1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi sohasida statistik maʼlumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-fevraldagi 104-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishning tashkiliy va metodik prinsiplarini, dasturiy-texnik taʼminoti va maʼlumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan oʻtkazish, davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining ushbu jarayonlardagi masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlari 2022-yilning avgust oyida Samarqand viloyatining Jomboy tumani hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanida amalga oshirilsin.
2. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish, ularni amalga oshirish va ularning natijalarini tahlil qilish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish, moliyaviy va moddiy-texnik taʼminot yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlar, ushbu jarayonlarga masʼul vazirlik, idoralar va mahalliy hokimliklarning hamda bajarish muddatlarini belgilovchi Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.08.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish. Ishga qabul qilish vaqtida dastlabki sinov]
sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlariga vaqtinchalik yollanadigan xodimlar, ushbu jarayonlarga davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish, ularga qoʻyiladigan talablar hamda ushbu shaxslar mehnatiga haq toʻlash tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida respondentlarning qishloq xoʻjaligi faoliyatiga doir maʼlumotlarini yigʻishda foydalaniladigan savollar roʻyxatini oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish dasturi 4-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish dasturi asosida ishlab chiqilgan roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnoma shakllaridan iborat Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
3. Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklari huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha hududiy komissiyalar 2022-yilda sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish bilan bogʻliq chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarining birlamchi maʼlumotlarini kiritish va qayta ishlash boʻyicha maxsus dasturiy taʼminotni (keyingi oʻrinlarda — dasturiy taʼminot) ishlab chiqsin. Bunda:
Davlat statistika qoʻmitasi dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha buyurtmachi etib;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
dasturiy taʼminotni joriy etish va keyinchalik qoʻllab-quvvatlash Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlari amalga oshiriladigan hududlarni 2022-yil 1-iyunga qadar zarur miqdorda kartografik materiallar (shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejalari va xaritalari, qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning yer uchastkalari xaritalari) bilan taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
6. Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklari hamda Jomboy va Parkent tumanlari hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi 2022-yil 1-iyunga qadar aholi punktlari va koʻchalar nom belgilarini oʻrnatish, xonadon va uylarni toʻliq raqamlash ishlarini yakuniga yetkazsin va sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish davriga qadar muntazam ravishda yangilab borilishini hamda roʻyxatdan oʻtkazish davrida ularga oʻzgartirish kiritilmasligini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda sinov tariqasida amalga oshiriladigan qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jalb etiladigan xodimlar hamda roʻyxatdan oʻtkazish uchun ajratilgan bino va inshootlar xavfsizligini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yilda sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar smetasini 2022-yil Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida ishlab chiqsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Milliy axborot agentligi va Milliy teleradiokompaniya bilan birgalikda 2022-yilda sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarining mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida keng yoritilishini tashkil etsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi sinov natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini 2023-yil 1-fevraliga qadar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-aprel,
197-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 197-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga (keyingi oʻrinlarda — sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish) tayyorgarlik koʻrish, ularni amalga oshirish va ularning natijalarini tahlil qilish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
2. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlari 2022-yilning avgust oyida tanlab olingan hududlarda amalga oshiriladi va roʻyxatdan oʻtkazish boshlanishining aniq vaqti 2022-yil 1-avgust soat 00:00 etib belgilanadi (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazish sanasi). Roʻyxatdan oʻtkazish davomiyligi — 31 kun etib belgilanadi.
Respondentlarning qishloq xoʻjaligi faoliyatiga doir maʼlumotlarini yigʻishda roʻyxatdan oʻtkazish sanasidan keyin sodir boʻlgan xoʻjalik faoliyatidagi oʻzgarishlar hisobga olinmaydi hamda mazkur oʻzgarishlar roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalari va boshqa roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarida qayd etilmaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
3. Roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalari sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish dasturiga kiritilgan savollardan tashkil topadi.
4. Qishloq xoʻjaligi faoliyatiga doir maʼlumotlarni toʻplash:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, dala hovli uchastkalari egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ular yashaydigan xoʻjaliklarga tashrif buyurgan holda, respondentlar bilan soʻrov oʻtkazish va ularning javoblari asosida maʼlumotlarni planshet qurilmalari yordamida roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalarini toʻldirish orqali toʻplanadi. Soʻrov oʻtkazilayotgan respondentlarning ogʻzaki javoblari asosida roʻyxatdan oʻtkazuvchi shaxslar tomonidan tegishli soʻrovnomalarga maʼlumotlar kiritiladi. Roʻyxatdan oʻtkazish davrida xoʻjalik boshligʻining oʻzi boʻlmaganda, xoʻjalikka doir maʼlumotlar ushbu xoʻjalikning voyaga yetgan aʼzosi tomonidan maʼlum qilinadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularning rahbar va masʼul xodimlari bilan soʻrov oʻtkazish va ularning javoblari asosida maʼlumotlarni planshet qurilmalari yordamida roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalarini toʻldirish orqali toʻplanadi. Soʻrov oʻtkazilayotgan respondentlarning ogʻzaki javoblari asosida roʻyxatdan oʻtkazuvchi shaxslar tomonidan tegishli soʻrovnomalarga maʼlumotlar kiritiladi. Xoʻjalikka (tashkilotga) doir maʼlumotlar ushbu xoʻjalik (tashkilot)ning rahbari yoki bosh hisobchisi tomonidan maʼlum qilinadi;
roʻyxatdan oʻtkazish obyektida roʻyxatdan oʻtishni istamagan respondentlar uchun roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalariga maʼlumotlar tuman hokimliklari tomonidan ajratilgan bino yoki xonalarda joylashgan statsionar uchastkalarda (keyingi oʻrinlarda — statsionar uchastkalar) kiritiladi;
respondentlar roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomasidagi savollarga javob berishni rad etgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalariga maʼlumotlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridagi, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki qishloq xoʻjaligi, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish, shuningdek Kadastr agentligi huzuridagi Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmalaridagi, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida kiritiladi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
gapirishi va eshitishida nuqsoni boʻlgan respondentlarning xoʻjalikka (tashkilotga) doir maʼlumotlari tegishli hudud boʻyicha nogironlik jamiyatlarining xodimlari yoki ushbu shaxslar bilan muomala qilish imkoniyati mavjud boʻlgan shaxslar koʻmagida toʻplanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
5. Respondentlar oʻzining qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiradigan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bu joy respondent roʻyxatdan oʻtgan (roʻyxatga qoʻyilgan) manzil bilan mos kelishi yoki mos kelmasligi ham mumkin.
