

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;29.04.2022
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3469415" id="onLBC-3469415">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18906"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC6823"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3469415" id="onLS-3469415">[<b>TSZ:</b><div id="LS3726"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3477699" id="-3477699">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3477702" id="-3477702">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3477706" id="-3477706">Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil qilish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3477709" id="-3477709"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-6021277" id="-6021277">Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 219-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-5987118?ONDATE=29.04.2022 00#-5987637">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477713" id="-3477713">Davlat tomonidan xususiylashtirilgan korxonalarni samarali rivojlantirishga yanada koʻmaklashish, monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish va raqobat muhitini shakllantirish, davlat mulkini boshqarish tizimini takomillashtirish, qimmatli qogʻozlar va koʻchmas mulk bozorlari faoliyat koʻrsatishining mustahkam ilmiy-metodologik va metodik bazasini tashkil etishda iqtisodiyot fanining rolini kuchaytirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini isloh qilishning bugungi bosqichidagi boshqa vazifalarni hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477717" id="-3477717">1. Xususiylashtirish, korporativ boshqaruv va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi hamda Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazini birlashtirish yoʻli bilan ularning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477718" id="-3477718">2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477719" id="-3477719">yangi ish oʻrinlarini yaratish, faoliyat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishni taʼminlashning ilmiy-metodik bazasini shakllantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477721" id="-3477721">xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishning zamonaviy tajribasini oʻrganish hamda uni respublikada joriy etish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477723" id="-3477723">xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini tizimli tahlil qilish asosida davlat tomonidan ularga koʻmaklashish natijadorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari va mexanizmlari toʻgʻrisida takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477724" id="-3477724">Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markaziga xususiylashtirilgan obyektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarni oʻqitish uchun oʻquv-metodik materiallarni tayyorlashda koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477727" id="-3477727">monopoliyadan chiqarish va iqtisodiyotda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqur tahlil qilish asosida monopoliyaga qarshi tartibga solish, isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimlarining faoliyat koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477729" id="-3477729">iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirishni hamda bankrotlik tartibotlarini amalga oshirishning metodologik asoslari va mexanizmlarini takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477734" id="-3477734">davlat mulkini boshqarish institutlari va mexanizmlarini yanada rivojlantirish, xoʻjalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy xalqaro standartlari va usullarini joriy etishning ilmiy asoslari va metodik tavsiyalarini ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477742" id="-3477742">qimmatli qogʻozlar va koʻchmas mulk bozorlarini, ularning infratuzilmasini rivojlantirish holatini tahlil qilish va yoʻnalishlarini aniqlash, institutlar va ularning faoliyat koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir ilmiy tavsiyalar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477751" id="-3477751">normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tahliliy va metodik hujjatlarni tayyorlash, ilmiy ishlarni chop etish, Markazning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha “davra suhbatlari” va seminarlar oʻtkazish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477755" id="-3477755">3. Belgilansinki, Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisob raqamlari va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477761" id="-3477761">4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazining xodimlari cheklangan umumiy soni 39 nafar boʻlgan tuzilmasi <a href="/mact/-3469415#-3477866">1-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477764" id="-3477764">Markaz direktoriga, zarur boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda, Markazning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477766" id="-3477766">5. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477773" id="-3477773">Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477774" id="-3477774">Markaz xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq qilinadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477776" id="-3477776">Markaz huquqlari va majburiyatlari boʻyicha Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi hamda Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477778" id="-3477778">6. Markazga quyidagi huquqlar berilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477781" id="-3477781">Vazirliklar va idoralardan Markaz vazifalarini hal etish uchun zarur boʻlgan mavjud statistik, tahliliy va boshqa axborotni bepul soʻrash va olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477784" id="-3477784">davlat organlari va boshqa tashkilotlar mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari, xorijiy mutaxassislarni tadqiqotlarga shartnoma asosida jalb qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477787" id="-3477787">ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan xalqaro va xorijiy muassasalar bilan qoʻshma tadqiqotlarni oʻtkazish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477790" id="-3477790">oʻtkazilayotgan ilmiy tadqiqotlar toʻgʻrisida xabardorlik darajasini oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ulardan foydalanish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga axborot-tahliliy hisobotlarni va maʼlumotlarni taqdim qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477793" id="-3477793">Markaz faoliyati yoʻnalishi boʻyicha noshirlik faoliyatini amalga oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477795" id="-3477795">7. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477798" id="-3477798">Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha davlat ilmiy-texnika dasturlarini bajarishga ajratiladigan grantlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477800" id="-3477800">Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobidan Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun bepul asosda, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash va Markaz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha boshqa ishlarni bajarish uchun shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477804" id="-3477804">Markaz faoliyati yoʻnalishi boʻyicha ishlarni bajarish uchun vazirliklar, idoralar va boshqa, shu jumladan xorijiy tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida olingan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477807" id="-3477807">xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477811" id="-3477811">qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477812" id="-3477812">8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi hamda Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markaziga tegishli boʻlgan va Markazga oʻtayotgan avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar va boshqa toʻlovlar undirilmagan holda qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477816" id="-3477816">9. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477820" id="-3477820">Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazining ustavini ikki oy muddatda belgilangan tartibda tasdiqlansin va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi taʼminlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3478056" id="-3478056">Markaz Toshkent shahri Islom Karimov koʻchasidagi 55-uyda bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477844" id="-3477844">zarurat boʻlganda, Markazning egallab turilgan maydonlaridan foydalanish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477851" id="-3477851">10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining <a href="/mact/-3469415?ONDATE=23.12.2017 00#-3477871">2-ilovaga </a>muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477856" id="-3477856">11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3477862" id="-3477862">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3477863" id="-3477863">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3477864" id="-3477864">2017-yil 22-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3477865" id="-3477865">1012-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3477866" id="-3477866"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3477867" id="-3477867">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1012-son <a href="/mact/-3469415">qaroriga</a> <br />1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3477868" id="-3477868">Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3477869" id="-3477869"><strong>TUZILMASI</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3477870" id="-3477870"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3477873" id="-3477873"><img src="/files/3477943" /></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-3477938" id="-3477938">Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 39 kishi, shu jumladan ilmiy xodimlar — 30 kishi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3477871" id="-3477871"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3477876" id="-3477876">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1012-son <a href="/mact/-3469415">qaroriga <br /></a>2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3477877" id="-3477877">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3477878" id="-3477878"><strong>ROʻYXATI</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3477880" id="-3477880"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477882" id="-3477882">1. Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 29-iyuldagi 331-son <a href="/mact/-832684">qarori</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477884" id="-3477884">2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 5-modda) ilovaning <a href="/mact/-357952?ONDATE=17.01.2004 00#-358237">37-bandi</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477885" id="-3477885">3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda) 2-ilovaning <a href="/mact/-755789?ONDATE=12.08.2005 00#-759235">36-bandi</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477887" id="-3477887">4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda) 1-ilovaning <a href="/mact/-811493?ONDATE=08.09.2005 00#-811780">40-bandi</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477889" id="-3477889">5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzurida Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2006-yil 9-iyundagi 113-son <a href="/mact/-1004853">qarori </a>(Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 23-son, 211-modda).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477891" id="-3477891">6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda) 1-ilovaning <a href="/mact/-1064907?ONDATE=02.10.2006 00#-1066743">31-bandi</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3477893" id="-3477893">7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 23-maydagi 143-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 34-modda) ilovaning <a href="/mact/-2015035?ONDATE=23.05.2012 00#-2015419">13-bandi</a>.</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3477708" id="-3477708">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1012/0457-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
