toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.02.2023
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-yanvardagi 44-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘n bir yillik majburiy umumiy o‘rta ta’lim tizimiga izchil o‘tishni ta’minlash, takomillashtirilgan davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarni berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaning davlat namunasi va uning tavsifi 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaning davlat namunasi va uning tavsifi 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
Psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat namunasi va uning tavsifi 3-ilovaga muvofiq;
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Xalq ta’limi vazirligi buyurtmasiga muvofiq zarur miqdordagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlar blankalarini Moliya vazirligi bilan kelishgan holda chop etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga asosan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlar blankalarini chop etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni belgilangan tartibda nazarda tutsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduhakimov va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-may,
393-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga
1-ILOVA
Tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaning davlat namunasi va uning tavsifi
Tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaning tavsifi
Tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma 210 x 148 mm o‘lchamli, vertikal joylashgan, to‘q havorang (a’lo darajali shahodatnoma to‘q qizil rangli) ko‘rinishga ega. Uning yuza tomonida yuqori qismiga “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI, RESPUBLIKA UZBEKISTAN, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “TAYANCN O‘RTA TA’LIM TO‘G‘RISIDA SNANODATNOMA, ATTESTAT O BAZOVOM SREDNEM OBRAZOVANII, CERTIFICATE OF BASIC SECONDARY EDUCATION” a’lo darajali shahodatnomaga “TAYANCN O‘RTA TA’LIM TO‘G‘RISIDA A’LO DARAJALI SNANODATNOMA, ATTESTAT O BAZOVOM SREDNEM OBRAZOVANII S OTLIChIYEM, CERTIFICATE OF BASIC SECONDARY EDUCATION WITN NONOURS” so‘zlari yoziladi va markaziga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Shahodatnomaning ichki har ikki varag‘ida: “shahodatnoma” TM, “a’lo darajali shahodatnoma” TM-A harfi va yettita raqamli tartib raqam yoziladi.
Qog‘oz tafsiloti:
qog‘oz — 100% paxta, qalinligi 120 ± 5 g/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nuri;
yorug‘likda yaxshi ko‘rinadigan “paxta ko‘sagi” ko‘rinishidagi asosiy uch o‘lchovli suv belgisi;
ko‘rinmaydigan tola qizil va yashil tusda, qog‘oz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida ko‘rinadi.
Bosma tafsiloti:
Ustki qism:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turg‘un matbaa bo‘yoqlari qo‘llaniladi;
asosiy foni (shahodatnoma — to‘q havorang, a’lo darajali shahodatnoma — to‘q qizil rang) relyef tangir setka shaklidagi rasmdan tashkil topgan;
blankaning o‘ng tomoni markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri chop etiladi, diametri 30 mm;
matn qora rangda chop etiladi.
Ichki qism:
asosiy foni (shahodatnoma — to‘q havorang, a’lo darajali shahodatnoma — to‘q qizil rang) ikki tangir setkadan iborat va xar xil burilish burchaklarida joylashgan ingichka chiziqlarni aks etgan ornamental rasmdan tashkil topgan;
ornamental rasmdagi tanger setkaning birida “REPUBLIC OF UZBEKISTAN” so‘zi takrorlanadigan kichik matnda yozilgan. Nusxa ko‘chirishdan himoya sifatida xizmat qiladi;
blankaning chap tomonida o‘zgaruvchan rangda OVI bo‘yog‘i ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
blankaning ikki tomon markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining ko‘rinmaydigan tasviri tushirilgan, diametri 40 mm;
yetti xonali raqam qora fluoressensiya bo‘yog‘ida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorug‘lik sochadi.
(1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga
2-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaning davlat namunasi va uning tavsifi
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaning tavsifi
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma 210 x 148 mm o‘lchamli, vertikal joylashgan, yashil (kumush medal bilan attestat — kul rang, a’lo darajali oltin medal bilan — oltin sariq rang) rangli ko‘rinishga ega.
Uning yuza tomonida yuqori qismiga “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI, RESPUBLIKA UZBEKISTAN, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “UMUMIY O‘RTA TA’LIM TO‘G‘RISIDA SNANODATNOMA, ATTESTAT OB OBShEM SREDNEM OBRAZOVANII, CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION” a’lo darajali attestatga “UMUMIY O‘RTA TA’LIM TO‘G‘RISIDA A’LO DARAJALI SNANODATNOMA, ATTESTAT OB OBShEM SREDNEM OBRAZOVANII S OTLIChIYEM, CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION WITN NONOURS” so‘zlari yoziladi va markaziga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Shahodatnomaning ichki har ikki varag‘ida: “shahodatnoma” UM, “kumush medal bilan shahodatnoma” UM-K “a’lo darajali oltin medal” UM-O harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