2-bob. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida ishtirok etuvchi davlat organlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
6. Quyidagi organlar sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirishni taʼminlaydi:
2024-yilda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — respublika komissiyasi);
Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklari huzurida tuzilgan 2024-yilda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiyalar);
davlat statistika organlari;
tegishli vazirliklar va idoralar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi sifatida quyidagilarni amalga oshiradi:
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha metodika va qoʻllanma materiallarni tayyorlaydi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
planshet qurilmalari yordamida roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalarini toʻldirish, tahlil qilish va natijalarini oʻz vaqtida olish boʻyicha axborot tizimi ishlab chiqilishini tashkil qiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini chop etish, kanselyariya buyumlari hamda moddiy-texnik taʼminot vositalarini tayyorlash (sotib olish) va ularni oʻz vaqtida tegishli hududlarga yetkazib berish ishlarini tashkil etadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlarni tanlab olish va oʻqitish tartibini belgilaydi, Samarqand hamda Toshkent viloyatlari statistika boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy statistika boshqarmalari) xodimlarini oʻqitishni tashkil etadi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) bilan birgalikda roʻyxatdan oʻtkazishda foydalaniladigan kartografik materiallarni tayyorlash boʻyicha texnik shartlarni ishlab chiqadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish haqida aholini hamda qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan subyektlarni xabardor qilish ishlarini (shu jumladan, SMS-xabarnoma, audio va video reklama materiallari, nashrlar va boshqalar) muvofiqlashtiradi;
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarining hududiy komissiyalar bilan birgalikda sifatli oʻtkazilishini tashkil etishga koʻmaklashadi;
qishloq xoʻjaligi faoliyatiga doir maʼlumotlarga ishlov berish tartibini belgilaydi va ularga ishlov berishni amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
8. Samarqand hamda Toshkent viloyatlari hokimliklari, Jomboy va Parkent tumanlari hokimliklari:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.01.00 Hudud tarkibi]
maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini hisobga olib, aholi punktlarining toʻliq roʻyxati tuzilishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
tomorqa yer maydonlari mavjud boʻlgan dehqon va tomorqa xoʻjaliklari sonini koʻrsatgan holda, fuqarolar yigʻinlarining toʻliq roʻyxatini tuzadi;
mavjud fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar, bogʻdorchilik, polizchilik va uzumchilik shirkatlari sonini koʻrsatib, ularning toʻliq roʻyxatini shakllantiradi;
dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, dala hovli uchastkalari egalari, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar sonidan kelib chiqib, belgilangan tartibda hududlarni roʻyxatdan oʻtkazish, instruktorlik va hisob uchastkalariga boʻlinishini taʼminlaydi hamda ularning faoliyatini tashkil etadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
maʼmuriy-hududiy birliklarda koʻchalarning nomlari, uylarning raqamlari koʻrsatilgan koʻrsatkichlar boʻlishini taʼminlaydi;
jalb etilgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlar tarkibini tasdiqlaydi;
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlarni tanlab olish va oʻqitishni tashkil etadi;
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazishga jalb etilgan shaxslarning oʻqishi va ishlashi uchun yaroqli boʻlgan mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtincha binolar yoki xonalar ajratilishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini vaqtincha saqlash uchun qoʻriqlanadigan binolar yoki xonalar ajratilishini taʼminlaydi;
zarur transport va aloqa vositalari taqdim etilishini taʼminlaydi;
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarining sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydi;
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash ishlari muvofiqlashtirilishini tashkil etadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi:
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jalb etilgan shaxslarning xavfsizligini;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
jinoyatchilik koʻp uchraydigan hududlar va tarbiyasi ogʻir oilalar roʻyxatlari shakllantirilishini;
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida jamoat tartibini saqlash maqsadida roʻyxatdan oʻtkazuvchi guruhlarga bir nafar xodim jalb etilishini;
oʻz xodimlarining sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlar bilan birgalikda roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida ishtirok etishini;
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish davrida roʻyxatdan oʻtkazish materiallarining saqlanishini hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarning binolari va yuklari qoʻriqlanishini;
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish davrida roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun korxona va tashkilotlar hududiga kirishga toʻsqinlik qilmaslik maqsadida korxona va tashkilotlar maʼmuriyati bilan profilaktik tushuntirish ishlari oʻtkazilishini;
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish davrida hududlarda tinchlik va osoyishtalik, jamoat tartibi, fuqarolar xavfsizligini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
10. Zarur hollarda, sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish doirasidagi ayrim ishlar va tadbirlarni bajarishga koʻmaklashish uchun boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlar qoʻshimcha ravishda jalb etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
11. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar hisob-kitoblari Qoʻmita, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi va boshqa masʼul idoralar tomonidan tayyorlanadi.
3-bob. Sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.02.00 Kartografiya;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
12. Kadastr agentligi sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish uchun zarur kartografik materiallar bilan taʼminlaydi.
Roʻyxatdan oʻtkazish uchun kartografik materiallar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Jomboy va Parkent tumanlarining maʼmuriy-hududiy xaritalari;
shaharlar, shaharchalar, qishloq aholi punktlari va mahallalarning sxematik rejalari.
Shu bilan birga, Kadastr agentligi tomonidan:
yer uchastkalarining oʻrni va oʻlchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar boʻyicha maʼlumotlar;
har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori boʻyicha yer kadastri elektron maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
13. Roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini amalga oshirishning tashkiliy rejasi (keyingi oʻrinlarda — tashkiliy reja) tegishli hududiy komissiyalar tomonidan Jomboy va Parkent tumanlari boʻyicha alohida tuziladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish uchastkalarining chegaralari har bir roʻyxatdan oʻtkazish uchastkasiga toʻgʻri keladigan yuklamani (oʻrtacha 4500 ta dehqon xoʻjaligi (xonadon) va oʻrtacha 250 ta fermer xoʻjaligi) hisobga olingan holda, maʼmuriy-hududiy boʻlinish yaxlitligini (tuman darajasida) saqlash sharti bilan belgilanadi.
Roʻyxatdan oʻtkazish uchastkalari har bir instruktorga toʻgʻri keladigan yuklama (oʻrtacha 900 ta dehqon xoʻjaligi (xonadon) va oʻrtacha 50 ta fermer xoʻjaligi) va hududdagi mavjud xoʻjaliklar soni hisobga olingan holda instruktorlik uchastkalariga boʻlinadi.
Instruktorlik uchastkalari har bir roʻyxatdan oʻtkazuvchiga toʻgʻri keladigan yuklamadan (oʻrtacha 180 ta dehqon xoʻjaligi (xonadon) va oʻrtacha 10 ta fermer xoʻjaligi) kelib chiqqan holda hisob uchastkalariga boʻlinadi.
Hududiy komissiyalar va respublika komissiyasi qaroriga asosan borish qiyin boʻlgan va olis hududlarda hisob uchastkasiga toʻgʻri keladigan dehqon va tomorqa xoʻjaligi (xonadon) soni oʻrtacha 50 tadan iborat boʻlishi mezon sifatida olinadi.
Ayrim hollarda hisob uchastkalarini tuzishda roʻyxatdan oʻtkazuvchiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha yuklama belgilangan normalardan kam yoki koʻp boʻlishi mumkin.
Hisob uchastkasi, instruktorlik va roʻyxatdan oʻtkazish uchastkalari sonidan kelib chiqib, roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlar soni aniqlanadi.
Tashkiliy rejani tuzishda koʻzda tutilmagan holatlar (betoblik, baxtsiz hodisalar, yuklangan vazifalarni toʻliq bajarmaslik va boshqalar) hisobga olingan holda hisob uchastkasi, instruktorlik hamda roʻyxatdan oʻtkazish uchastkalariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlar umumiy sonining 10 (oʻn) foizi ish haqi toʻlanmaydigan kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
Koʻzda tutilmagan holatlar yuzaga kelganda, roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlariga zaxiradan jalb etilgan xodimlarga belgilangan tartibda ish haqi toʻlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
14. Jomboy va Parkent tumanlari boʻyicha tayyorlangan tashkiliy rejalar tumanlar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar tomonidan tasdiqlanadi hamda Samarqand va Toshkent viloyatlari statistika boshqarmalariga taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
15. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini tashkil etish va ularning amalga oshirilishi, hududlar darajasida oʻzaro hamkorlikni taʼminlash hududiy komissiyalar tomonidan muvofiqlashtiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
16. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish belgilangan hududlardagi ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilik koʻp uchraydigan hududlar va tarbiyasi ogʻir oilalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar 2022-yil iyun oyidan kechiktirmagan holda hududiy komissiyalarga taqdim etiladi.
