1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga muvofiq jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — shaxsiy identifikatsiya raqami) barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni koʻrsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanishi, soliq organlarida soliq toʻlovchilarning hisobi shaxsiy identifikatsiya raqamidan foydalangan holda yuritilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tugʻilgan barcha shaxslarga tugʻilganlikni qayd etish jarayonida shaxsiy identifikatsiya raqamini berish;
chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga identifikatsiya ID-kartasi berilganda, shaxsiy identifikatsiya raqamini berish;
chet davlat fuqarosiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turganda yoki oʻz faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotganda, shaxsiy identifikatsiya raqamini berish;
fuqaroligi boʻlmagan shaxsga biometrik harakatlanish hujjati rasmiylashtirilganda, shaxsiy identifikatsiya raqamini berish;
chet davlatda vaqtincha yoki doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ularning farzandlari, chet davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqamini berish;
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2022-yil 1-iyunga qadar:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda shaxsiy identifikatsiya raqamini olish toʻgʻrisidagi murojaatlarni qabul qilish hamda tayyor boʻlgan shaxsiy identifikatsiya raqamini berish boʻyicha axborot tizimlari integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali chet davlatlar jismoniy shaxslarining maʼlumotlarini onlayn ravishda tekshirish boʻyicha veb-servis ishlab chiqib va uni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyundan boshlab mazkur qarorga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, xorijiy davlatda doimiy yashaydigan chet davlat fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan yoki oʻz faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet davlat fuqarolariga shaxsiy identifikatsiya raqamlarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilishini yoʻlga qoʻysin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi va adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-aprel,
177-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi toʻgʻrisidagi
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (keyingi oʻrinlarda — shaxsiy identifikatsiya raqami) aniqlash va berish tartibini belgilaydi.
2. Shaxsiy identifikatsiya raqami Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, chet elda doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan yoki oʻz faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga (keyingi oʻrinlarda — talabgorlar) beriladi. Shaxsiy identifikatsiya raqami berilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi (keyingi oʻrinda — Davlat personallashtirish markazi);
maʼlumotlarni toʻplash punkti — shaxsiy identifikatsiya raqamini olish uchun murojaat qilgan jismoniy shaxsning biografik maʼlumotlari va biometrik parametrlarini jamlash, ushbu maʼlumotlarni Davlat personallashtirish markaziga yuborish hamda shakllantirilgan tayyor shaxsiy identifikatsiya raqamini berish vazifasini bajaruvchi ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, davlat xizmatlari markazlari, FHDE organlari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
operator — maʼlumotlarni toʻplash punktining shaxsiy identifikatsiya raqamini berish uchun elektron talabnomani toʻldiruvchi va Davlat personallashtirish markazi tomonidan berilgan shaxsiy identifikatsiya raqamini taqdim etuvchi masʼul xodimi;
elektron talabnoma — maʼlumotlarni toʻplash punktidan shaxsiy identifikatsiya raqamini oladigan shaxsning biografik maʼlumotlari va biometrik parametrlarini oʻz ichiga olgan elektron hujjat;
2-bob. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash
4. Shaxsiy identifikatsiya raqami mashinada hisoblanadigan hujjatlar uchun xalqaro standartlarga (ICAO) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik pasportlarida (identifikatsiya ID-kartalarida), chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomalari va identifikatsiya ID-kartalari hamda boshqa hujjatlarda foydalaniladi.
5. Shaxsiy identifikatsiya raqami quyidagi tartibda joylashgan oʻn toʻrtta raqamdan iborat boʻladi:
X
XXXXXX
XXX
XXX
X
nazorat raqami
jismoniy shaxsning tartib raqami (000 — 999)
tuman, shahar kodi (000 — 999)
tugʻilgan sanasi (KKOOYY)
jinsi va tugʻilgan asri indeksi (1 — 6)
1-guruh — jinsi va tugʻilgan asri indeksi:
1 — 1800.1.01. — 1899.31.12 da tugʻilgan erkaklar;
2 — 1800.1.01 — 1899.31.12 da tugʻilgan ayollar;
3 — 1900.1.01 — 1999.31.12 da tugʻilgan erkaklar;
4 — 1900.1.01 — 1999.31.12 da tugʻilgan ayollar;
5 — 2000.1.01 — 2099.31.12 da tugʻilgan erkaklar;
6 — 2000.1.01 — 2099.31.12 da tugʻilgan ayollar.
2-guruh — formatdagi tugʻilgan sana: KKOOYY (kun, oy, yil).
