1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoniga muvofiq aholini ichimlik suv va oqova suv xizmatlari bilan taʼminlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 24-may,
PF-140-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5017-son Farmonida:
beshinchi xatboshidagi “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” soʻzlari “koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ichimlik suvining strategik zaxiralari yaratilishini taʼminlash”;
b) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga” soʻzlari “koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi “Aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun Oʻzbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5883-son Farmonida:
birinchi xatboshidagi “Vazirlik” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Suv xoʻjaligi vazirligi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Yagona davlat suv fondi” soʻzlari “ichimlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
“taʼminlash, respublikaning yagona suv balansini shakllantirish” soʻzlari “hamda strategik zaxiralari yaratilishini taʼminlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Kadastr agentligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ Yagona davlat suv fondining barcha suvlar turlariga nisbatan miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlarini tizimli ravishda Suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim etib boradi”;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6074-son Farmonida:
uchinchi xatboshidagi “olinmagan” soʻzi “olinganligi darajasi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi “ishlab chiqilishini” soʻzlaridan keyin “va yangilab borilishini” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-fevraldagi “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik hamda ular uchun oʻz vaqtida va toʻliq hisob-kitob qilinishi uchun isteʼmolchilarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarorida:
a) 1-band va qarorga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-iyundagi “Issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlarining mehnatini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-655-son qarorida:
“10. Issiqlik taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi boʻyicha tarif setkasining boshlangʻich (birinchi) razryadi tarif stavkasini mazkur Nizomga muvofiq belgilash (oʻzgartirish) koʻrsatilayotgan xizmatlar tariflarining oʻsishiga olib kelmasligi kerak”;
“11. Issiqlik taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi boʻyicha tarif setkasining boshlangʻich (birinchi) razryadi tarif stavkasi miqdori, mehnat organlari bilan kelishilgandan soʻng, issiqlik taʼminoti korxonasi rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi”;
“12. Issiqlik taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi boʻyicha tarif setkasining boshlangʻich (birinchi) razryadi tarif stavkasi miqdori, qoidaga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oʻzgartirilishi munosabati bilan qayta koʻrib chiqiladi.
Koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun belgilangan tartibda aniqlanadigan tariflarning oʻzgarishi issiqlik taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi boʻyicha tarif setkasining boshlangʻich (birinchi) razryadi tarif stavkasining oʻzgarishiga olib kelmaydi”;
13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “energiyasi va suvni uzluksiz yetkazib berish, shuningdek xoʻjalik-maishiy oqava suvlarni chiqarib yuborish va tozalashni taʼminlash” soʻzlari “energiyasini uzluksiz yetkazib berishni taʼminlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
30-banddan “, suv taʼminoti, shuningdek xoʻjalik-maishiy oqava suvlarni chiqarib yuborish va tozalash” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2900-son qarorida:
a) 3-band “inspeksiyasi” soʻzidan keyin “hamda Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 31-bandning birinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi” soʻzlaridan keyin “va uning huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” soʻzlari “koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “2017 — 2021-yillarda ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2910-son qarorida:
“8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida “Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika jamgʻarmasi) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzurida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy jamgʻarmalar) tashkil etilsin.
Mazkur jamgʻarmalar mablagʻlaridan:
suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturlarini (keyingi oʻrinlarda — dasturlar) bajarish doirasidagi loyiha-qidiruv ishlarini;
dasturlar doirasida ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni amalga oshirish hamda energiya tejovchi uskunalar va maxsus texnikalar xarid qilishni moliyalashtirishda foydalanilishi belgilansin”;
“10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”;
“1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika jamgʻarmasi) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy jamgʻarmalar) mablagʻlarini boshqarish, shu jumladan Respublika va hududiy jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish, moliyalashtirish va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibini belgilaydi”;
“Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar Ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) moliyalashtirish uchun tashkil qilingan”;
3, 13, 15-bandlardagi “Jamgʻarma” soʻzi “Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Jamgʻarma” soʻzi “Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Jamgʻarmaning” soʻzi “Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Jamgʻarmaga” soʻzi “Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Jamgʻarmaning gʻaznachilik hisob raqamlariga” soʻzlari “Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalarning gʻaznachilik hisobvaraqlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“7. Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalarning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahri boʻyicha bosh boshqarmasi hisob-kitob kassa markazida ochiladigan gʻaznachilik hisobvaraqlarida jamlanadi”;
birinchi xatboshidagi “Jamgʻarma” soʻzi “Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi “rekonstruksiya qilish” soʻzlaridan keyin “, energiya tejovchi uskunalar va maxsus texnikalar xarid qilish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“9. Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar mablagʻlarini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasini moliyaviy tartibga solish departamentining “Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” mablagʻlarini boshqarish boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi”;
“16. Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari Moliya vazirligining axborot tizimida respublika va hududiy darajada ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan sarflanadi”;
“Jamgʻarma” soʻzi “Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti hamda uning hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi “Jizzax viloyati aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3695-son qarori 1-bandining “a” kichik bandidagi “2018 — 2020” raqamlari “2018 — 2023” raqamlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-5152-son qarorida:
“b) 2023-yil 1-yanvardan boshlab mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq koʻp kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish mazkur uy-joylarni taʼmirlash ishlari umumiy smeta qiymati doirasida amalga oshiriladi, bunda mablagʻlarning:
30 foizi mulkdorlar hisobidan qoplanadi. Mazkur mablagʻlar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasida koʻp kvartirali uy-joylarni taʼmirlashni moliyalashtirish uchun ochiladigan maxsus hisobvaraqda (keyingi oʻrinlarda — Maxsus hisobvaraq) shakllantiriladi;
35 foizi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplanadi;
35 foizi mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplanadi”;
“12. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga istisno tariqasida davlat xaridlari uchun oʻrnatilgan tartib-taomillarni oʻtkazmasdan sohani isloh qilish, shu jumladan billing tizimini ishlab chiqish, doimiy ekspluatatsiya qilish va rivojlantirib borish boʻyicha Kompleks ekspertiza qilish markazida ekspertizadan oʻtkazmasdan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)