tizimini Yoshlar yagona elektron platformasiga integratsiya qilishi talab etiladi.
39. “Mahalla yettiligi” tomonidan ariza beruvchiga tadbirkorlikni, anʼanaviy va zamonaviy kasblarni, axborot texnologiyalarini va xorijiy tillarni oʻrganish xarajatlari uchun subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan har oylik toʻlovlar keyingi oyning 5-sanasiga qadar (ariza beruvchining ijtimoiy shartnoma shartlarini avvalgi oydagi bajarish darajasi hamda davomati holatiga mos holda) ariza beruvchi va oʻquv markazi oʻrtasidagi shartnomaga asosan oʻquv markazining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Ushbu paragrafda nazarda tutilgan subsidiya ajratilishi munosabati bilan ariza beruvchi bilan tuziladigan ijtimoiy shartnomada ariza beruvchining zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
volontyorlik loyihalarida ishtirok etish;
6 oy davomida “Mutolaa” loyihasi doirasida har oyda bitta kitob mutolaa qilish;
6 oy davomida “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida xorijiy tillarni oʻzlashtirish boʻyicha kamida B1 darajaga erishish.
9-§. Ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarga ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslari uchun subsidiya ajratish tartibi
40. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 14 — 30 yoshdagi (31 yoshga toʻlmagan) aʼzosi boʻlgan ariza beruvchi ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi muddatli oʻquv kurslari xarajatlarini “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan qoplab berishni soʻrab mazkur Reglamentning 4-bandida belgilangan tartibda, ushbu Reglamentga 10-ilovadagi ariza shaklini toʻldirib murojaat qiladi.
Bunda oʻqish xarajatlari uchun 6 oygacha har oyda BHMning 1 baravarigacha miqdorda mablagʻ ajratiladi.
Ushbu subsidiya Yoshlar yagona elektron platformasidan roʻyxatdan oʻtgan taʼlim tashkilotlariga “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi muddatli oʻquv kurslarida oʻqish xarajati uchun oʻtkazib beriladi.
Quyidagi talablar bajarilganda taʼlim tashkiloti Yoshlar yagona elektron platformasidan roʻyxatdan oʻtkaziladi:
a) taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati boʻyicha litsenziya yoki xabarnoma qabul qilingani toʻgʻrisidagi tasdiqnoma, YTTlar uchun faoliyat turi boʻyicha tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtganligi boʻyicha maʼlumot Yoshlar yagona elektron platformasi orqali avtomatik tarzda aniqlanadi:
b) Yoshlar yagona elektron platformasi orqali quyidagi hujjatlar (pdf formatda) taqdim etiladi:
taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida faoliyat yuritishini tasdiqlovchi hujjatlar;
ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim beruvchi oʻqituvchilarning diplomi yoki malakasini tasdiqlovchi hujjat va JSHSHIR maʼlumoti;
v) taʼlim tashkiloti ariza beruvchilarning oʻquv mashgʻulotlarida qatnashganini kunlik elektron nazorat qilish imkonini beruvchi biometrik identifikatsiya tizimiga (Face ID) ega boʻlishi va ushbu tizimini Yoshlar yagona elektron platformasiga integratsiya qilishi talab etiladi.
41. Ariza beruvchining murojaati mazkur Reglamentning 4 — 9-bandlarida va unga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
42. “Mahalla yettiligi” tomonidan ariza beruvchiga ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan har oylik toʻlovlar keyingi oyning 5-sanasiga qadar (ariza beruvchining ijtimoiy shartnoma shartlarini avvalgi oydagi bajarish darajasi hamda davomati holatiga mos holda) shartnomaga asosan taʼlim tashkilotining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratilishi munosabati bilan ariza beruvchi bilan tuziladigan ijtimoiy shartnomada ariza beruvchining zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
volontyorlik loyihalarida ishtirok etish;
6 oy davomida “Mutolaa” loyihasi doirasida har oyda bitta kitob mutolaa qilish;
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tanlov va musobaqalarning kamida bittasida ishtirok etish.
10-§. Yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya berish tartibi
43. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 14 — 30 yoshdagi (31 yoshga toʻlmagan) aʼzosi boʻlgan ariza beruvchi ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish bilan bogʻliq yashash va transport xarajatlari uchun BHMning 4 baravarigacha hamda ushbu olimpiada, tanlov va musobaqalarning xalqaro bosqichlarida qatnashish bilan bogʻliq yashash va transport xarajatlari uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan subsidiya ajratishni soʻrab mazkur Reglamentning 4-bandida belgilangan tartibda, ushbu Reglamentga 11-ilovadagi ariza shaklini toʻldirib murojaat qiladi.
44. Ariza beruvchining murojaati mazkur Reglamentning 4 — 9-bandlarida va unga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
“Mahalla yettiligi” tomonidan ariza beruvchiga olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganda, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan qarorda belgilangan mablagʻlar ariza beruvchining ijtimoiy kartasiga oʻtkazib beriladi.
Olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya ajratilishi munosabati bilan ariza beruvchi bilan tuziladigan ijtimoiy shartnomada ariza beruvchining zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
volontyorlik loyihalarida ishtirok etish;
6 oy davomida “Mutolaa” loyihasi doirasida har oyda bitta kitob mutolaa qilish;
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tanlov va musobaqalarning kamida bittasida ishtirok etish.
Ushbu paragrafda nazarda tutilgan yordam turi ayni bir ariza beruvchiga bir yilda bir marta beriladi.
11-§. Yoshlarga taʼlim, xorijiy tillar, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohasiga va fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotining noturar joy ijarasi yoki zarur jihozlar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplab berish tartibi
45. Yoshlarga taʼlim, xorijiy tillar, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohasiga va fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan chekka va olis hududlardagi qishloq joylarda tashkil etilgan nodavlat taʼlim tashkilotining rahbari oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun noturar joy ijarasi yoki zarur jihozlar bilan taʼminlash xarajatlarini “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan qoplab berishni soʻrab mazkur Reglamentning 4-bandida belgilangan tartibda, ushbu Reglamentga 12-ilovadagi ariza shaklini toʻldirib murojaat qiladi. Bunda:
ariza beruvchi rahbarlik qilayotgan nodavlat taʼlim tashkiloti Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 426-son qarori bilan tasdiqlangan Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovada (Yoshlar ishlari agentligi direktori tomonidan ushbu ilovaga kiritilgan qoʻshimchalar inobatga olingan holda) keltirilgan olis va chekka hududlarda faoliyat olib borayotgan boʻlishi;
nodavlat taʼlim tashkilotida oʻqiyotgan jami oʻquvchilarining kamida 20 foizini Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari tashkil etishi;
ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi (ariza beruvchi) oʻzaro yaqin qarindosh boʻlmasligi talab etiladi.
Ushbu paragrafda nazarda tutilgan yordam turi ayni bir ariza beruvchiga bir marta BHMning 50 baravarigacha miqdorda ajratiladi.
46. Ariza beruvchining murojaati mazkur Reglamentning 4 — 9-bandlarida va unga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
“Mahalla yettiligi” tomonidan ariza beruvchiga nodavlat taʼlim tashkilotining noturar joy ijarasi yoki zarur jihozlar bilan taʼminlash xarajatlari uchun subsidiya ajratish boʻyicha qaror qabul qilinganda, belgilangan mablagʻ yetti ish kuni ichida shartnomaga asosan ijaraga beruvchi jismoniy shaxsning bank plastik kartasiga yoki ijaraga beruvchi yuridik shaxsning bank hisobvaragʻiga, jihozlash xarajatlari uchun ariza beruvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Ushbu paragrafda nazarda tutilgan yordam turi ajratilishi munosabati bilan ariza beruvchi bilan tuziladigan ijtimoiy shartnomada ariza beruvchining zimmasiga 6 oy davomida “Mutolaa” loyihasi doirasida har oyda bitta kitob mutolaa qilish majburiyati yuklanadi.
12-§ Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni bepul oʻtashi uchun yoshlar yetakchisi tomonidan tavsiya berish tartibi
47. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning oʻn sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha boʻlgan, salomatligiga koʻra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli erkak aʼzosi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni bepul oʻtashi uchun tavsiyanoma (keyingi oʻrinlarda — tavsiyanoma) berishni soʻrab ushbu Reglamentning 4-bandida belgilangan tartibda, mazkur Reglamentga 13-ilovadagi ariza shaklini toʻldirib murojaat qiladi.
Bunda ariza beruvchi murojaatiga tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi huzurida tuzilgan hududiy tibbiy komissiya tomonidan berilgan harbiy xizmatga yaroqlilik boʻyicha xulosani ilova qilishi lozim.
