1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalq taʼlimi tizimida davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
a) Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
bolalarni umumtaʼlim maktablariga oʻqishga joylashtirish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtish va soʻrovnomani elektron ravishda toʻldirish tartibi;
mikrohudud doirasida hamda mikrohududdan tashqarida bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1-sinfiga qabul qilish tartibi;
bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1-sinfiga qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasi tarkibi va uning faoliyatini tashkil etish;
b) Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq:
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini maktabga oʻqish uchun qabul qilish boʻyicha maxsus komissiya tuzish tartibi, uning tarkibi va vazifalari;
davlat xizmatidan foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtish, soʻrovnomani elektron ravishda toʻldirish va tasdiqlash;
ariza beruvchiga umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilish boʻyicha yoʻllanmani rasmiylashtirish va shartnoma tuzish tartibi hamda davlat xizmati koʻrsatishni rad etish qoidalari;
v) Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq:
umumiy oʻrta taʼlim hajmidagi oʻquv dasturlarini mustaqil oʻzlashtirgan holda yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish (eksternat) jarayonida qatnashishi mumkin boʻlgan fuqarolar toifalari;
davlat xizmatidan foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtish, soʻrovnomani elektron ravishda toʻldirish va tasdiqlash;
ariza beruvchining soʻrovnoma boʻyicha hujjatlarini koʻrib chiqish va eksternat tartibida imtihonni oʻtkazish muddatlari;
g) Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq:
davlat xizmatidan foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtish;
ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomani elektron ravishda toʻldirish va tasdiqlash;
umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini rasmiylashtirish yoki dublikat berishni rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumotni shakllantirish tartibi.
2. Belgilansinki, ushbu qarorga:
1 va 2-ilovalardagi maʼmuriy reglamentlarga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portali (keyingi oʻrinlarda — XTV portali) orqali murojaat qiladilar;
3-4-ilovalardagi maʼmuriy reglamentlarga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar YIDXP orqali murojaat qiladilar;
2 — 4-ilovalarda nazarda tutilgan davlat xizmatlari davlat xizmatlari markazlari orqali 2025-yil 1-yanvardan boshlab koʻrsatiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
uch oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarga muvofiq davlat xizmatlarining YIDXP va XTV portali orqali joriy etilishini taʼminlasin;
YIDXP va XTV portalida davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borishni joriy etsin;
maʼmuriy reglamentlarda belgilangan tashkilotlar tomonidan ushbu qaror talablariga rioya etilishi boʻyicha, shu jumladan, YIDXP va XTV portali orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, xalq taʼlimi tizimida davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha elektron dasturni ishga tushirish va keyinchalik qoʻllab-quvvatlash Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida” 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri B.O. Saidov va axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-iyun,
295-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qaroriga 1-ILOVA
Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portali (keyingi oʻrinlarda — XTV portali) orqali farzandlarini davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda — umumtaʼlim maktablari) 1-sinfiga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumtaʼlim maktabidan (sinfdan) boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
davlat xizmati — YIDXP yoki XTV portali orqali ariza beruvchining farzandlarini umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumtaʼlim maktabidan (sinfdan) boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati;
mikrohudud — tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumtaʼlim maktablariga biriktirilgan hudud.
qabul rejasi — biriktirilgan mikrohududdagi maktab yoshidagi bolalar soni, umumtaʼlim maktabining oʻquvchilar oʻrni (quvvati), pedagoglar bilan taʼminlanganligi va sanitariya talablarini inobatga olgan holda umumtaʼlim maktabi tomonidan shakllantiriladigan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadigan reja.
3. YIDXP, XTV portali va umumtaʼlim maktablari oʻrtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Mazkur Reglament talablari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) tizimidagi umumtaʼlim maktablariga nisbatan qoʻllaniladi.
5. Vazirlik tomonidan har yili 1-mayga qadar oʻquvchilarni 1-sinfga qabul qilish va bir umumtaʼlim maktab (sinf)dan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatiladigan hududlar roʻyxati tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytdagi sahifasida eʼlon qilinadi.
Davlat xizmati koʻrsatiladigan umumtaʼlim maktablari roʻyxatini shakllantirishda olis va chekka hududlarda fuqarolarning elektron davlat xizmatlari portalidan foydalanish imkoniyatlari mavjudligi inobatga olinadi.
6. Umumtaʼlim maktablari tomonidan har yili 1-iyunga qadar 1-sinfga qabul rejasi hamda tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan biriktirilgan mikrohudud boʻyicha mahallalar, koʻcha nomlari va uy raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar XTV portaliga kiritiladi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy xalq taʼlimi boshqarmasi) tomonidan har yili 5-iyunga qadar tasdiqlanadi.
Umumtaʼlim maktablarining qabul rejasi va qabul muddatlariga oʻzgartirish kiritish hududiy xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
7. Ariza beruvchining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan va haqiqatda yashovchi oila farzandlari biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumtaʼlim maktablariga joylashish taʼminlanadi.
8. Umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga bolalar ular yetti yoshga toʻladigan yilda qabul qilinadi.
9. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun ariza beruvchidan yigʻim undirilmaydi.
10. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
2-bob. Mikrohudud doirasida bolalarni 1-sinfga qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish tartibi
11. Ariza beruvchi har yili 20-iyundan 31-iyulga qadar davlat xizmatidan foydalangan holda bolalarni umumtaʼlim maktablariga oʻqishga joylashtirish uchun YIDXP yoki XTV portalida roʻyxatdan oʻtadi.
Bunda ariza beruvchi bolalarning ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslar boʻlgan taqdirda, ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
13. Soʻrovnomani quyidagi ketma-ketlik asosida toʻldiriladi:
qarindoshlik darajasi belgilanadi;
ariza beruvchining shaxsiy maʼlumotlari va yashash manzili “Elektron hukumat” tizimi manzil-maʼlumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi;
ariza beruvchi tomonidan kiritilgan maʼlumotlar manzil-maʼlumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan farqli boʻlsa, ariza beruvchi doimiy yashash manzilidagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga murojaat qilgan holda yashash manziliga aniqlik kiritadi;
ariza beruvchi tomonidan manzil-maʼlumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan yashash manzili toʻgʻri ekanligi yoki yashash manziliga aniqlik kiritilgandan soʻng YIDXP yoki XTV portali orqali yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron ravishda mustaqil toʻldiradi;
ariza beruvchining farzandi haqidagi maʼlumotlar toʻldiriladi;
taʼlim tili tanlanadi;
yashash manzili boʻyicha mikrohududga biriktirilgan umumtaʼlim maktabi avtomatik ravishda belgilanadi.
Ariza beruvchining yashash manzili boʻyicha umumtaʼlim maktabida tanlagan taʼlim olish tilidagi sinf boʻlmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa umumtaʼlim maktabi mikrohudud sifatida biriktiriladi.
