Issiqlik taʼminoti korxonalari xodimlarining mehnatini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlarini yakuniy ish natijalari uchun ragʻbatlantirish va masʼuliyatini oshirish mexanizmini tubdan takomillashtirish, ular faoliyatini isteʼmolchilarni issiqlik va suv bilan uzluksiz hamda sifatli taʼminlash darajasiga bevosita bogʻliq holda baholash va mehnatiga haq toʻlash, shuningdek issiqlik taʼminoti va suv taʼminotida isrofgarchilikni kamaytirish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
1. 2007-yilning 1-iyulidan boshlab issiqlik taʼminoti korxonalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning ularning bajarilayotgan ish samaradorligi va sifatini oshirish uchun moddiy manfaatdorligi va masʼuliyatini kuchaytirishga qaratilgan hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizimi joriy etilsin:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
4.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv;
5.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
issiqlik taʼminoti korxonalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning xodimlar malakasi va ular koʻrsatayotgan xizmatlar sifatiga bevosita bogʻliq holda ish haqi miqdorini belgilashni taʼminlaydigan tarif tizimini takomillashtirish;
issiqlik taʼminoti korxonalari har bir xodimining shaxsiy hissasi darajasiga bogʻliq holda muayyan ish natijalari uchun har oylik mukofotlarini belgilash yoʻli bilan mehnatni tabaqalashtirilgan tarzda moddiy ragʻbatlantirish;
issiqlik taʼminoti korxonalari xodimlarini korxonada isrofgarchilikni kamaytirish va uning faoliyat samaradorligini oshirish yoʻlida tashabbus koʻrsatgani hamda ijodiy munosabati uchun ragʻbatlantirish.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
issiqlik taʼminoti korxonalari boshqaruv xodimlari, muhandis-texnik xodimlari va xizmatchilari uchun mehnatga haq toʻlash tarif setkalari 1-ilovaga* muvofiq;
issiqlik taʼminoti korxonalari ishchilari uchun mehnatga haq toʻlash tarif setkalari 2-ilovaga* muvofiq.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi issiqlik taʼminoti korxonalari bilan birgalikda lavozimlarni tarif setkasi razryadlariga moslashtirish va tarif stavkalari miqdorini tasdiqlangan tarif setkalariga muvofiq belgilashni taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.13.00 Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar]
3. Belgilansinki, issiqlik taʼminoti korxonalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish miqdorlari quyidagi shartlarga soʻzsiz rioya etilgan holda belgilanadi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
isteʼmolchilarni davlat tomonidan belgilangan talablar va meʼyorlarga qatʼiy muvofiq ravishda issiqlik bilan taʼminlash boʻyicha ishlarni sifatli hamda oʻz vaqtida bajarish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
isteʼmolchilarning asosli shikoyatlari yoʻqligi;
energetika va boshqa moddiy resurslarni tejash, isrofgarchilikni qisqartirish.
