toggle_night_mode
Hujjat 15.04.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi hamda Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 831 va 84-moddalari, “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son, “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son va “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 21-fevraldagi PQ-138-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
davlat yer nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari (Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi) tomonidan amalga oshirish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat kadastr nazoratini Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlarining vazifa va funksiyalari, ushbu organlar mansabdor shaxslari tarkibi, nazorat tadbirlari ishtirokchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari, davlat yer va kadastr nazoratini tashkil etish va oʻtkazish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va jamoatchilik nazorati subyektlarini bazaviy hisoblash miqdorining oʻn foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat yer va kadastr nazorati natijasida huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarning javobgarligi masalasi;
b) Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat geodeziya nazoratini Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (maxsus vakolatli davlat organi) tomonidan amalga oshirish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish, shuningdek, geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni, geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda hisobga olishni tashkil etish, davlat kartografiya-geodeziya fondining faoliyat yuritishini taʼminlashni davlat geodeziya nazoratining asosiy vazifalari etib belgilash;
davlat geodeziya nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organining vazifa va funksiyalari, ushbu organ mansabdor shaxslari tarkibi, nazorat tadbirlari ishtirokchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari, davlat geodeziya nazoratini tashkil etish va oʻtkazish tartibi;
davlat geodeziya nazorati natijasida huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarning javobgarligi masalasi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-aprel,
183-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 183-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
davlat yer nazorati — yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmui;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat kadastr nazorati — yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmui;
Keyingi tahrirga qarang.
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi — qonunchilikda belgilangan tartibda ajratilmagan (realizatsiya qilinmagan), shu jumladan, berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralari vakolatli organlar tomonidan naturada (joyning oʻzida) belgilanmagan, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilmagan holda foydalanilgan yer uchastkasi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat — qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida qurilgan uy-joy, boshqa bino va inshoot;
“E-YERNAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-YERNAZORAT” AAT) — yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlar toʻplamini shakllantirish va ularni oʻz vaqtida va obyektiv koʻrib chiqish maqsadida elektron hujjatlar almashinuvi, shuningdek huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etishgacha boʻlgan holatlarni kuzatib borish imkoniga ega boʻlgan integratsiyalashtirilgan axborot tizimi.
3. Davlat yer va kadastr nazorati Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshiriladi.
4. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash davlat yer nazoratining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Davlat kadastrlarini yuritishga masʼul boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish davlat kadastr nazoratining asosiy vazifasi hisoblanadi.
6. Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshiradigan davlat organlari qonunbuzilishining oldini olish maqsadida yer va kadastr toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish tadbirlarini amalga oshiradi.
2-bob. Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organlar
7. Davlat yer nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat yer nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan quyi turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida yer toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
xalq deputatlari Kengashlari tomonidan mahalliy ijro hokimiyati organlari va ularga boʻysunuvchi davlat organlari faoliyatida yer toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
8. Quyidagilar davlat yer nazorati boʻyicha maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi:
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) — yer toifasidan qatʼi nazar, barcha turdagi yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazmaslik holatlarini, yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan imorat qurilishini aniqlash, yer uchastkasi chegaralarini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish, yer uchastkasidan maqsadli foydalanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha;
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi) — yerlarning ishlab chiqarish chiqindilari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar, oqova suvlar bilan ifloslanishi, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadidagi yerlardan, suv fondi yerlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Kadastr agentligi davlat kadastr nazorati boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
3-bob. Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Kadastr agentligi organlarining davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirishdagi asosiy vazifalari hisoblanadi:
yer toifasidan qatʼi nazar, barcha turdagi yer uchastkalari hamda bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazmaslik holatlarini aniqlash;
yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan imorat qurilishini aniqlash;
yer uchastkasi chegaralarini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlarini oʻz vaqtida aniqlash va chora koʻrish;
davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini taʼminlashga qaratilgan davlat kadastr nazoratini amalga oshirish.
11. Kadastr agentligi organlari davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirishda oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
yerlardan maqsadli foydalanish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiradi;
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlashga qaratilgan yer nazoratini amalga oshiradi;
yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshiradi;
yer uchastkasi chegaralarini (chegara nuqtalarini) oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradi;
aerokosmik suratlar va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda yerlarni masofadan turib zondlashni, shuningdek, geodezik oʻlchov uskunalari yordamida yerlarni oʻrganishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlashga qaratilgan samarali kadastr nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi;
kadastr yigʻmajildi (pasporti) belgilangan tartibda shakllantirilishi va rasmiylashtirilishini nazorat qiladi;
davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini nazorat qiladi.
