

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5914846" id="onLBC-5914846">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7004"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.10.00 Aloqa xizmatlari uchun tariflar, bojlar va imtiyozlar;</span></div><div id="LBC7005"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-5914846" id="onLS-5914846">[<b>TSZ:</b><div id="LS3744"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Aloqa]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-5915001" id="-5915001">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRINING </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5915002" id="-5915002">buyrugʻi</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-5915003" id="-5915003">Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-5915004" id="-5915004">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 18-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3354]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5915006" id="-5915006"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915007" id="-5915007">Oʻzbekiston Respublikasining “<a href="/mact/-33150">Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida</a>”gi, “<a href="/mact/-121051">Davlat tili haqida</a>”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-3846255">Farmoni</a>, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/-3715562">qaroriga</a> muvofiq buyuraman:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915008" id="-5915008">1. Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom <a href="/mact/-5914846#-5915022">1-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915009" id="-5915009">2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar <a href="/mact/-5914846#-5915152">2-ilovaga </a>muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915010" id="-5915010">3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-5915011" id="-5915011">Vazir Sh. ShERMATOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5915012" id="-5915012">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5915013" id="-5915013">2022-yil 19-fevral,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-5915014" id="-5915014">221-mh-son</div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-5915015" id="-5915015">Kelishildi:</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-5915019" id="-5915019">Moliya vaziri T. IShMETOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5915020" id="-5915020"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5915021" id="-5915021">2022-yil 21-yanvar</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-5915016" id="-5915016">Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Sh. ShARAXMETOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5915017" id="-5915017"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5915018" id="-5915018">2022-yil 27-yanvar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5915022" id="-5915022"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-5915023" id="-5915023">Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2022-yil 19-fevraldagi 221-mh-son<a href="/mact/-5914846"> buyrugʻiga<br /></a> 1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-5915024" id="-5915024">Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5915025" id="-5915025">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5915026" id="-5915026"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915027" id="-5915027">Mazkur Nizom universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish va tartibga solish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5915028" id="-5915028">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915029" id="-5915029">1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915030" id="-5915030">telekommunikatsiyalar tarmogʻi — uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, maʼlumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translatsiya qilishni taʼminlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915031" id="-5915031">telekommunikatsiya xizmatlari — operator va provayderning signallar hamda boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati mahsuli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915032" id="-5915032">telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari — telekommunikatsiya xizmatlarining foydalanuvchilariga pullik (shartnoma) asosida taqdim etiladigan belgilangan sifatga ega telekommunikatsiya xizmatlari toʻplami (kanallar, traktlarni ijaraga berish, oʻrnatish (installatsiya), tarmoqlararo ulanishlar, maxsus aloqa xizmatlari);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915033" id="-5915033">umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmogʻi — telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatishning yagona prinsiplari, ularni taqdim etish va haq toʻlashning tartibi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun moʻljallangan telekommunikatsiyalar tarmogʻi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915034" id="-5915034">universal telekommunikatsiya xizmatlari — umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali barcha foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan, belgilangan sifatdagi majburiy xizmatlar toʻplami (foydalanuvchilarning bu tarmoqdan foydalanishini taʼminlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlari, telegrammalar joʻnatish va boshqalar);</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6535710" id="edi-6535710"><a href="/mact/-5914846?ONDATE=18.03.2022 00#-5915035">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6535710" id="-6535710"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6535712" id="-6535712">universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) tartibga solish — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun cheklangan tariflarni (narxlarni) belgilash, oʻrnatish va kelishish.