1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi;
2.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son qaroriga muvofiq, shuningdek, davlat aktivlarini boshqarish, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, toʻlovga qobiliyatsizlik tizimini takomillashtirishning mustahkam ilmiy-metodologik va metodik bazasini yaratish, mamlakat iqtisodiyotini isloh qilishning bugungi bosqichidagi boshqa dolzarb vazifalarni hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil qilinsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
xoʻjalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy xalqaro standartlari va usullarini hamda baholash tizimini joriy etish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
xususiylashtirish, shu jumladan koʻchmas mulk obyektlari va davlat ulushlarini sotish, shuningdek, korxonalarni xususiylashtirishdan oldin tayyorlashning ilmiy-metodologik asoslarini rivojlantirish hamda xususiylashtirish jarayonlari amalga oshirilishini monitoring qilish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
aksiya va obligatsiyalarni chiqarish hisobiga davlat ishtirokidagi korxonalarga investitsiyalarni jalb qilish muammolarini tadqiq etish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
davlatning, shu jumladan uning xorijdagi aktivlarini samarali boshqarish va davlat mulki obyektlarini ijaraga berish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Toʻlovga qobiliyatsizlik va sanatsiya / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
iqtisodiy nochor boʻlgan davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirishning metodologik asoslari va mexanizmlarini takomillashtirish;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholash va rieltorlik faoliyatini tartibga solishning ilmiy-metodologik asoslarini rivojlantirish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tahliliy va uslubiy hujjatlarni tayyorlash, ilmiy ishlarni chop etish, Markazning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish.
3. Belgilansinki, Markaz:
davlat muassasasi shaklidagi ilmiy tashkilot hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blanklarga, mustaqil balansga, bank hisobvaraqlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
(5-bandning birinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
5. Markaz xodimlariga nisbatan, toʻlov manbalaridan qatʼi nazar, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparati xodimlari uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etilishi belgilab qoʻyilsin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazilmagan Markaz xodimlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar qonunchilik hujjatlariga asosan mavjud shtat birliklari doirasida Markazning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, ushbu pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
6. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktoriga Markaz direktorini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish hamda zaruriyatga koʻra Markazning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
7. Belgilab qoʻyilsinki, Markaz oʻz faoliyatini amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
vazirliklar va idoralardan Markazga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan statistik, tahliliy va boshqa axborotni bepul olish;
davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, oliy taʼlim muassasalari professor va oʻqituvchilari, xorijiy mutaxassislarni belgilangan tartibda ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishga tegishli shartnoma asosida jalb qilish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan xalqaro va xorijiy bilan qoʻshma tadqiqotlarni oʻtkazish toʻgʻrisida belgilangan tartibda tegishli shartnomalar tuzish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
oʻtkazilayotgan ilmiy tadqiqotlar toʻgʻrisida xabardorlik darajasini oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda foydalanish maqsadida davlat boshqaruvi organlariga axborot-tahliliy hisobotlarni va maʼlumotlarni taqdim qilish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
davlat boshqaruv organlariga, xoʻjalik birlashmalariga, xorijiy va xalqaro tashkilotlarga Markaz ustavida belgilangan tartibda ilmiy-tadqiqot xizmatlarini koʻrsatish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
8. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida oʻtkaziladigan tanlov natijalari asosida ajratiladigan mablagʻlar;
Markaz faoliyati yoʻnalishi boʻyicha ishlarni bajarish uchun vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan xoʻjalik shartnomalari asosida olingan mablagʻlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga qimmatli qogʻozlar bozori, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, monopoliyaga qarshi tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish sohasida va oʻz faoliyatining boshqa yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish uchun budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Markazga buyurtmalar berib borish tavsiya etilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
bir oy muddatda Markazning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
Markazni Toshkent shahri, Amir Temur koʻchasi, 6-uy manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1012-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 219-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandi yettinchi xatboshidagi “Agentlik xodimlarini” soʻzlari “Agentlik va uning idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 26-maydagi 326-son qaroriga 2-ilovaning “Tashkilot nomi” ustuni 24-pozitsiyasidagi “Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi” soʻzlari “Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.