Olingan maʼlumotlar roʻyxatdan oʻtkaziladi va hisob uchastkalari boʻyicha guruhlanadi hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchilarni ushbu manzillar toʻgʻrisida xabardor qilish uchun roʻyxatdan oʻtkazish uchastkalari boshligʻi yoki ularning oʻrinbosarlariga taqdim etiladi.
4-bob. Sinov tariqasidaroʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jalb qilinadigan xodimlar toifalari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.08.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish. Ishga qabul qilish vaqtida dastlabki sinov]
17. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga quyidagi toifadagi xodimlar jalb qilinadi:
respublika darajasida — respublika komissiyasi tarkibiga kiritilgan vazirlik va idoralar, Qoʻmita markaziy apparati hamda Qoʻmita huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari;
hududiy darajada — tegishli hududiy komissiyalar aʼzolari, hududiy statistika boshqarmalari xodimlari;
tumanlarda — Jomboy va Parkent tumanlari statistika boʻlimlari xodimlari va shartnoma asosida vaqtincha jalb etiladigan tuman roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimlari hamda roʻyxatdan oʻtkazish uchastkasi, instruktorlik va hisob uchastkalari xodimlari.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Normativ-huquqiy hujjatlar, qoʻllanma va maʼlumotnoma hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, roʻyxatdan oʻtkazishni moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlashda hisob-kitoblarni tayyorlash uchun mutaxassislar qoʻshimcha ravishda shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.08.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish. Ishga qabul qilish vaqtida dastlabki sinov]
18. Samarqand va Toshkent viloyatlari, Jomboy va Parkent tumanlari hokimliklari sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlari uchun jalb etiladigan shaxslarni belgilangan talablar asosida tanlab oladi va ularning roʻyxatini shakllantiradi.
Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirishga jalb etiladigan shaxslar roʻyxati Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
19. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish jarayonida Qoʻmitaning hududiy statistika organlari tomonidan Jomboy va Parkent tumanlari hududi shartli ravishda uy-joy va xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini tuzish uchastkalariga boʻlinadi, bunda uchastka chegaralarida oʻrtacha 750 ta uy-joy va 25 ta xoʻjalik (tashkilot) qamrab olinadi.
Uy-joy va xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini tuzuvchilar sonini shakllantirishda koʻzda tutilmagan holatlar (betoblik, baxtsiz hodisalar, yuklatilgan vazifalarni toʻliq bajarmaslik va boshqalar) hisobga olingan holda, asosiy tarkibga qoʻshimcha ravishda ish haqi toʻlanmaydigan 5 foiz kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.
Har bir uy-joy va xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini tuzish uchastkalariga uy-joy va xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini tuzuvchilar biriktiriladi. Ularning faoliyatini tegishli tuman sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi boshligʻi nazorat qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
20. Uy-joylar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini tuzuvchilar maxsus dastur asosida oʻqitilib, bino va uy-joylar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini tuzish uchun jalb etiladi.
Uy-joy va xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini tuzuvchilar oʻz uchastkasini xatlovdan oʻtkazish davomida respondentlar yashaydigan barcha binolar roʻyxatini aniqlaydi, kartografik materiallarni tekshiradi, ularga tegishli belgi qoʻyadi va zarur hollarda oʻzgartirishlar kiritadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
21. Tumanlar hokimliklari tomonidan hududiy statistika organlari bilan birgalikda Davlat statistika qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Kadastr agentligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hududiy organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari orasidan uy-joy va xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini tuzuvchilar tanlab olinadi hamda shartnoma asosida ishga jalb etiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.08.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish. Ishga qabul qilish vaqtida dastlabki sinov]
22. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish, instruktorlik, hisob va statsionar uchastkalar ishini tashkil qilish uchun yollanadigan quyidagi xodimlar fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb qilinadi:
respondentdan soʻrov oʻtkazish orqali sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini amalga oshiruvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodim;
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchilar ishini nazorat qiladigan nazoratchi instruktor xodim;
instruktorlar ishini nazorat qiluvchi xodimlar (sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish uchastkasi boshligʻi va uning oʻrinbosari);
tuman miqyosida sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini nazorat qiluvchi xodimlar (tegishli tuman roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi boshligʻi va uning oʻrinbosari);
tuman miqyosida sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtiradigan xodim (sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi bosh mutaxassisi).
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
23. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirishga jalb qilingan shaxslar mehnatiga mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq haq toʻlanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
24. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga vaqtincha jalb qilinadigan xodimlarga Qoʻmita tomonidan tayyorlangan maxsus guvohnoma beriladi.
25. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlarga maxsus guvohnomalar berishga tegishli hududiy statistika organlari masʼul hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
26. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlar oʻqitiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
27. Oʻqitish davomida quyidagilar:
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazishning maqsad va vazifalari, roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalari tarkibi va unga maʼlumotlarni kiritish tartibi, shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlarning vazifalari, axloq normalarini oʻrgatish boʻyicha mashgʻulotlar;
planshet qurilmalaridan foydalangan holda soʻrovnomalarni toʻldirish, toʻplangan maʼlumotlarni markaziy bazaga yuklash va ularning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha mashgʻulotlar;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi]
texnika xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar;
uy-joy va xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini tuzuvchilar tomonidan shahar, shahar tipidagi aholi punkti, qishloq aholi punktlaridagi uy-joylar, binolar, shuningdek, fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga tegishli yer uchastkalari roʻyxatini tuzish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar;
respondentlar bilan soʻrov oʻtkazish, kelib chiqadigan barcha qiyinchiliklarni aniqlashtirishga doir muammoli masalalarni muhokama qilish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar;
oʻqitilgan xodimlarning maʼlumotlarni oʻzlashtirganligi boʻyicha nazorat qilish ishlari tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi]
28. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlar oʻqitilgandan soʻng maxsus guvohnoma va kiyim (nimcha, bosh kiyim va boshqalar boʻlishi mumkin), roʻyxatdan oʻtkazish vositalari (planshet, roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlari va kanselyariya buyumlarini olib yurish uchun sumka) bilan taʼminlanadi.
5-bob. Sinov tariqasida qishloq xoʻjaligida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
29. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini amalga oshirishda, respondentlar soʻrovi quyidagicha tashkil etiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalari asosida uyma-uy yurgan holda, yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xoʻjaliklari, tomorqa xoʻjaliklari va dala hovli uchastkalarini roʻyxatdan oʻtkazish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalari asosida xoʻjalik (tashkilot) rahbari va masʼul xodimlari bilan soʻrov oʻtkazgan holda, yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xoʻjaliklari, fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.08 Zaxira yerlar]
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalari asosida hokimliklar balansida boʻlgan zaxira yerlarni roʻyxatdan oʻtkazish;
har bir hisob uchastkasidagi xoʻjaliklarning 10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida oʻrganish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
30. Agar respondent yashab turgan xonadonida roʻyxatdan oʻtishni istamasa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi unga instruktorlik uchastkasiga borib roʻyxatdan oʻtishni taklif etadi va uchastka manzilini beradi.
