1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli “Xalq taʼlimi tizimida davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2022-yil 3-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab bolalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish jarayonini Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bosqichma-bosqich amalga oshirish haqida taklifi maʼkullansin.
2. Quyidagilar:
Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab bolalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, 2019/2020 oʻquv yili uchun bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda umumtaʼlim muassasalari deb ataladi) qabul qilish 2019-yil 20-iyundan boshlab Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali bosqichma-bosqich joriy etiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi 2019-yil 20-iyunga qadar:
umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiyalash imkoniyati mavjud boʻlgan maxsus onlayn platforma (keyingi oʻrinlarda platforma deb ataladi) yaratilishini;
platformada Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali bolalarni qabul qilish joriy etiladigan umumtaʼlim muassasalari bilan bogʻliq boʻlgan barcha zarur maʼlumotlar joylashtirilishini;
bolalarni umumtaʼlim muassasalariga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali qabul qilish bilan bogʻliq murojaatlarni koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasida muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tashkil etilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari, umumtaʼlim muassasalari xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamentning amalda qoʻllanilishi, uning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari oʻtkazilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2019-yil 20-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda:
davlat xizmatlari koʻrsatishda ishtirok etuvchi tuzilmalarning YIDXPga ulanishini taʼminlasin;
YIDXPda bolalarni umumtaʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning har bir bosqichida jismoniy shaxslarning murojaatlari koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2019-yil 15-iyunga qadar fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari toʻgʻrisidagi axborot bazasini Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining axborot tizimiga integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi ushbu qaror bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti talablari buzilganligi uchun tegishli tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini belgilangan tartibda qoʻllasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-iyun,
469-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 469-son qaroriga 1-ILOVA
Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb yuritiladi) orqali bolalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda umumtaʼlim muassasalari deb ataladi) qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglament talablari quyidagi umumtaʼlim muassasalariga nisbatan qoʻllaniladi:
boshlangʻich maktab;
umumiy oʻrta taʼlim maktabi;
ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab (ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari va maktab-internatlar, olimpiya zaxiralari kollejlari bundan mustasno).
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son)
3. Bolalarni umumtaʼlim muassasalariga qabul qilish jarayonini amalga oshirishda:
a) tuman (shahar) hokimliklari:
zaruratga koʻra tegishli yilning 1-yanvariga qadar umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlarni (keyingi oʻrinlarda mikrohudud deb ataladi) tasdiqlaydi;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-maʼlumot byurolari (keyingi oʻrinlarda manzil-maʼlumot byurolari deb ataladi) ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) mikrohududda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi haqida axborot beradi;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
v) Xalq taʼlimi vazirligi:
umumtaʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilishda Oʻzbekiston Respublikasi YIDXPga integratsiyalash imkoniyati mavjud boʻlgan onlayn platformani (keyingi oʻrinlarda platforma deb ataladi) ishlab chiqadi;
ushbu platforma uzluksiz ishlashini hamda texnik qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlaydi;
platformada taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yangilab borilishini taʼminlaydi;
platformada umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan mikrohududdagi koʻp qavatli uy va koʻcha nomlari, mikrohududdagi maktab yoshidagi bolalar soni, 1-sinfga qabul rejasi, qabul qilingan bolalar soni va boʻsh oʻrinlarning mavjudligi koʻrsatiladi;
g) ariza beruvchilar umumtaʼlim muassasasiga yoʻllanma bilan murojaat qiladi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari tegishli yilning 1-apreliga qadar umumtaʼlim muassasalarining 1-sinfga qabul kvotasini belgilaydi.
Qabul kvotasi asosiy va qoʻshimcha kvota turlariga ajratiladi.
Asosiy kvota — tuman (shahar) hokimliklari tomonidan umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning maktab yoshidagi farzandlari, otasi yoki onasi I guruh nogironi boʻlgan hamda yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sonini (keyingi oʻrinlarda asosiy kvota deb ataladi) inobatga olgan holda shakllantiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2019-y., 09/19/651/3533-son)
Qoʻshimcha kvota ― umumtaʼlim muassasalarining imkoniyatidan kelib chiqib, tegishli mikrohudud boʻyicha asosiy kvotaga tushmagan bolalar uchun ajratiladi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2019-y., 09/19/651/3533-son)
5. Davlat xizmatlari markazlari, muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar va manzil-maʼlumot byurolari oʻrtasida axborot almashuvi faqat idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik orqali, elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
Bolalarni umumtaʼlim muassasalariga qabul qilishda davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 651-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2019-y., 09/19/651/3533-son)
6. Bolalarni umumtaʼlim muassasalariga asosiy kvota boʻyicha qabul qilish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Bunda, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat umumtaʼlim muassasalariga navbatga qoʻyilmagan holda asosiy kvota doirasida joylashtiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Bolalarni umumtaʼlim muassasalariga qoʻshimcha kvota boʻyicha qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilangan umumiy talablar asosida tegishli umumtaʼlim muassasalari direktorlari tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2019-y., 09/19/651/3533-son)
2-bob. Bolalarni umumtaʼlim muassasalariga asosiy kvota boʻyicha qabul qilish tartibi
7. Bolalarni umumtaʼlim muassasalariga asosiy kvota boʻyicha qabul qilish har yili 15-iyundan 10-avgustga qadar amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2019-y., 09/19/651/3533-son)
8. Umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan mikrohudud boʻyicha tegishli yilning 31-dekabriga qadar 7 yoshga toʻladigan bolalar qabul qilinadi.