Ariza beruvchining murojaati mazkur Reglamentga 13a-ilovadagi sxemada belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
48. Ariza beruvchining oilasi Ijtimoiy reyestrda mavjud ekanligi tasdiqlanib, uning murojaati YIDXP orqali yuborilganda mahalladagi yoshlar yetakchisi uch ish kunida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni bepul oʻtash uchun tavsiyanomani Yoshlar yagona elektron platformasi orqali shakllantiradi va tavsiyanomani ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Bunda tavsiyanoma berilgan ariza beruvchi Mudofaa vazirligi tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni bepul oʻtash uchun belgilangan tartibda yuboriladi.
49. Tavsiyanoma ayni bir yoshga faqat bir marta beriladi va ushbu ariza beruvchi bilan tuziladigan ijtimoiy shartnomada ariza beruvchining zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
volontyorlik loyihalarida ishtirok etish;
6 oy davomida “Mutolaa” loyihasi doirasida har oyda bitta kitob mutolaa qilish;
6 oy davomida “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida xorijiy tillarni oʻzlashtirish boʻyicha kamida B1 darajaga erishish;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtaganidan soʻng bir oy ichida rasmiy sektorda ish (oʻqish) faoliyatini boshlash (rasmiy sektorda band boʻlmaganlar uchun).
Ariza beruvchi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtab qaytgan kundan boshlab uch ish kuni ichida tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimini rasmiy xat orqali xabardor qiladi.
Ariza beruvchi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtab qaytgan sanadan boshlab uch ish kunidan soʻng ariza beruvchining ijtimoiy shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarish muddati boshlanadi.
13-§. Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish
50. Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasida kalendar-rejaga kiritilgan tadbir hamda loyihalarni tashkil etish va oʻtkazishda:
a) mahalla darajasidagi tadbirlarni tashkil qilish uchun “mahalla yettiligi”ning qaroriga asosan;
b) tuman (shahar) darajasidagi tadbirlarni tashkil etish uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qaroriga asosan;
v) hududiy darajadagi tadbirlarni tashkil etish uchun hududiy Vasiylik kengashining qaroriga asosan tegishli “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratiladi.
Bunda har bir mahalla darajasidagi tadbirlarga bir kalendar oy uchun — BHMning 20 baravarigacha mablagʻ ajratiladi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirishga moliya yili davomida “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi tushumlarining 25 foizidan koʻp boʻlmagan qismini yoʻnaltirishga ruxsat etiladi.
51. Ushbu paragrafda nazarda tutilgan mahalla darajasida oʻtkaziladigan tadbirlarni amalga oshirish uchun mahalladagi yoshlar yetakchisi tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻiga asoslangan hisob-kitoblar bilan talabnoma kiritadi.
Talabnoma kalendar-rejaga muvofiq boʻlgan taqdirda, tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi tegishli “mahalla yettiligi”ga talabnomani koʻrib chiqish haqida soʻrov yuboradi.
“Mahalla yettiligi” tegishli mablagʻlarni ajratish boʻyicha besh ish kuni ichida oddiy koʻpchilik ovoz bilan qaror qabul qiladi.
Ushbu qaror asosida tuman (shahar) hokimligi buxgalteriyasi tadbir tashkil etish uchun xarajatlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiradi.
52. Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi ushbu paragrafda nazarda tutilgan tuman (shahar) darajasida oʻtkaziladigan tadbirlarni amalga oshirish uchun mablagʻ ajratish boʻyicha qaror qabul qilishni soʻrab tegishli hisob-kitoblar hamda zaruriy hujjatlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga taqdim qiladi.
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida tuman (shahar) hokimligi buxgalteriyasi tadbir tashkil etish uchun xarajatlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiradi.
53. Ushbu paragrafda nazarda tutilgan hududiy darajada oʻtkaziladigan tadbirlarni amalga oshirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmasi boshliqlari hudud darajasida tadbir tashkil etish uchun mablagʻ ajratish boʻyicha qaror qabul qilishni soʻrab tegishli hisob-kitoblar hamda zaruriy hujjatlarni tegishliligi boʻyicha hududiy “Yoshlar daftari”ning Vasiylik kengashlariga taqdim qiladi.
Vasiylik kengashi qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari buxgalteriyasi tadbirni tashkil etish uchun xarajatlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiradi.
Kalendar-rejada aks etmagan, biroq hududning oʻziga xosligidan kelib chiqib, mahalla, tuman (shahar) bosqichlarini oʻzida aks ettirgan tadbirlarni moliyalashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmasi bilan kelishilgandan soʻng tuman (shahar) va hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
54. Mahalladagi yoshlar yetakchisi tovar-moddiy boyliklarni yoshlarga tarqatish, topshirish — qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtiradi va tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimiga topshiradi.
Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmalari mahalla, tuman (shahar), hududiy darajada oʻtkazilgan tadbirlar boʻyicha tegishligiga koʻra xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
4-bob. “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan yordam ajratish tartibi
55. Ariza beruvchiga ijtimoiy yordam ajratish haqida qabul qilingan qarorlarga asosan ushbu qarorlar qabul qilingan sanalar ketma-ketligidan kelib chiqib, ushbu Reglamentda belgilangan muddatlarda “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan ariza beruvchilarga ijtimoiy yordam turlari ajratiladi.
Bunda “mahalla yettiligi”ning navbatdagi yigʻilishida ariza beruvchiga ijtimoiy yordam ajratilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat tantanali ravishda topshiriladi.
56. Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan mahallaga taqsimlangan mablagʻlar ariza beruvchiga yordam koʻrsatish uchun yetarli boʻlmaganda, “mahalla yettiligi” ijtimoiy yordam ajratishni yetarli mablagʻ shakllanguniga qadar kechiktirish boʻyicha qaror qabul qiladi. Bunda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasida ushbu ariza beruvchiga yordam koʻrsatish uchun yetarli mablagʻ shakllanganida, ushbu qaror asosida ijtimoiy yordam ajratilishi taʼminlanadi.
57. Ariza beruvchiga uning arizasi maʼqullangan sanadan boshlab 30 kalendar kun mobaynida “Yoshlar daftari” jamgʻarmasida mablagʻ yetarli emasligi sababli tegishli yordam koʻrsatilmasa, tuman (shahar) hokimining yoki hududiy yoshlar ishlari boshqarmasining talabnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarining qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjetida shakllangan qoʻshimcha manbalar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ushbu ariza beruvchiga tegishli ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga mablagʻ ajratiladi.
5-bob. Ijtimoiy shartnoma shartlarining ariza beruvchilar tomonidan bajarilishini monitoring qilish tartibi
1-§ Ijtimoiy shartnomani tuzish va uning shartlari bajarilishini baholash tartibi
58. Ijtimoiy shartnoma tegishli mahalladagi yoshlar yetakchisi hamda ariza beruvchi (oʻn olti yoshgacha boʻlganlar uchun ularning nomidan ota-onasi yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar) oʻrtasida Yoshlar yagona elektron platformasida tuziladi.
Bunda ariza beruvchi “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan yordam olish uchun ariza yuborish vaqtida ommaviy ofertaga rozilik bildirish orqali yoshlar yetakchisi esa “mahalla yettiligi” tomonidan qaror qabul qilish uchun murojaatni yuborish vaqtida ijtimoiy shartnomani imzolaydi.
59. Ijtimoiy shartnoma shartlarining bajarilishi Yoshlar yagona elektron platformasi orqali avtomatik tarzda monitoring qilinadi.
Monitoring jarayonida ijtimoiy shartnomada belgilangan har bir shartning bajarilishi har oyda 100 balli tizimda baholanadi, barcha shartlar boʻyicha yigʻilgan ballarining umumiy yigʻindisini shartlarning soniga boʻlgan holda oʻrtacha koʻrsatkich aniqlanadi.
Bunda oʻrtacha koʻrsatkich:
0 ball boʻlsa — “bajarilmagan”
1 — 60 ball boʻlsa — “lozim darajada bajarilmagan”;
61 — 70 ball boʻlsa — “qoniqarli”;
71 — 85 ball boʻlsa — “yaxshi”;
86 — 100 ball boʻlsa — “aʼlo” deb baholanadi.
Yoshlar yetakchisi, zaruratga koʻra, ijtimoiy shartnoma shartlarining bajarilishini joyiga chiqqan holda nazorat qilish huquqiga ega.