Kadastr agentligi organlari oʻz vakolatlari doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin.
12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi organlarining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni muhofaza qilish boʻyicha davlat nazorati sohasidagi funksiyalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarining yerlarni muhofaza qilish boʻyicha davlat nazorati sohasidagi funksiyalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari
14. Davlat yer va kadastr nazorati Kadastr agentligi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlarining quyidagi mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi:
Kadastr agentligi direktori — yer va kadastr nazorati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori;
Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari — yer va kadastr nazorati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori oʻrinbosari;
Kadastr agentligining yer va kadastr nazoratiga masʼul boshqarmasi boshligʻi — yer va kadastr nazorati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining katta davlat inspektori;
Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmasi boshliqlari — yer va kadastr nazorati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat inspektorlari;
Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarlari — yer va kadastr nazorati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining katta davlat inspektorlari;
Kadastr agentligining tuman (shahar) boʻlimi boshliqlari — yer va kadastr nazorati boʻyicha tuman (shahar) bosh davlat inspektorlari;
Kadastr agentligining yer va kadastr nazoratiga masʼul boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, boʻlim boshliqlari va mutaxassislari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi yer va kadastr nazoratiga masʼul boʻlimi boshligʻi va mutaxassislari, tuman (shahar) boʻlimlarining bosh va yetakchi inspektorlari — yer va kadastr nazorati boʻyicha davlat inspektorlari.
15. Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari va tumanlar (Quvasoy shahar) boʻlimlarining mansabdor shaxslari qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Davlat ekologiya qoʻmitasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari bosh davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari, katta davlat inspektorlari va davlat inspektorlari oʻz vakolatlariga muvofiq Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarining yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Davlat yer va kadastr nazorati sohasida qonuniylikni taʼminlash yuzasidan maxsus vakolatli davlat organlarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Davlat yer va kadastr nazorati tadbirlari ishtirokchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari
18. Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxsi, davlat yer va kadastr nazorat tadbiri oʻtkazilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakili yoxud jismoniy shaxs nazorat tadbirining ishtirokchilari hisoblanadi.
19. Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
yuridik va jismoniy shaxslardan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni talab qilish;
davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda soʻrab olish;
Keyingi tahrirga qarang.
zarur hollarda, davlat yer va kadastr nazorati tadbirlarida yuzaga kelgan masalalarni tushuntirish uchun maxsus bilimlarga ega boʻlgan davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat yer va kadastr nazorati tadbirlari jarayonlarini foto va videotasvirga tushirish, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan belgilangan tartibda foydalanish, qonunchilik hujjatlarida taqiqlangan hollar bundan mustasno;
zarur hollarda, davlat yer va kadastr nazorati tadbirlarini oʻtkazish chogʻida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan foydalanilayotgan kadastr obyektlarini koʻzdan kechirish va nazorat oʻlchovlaridan oʻtkazish;
davlat yer va kadastr nazorati masalalarida yuridik va jismoniy shaxslardan zarur axborotlar, maʼlumotlar, tushuntirishlar olish;
davlat yer va kadastr nazorati tadbirlarini oʻtkazish chogʻida davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarini, jismoniy shaxslarni maxsus vakolatli davlat organiga davlat yer va kadastr nazorati bilan bogʻliq masalalarda tushuntirishlar berishga chaqirish;
davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan harakatlarning oldini olishda yoki ularni toʻxtatishda, shuningdek, yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslarni aniqlashda ichki ishlar organlariga murojaat qilish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga, shuningdek, jismoniy shaxslarga davlat yer va kadastr nazorati sohasida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish haqida koʻrsatmalar berish;
kadastr obyektlariga oid hujjatlarning qalbaki yoki soxtaligi haqida shubha tugʻilgan hollarda, ularni haqiqiyligi yoki toʻgʻriligini aniqlash maqsadida olib qoʻyish.
Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
20. Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organlarning mansabdor shaxslari quyidagilarga majbur:
davlat yer va kadastr nazorati amalga oshirilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga oʻz xizmat guvohnomasini koʻrsatish;
yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakilini yoxud jismoniy shaxsni davlat yer va kadastr nazorati maqsadi va uni amalga oshirish asoslari bilan tanishtirish;
yuridik va jismoniy shaxsning huquq va majburiyatlarini tushuntirish;
oʻtkazilgan davlat yer va kadastr nazorati natijalarini dalolatnoma bilan rasmiylashtirish hamda bir nusxasini yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga taqdim etish.
Maxsus vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
21. Davlat yer va kadastr nazorati tadbiri oʻtkazilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi (vakili) yoki jismoniy shaxs quyidagi huquqlarga ega:
maxsus vakolatli davlat organi mansabdor shaxslarining nazorat masalalariga aloqasi boʻlmagan talablarini bajarmaslik;
maxsus vakolatli davlat organlariga yer va kadastr toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosiga taalluqli masalalar boʻyicha tushuntirishlar berish;
maxsus vakolatli davlat organi mansabdor shaxsining ruxsati bilan ekspertiza oʻtkazishda ishtirok etish va ekspertga tushuntirishlar berish, ekspertning xulosasi bilan tanishish;
davlat yer va kadastr nazorati materiallari bilan tanishish va nazorat dalolatnomasini olish;
maxsus vakolatli davlat organi mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.
Davlat yer va kadastr nazorati oʻtkazilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki jismoniy shaxs qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
22. Davlat yer va kadastr nazorat tadbiri oʻtkazilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi (vakili) yoki jismoniy shaxsning majburiyatlari:
maxsus vakolatli davlat organlarining davlat yer va kadastr nazorati bilan bogʻliq qonuniy talablarini bajarish, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilmaslik;
nazorat tadbirini oʻtkazayotgan maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslariga nazorat bilan bogʻliq, shu jumladan, elektron axborot jismlarida saqlanadigan hujjatlar va axborotni oʻrganish hamda tahlil qilish imkoniyatini taʼminlash;