14. Ariza beruvchi soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
15. Ariza beruvchi YIDXP yoki XTV portali orqali soʻrovnomani toʻldirib, tasdiqlaganidan soʻng barcha hujjatlar va toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda hududiy xalq taʼlimi boshqarmasiga yuboriladi.
16. Hududiy xalq taʼlimi boshqarmasi soʻrovnoma uch ish kunida koʻrib chiqiladi va mikrohudud boʻyicha umumtaʼlim maktabiga yuboriladi yoki sababi koʻrsatilgan holda qaytariladi. Bu haqida ariza beruvchilarga xabar yuboriladi.
Vazirlik vakili (moderator) soʻrovnomani hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan belgilangan muddatda va mikrohududdagi manzili boʻyicha umumtaʼlim maktabiga yuborilganligini nazorat qilib boradi.
Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hududiy xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan murojaati qaytarilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qiladi.
17. Ariza beruvchi farzandi bilan birgalikda murojaati mikrohudud boʻyicha yuborilgan umumtaʼlim maktabiga onlayn navbat asosida boradi va bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomani umumtaʼlim maktabiga taqdim etadi.
18. Umumtaʼlim maktablarida bolalarni 1-sinfga qabul qilish boʻyicha 5 kishidan iborat tarkibda qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — qabul komissiyasi) tuziladi.
Qabul komissiyasi tarkibiga umumtaʼlim maktabi direktori, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, maktab psixologi va hamshirasi kiritiladi.
Qabul jarayoni shaffofligini taʼminlash maqsadida umumtaʼlim maktabi joylashgan hududdagi mahalla vakillari hamda kuzatuv kengashi aʼzolari ham jalb etilishi mumkin.
19. Taʼlim boshqa (jumladan, rus) tilda olib boriladigan umumtaʼlim maktablarida qabul komissiyasi bolalar bilan suhbat jarayonida tanlagan tilda bolaning boshlangʻich soʻzlashuv koʻnikmasiga ega ekanligini oʻrganadi.
Bola tanlagan tilda boshlangʻich soʻzlashuv koʻnikmasiga ega boʻlmasa, qabul komissiyasi bolani soʻzlashuv koʻnikmasiga mos sinfga yoki boshqa umumtaʼlim maktabiga joylashtirish yuzasidan qaror qabul qiladi.
20. Taʼlim boshqa (jumladan, rus) tilda olib boriladigan umumtaʼlim maktablarida tanlagan tilda bolaning boshlangʻich soʻzlashuv koʻnikmasini baholash boʻyicha savolnoma vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi hamda umumtaʼlim maktablari tomonidan har yili 20-iyunga qadar umumtaʼlim maktabi binosining barcha uchun koʻrinarli joyiga osib qoʻyiladi.
21. Qabul komissiyasi quyidagi holatlarda bolalarni umumtaʼlim maktabiga qabul qilishni rad etishi mumkin:
bolaning tibbiy maʼlumotnomasida umumtaʼlim maktablarida taʼlim olish tavsiya etilmagan boʻlsa;
tanlagan tilda bola boshlangʻich soʻzlashuv koʻnikmasiga ega boʻlmasa;
soʻrovnomada keltirilgan maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlansa;
Boshqa holatlarda bolalarni umumtaʼlim maktablariga qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
22. Qabul komissiyasi bir ish kunida bolalarni umumtaʼlim maktablariga qabul qilish yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
23. Umumtaʼlim maktablari bolalarni umumtaʼlim maktablariga qabul qilinganligi yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda qabul qilishni rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP yoki XTV portali orqali shu kunning oʻzida ariza beruvchiga yuboradi.
24. Ariza beruvchi farzandlari umumtaʼlim maktablariga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP yoki XTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
25. Umumtaʼlim maktablari tomonidan murojaati rad etilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
3-bob. Mikrohududdan tashqaridan bolalarni 1-sinfga qoʻshimcha qabul qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
26. Umumtaʼlim maktablarining oʻquvchi oʻrni, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligi, sinf xonalarining oʻquv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablarining boʻsh oʻrinlariga mikrohududdan tashqaridan qoʻshimcha bolalar qabul qilinishi mumkin.
Oʻquvchi oʻrniga nisbatan taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni koʻp boʻlgan umumtaʼlim maktablarida mikrohududdan tashqaridan qoʻshimcha bolalar qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
27. Mikrohududdan tashqaridan bolalar 1-sinfga har yili 1 — 15-avgust kunlari qabul qilinadi.
28. YIDXP yoki XTV portali orqali ariza beruvchi oʻz xohishiga koʻra mazkur Reglamentning 27-bandida koʻrsatilgan muddatlarda mikrohududdan tashqari boʻsh oʻrinlari mavjud boʻlgan umumtaʼlim maktablarini tanlagandan soʻng soʻrovnoma avtomatik tarzda tanlagan mikrohududdan tashqari boʻlgan umumtaʼlim maktablariga yuboriladi.
Ariza beruvchi murojaat yuborilgan vaqtning oʻzida mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumtaʼlim maktabiga hujjatlarni topshirish boʻyicha onlayn navbatga avtomatik qoʻyiladi.
29. Onlayn navbatda belgilangan muddatda ariza beruvchi oʻz farzandi bilan mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumtaʼlim maktabiga boradi.
30. Mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumtaʼlim maktabiga qabul mazkur Reglamentning 19 — 21-bandlarida nazarda tutilgan umumtaʼlim maktabida tuzilgan qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
31. Qabul komissiyasi bir kun muddatda bolani mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumtaʼlim maktabiga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumtaʼlim maktabi bolalar umumtaʼlim maktabiga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP yoki XTV portali orqali shu kunning oʻzida ariza beruvchiga yuboradi.
32. Ariza beruvchi farzandlarining mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumtaʼlim maktabiga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP yoki XTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
33. Mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumtaʼlim maktabi tomonidan murojaati rad etilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
34. Farzandi mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumtaʼlim maktabiga qabul qilingan ariza beruvchi uch ish kuni ichida bolaning sogʻligi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomani mikrohudud boʻyicha umumtaʼlim maktabidan olib, mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumtaʼlim maktabiga topshiradi.
35. Mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumtaʼlim maktabiga qabul qilish rad etilgan va onlayn navbati boʻyicha mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumtaʼlim maktabiga oʻz vaqtida kelmagan ariza beruvchining farzandlari taʼlim olish uchun biriktirilgan mikrohudud doirasida umumtaʼlim maktabiga jalb etiladi.
4-bob. Oʻquvchilarni bir umumtaʼlim maktab (sinf)dan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
36. Ariza beruvchi oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki oʻquv yili tugaganidan soʻng farzandini bir umumtaʼlim maktabi (sinf)dan boshqasiga oʻtkazishi (keyingi oʻrinlarda — oʻqishini koʻchirish) mumkin.