2-§ Ijtimoiy shartnomaning shartlarini bajarishda yuqori natijalarga erishgan yoshlarni ragʻbatlantirish tartibi
60. Olti oy davomida ijtimoiy shartnoma shartlarini muntazam har oylik bajarish koʻrsatkichlari “aʼlo” boʻlgan yoshlar “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan yordam olish maqsadida murojaat qilganida, ijtimoiy yordamlarni soʻrab murojaat qilgan vaqtidan qatʼi nazar, ularning murojaati imtiyozli ravishda navbatdan tashqari mazkur Reglamentda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda tegishli ijtimoiy yordam ajratilishi taʼminlanadi hamda ushbu yoshlar ularning tashabbuskorligi va faolligini ragʻbatlantirishga qaratilgan mukofotlarga tavsiya etiladi.
61. Kamida olti oy davomida har oy muntazam ijtimoiy shartnoma shartlarini “aʼlo” darajada bajargan, ushbu oylardagi koʻrsatkichlarining umumiy yigʻindisini tegishli oylar soniga boʻlganda oʻrtacha oylik koʻrsatkichlari eng yuqori boʻlgan 1 000 nafargacha yoshlar har yili dekabr oyida Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan BHMning 3 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Bunda 1 000-natijani qayd etgan koʻrsatkich bilan bir xil koʻrsatkich qayd etgan yoshlarga ham ushbu bandda belgilangan pul mukofoti beriladi.
3-§ Ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda choralarni qoʻllash tartibi
62. Mazkur Reglamentning 1, 3, 5, 6, 10, 11 va 12-paragraflarida belgilangan yordam turlari taqdim etilishi munosabati bilan tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlari boʻyicha ariza beruvchi tomonidan “bajarilmagan” yoki “lozim darajada bajarilmagan” koʻrsatkichlar qayd etilganda (bir oylik koʻrsatkich 0-60 ball boʻlganda), ijtimoiy shartnoma boʻyicha ariza beruvchining majburiyatlarini bajarish muddati boshlangan sanadan bir oydan soʻng quyidagi ketma-ketlikda choralar qoʻllanadi:
a) yoshlar yetakchisi tomonidan Yoshlar yagona elektron platformasi orqali shakllanadigan ijtimoiy shartnomaning bajarilmagan shartlarini oʻn besh kun ichida bajarish lozimligi toʻgʻrisidagi ogohlantirish xati ariza beruvchiga imzo qoʻydirib beriladi;
b) ariza beruvchiga ogohlantirish xati berilgan sanadan bir oydan soʻng ijtimoiy shartnoma shartlari “bajarilmagan” yoki “lozim darajada bajarilmagan” deb topilganda, ushbu ariza beruvchi “Yoshlar daftari”dan chiqariladi hamda uni “Yoshlar daftari”ga kiritish va “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratishga bir yil muddatga cheklov qoʻyiladi.
Ushbu cheklov muddati yakuniga yetgandan soʻng “mahalla yettiligi”ning qaroriga asosan ariza beruvchini “Yoshlar daftari”ga kiritish va unga ijtimoiy yordam ajratish maʼqullanganda, unga ushbu ijtimoiy yordam uning eng koʻp miqdoridan 30 foizga kam miqdorda ajratiladi;
v) ijtimoiy yordam ajratilgan sanadan bir oydan soʻng ariza beruvchi tomonidan ijtimoiy shartnoma shartlari “bajarilmagan” yoki “lozim darajada bajarilmagan” deb topilganda, ushbu ariza beruvchi “Yoshlar daftari”dan chiqariladi hamda uni “Yoshlar daftari”ga kiritish va “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratishga bir yil muddatga cheklov qoʻyiladi.
63. Mazkur Reglamentning 7 — 9-paragraflarida belgilangan yordam turlari uchun tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlari boʻyicha ariza beruvchi tomonidan “bajarilmagan” yoki “lozim darajada bajarilmagan” koʻrsatkichlari qayd etilganda, ijtimoiy shartnoma boʻyicha ariza beruvchining majburiyatlarni bajarish muddati boshlangan sanadan bir oydan soʻng quyidagi ketma-ketlikda choralar qoʻllanadi:
a) yoshlar yetakchisi tomonidan Yoshlar yagona elektron platformasi orqali shakllanadigan ijtimoiy shartnomaning bajarilmagan shartlarini oʻn besh kun ichida bajarish lozimligi toʻgʻrisidagi ogohlantirish xati ariza beruvchiga imzo qoʻydirib beriladi;
b) ariza beruvchiga ogohlantirish xati berilgan sanadan bir oydan soʻng ijtimoiy shartnoma shartlari boʻyicha ariza beruvchi tomonidan qayd etilgan koʻrsatkich 0 — 30 ball boʻlganda, unga toʻlanishi lozim boʻlgan keyingi oylik toʻlov miqdori 30 foizga kamaytirilib, 31 — 60 ball boʻlganda, 15 foizga kamaytirilib ajratiladi;
v) ushbu bandning “b” kichik bandida belgilangan chora qoʻllanganidan keyin bir oydan soʻng ariza beruvchi tomonidan ijtimoiy shartnoma shartlari boʻyicha “bajarilmagan” yoki “lozim darajada bajarilmagan” koʻrsatkichlari qayd etilganda, keyingi har oylik toʻlovni amalga oshirish toʻxtatiladi;
g) ushbu bandning “b” kichik bandida belgilangan chora qoʻllanganidan keyin bir oydan soʻng ariza beruvchi tomonidan ijtimoiy shartnoma shartlari boʻyicha “bajarilmagan” yoki “lozim darajada bajarilmagan” koʻrsatkichlari qayd etilganda, unga har oylik toʻlovlarni toʻlash bekor qilinib, ushbu ariza beruvchi “Yoshlar daftari”dan chiqariladi hamda uni “Yoshlar daftari”ga kiritish va “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratishga bir yil muddatga cheklov qoʻyiladi.
Bunda agar ushbu bandning “b” va “v” kichik bandlarida belgilangan choralar qoʻllanganidan bir oydan soʻng ariza beruvchi tomonidan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish boʻyicha “qoniqarli” (61-70 ball) va undan yuqori koʻrsatkich qayd etilganda:
“b” kichik bandda belgilangan ushlab qolingan mablagʻ va keyingi oylik toʻlov ariza beruvchi uchun toʻlab beriladi;
“v” kichik bandda belgilangan chora bekor qilinib, keyingi oylik toʻlov ariza beruvchi uchun toʻlab beriladi.
Ushbu bandda belgilangan choralar ariza beruvchiga nisbatan bir marta qoʻllanadi.
Agar ariza beruvchi tomonidan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish boʻyicha “bajarilmagan” yoki “lozim darajada bajarilmagan” koʻrsatkichlaridan soʻng “qoniqarli” va undan yuqori koʻrsatkich qayd etilib, keyingi davrda yana “bajarilmagan” yoki “lozim darajada bajarilmagan” koʻrsatkichlar qayd etilganda, ushbu banddagi qoʻllangan choralar qoʻllanilmay, ketma-ketlik boʻyicha keyingi chora qoʻllanadi.
6-bob. “Yoshlar daftari”dan chiqarish tartibi
64. Yoshlar quyidagi hollarda “Yoshlar daftari”dan chiqariladi:
ushbu Reglamentning 3-bobida belgilangan tegishli amaliy yordam toʻliq koʻrsatilganda;
toʻliq davlat taʼminotiga olinganda;
oʻz arizasiga koʻra;
mazkur Reglamentning 3-bobi 5-paragrafidagi ijtimoiy yordamdan foydalanuvchi yosh ushbu yordamdan foydalanish uchun ariza bergan kundan boshlab 12 oy muddat ichida haydovchilik guvohnomasini olmaganda;
mazkur Reglamentning 62-bandi “b” yoki 63-bandning “g” kichik bandida belgilangan choralar qoʻllanganida;
“Yoshlar daftari”ga noqonuniy kirganligi aniqlanganda;
ishlash yoki doimiy yashash uchun boshqa davlatlarga chiqib ketganiga uch oydan koʻp vaqt oʻtganida;
sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilganda.