nazorat tadbirini oʻtkazuvchi mansabdor shaxsning talabiga koʻra yer va kadastrga oid hujjatlarni taqdim etish.
Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki jismoniy shaxs oʻz zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
6-bob. Davlat yer nazoratini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
23. Maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan davlat yer nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi asoslarga koʻra oʻtkaziladi:
yer monitoringi jarayonida yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi kuzatilganda;
maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali hamda aerokosmik suratlarni solishtirish yoʻli bilan yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi qayd etilganda;
jismoniy yoki yuridik shaxslarning yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlari toʻgʻrisidagi asoslangan murojaatlariga muvofiq;
ommaviy axborot vositalari yoki boshqa tashqi manbalarda (ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlarda) yerga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinganda;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, boshqa davlat organlari va tashkilotlardan yerga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida dalolat beruvchi axborot tushganda.
Maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlar toʻplamini shakllantirish, ularni oʻz vaqtida va obyektiv koʻrib chiqish maqsadida elektron hujjatlar almashinuvi “E-YERNAZORAT” AATdan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
24. Davlat yer nazorati maxsus vakolatli davlat organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) buyrugʻiga asosan oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Davlat yer nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisidagi buyruqda yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, nazorat amalga oshiriladigan yer uchastkasi joylashgan manzil, uning WGS-84 koordinatalar katalogi, nazoratni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, nazoratni amalga oshirish muddati va maqsadlari koʻrsatiladi, ushbu bandning uchinchi xatboshisi bundan mustasno.
Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, ushbu yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan imorat qurish bilan bogʻliq davlat yer nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisidagi buyruqda yuridik va jismoniy shaxslarning nomi koʻrsatilmaydi.
Davlat yer nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisidagi buyruqqa nazorat obyektining WGS-84 koordinatalar katalogi belgilangan xaritasi ilova qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Agar davlat yer nazoratida maxsus vakolatli davlat organining ikki yoki undan ortiq nazoratchi mansabdor shaxslari qatnashganda, buyruqda familiyasi birinchi koʻrsatilgan mansabdor shaxs nazorat jarayonini boshqarish va natijalarini umumlashtirishga javobgar shaxs hisoblanadi.
26. Maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari davlat yer nazorati tadbirlarida oʻz vakolatlari doirasidan chetga chiqmasligi hamda nazorat predmetiga aloqador boʻlmagan hujjatlarni (axborotni) talab qilmasligi lozim.
27. Davlat yer nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisidagi buyruqda koʻrsatilgan sana ushbu nazoratni amalga oshirish muddatining boshlanishi deb hisoblanadi.
28. Kadastr obyektlariga oid hujjatlarning qalbaki yoki soxtaligi haqida shubha tugʻilgan hollarda, davlat yer nazoratini amalga oshirayotgan maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan ularni haqiqiyligi yoki toʻgʻriligiga aniqlik kiritish maqsadida olib qoʻyilishi mumkin.
29. Hujjatlarni olib qoʻyish toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan bayonnoma tuziladi, unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
bayonnoma tuzilgan vaqti va joyi;
bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
hujjatlari olib qoʻyilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yuridik shaxs nomi, uning mansabdor shaxsi yoki hujjatlarni olib qoʻyishda ishtirok etgan vakili yoxud jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili va shu kabilar);
hujjatlarni olib qoʻyishda ishtirok etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar ular boʻlsa;
olib qoʻyilayotgan hujjatning nomi (mazmuni), sanasi, raqami, uni qabul qilgan (rasmiylashtirgan) organ, tashkilot nomi hamda hujjatning varaqlari soni.
Hujjatlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi va uning bir nusxasi yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga imzo qoʻydirib topshiriladi.
Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakili yoxud jismoniy shaxs hujjatlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnomani imzolash va (yoki) olishdan bosh tortgan hollarda, bu haqida bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi va yuridik yoki jismoniy shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Davlat yer nazorati doirasidagi harakatlarni yuridik yoki jismoniy shaxs roʻyxatdan oʻtgan yoki faoliyat yuritayotgan yoxud nazorat tadbiri oʻtkazilayotgan joyning oʻzida rasmiylashtirish imkoni boʻlmasa, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki maxsus vakolatli davlat organining binosida rasmiylashtirilishi mumkin.
31. Maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari tomonidan davlat yer nazorati natijalari boʻyicha quyidagilar koʻrsatilgan holda kamida uch nusxada dalolatnoma tuzilishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
nazorat tadbiri oʻtkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana;
nazorat tadbiri oʻtkazish uchun asos;
nazorat tadbirini oʻtkazgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning manzili va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
davlat yer nazorati sohasida huquqbuzarlik sodir etilgan joyning aniq manzili, WGS-84 koordinatalar katalogi, holati va hajmi, shuningdek, yer toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining tegishli normasiga havola etilgan holdagi batafsil tavsifi;
yerga oid huquqbuzarlik oqibatlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma.
Dalolatnomaga maxsus vakolatli davlat organi mansabdor shaxsi tomonidan yer nazorati tadbirida olingan fotosuratlar, videoyozuvlar va boshqa materiallar ilova qilinadi.
Dalolatnomaning barcha nusxalari maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi hamda uning bir nusxasi yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga uni olgan sanani koʻrsatgan holda imzo qoʻydirib topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakili yoxud jismoniy shaxs dalolatnomani olishdan bosh tortganda, dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi va uning bir nusxasi yuridik yoki jismoniy shaxsga uch ish kunidan kechiktirmasdan pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va yuborilganidan eʼtiboran uch kun oʻtgach, topshirilgan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Dalolatnoma yuridik yoki jismoniy shaxsga topshirilgan kun yoki unga yuborilgan kun davlat yer nazorati tadbiri yakunlangan vaqt deb hisoblanadi.
34. Davlat yer nazorati dalolatnomasini qogʻoz shaklida rasmiylashtirish zarurati yuzaga kelganda, ushbu dalolatnoma belgilangan tartibda davlat yer nazorati tadbiri tugallangan kundan eʼtiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan “E-YERNAZORAT” AATga elektron shaklda kiritiladi hamda uning qogʻoz shakli bevosita vakolatli organda saqlanadi.
35. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki jismoniy shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim boʻlsa, maxsus vakolatli davlat organlarining yer nazoratini amalga oshirgan mansabdor shaxsi aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7-bob. Davlat kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi
36. Davlat kadastr nazorati “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq Kadastr agentligi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
37. Davlat kadastr nazorati davlat kadastrlarini yuritishga masʼul boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat kadastrlarini yuritishga oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilishdan iborat.
38. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlarga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik bilan bogʻliq kadastr nazoratida “Kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimi” maʼlumotlaridan foydalaniladi.
39. Davlat kadastrlarini yuritish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlanganda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzish va ishni koʻrib chiqish hamda maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
8-bob. Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshiruvchi organlarning oʻzaro hamkorligi
40. Maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan ularning zimmalariga yuklatilgan vazifalar davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiriladi.
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar yer toʻgʻrisidagi va kadastr toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish hamda yerga oid huquqbuzarliklarga barham berishda maxsus vakolatli davlat organlariga koʻmaklashishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar yerga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bir-birini xabardor qiladi, shu jumladan, idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda xabardor qiladi, shuningdek, oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa axborotlar bilan almashishni amalga oshiradi.
42. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar, kadastr muhandislari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻzlariga oshkor boʻlgan yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi, shu jumladan, yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish holatlari toʻgʻrisida tegishli maxsus vakolatli davlat organini zudlik bilan xabardor qiladi.
43. Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan harakatlarning oldini olish yoki ularni toʻxtatish yoxud yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallagan shaxslarni aniqlash va ushlab keltirish boʻyicha tezkor harakatlar ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
9-bob. Yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashda jamoatchilik nazorati va jamoatchilik nazorati subyektlarini ragʻbatlantirish tartibi
44. Jamoatchilik nazorati subyektlari yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.
Jamoatchilik nazorati subyektlari maxsus vakolatli davlat organiga yerga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida fotosuratlar, videoyozuvlarni ilova qilgan holda axborot tizimi orqali arizalar va shikoyatlar bilan murojaat qilishi mumkin.
Yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlari toʻgʻrisida maʼlumot bergan shaxslar, ularning bergan maʼlumotlari asosida huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining oʻn foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga taqdim qilingan yerga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi videoyozuvlarda sodir etilgan huquqbuzarlik holati, huquqbuzar shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniq aks ettirilishi hamda quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
videofaylning namoyish etish imkoniyati 720x480 pikseldan kam boʻlmasligi;
videoyozuv davomiyligi 30 sekunddan kam boʻlmasligi va 10 daqiqadan oshmasligi;
videoyozuv maʼlumotlarida sana va vaqt koʻrsatilishi.
46. Huquqbuzarlik holati aks ettirilgan videoyozuvlarga har qanday tarzda oʻzgartirishlar kiritish taqiqlanadi. Oʻzgartirish kiritilgan videoyozuvlar koʻrib chiqilmaydi, hajmini qisqartirish maqsadida videoyozuvning bevosita huquqbuzarlik holati aks ettirilgan qismini kesib olish bundan mustasno.
47. Huquqbuzarlik holati aks ettirilgan videoyozuvlarni axborot tizimi orqali yuborishda quyidagilar toʻliq koʻrsatilishi lozim:
fuqaroning ismi, familiyasi, otasining ismi, doimiy yashash manzili, yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), bank hisobvaragʻi (videoyozuv yuridik shaxs vakili nomidan toʻldirilganda);
uyali telefon raqami yoki bank plastik kartasi raqami va elektron manzili;
huquqbuzarlik sodir etilgan joy, sana va vaqt.
48. Axborot tizimiga kelib tushgan huquqbuzarlik holatlari qayd etilgan videoyozuvlar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Huquqbuzarlik mavjud boʻlgan taqdirda mazkur Nizomning 23 — 35-bandlariga muvofiq oʻn ish kuni mobaynida davlat yer nazorati tadbiri oʻtkaziladi va natijasi boʻyicha murojaatni yuborgan shaxsga bir ish kunida elektron tarzda javob yuboriladi.
49. Quyidagi hollarda videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlar asosida maʼmuriy ish yuritilmaydi:
videoyozuvlar mazkur Nizomning 45-bandida belgilangan talablarga javob bermaganda yoki sifatsiz boʻlganda;
videoyozuvlarga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa, mazkur Nizomning 46 bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
videoyozuvlar axborot tizimiga mazkur Nizomning 47-bandida belgilangan talablarga rioya etmagan holda yuklanganda;
videoyozuvda qayd etilgan huquqbuzarlik boʻyicha qaror qabul qilingan yoki maʼmuriy ish yuritilayotgan taqdirda.
50. Ragʻbatlantirish huquqbuzardan jarima undirilgandan soʻng fuqaroning uyali telefon raqami hisobiga yoki bank plastik kartasiga, yuridik shaxsning esa bankdagi hisobvaragʻiga maxsus vakolatli davlat organining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkazilgan mablagʻlar hisobidan avtomatik tarzda pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
51. Huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
52. Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan davlat kadastrlarining axborotini taqdim etish tartibini buzish hamda yerga oid qonunbuzilish holatlari sodir etilganda, Kadastr agentligi ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritishi mumkin.
53. Yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish va oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi Kadastr agentligi organlarining koʻrsatmasi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan oʻn besh kun muddatda ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, Kadastr agentligi organlari Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq ushbu yer uchastkalariga boʻlgan huquqni bekor qilish hamda noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish (buzib tashlash) yuzasidan toʻgʻridan toʻgʻri sudga murojaat qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Mazkur Nizom talablari asosida oʻtkazilgan yer nazorati tadbirlari natijalari boʻyicha maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
55. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Davlat yer nazoratini amalga oshirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organlari