Instruktorlik uchastkasi tegishli hududlarda sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish davrida faoliyat yuritadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
31. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish uchastkasi xodimlari, instruktorlar va roʻyxatdan oʻtkazuvchilar belgilangan tartibda maxsus guvohnoma, sumka va kanselyariya buyumlari bilan taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
32. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish davrida instruktorlar roʻyxatdan oʻtkazuvchilar tomonidan soʻrov oʻtkazilgan respondentlar sonini kunlik nazorat qiladi va ularning hisobini yuritib boradi.
soʻrov oʻtkazishdan oldin oʻzini tanishtirishi, respondentga oʻz guvohnomasini koʻrsatishi, tashrif maqsadini tushuntirishi, shuningdek, sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazishda ishtirok etishning muhimligi, respondentlarning xoʻjalikka doir maʼlumotlarining maxfiyligi taʼminlanishi va soʻrov taxminan qancha vaqt davom etishi toʻgʻrisida maʼlumot berishi;
xoʻjalikka doir maʼlumotlarni toʻplash jarayonida sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish dasturida belgilangan savollar roʻyxatiga rioya etishi, ularning mazmuni buzilishiga yoʻl qoʻymasligi;
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomasida keltirilgan ketma-ketlik boʻyicha savollar berishi, soʻrovnomada mavjud boʻlmagan savollarni bermasligi;
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalarini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomada keltirilgan tushuntirishlardan tashqari respondentga qulaylik yaratish maqsadida qoʻshimcha ravishda tushuntirishlar berishi;
xushmuomala boʻlishi, boshqa shaxslarning oʻz majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilmasligi yoki ularning hayoti, sogʻligi va mol-mulkiga xavf solmasligi, shuningdek, statistika organlari obroʻsiga putur yetkazadigan harakatlardan saqlanishi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
xoʻjalikka doir maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi va ularning mazmunini oshkor qilmasligi;
oʻz vakolatlariga muvofiq ishlarni toʻliq, sifatli va belgilangan muddatlarda bajarishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.01.00 Umumiy qoidalar. Xodimlar va ish beruvchining majburiyatlari]
34. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchilar instruktor, roʻyxatdan oʻtkazish uchastkasi xodimlari koʻrsatmalarini oʻz vaqtida va aniq bajaradi hamda bu borada boshqa roʻyxatdan oʻtkazuvchilar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi mumkin.
Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchilar ish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning sabablari boʻyicha instruktorga xabar beradi hamda ushbu muammolarni imkon qadar mustaqil ravishda bartaraf qilish choralarini koʻradi.
Shuningdek, cinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchilar zarurat tugʻilganda, oilaviy ahvoli, sogʻligi va boshqa kutilmagan holatlar haqida instruktorga xabar beradi.
35. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchilar mustaqil ravishda ish rejasini tuzadi, zarur hollarda instruktor bilan maslahatlashadi, oʻziga biriktirilgan hududdagi barcha xoʻjaliklarni hisobga olgan holda soʻrov oʻtkazish uchun qulay boʻlgan yoʻnalishni belgilab oladi.
Kun rejasini tuzishda cinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchilar quyidagilarni:
kam vaqt sarf etib, qisqa masofani bosib maksimal miqdorda xoʻjaliklarni aylanib, roʻyxatdan oʻtkazishni;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
jinoyatchilik koʻp uchraydigan hududlar va tarbiyasi ogʻir oilalar xonadonlariga Milliy gvardiya yoki ichki ishlar organlari xodimlari bilan birgalikda tashrif buyurgan holda zarur xavfsizlik choralarini koʻrishni hisobga oladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
36. Agar cinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchilar rejadan sezilarli darajada ortda qolayotgan boʻlsa, instruktorlar ushbu holatning sababini aniqlashtiradi va zarur hollarda, zaxira tarkibidan cinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchilar jalb etilishi yuzasidan hududiy statistika boshqarmalari boshliqlariga taklif kiritadi.
37. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalarini toʻldirish xoʻjalikning qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshirganligini aniqlashdan boshlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
38. Soʻrov davlat tilida oʻtkaziladi. Davlat tilini bilmaydigan respondentlar ona tilida yoki erkin ravishda tanlangan muloqot tilida soʻrovdan oʻtkazilishi mumkin. Bunda cinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlar ushbu hududda yashovchi yoki shu hududning aholisi bilan erkin muloqot qila oladigan shaxslar orasidan tanlanadi.
39. Maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini taʼminlash maqsadida uch kun muddatda tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi oʻtkaziladi.
Nazorat kuzatuvi barcha hisob uchastkalari boʻyicha 10 foizdan kam boʻlmagan qamrov bilan oʻtkaziladi.
Nazorat kuzatuvidan soʻng nazorat kuzatuvi maʼlumotlari bilan sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish davrida roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalariga kiritilgan maʼlumotlar solishtiriladi hamda roʻyxatdan oʻtkazish toʻliqligi va roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalariga kiritilgan maʼlumotlar sifati tekshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
40. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazishning xoʻjalikka doir maʼlumotlari maxfiy boʻlib, respondentning roziligisiz oshkor etilmaydi va tarqatilmaydi.
41. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish va nazorat kuzatuvi oʻtkazilgandan keyin planshetlar, sumkalar va boshqa hujjatlar quyidagi tartibda topshirilishi kerak:
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchi — roʻyxatdan oʻtkazish ishlari yakunlangandan soʻng 1 (bir) kalendar kun muddatda instruktorlarga;
instruktorlar — sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchilardan qabul qilib olingandan soʻng 3 (uch) kalendar kun muddatda sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish uchastkasi boshliqlariga;
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish uchastkasi boshligʻi — instruktordan qabul qilib olingandan soʻng 5 (besh) kalendar kun muddatda tuman sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi boshliqlariga;
tuman sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi boshliqlari — roʻyxatdan oʻtkazish uchastkasi boshliqlaridan qabul qilib olingandan soʻng 5 (besh) kalendar kun muddat ichida tegishli hududiy statistika boshqarmalariga topshiradi.
6-bob. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarining natijalarini shakllantirish va tahlil qilish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
42. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlar tomonidan tayyorlangan yigʻma maʼlumotlar natijalari asosida tumanlar boʻyicha dastlabki maʼlumotlar xoʻjalik toifalariga ajratilgan holda shakllantiriladi.
43. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarining natijalari tegishli hududlar boʻyicha belgilangan jadvallar shaklida shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
44. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarining elektron maʼlumotlar bazasi va boshqa hujjatlarning elektron shakli hamda sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarining yigʻma hujjatlari qayta ishlangandan soʻng qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligiga taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
7-bob. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan taʼminlash
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
45. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirishga jalb etiladigan xodimlar faoliyatini belgilangan meʼyorlar asosida tashkil etish uchun sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
46. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning sumkalari, kanselyariya buyumlari, guvohnomasi, maxsus kiyimlari hamda boshqa tovar-moddiy boyliklari Qoʻmita tomonidan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xarid qilinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
47. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini hamda planshet qurilmalari tegishli hududiy statistika organlariga Qoʻmita tomonidan yetkazib beriladi.