“Yoshlar daftari”dan chiqarilayotgan yoshlarga bir kun ichida bu haqida SMS-xabarnoma yuboriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
65. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. Bunda:
mahalladagi yoshlar yetakchisi — ushbu Reglamentda belgilangan muddatni uzrli sabablarsiz (ushbu Reglamentning 4-bandi oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan yoshlar yetakchisi ish faoliyatida boʻlmagan holatlar bilan bogʻliq boʻlmagan holda) buzgan holda ariza beruvchining murojaatini “mahalla yettiligi”ga koʻrib chiqish uchun kiritganda yoki kiritmaganda, mazkur Reglamentning 3-bobi 12-paragrafidagi ijtimoiy yordamdan foydalanish boʻyicha kelib tushgan arizani koʻrib chiqish muddatini uzrli sabablarsiz buzgan holda tavsiya berganda yoki bermaganda, shuningdek, asossiz tarzda tavsiya berishni rad qilganda;
“mahalla yettiligi” aʼzosi — mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoʻnaltirilgan ariza beruvchining murojaati boʻyicha tegishli qaror qabul qilish uchun ushbu Reglamentda belgilangan muddatni uzrli sabablarsiz buzgan holda ovoz bergan yoki ovoz bermaganda yoxud “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan yordam turini ajratishni asossiz tarzda rad qilish haqida xulosa berganda;
tarkibi mazkur Reglamentga 1b-ilova bilan tasdiqlangan Yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlash uchun grant ajratish boʻyicha kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya aʼzosi — “mahalla yettiligi” tomonidan ariza beruvchining murojaati tegishli tartibda yuborilganidan soʻng, ushbu Reglamentda belgilangan muddatni uzrli sabablarsiz buzgan holda yakuniy qarorga ovoz bergan yoki ovoz bermaganda yoxud “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan grant ajratishni asossiz tarzda rad qilish haqida xulosa berganda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlash uchun grant ajratish
SXEMASI
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ariza beruvchi
Ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki Yoshlar yagona elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi.
2. YIDXP yoki Yoshlar yagona elektron platformasi.
Murojaat maʼmuriy reglament talablariga muvofiq boʻlganda murojaatni roʻyxatdan oʻtkazib, unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha roʻyxatga olingan joyidagi yoxud haqiqatan yashab turgan manzilidagi mahalla fuqarolar yigʻinida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchisiga yuboradi.
1. 10 daqiqa ichida.
2. Avtomatik tarzda.
3-bosqich
Mahalladagi yoshlar yetakchisi
Yoshlar yagona elektron platformasi orqali “mahalla yettiligi”ga yigʻilishda ushbu murojaatni koʻrib chiqib, grant ajratishga tavsiya berish yoki grant ajratishga tavsiya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun yuboradi.
3 ish kuni ichida
4-bosqich
“Mahalla yettiligi”
1. Murojaat hamda unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqadi va ariza beruvchiga grant ajratishga tavsiya berish yoki grant ajratishga tavsiya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
2. Grant ajratishga tavsiya berilganda, murojaat va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yakuniy qarorni qabul qilish uchun tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligidagi komissiyaga yuboradi.
5 ish kuni ichida
5-bosqich
Tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligidagi komissiya
Murojaat hamda unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqadi va ariza beruvchiga grant ajratish yoki grant ajratishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
10 ish kuni ichida
6-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
Yakuniy qaror boʻyicha Yoshlar yagona elektron platformasi orqali ariza beruvchiga SMS-xabarnoma, YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga xabar yuboradi.
Yakuniy qaror qabul qilinganda avtomatik tarzda
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1a-ILOVA
Namuna
Yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlash uchun grant ajratish boʻyicha
ARIZA
Ariza t/r
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
-
-
-
Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar
1.1. Ariza beruvchi — yakka tartibdagi tadbirkor yoki nodavlat tashkilot nomi
(avtomatik aniqlanadi)
1.2. Ariza beruvchi yakka tartibdagi tadbirkorning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
(maʼlumot kiritiladi)
1.3. Ariza beruvchi nodavlat tashkilotning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)
(maʼlumot kiritiladi)
1.4. Ariza beruvchining yuridik manzili
(maʼlumot kiritiladi)
1.5. Ariza beruvchining bank rekvizitlari
(maʼlumot kiritiladi)
Bandligi taʼminlanishi nazarda tutilgan yosh fuqarolar haqidagi maʼlumotlar
2.1. Birinchi yosh fuqaroning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
(maʼlumot kiritiladi)
2.2. Birinchi yosh fuqaroning oilasi Ijtimoiy reyestrda mavjudligi
(avtomatik aniqlanadi)
2.3. Birinchi yosh fuqaroning bandlik holati
(avtomatik aniqlanadi)
2.4. Ikkinchi yosh fuqaroning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
(maʼlumot kiritiladi)
2.5. Ikkinchi yosh fuqaroning oilasi Ijtimoiy reyestrda mavjudligi
(avtomatik aniqlanadi)
2.6. Ikkinchi yosh fuqaroning bandlik holati
(avtomatik aniqlanadi)
2.7. Uchinchi yosh fuqaroning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
(maʼlumot kiritiladi)
2.8. Uchinchi yosh fuqaroning oilasi Ijtimoiy reyestrda mavjudligi
(avtomatik aniqlanadi)
2.9. Uchinchi yosh fuqaroning bandlik holati
(avtomatik aniqlanadi)
Grantlar hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalar haqidagi maʼlumotlar (har bir asbob-uskuna haqidagi maʼlumotlar alohida toʻldiriladi)
3.1. Asbob uskunaning nomi
(maʼlumot kiritiladi)
3.2. Asbob uskunaning qiymati
(maʼlumot kiritiladi)
3.3. Asbob-uskunaning parametrlari (tavsifi)
(maʼlumot kiritiladi)
Ilova qilinadigan hujjatlar
4.1. Ariza beruvchining grant ajratilganda kamida 3 nafar yoshni (F.I.O.ni koʻrsatgan holda) ishga qabul qilish va ular tomonidan mehnat faoliyatida foydalanishi uchun asbob-uskuna xarid qilish majburiyatini zimmasiga olishi haqida kafolat xati
(pdf, png yoki jpeg formatda taqdim etiladi)
4.2. Bandligi taʼminlanadigan yoshlarning transport vositalarini boshqarish uchun tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga egaligini tasdiqlovchi hujjatlar (grantlar hisobidan dvigatelining ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, shuningdek, elektr dvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, biroq 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari (moped va skuter) xarid qilinishi nazarda tutilganda taqdim etiladi)
(pdf, png yoki jpeg formatda taqdim etiladi)
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1b-ILOVA
Yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlash uchun grant ajratish boʻyicha kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya
TARKIBI
1.
Lavozimiga koʻra
—
tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisi
2.
Lavozimiga koʻra
—
tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi
3.
Lavozimiga koʻra
—
tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi
4.
Lavozimiga koʻra
—
tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi
5.
Lavozimiga koʻra
—
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan ijtimoiy yordam turlarini ajratish boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish
Ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki Yoshlar yagona elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi.
2. YIDXP yoki Yoshlar yagona elektron platformasi.
Murojaat maʼmuriy reglament talablariga muvofiq boʻlganda, murojaatni roʻyxatdan oʻtkazib, unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha roʻyxatga olingan joyidagi yoxud haqiqatan yashab turgan manzilidagi mahalla fuqarolar yigʻinida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchisiga yuboradi.
1. 10 daqiqa ichida.
2. Avtomatik tarzda.
3-bosqich
Mahalladagi yoshlar yetakchisi
Yoshlar yagona elektron platformasi orqali “mahalla yettiligi” yigʻilishida ushbu murojaat koʻrib chiqilib, qaror qabul qilinishi uchun yuboradi.
3 ish kuni ichida
4-bosqich
“Mahalla yettiligi”
Murojaat hamda unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqadi va ariza beruvchini “Yoshlar daftari”ga kiritish va ijtimoiy yordam ajratish yoki murojaatni qanoatlantirishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
5 ish kuni ichida
5-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
Yoshlar yagona elektron platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning qarori mazmuni haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma, YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga xabar yuboradi.
“Mahalla yettiligi” qarori qabul qilinganda avtomatik tarzda
* Quyidagi yordam turlari ushbu sxema asosida koʻrsatiladi:
nogironligi boʻlgan yoshlarning parasport toʻgaraklariga qatnashishi uchun yoʻlkira xarajatlarini qoplash;
6 oy davomida muntazam sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotgan yoshlar uchun maxsus sport formasi, inventar yoki musiqa va cholgʻu asboblarini xarid qilish;
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish;
kasbiy taʼlim va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining toʻlov-kontrakt summasi toʻlab berish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlash;
yoshlarning tadbirkorlik, anʼanaviy va zamonaviy kasblarni egallash, axborot texnologiyalarini oʻrganish va xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash;
ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslari uchun subsidiya ajratish;
yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya berish;
yoshlarga taʼlim, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohasiga va fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotining noturar joy ijarasi yoki zarur jihozlar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash.