3-guruh — shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantirish uchun talabnoma rasmiylashtirilgan tuman, shahar kodi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari joylashgan joy.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, xorijiy davlatda yashaydigan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan yoki oʻz faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga shaxsiy identifikatsiya raqamini berishda 3-guruh raqami mazkur shaxslar murojaat qilgan joydan kelib chiqib tanlanadi.
4-guruh — ushbu kunda tugʻilgan va mazkur tumanda, shaharda biometrik pasport (identifikatsiya ID-kartasi), yashash yoki tugʻilganlik guvohnomasini olgan jismoniy shaxsning tartib raqami.
Nazorat raqami (14-pozitsiya) 10 moduli boʻyicha doimiy ravishda takrorlanuvchi 731 731... salmoq funksiyasi bilan quyidagi tarzda hisoblanadi:
raqamli maʼlumotlarning tegishli elementi raqami tegishli muntazam pozitsiyada turgan salmoq koʻrsatkichiga chapdan oʻnga koʻpaytiriladi.
Har bir koʻpaytirish natijalari jamlanadi.
Hosil boʻlgan yigʻindi 10 moduliga boʻlinadi.
Boʻlishda qolgan qoldiq nazorat raqami hisoblanadi.
Kodning haqiqiyligi tekshiriladi.
1-misol.
1993-yil 12-oktabrda tugʻilgan, 024 tartib raqami berilgan erkak uchun hisoblangan nazorat raqami:
3
12
10
93
204
024
7
31
73
17
317
317
21
32
70
921
6028
0228
Hosil boʻlgan raqamlar jamlanadi:
21+3+2+7+0+9+21+6+0+28+0+2+28=127
Natija 10 moduliga boʻlinadi: 127/10=12 (qoldiq — 7), shunday qilib nazorat raqami 7 ga teng, fuqaroning kodi esa — 3 121093 204 024 7.
2-misol.
1990-yil 2-yanvarda tugʻilgan, 001 tartib raqami berilgan ayol uchun hisoblangan nazorat raqami:
4
02
01
90
205
001
7
31
73
17
317
317
28
02
03
90
6035
007
Hosil boʻlgan raqamlar jamlanadi:
28+0+2+0+3+9+0+6+0+35+0+0+7=90
Natija 10 moduliga boʻlinadi: 90/10=9 (qoldiq — 0), shunday qilib nazorat raqami 0 ga teng, fuqaroning kodi esa — 4 020190 205 001 0.
3-bob. Shaxsiy identifikatsiya raqamini berish
6. Talabgorlarga shaxsiy identifikatsiya raqami Davlat personallashtirish markazi tomonidan maʼlumotlarni toʻplash punktining talabnomasi asosida avtomatlashtirilgan tizim orqali shakllantiriladi va beriladi.
7. Shaxsiy identifikatsiya raqami ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
8. Shaxsiy identifikatsiya raqami:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tugʻilgan barcha shaxslarga tugʻilganlikni qayd etish jarayonida — qatʼiy ravishda FHDY organlari tomonidan;
xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga identifikatsiya ID-kartasi berilganda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan yoki oʻz faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga — davlat xizmatlari markazlari tomonidan;
xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga identifikatsiya ID-kartasi berilganda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolariga — ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan;
fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjati rasmiylashtirilganda — ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan;
xorijiy davlatda yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning farzandlariga (shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud boʻlmaganda), chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga — Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan beriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqami quyidagi hujjatlar asosida rasmiylashtirib beriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolariga — xorijiy davlat fuqarosining pasporti;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga — harakatlanish hujjati;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga — yashash guvohnomalari;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga — qonunchilikda belgilangan tartibda tan olingan ishonchnoma, xalqaro shartnoma va kelishuvlarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, ishonchnoma bergan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va xalqaro standartlarga (ICAO) mos raqamli fotosurati, vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
Talabgorlar shaxsiy identifikatsiya raqamini olish uchun maʼlumotlarni toʻplash punkti operatoriga oʻzi kelib murojaat etadi (Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolari bundan mustasno). Maʼlumotlarni toʻplash punkti operatori talabgorlar nomidan ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi elektron talabnoma toʻldiradi.
Toʻldirilgan talabnomadagi maʼlumotlar talabgorlar tomonidan tekshirilib, ularning toʻgʻriligi tasdiqlanadi.