“E-YERNAZORAT” AATdan foydalanilgan holda davlat yer nazoratini oʻtkazadi.

Doimiy

2-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organlari

Davlat yer nazoratini oʻtkazish toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) buyrugʻi qabul qilinadi.

Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi kuzatilganda

3-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organlari

Maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari davlat yer nazoratini amalga oshiradi, natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzadi.

10 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organlari

Davlat yer nazorati dalolatnomasini qogʻoz shaklida rasmiylashtirish zarurati yuzaga kelganda, ushbu dalolatnoma belgilangan tartibda davlat yer nazorati tadbiri tugallangandan keyin “E-YERNAZORAT” AATga elektron shaklda kiritiladi

1 ish kunidan kechiktirmay

5-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organlari

Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakili yoxud jismoniy shaxs dalolatnomani olishdan bosh tortganda, dalolatnomaga tegishli yozuv kiritadi va uning bir nusxasi yuridik yoki jismoniy shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboradi.

3 ish kunidan kechiktirmay

6-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organlari

Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki jismoniy shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim boʻlsa, maxsus vakolatli davlat organlarining yer nazoratini amalga oshirgan mansabdor shaxsi aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan muddatlarga muvofiq

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashda jamoatchilik nazorati va jamoatchilik nazorati subyektlarini ragʻbatlantirish
SXEMASI

Bosqich

Subyekt

Tadbir

Muddat

1-bosqich

Jamoatchilik nazorati subyektlari

Yerga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida fotosuratlar, videoyozuvlarni ilova qilgan holda axborot tizimi orqali arizalar va shikoyatlar bilan murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organi

Kelib tushgan huquqbuzarlik holatlari qayd etilgan videoyozuvlarni koʻrib chiqadi.

Uch ish kuni mobaynida

3-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organi

Huquqbuzarlik mavjud boʻlgan taqdirda Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 23 — 35-bandlariga muvofiq davlat yer nazorati tadbiri oʻtkaziladi.

Oʻn ish kuni mobaynida

4-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organi

Koʻrib chiqish natijasi boʻyicha murojaatni yuborgan shaxsga elektron tarzda javob yuboriladi.

Bir ish kuni mobaynida

5-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organi

Ragʻbatlantirish fuqaroning uyali telefon raqami hisobiga yoki bank plastik kartasiga, yuridik shaxsning esa bankdagi hisobvaragʻiga maxsus vakolatli davlat organining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkazilgan mablagʻlar hisobidan pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Huquqbuzardan jarima undirilgandan soʻng avtomatik tarzda