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Namuna
Nogironligi boʻlgan yoshlarning parasport toʻgaraklariga qatnashishi uchun yoʻlkira xarajatlarini qoplash yordamidan foydalanish boʻyicha
ARIZA
Ariza t/r
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
-
-
-
1. F.I.O.
(avtomatik aniqlanadi)
2. Tugʻilgan sanasi
(avtomatik aniqlanadi)
3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
(maʼlumot kiritiladi)
4. Telefon raqami
(maʼlumot kiritiladi)
5. Yashash joyi
(maʼlumot kiritiladi)
6. Nogironligi mavjudligi
(avtomatik aniqlanadi)
7. Yoshning toʻgarakka aʼzoligi
(avtomatik aniqlanadi)
8. Shugʻullanayotgan sport turi
(maʼlumot kiritiladi)
9. Bir oyda oʻtkaziladigan sport mashgʻulotlari soni
(maʼlumot kiritiladi)
10. Ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdori
(maʼlumot kiritiladi)
11. Yoshning oilasi Ijtimoiy reyestrda mavjudligi
(avtomatik aniqlanadi)
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Namuna
6 oy davomida muntazam sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotgan yoshlar uchun maxsus sport formasi, inventar yoki musiqa va cholgʻu asboblarini xarid qilish yordamidan foydalanish boʻyicha
ARIZA
Ariza t/r
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
-
-
-
1. F.I.O. (14 — 18 yoshgacha boʻlgan ariza beruvchi nomidan murojaat qiluvchi qonuniy vakilining F.I.O.)
(avtomatik aniqlanadi)
2. Tugʻilgan sanasi
(avtomatik aniqlanadi)
3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
(maʼlumot kiritiladi)
4. Telefon raqami
(maʼlumot kiritiladi)
5. Yashash joyi
(maʼlumot kiritiladi)
6. Xarid qilinadigan maxsus sport formasi, inventar yoki musiqa va cholgʻu asboblari nomi hamda zarur parametrlari
(maʼlumot kiritiladi)
7. Ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdori
(maʼlumot kiritiladi)
8. Soʻnggi bir yil ichida kamida 6 oy davomida muntazam sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotganligi boʻyicha toʻgarak maʼmuriyati tomonidan berilgan maʼlumotnoma
(pdf, png yoki jpeg formatda kiritiladi)
9. Yoshning oilasi Ijtimoiy reyestrda mavjudligi
(avtomatik aniqlanadi)
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
Namuna
Jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash yordamidan foydalanish boʻyicha
ARIZA
Ariza t/r
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
-
-
-
1. F.I.O.
(avtomatik aniqlanadi)
2. Tugʻilgan sanasi
(avtomatik aniqlanadi)
3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
(maʼlumot kiritiladi)
4. Telefon raqami
(maʼlumot kiritiladi)
5. Yashash joyi
(maʼlumot kiritiladi)
6. Ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdori
(maʼlumot kiritiladi)
7. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi yoki boʻlimlari tomonidan berilgan xulosa*
(pdf, png yoki jpeg formatda taqdim etiladi)
8. Yoshning oilasi Ijtimoiy reyestrda mavjudligi yoki oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilaning aʼzosi ekanligi
(avtomatik aniqlanadi)
* Xulosada bemorni davolash uchun talab etiladigan mablagʻ miqdori (jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun — BHMning 50 baravarigacha, jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun — Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi belgilangan bazaviy narxlar doirasida) aniq belgilangan boʻlishi lozim.
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5a-ILOVA
Jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash
SXEMASI
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ariza beruvchi
Ijtimoiy yordam ajratishni soʻrab tegishli tartibda ariza qoldiradi.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi yoki boʻlimlari tomonidan xulosa olinganidan soʻng
2-bosqich
Yoshlar yetakchisi
Murojaatni oʻrganish va kollegial qaror qabul qilish uchun “mahalla yettiligi”ga kiritadi.
3 ish kuni ichida
3-bosqich
“Mahalla yettiligi”
Murojaat hamda unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqadi va ariza beruvchini “Yoshlar daftari”ga kiritish va ijtimoiy yordam ajratish yoki murojaatni qanoatlantirishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
5 ish kuni ichida
4-bosqich
Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi
Tegishli xarajatlarni qoplash boʻyicha talabnoma kiritadi.
Ariza beruvchini jarrohlik amaliyotisiz davolash yakunlanganidan yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganidan soʻng
5-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasining tegishli hisobraqamlariga oʻtkazib beriladi.
3 ish kuni ichida
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 6-ILOVA
Namuna
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish yordamidan foydalanish boʻyicha
ARIZA
Ariza t/r
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
-
-
-
1. F.I.O.
(avtomatik aniqlanadi)
2. Tugʻilgan sanasi
(avtomatik aniqlanadi)
3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
(maʼlumot kiritiladi)
4. Telefon raqami
(maʼlumot kiritiladi)
5. Yashash joyi:
(maʼlumot kiritiladi)
6. Ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdori
(maʼlumot kiritiladi)
7. Ariza beruvchi tahsil olmoqchi boʻlgan taʼlim tashkilotining ushbu faoliyat turi boʻyicha litsenziyasi mavjudligi
* Shartnomada taʼlim tashkilotining nomi, STIR, oʻqitiladigan toifa nomi, oʻquv kursining jami toʻlovi miqdori va umumiy muddati koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 7-ILOVA
Namuna
Kasbiy taʼlim va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining toʻlov-kontrakt summasini toʻlab berish yordamidan foydalanish boʻyicha
ARIZA
Ariza t/r
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
-
-
-
1. F.I.O.
(avtomatik aniqlanadi)
2. Tugʻilgan sanasi
(avtomatik aniqlanadi)
3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
(maʼlumot kiritiladi)
4. Telefon raqami
(maʼlumot kiritiladi)
5. Yashash joyi
(maʼlumot kiritiladi)
6. Ariza beruvchi tahsil olayotgan taʼlim tashkiloti
(avtomatik aniqlanadi)
7. Ariza beruvchi tahsil olayotgan taʼlim shakli:
(avtomatik aniqlanadi)
8. Taʼlim tashkiloti bilan tuzilgan toʻlov-kontrakt shartnomasi
(avtomatik (elektron tizimdan) olinadi)
9. Ariza beruvchi talabaning toʻlov-kontrakt shartnomasi boʻyicha mavjud qarzdorligi miqdori (ajratilishi lozim boʻlgan yordam miqdori)
(oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun avtomatik aniqlanadi, kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari maʼlumot kiritadi)
10. Yoshning oilasi Ijtimoiy reyestrda mavjudligi
(avtomatik aniqlanadi)
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 8-ILOVA
Namuna
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlash yordamidan foydalanish boʻyicha
ARIZA
Ariza t/r
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
-
-
-
1. F.I.O.
(avtomatik aniqlanadi)
2. Tugʻilgan sanasi
(avtomatik aniqlanadi)
3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
(maʼlumot kiritiladi)
4. Telefon raqami
(maʼlumot kiritiladi)
5. Yashash joyi
(maʼlumot kiritiladi)
6. Ajratilishi soʻralayotgan mablagʻ miqdori
(maʼlumot kiritiladi)
7 Turmush oʻrtogʻi boʻyicha maʼlumot
(avtomatik aniqlanadi)
8. Turar joy ijarasi shartnomasi
(avtomatik olinadi)
9. Yoshning oilasi Ijtimoiy reyestrda mavjudligi
(avtomatik aniqlanadi)
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 9-ILOVA
Namuna
Yoshlarning tadbirkorlik, anʼanaviy va zamonaviy kasblarni egallash, axborot texnologiyalarini oʻrganish va xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash yordamidan foydalanish boʻyicha
ARIZA
Ariza t/r
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
-
-
-
1. F.I.O.
(avtomatik aniqlanadi)
2. Tugʻilgan sanasi
(avtomatik aniqlanadi)
3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
(maʼlumot kiritiladi)
4. Telefon raqami
(maʼlumot kiritiladi)
5. Yashash joyi
(maʼlumot kiritiladi)
6. Tahsil olmoqchi boʻlgan yoʻnalish
(maʼlumot kiritiladi)
7. Tahsil olish muddati
(maʼlumot kiritiladi)
8. Bir oylik toʻlov miqdori
(maʼlumot kiritiladi)
9. Tahsil olmoqchi boʻlgan taʼlim tashkilotining ushbu faoliyat turi boʻyicha litsenziyasi mavjudligi
(avtomatik aniqlanadi)
10. Tahsil olmoqchi boʻlgan taʼlim tashkilotining Yoshlar yagona elektron platformasidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtganligi
* Shartnomada taʼlim tashkilotining nomi, STIR, oʻqitiladigan kasb, xorijiy til turi yoki axborot texnologiyalari yoʻnalishi, oʻquv kursining bir oylik hamda jami toʻlov miqdori va umumiy muddati koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 10-ILOVA
Namuna
Ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarga ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslari uchun subsidiya ajratish yordamidan foydalanish boʻyicha