8-bob. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish yakunlari boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
48. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarining natijalari boʻyicha quyidagilar amalga oshiriladi:
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish dasturi, roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalari, roʻyxatdan oʻtkazish uslublari, roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish boʻyicha asosiy tadbirlar hamda foydalanilgan axborot texnologiyalari boʻyicha sinov natijalari tahlil qilinadi;
sinov natijalariga koʻra 2024-yilda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish dasturi, uslubiy qoʻllanmalar va normativ hujjatlarni ishlab chiqish hamda maʼlumotlarni qayta ishlash usullari va qishloq xoʻjaligida roʻyxatdan oʻtkazish yakunlarini shakllantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 197-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xarita”si
I. Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha tashkiliy-huquqiy tadbirlar
1.
Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.
1. Xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganish.
2. Sinov asosida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarining yakuniy natijalarini tahlil qilish.
3. Sinov natijalariga koʻra, qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish hamda natijalarini eʼlon qilish tartibi, roʻyxatdan oʻtkazish dasturi, roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi, roʻyxatdan oʻtkazishning yakuniy maʼlumotlaridan foydalanish tartibi kabi normativ hujjatlarni ishlab chiqish.
4. Qaror loyihasini ishlab chiqish va tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.
5. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2022-2023 yy.
Davlat statistika qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Moliya vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2.
Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish, ularning natijalarini olish va qayta ishlash, jalb etiladigan vaqtincha xodimlarni yollash va ularning mehnatiga haq toʻlash tamoyillari hamda uslubiy asoslari va roʻyxatdan oʻtkazishga oid boshqa masalalar boʻyicha tashkiliy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish.
1. Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish hamda maʼlumotlarni kiritish va qayta ishlash uchun vaqtincha binolarni ajratish boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqish.
2022-yil noyabr
Davlat statistika qoʻmitasi
2. Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish masalalari boʻyicha xodimlarni oʻqitish tartibini ishlab chiqish.
2023-yil yanvar
Davlat statistika qoʻmitasi
3. Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlarni lavozim majburiyatlarini ishlab chiqish.
2023-yil fevral
Davlat statistika qoʻmitasi
II. Sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish
3.
Sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishtirokchilarini kartografik materiallar (sxematik reja va xaritalar) bilan taʼminlash.
1. Tumanlar boʻyicha 1:25 000 va 1:50 000 masshtabda sxematik xaritalar tuzish.
2. Aholi punktlari boʻyicha 1:2 000 masshtabda sxematik rejalar tuzish.
3. Aholisi zich hududlarda hamda maydoni 200 000 gektardan kichik hududlarda 1:25 000 masshtabda sxematik xaritalar tuzish.
4. 200 000 gektardan ortiq maydonga ega boʻlgan tumanlar boʻyicha 1:50 000 masshtabda sxematik xaritalar tuzish.
5. Jomboy va Parkent tumanlari markazlari uchun 1:10 000 masshtabdagi sxematik xaritalar tuzish.
2022-yil 1-iyun
Kadastr agentligi,
Samarqand viloyati hokimligi,
Toshkent viloyati hokimligi,
Jomboy tumani hokimligi,
Parkent tumani hokimligi,
hududiy komissiyalar
4.
Aholi punktlaridagi dehqon va tomorqa xoʻjaliklari roʻyxatini shakllantirish.
1. Fuqarolar yigʻinlari boʻyicha dehqon va tomorqa xoʻjaliklarining roʻyxatini shakllantirish.
2. Shakllantirilgan maʼlumotlarni tahlil qilish.
3. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha monitoring ishlarini olib borish.
2022-yil 1-iyun
Samarqand viloyati hokimligi,
Toshkent viloyati hokimligi,
Jomboy tumani hokimligi,
Parkent tumani hokimligi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Kadastr agentligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Davlat statistika qoʻmitasi
5.
Fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning roʻyxatini shakllantirish.
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni hududlar boʻyicha roʻyxatini shakllantirish.
2. Shakllantirilgan maʼlumotlarni tahlil qilish.
2022-yil 1-iyun
Samarqand viloyati hokimligi,
Toshkent viloyati hokimligi, Jomboy tumani hokimligi,
Parkent tumani hokimligi,
Kadastr agentligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Davlat statistika qoʻmitasi,
Adliya vazirligi
3. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha monitoring ishlarini olib borish.
Doimiy
6.
Hududlarda sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
1. Sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish, instruktorlik va hisob uchastkalariga boʻlish.
2022-yil 1-iyunga qadar
Hududiy komissiyalar, Samarqand viloyati hokimligi,
Toshkent viloyati hokimligi, Jomboy tumani hokimligi,
Parkent tumani hokimligi,
Davlat statistika qoʻmitasi va uning hududiy organlari,
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy organlari,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning hududiy organlari,
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va uning hududiy organlari,
2. Sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jalb etiladigan roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlarni tanlab olish, tarkibini tasdiqlash hamda ularni oʻqitish.
2022-yil 1-iyulga qadar
3. Aloqa vositalari bilan jihozlangan binolar bilan taʼminlashni tashkil etish.
4. Tuman roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimlarini, roʻyxatdan oʻtkazish va instruktorlik uchastkalarini zarur hollarda transport vositalari bilan taʼminlash.
5. Sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarining sifatli amalga oshirilishini tashkil etish.
2022-yil
(sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish davrida)
6. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha monitoring ishlarini olib borish.
Doimiy
7.
Sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish uchun jalb etiladigan vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlarni tanlab olish, roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash.
1. Vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlarga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish.
2. Vaqtincha roʻyxatdan oʻtkaz?vchi xodimlarni tanlash.
3. Vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlar roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash.
2022-yil 1-iyunga qadar
Samarqand viloyati hokimligi,
Toshkent viloyati hokimligi,
Jomboy tumani hokimligi,
Parkent tumani hokimligi,
hududiy komissiyalar
8.
Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchilarni hujjatlar va moddiy- texnik buyumlar bilan taʼminlash.
1. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalarini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomalarni yetkazib berish.
2. Roʻyxatdan oʻtkazish sumkalari hamda planshetlarni yetkazib berish.
3. Tuman sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimlari, roʻyxatdan oʻtkazish va instruktorlik uchastkalariga kanselyariya mollari va boshqa jihozlarni yetkazib berish.
2022-yil 1-iyulga qadar
Davlat statistika qoʻmitasi,
Samarqand viloyati hokimligi,
Toshkent viloyati hokimligi,
Jomboy tumani hokimligi,
Parkent tumani hokimligi
9.
Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish masalalari boʻyicha statistika organlari xodimlarini oʻqitish.
1. Oʻqitishning reja-jadvalini ishlab chiqish.
2. Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarini oʻqitish.
3. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlarini oʻqitish.
4. Tuman va shahar statistika boʻlimlari xodimlarini oʻqitish.
2022-yil 1-iyunga qadar
Reja-jadvalda belgilangan muddatlarda
Davlat statistika qoʻmitasi
10.
Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jalb etiladigan vaqtincha xodimlarni oʻqitishni tashkil etish.
1. Oʻqitishning reja-jadvalini ishlab chiqish.
2. Tuman sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi xodimlarini oʻqitish.
3. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish uchastkalari xodimlarini oʻqitish.