4. Issiqlik taʼminoti korxonalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining issiqlik taʼminoti hududiy korxonalarida issiqlik taʼminoti korxonalari xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Quyidagilar jamgʻarmalarning daromadlarini shakllantirish manbalari sifatida belgilansin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
energetika resurslarini va mehnat haqi fondini tejashdan tushgan mablagʻlar;
tuzilgan bitimlar shartlariga muvofiq isteʼmolchilar tomonidan issiqlik taʼminoti korxonalariga toʻlanadigan jarima sanksiyalari;
aholi va oʻzga isteʼmolchilarga boshqa xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzkommunxizmat” agentligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
2007-yilning 10-iyuliga qadar issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalarida tegishli jamgʻarmalar va moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini joriy etish boʻyicha korxona rahbarlari boshchiligida maxsus komissiyalar tashkil etilishini taʼminlasin;
joriy yilning iyun-iyul oylarida issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmalarini shakllantirish tartibi va mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida joylarda seminarlar oʻtkazilishini tashkil qilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 19-iyun,
PQ-655-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-iyundagi PQ-655-son qaroriga 3-ILOVA
Issiqlik taʼminoti korxonalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi
NIZOM
(3-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
1. Mazkur Nizom issiqlik taʼminoti korxonalari (bundan keyin matnda korxona deb yuritiladi) boshqaruv xodimlari, muhandis-texnik xodimlari, xizmatchilari va ishchilarining mehnatiga haq toʻlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
2. Mazkur Nizom xodimlarning shartnoma majburiyatlariga qatʼiy rioya qilish hamda isteʼmolchilarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash, ish haqi miqdorining korxonadagi yakuniy ish natijalariga bogʻliqligini kuchaytirish boʻyicha barqaror ishlarni tashkil etishda xodimlarning moddiy manfaatdorligini kuchaytirish va masʼuliyatini oshirish maqsadida joriy etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
3. Xodimlar mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Korxonalar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
xodimlarning mansab maoshlari;
qonun hujjatlariga muvofiq mansab maoshlariga belgilangan ustama va qoʻshimcha haqlar;
issiqlik taʼminoti korxonalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasidan (bundan keyin matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) toʻlanadigan mukofotlar;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
jamgʻarma hisobidan toʻlanadigan bir martalik moddiy yordam.
II. Mansab maoshlarini belgilash tartibi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
5. Xodimlarga korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiq belgilangan mansab maoshiga qarab ish haqi toʻlanadi.
6. Xodimlarning mansab maoshlari mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan tarif setkalari boʻyicha belgilangan bazaviy tarif stavkalari asosida shakllantiriladi.
Lavozimlarni tarif setkasi razryadlariga moslashtirish issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Bazaviy tarif stavkalarini indeksatsiyalash, korxona indeksatsiyalash uchun moliyaviy imkoniyatga ega boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
7. Issiqlik taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdori tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentini tarif setkasining boshlangʻich (birinchi) razryadi tarif stavkasi miqdoriga koʻpaytirilishi bilan belgilanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
8. Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq korxona xodimlariga quyidagilar uchun haq toʻlanadi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.12.00 Muddatli mehnat shartnomalari;
4.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.28.00 Dam olish va bayram kunlari]
ish vaqtidan tashqari hamda dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda ikki barobar miqdorda;
tungi ish vaqti uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda 1,5 barobar miqdorda;
kasblar boʻyicha oʻrindoshligi, xizmat koʻrsatish doirasini kengaytirgani, xodim oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda vaqtincha yoʻq xodimning vazifalarini bajargani uchun — amalda bajarilgan ishga xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha;
tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay joylarda ishlaganlik uchun — mazkur hududda belgilangan tuman koeffitsiyentini hisobga olgan holda;
qonun hujjatlariga muvofiq mansab maoshlariga belgilangan boshqa ustama va qoʻshimcha haqlar.
III. Issiqlik taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi boʻyicha tarif setkasining boshlangʻich (birinchi) razryadi tarif stavkasini belgilash tartibi
(III boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
9. Issiqlik taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi boʻyicha korxonada qoʻllaniladigan tarif setkasining boshlangʻich (birinchi) razryadi tarif stavkasi miqdorlari korxona tomonidan korxona moliyaviy imkoniyati va mehnat haqi fondining (mukofotlarni hisobga olmaganda) korxona xarajatlaridagi mavjud ulushidan kelib chiqib, shuningdek moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida mehnat organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Issiqlik taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi tarif setkasining boshlangʻich (birinchi) razryadi tarif stavkasi miqdori mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha birinchi razryad tarif stavkasi miqdoridan past boʻlishi mumkin emas;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
10. Issiqlik taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi boʻyicha tarif setkasining boshlangʻich (birinchi) razryadi tarif stavkasini mazkur Nizomga muvofiq belgilash (oʻzgartirish) koʻrsatilayotgan xizmatlar tariflarining oʻsishiga olib kelmasligi kerak.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
11. Issiqlik taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi boʻyicha tarif setkasining boshlangʻich (birinchi) razryadi tarif stavkasi miqdori, mehnat organlari bilan kelishilgandan soʻng, issiqlik taʼminoti korxonasi rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
12. Issiqlik taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi boʻyicha tarif setkasining boshlangʻich (birinchi) razryadi tarif stavkasi miqdori, qoidaga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oʻzgartirilishi munosabati bilan qayta koʻrib chiqiladi.
Koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun belgilangan tartibda aniqlanadigan tariflarning oʻzgarishi issiqlik taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi boʻyicha tarif setkasining boshlangʻich (birinchi) razryadi tarif stavkasining oʻzgarishiga olib kelmaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
IV. Xodimlarni mukofotlash
13. Bir oylik ish yakunlari boʻyicha mukofotlash uchun quyidagilar korxona xodimlari mehnatini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi va sifati — davlat tomonidan belgilangan talablar va meʼyorlarga qatʼiy muvofiq ravishda isteʼmolchilarga issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazib berishni taʼminlash;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
isteʼmolchilarning asosli, shu jumladan takroriy shikoyatlari yoʻqligi;
energetika va boshqa moddiy resurslarni tejash, isrofgarchilikni kamaytirish.
14. Xodimlarga mukofotlar miqdori korxona xodimlari mehnatini baholashning asosiy mezonlaridan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan tarzda belgilanadi. Mukofotning umumiy miqdori har bir xodimga hisoblaganda tarif setkasi boʻyicha uning tarif stavkasi (mansab maoshi)ning 50 %idan oshishi mumkin emas.
15. Xodimni mukofotlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun asos boʻlib korxona tegishli boʻlinmasi rahbari tomonidan mazkur boʻlinmaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha asoslari hamda buxgalterlik va tezkor hisob-kitob maʼlumotlarini ilova qilib berilgan bildirishnomasi hisoblanadi.
16. Mukofotlash va moddiy yordam ajratish toʻgʻrisidagi qaror korxona rahbari buyrugʻi bilan, korxona rahbari (komissiya raisi), rahbar oʻrinbosari, iqtisodiy xizmat rahbari, bosh buxgalter, kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi va ikki xodimdan iborat 7 kishilik tarkibda tuziladigan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
17. Komissiya ish tartibi kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda korxona rahbari tomonidan belgilanadi.
Komissiya majlislari, qoidaga koʻra, har oy, alohida hollarda esa zarurat yuzasidan oʻtkaziladi. Mukofotlash va moddiy yordam puli toʻlash toʻgʻrisidagi qaror ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Qaror komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qism ovozi mavjud boʻlganda qabul qilingan hisoblanadi va korxona rahbari buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
18. Mukofotni tayinlashda xodimning oʻz xizmat vazifalarini korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan koʻrsatkichlarga muvofiq bajarganiga baho beriladi.
19. Mukofotlar amalda ishlangan vaqt uchun beriladi.
Mukofot berilayotgan oyda xodim ishdan ozod etilishi (xodimning aybi bilan ishdan ozod etilishi bundan mustasno) yoki ishga qabul qilinishi, harbiy xizmatga chaqirilishi munosabati bilan yoki boshqa uzrli holatlar tufayli toʻliq ishlab berilmagan taqdirda mukofot amalda ishlangan vaqtga proporsional tarzda tayinlanadi.
20. Ishlab chiqarish va texnologik instruksiyalarni, ichki tartib - qoidalarni buzishda aybdor boʻlgan, nuqsonlarga yoʻl qoʻygan xodimlar mukofotdan toʻliq yoki qisman mahrum etiladi.
Qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarni mukofotdan mahrum etish (kamaytirish) qoidabuzarliklar yoʻl qoʻyilgan yoki aniqlangan davrda amalga oshiriladi. Mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan xodim mazkur chora qoʻllangan davrda mukofotdan toʻliq mahrum etiladi.
21. Bir martalik moddiy yordam kasaba uyushmasi qoʻmitasi tashabbusi boʻyicha yoki xodimning oʻz arizasiga koʻra komissiya qarori bilan jamoaviy shartnomada nazarda tutilgan tartibda tayinlanadi.
22. Xodimlarga bir martalik moddiy yordam mehnat taʼtiliga chiqishda bazaviy tarif stavkasining bir barobarigacha miqdorda, shuningdek alohida holatlar (uzoq muddatli kasallik, oila aʼzosining vafoti, toʻy marosimi, farzand tugʻilishi va boshqa holatlar) munosabati bilan bir martalik moddiy yordam toʻlanishi mumkin.
Moddiy yordamning aniq miqdori komissiya tomonidan vaziyatga qarab belgilanadi.
23. Mablagʻlar mavjud boʻlgan taqdirda xodimlarga ovqat va kommunal xizmatlarning oshgan narxini kompensatsiya qilish uchun issiqlik taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi boʻyicha tarif setkasining boshlangʻich (birinchi) razryadi tarif stavkasining 20%igacha miqdorda har oylik moddiy yordam puli toʻlanishi, shuningdek davlat bayramlariga mukofotlar berilishi mumkin.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
(V bob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
VI. Issiqlik taʼminoti korxonalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish
(VI bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
28. Jamgʻarma issiqlik taʼminoti korxonalarida tashkil etiladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Jamgʻarma mablagʻlari korxonalarning maxsus hisob raqamlarida jamlanadi.
Korxona rahbari, u yoʻqligida uning oʻrnini bosuvchi shaxs jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
29. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
energetika resurslarini tejashdan olingan mablagʻlar;
tuzilgan shartnomalarga muvofiq isteʼmolchilar tomonidan issiqlik taʼminoti korxonalariga toʻlanadigan jarima sanksiyalari;
(29-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
aholi va oʻzga isteʼmolchilarga boshqa xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar.
(29-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 14-iyuldagi PQ-1365-son qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 231-modda)
30. Korxona tomonidan yil yakunlari boʻyicha rentabelli ishni taʼminlash sharoitida issiqlik taʼminoti xizmatlari koʻrsatishning belgilangan prognozi bajarilgan taqdirda korxona tasarrufida qoladigan foydaning 40 %igacha miqdori Jamgʻarma mablagʻlarini koʻpaytirishga yoʻnaltirilishi mumkin.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
31. Jamgʻarmadan mukofotlar va bir martalik moddiy yordam pulini toʻlash Jamgʻarma mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Hisobot yilida foydalanilmagan Jamgʻarma mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va keyingi yilga oʻtkaziladi.
VII. Jamgʻarma mablagʻlari sarflanishini nazorat qilish
32. Jamgʻarma mablagʻlari sarflanishini nazorat qilish korxona rahbariyati tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.12.00.00 Mehnatga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat. Mehnatga oid qonun hujjatlarini buzilganligi uchun javobgarlik / 05.12.02.00 Mehnat qonunchilik hujjatlarini buzilganligi uchun javobgarlik]
33. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadga nomuvofiq foydalanish holatlari aniqlanganda, Jamgʻarmaning maqsadga nomuvofiq foydalanilgan mablagʻlari jami summasi davlat budjeti daromadiga oʻtkaziladi, aybdor shaxslarga nisbatan esa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli javobgarlik choralari koʻriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
4.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv;
5.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
34. Korxona rahbari korxona xodimlariga mukofot va moddiy yordam pullarini toʻgʻri ajratib berishda, shuningdek korxona xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javobgar hisoblanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 25-26-son, 260-modda; 2010-y., 28-29-son, 231-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; 2012-y., 17-son, 189-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)