11. Maʼlumotlarni toʻplash punkti operatori tomonidan jismoniy shaxsning biografik (familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlganda), tugʻilgan sanasi, jinsi, shaxsiy identifikatsiya raqamini berish uchun asos boʻladigan hujjatining seriyasi va raqami, uni bergan organning nomi va sanasi) hamda biometrik (barcha qoʻl barmoq izlari (16 yoshga toʻlmagan shaxslar hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolari bundan mustasno) va fotosurati) maʼlumotlari avtomatlashtirilgan tizimga kiritilib, elektron talabnoma shakllantiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga shaxsiy identifikatsiya raqami axborot tizimi vositasida real vaqt rejimida;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga bir ish kuni davomida shaxsiy identifikatsiya raqami shakllantirilib, maʼlumotlarni toʻplash punktiga elektron shaklda;
xorijiy davlatda vaqtincha yoki doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning farzandlariga (shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud boʻlmaganda), chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun shaxsiy identifikatsiya raqami bir ish kuni davomida Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladi.
14. Talabgorlar Davlat personallashtirish markazi tomonidan ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakllantirilgan QR-kodli shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotnomasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham olishi mumkin.
Talabgorlarning ixtiyoriga koʻra maʼlumotlarni toʻplash punkti operatori uning shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotnomasini taqdim etadi.
15. Shaxsiy identifikatsiya raqami quyidagi hollarda qayta shakllantiriladi:
birlamchi shaxsiy identifikatsiya raqami xatolik bilan shakllantirilganligi aniqlanganda;
shaxsning tugʻilgan sanasi oʻzgartirilganda;
shaxsning jinsi oʻzgartirilganda;
farzandlikka olinganda.
16. Shaxsiy identifikatsiya raqamini qayta shakllantirish uchun asos boʻlgan hollarda, talabgorlar ushbu bobda belgilangan tartibda mazkur oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlar asosida maʼlumotlarni toʻplash punktiga murojaat qiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Davlat personallashtirish markazi qayta shakllantirilgan shaxsiy identifikatsiya raqami barcha manfaatdor davlat tashkilotlarining axborot tizimlariga yuborilishini taʼminlaydi. Davlat tashkilotlari oʻzlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarida jismoniy shaxsga tegishli maʼlumotlar birlashtirilishi yoki muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi.
18. Shaxsiy identifikatsiya raqamini olish boʻyicha murojaat qilgan talabgorlar davlat organlari va tashkilotlari yoki maʼlumotlarni toʻplash punkti tomonidan shaxsiy identifikatsiya raqamini berishni rad etish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari hamda maʼlumotlarni toʻplash punkti mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
19. Ushbu Reglament talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentga 1-ILOVA
Jismoniy shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqamini berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
JSHSHIR olishga talabgor shaxs
(Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, xorijiy davlatda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan yoki oʻz faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolari)
Shaxsiy identifikatsiya raqamini olish uchun maʼlumotlarni toʻplash punktiga shaxsan murojaat qilish.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Maʼlumotlarni toʻplash punkti
(Ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, davlat xizmatlari markazlari, FHSYO organlari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari)
1. Jismoniy shaxsga shaxsiy identifikatsiya raqami biriktirilganligini oʻrganish.
2. Talabgor nomiga elektron talabnomani rasmiylashtirish.
3. Talabnomani Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga yuborish.
Real vaqt rejimida,
1 soat ichida
3-bosqich
Davlat personallashtirish markazi
1. Elektron talabnomaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi uchun shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantirish va maʼlumotlarni toʻplash punktiga elektron shaklda yuborish.
Real vaqt rejimida
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantirish va maʼlumotlarni toʻplash punktiga elektron shaklda yuborish.
Bir ish kunida
3. Xorijiy davlatda yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning farzandlari (shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud boʻlmaganda), chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun shaxsiy identifikatsiya raqamini xorijdagi maʼlumotlarni toʻplash punktiga yuborish.
Bir ish kunida
4-bosqich
Maʼlumotlarni toʻplash punkti
(Ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, davlat xizmatlari markazlari, FHSYO organlari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari)
Talabgorning ixtiyoriga koʻra maʼlumotlarni toʻplash punkti operatori uning shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotnomasini taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olish boʻyicha
SOʻROVNOMA
I. Jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi (mavjud boʻlsa):
4. Fuqaroligi:
5. Bogʻlanish uchun telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa):
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolariga — chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga — harakatlanish hujjati;
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga — yashash guvohnomalari;
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari uchun — shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga — qonunchilikda belgilangan tartibda tan olingan ishonchnoma, xalqaro shartnoma va kelishuvlarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, ishonchnoma bergan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va ICAO xalqaro standarti talablariga mos raqamli fotosurati, vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 31-maydagi 200-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 19-noyabrdagi 934-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/177/0299-son; 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)