ARIZA
Ariza t/r
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
-
-
-
1. F.I.O.
(avtomatik aniqlanadi)
2. Tugʻilgan sanasi
(avtomatik aniqlanadi)
3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
(maʼlumot kiritiladi)
4. Telefon raqami
(maʼlumot kiritiladi)
5. Yashash joyi
(maʼlumot kiritiladi)
6. Tahsil olmoqchi boʻlgan yoʻnalish
(maʼlumot kiritiladi)
7. Tahsil olish muddati
(maʼlumot kiritiladi)
8. Bir oylik toʻlov miqdori
(maʼlumot kiritiladi)
9. Tahsil olmoqchi boʻlgan taʼlim tashkilotining ushbu faoliyat turi boʻyicha litsenziyasi mavjudligi
(avtomatik aniqlanadi)
10. Tahsil olmoqchi boʻlgan taʼlim tashkilotining Yoshlar yagona elektron platformasidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtganligi
* Shartnomada taʼlim tashkilotining nomi, STIR, oʻqitiladigan yoʻnalish nomi, oʻquv kursining bir oylik va jami toʻlov miqdori hamda umumiy muddati koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 11-ILOVA
Namuna
Yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya ajratish yordamidan foydalanish boʻyicha
ARIZA
Ariza t/r
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
-
-
-
1. F.I.O.
(avtomatik aniqlanadi)
2. Tugʻilgan sanasi
(avtomatik aniqlanadi)
3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
(maʼlumot kiritiladi)
4. Telefon raqami
(maʼlumot kiritiladi)
5. Yashash joyi
(maʼlumot kiritiladi)
6. Olimpiada, tanlov va musobaqa darajasi (mahalliy/xalqaro)
(maʼlumot kiritiladi)
7. Ajratilishi soʻralayotgan mablagʻ miqdori
(maʼlumot kiritiladi)
8. Olimpiada, tanlov va musobaqalarda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi hujjat
(pdf, png yoki jpeg formatda kiritiladi)
9. Yoshning oilasi Ijtimoiy reyestrda mavjudligi
(avtomatik aniqlanadi)
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 12-ILOVA
Namuna
Yoshlarga taʼlim, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohasiga va fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotining noturar joy ijarasi yoki zarur jihozlar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash yordamidan foydalanish boʻyicha
ARIZA
Ariza t/r
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
-
-
-
1. F.I.O.
(avtomatik aniqlanadi)
2. Tugʻilgan sanasi
(avtomatik aniqlanadi)
3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
(maʼlumot kiritiladi)
4. Telefon raqami
(maʼlumot kiritiladi)
5. Yashash joyi
(maʼlumot kiritiladi)
6. Yordam turi (noturar joy ijarasi yoki zarur jihozlar bilan taʼminlash xarajatlari)
(maʼlumot kiritiladi)
7. Taʼlim tashkilotining ushbu faoliyat turi boʻyicha litsenziyasi mavjudligi
(avtomatik aniqlanadi)
8. Ariza beruvchining bank rekvizitlari
(maʼlumot kiritiladi)
9. Ajratilishi soʻralayotgan mablagʻ miqdori
(maʼlumot kiritiladi)
10. Ijara shartnomasi
(avtomatik olinadi)
11. Nodavlat taʼlim tashkilotida taʼlim olayotgan jami oʻquvchilarning kamida 20 foiz qismini Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzolari (14 — 30 yosh) tashkil etishi boʻyicha maʼlumot (roʻyxat).
(pdf, png yoki jpeg formatda kiritiladi)
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 13-ILOVA
Namuna
Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni bepul oʻtashi uchun yoshlar yetakchisi tomonidan tavsiya berish yordamidan foydalanish boʻyicha
ARIZA
Ariza t/r
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
-
-
-
1. F.I.O.
(avtomatik aniqlanadi)
2. Tugʻilgan sanasi
(avtomatik aniqlanadi)
3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
(maʼlumot kiritiladi)
4. Telefon raqami
(maʼlumot kiritiladi)
5. Yashash joyi
(maʼlumot kiritiladi)
6. Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi huzurida tuzilgan hududiy tibbiy komissiya tomonidan berilgan harbiy xizmatga yaroqlilik boʻyicha xulosa
(pdf, png yoki jpeg formatda kiritiladi)
7. Yoshning oilasi Ijtimoiy reyestrda mavjudligi
(avtomatik aniqlanadi)
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 13a-ILOVA
Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni bepul oʻtashi uchun yoshlar yetakchisi tomonidan tavsiya berish
SXEMASI
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ariza beruvchi
Ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki Yoshlar yagona elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi.
2. YIDXP yoki Yoshlar yagona elektron platformasi.
Murojaatni va unga ilova qilingan hujjatlarni ariza beruvchining tegishliligi boʻyicha (doimiy yoki vaqtincha) yashash manzilidagi yoshlar yetakchisiga yuboradi.
1. 10 daqiqa ichida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Yoshlar yetakchisi
Ariza beruvchining hujjatlarini oʻrganadi.
Murojaat hamda unga ilova qilingan hujjatlar asosli deb topilgan taqdirda Yoshlar yagona elektron platformasida ariza beruvchiga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni bepul oʻtash uchun tavsiyanoma shakllantiradi.
3 ish kuni ichida
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2026-y., 09/26/78/0174-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qaroriga 3-ILOVA
Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻrtasida intellektual olimpiadaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Yoshlar ishlari agentligi direktori, Tashkiliy qoʻmita raisi
2.
A.H. Toshqulov
—
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Tashkiliy qoʻmita hamraisi
3.
Sh.Oʻ. Turdiqulova
—
innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari
4.
A.U. Aslonov
—
sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari
5.
B.T. Abdullayev
—
ichki ishlar vazirining oʻrinbosari
6.
I.A. Ibragimov
—
Milliy gvardiya qoʻmondonining jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha birinchi oʻrinbosari
7.
K.X. Abdijalilov
—
favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari
8.
A.Sh. Inoyatov
—
sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari
9.
A.D. Xadjayev
—
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
10.
X.Gʻ. Xudoyberdiyev
—
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining oʻrinbosari
11.
N.E. Davletova
—
Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori
12.
A.M. Abdullayev
—
“Zakovat” intellektual oʻyinlar klubi kengashining raisi — klub prezidenti
13.
U.M. Narimov
—
“Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti direktori
14.
L.Oʻ. Mingishev
—
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining boshqarma boshligʻi
15.
B.K. Aralbayeva
—
Yoshlar ishlari agentligining boʻlim boshligʻi, Tashkiliy qoʻmita kotibi
Izoh.
Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan xodimlar kiritiladi.
Tashkiliy qoʻmita ishiga boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jalb qilinishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi 940-son qarori bilan tasdiqlangan Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining 7-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 20-bandidan “yoshlar yetakchisi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 10-band quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan toʻldirilsin:
“j) ariza beruvchining alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlar (fan, sanʼat, adabiyot, sport sohasida va boshqa sohalarda yuqori natijalarga erishganligini, turli musobaqalar, tanlovlar yoki olimpiadalarning sovrindori boʻlganini yoxud mehnat jamoasida alohida namuna koʻrsatganligini tasdiqlovchi hujjatlar)”;
“Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi — ariza beruvchining alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligini (mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasiga asosan)”;
“Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy MEZONLARI
I. Ariza beruvchi va/yoki uning oilasining daromadi
(mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — MHTEKM asosida)
Qishloq joylarda (tuman va tuman markazlari)
1.
MHTEKMning 3,0 baravariga teng va undan koʻp boʻlgan, 6,0 baravariga teng va undan kam boʻlgan
10
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi
2.
MHTEKMning 6,0 baravaridan koʻp boʻlgan, 6,5 baravariga teng va undan kam boʻlgan
6
3.
MHTEKMning 6,5 baravaridan koʻp boʻlgan, 6,9 baravariga teng va undan kam boʻlgan
2
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi
Shaharlarda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlari)
1.
MHTEKMning 3,0 baravariga teng va undan koʻp boʻlgan, 7,0 baravariga teng va undan kam boʻlgan
10
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi
2.
MHTEKMning 7,0 baravaridan koʻp boʻlgan, 7,5 baravariga teng va undan kam boʻlgan
6
3.
MHTEKMning 7,5 baravaridan koʻp boʻlgan, 8,0 baravariga teng va undan kam boʻlgan
2
Toshkent shahrida
1.
MHTEKMning 3,0 baravariga teng va undan koʻp boʻlgan 8,0 baravariga teng va undan kam boʻlgan
10
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi
2.
MHTEKMning 8,0 baravaridan koʻp boʻlgan 8,5 baravariga teng va undan kam boʻlgan
6
3.
MHTEKMning 8,5 baravaridan koʻp boʻlgan 9,2 baravariga teng va undan kam boʻlgan
2
II. Hozirgi turar joy maqomi*
1.