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 183-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) — axborotni qayd etish turi va usulidan qatʼi nazar, geodeziya va kartografiya faoliyati amalga oshirilayotganda olingan geodeziya, nivelir, gravimetriya oʻlchovlarining, aerokosmik va kartografik tasvirlarning barcha yakuniy va oraliq natijalari;
geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) ekspertizasi — geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (maʼlumotlarning) geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek, geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishning texnik loyihalari (dasturlari) talablariga muvofiqligini aniqlash;
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi), Mudofaa vazirligi, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar, geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) saqlovchi yuridik va jismoniy shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat geodeziya nazorati — geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmui.
3. Davlat geodeziya nazorati Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish, shuningdek, geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni, geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda hisobga olishni tashkil etish, davlat kartografiya-geodeziya fondining faoliyat yuritishini taʼminlash davlat geodeziya nazoratining asosiy vazifalari hisoblanadi.
5. Kadastr agentligi — geodeziya va kartografiya faoliyatining barcha subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan maxsus vakolatli davlat organi (keyingi oʻrinlarda — maxsus vakolatli davlat organi) hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati tizimidagi geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari bundan mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati tizimidagi geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. Maxsus vakolatli davlat organi huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, ularga metodik va boshqa yordam koʻrsatadi.
7. Maxsus vakolatli davlat organi geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik yuzasidan profilaktik tadbirlarni amalga oshiradi.
8. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan geodeziya va kartografiya sohasida qonuniylikni taʼminlash yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
2-bob. Maxsus vakolatli davlat organining asosiy vazifalari va funksiyalari
9. Quyidagilar davlat geodeziya nazoratini amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organining asosiy vazifalari hisoblanadi:
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga, geodeziya hamda kartografiyaga doir materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanish qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni, geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda hisobga olishni tashkil etish;
davlat kartografiya-geodeziya fondining faoliyat yuritishini nazorat qilish.
10. Maxsus vakolatli davlat organi davlat geodeziya nazoratini amalga oshirishda oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
kartografiyaga doir materiallarda hamda boshqa hujjatlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi va hududi toʻgʻri aks ettirilganligi ustidan nazorat qiladi;
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatdan oʻtkazadi;
geodeziya punktlarini hisobga oladi;
davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlaridagi geodeziya punktlarining, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa geodeziya punktlarining but saqlanishi va ularning muhofaza zonalari rejimiga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan davlat kartografiya-geodeziya fondi hamda idoraviy kartografiya-geodeziya fondlari materiallarining (maʼlumotlarining) saqlanishi ustidan nazorat qiladi;
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya koordinatalari, balandliklari, gravimetriya oʻlchovlari davlat tizimlarining hamda davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatori, mahalliy koordinatalar hamda boshqa koordinatalar tizimlarining qoʻllanilishi ustidan nazorat qiladi;
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) davlat kartografiya-geodeziya fondiga topshirilishi, shuningdek, bu subyektlarning ushbu fonddan olgan materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanishi ustidan nazorat qiladi;
geodeziya va kartografiyaga oid bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi texnik hisobotlarga doir talablarni belgilaydi;
geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) ekspertizadan oʻtkazadi;
Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birliklar navbatchi xaritasi yuritilishini nazorat qiladi;
ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga amal qilinganligini doimiy nazorat qiladi.
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
11. Geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olishni tashkil qilish tartibi hamda davlat kartografiya-geodeziya fondining faoliyat yuritish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
3-bob. Davlat geodeziya nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari
12. Davlat geodeziya nazorati Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
13. Davlat geodeziya nazorati Kadastr agentligining quyidagi mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi:
Kadastr agentligi direktori — geodeziya nazorati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori;
Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari — geodeziya nazorati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat inspektorining oʻrinbosari;
Kadastr agentligining geodeziya nazoratiga masʼul boshqarmasi boshligʻi — geodeziya nazorati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining katta davlat inspektori;
Kadastr agentligining geodeziya nazoratiga masʼul boshqarmasi xodimlari — geodeziya nazorati boʻyicha davlat inspektorlari.
14. Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirishda Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi hamda tuman (shahar) boʻlimi mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
4-bob. Davlat geodeziya nazorati tadbirlari ishtirokchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari
15. Maxsus vakolatli davlat organi mansabdor shaxslari, geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari (ularning vakillari) davlat geodeziya nazoratining ishtirokchilari hisoblanadi.
16. Davlat geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida qonuniylikni taʼminlash yuzasidan maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari quyidagi huquqlarga ega:
geodeziya va kartografiya ishlari belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmasdan yoxud faoliyatni texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablari buzilgan holda olib borilayotgan boʻlsa, ushbu ishlarni belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻyish;
geodeziya va kartografiya ishlari hamda topografiya xaritalari, rejalari, geodeziya punktlari koordinatlari va balandliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni saqlash bilan bogʻliq xonalarga belgilangan tartibda kirish;
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari rahbarlari yoki mansabdor shaxslariga geodeziya va kartografiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish, shuningdek, ushbu ishlarni bajarish va aerokosmik suratga olishlar natijalari boʻyicha olingan materiallar (maʼlumotlar)ni toʻplash, hisobini yuritish, saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq tekshirishlarni oʻtkazish uchun ekspertlarni belgilangan tartibda jalb etish;
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlaridan oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur axborotlarni soʻrab olish;
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlarining geodeziya va kartografiyaga doir axborot resurslari, geografik axborot tizimlari, maʼlumotlar (geomaʼlumotlar) bazalari, reyestrlaridan foydalanish, ulardan maʼlumotlar va (yoki) axborotlarni tekin olish;
ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga jismoniy va yuridik shaxslarning rioya etishini tekshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan, qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkazish;
ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshiruvlar natijalari asosida geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari yoʻl qoʻygan ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga doir qoidabuzarliklarni koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzish;
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish;
geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabardor qiluvchining faoliyatini (harakatlarini) toʻxtatib turish va qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularning faoliyatini tugatish toʻgʻrisida, shuningdek, faoliyatini (harakatlarini) amalga oshirishni taqiqlash toʻgʻrisida sudga ariza berish;
ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima solish toʻgʻrisida sudga ariza berish;
ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatlarni amalga oshirish uchun sudga davlat boji toʻlamasdan arizalar berish.
Maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
17. Maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari quyidagilarga majbur:
davlat geodeziya nazorati amalga oshirilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga tekshirish oʻtkazish maxsus guvohnomasini koʻrsatish;
yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakilini yoxud jismoniy shaxsni davlat geodeziya nazorati maqsadi va uni amalga oshirish asoslari bilan tanishtirish;
yuridik va jismoniy shaxsning huquq va majburiyatlarini tushuntirish;
oʻtkazilgan davlat geodeziya nazorati natijalarini dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) bilan rasmiylashtirish va bir nusxasini yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga taqdim etish.
Maxsus vakolatli davlat organi mansabdor shaxslarining zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
18. Davlat geodeziya nazoratini oʻtkazishda geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari quyidagi huquqlarga ega:
davlat geodeziya nazorati inspektorlarining nazorat masalalariga aloqasi boʻlmagan talablarini bajarmaslik;
davlat geodeziya nazoratini oʻtkazishda shaxsan yoki oʻz vakili orqali ishtirok etish;
davlat geodeziya nazorati inspektorining ruxsati bilan ekspertiza oʻtkazishda ishtirok etish va ekspertga tushuntirishlar berish, ekspertning xulosasi bilan tanishish;
davlat geodeziya nazorati materiallari bilan tanishish va dalolatnomani olish;
tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga tegishli yozuvlar kiritilishini (yoki elektron tizimda qayd etilishini) talab qilish;