4. Instruktorlarni oʻqitish.
5. Roʻyxatdan oʻtkazuvchilarni oʻqitish.
2022-yil 1-iyunga qadar
Reja-jadvalda belgilangan muddatlarda
Davlat statistika qoʻmitasi,
hududiy komissiyalar,
Samarqand viloyati hokimligi,
Toshkent viloyati hokimligi,
Jomboy tumani hokimligi,
Parkent tumani hokimligi
11.
Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish.
1.OAV hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida turkum maqolalar, koʻrsatuv, eshittirishlar berib borish.
2. Videoroliklar tayyorlash.
3. Ijtimoiy reklamalar tayyorlash.
4. Koʻrgazmali qurollar tayyorlash.
5. Bannerlar tayyorlash.
6. Seminarlar tashkil etish.
7. Tekin SMS-xabarnoma yuborishni tashkil etish va boshqa axborot-targʻibot ishlarini amalga oshirish.
2022-yil
(sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish davrida)
Davlat statistika qoʻmitasi,
Milliy axborot agentligi,
Milliy teleradiokompaniya,
hududiy komissiyalar,
Samarqand viloyati hokimligi,
Toshkent viloyati hokimligi,
Jomboy tumani hokimligi,
Parkent tumani hokimligi
12.
“Sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish” axborot tizimini ishla? chiqish va joriy qilish.
1. Xalqaro tajribani oʻrganish.
2. “Sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish” axborot tizimini ishlab chiqish.
3. “Sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish” axborot tizimini joriy qilish.
2022-yil 1-iyungacha
Davlat statistika qoʻmitasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Kadastr agentligi
13.
Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarining sifatli amalga oshirilishini taʼminlash.
1. Kartografik materiallar sifatli tayyorlanishini nazorat qilish.
Doimiy
Respublika komissiyasi,
hududiy komissiyalar,
Davlat statistika qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Kadastr agentligi,
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Samarqand viloyati hokimligi,
Toshkent viloyati hokimligi, Jomboy tumani hokimligi,
Parkent tumani hokimligi
2. Targʻibot va tashviqot ishlarining amalga oshirilishini monitoring qilish.
Doimiy
3. Amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy monitoring qilib borish.
Doimiy
4. Roʻyxatdan oʻtkazish ishlarining belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirilishini taʼminlash.
Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish davrida
III. Moddiy-texnik va moliyaviy taʼminot
14.
Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchilarni kanselyariya buyumlari, moddiy-texnika vositalari va boshqalar bilan taʼminlash.
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun talablari asosida quyidagilarni bajarish:
kanselyariya buyumlarini sotib olish;
moddiy-texnika vositalari va boshqa zarur mahsulotlarni sotib olish.
Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish davrida
Davlat statistika qoʻmitasi,
tegishli vazirlik va idoralar
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 197-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga (keyingi oʻrinlarda — sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish) tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish hamda ularning natijalarini qayta ishlash jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibini belgilaydi.
1-bob. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha tashkil etiladigan boʻlinmalarga vaqtincha yollanadigan xodimlar roʻyxati
2. Quyidagilar sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha tashkil etiladigan boʻlinmalarga vaqtincha yollanadigan xodimlar hisoblanadi:
Jomboy va Parkent tumanlari miqyosida:
tuman roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi boʻyicha — boʻlim boshligʻi, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, boʻlim bosh mutaxassisi, uy-joy va xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini tuzuvchi;
sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish uchastkasi boʻyicha — uchastka boshligʻi, uchastka boshligʻining oʻrinbosari;
instruktorlik uchastkasi boʻyicha — instruktor, statsionar roʻyxatdan oʻtkazuvchi;
hisob uchastkasi boʻyicha — sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchi.
2-bob. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarni sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jalb etish tartibi
3. Samarqand va Toshkent viloyatlarining sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish uchun vaqtincha jalb etiladigan roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlari (uy-joy va xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini tuzuvchilar, roʻyxatdan oʻtkazuvchilar, statsionar roʻyxatdan oʻtkazuvchilar, instruktorlar, roʻyxatdan oʻtkazish uchastkasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari) soni belgilangan tartibda Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklari huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiyalar) tomonidan aniqlanadi.
Roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlar soni toʻgʻrisida yakuniy maʼlumotlar tegishli hududlardagi dehqon xoʻjaliklari, tomorqa yer hamda dala hovli uchastkalari egalari, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlarning xatlovi natijalaridan kelib chiqib shakllantiriladi.
4. Jomboy va Parkent tumanlari sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi xodimlari tegishliligicha Samarqand va Toshkent viloyatlari statistika boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — tegishli hududiy statistika boshqarmalari) tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida ishga jalb etiladi. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish xususiyatlaridan kelib chiqib, shartnoma namunalari Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi.
5. Uy-joy va xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini tuzuvchi xodimlar tegishli tumanlar hokimliklari tomonidan hududiy statistika organlari bilan birgalikda tanlab olinadi.
6. Jismoniy va yuridik shaxslar hududiy komissiyalar hamda Samarqand va Toshkent viloyatlari hamda Jomboy va Parkent tumanlari hokimliklari tomonidan sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jalb etiladi.
Jalb etilgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlar bilan tegishli hududiy statistika boshqarmalari rahbarlari oʻrtasida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuziladi.
3-bob. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jalb etilgan shaxslarga qoʻyiladigan talablar
7. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jalb qilinadigan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi, davlat tilini bilishi, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus (kasb-hunar taʼlimi) yoki oliy maʼlumotga ega boʻlishi, yoshi 16 yoshdan yuqori boʻlishi, aqli raso, aholi bilan muloqotga kirisha oladigan (gapirish va eshitish qobiliyatiga ega), planshet qurilmalaridan foydalana oladigan boʻlishi talab etiladi.
8. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jalb etiladigan fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud boʻlishi lozim.
4-bob. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash
9. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jalb etiladigan shaxslarning asosiy ish (oʻqish) joylaridagi lavozimi va oʻrtacha oylik maoshlari (stipendiyalari) saqlab qolinadi.
10. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirishga jalb etiladigan shaxslar mehnatiga ushbu Nizomga ilovasiga muvofiq haq toʻlanadi.
11. Agar shartnomada koʻrsatilgan ish muddati tugamasdan avval shartnoma bekor qilinadigan boʻlsa, ish haqi haqiqiy ishlangan vaqtga (muddatga) mutanosib ravishda hisoblanadi.
12. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarida faol ishtirok etgan shaxslar samarali mehnat faoliyatidan kelib chiqib, Davlat statistika qoʻmitasi raisi hamda hududiy komissiyalarning qaroriga asosan mukofot yoki qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishi mumkin.
13. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jalb qilinadigan shaxslar mehnatiga Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga haq toʻlanadi.
14. Sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jalb etilgan shaxslar bilan mehnat munosabatlari va fuqarolik-huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, Fuqarolik kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jalb etiladigan shaxslar mehnatiga haq toʻlash miqdori
Lavozimi
Ish davri
Bir oylik toʻlov miqdori
Tuman sinov tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi
Boʻlim boshligʻi
2022-yil may — oktabr
mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5,0 baravari miqdorida
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
2022-yil may — oktabr
mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5,0 baravari miqdorida — 10 %
Boʻlim bosh mutaxassisi
2022-yil may — oktabr
mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 4,5 baravari miqdorida
Roʻyxatdan oʻtkazish uchastkasi
Uchastka boshligʻi
2022-yil iyul — oktabr
mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 4,5 baravari miqdorida
Uchastka boshligʻi oʻrinbosari
2022-yil iyul — oktabr
mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 4,5 baravari miqdorida — 10 %
Instruktorlik va statsionar roʻyxatdan oʻtkazish uchastkasi
Instruktor
2022-yil iyul — sentabr
mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 4,0 baravari miqdorida
Uy-joy va xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini tuzuvchi
2022-yil may-may
Statsionar roʻyxatdan oʻtkazuvchi
2022-yil iyul — sentabr
mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3,5 baravari miqdorida
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi
2022-yil iyul — sentabr
Izoh: Ayrim hollarda sinov tariqasida jalb etiladigan shaxslarning ish davriga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 197-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish
DASTURI
T/r
Savollar
I BOʻLIM. UMUMIY TAʼRIF
1.
Xoʻjalik nomi
2.
Xoʻjalikning STIRi
3.
Xoʻjalikning tashkil etilgan yili
4.
Xoʻjalikning qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshirganligi
5.
Xoʻjalikning iqtisodiy faoliyat turlari (IFUT):
01.1 — Mavsumiy ekinlar yetishtirish;
01.2 — Koʻp yillik ekinlarni yetishtirish;
01.3 — Koʻchatxona mahsulotlari ishlab chiqarish;
01.4 — Chorvachilik;
01.5 — Aralash qishloq xoʻjaligi;
01.6 — Qishloq xoʻjaligi sohasidagi yordamchi faoliyat turlari;
03.1 — Baliq ovlash;
yuqorida koʻrsatilmagan boshqa iqtisodiy faoliyat turlari.
II BOʻLIM. MEHNAT RESURSLARI VA ULARNING DEMOGRAFIK TAʼRIFLARI
6.
Xoʻjalik rahbarining jinsi:
erkak;
ayol
7.
Xoʻjalik rahbarining maʼlumoti:
oliy;
oʻrta maxsus;
oʻrta va toʻliqsiz oʻrta
8.
Xoʻjalikda band boʻlgan oila aʼzolari, rahbarni qoʻshgan holda
III BOʻLIM. YER RESURSLARI
9.
Xoʻjalikka biriktirilgan umumiy yer maydoni
10.
shundan, qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan yer maydonlari
11.
shundan, sugʻoriladigan
12.
14-satrdan, baliq boqish havzalari maydonlari
IV BOʻLIM. QISHLOQ XOʻJALIGI EKINLARI, ISSIQXONALAR, KOʻP YILLIK DARAXTZORLAR VA TOKZORLAR MAYDONLARI
1. Don va dukkakli don ekinlari:
13.
Bugʻdoy
14.
Arpa
15.
Javdar
16.
Don uchun makkajoʻxori
17.
Oq joʻxori
18.
Sholi
19.
Noʻxat
20.
Mosh
21.
Loviya
22.
Boshqa don va dukkakli don ekinlari (tritikale, tariq, suli, marjumak (grechixa), yasmiq (chechevitsa), burchoq (china) va boshqalar)
2. Texnik ekinlar:
23.
Gʻoʻza
24.
Qand lavlagi
25.
Don uchun kungaboqar
26.
Zigʻir
27.
Soya
28.
Kunjut
29.
Yeryongʻoq
30.
Qizilmiya
31.
Naʼmatak
32.
Boshqa texnik ekinlar (kanop, steviya, supurgi joʻxori, tamaki va moxorka, raps, maxsar, zanjabil (imbir), sedana, kovrak, sachratqi, dalachoy, ermon, andiz, boʻymadaron, gazanda oʻt, mavrak, tikanak, moychechak va boshqalar)
4. Ochiq yerlardagi sabzavotlar:
33.
Pomidor
34.
Bodring
35.
Baqlajon
36.
Qalampir (oʻtkir va boshqalar)
37.
Sabzi
38.
Sholgʻom
39.
Turp
40.
Rediska
41.
Oziqabop lavlagi
42.
Piyoz
43.
Sarimsoq piyoz
44.
Barcha turdagi karamlar
45.
Koʻkat sabzavotlar, jami
46.
Qovoq
47.
Qovoqchalar
48.
Boshqa sabzavot ekinlari (arpabodiyon, dolchin, kulcha qovoq, qoʻziqorinlar va boshqalar)
5. Oziqabop poliz ekinlari:
49.
Qovun
50.
Tarvuz
6. Sabzavot va poliz ekinlari urugʻzorlari:
7. Oziqa ekinlari:
51.
Oziqabop ildizmevalar va poliz ekinlari
52.
Silos, koʻk oziqa va senaj ekinlari
53.
Bir yillik oʻtlar
54.
Koʻp yillik oʻtlar
55.
Tabiiy pichanzorlar
56.
Yuqorida keltirilmagan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari
57.
Umumiy ekin maydonidan, yosh mevali bogʻlar, shuningdek, koʻp yillik daraxtzorlar qator oralaridagi ekinlar
8. Issiqxonalar va parniklar:
58.
Issiqxonalar va parniklarning umumiy maydoni
59.
shundan, quyidagilar bilan band:
jami sabzavotlar
60.
shundan:
pomidor
61.
bodring
62.
baqlajon
63.
qalampir (achchiq va boshqalar)
64.
rediska
65.
sarimsoq piyoz
66.
barcha turdagi karamlar
67.
koʻkat sabzavotlar, jami
68.
qoʻziqorinlar
69.
sitrus mevalar, jami
70.
sabzavot koʻchatlari
71.
poliz koʻchatlari
72.
gullar
73.
gul koʻchatlari
74.
9. Koʻp yillik daraxtzorlar va rezavor ekinlar:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
1. Urugʻlilar:
75.
Olma:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
76.
Nok:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
77.
Behi:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
2. Danaklilar:
78.
Olxoʻri:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
79.
Olcha:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
80.
Gilos:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
81.
Oʻrik:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
82.
Shaftoli:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
83.
Jiydalar:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
84.
Unabi:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
3. Yongʻoq mevalilar:
85.
Yongʻoq:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
86.
Bodom:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
87.
Pista:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
4. Subtropik:
88.
Anjir:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
89.
Xurmo:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
90.
Anor:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
91.
Banan:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
92.
Kivi:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
5. Rezavorlar:
93.
Qulupnay:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
94.
Xoʻjagʻat:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
95.
Maymunjon:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
96.
Qaragʻat:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
97.
Bektoshi uzumi (krijovnik):
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
6. Sitrus:
98.
Limon:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
99.
Apelsin:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
100.
Mandarin:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
7. Tokzorlar:
101.
Oziqabop navli tokzorlar:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
102.
Kishmish navli tokzorlar:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
103.
Texnik navli tokzorlar:
jami;
shundan, hosil beradigan yoshdagilari
104.
8. Teraklar
105.
9. Tutzorlar
106.
10. Manzarali daraxtlar
107.
Boshqa turdagi koʻp yillik daraxtlar
11. Oʻgʻit chiqarish:
108.
Organik oʻgʻitlar, jami:
chiqarilgan oʻgʻitlar;
oʻgʻitlangan (ishlov berilgan) maydon
116.
Mineral oʻgʻitlar, jami:
chiqarilgan oʻgʻitlar;
oʻgʻitlangan (ishlov berilgan) maydon
109.