Ijara (er-xotin oʻz mulkida uy-joyi mavjud emas)
20
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi,
Kadastr agentligi tuman (shahar) boʻlimi
2.
Egasining ruxsati bilan tekin turar joy (er-xotin oʻz mulkida uy-joyi mavjud emas)
3.
Ariza beruvchi yaroqsiz yakka tartibdagi uy-joyda yashashi yoki uy-joy yashash maydonining bir shaxs uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy normaga muvofiq emasligi.
III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim shaxslar
1.
“labor-migration” dasturida roʻyxatdan oʻtgan mehnat migranti
10
Tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazi
2.
Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar
10
Tuman (shahar) hokimligi
3.
Alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar**
10
Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi
4.
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar***
10
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi
5.
Yagona (yolgʻiz) boquvchiga ega boʻlgan oila (erkak yoki ayol)
9
6.
Boshqalar
0
IV. Ariza beruvchi va uning oilasidagi shaxslarning quyidagi toifaga mansubligi****
1.
Birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxs
10
Tuman tibbiyot birlashmasi xulosasi
2.
Surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob chekuvchi
10
3.
Ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan
10
Jami ball:
50
Izoh.
* Toʻliq oʻz mulkida uy-joyga ega boʻlgan oilalar (er yoki xotin)ga subsidiya ajratilmaydi.
** Mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasiga asosan ball beriladi.
*** III boʻlimdagi “Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar” mezoni boʻyicha 10 ball olgan nomzodlarga IV boʻlim mezonlari boʻyicha ball berilmaydi.
Shuningdek, IV boʻlim mezonlari boʻyicha 10 ball olgan nomzodlarga III boʻlimdagi “Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar” mezoni boʻyicha ball berilmaydi.
**** III va IV boʻlimlar boʻyicha ball bitta mezonga beriladi”;
2-bosqich “Tadbirlar” ustuni “Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimiga” soʻzlaridan keyin “va mahalladagi yoshlar yetakchisiga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
3-bosqich “Subyektlar” ustunidagi “Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlaridan keyin “mahalladagi yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-sentabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi toʻgʻrisidagi nizomda:
“11. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
yoshlar bilan bogʻliq soha va yoʻnalishlarda yagona davlat siyosatini, strategik yoʻnalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari!” gʻoyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini, shu jumladan, huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish;
yoshlarga oid dasturlar, loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash;
ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish, shuningdek, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan, ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan yoshlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
iqtidorli yoshlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga taʼlim olish uchun yuborish, xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini taʼminlash, yosh avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari boʻyicha savodxonligini oshirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish;
yoshlarning intellektual rivojlanishga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash va bu sohadagi ishlarni muvofiqlashtirib borish;
yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot koʻnikmalarini puxta egallashlari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan taʼminlash jarayonlariga koʻmaklashish;
yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeyini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrish, xorijda taʼlim olayotgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish;
yoshlar faoliyati bilan bogʻliq sohalarga xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish boʻyicha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish”;
“v) yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida:
yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yoshlarning taʼlim, ilm-fan, sport, madaniyat va boshqa sohalardagi faoliyati va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga oid vazifalarni roʻyobga chiqarish maqsadida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etadi, zarur hollarda ushbu vazifalarni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlarini jalb qilgan holda amalga oshiradi;
oʻz vakolatlari doirasida yoshlar huquqlarini himoya qilish hamda yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi;
yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;
davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarga oid faoliyatini tahlil qiladi, baholaydi va ular boʻyicha xulosalar tayyorlaydi, shuningdek, ushbu sohadagi ishlarni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
yoshlarga oid qonunchilik hujjatlari ijrosining holati toʻgʻrisidagi axborot va materiallarni tahlil qiladi hamda umumlashtiradi, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
“Yoshlar balansi”ni shakllantiradi, yoshlar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib boradi, ular bilan samarali ish tashkil qiladi”;
“yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari!” gʻoyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“bolalarning har tomonlama, uygʻun rivojlanishiga hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishiga koʻmaklashuvchi axborotdan erkin foydalanish uchun ularga sharoitlar yaratadi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida yakka tartibdagi profilaktika ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
bolalarning axborotga oid va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, shuningdek, maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga doir faoliyatda ishtirok etadi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi”;
“d) yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini, shu jumladan, huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish sohasida:
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning oʻz iqtidor va isteʼdodlarini toʻlaqonli namoyon etishlari hamda imkoniyatlaridan toʻliq foydalanishlariga toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda, shu jumladan, huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
yoshlarning huquqlari va erkinliklari buzilishi toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqadi, ularning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻradi;
yoshlar oʻrtasida salbiy holatlar yuzaga kelishining oldini olish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni keskin kamaytirishga qaratilgan, shuningdek, yoshlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida ishtirok etadi;
yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shu jumladan yoshlar oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga, shuningdek korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan huquqiy targʻibot boʻyicha faoliyatda ishtirok etadi;
yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning fikr-mulohazalarini oʻrganishga qaratilgan ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi va natijasi boʻyicha tegishli tadbirlarni belgilaydi;
yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashda hamda bartaraf etishda koʻmaklashadi”;
“z) ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish, shuningdek, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan, ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni (yoshlarni) ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishga, shuningdek, ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan, shu jumladan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlar uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar boʻyicha ishlar holatini muntazam ravishda oʻrganadi, ularni taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻradi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan, shu jumladan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ishga joylashtirilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatadi, ularning bandligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi;
oʻz vakolatlari doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan, shu jumladan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi;
i) iqtidorli yoshlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga taʼlim olish uchun yuborish, xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini taʼminlash, yosh avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari boʻyicha savodxonligini oshirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish sohasida:
yoshlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, madaniyat va sanʼatga boʻlgan intilishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqadi hamda bu boradagi tadbirlar tizimli amalga oshirilishini taʼminlaydi, yoshlar oʻrtasida tanlov, festival, forum, musobaqa va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyati yuqori boʻlgan loyihalarni ragʻbatlantirishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
yoshlar, yosh oilalar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilaydi va amalga oshiradi, tanlovlar tashkil etadi va oʻtkazadi;
yosh avlodni jismonan barkamol qilib voyaga yetkazish maqsadida ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq oʻyinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;
yoshlarning innovatsion gʻoya va tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, axborot texnologiyalariga boʻlgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish, ularni “Yoshlar akademiyasi” faoliyatiga keng jalb qilish choralarini koʻradi;
yoshlar oʻrtasida volontyorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi, ular faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
yosh xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ularga zamonaviy kasb-hunar oʻrgatishga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil etadi”;
quyidagi mazmundagi “i1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“i1) yoshlarning intellektual rivojlanishga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash va bu sohadagi ishlarni muvofiqlashtirib borish sohasida:
yoshlar oʻrtasida intellektual oʻyinlar, notiqlik musobaqalari, chet tillarda munozara va uchrashuvlar oʻtkazadi;
yoshlar oʻrtasida intellektual oʻyinlarni rivojlantirish hamda ommalashtirishga qaratilgan loyihalarga grantlar ajratadi;
intellektual oʻyinlar va ulardagi iqtidorli ishtirokchilar haqidagi maʼlumotlarning elektron platformaga kiritilishini taʼminlash va intellektual oʻyinlar natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritib boradi”;
d) quyidagi mazmundagi 191-band bilan toʻldirilsin:
191. Agentlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan faoliyatlaridan kelib chiqib, quyidagilar direktor oʻrinbosarlarining maqsadli vazifalari hisoblanadi:
1) direktorning birinchi oʻrinbosari (yoshlarga oid davlat siyosatini muvofiqlashtirish, mahalladagi yoshlar bilan ishlash va besh muhim tashabbus loyihalarini amalga oshirish boʻyicha):
mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq oʻyinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;
vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat yuritayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash;
vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining yoshlar bilan ochiq muloqotlarini tashkil etish;
Besh muhim tashabbus doirasidagi ishlarni tizimli ravishda muvofiqlashtirish orqali yoshlar qamrovini kengaytirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash;
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosining taʼminlanishi.
2) Direktor oʻrinbosari (yoshlar bandligiga koʻmaklashish va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha):
“Yoshlar daftari”ni tizimli ravishda yuritish, ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida oʻqitish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni kompensatsiya qilish;
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun isteʼmol kreditlari ajratish;
professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish korxonalarida amaliyot oʻtgan vaqtida har oylik subsidiya ajratish;
yoshlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish;
yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirish;
yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi targʻibot materiallarini chop etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash;
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosining taʼminlanishi.