Qog‘oz tafsiloti:
qog‘oz — 100% paxta, qalinligi 120 ± 5 g/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nuri;
yorug‘likda yaxshi ko‘rinadigan “paxta ko‘sagi” ko‘rinishidagi asosiy uch o‘lchovli suv belgisi;
ko‘rinmaydigan tola qizil va yashil tusda, qog‘oz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida ko‘rinadi.
Bosma tafsiloti:
Ustki qism:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turg‘un matbaa bo‘yoqlari qo‘llaniladi;
asosiy foni (shahodatnoma — yashil rang, kumush medal bilan shahodatnoma — kul rang, a’lo darajali oltin medal — oltin sariq rang) relyef tangir setka shaklidagi rasmdan tashkil topgan;
blankaning o‘ng tomoni markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri chop etiladi, diametri 30 mm;
matn qora rangda chop etiladi.
Ichki qism:
asosiy foni (shahodatnoma — yashil rang, kumush medal bilan shahodatnoma — kul rang, a’lo darajali oltin medal — oltin sariq rang) ikki tangir setkadan iborat va xar xil burilish burchaklarida joylashgan ingichka chiziqlarni aks etgan ornamental rasmdan tashkil topgan;
ornamental rasmdagi tanger setkaning birida “REPUBLIC OF UZBEKISTAN” so‘zi takrorlanadigan kichik matnda yozilgan. Nusxa ko‘chirishdan himoya sifatida xizmat qiladi;
blankaning chap tomonida o‘zgaruvchan rangda OVI bo‘yog‘i ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
blankaning ikki tomon markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining ko‘rinmaydigan tasviri tushirilgan, diametri 40 mm;
yetti xonali raqam qora fluoressensiya bo‘yog‘ida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorug‘lik sochadi.
(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga
3-ILOVA
Psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat namunasi va uning tavsifi
Psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat tavsifi
Psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internatni) tamomlaganlik to‘g‘risida sertifikat 210 x 148 mm o‘lchamli, vertikal joylashgan, binafsha rangli ko‘rinishga ega. Uning yuza tomonida yuqori qismiga “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI, RESPUBLIKA UZBEKISTAN, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “SERTIFIKAT, SERTIFIKAT, CERTIFICATE” so‘zlari yoziladi va markaziga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Sertifikatning ichki har ikki varag‘ida: S harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
Qog‘oz tafsiloti:
qog‘oz — 100% paxta, qalinligi 120 ± 5 g/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nuri;
yorug‘likda yaxshi ko‘rinadigan “paxta ko‘sagi” ko‘rinishidagi asosiy uch o‘lchovli suv belgisi;
ko‘rinmaydigan tola qizil va yashil tusda, qog‘oz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida ko‘rinadi.
Bosma tafsiloti:
Ustki qism:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turg‘un matbaa bo‘yoqlari qo‘llaniladi;
asosiy foni binafsha rang, relyef tangir setka shaklidagi rasmdan tashkil topgan;
blankning o‘ng tomoni markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri chop etiladi, diametri 30 mm;
matn qora rangda chop etiladi.
Ichki qism:
asosiy foni binafsha rang ikki tangir setkadan iborat va xar xil burilish burchaklarida joylashgan ingichka chiziqlarni aks etgan ornamental rasmdan tashkil topgan;
ornamental rasmdagi tanger setkaning birida “REPUBLIC OF UZBEKISTAN” so‘zi takrorlanadigan kichik matnda yozilgan. Nusxa ko‘chirishdan himoya sifatida xizmat qiladi;
blankaning chap tomonida o‘zgaruvchan rangda OVI bo‘yog‘i ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
blankaning ikki tomon markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining ko‘rinmaydigan tasviri tushirilgan, diametri 40 mm;
yetti xonali raqam qora fluoressensiya bo‘yog‘ida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorug‘lik sochadi.
(3-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga
4-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlarini bitiruvchilarga berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari deb ataladi) umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, saqlash va bitiruvchilarga berish tartibini belgilaydi.
2. Tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma O‘zbekiston Respublikasi hududidagi va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro bitimni imzolagan davlatlar hududidagi akademik litseylarga, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjatlarni topshirish hamda tanlov natijalariga ko‘ra ta’lim olishni davom ettirish huquqini beradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
3. Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari (keyingi o‘rinlarda — shahodatnoma va sertifikat) quyidagicha nomlanadi:
a) tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma (9-sinf);
umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma (9-sinf);
b) umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma (11-sinf);
umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
v) psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
2-bob. Shahodatnoma va sertifikat blankalariga buyurtma berish, saqlash, hisobga olish va joylarga yetkazish
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
4. Shahodatnoma va sertifikat blankalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) hamda tizimida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning yozma buyurtmalari asosida shakllantirilgan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyurtmasiga binoan ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan muhofazalangan qog‘ozda chop etiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
5. Hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida shahodatnoma va sertifikat blankalarini saqlash, hisobga olish va joylarga yetkazish bo‘yicha mas’ul xodimlar (keyingi o‘rinlarda mas’ul shaxslar deb ataladi) belgilanadi.
Shahodatnoma va sertifikat blankalarini olish va tarqatishga mas’ul xodimlardan boshqa shaxslarni jalb qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlaridagi mas’ul shaxslar vaqtinchalik bo‘lmagan yoki boshqa ishga o‘tgan taqdirda shahodatnoma va sertifikat blankalarini saqlash, hisobga olish va joylarga yetkazish vazifasi boshqa shaxslarga yuklatiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
6. Shahodatnoma va sertifikat blankalari hududiy boshqarmalarga har yili 1-iyunga qadar yuboriladi.
Boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda nodavlat umumta’lim tashkilotlari shahodatnoma va sertifikat blankalarini joylashgan manzili bo‘yicha hududiy boshqarmalardan oladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
7. Hududiy boshqarmalarga yuboriladigan shahodatnoma va sertifikat blankalarining buyurtmalari davlat statistika hisoboti ko‘rsatkichiga mos kelishi yoki undan oshmasligi lozim.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
8. Hududiy boshqarmalar shahodatnoma va sertifikat blankalarini olganlaridan so‘ng ularning sonini va tartib raqamlarini yuk xati bo‘yicha tekshiradi. Tekshirish yakuniga ko‘ra shahodatnoma va sertifikat blankalarining qabul qilib olinganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma hududiy boshqarma boshlig‘i hamda mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Dalolatnoma nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga 5 ish kunidan kechiktirmay jo‘natiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
9. Hududiy boshqarmalarga olib kelingan shahodatnoma va sertifikat blankalari Shahodatnoma va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarida hisobga olinadi va seyfda saqlanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
10. Boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda nodavlat umumta’lim tashkilotlari shahodatnoma va sertifikat blankalarini olganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani tegishliligi bo‘yicha bevosita hududiy boshqarmalarga taqdim etadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
11. Shahodatnoma va sertifikat blankalarining tarqatilgani haqidagi hisobot hamda Shahodatnoma va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarini hududiy boshqarmalarning mas’ul shaxsi nazoratdan o‘tkazadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
12. Hududiy boshqarmalar shahodatnoma va sertifikat blankalarini har yili 5-iyunga qadar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mas’ul shaxsiga ishonchnoma asosida beradi.
Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga beriladigan shahodatnoma va sertifikatlar soni 9, 11-sinflar bo‘yicha yakuniy shahodatnomaga qo‘yilgan o‘quvchilar soni asosida belgilanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
13. Bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi natijalariga ko‘ra tuzilgan baholar vedomostlarini va pedagogik kengashning shahodatnoma va sertifikat berish haqidagi qaroridan ko‘chirmani umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlari tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga, boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda nodavlat umumta’lim tashkilotlari direktorlari tegishliligi bo‘yicha hududiy boshqarmalarga topshirishi shart.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
14. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlaridan har yili 8-iyunga qadar shahodatnoma va sertifikat blankalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlariga beriladi va bu haqida dalolatnoma tuziladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlari shahodatnoma va sertifikat blankalarini bitiruvchilarga berishni ta’lim muassasasi pedagogik kengashining umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyasi natijalari haqidagi qarori, 8, 9 hamda 10, 11-sinf jurnallari asosida amalga oshiradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
15. Hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari har bir davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga berilayotgan shahodatnoma va sertifikat blankalarining soni, ularning tartib raqamlari Shahodatnoma va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarida qayd etilishini nazoratga oladilar.
Boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda nodavlat umumta’lim tashkilotlarining bitiruvchilariga berilgan shahodatnoma va sertifikat blankalarining soni, ularning tartib raqamlarining umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining Shahodatnoma va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarida qayd etilishi hududiy boshqarmalar tomonidan qat’iy nazoratga olinadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
16. Har yili 15-iyunga qadar davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagogik kengashining umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyasi natijalari haqidagi qarori asosida bitiruvchilarga shahodatnoma va sertifikat blankalari to‘ldiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
3-bob. Shahodatnoma va sertifikat blankalarini to‘ldirish
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
17. Shahodatnoma va sertifikat blankalarini to‘ldirish tartibi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Shahodatnoma va sertifikat blankalari o‘quvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, agar 16 yoshga to‘lgan bo‘lsa — pasport) va sinf jurnallaridagi ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
18. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasida shahodatnoma va sertifikat blankalarini to‘ldirish bo‘yicha mas’ul xodim belgilanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
19. Shahodatnoma va sertifikat direktorning imzosi hamda davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi. Muhr aniq va o‘qilishi oson bo‘ladigan holda tushiriladi. Davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasining muhri bo‘lmagan shahodatnoma va sertifikat haqiqiy hisoblanmaydi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
20. Yakuniy attestatsiyalarni eksternat tartibida topshirgan shaxslar shahodatnomaning yuqori qismi o‘ng burchagiga “ekstern” so‘zi yoziladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
21. Shahodatnoma va sertifikatda yozuvlarni o‘chirib, qayta to‘g‘rilashga yoki biror ustunning to‘ldirilmay qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
22. Shahodatnoma va sertifikat blankalarining to‘g‘ri to‘ldirilishi, baholarning haqqoniy qo‘yilishi bo‘yicha javobgarlik shaxsan davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktoriga yuklanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
23. Shahodatnoma va sertifikat blankalarini to‘ldirish jarayonida xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda mas’ul xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi va bu haqdagi buyruqdan ko‘chirma hamda boshqa zarur hujjatlar asosida buzilgan shahodatnoma va sertifikat blankalari o‘rniga yangi nusxalari hududiy boshqarmalardan olinadi. Ushbu blankalar Shahodatnoma va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarining “Asos” ustuniga “buzilgan blankalar o‘rniga” deb yozib qo‘yiladi.
Buzilgan shahodatnoma va sertifikat blankalari to‘g‘risida davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasida dalolatnoma tuziladi. Buzilgan shahodatnoma va sertifikatning tartib raqamlari qirqib olinadi va alohida qog‘ozga yopishtirilib, dalolatnomaning asl nusxasiga ilova qilingan holda hududiy boshqarmalarga qaytariladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
24. Buzilgan shahodatnoma va sertifikat blankalari har yili 15-avgustga qadar hududiy boshqarmalar tomonidan dalolatnoma asosida yo‘q qilinadi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
Dalolatnomada yo‘q qilingan shahodatnoma va sertifikat blankalarning nomi, soni va tartib raqami ko‘rsatiladi. Dalolatnoma mas’ul shaxs va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va hududiy boshqarmalar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
Dalolatnoma nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga yuboriladi.
4-bob. Shahodatnoma va sertifikatni bitiruvchilarga topshirish
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
25. Har yili 10-iyunga qadar davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari bitiruvchilarning baholarini, o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq hujjatlarni (sinf jurnali, baholar tabeli) o‘rganadi va shahodatnoma va sertifikat bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar ro‘yxatini shakllantiradi hamda pedagogik kengashga taqdim etadi.
