Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-dekabrdagi 25-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3344, 2021-yil 28-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 10/21/3344/1218-son) bilan tasdiqlangan Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“huquqiy ekspertiza — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini hamda ularda huquqiy normalar mavjudligini aniqlash nuqtai nazaridan tekshirish.”.
2.
17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlishi shart.”.
3.
55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“55. Vazirlik va idoralarning yuridik xizmati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasining qonunchilikka muvofiqligini hamda unda huquqiy normalar mavjudligini aniqlash nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasi qonunchilikka muvofiq boʻlsa, shuningdek unda huquqiy normalar mavjud boʻlmasa, yuridik xizmat rahbari tomonidan imzolanadi va xulosa tayyorlanadi.”.
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat u birinchi kelishilayotgan vazirlik va idora bilan kelishilganidan soʻng, qirq besh kun ichida qabul qilinishi kerak.”.
5.
61-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bir nechta vazirlik va idoralarning qoʻshma qabul qilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjati u birinchi boʻlib qabul qilayotgan vazirlik yoki idora tomonidan imzolangan sanadan boshlab yigirma kun ichida qabul qilinishi lozim.”.
“a) hujjat qonunchilik hujjatlariga zid boʻlsa;”.