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6535713" id="-6535713">(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 4-iyuldagi 253-mh-sonli <a href="/mact/-6533459?ONDATE=17.07.2023 00#-6533630">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3354-1, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3354-1/0482-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915036" id="-5915036">2. Mazkur Nizom uning <a href="/mact/-5914846#-5915076">1</a> va <a href="/mact/-5914846#-5915110">2-ilovalarida </a>keltirilgan universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari roʻyxatidagi telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi ustav fondidagi davlat ulushi 75 foiz hamda undan ortiq boʻlgan telekommunikatsiya operatorlari va telekommunikatsiya xizmatlari provayderlariga (bundan buyon matnda operatorlar va provayderlar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915037" id="-5915037">Ushbu Nizom talablari mobil telefon aloqa operatorlari, idoraviy tarmoqlar operatorlari, shuningdek ustav fondidagi davlat ulushining miqdoridan qatʼi nazar telekommunikatsiya provayderlari tomonidan qishloq joylarida koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915038" id="-5915038">3. Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari (bundan buyon matnda xizmatlar deb yuritiladi) uchun tariflarni (narxlarni) tartibga solishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915039" id="-5915039">xizmatlarga boʻlgan talabni maksimal darajada qondirish va foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915040" id="-5915040">operatorlar va provayderlar faoliyatining samaradorligini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915041" id="-5915041">umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya vositalari va tarmoqlarining yanada rivojlanishini taʼminlash, telekommunikatsiya xizmatlari bozorini kengaytirish va ularni taqdim etish sifatini yaxshilash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915042" id="-5915042">4. Xizmatlar uchun tariflar (narxlar) Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5915043" id="-5915043">2-bob. Xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915044" id="-5915044">5. Xizmatlar uchun tariflar (narxlar) xizmatlar guruhlarining (mahalliy, qishloq telefon aloqasi, telegraf aloqasi, shaharlararo telefon aloqasi, xalqaro telefon aloqasi va boshqalar) tannarxi va sof foyda asosida, shuningdek chet el aloqa maʼmuriyatlari va kompaniyalari bilan kelishilgan hisob-kitob summalarini (taksalarni) (xalqaro aloqa xizmatlari tariflari (narxlari) uchun) inobatga olgan holda belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915045" id="-5915045">6. Xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish hisobot davrining maʼlumotlari tahlili, operatorlar va provayderlarning kelgusi davr uchun rejalashtiradigan xarajatlari va sof foydasi asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915046" id="-5915046">Xizmatlar uchun amaldagi tariflarni (narxlarni) oʻzgartirishga ularni koʻrsatish uchun qilinadigan xarajatlarning (energetika resurslari, xomashyo, materiallar, transport va boshqa) narxlari, shuningdek, hisob-kitob summalari (taksalar) miqdori, erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta kursi yoki maxsus qarz olish huquqining (SDR) oshishi yoki kamayishi asos boʻlib hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915047" id="-5915047">7. Xizmatlar uchun qilinadigan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi<a href="/mact/-264422#-264462"> nizom </a>va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915048" id="-5915048">Xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirishda bilvosita moddiy xarajatlarni, mehnatga haq toʻlashga bilvosita xarajatlarni, ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlarni, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni taqsimlash xizmatning solishtirma mehnat sigʻimi (muayyan xizmat turiga toʻgʻri keladigan asosiy ishlab chiqaruvchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari) boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915049" id="-5915049">8. Favqulodda xizmatlarni (yongʻin xavfsizligi xizmati, ichki ishlar organlari, tez tibbiy yordam, gaz tarmogʻining avariya xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati) chaqirish, shuningdek shaharlararo, xalqaro telefon stansiyasining buyurtma va maʼlumot xizmatiga, mahalliy telefon tarmogʻining taʼmirlash byurosiga chiqish barcha foydalanuvchilar uchun bepul amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915050" id="-5915050">Favqulodda xizmatlar koʻrsatilganligi uchun sarflangan xarajatlar boshqa xizmatlarni koʻrsatishdan olingan daromadlar hisobidan qoplanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915051" id="-5915051">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatning tegishli qarorlarida ishonch telefonlariga qoʻngʻiroqlar bepul amalga oshirilishi toʻgʻridan toʻgʻri koʻrsatib oʻtilgan boʻlsa, mazkur qoʻngʻiroqlar bepul amalga oshiriladi (masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ishonch telefoni va h.k.).