Har yili 15-iyunga qadar davlat va nodavlat ta’lim muassasasi pedagogik kengashi bitiruvchilarni shahodatnoma va sertifikat bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
26. Davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bitiruvchilarga shahodatnoma va sertifikat har yili 20-iyunga qadar tantanali ravishda topshiriladi.
Shahodatnoma va sertifikatlarni tantanali ravishda topshirish tadbiri bitiruvchilarda Vatani, xalqi, ta’lim muassasasi bilan faxrlanish tuyg‘ulari va ular bilan g‘ururlanish hislarini shakllantiradigan ssenariy asosida o‘tkaziladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
27. Bitiruvchilarga berilgunga qadar to‘ldirilgan shahodatnoma va sertifikat blankalari, Shahodatnoma va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftari davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbarining seyfida saqlanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
28. Eksternat tartibida ta’lim dasturi bo‘yicha yakuniy attestatsiyadan o‘tgan shaxslarga shahodatnomalar berish eksternat tartibida imtihon olish huquqi berilgan ta’lim muassasasi direktorlari tomonidan amalga oshiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
29. Bitiruvchilar shahodatnoma va sertifikatni olgani haqida Shahodatnoma va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftariga imzo qo‘yadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
30. Shahodatnoma va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarida xatolikka yo‘l qo‘yilsa, ushbu xatolar tegishli izohlar bilan tuzatiladi. Daftardagi barcha yozuvlar davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasida direktori imzosi hamda ta’lim muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Shahodatnoma va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftari hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining mas’ul shaxslari tomonidan tekshiruvdan o‘tkaziladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
31. Uzrli sabablarga (kasalligi, xalqaro ko‘rik tanlov va musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda bo‘lganligiga) ko‘ra vaqtida berilmagan shahodatnoma va sertifikat bitiruvchilarga berilgunga qadar to‘ldirilgan holda davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktorining seyfida saqlanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
32. To‘ldirilmagan shahodatnoma va sertifikat blankalari tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga, boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tomonidan hududiy boshqarmalarga uch kun davomida qaytarilishi shart. To‘ldirilmagan shahodatnoma va sertifikatlarni davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasida saqlash qat’iyan taqiqlanadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
33. To‘ldirilmagan blankalar yo‘qolgan hollarda davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktori bu haqda darhol tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga va ichki ishlar organlariga xabar qiladi, bunda yo‘qolgan shahodatnoma va sertifikatning tartib raqami ko‘rsatilib, yo‘qotish bilan bog‘liq vaziyatlar aniq bayon qilinadi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
34. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlari tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga, boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda nodavlat umumta’lim tashkilotlari direktorlari hududiy boshqarmalarga bitiruvchilarga topshirilgan shahodatnoma va sertifikat bo‘yicha har yili 1-iyulga qadar hisobot beradi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
35. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari shahodatnoma va sertifikatlarning topshirilishi bo‘yicha hisobotlar tuzadi va hududiy boshqarmalarga har yili 1-avgustga qadar yetkazadi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
36. Hududiy boshqarmalar shahodatnoma va sertifikatlarning topshirilishi bo‘yicha hisobotlarni umumlashtirib, har yili 15-avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan har yili 1-sentabrga qadar shahodatnoma va sertifikatlarning tarqatilganligi haqida elektron hisobot yuritiladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
37. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini shahodatnoma va sertifikatlar bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
38. To‘ldirilmasdan qaytarilgan shahodatnoma va sertifikatlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligida zaxira sifatida saqlanadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
44. Hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari, davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi uchun shaxsan javob beradilar.
45. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlarini bitiruvchilarga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun shahodatnoma va sertifikat blankalariga buyurtma berish va chop etish tartibi
SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktori

a) bitiruvchilarning baholarini, o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq hujjatlarni (sinf jurnali, baholar tabeli) o‘rganish;

b) shahodatnoma va sertifikat beriladigan bitiruvchilar ro‘yxatini shakllantirish;

v) tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga buyurtmani taqdim etish

Tegishli o‘quv yilining
15-noyabriga qadar


2-bosqich

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari, boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari rahbarlari

Shahodatnoma va sertifikat blankalarini olish uchun buyurtmalarni hududiy boshqarmalarga taqdim etish

Tegishli o‘quv yilining
25-noyabriga qadar


3-bosqich

Hududiy xalq ta’limi boshqarmalari rahbarlari

Buyurtmalarni umumlashtirib,

Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etish

Tegishli o‘quv yilining
1-dekabriga qadar


4-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi

Buyurtmalarni umumlashtirib,

“Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasiga buyurtma berish

Tegishli o‘quv yilining
15-dekabriga qadar


5-bosqich

“Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi

Xalq ta’limi vazirligining buyurtmasi asosida shahodatnoma va sertifikat blankalarini tayyorlash va chop etish

Tegishli o‘quv yilining
1-mayiga qadar

(1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlarini bitiruvchilarga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini shahodatnoma va sertifikatlar bilan taqdirlash tartibi
SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Ta’lim muassasasi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

a) bitiruvchilarning baholarini, o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq hujjatlarni (sinf j�rnali, baholar tabeli) o‘rganish;

b) shahodatnoma va sertifikat bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar ro‘yxatini shakllantirish;

v) shahodatnoma va sertifikat bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar ro‘yxatini Pedagogik kengashga taqdim etish

Tegishli o‘quv yilining
10-iyuniga qadar


2-bosqich

Pedagogik kengash

Bitiruvchilarni shahodatnoma va sertifikat bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qilish

Tegishli o‘quv yilining
15-iyuniga qadar


3-bosqich

Davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari

Bitiruvchilarga shahodatnoma va sertifikatni tantanali ravishda topshirish

Tegishli o‘quv yilining
20-iyuniga qadar


4-bosqich

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktorlari


2.
Boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda nodavlat umumta’lim tashkilotlari direktorlari

1. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga bitiruvchilarga topshirilgan shahodatnoma va sertifikat bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish

2. Hududiy boshqarmalarga bitiruvchilarga topshirilgan shahodatnoma va sertifikat bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish

Tegishli o‘quv yilining
1-iyulga qadar


5-bosqich

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari

Shahodatnoma va sertifikatlarning topshirilishi bo‘yicha hisobotlar tuzish va hududiy boshqarmalarga yetkazish

Tegishli o‘quv yilining
1-avgustga qadar


6-bosqich

Hududiy boshqarmalar

Shahodatnoma va sertifikatlarning topshirilishi bo‘yicha hisobotlarni umumlashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etish

Tegishli o‘quv yilining
15-avgustga qadar


7-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi

Xalq ta’limi vazirligi

Shahodatnoma va sertifi�atlarning tarqatilganligi haqida elektron hisobot yuritish

Tegishli o‘quv yilining
1-sentabrga qadar

(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son — 2022-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan ayrim qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaning davlat namunasini tasdiqlash haqida” 2003-yil 2-iyundagi 235-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” (Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarori) 2011-yil 20-iyundagi 184-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2011-yil, 25-son, 261-modda) ilovaning 1-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/393/3122-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son)