9. Ariza beruvchi yoʻllanma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki elektron tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 651-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2019-y., 09/19/651/3533-son)
11. Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa ariza beruvchi davlat xizmatlari olish uchun soʻrovnomani elektron tarzda mustaqil ravishda, platformada joylashtirilgan maʼlumotdan foydalangan holda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan soʻrovnomaga muvofiq shakl boʻyicha toʻldiradi.
Ariza beruvchilardan ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan soʻrovnomada koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Soʻrovnomada ishonchsiz maʼlumotlarning koʻrsatilishi davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
12. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng Davlat xizmatlari markazi xodimi soʻrovnomani qogʻozga chiqaradi va ariza beruvchiga beradi. Ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
13. Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni manzil-maʼlumot byurosiga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda soʻrovnoma avtomatik ravishda manzil-maʼlumot byurosiga yuboriladi.
14. Bolaning qarindoshlari tomonidan umumtaʼlim muassasasiga yoʻllanma olish faqat bolaning ota-onasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan (notarial tasdiqlangan) ishonchnoma asosida amalga oshiriladi.
15. Manzil-maʼlumot byurolari soʻrovnoma tushganidan boshlab bir ish kuni mobaynida ariza beruvchilarning mikrohududda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi (olinmaganligi), shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi haqidagi maʼlumotni tegishli Davlat xizmatlari markazlariga yuboradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
16. Davlat xizmatlari markazlari manzil-maʼlumot byurolaridan maʼlumot tushganidan boshlab bir ish kuni mobaynida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan yoʻllanmani yoki asoslantirilgan rad javobini rasmiylashtiradi.
Ariza beruvchilarning mikrohududda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinmaganligi, yoʻllanma berishni rad etish uchun asos boʻladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Yoʻllanma berishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Bunda bolalarni umumtaʼlim muassasalariga qabul qilish qoʻshimcha kvota boʻyicha belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
17. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga yoʻllanmani yoki asoslantirilgan rad javobini elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda muhrini bosib, masʼul xodimning imzosini qoʻyib beradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda yoʻllanma yoki asoslangan rad javobi ariza beruvchining elektron pochta manziliga yuboriladi.
3-bob. Bolalarni umumtaʼlim muassasalariga qoʻshimcha kvota boʻyicha qabul qilish tartibi
18. Bolalarni umumtaʼlim muassasalariga qoʻshimcha kvota boʻyicha qabul qilish har yili 10-avgustdan 31-avgustga qadar amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2019-y., 09/19/651/3533-son)
19. Qoʻshimcha kvota umumtaʼlim muassasasining oʻquvchilarni qabul qilish uchun malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligi, sinf xonalarining oʻquv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib Kuzatuv kengashining tavsiyasi va umumtaʼlim muassasasi rahbarining buyurtmasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari boshliqlarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 651-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2019-y., 09/19/651/3533-son)
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 651-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2019-y., 09/19/651/3533-son)
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 651-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2019-y., 09/19/651/3533-son)
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 651-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2019-y., 09/19/651/3533-son)
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 651-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2019-y., 09/19/651/3533-son)
4-bob. Umumtaʼlim muassasalariga bolalarning shaxsiy hujjatlarini qabul qilish va rasmiylashtirish tartibi
26. Ariza beruvchilar umumtaʼlim muassasasiga asosiy kvota boʻyicha qabul qilish uchun yoʻllanmani olgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida (yoʻllanma bilan birga) umumtaʼlim muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2019-y., 09/19/651/3533-son)
bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisida tibbiy maʼlumotnoma;
bolaning 3,5 x 4,5 sm oʻlchamli 4 dona rangli fotosurati;
ariza beruvchining pasporti nusxasi;
bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi.