</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5915052" id="-5915052">3-bob. Xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) davlat tomonidan tartibga solish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915053" id="-5915053">9. Universal telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar (narxlar) Vazirlik tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915054" id="-5915054">Telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflar (narxlar) Vazirlik bilan kelishilgan holda operatorlar va provayderlar tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915055" id="-5915055">10. Operatorlar va provayderlar Vazirlikni xabardor qilgan holda barcha foydalanuvchilar uchun belgilangan tariflarni (narxlarni) kamaytirish huquqiga ega. Bunda, operatorlar va provayderlarning sof foydasi ular tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq amaldagi tariflar (narxlar) boʻyicha aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915056" id="-5915056">11. Xizmatlar uchun tariflar (narxlar) aholi uchun qishloq telefon aloqa xizmatlariga tariflardan (narxlardan) tashqari, ularni taqdim etish xarajatlarini qoplashi, xizmatlar bozorini rivojlantirish va ularning nomenklaturasini kengaytirish, foydalanuvchilik qiymati hamda xizmatlarning sifatini oshirish uchun kerakli sof foydani taʼminlashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915057" id="-5915057">Xizmatlar foydalanuvchilarini saqlab qolish maqsadida xizmatlar uchun tariflar (narxlar) ularning tannarxi darajasida belgilanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915058" id="-5915058">12. Bir xil turdagi xizmatlar uchun tariflar (narxlar) foydalanuvchilar toifalari (aholi, tashkilotlar), mahalliy telefon aloqa xizmatlari uchun esa qoʻllanish joyi (qishloq, shahar) boʻyicha tabaqalashtirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915059" id="-5915059">13. Telekommunikatsiya tarmoqlariga yuklamani oqilona taqsimlash maqsadida mahalliy (hisob-kitoblarning vaqtbay shaklida), shaharlararo va xalqaro telefon aloqa xizmatlari uchun tariflar (narxlar) sutkaning soatlari, haftaning kunlari boʻyicha tabaqalashtirilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5915060" id="-5915060">4-bob. Xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915061" id="-5915061">14. Vazirlik oʻz tashabbusi bilan yoki operatorlar va provayderlarning taklifiga asosan xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) koʻrib chiqish (tasdiqlash, oʻzgartirish, kelishish)ni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915062" id="-5915062">Xizmatlar uchun tariflarga (narxlarga) oʻzgartirishlar kiritish yangi tariflarni (narxlarni) tasdiqlash yoki kelishish orqali amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915063" id="-5915063">15. Xizmatlar uchun tariflar (narxlar) cheklangan darajalari boʻyicha hisob-kitoblar operatorlar va provayderlar tomonidan amalga oshiriladi va ushbu xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) koʻrib chiqish uchun hujjatlar Vazirlikka taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915064" id="-5915064">Operatorlar va provayderlar tarkibiga kiradigan telekommunikatsiya xizmatlari operatorlari, provayderlari xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi takliflarini oʻzlari tarkibiga kiradigan operatorlar va provayderlarga taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915065" id="-5915065">16. Operatorlar va provayderlar xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi takliflar bilan Vazirlikka murojaat qilganda, ushbu Nizomning <a href="/mact/-5914846#-5915136">3-ilovasiga </a>keltirilgan tariflarni (narxlarni) koʻrib chiqish zarurligini tasdiqlovchi hujjatlarni (hisob-kitoblar, buxgalteriya va statistika hisoboti boʻyicha maʼlumotlar) yozma yoki elektron shaklda taqdim etadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915066" id="-5915066">17. Vazirlik taqdim etilgan hujjatlarni ularni olgan kundan boshlab 7 kun muddat ichida koʻrib chiqadi. Zaruratga koʻra, tariflarni (narxlarni) koʻrib chiqish uchun telekommunikatsiyalar sohasidagi malakali ekspertlar kelishuv asosida jalb etilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915067" id="-5915067">18. Vazirlik tomonidan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tariflarni (narxlarni) tasdiqlash yoki kelishish haqida qaror qabul qilinadi yoxud ularni tasdiqlash yoki kelishish rad etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915068" id="-5915068">19. Vazirlik tomonidan xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) tasdiqlash yoki kelishish rad etilgan taqdirda, operatorlar va provayderlarga rad etish asoslari koʻrsatilgan holda shu kunning oʻzida yozma yoki elektron shaklda xabar yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915069" id="-5915069">20. Vazirlik tomonidan universal telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflarni (narxlarni) tasdiqlash haqida tegishli tariflarni (narxlarni) amalga kiritish muddatlari koʻrsatilgan holda buyruq qabul qilinadi hamda shu kunning oʻzida buyruq nusxasi operatorlar va provayderlarga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915070" id="-5915070">Telekommunikatsiya xizmatlari ayrim turlarining tariflari (narxlari) Vazirlik tomonidan kelishilganda, kelishish haqidagi tegishli hujjatda tariflarni (narxlarni) amalga kirish muddatlari koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915071" id="-5915071">21. Xizmatlar uchun tariflarga (narxlarga) oʻzgartirish kiritilganda, oʻzgartirish kiritilganligi toʻgʻrisidagi axborot operatorlar va provayderlar tomonidan ommaviy axborot vositalarida yoki oʻzining rasmiy veb-saytida tariflar (narxlar) amalga kiritilishidan kamida oʻn besh kun oldin eʼlon qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915072" id="-5915072">22. Operatorlar va provayderlar Vazirlikning xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yoki boshqa xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan norozi boʻlgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga yoki boshqa vakolatli davlat organlariga shikoyat qilishlari mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5915073" id="-5915073">5-bob. Yakuniy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915074" id="-5915074">23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915075" id="-5915075">24. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5915076" id="-5915076"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-5915077" id="-5915077">Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi<a href="/mact/-5914846#-5915024"> nizomga<br /></a> 1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-5915078" id="-5915078">Universal telekommunikatsiya xizmatlari</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5915079" id="-5915079">ROʻYXATI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5915080" id="-5915080"></div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-5915081" id="-5915081">1. Respublika ichidagi xizmatlar</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-5915082" id="-5915082">Umumiy foydalanishdagi mahalliy telefon tarmogʻi xizmatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915083" id="-5915083">Asosiy telefon apparatini ulash orqali simli abonent liniyasi boʻyicha telefon tarmogʻiga ulanishni taqdim etish (operator tomonidan bitta foydalanuvchiga bitta raqam ajratilganda):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915084" id="-5915084">telefonlashtirilgan xonada;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915085" id="-5915085">telefonlashtirilmagan xonada.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915086" id="-5915086">Simli abonent liniyasi boʻyicha telefon tarmogʻiga ulangan telefon apparatidan mahalliy telefon soʻzlashuvini taqdim etish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915087" id="-5915087">soʻzlashuvlar vaqtbay toʻlov tizimiga oʻtkazilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915088" id="-5915088">soʻzlashuvlar vaqtbay toʻlov tizimiga oʻtkazilmaganda.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-5915089" id="-5915089">Shaharlararo telegraf aloqa xizmatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915090" id="-5915090">Telegrammani yuborish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915091" id="-5915091">oddiy;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915092" id="-5915092">shoshilinch.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-5915093" id="-5915093">Shaharlararo telefon aloqa xizmatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915094" id="-5915094">Shaharlararo telefon soʻzlashuvini taqdim etish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915095" id="-5915095">a) avtomatik shaharlararo telefon aloqa boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915096" id="-5915096">b) avtomatik aloqa boʻlmagan yoʻnalishlarda telefonchi operator orqali buyurtma boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915097" id="-5915097">oddiy buyurtma yoki tezkor tizim boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915098" id="-5915098">shoshilinch buyurtma boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915099" id="-5915099">v) avtomatik aloqa ochilgan yoʻnalishlarda telefonchi operator orqali buyurtma boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915100" id="-5915100">oddiy buyurtma yoki tezkor tizim boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915101" id="-5915101">shoshilinch buyurtma boʻyicha.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-5915102" id="-5915102">2. Xalqaro xizmatlar</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-5915103" id="-5915103">Xalqaro telefon aloqa xizmatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915104" id="-5915104">Xalqaro telefon soʻzlashuvini taqdim etish.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-5915105" id="-5915105">Xalqaro telegraf aloqa xizmatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915106" id="-5915106">Telegrammani yuborish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915107" id="-5915107">oddiy;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915108" id="-5915108">shoshilinch.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-5915109" id="-5915109"><em>Izoh: Maxsus aloqa operatorlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar universal telekommunikatsiya xizmatlariga kirmaydi.</em></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5915110" id="-5915110"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-5915111" id="-5915111">Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi<a href="/mact/-5914846#-5915024"> nizomga<br /></a>2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-5915112" id="-5915112">Telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5915113" id="-5915113">ROʻYXATI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5915114" id="-5915114"></div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-5915115" id="-5915115">Respublika ichidagi xizmatlar</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-5915116" id="-5915116">Telegraf aloqa xizmatlari (hududlararo va zonaichi)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915117" id="-5915117">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatda keltirilgan muassasalar tomonidan beriladigan “Toifadan tashqari”, navbatdan tashqari telegrammalarni yuborish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915118" id="-5915118">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatda keltirilgan mansabdor shaxslar tomonidan beriladigan “oliy hukumatga oid”, “hukumatga oid” telegrammalarni yuborish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915119" id="-5915119">telegraf kanallarini ijaraga berish.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-5915120" id="-5915120">Shaharlararo telefon aloqa xizmatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915121" id="-5915121">Kanallar (traktlar)ni ijaraga berish (hududlararo va zonaichi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915122" id="-5915122">analog kanal (trakt)ni oʻrnatish (installatsiya);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915123" id="-5915123">analog kanal (trakt)ni ijaraga berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915124" id="-5915124">raqamli kanal (trakt)ni oʻrnatish (installatsiya);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915125" id="-5915125">raqamli kanal (trakt)ni ijaraga berish.