37. Oʻqishni koʻchirish boʻyicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Bunda ariza beruvchi bolalarning ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslar boʻlgan taqdirda, ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
40. Soʻrovnomani quyidagi ketma-ketlikda toʻldiriladi:
qarindoshlik darajasi belgilanadi;
ariza beruvchining shaxsiy maʼlumotlari va yashash manzili “Elektron hukumat” tizimi manzil-maʼlumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi;
ariza beruvchi tomonidan kiritilgan maʼlumotlar manzil-maʼlumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan farqli boʻlsa, ariza beruvchi doimiy yashash manzilidagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga murojaat qilgan holda yashash manziliga aniqlik kiritadi;
ariza beruvchi tomonidan manzil-maʼlumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan yashash manzili toʻgʻri ekanligi yoki yashash manziliga aniqlik kiritilgandan soʻng YIDXP yoki XTV portali orqali yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron ravishda mustaqil toʻldiradi;
ariza beruvchining farzandlari haqidagi maʼlumotlar toʻldiriladi;
taʼlim tili tanlanadi;
oʻqish koʻchiriladigan sinf tanlanadi;
oʻqish koʻchiriladigan umumtaʼlim maktabi tanlanadi;
oʻqishni koʻchirish sababi kiritiladi.
41. Ariza beruvchi soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
42. YIDXP yoki XTV portali orqali ariza beruvchining soʻrovnomasi toʻldirilib, tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar va toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda umumtaʼlim maktabiga yuboriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar yuboriladi.
43. Umumtaʼlim maktabi soʻrovnomani uch ish kunida koʻrib chiqadi.
44. Soʻrovnomani koʻrib chiqish natijasiga koʻra umumtaʼlim maktabi oʻqishni koʻchirishga ruxsat berish yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda oʻqishni koʻchirishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va YIDXP yoki XTV portali orqali ariza beruvchiga maʼlumot yuboradi.
45. Quyidagi hollarda oʻqishni koʻchirish rad etilishi mumkin:
umumtaʼlim maktabida (qabul qilinadigan sinfda) boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmagan taqdirda;
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganda.
Boshqa holatlarda oʻqishni koʻchirish rad etilishi mumkin emas.
46. Ariza beruvchi farzandlarining umumtaʼlim maktabiga oʻqishni koʻchirishga ruxsat berish yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda oʻqishni koʻchirishni rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP yoki XTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
47. Ariza beruvchi uch kun muddatda farzandi oʻqiyotgan umumtaʼlim maktabidan tegishli hujjatlarni (bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisida tibbiy maʼlumotnoma va oʻquvchining baholar (oʻzlashtirish) tabeli asl nusxasini) olib, oʻqishi koʻchiriladigan umumtaʼlim maktabiga taqdim etadi.
48. Umumtaʼlim maktabi tomonidan murojaati rad etilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
49. Quyidagi hollarda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan oʻqishi koʻchirilgan oʻquvchilar XTV portaliga kiritiladi:
elektron davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasi mavjud boʻlmagan, internet tarmogʻi yetib bormagan olis va chekka hududlardagi bir umumtaʼlim maktabi (sinf)dan boshqasiga oʻtkazilgan boʻlsa;
umumtaʼlim maktabidan boshqa vazirlik, idoralar tasarrufidagi umumtaʼlim muassasasi yoki nodavlat taʼlim tashkilotiga oʻtkazilgan boʻlsa;
boshqa vazirlik, idoralar tasarrufidagi umumtaʼlim muassasasi va nodavlat taʼlim tashkilotidan umumtaʼlim maktabiga oʻtkazilgan boʻlsa.
50. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan umumtaʼlim maktabiga oʻtkazilgan oʻquvchi oʻn kun ichida sababsiz yoki umumtaʼlim maktabi rahbariyati va sinf rahbarini xabardor qilmasdan dars mashgʻulotlariga kelmasa, umumtaʼlim maktabi direktori bu haqda ota-onalarni, oʻquvchining yashash joyidagi mahalla fuqarolari yigʻinini, bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasini hamda oʻquvchi ilgari taʼlim olgan umumtaʼlim maktabi direktorini yozma ravishda ogohlantiradi va bir vaqtning oʻzida oʻquvchining darslarga kelmaganligi sabablarini aniqlash va uni dars mashgʻulotlariga jalb etish choralarini koʻradi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
51. Hududlarda yangi uy-joylarning qurilishi yoki maʼmuriy hududiy chegaralarning oʻzgarishi sababli tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumtaʼlim maktablariga biriktirilgan mikrohududlar qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
52. Umumtaʼlim maktablariga belgilangan qabul rejasi doirasida oʻquvchilar qabul qilingandan soʻng arizalar qabul qilish avtomatik tarzda toʻxtatiladi.
53. YIDXP yoki XTV portali orqali ariza beruvchining farzandlarini umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumtaʼlim maktabi (sinf)dan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish bilan bogʻliq murojaatlar hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqiladi.
54. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan ariza beruvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
55. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
56. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Bolalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1-sinfiga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
Mikrohudud boʻyicha umumtaʼlim maktablariga qabul qilish
1-bosqich
Ariza beruvchi
Umumtaʼlim maktablariga qabul qilish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Xalq taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP yoki XTV portali) roʻyxatdan oʻtish, soʻrovnomani toʻldirish va tasdiqlash.
Har yili 20-iyundan 31-iyulgacha
2-bosqich
YIDXP yoki XTV portali
Soʻrovnomani hududiy xalq taʼlimi boshqarmasiga yuborish.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Hududiy xalq taʼlimi boshqarmasi
Soʻrovnomani koʻrib chiqish va mikrohudud boʻyicha umumtaʼlim maktablariga yuborish yoki sababi koʻrsatilgan holda qaytarish.
3 ish kunida
4-bosqich
Ariza beruvchi
1. Mikrohudud boʻyicha umumtaʼlim maktablariga farzandi bilan onlayn navbat boʻyicha borish.
2. Murojaati qaytarilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilish.
Onlayn navbat boʻyicha
5-bosqich
Umumtaʼlim maktabi
1. Qabul komissiyasi tomonidan bolalarni umumtaʼlim maktablariga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
2. Bolalar umumtaʼlim maktablariga qabul qilinganligi yoki qabul qilishni rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP yoki XTV portali orqali ariza beruvchiga yuborish.
1 ish kunida
6-bosqich
Ariza beruvchi
1. Farzandlari umumtaʼlim maktablariga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP yoki XTV portali orqali avtomatik tarzda yuklab olish.
2. Murojaati rad etilganda, avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilish.
Avtomatik tarzda
Mikrohududdan tashqaridan umumtaʼlim maktabiga qabul qilish
7-bosqich
Ariza beruvchi
Oʻz xohishiga koʻra boʻsh oʻrinlari mavjud boʻlgan mikrohududdan tashqaridagi umumtaʼlim maktablarini tanlash.
Har yili 1 — 15-avgust kunlari
8-bosqich
YIDXP yoki XTV portali
Qoʻshimcha boʻsh oʻrinlar doirasida ariza beruvchini oʻz xohishiga koʻra tanlagan mikrohududdan tashqaridagi umumtaʼlim maktablariga avtomatik ravishda yuborish.