3) Direktor oʻrinbosari (taʼlim muassasalaridagi va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash hamda xalqaro aloqalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha):
xalqaro taʼlim dasturlari (imtihonlar) boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish;
yoshlarning xorijiy tillarni oʻrganishlari uchun yanada kengroq imkoniyat yaratish;
taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarni volontyorlik faoliyatiga jalb etish;
yoshlar tashkilotlarida volontyorlik klublari va guruhlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
“Imkon taʼlim” granti orqali nogironligi boʻlgan yoshlarni axborot texnologiyalari sohasining “Veb dasturlash”, “Grafik dizayn”, “Sotsial media marketing” va shu kabi yoʻnalishlarda grant asosida bepul oʻqitish;
“Mehribonlik” uylari Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida oʻqish xarajatlarini va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini toʻlab berish tizimini joriy qilish;
yoshlar muammolarini tadqiq qilish ishlari samaradorligini oshirish, sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish;
yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeyini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Oʻzbekistonda yoshlar muammolari va ularni hal qilish yoʻllari, hududlar va tashkilotlarda ushbu yoʻnalishdagi ishlar natijadorligi hamda xorijiy mamlakatlar tajribasiga doir tahliliy hujjatlar tayyorlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash;
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosining taʼminlanishi”;
e) 23-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ushbu Nizomning 19 va 191-bandlarida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun javobgar boʻladi”;
j) quyidagi mazmundagi 401-band bilan toʻldirilsin:
“401. Hududlarda yangi mahallalar tashkil etilganda Agentlikning tegishli tuman (shahar) boʻlimiga qoʻshimcha mahalladagi yoshlar yetakchisi shtat birligi ajratiladi va ularni saqlash xarajatlari (moddiy-texnik taʼminoti, ish haqi, lavozim maoshi, qoʻshimchalar, ustamalar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar) Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratiladigan qoʻshimcha mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi 132-son qarorida:
a) 2, 3, 4, 5, 6 va 9-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 1, 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 400-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-banddagi “boʻlinmalari va” soʻzlari “boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda – hududiy boʻlinmalar) hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“yoshlarni zamonaviy kasbga oʻrgatish, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha olti oygacha muddatli oʻquv kurslari uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olti oygacha muddatli oʻquv kurslari uchun har oyda BHMning 1 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun BHMning 4 baravarigacha hamda xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
yoshlarni taʼlim, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalari va fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan oʻquv markazlarining uch oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
“Xorijdagi yoshlar balansi”ni shakllantirish va yuritish, xorijda sayyor qabullarni oʻtkazish vaqtida aniqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan yoshlarning muammolari va ehtiyojlarini hal qilish boʻyicha xarajatlarni amalga oshirish;
har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat boʻyicha eng ilgʻor 100 nafar mahalladagi yoshlar yetakchilarini bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan, shuningdek, faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, mahalladagi yoshlar yetakchilarini har chorak yakuni boʻyicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlash;
faoliyatini samarali tashkil etayotgan, oʻzining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna boʻlayotgan va ularga yetakchilik qilayotgan mahalladagi yoshlar yetakchilarini “Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash;
yil yakuni boʻyicha oʻziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan mahalladagi yoshlar yetakchilariga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratish;
boshqa hududlardan kelib oʻz faoliyatini olib borayotgan mahalladagi yoshlar yetakchilariga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha boʻlgan miqdorda turar joy ijara toʻlovi qoplab berish”;
birinchi xatboshidagi “hududiy boshqarmalar” soʻzlaridan keyin “va tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “400 mln soʻmdan” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining 1600 baravaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “100 mln soʻmdan” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan, tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qarorida:
a) 1-ilovaning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatiga asosan “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ariza beruvchining oʻqish xarajati bir qismini qoplab beradi”;
“5. Vasiylik kengashi “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlarning ushbu muassasalarda tarbiyalanganini tasdiqlovchi hujjatlarni, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ariza beruvchilarning oilasi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganini oʻrganib, ariza beruvchilarning murojaatiga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi) mablagʻlari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ariza beruvchiga subsidiya ajratilishi mumkin”;
6-banddagi “6-7-bandlarida” soʻzlari “3-4-bandlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“kompensatsiya – kompyuter sotib olish uchun ajratilgan isteʼmol kreditiga hisoblanadigan barcha foizlarni qoplash (kompensatsiya qilish) maqsadida vakolatli organning hududiy boʻlinmalari tomonidan har oyda bankka oʻtkaziladigan, bank tomonidan esa ariza beruvchining nomiga ochilgan tegishli bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan mablagʻ”;
“9. Ariza beruvchining murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Tartibga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi:
kreditning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilib berish toʻgʻrisidagi ariza;
ariza beruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) (agar ariza sertifikat olgan bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi);
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi toʻgʻrisida sertifikat nusxasi (pdf shaklda) va uning haqiqiyligini tekshirish uchun sertifikatni taqdim etgan tashkilotning elektron tizimidagi sertifikat havolasi.
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga ariza beruvchi masʼul hisoblanadi”;
“19. Verifikatsiya natijasiga koʻra sertifikatning haqiqiy emasligi aniqlanganda kompensatsiya toʻlanmaydi va bu haqida ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi”;
22-banddagi “bir ish kuni mobaynida” soʻzlari “har oyning 15-kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“23. Kredit boʻyicha foiz toʻlovlarini toʻlash uchun zarur summalar har oyning 25-kunigacha Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan Yoshlar ishlari agentligining hududiy boʻlinmalari tomonidan tegishlicha AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank” va “Mikrokreditbank” ATBning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy filiallari va bank xizmatlari ofislarining tegishli hisob raqamiga ariza beruvchilarning reyestrini ilova qilgan holda oʻtkazib boriladi.
Taqdim etilgan reyestrga muvofiq banklar ushbu mablagʻlarni isteʼmol krediti foizlarini qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib boradi”;
1-bosqichning “Tadbirlar” ustuni “ilova qilgan holda” soʻzlaridan keyin “sertifikatni taqdim etgan tashkilotning elektron tizimidagi sertifikat havolasini koʻrsatib” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1-bosqichning “Ijro muddatlari” ustunidagi “60” raqami “180” raqami bilan almashtirilsin;
3-bosqichdagi “Tadbirlar” va “Ijro muddatlari” ustunlaridan ikkinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
5-bosqichning “Ijro muddatlari” ustunidagi “Bir ish kuni mobaynida” soʻzlari “har oyning 15-kuniga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bosqichning “Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kredit boʻyicha foiz toʻlovlarini toʻlash uchun zarur summalar har oyning 25-kunigacha Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan Yoshlar ishlari agentligining hududiy boʻlinmalari tomonidan tegishlicha AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank” va “Mikrokreditbank” ATBning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy filiallari va bank xizmatlari ofislarining tegishli hisob raqamiga ariza beruvchilarning reyestrini ilova qilgan holda oʻtkazib boriladi.
Taqdim etilgan reyestrga muvofiq banklar ushbu mablagʻlarni isteʼmol krediti foizlarini qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib boradi”;
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun isteʼmol kreditlari ajratish hamda mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Kompensatsiya olish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
I. Ariza beruvchi (jismoniy shaxs) haqida maʼlumot:
1.1. F.I.O.:
-
1.2. Tugʻilgan sanasi:
kun/oy/yil
1.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
-
1.4. Telefon raqami:
-
1.5. Yashash joyi:
Tuman (shahar), viloyat, respublika
1.6. Uzbekcoders.uz veb-saytida roʻyxatdan oʻtgan elektron pochta manzili (mavjud boʻlgan taqdirda)
-
1.7. “Bir million dasturchi”loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi toʻgʻrisidagi sertifikat havolasi
-
II. Sertifikat olgan oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs va uning qonuniy vakili haqidagi maʼlumot:
2.1.1. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning F.I.O.:
-
2.2. Tugʻilgan sanasi:
kun/oy/yil
2.3. Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma raqami:
-
2.4. Bolaning qonuniy vakili F.I.O.:
-
2.5. Shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR):
-
2.6. Sertifikat olgan bolaning vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat:
2.7. Telefon raqami:
-
2.8. Yashash joyi:
Tuman (shahar), viloyat, respublika
2.9. Uzbekcoders.uz veb-saytida roʻyxatdan oʻtgan elektron pochta manzili (mavjud boʻlgan taqdirda)
-
2.10. “Bir million dasturchi”loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etgan tashkilotning elektron tizimidagi sertifikat havolasi.
-
10. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 637-son qarori bilan tasdiqlangan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
““Yoshlar daftari” jamgʻarmasining kafilligi qarzdorning doimiy yashash joyidagi mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida beriladi”.