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-5915126" id="-5915126">Tarmoqlararo ulanishlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915127" id="-5915127">30-kanalli trakt (E-1)ning quyi chastotali bogʻlovchi liniyasi yoki bitta kanalining ulanish nuqtasini ajratgan holda mahalliy darajada umumiy foydalanish tarmogʻiga ulanishni taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915128" id="-5915128">mahalliy darajada raqamli kanalni ijaraga olish.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-5915129" id="-5915129">Maxsus aloqa operatorlari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915130" id="-5915130">Asosiy telefon apparatini ulash orqali simli abonent liniyasi boʻyicha telefon tarmogʻiga ulanishni taqdim etish (operator tomonidan bitta foydalanuvchiga bitta raqam ajratilganda):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915131" id="-5915131">telefonlashtirilgan xonada;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915132" id="-5915132">telefonlashtirilmagan xonada.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915133" id="-5915133">Simli abonent liniyasi boʻyicha telefon tarmogʻiga ulangan telefon apparatidan mahalliy telefon soʻzlashuvini taqdim etish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915134" id="-5915134">soʻzlashuvlar vaqtbay toʻlov tizimiga oʻtkazilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915135" id="-5915135">soʻzlashuvlar vaqtbay toʻlov tizimiga oʻtkazilmaganda.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5915136" id="-5915136"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-5915137" id="-5915137">Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi<a href="/mact/-5914846#-5915024"> nizomga<br /></a>3-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-5915138" id="-5915138">Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni kiritishda taqdim etiladigan hujjatlar (maʼlumotlar)</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5915139" id="-5915139">ROʻYXATI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5915140" id="-5915140"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915141" id="-5915141">Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari (bundan buyon matnda xizmatlar deb yuritiladi) uchun tariflarni koʻrib chiqish boʻyicha quyidagi hujjatlar (maʼlumotlar) ilova qilinishi zarur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915142" id="-5915142">oxirgi hisobot davrida xizmatlarning barcha turlari boʻyicha moliyaviy koʻrsatkichlar, xizmatlar hajmining tabiiy ifodada (minut, Mbayt, Mbit/s va boshqalar) oʻzgarish dinamikasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915143" id="-5915143">oxirgi hisobot davridagi chiquvchi soʻzlashuvlar almashinuvi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915144" id="-5915144">keyingi hisobot davri uchun xizmatlar turlari boʻyicha amaldagi tariflardagi daromadlar va sof foyda prognozi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915145" id="-5915145">keyingi hisobot davri uchun ishlab chiqarish tannarxi toʻgʻrisidagi prognoz maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915146" id="-5915146">keyingi hisobot davri uchun rejalashtirilgan telekommunikatsiya vositalari va inshootlarini rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash uchun ajratiladigan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumot;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915147" id="-5915147">chet ellik hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlovlar grafiklari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915148" id="-5915148">oxirgi va keyingi hisobot davri uchun xarajatlar, ularning tarkibi va miqdorlari yuzasidan batafsil maʼlumotlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915149" id="-5915149">Xalqaro xizmatlar uchun tariflarga oʻzgartirish kiritishda quyidagilar maʼlumotlar qoʻshimcha ravishda taqdim etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915150" id="-5915150">toʻlov zonalari boʻyicha oʻrtacha hisoblangan hisob-kitob summalari (taksalari, ulushlari);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915151" id="-5915151">Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi kursining oxirgi hisobot davri uchun erkin konvertatsiya qilinadigan valyutaga va maxsus qarz olish huquqiga (SDR) nisbatan oʻzgarish dinamikasi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5915152" id="-5915152"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-5915153" id="-5915153">Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2022-yil 19-fevraldagi 221-mh-son<a href="/mact/-5914846"> buyrugʻiga<br /></a>2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-5915154" id="-5915154">Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5915155" id="-5915155">ROʻYXATI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5915156" id="-5915156"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915157" id="-5915157">1. Pochta va telekommunikatsiya agentligi tomonidan 2000-yil 28-iyuldagi 14-8/1553-son bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiya xizmatlari tariflarini shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-823371">nizom</a> (roʻyxat raqami 959, 2000-yil 18-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 16-son).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5915158" id="-5915158">2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2017-yil 30-yanvardagi 149-mh-son “Telekommunikatsiya xizmatlari tariflarini shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi<a href="/mact/-3130827"> qarori </a>(roʻyxat raqami 959-1, 2017-yil 9-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 10-son, 151-modda).</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-5915005" id="-5915005">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 10/22/3354/0223-son; 17.07.2023-y., 10/23/3354-1/0482-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