davlat geodeziya nazorati inspektorining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.
Geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
19. Davlat geodeziya nazoratini oʻtkazishda geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari quyidagilarga majbur:
davlat geodeziya nazorati bilan bogʻliq qonuniy talablarini bajarish, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilmaslik;
davlat geodeziya nazoratini oʻtkazayotgan davlat geodeziya nazorati inspektorlariga tekshiruv bilan bogʻliq, shu jumladan, elektron axborot jismlarida saqlanadigan, hujjatlar va axborotni oʻrganish hamda tahlil qilish imkoniyatini taʼminlash;
davlat geodeziya nazorati inspektorining talabiga koʻra geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid shartnomalar, shartnomada koʻrsatilgan ishlarni bajarilganligini, texnik loyiha va hisobotlar, zarur holatlarda bajarilgan ishlardan namunalar koʻrsatish.
Geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari oʻz zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
5-bob. Davlat geodeziya nazoratini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
20. Davlat geodeziya nazorati “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
21. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan davlat geodeziya nazorati quyidagi asoslarga koʻra belgilangan tartibda oʻtkaziladi:
geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi;
kartografiya materiallarida va boshqa hujjatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining hamda maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini notoʻgʻri aks ettirilganligini;
geodeziya va kartografiya faoliyatining subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat yuritilmaganligi;
davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlaridagi geodeziya punktlarining, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa geodeziya punktlarining but saqlanishi va ularning muhofaza zonalari rejimiga rioya etilishini taʼminlamanganligi;
davlat geodeziya tarmogʻi punktlarining qayta tiklanishini taʼminlash boʻyicha tadbirlarning bajarilmaganligi;
ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga amal qilinmaganligi;
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) davlat kartografiya-geodeziya fondiga topshirilmaganda;
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlarining davlat kartografiya-geodeziya fondidan olingan materiallardan (maʼlumotlardan) qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalanilmaganligi aniqlanganda;
jismoniy yoki yuridik shaxslarning geodeziya toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari toʻgʻrisidagi asoslangan murojaatlariga muvofiq;
ommaviy axborot vositalari yoki boshqa tashqi manbalarda (ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlarda) geodeziya va kartografiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinganda;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, boshqa davlat organlari va tashkilotlardan geodeziya va kartografiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida dalolat beruvchi axborot tushganda;
nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimi orqali huquqbuzarliklar aniqlanganda.
22. Davlat geodeziya nazorati maxsus vakolatli davlat organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) buyrugʻiga asosan oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisidagi buyruqda koʻrsatilgan sana ushbu nazoratni amalga oshirish muddatining boshlanishi deb hisoblanadi.
23. Agar davlat geodeziya nazoratida maxsus vakolatli davlat organining ikki yoki undan ortiq nazoratchi mansabdor shaxslari qatnashganda, buyruqda familiyasi birinchi koʻrsatilgan mansabdor shaxs nazorat jarayonini boshqarish va natijalarini umumlashtirishga javobgar shaxs hisoblanadi.
24. Maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari davlat geodeziya nazorati tadbirlarida oʻz vakolatlari doirasidan chetga chiqmasligi hamda nazorat predmetiga aloqador boʻlmagan hujjatlarni (axborotni) talab qilmasligi lozim.
25. Geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (maʼlumotlarning) qalbaki yoki soxtaligi haqida shubha tugʻilgan hollarda, davlat geodeziya nazoratini amalga oshirayotgan maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan ularni haqiqiyligi yoki toʻgʻriligiga aniqlik kiritish maqsadida olib qoʻyilishi mumkin.
26. Hujjatlarni olib qoʻyish toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan bayonnoma tuziladi, unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
bayonnoma tuzilgan vaqti va joyi;
bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
hujjatlari olib qoʻyilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yuridik shaxs nomi, uning mansabdor shaxsi yoki hujjatlarni olib qoʻyishda ishtirok etgan vakili yoxud jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili va shu kabilar);
hujjatlarni olib qoʻyishda ishtirok etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar ular boʻlsa;
olib qoʻyilayotgan hujjatning nomi (mazmuni), sanasi, raqami, uni qabul qilgan (rasmiylashtirgan) organ, tashkilot nomi hamda hujjatning varaqlari soni.
Hujjatlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi va uning bir nusxasi yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga imzo qoʻydirib topshiriladi.
Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakili yoxud jismoniy shaxs hujjatlar olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnomani imzolash va (yoki) olishdan bosh tortgan hollarda, bu haqida bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi va yuridik yoki jismoniy shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
27. Davlat geodeziya nazorati doirasidagi harakatlarni yuridik yoki jismoniy shaxs roʻyxatdan oʻtgan yoki faoliyat yuritayotgan yoxud nazorat tadbiri oʻtkazilayotgan joyning oʻzida rasmiylashtirish imkoni boʻlmasa, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki maxsus vakolatli davlat organining binosida rasmiylashtirilishi mumkin.
28. Davlat geodeziya nazoratini oʻtkazishda zarur hollarda belgilangan tartibda malakali mutaxassislar va tarjimonlar jalb etilishi, shuningdek, ekspertiza tayinlanishi mumkin.
29. Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq maxsus vakolatli davlat organi rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan davlat geodeziya nazorati inspektorining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi.
30. Malakali mutaxassislar va tarjimonni jalb qilish uchun maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilinadi.
31. Malakali mutaxassislar va tarjimonlar shartnoma asosida maxsus vakolatli davlat organining mablagʻlari hisobidan jalb qilinishi mumkin, mablagʻ ajratish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
32. Maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari tomonidan davlat geodeziya nazorati natijalari boʻyicha quyidagilar koʻrsatilgan holda kamida uch nusxada dalolatnoma tuzilishi kerak:
nazorat tadbiri oʻtkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana;
nazorat tadbiri oʻtkazish uchun asos;
nazorat tadbirini oʻtkazgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning manzili va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
geodeziya va kartografiya sohasidagi huquqbuzarlik oqibatlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma.
Dalolatnomaga maxsus vakolatli davlat organi mansabdor shaxsi tomonidan geodeziya nazorati tadbirida olingan fotosuratlar, videoyozuvlar va boshqa materiallar ilova qilinadi.
33. Davlat geodeziya nazoratini oʻtkazish natijasida geodeziya va kartografiya toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishlari aniqlanmagan boʻlsa, bu haqida dalolatnomada qayd etiladi.
34. Dalolatnomaning barcha nusxalari maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi hamda uning bir nusxasi yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga uni olgan sanani koʻrsatgan holda imzo qoʻydirib topshiriladi.
35. Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakili yoxud jismoniy shaxs dalolatnomani olishdan bosh tortganda, dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi va uning bir nusxasi yuridik yoki jismoniy shaxsga uch ish kunidan kechiktirmasdan pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va yuborilganidan eʼtiboran uch kun oʻtgach, topshirilgan hisoblanadi.
36. Davlat geodeziya nazorati oʻtkazilgan shaxs (uning vakili) dalolatnomada bayon etilgan holatlarga va (yoki) tekshiruvchilarning xulosalari hamda takliflariga rozi boʻlmagan taqdirda, dalolatnomani olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Kadastr agentligiga mazkur dalolatnoma boʻyicha umuman yoki uning ayrim holatlari yuzasidan yozma eʼtirozlarini taqdim etishga haqli.
37. Geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari oʻz eʼtirozlarining asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini) yozma eʼtirozlarga ilova qilishga yoki kelishilgan muddatda vakolatli organga topshirishga haqli.
38. Dalolatnoma geodeziya va kartografiya faoliyati subyektiga topshirilgan kun yoki unga yuborilgan kun davlat geodeziya nazorati tadbiri yakunlangan vaqt deb hisoblanadi.
39. Dalolatnoma maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tugallangan kundan eʼtiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
40. Davlat geodeziya nazoratini oʻtkazish materiallarini koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha qaror qabul qilish geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
41. Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun geodeziya va kartografiya faoliyati subyektining rahbari hamda mansabdor shaxsi yoki jismoniy shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim boʻlsa, vakolatli organning geodeziya nazoratini amalga oshirgan mansabdor shaxsi aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
42. Davlat geodeziya nazorati natijasida aniqlangan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash taalluqliligi boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish paytida maxsus vakolatli davlat organi (mansabdor shaxsi) tomonidan huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari bor degan xulosaga kelingan taqdirda, tegishli materiallar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
43. Maxsus vakolatli davlat organining koʻrsatmalari, taqdimnomalari va boshqa hujjatlarini bajarmaslik, shuningdek, davlat geodeziya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar faoliyatiga asossiz aralashish hamda yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning qonuniy ijro etilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida ularga har qanday shaklda taʼsir koʻrsatish taqiqlanadi va bu qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
44. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organi