Pestitsidlar, jami:
chiqarilgani;
ishlov berilgan maydon
V BOʻLIM. QISHLOQ XOʻJALIGI HAYVONLARI VA PARRANDALARI
110.
Katta yoshli qoramollar bosh soni
111.
shundan, sigirlar
112.
Yosh mollar, 1 yoshli buzoqlardan tashqari
113.
shundan, gʻunajinlar
114.
1 yoshgacha boʻlgan buzoqlar
115.
Katta yoshli qoʻylar bosh soni
116.
shundan, 1 yoshdan katta ona qoʻylar va toʻqlilar
117.
Kichik yoshdagilari
118.
Qoʻylarning umumiy bosh sonidan, qorakoʻl zotli qoʻylar
119.
shundan, 1 yoshdan katta ona qoʻylar va toʻqlilar
120.
Katta yoshli echkilar bosh soni
121.
shundan, 1 yoshdan katta ona echkilar va urgʻochi echkilar
122.
Kichik yoshdagilari
123.
Katta yoshli choʻchqalar bosh soni
124.
shundan, asosiy va tekshirilayotgan ona choʻchqalar
125.
Kichik yoshdagilari
126.
Katta yoshli otlar bosh soni
127.
shundan, biyalar
128.
Kichik yoshdagilari
128.
Otlarning umumiy bosh sonidan, ishchi otlar
129.
Katta yoshli tuyalar bosh soni
130.
shundan 3 yoshdan katta urgʻochi tuyalar
131.
3 yoshgacha boʻlgan yosh tuyalar
132.
Eshaklar, jami
133.
Xachirlar va ot xachirlar
134.
Moʻynali hayvonlar, jami
135.
shundan, quyonlar
136.
Tovuqlar va xoʻrozlar, jami
137.
shundan, tuxum qoʻyadigan tovuqlar
138.
Kurkalar
139.
Gʻozlar
140.
Oʻrdaklar
141.
Bedanalar
142.
Tuyaqushlar
143.
Sesarkalar
144.
Boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi parrandalari
145.
Asalari oilalari, jami
VI BOʻLIM. QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARINI SOTISH
Hayvonlar tortib yuradigan aravalar (ot, eshak, hoʻkiz va boshqalar)
188.
Un tegirmoni va juvoz (don oqlaydigan, yorma tortadigan)
189.
Suv nasoslari
VIII BOʻLIM. MAVJUD MAXSUS OMBORXONALAR VA SAQLASH JOYLARI
190.
Don, texnik va oziqa ekinlari urugʻlarini qoʻshgan holda:
Omborxonalar:
miqdori
quvvati
Saqlash joylari:
miqdori
quvvati
191.
Kartoshka:
Omborxonalar:
miqdori
quvvati
Saqlash joylari:
miqdori
quvvati
192.
Sabzavotlar:
Omborxonalar:
miqdori
quvvati
Saqlash joylari:
miqdori
quvvati
193.
Poliz:
Omborxonalar:
miqdori
quvvati
Saqlash joylari:
miqdori
quvvati
194.
Mevalar va rezavorlar:
Omborxonalar:
miqdori
quvvati
Saqlash joylari:
miqdori
quvvati
195.
Uzum:
Omborxonalar:
miqdori
quvvati
Saqlash joylari:
miqdori
quvvati
196.
Oziqabop ildizmevalar va tugunakmevalar:
Omborxonalar:
miqdori
quvvati
Saqlash joylari:
miqdori
quvvati
197.
Pichan:
Omborxonalar:
miqdori
quvvati
Saqlash joylari:
miqdori
quvvati
198.
Silos:
Omborxonalar:
miqdori
quvvati
Saqlash joylari:
miqdori
quvvati
199.
Senaj:
Omborxonalar:
miqdori
quvvati
Saqlash joylari:
miqdori
quvvati
200.
Mineral oʻgʻitlar:
Omborxonalar:
miqdori
quvvati
Saqlash joylari:
miqdori
quvvati
201.
Organik oʻgʻitlar:
Omborxonalar:
miqdori
quvvati
Saqlash joylari:
miqdori
quvvati
202.
Pestitsidlar:
Omborxonalar:
miqdori
quvvati
Saqlash joylari:
miqdori
quvvati
203.
Sovutkichlar, jami:
Omborxonalar:
miqdori
quvvati
Saqlash joylari:
miqdori
quvvati
204.
shundan, minus 8 va undan past darajadagi:
Omborxonalar:
miqdori
quvvati
Saqlash joylari:
miqdori
quvvati
IX BOʻLIM. MAVJUD QAYTA ISHLASH QUVVATLARI
205.
un
206.
yorma
207.
aralash yem
208.
goʻsht mahsulotlari
209.
sut mahsulotlari
210.
oʻsimlik yogʻi
211.
sabzavot konservalari
212.
meva va rezavorlar konservalari
213.
uzum konservalari
214.
boshqa oziq-ovqat mahsulotlari
X BOʻLIM. XOʻJALIK FAOLIYATINI BOSHQARISH SHARTLARI
2022-yilda xoʻjalik tomonidan kredit mablagʻlarining olinishi
Qanday maqsadlarda kredit mablagʻlari olingan:
215.
aylanma mablagʻlarni toʻldirishga
216.
texnika, mashina va uskunalar olishga
217.
qishloq xoʻjaligi hayvonlari va parrandalarini olishga
218.
yangi ishlab chiqarish obyektlari qurishga
219.
ishlab chiqarish obyektlarini rekonstruksiya, modernizatsiya qilishga
220.
boshqa maqsadlar
XI BOʻLIM. KOʻRSATILGAN XIZMATLAR (IFUT)
221.
01.61 — Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish bilan bogʻliq yordamchi xizmatlar
222.
01.62 — Chorvachilik sohasidagi yordamchi xizmatlar
223.
01.63 — Hosil yigʻilgandan keyin koʻrsatiladigan dehqonchilik sohasidagi xizmatlar
224.
01.64 — Urugʻlik fondini shakllantirish va ishlov berish boʻyicha xizmatlar
225.
02.4 — Oʻrmon xoʻjaligi (oʻrmonchilik va yogʻoch tayyorlash) sohasidagi texnik xizmatlar
226.
03.00.7 — Baliq ovlash va baliqchilik bilan bogʻliq yordamchi xizmatlar
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 197-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalari
ROʻYXATI
Sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish dasturi asosida ishlab chiqilgan sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnoma shakllari quyidagilardan iborat:
1-DTXR shakli. “Yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xoʻjaligi va tomorqa xoʻjaligini roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomasi” — 5.1-ilova;
2-YuDXR shakli. “Yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xoʻjaligini roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomasi — 5.2-ilova;
3-DNR shakli. “Jamoa bogʻdorchiligi, polizchiligi va uzumchiligi hamda fuqarolarini (dala hovlini) roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomasi” — 5.3-ilova;
4-FXR shakli. “Fermer xoʻjaligini roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomasi” — 5.4-ilova;
5-QXTR shakli. “Qishloq xoʻjaligi tashkilotini roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomasi” — 5.5-ilova;
6-ZER shakli. “Zaxira yerlarni (tuman hokimliklari balansida boʻlgan) roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomasi” — 5.6-ilova.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 197-son qaroriga 5.1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 197-son qaroriga 5.2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 197-son qaroriga 5.3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 197-son qaroriga 5.4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 197-son qaroriga 5.5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 197-son qaroriga 5.6-ILOVA
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/197/0328-son, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)