Avtomatik tarzda
9-bosqich
Ariza beruvchi
Mikrohududdan tashqaridagi umumtaʼlim maktablariga farzandi bilan onlayn navbati boʻyicha borish.
Onlayn navbat boʻyicha
10-bosqich
Umumtaʼlim maktabi
1. Qabul komissiyasi tomonidan bolalarni mikrohududdan tashqaridagi umumtaʼlim maktablariga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
2. Bolalar mikrohududdan tashqaridagi umumtaʼlim maktablariga qabul qilinganligi yoki qabul qilishni rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP yoki XTV portali orqali ariza beruvchiga yuborish.
1 ish kunida
11-bosqich
Ariza beruvchi
Farzandlari mikrohududdan tashqaridagi umumtaʼlim maktabiga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP yoki XTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab olish.
Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Bolalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1-sinfiga qabul qilish boʻyicha
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Qarindoshlik darajasi (ota, ona, ularning oʻrnini bosuvchi shaxs)
2. Familiyasi
3. Ismi
4. Otasining ismi
5. Pasport (ID karta) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)
6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
7. Yashash manzili (Manzil-maʼlumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasidan)
8. Yashash manzili (kiritish orqali)
9. Telefon raqami
II. Ariza beruvchining farzandlari toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Familiyasi
2. Ismi
3. Otasining ismi
4. Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (ID karta, pasport) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
6. Tugʻilgan sanasi
7. Taʼlim tili
III. Mikrohudud boʻyicha umumtaʼlim maktablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (avtomatik ravishda):
1. Hudud nomi
2. Tuman (shahar) nomi
3. Umumtaʼlim maktabi (raqami) nomi
IV. Mikrohududdan tashqari umumtaʼlim maktablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (tanlash orqali):
1. Hudud nomi
2. Tuman (shahar) nomi
3. Umumtaʼlim maktabi (raqami) nomi
V. Ilova qilinadigan hujjat
1. Ariza beruvchi oʻquvchining ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslar boʻlgan taqdirda ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat
Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Farzandining oʻqishini koʻchirishga ariza berish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Xalq taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portalida roʻyxatdan oʻtish, soʻrovnomani toʻldirish va tasdiqlash.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Xalq taʼlimi vazirligining elektron xizmatlari portali
Soʻrovnomani umumtaʼlim maktablariga yuborish.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Umumtaʼlim maktabi
1. Soʻrovnomani koʻrib chiqish va farzandi oʻqishini koʻchirishga ruxsat berish yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda oʻqishni koʻchirishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqarish.
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Xalq taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portali orqali ariza beruvchiga maʼlumot yuborish.
3 ish kunida
4-bosqich
Ariza beruvchi
1. Farzandlarining umumtaʼlim maktablariga oʻqishni koʻchirishga ruxsat berish yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda oʻqishni koʻchirishni rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumotni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Xalq taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab olish.
2. Farzandining oʻqiyotgan umumtaʼlim maktabidan tegishli hujjatlarini olib, oʻqishi koʻchiriladigan umumtaʼlim maktabiga taqdim etish.
Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Qarindoshlik darajasi (ota, ona, ularning oʻrnini bosuvchi shaxs)
2. Familiyasi
3. Ismi
4. Otasining ismi
5. Pasport (ID karta) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)
6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
7. Yashash manzili (Manzil-maʼlumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasidan)
8. Yashash manzili (kiritish orqali)
9. Telefon raqami
II. Ariza beruvchining farzandlari toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Familiyasi
2. Ismi
3. Otasining ismi
4. Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (ID karta, pasport) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
6. Tugʻilgan sanasi
7. Taʼlim tili
8. Oʻqish koʻchiriladigan sinf
III. Oʻqishi koʻchiriladigan umumtaʼlim maktabi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
1. Hudud nomi
2. Tuman (shahar) nomi
3. Umumtaʼlim maktabi (raqami) nomi
4. Oʻqishini koʻchirish sababi
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qaroriga 2-ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
1. Mazkur Reglament chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan (chet elda doimiy yashovchi) shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining elektron xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — XTV portali) orqali farzandini davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun ariza olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati YIDXP yoki XTV portali orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari) tomonidan koʻrsatiladi.
3. YIDXP, XTV portali va hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari oʻrtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
6. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmagan va oʻzining xorijiy davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega boʻlmagan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
9. Ariza beruvchi soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
10. Soʻrovnoma ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng YIDXP yoki XTV portali orqali avtomatik tarzda hududiy xalq taʼlimi boshqarmalariga yuboriladi.
11. Hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari huzurida Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha 5 kishidan iborat quyidagi tarkibdagi Maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — maxsus komissiya) tuziladi:
bosh yuristkonsult, pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish shuʼbasi mudiri va xorijiy tillar boʻyicha metodist — maxsus komissiya aʼzolari;
umumiy oʻrta taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi — maxsus komissiya kotibi.
12. Maxsus komissiya oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
13. Maxsus komissiya qarori maxsus komissiya yigʻilishining bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
14. Maxsus komissiyaning yigʻilishlari ariza beruvchi tomonidan murojaatlar boʻlganda oʻtkaziladi. Maxsus komissiya raisining tashabbusi bilan yoki zaruratga koʻra navbatdan tashqari yigʻilishlar ham tashkil etilishi mumkin.
15. Maxsus komissiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
ariza beruvchining soʻrovnomasi hamda hujjatlarini yetti kun muddatda koʻrib chiqish;
tegishli davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilishga yoʻllanma berish yoki yoʻllanma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
16. Maxsus komissiya hujjatlarni oʻrganish jarayonida ularga aniqlik kiritish maqsadida hududiy xalq taʼlimi boshqarmasi nomidan tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga soʻrov xatlari yuborish huquqiga ega.
17. Ariza beruvchi tomonidan quyidagi hujjatlar ilova qilinmagan taqdirda, davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi:
oʻrganilgan fanlar va ular boʻyicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) koʻrsatilgan maʼlumot haqida hujjat (1-sinfga qabul qilinayotgan bolalar bundan mustasno);
oʻrganilgan fanlar va ular boʻyicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) koʻrsatilgan hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjimasi (1-sinfga qabul qilinayotgan bolalar bundan mustasno);
sogʻligʻi toʻgʻrisida tibbiy xulosa;
Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
18. Ariza beruvchi maxsus komissiya qaroriga asosan farzandini tegishli davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilish boʻyicha mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi yoʻllanmani yoki yoʻllanma berishni rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP yoki XTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
20. Ariza beruvchi mazkur davlat xizmatini koʻrsatishga masʼul boʻlgan tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
21. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
22. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Xalq taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portalida roʻyxatdan oʻtish, soʻrovnomani toʻldirish va tasdiqlash.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish jarayonida
2-bosqich
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Xalq taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portali
Soʻrovnomani hududiy xalq taʼlimi boshqarmalariga yuborish.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari
1. Ariza beruvchining soʻrovnoma boʻyicha hujjatlarini koʻrib chiqish.
2. Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng 7 kun ichida
4-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma berilgani yoki yoʻllanma berishni rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Xalq taʼlimi vazirligining elektron xizmatlari portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab olish.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish boʻyicha
1. Oʻrganilgan fanlar va ular boʻyicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) koʻrsatilgan maʼlumot haqidagi hujjatni skaner qilinib, rdf formatida saqlangan nusxasi
2. Oʻrganilgan fanlar va ular boʻyicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) koʻrsatilgan maʼlumot haqidagi hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilib tasdiqlangan hamda skaner qilinib, rdf formatida saqlangan nusxasi
3. Oʻquvchining sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa skaner qilinib, rdf formatida saqlangan nusxasi
4. Ariza beruvchi bolaning ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslar boʻlgan taqdirda, ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma namunasi
Oʻzbekiston Respublikasi ____________________ (hudud nomi) xalq taʼlimi boshqarmasi
№ 00000000000 Nujjat yaratilgan sana: ____________ Ariza raqami _____________
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilish boʻyicha YOʻLLANMA
Ushbu yoʻllanma fuqaro _________________________________________________________________ ning
(familiyasi, ismi va otasining ismi)
farzandi _______________________________________________________________________________ ni
(familiyasi, ismi va otasining ismi)
_______________________________________________________ ning ______-sinfiga qabul qilish boʻyicha
(hudud, tuman (shahar), taʼlim muassasasi nomi)
(sinf)
_______________ xalq taʼlimi boshqarmasi maxsus komissiyasining ____-yil __-_______ dagi _____-sonli qarori
Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling. Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentyabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish boʻyicha
NAMUNAVIY SHARTNOMA
____________________.
20___ y. “____” _______
___________ viloyati ___________ tumani(shahar) _____-sonli davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Maktab) nomidan maktab Ustavi asosida faoliyat yuritayotgan muassasa direktori _________ ____________________ bir tomondan, Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilinayotgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchi) nomidan uning ota-onasi (yoki uning qonuniy vakili) ____________________________ ikkinchi tomondan, yakka tartibda “Tomon” deb ataladi, ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
I. Shartnoma predmeti
Maktab va ota-ona hamkorlikda oʻquvchining yoshiga va oldin egallagan bilimiga mutanosib ravishda uni umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari doirasida oʻqitishni oʻz zimmasiga oladi.
II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
2.1. Maktabning huquq va majburiyatlari: 2.1.1. Oʻquvchining yoshiga va oldin egallagan bilimiga mutanosib ravishda umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari doirasida oʻqitishni taʼminlash, ularda bilim olish talabini rivojlantirish. 2.1.2. Oʻquvchida birlamchi mehnat koʻnikmalarini shakllantirish, uni mustaqil ijodiy fikrlashga oʻrgatish, atrof olamga hamda kasb tanlashga ongli ravishda yondashishni tarbiyalash. 2.2.2. Oʻquvchini maktab Ustavi, maktabning ichki tartib qoidalari, oʻquv rejasi va dasturlari bilan yozma ravishda tanishtirish. 2.2. Ota-ona va oʻquvchining huquq va majburiyatlari: 2.2.1. Oʻqishga kirish uchun maktabga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ota-onasining uni maktabga qabul qilish toʻgʻrisidagi arizasi; oʻqitilgan fanlar va ular boʻyicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) koʻrsatilgan maʼlumoti haqidagi hujjatlarning asl nusxalari; sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa. 2.2.2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar talablariga rioya qilish, oʻzbek xalqining milliy urf-odatlari hamda anʼanalarini hurmat qilish, respublikada oʻrnatilgan xorijiy fuqarolarning yashashi hamda harakat qilishi qoidalarini bajarish. 2.2.3. Maktabda oʻrnatilgan ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, oʻquv rejasi va dasturida koʻzda tutilgan barcha turdagi oʻquv topshiriqlarini bajarish, oʻz vaqtida imtihon va sinovlarni topshirish. 2.2.4. Maktab maʼmuriyati topshiriqlari hamda buyruqlarini bajarish. 2.2.5. Maktab mulkiga zarar keltirilganda, ularni qoplash. 2.2.6. Oʻquvchining yashash manzili va vaqtincha yashash muddati oʻzgarganda, maktab rahbariyatiga maʼlum qilish.
III. Tomonlarning javobgarliklari
3.1. Maktab quyidagi sabablar asosida oʻquvchini oʻquvchilar safidan chiqarishi mumkin: Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini buzganligi uchun; Maktab ustavi va ichki tartib qoidalarga rioya qilmaganligi uchun; Oʻquvchining yashash manzili oʻzgarganligi sababli yoki boshqa sabablarga koʻra boshqa maktabga koʻchirilganligi uchun. 3.2. Tomonlar orasida kelishilmovchiliklar yuzaga kelganda, ular oʻzaro hurmat asosida muzokara yoʻli bilan, buning imkoni boʻlmaganda qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
IV. Yakunlovchi qoidalar
4.1. Ushbu shartnoma tomonlar imzolagan vaqtdan kuchga kiradi. 4.2. Ushbu shartnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish tomonlarning vakillari tomonidan yozma ravishda amalga oshirilib, imzolangandan keyingina haqiqiy hisoblanadi. 4.3. Ushbu shartnoma oʻzbek tilida uch nusxada imzolandi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qaroriga 3-ILOVA
Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali eksternat tartibida imtihonlar olish uchun ariza qabul qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
ekstern — umumiy oʻrta taʼlim hajmidagi oʻquv dasturlarini umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti doirasida mustaqil oʻzlashtirgan hamda yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkaziladigan shaxs;
eksternat — umumiy oʻrta taʼlim hajmidagi oʻquv dasturlarini umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti doirasida mustaqil oʻzlashtirish jarayoni;
eksternat maktab — eksternlarni yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari boshligʻining buyrugʻi bilan belgilangan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasi;
eksternat tartibidagi imtihonlar — umumiy oʻrta taʼlim hajmidagi oʻquv dasturlarini umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti doirasida mustaqil oʻzlashtirgan eksternlarni yakuniy davlat attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni.
3. Davlat xizmati YIDXP orqali eksternat maktablar tomonidan koʻrsatiladi.
5. Eksternat tartibida imtihonlarda quyidagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar qatnashishi mumkin:
umumiy oʻrta taʼlim hajmidagi oʻquv dasturlarini umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti asosida 9-sinf doirasida mustaqil oʻzlashtirgan, tayanch oʻrta taʼlim olmagan, tegishli yilda 16 yoshga toʻladigan va undan katta yoshdagi fuqarolar;
umumiy oʻrta taʼlim hajmidagi oʻquv dasturlarini umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti asosida 11-sinf doirasida mustaqil oʻzlashtirgan, umumiy oʻrta taʼlim olmagan, tegishli yilda 18 yoshga toʻladigan hamda undan katta yoshdagi fuqarolar.
6. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun ariza beruvchidan yigʻim undirilmaydi.
7. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
8. Eksternat tartibida imtihon oladigan eksternat maktablar roʻyxati har yili 1-martga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) tomonidan tasdiqlanadi va oʻzining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi.
14. Eksternat maktablar tomonidan ariza beruvchining soʻrovnomasi hamda ilova qilingan hujjatlari ikki kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi davlat xizmati koʻrsatishni rad etishga asos hisoblanadi.
15. Eksternat maktablar tomonidan ariza beruvchining hujjatlari koʻrib chiqilgandan soʻng ariza beruvchi yakuniy davlat attestatsiyasiga qoʻyish yoki qoʻyish rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
16. Eksternat tartibida imtihon oʻtkazish joyi, sanasi va boshqa shartlari imtihon oʻtkazilishidan 10 kun oldin eksternat maktab binosining barcha uchun koʻrinarli joyiga osib qoʻyiladi hamda vazirlikning rasmiy veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi va bu haqda YIDXP orqali ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
17. Eksternat tartibidagi imtihon eksternat maktablarida har yili 15-iyunga qadar oʻtkaziladi.
18. Eksternlar yakuniy davlat attestatsiyasidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasiga muvofiq oʻtkaziladi.
19. Eksternlar qonunchilik hujjatlarida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun belgilangan huquqlarga ega boʻladi, yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod boʻlish huquqi bundan mustasno.
20. Ekstern 9, 11-sinflardagi baholar (oʻzlashtirish) tabeliga asosan yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilmaydigan fanlardan ijobiy baholangan boʻlsa, ushbu fanlardan imtihondan ozod etiladi.
21. Eksternning 9, 11-sinflardagi baholar (oʻzlashtirish) tabeli boʻlmasa, mazkur sinflarda oʻqitiladigan fanlardan imtihon topshiradi, “Chizmachilik”, “Tasviriy sanʼat”, “Musiqa”, “Texnologiya”, “Jismoniy tarbiya”, “Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik” fanlari bundan mustasno.
22. Uzrsiz sabablarga koʻra yakuniy davlat attestatsiyasiga kelmagan eksternlar joriy oʻquv yilida ushbu fandan qayta yakuniy davlat attestatsiyasiga qoʻyilmaydi.
23. Uzrli sabablarga koʻra (yakuniy davlat attestatsiyasi davrida kasal boʻlganda, koʻrik-tanlov va musobaqalarda ishtirok etish davriga toʻgʻri kelganda, yaqin qarindoshi vafot etganda) yakuniy davlat attestatsiyasida qatnasha olmagan eksternlar uzrli sababni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni taqdim etgan taqdirda oxirgi yakuniy davlat attestatsiyasidan keyin ikki hafta oʻtgach qayta yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkaziladi.
24. Eksternat maktab yakuniy davlat attestatsiyasi natijalarini yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilgandan soʻng 2 kun ichida eʼlon qiladi.
25. Ariza beruvchi eksternat tartibidagi imtihon natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
26. Ariza beruvchi mazkur davlat xizmatini amalga oshirishda masʼul boʻlgan tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
27. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
28. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Eksternat tartibida imtihonga ariza berish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtish, soʻrovnomani toʻldirish va tasdiqlash.
Har yili 1-martdan 1-maygacha (shu kuni ham)
2-bosqich
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Soʻrovnomani eksternat maktablarga yuborish
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Eksternat maktab
1. Ariza beruvchining soʻrovnoma boʻyicha hujjatlarini koʻrib chiqish.
2. Arizaga beruvchiga yakuniy davlat attestatsiyaga qoʻyish yoki qoʻyish rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni berish.
2 kun muddatda
4-bosqich
Ariza beruvchi
1. Yakuniy davlat attestatsiyaga qoʻyish yoki qoʻyish rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab olish.
Avtomatik tarzda
2. Yakuniy davlat attestatsiyaga qoʻyilgan ariza beruvchining eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyada ishtirok etishi.
Har yili 15-iyunga qadar
5-bosqich
Eksternat maktab
Eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyasi natijalarini eʼlon qilish.
Imtihon oʻtkazilgandan soʻng 2 kunda
6-bosqich
Ariza beruvchi
Eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab olish.
davlat attestatsiyasi natijalarini eʼlon qilingandan soʻng avtomatik tarzda
Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun ariza qabul qilish boʻyicha
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Familiyasi
2. Ismi
3. Otasining ismi
4. Pasport (ID karta) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
6. Tugʻilgan sanasi
7. Yashash manzili
8. Telefon raqami
9. Oʻqigan taʼlim muassasasi (tuman, shahar va maktab raqami yoki nomini koʻrsatgan holda)*
10. Tugatgan sinfi
11. Tugatgan yili
12. Taʼlim tili
13. Oʻqigan chet tili
14. Eksternatga ariza berish sinfi (9- yoki 11-sinf)
II. Ilova qilinadigan hujjatlar
1. Tasdiqlangan baholar (oʻzlashtirish) tabeli yoki maktabning 9-sinfini tamomlamaganligi toʻgʻrisida tasdiqlangan maʼlumotnoma skaner qilinib, rdf formatida saqlangan nusxasi (9-sinf doirasida eksternat tartibida imtihonda qatnashish uchun)
2. 9-sinfni tamomlaganligi toʻgʻrisidagi shahodatnoma skaner qilinib, rdf formatida saqlangan nusxasi (11-sinf doirasida eksternat tartibida imtihonda qatnashish uchun)
3. 9-sinfdan keyin majburiy oʻrta taʼlimni yakunlamaganligi toʻgʻrisida tasdiqlangan maʼlumotnoma skaner qilinib, rdf formatida saqlangan nusxasi (Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan nusxa)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qaroriga 4-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma (sertifikat) dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjat va uning dublikati bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
arxiv hujjatlari — shahodatnomalarni hisobga olish va tarqatish daftari, sinf jurnallari, pedagogik kengash majlisi bayonnomalari daftari, buyruqlar daftari, oʻquvchilar harakati daftari;
davlat xizmati — ariza beruvchilarga YIDXP orqali shahodatnoma (sertifikat) dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati;
dublikat — shahodatnoma (sertifikat)ni yoʻqotgan yoki familiyasini oʻzgartirgan shaxslarga yoxud shahodatnoma (sertifikat) yaroqsiz holga kelgan, buzilgan hollarda beriladigan hujjat;
taʼlim tashkiloti — davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasi, nodavlat taʼlim tashkiloti, boshqa vazirlik, idora va tashkilotlarning tizimida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari;
shahodatnoma (sertifikat) — taʼlim tashkilotini tamomlaganlik toʻgʻrisida tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat)ni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat.
3. Davlat xizmati YIDXP orqali Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari) tomonidan koʻrsatiladi.
4. YIDXP va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
8. Ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili YIDXP orqali mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda mustaqil toʻldiradi. Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi.
11. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida uni taʼlim tashkilotiga koʻrib chiqish uchun yuboradi.