Davlat geodeziya nazoratini amalga oshiradi.

Doimiy

2-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organi

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgandan soʻng, davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisidagi maxsus vakolatli davlat organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) buyrugʻi qabul qilinadi.

Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi kuzatilganda

3-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organi

Maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari davlat geodeziya nazoratini amalga oshiradi va natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzadi.

10 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organi

Dalolatnomani imzolaydi hamda uning bir nusxasini yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga uni olgan sanani koʻrsatgan holda imzo qoʻydirib topshiradi.

1 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organi

Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi (vakili) yoxud jismoniy shaxs dalolatnomani olishdan bosh tortganda, dalolatnomaga tegishli yozuvni kiritadi va uning bir nusxasini yuridik yoki jismoniy shaxsga pochta orqali yuboradi.

3 ish kunidan kechiktirmay

6-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organi

Ruxsat ber?sh va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar huquqbuzarliklar “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq koʻrib chiqiladi.

Belgilangan tartibda

7-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organi

Geodeziya sohasida aniqlangan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.

Belgilangan tartibda

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 183-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi toʻgʻrisidagi, Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi, Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarorining 1-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari, shuningdek, unga 1 va 2-ilovalar.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarori)” 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga ilovaning 28-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qarori)” 2017-yil 29-avgustdagi 679-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 26-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 34-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qarorni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 3-dekabrdagi 977-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2018-yil 24-iyuldagi OʻRQ-487-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” 2019-yil 12-fevraldagi 117-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/183/0308-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)