OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Davlat statistika qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2021-yil 11-oktabrdagi 10-mb-son “2022-yil uchun statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 3334, 2021-yil 25-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2021-y., 10/21/3334/1096-son)
ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
1-banddagi “109” raqami “110” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchaning
ilovasiga muvofiq tahrirdagi 110-ilova bilan toʻldirilsin.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan ehtiyojmand oilalarga (bundan buyon matnda roʻyxatda turganlar deb yuritiladi) ochiq elektron tanlov asosida ijaraga berilgan yer uchastkalarida tashkil etilgan dehqon xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot (
110-ilova)