12. Taʼlim tashkiloti tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimidan kelib tushgan soʻrovnomani uch ish kuni mobaynida oʻrganib chiqib, arxiv hujjatlari asosida dublikat berish yoki berishni rad etish boʻyicha xulosa tayyorlaydi va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga yuboradi.
13. Xulosada ariza beruvchining oʻqishni tamomlagan yili va taʼlim tashkiloti nomi, oʻzlashtirgan fanlari, shahodatnoma (sertifikat) turi, seriyasi va raqami yoki dublikatni berishni rad etish asosi koʻrsatiladi.
14. Ariza beruvchi shahodatnoma (sertifikat) olgan taʼlim tashkiloti tugatilgan hollarda, xulosa arxiv hujjatlarini saqlash boʻyicha masʼul etib belgilangan tashkilot tomonidan tayyorlanadi.
15. Dublikat berish uchun qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan (taʼlim tashkiloti faoliyati tugatilgan, qayta tashkil etilgan, nomi yoki pochta manzili oʻzgargan, davlat arxivlariga yoki vazirlik va idoralarga qoʻshimcha soʻrov yuborilgan) hollarda, davlat xizmatini koʻrsatish muddati qoʻshimcha besh ish kuniga uzaytirilishi mumkin.
16. Zaruratga koʻra, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi yoki taʼlim tashkiloti tegishli davlat arxivlariga arxiv hujjatlari boʻyicha elektron shaklda soʻrov yuboradi.
Davlat arxivlari tomonidan uch ish kuni ichida belgilangan tartibda arxiv hujjatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bepul taqdim etiladi.
17. Dublikat berish arxiv hujjatlarida tegishli qaydlar mavjud boʻlmagan taqdirdagina rad etiladi.
18. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi taʼlim tashkilotining xulosasi kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida mazkur Reglamentga 3 va 3a-ilovalarga muvofiq shakldagi QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan dublikatni rasmiylashtiradi yoki dublikat berishni rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumotni shakllantiradi.
Rasmiylashtirilgan dublikat yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumot tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirining ERIsi bilan tasdiqlanadi va YIDXP orqali elektron ravishda yuboriladi.
20. Rasmiylashtirilgan dublikatda xatoliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ariza beruvchi belgilangan tartibda ilgari yuborilgan ariza raqamini koʻrsatish orqali qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Mmurojaat mazkur Reglamentda nazarda tutilgan davlat xizmatini koʻrsatish uchun belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqiladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari va taʼlim tashkilotlari ushbu Reglament talablariga rioya qilinishi hamda rasmiylashtiriladigan dublikat yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumotda kiritilgan maʼlumotlarning haqiqiyligi va toʻgʻriligi uchun masʼul hisoblanadi.
22. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
23. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Dublikatni olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtish, soʻrovnomani toʻldirish va tasdiqlash.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Soʻrovnomani tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga yuborish.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari
Taʼlim tashkilotlariga koʻrib chiqish va xulosa tayyorlash uchun yuborish.
1 ish kunida
4-bosqich
Taʼlim tashkilotlari
Soʻrovnomani oʻrganib chiqib, arxiv hujjatlari asosida dublikat berish yoki berishni rad etish boʻyicha xulosa tayyorlash va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga yuborish.
3 ish kunida
(5 ish kuni qoʻshimcha)
5-bosqich
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari
QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan dublikatni rasmiylashtirish yoki dublikat berishni rad etish toʻgʻrisida maʼlumotni shakllantirish va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ravishda yuborish.
1 ish kunida
6-bosqich
Ariza beruvchi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab olish.
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarning dublikatini olish uchun
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Familiyasi
1.1. Agar familiyasi oʻzgargan boʻlsa, u haqda maʼlumot kiritiladi
2. Ismi
2.1. Agar ismi oʻzgargan boʻlsa, u haqda maʼlumot kiritiladi
3. Otasining ismi
3.1. Agar otasining ismi oʻzgargan boʻlsa, u haqda maʼlumot kiritiladi
4. Pasport (ID karta) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
6. Tugʻilgan sanasi
7. Yashash manzili
8. Oʻqigan taʼlim tashkiloti (tuman, shahar va maktab raqami yoki nomini koʻrsatgan holda)
8.1. Taʼlim tashkiloti haqida qoʻshimcha maʼlumot
9. Taʼlim tashkilotini tamomlagan yili
10. Taʼlim bosqichi:
tayanch oʻrta taʼlim (8-sinf, 9-sinf)
umumiy oʻrta taʼlim (10-sinf, 11-sinf)
11. Elektron manzili va telefon raqami
12. Dublikat olish sababi
II. Ilova qilinadigan hujjat
1. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma: (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa)
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjatning dublikati namunasi
Yagona interaktiv
davlat xizmatlari portali
Oʻzbekiston Respublikasi
Xalq taʼlimi vazirligi
№ 00000000000
Nujjat yaratilgan sana: ____________
Ariza raqami _____________
UMUMIY (TAYANCN) OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA SNANODATNOMANING
DUBLIKATI № DB 0000000
(________________ raqamli shahodatnoma oʻrniga)
Ushbu dublikat (hujjat) fuqaro __________________________________________________________________ ga
(familiyasi, ismi va otasining ismi)
_________________________________________________________________________________________ tomonidan
(hudud, tuman (shahar), taʼlim muassasasi nomi)
_______________ yilda __________________________________________________________ berilganini tasdiqlaydi.
(hujjat berilgan yil)
(hujjat turi)
Oʻquv fanlari
Reyting baholari
Oʻquv fanlari
Reyting baholari
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri
____________________________
(familiyasi, ismi va otasining ismi)
Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi.
Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.
Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentyabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3a-ILOVA
Sertifikatning dublikat namunasi
Yagona interaktiv
davlat xizmatlari portali
Oʻzbekiston Respublikasi
Xalq taʼlimi vazirligi
№ 00000000000
Nujjat yaratilgan sana: ____________
Ariza raqami _____________
SERTIFIKATING DUBLIKATI
№ DB 0000000
(________________ raqamli sertifikatning oʻrniga)
Ushbu dublikat (hujjat) fuqaro __________________________________________________________________ ga
(familiyasi, ismi va otasining ismi)
______________________________________________________________________________________ tomonidan
(hudud, tuman (shahar), taʼlim muassasasi nomi)
_______________ yilda __________________________________________________________ berilganini tasdiqlaydi.
(hujjat berilgan yil)
(hujjat turi)
Oʻquv fanlari
Reyting baholari
Oʻquv fanlari
Reyting baholari
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
____________________
Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri
____________________________
(familiyasi, ismi va otasining ismi)
Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi.
Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.
Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentyabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qaroriga 5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida” 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
uchinchi xatboshidagi “attestatning” soʻzi “shahodatnomaning” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaning davlat namunasi va uning tavsifi
Tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaning tavsifi
Tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma 210 x 148 mm oʻlchamli, vertikal joylashgan, toʻq havorang (aʼlo darajali shahodatnoma toʻq qizil rangli) koʻrinishga ega. Uning yuza tomonida yuqori qismiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI, RESPUBLIKA UZBEKISTAN, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “TAYANCN OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA SNANODATNOMA, ATTESTAT O BAZOVOM SREDNEM OBRAZOVANII, CERTIFICATE OF BASIC SECONDARY EDUCATION” aʼlo darajali shahodatnomaga “TAYANCN OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA AʼLO DARAJALI SNANODATNOMA, ATTESTAT O BAZOVOM SREDNEM OBRAZOVANII S OTLICHIYEM, CERTIFICATE OF BASIC SECONDARY EDUCATION WITN NONOURS” soʻzlari yoziladi va markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Shahodatnomaning ichki har ikki varagʻida: “shahodatnoma” TM, “aʼlo darajali shahodatnoma” TM-A harfi va yettita raqamli tartib raqam yoziladi.
yorugʻlikda yaxshi koʻrinadigan “paxta koʻsagi” koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisi;
koʻrinmaydigan tola qizil va yashil tusda, qogʻoz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
Bosma tafsiloti:
Ustki qism:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turgʻun matbaa boʻyoqlari qoʻllaniladi;
asosiy foni (shahodatnoma — toʻq havorang, aʼlo darajali shahodatnoma — toʻq qizil rang) relyef tangir setka shaklidagi rasmdan tashkil topgan;
blankaning oʻng tomoni markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri chop etiladi, diametri 30 mm;
matn qora rangda chop etiladi.
Ichki qism:
asosiy foni (shahodatnoma — toʻq havorang, aʼlo darajali shahodatnoma — toʻq qizil rang) ikki tangir setkadan iborat va xar xil burilish burchaklarida joylashgan ingichka chiziqlarni aks etgan ornamental rasmdan tashkil topgan;
ornamental rasmdagi tanger setkaning birida “REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzi takrorlanadigan kichik matnda yozilgan. Nusxa koʻchirishdan himoya sifatida xizmat qiladi;
blankaning chap tomonida oʻzgaruvchan rangda OVI boʻyogʻi ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
blankaning ikki tomon markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining koʻrinmaydigan tasviri tushirilgan, diametri 40 mm;
yetti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi”.
3. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaning davlat namunasi va uning tavsifi
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaning tavsifi
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma 210 x 148 mm oʻlchamli, vertikal joylashgan, yashil (kumush medal bilan attestat — kul rang, aʼlo darajali oltin medal bilan — oltin sariq rang) rangli koʻrinishga ega.
Uning yuza tomonida yuqori qismiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI, RESPUBLIKA UZBEKISTAN, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA SNANODATNOMA, ATTESTAT OB OBSHEM SREDNEM OBRAZOVANII, CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION” aʼlo darajali attestatga “UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA AʼLO DARAJALI SNANODATNOMA, ATTESTAT OB OBSHEM SREDNEM OBRAZOVANII S OTLICHIYEM, CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION WITN NONOURS” soʻzlari yoziladi va markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Shahodatnomaning ichki har ikki varagʻida: “shahodatnoma” UM, “kumush medal bilan shahodatnoma” UM-K “aʼlo darajali oltin medal” UM-O harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
yorugʻlikda yaxshi koʻrinadigan “paxta koʻsagi” koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisi;
koʻrinmaydigan tola qizil va yashil tusda, qogʻoz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
Bosma tafsiloti:
Ustki qism:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turgʻun matbaa boʻyoqlari qoʻllaniladi;
asosiy foni (shahodatnoma — yashil rang, kumush medal bilan shahodatnoma — kul rang, aʼlo darajali oltin medal — oltin sariq rang) relyef tangir setka shaklidagi rasmdan tashkil topgan;
blankaning oʻng tomoni markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri chop etiladi, diametri 30 mm;
matn qora rangda chop etiladi.
Ichki qism:
asosiy foni (shahodatnoma — yashil rang, kumush medal bilan shahodatnoma — kul rang, aʼlo darajali oltin medal — oltin sariq rang) ikki tangir setkadan iborat va xar xil burilish burchaklarida joylashgan ingichka chiziqlarni aks etgan ornamental rasmdan tashkil topgan;
ornamental rasmdagi tanger setkaning birida “REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzi takrorlanadigan kichik matnda yozilgan. Nusxa koʻchirishdan himoya sifatida xizmat qiladi;
blankaning chap tomonida oʻzgaruvchan rangda OVI boʻyogʻi ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
blankaning ikki tomon markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining koʻrinmaydigan tasviri tushirilgan, diametri 40 mm;
yetti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi”.
4. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat namunasi va uning tavsifi
Psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat tavsifi
Psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internatni) tamomlaganlik toʻgʻrisida sertifikat 210 x 148 mm oʻlchamli, vertikal joylashgan, binafsha rangli koʻrinishga ega. Uning yuza tomonida yuqori qismiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI, RESPUBLIKA UZBEKISTAN, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “SERTIFIKAT, SERTIFIKAT, CERTIFICATE” soʻzlari yoziladi va markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Sertifikatning ichki har ikki varagʻida: S harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
yorugʻlikda yaxshi koʻrinadigan “paxta koʻsagi” koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisi;
koʻrinmaydigan tola qizil va yashil tusda, qogʻoz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
Bosma tafsiloti:
Ustki qism:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turgʻun matbaa boʻyoqlari qoʻllaniladi;
asosiy foni binafsha rang, relyef tangir setka shaklidagi rasmdan tashkil topgan;
blankning oʻng tomoni markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri chop etiladi, diametri 30 mm;
matn qora rangda chop etiladi.
Ichki qism:
asosiy foni binafsha rang ikki tangir setkadan iborat va xar xil burilish burchaklarida joylashgan ingichka chiziqlarni aks etgan ornamental rasmdan tashkil topgan;
ornamental rasmdagi tanger setkaning birida “REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzi takrorlanadigan kichik matnda yozilgan. Nusxa koʻchirishdan himoya sifatida xizmat qiladi;
blankaning chap tomonida oʻzgaruvchan rangda OVI boʻyogʻi ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
blankaning ikki tomon markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining koʻrinmaydigan tasviri tushirilgan, diametri 40 mm;
yetti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi”.
5. 4-ilova (Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom)da:
“Tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha xalqaro bitimni imzolagan davlatlar hududidagi akademik litseylarga, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun hujjatlarni topshirish hamda tanlov natijalariga koʻra taʼlim olishni davom ettirish huquqini beradi”;
nomidagi “attestat” soʻzi “shahodatnoma” soʻzi bilan almashtirilsin;
1 — 7-pozitsiyalardagi attestat” soʻzi “shahodatnoma” soʻzi bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi 469-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 7-avgustdagi 651-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 295-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 12-avgustdagi 480-son qaroriga 8-ilovaning 15-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 82-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qaroriga 2-ilovaning 10-bandi.