27. Bolalarni umumtaʼlim muassasasiga qabul qilish yoʻllanma taqdim etilganda umumtaʼlim muassasalari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Bolalarni umumtaʼlim muassasalariga yoʻllanmalar mavjud boʻlmaganda rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
28. Bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisida tibbiy maʼlumotnomada oʻqishga tavsiya etilgan tibbiy xulosa mavjud boʻlganda (sogʻlom ekanligi koʻrsatilganda) bola umumtaʼlim muassasasiga qabul qilinadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
29. Umumtaʼlim maktablari asosiy kvota doirasida toʻliq qamrab olingandan soʻng boʻsh oʻrinlar qoʻshimcha kvota asosida toʻldiriladi.
Asosiy kvota boʻyicha belgilangan oʻrinlar yetarli boʻlmagan taqdirda qoʻshimcha kvota hisobiga qabul qilinadi.
Umumtaʼlim muassasalarining 1-sinflariga tasdiqlangan qabul kvotalar bajarilgandan soʻng arizalarni qabul qilish toʻxtatiladi.
Umumtaʼlim muassasalariga qabul kvotasidan tashqari va Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali olingan yoʻllanmalarsiz hamda sinflarda 35 nafardan ortiq oʻquvchilarni qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
30. Davlat xizmatlari markazlari, umumtaʼlim muassasalari va manzil-maʼlumot byurolari oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablarining bajarilishi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
32. Bolalarni umumtaʼlim muassasalariga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali qabul qilish bilan bogʻliq murojaatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasida tashkil etilgan muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqiladi.
33. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan ariza beruvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
34. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Bolalarni asosiy kvota asosida davlat umumtaʼlim muassasalariga qabul qilish
SXEMASI
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2019-y., 09/19/651/3533-son)
Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Bolalarni davlat umumtaʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
1. Bolalarga nisbatan (ota, ona, ularning oʻrnini bosuvchi shaxs)
2. F.I.O.
3. Pasport maʼlumotlari (raqami va seriyasi)
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda)
5. Manzili
6. Telefon raqami
7. Elektron pochta manzili
II. Bola haqidagi maʼlumotlar:
1. F.I.O.
2. Tugʻilgan yili
3. Tugʻilish haqida guvohnoma maʼlumotlari (raqami va seriyasi)
4. Bola oilasi bilan yashaydigan manzil
5. Manzilning qaysi umumtaʼlim muassasi mikrohududiga kirishi
III. Umumtaʼlim muassasasi haqidagi maʼlumotlar:
1. (Tuman, shahar) xalq taʼlimi boʻlimi
2. Umumtaʼlim muassasasi raqami
3. Taʼlim tili
IV. Qoʻshimcha maʼlumotlar (zarurat boʻlganda)
1. Otasi yoki onasi I guruh nogironligi boʻlgan bola (nogironlikni tasdiqlovchi hujjat)
2. Yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola (ota-onasining vafoti haqida guvohnoma yoki boshqa hujjat seriyasi va raqami)
* Ushbu soʻrovnoma taqdim etiladigan asl nusxadagi hujjatlar asosida toʻldiriladi.
20__y.____ _______________
Imzo: _________________.
* Ushbu soʻrovnoma taqdim etiladigan asl nusxadagi hujjatlar asosida toʻldiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 469-son qaroriga 2-ILOVA
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab bolalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladigan taʼlim muassasalari roʻyxati
T/r
Tumanlar nomi
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari soni
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxati
1.
Bektemir
4
289, 290, 291, 293-son umumtaʼlim maktablari
2.
Mirobod
6
31, 60, 94, 110, 125, 263-son umumtaʼlim maktablari
3.
Mirzo Ulugʻbek
7
35, 50, 64, 71, 187, 210, 279-son umumtaʼlim maktablari
4.
Olmazor
7
159, 191, 233, 242, 243, 249, 298-son umumtaʼlim maktablari
5.
Sergeli
3
6, 7, 300-son umumtaʼlim maktablari
6.
Uchtepa
7
38, 44, 74, 75, 107, 228, 238-son umumtaʼlim maktablari
61, 145, 151, 152, 166, 282, 307-son umumtaʼlim maktablari
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining bevosita tasarrufidagi davlat umumtaʼlim maktablari
1.
Mirzo Ulugʻbek
3
Profilli mehnat taʼlimiga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi
Mirzo Ulugʻbek nomidagi astronomiya fizika, matematika, informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi
Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi
2.
Uchtepa
1
Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan d�vlat umumtaʼlim maktabi
3.
Yunusobod
1
Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi
4.
Olmazor
1
Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi
Jami
81 ta
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishgan holda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 09/19/469/3250-son, 08.08.2019-y., 09/19/651/3533-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)