1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining
qarori
Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0020-22-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
ID-53775 (V-3)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 4-martda hisobga olindi, hisob raqami 70]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qaror qiladi:
1. Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0020-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0292-11-son SanQvaN, 2011-yil 5-may) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq B. YUSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-yanvar,
0020-22-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2022-yil 21-yanvardagi 0020-22-son qaroriga ILOVA
Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) tibbiy faoliyatni amalga oshiruvchi davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya-epidemiologiya talablarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu sanitariya qoidalari mulkchilik shakli va idoraviy boʻysinuvidan qatʼiy nazar barcha yangi qurilayotgan, qayta qurilayotgan va taʼmirlanayotgan davolash-profilaktika muassasalariga (bundan buyon matnda DPM deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
2. DPMlarni loyihalashtirishda xonalar maydonlari kattaligi boʻyicha belgilangan normalardan 15 foizgacha chetga chiqishlarga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, bunday chetga chiqishlar sanitariya-epidemiologiya rejimiga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
3. DPMlarni loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishda ushbu sanitariya qoidalari hamda amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi zarur.
4. DPMlarni loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishda foydalaniladigan tibbiy texnikalar, asbob-uskunalar, dezinfeksiya vositalari, qurilish va pardozlash materiallari va boshqa buyumlar, shuningdek qoʻllanilayotgan tibbiy texnologiyalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan boʻlishi lozim.
DPMlarda klinika-diagnostika laboratoriyalari faoliyati autsorsing asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
2-bob. DPMlarni joylashtirish va uning hududiga qoʻyiladigan talablar
5. DPMlar turar joy yoki shahar atrofi hududlarida mavjud jamoat, sanoat va kommunal binolardan shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan uzoqlikda hamda sanitariya-himoya hududlariga qoʻyiladigan gigiyena talablariga muvofiq joylashtiriladi.
6. Ruhiy kasalliklar shifoxonalari, yuqumli kasalliklar, shu jumladan sil kasalliklari yoʻnalishidagi DPMlar turar joy hududidan kamida 100 m uzoqlikda joylashtiriladi.
1000 va undan ortiq oʻringa moʻljallangan ushbu yoʻnalishdagi DPMlar aholi yashash joylaridan kamida 500 m uzoqlikda joylashtirilishi kerak.
Faoliyat yuritayotgan yuqumli va sil kasalliklariga moʻljallangan DPMlarning palata korpuslari va turar-joy uylari orasidagi masofa kamida 50 m, statsionarsiz dispanserlar uchun esa kamida 20 m boʻlishi lozim.
7. Koʻp tarmoqli DPMlarda yuqumli kasalliklar boʻlimlari chegaralangan hududda joylashtirilishi va alohida kirish joyiga ega boʻlishi kerak.
8. Yirik DPMlar (100 oʻrindan ortiq) va tugʻruq komplekslari aholi punktining turar-joy hududida joylashtirilganda davolash va palata binolari qizil chiziqdan kamida 30 m hamda binolarning qavatlar sonidan kelib chiqqan holda turar joy binolaridan 30 — 50 m uzoqlikdagi masofada joylashtirilishi zarur.
9. Yer uchastkasini tanlashda atrofning sanitariya-gigiyena holati hamda shamol yoʻnalishi hisobga olinishi lozim.
Axlatxona, assenizatsiya maydonlari, hayvonlarni koʻmish joylari, qabristonlar va boshqalar sifatida foydalanilgan, shuningdek organik, kimyoviy va boshqa zaharli chiqindilar bilan ifloslangan yer uchastkalarida DPMlarni joylashtirish qatʼiyan taqiqlanadi.
DPMlarning uchastkalari temir yoʻllar, aeroportlar, tez yurar avtomagistrallar, toʻy va shunga oʻxshash marosimlar oʻtkaziladigan, 100 tadan ortiq oʻtirish joyi boʻlgan ochiq turdagi umumiy ovqatlanish korxonalari, kino va videofilmlar namoyish qilinadigan doimiy va vaqtincha pavilyonlar, ochiq turdagi yozgi estrada, kinoteatrlar va raqs maydonchalaridan va boshqa kuchli fizikaviy omillar taʼsir koʻrsatuvchi manbalaridan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan uzoqlikda joylashtirilishi lozim.
Amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq DPMlar joylashtirilishi moʻljallangan tuproq tarkibi sanitariya-kimyoviy, mikrobiologik va parazitologik koʻrsatkichlari hamda radiatsion fon gigiyenik normativlarga javob berishi lozim.
Atmosfera havosidagi zaharli moddalar, infratovush, elektromagnit nurlanish, shovqin va tebranish belgilangan gigiyenik normalardan oshmasligi lozim.
10. Ilgari silga qarshi DPM joylashgan yer uchastkalaridan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilganidan soʻng foydalanishga ruxsat etiladi:
1) yer uchastkasini hamda unda joylashgan bino va inshootlarni bir yil davomida konservatsiya qilish;
2) bino va inshootlarni bir yil davomida konservatsiya qilinganidan soʻng, ularni buzib tashlash (bunda, buzilgan bino va inshootlardagi materiallardan qayta foydalanish taqiqlanadi);
3) yer uchastkasidagi tuproq qatlamining kamida 30 sm qalinlikdagi qismini koʻchirib olib tashlash;
4) dezinfeksiya va zararsizlantirish tadbirlarini oʻtkazish;
5) yer uchastkasida sil kasalligi qoʻzgʻatuvchilarni mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash maqsadida laboratoriya tekshiruvlarini oʻtkazish.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 5-avgustdagi 23-sonli qarori (hisob raqami 368, 26.08.2025-y.) tahririda)
11. DPM hududidan muhandislik va transport kommunikatsiyalari oʻtmasligi kerak.
12. Turar-joy va jamoat binolarida, alohida kirish joyi mavjud boʻlgan hollarda, ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sogʻlomlashtirish, qayta tiklanish va reabilitatsiya markazlari, 30 ta oʻringacha boʻlgan terapevtik yoʻnalishdagi shifoxonalar, shuningdek ularda yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash va sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi toʻliq rioya etish uchun sharoitlar mavjud boʻlganda laboratoriyalarni joylashtirish mumkin.
13. Turar-joy va jamoat binolarida alkogol va giyohvandlikka ruju qoʻygan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatadigan, shuningdek yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlarga yordam koʻrsatuvchi DPMlarni joylashtirish taqiqlanadi (ambulatoriya-poliklinika sharoitida allergologik, dermatologik yordam koʻrsatish bundan mustasno).
14. Turar-joy binolarida hamda ulardagi xonalarda mikrobiologiya, gistologiya laboratoriyalari, dezinfeksiya stansiyalari, aholini bitga (pedikulez) qarshi zararsizlantirish uchun sanitariya-tozalov xonalari joylashtirilishi mumkin emas.
15. Rentgen diagnostika xonalarini joylashtirishga boʻlgan talablar amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
16. DPMlar va ambulatoriya-poliklinika muassasalari yer maydonlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlishi lozim.
Bemor oʻrinlari sonidan kelib chiqqan holda DPMlar maydoni quyida koʻrsatilgan 1-jadvalga asosan belgilanadi.
1-jadval
1 ta shifo oʻrni uchun ajratiladigan yer maydoni
T/r
Sigʻimi (oʻrin soni)
1 ta bemor oʻrni uchun yer uchastkasi (m2)
1.
50 tagacha
250
2.
51 — 100
250 — 180
3.
101 — 200
180 — 140
4.
201 — 400
140 — 100
5.
401 — 800
100 — 80
6.
801 — 1000
80 — 60
7.
1000 dan ortiq
60
Izoh: 1 nafar bolalar oʻrni uchun shifoxonaga belgilangan normaning 1,5 barobari (koeffitsiyenti) qabul qilinadi.
17. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari alohida binolarda joylashganda qizil chiziqqacha boʻlgan masofa 15 m ni tashkil etishi kerak. Agar ambulatoriya-poliklinika turar joy va jamoat binolarida, shuningdek ushbu binolarning birinchi qavatlarida joylashtirilganda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq alohida kirish yoʻlaklariga ega boʻlishi kerak.
18. Tez tibbiy yordam stansiyalarida (shaxobchalarida) avtotransport vositalarini joylashtirish uchun har bir mashina uchun 12,0 m2 boʻlgan joy (boks) tashkil etiladi. Tez tibbiy yordam avtotransportlari turargohidan turar-joy uylarigacha boʻlgan masofa kamida 50 m boʻlishi kerak.
19. Shifoxonalar va dispanserlar umumiy yer maydonining 50 foiz qismida qurilgan boʻlishi, qolgan 50 foiz qismida esa koʻkalamzorlashtirilgan maydon (daraxtzorlar, yashil maydon) boʻlishi kerak. Shifoxonalarda koʻkalamzorlashtirilgan hudud 1 ta oʻrin uchun kamida 25 m2 ni tashkil etishi kerak.
Tabiiy yorugʻlik va quyosh turining tushishi (insolyatsiya) kamayishini oldini olish maqsadida daraxtlar 10 m dan yaqin boʻlmagan masofada, butazorlar esa binolarning nur oʻtkazuvchi teshiklaridan 5 m masofada ekiladi.
Shifoxonalar va ambulatoriya-poliklinika muassasalari uchastkalarining perimetri boʻylab ikki qator baland daraxtlar va bir qator butalardan tarkib topgan kengligi 10 m va 15 m boʻlgan daraxtzor tashkil etilishi kerak.
20. Shifoxonalar hududida yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklarga chalingan bemorlar uchun davolash binolari (pediatriya, psixosomatika, teri-tanosil, radiologik binolar, tugʻruqxonalar va akusherlik boʻlimlari), patologoanatomiya binolari, bogʻ-park, xoʻjalik hududi va muhandislik inshootlari kabi hududlarga ajratiladi.
21. Koʻp tarmoqli shifoxonalar tarkibiga kiruvchi yuqumli kasalliklar, teri-tanosil, psixosomatik, akusherlik, bolalar va radiologiya boʻlimlari alohida binolarda joylashtirilishi kerak.
Avtonom ventilyatsiya tizimi va alohida kirish joyi va yoʻlagiga ega boʻlgan binolarda ushbu boʻlimlarni boshqa boʻlimlar bilan bitta binoda joylashtirish mumkin (silga qarshi davolash muassasalari bundan mustasno).
22. Yuqumli kasalliklar shifoxonalari va boʻlimlari uchun alohida kirish yoʻli va avtotransportlarni dezinfeksiya qilish uchun suv bilan taʼminlangan yopiq maydon tashkil etilgan boʻlishi lozim. Ushbu maydon beton bilan qoplangan, oqova suvlarni yigʻishga moʻljallangan xandaq oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
23. DPM hududidagi korpuslar va boshqa binolar orasidagi sanitariya oraliq masofalari insolyatsiya, yoritilganlik, shamollatish, shovqindan himoya qilish va boshqa optimal sharoitlarni taʼminlashi lozim.
DPMlarda xonalar derazalarining joylashishini 2-jadvalga muvofiq joylashtirish tavsiya etiladi.
2-jadval
DPMda xonalar derazalarining joylashishi
T/r
Xonalar nomi
Geografik kenglik shimoliy kenglik 45° va janubroqda*
1.
Operatsiya xonasi, reanimatsiya boʻlimi, tugʻruq va seksion zallar
shimolda,
shimoliy sharqda,
shimoliy gʻarbda
2.
Bakteriologik tekshiruvlar uchun laboratoriyalar, yuqumli kasalliklar materiallarini qabul qilish va ularni saralash uchun
shimolda,
shimoliy sharqda,
shimoliy gʻarbda,
janubiy sharqda
3.
Sil va yuqumli kasalliklar bemorlari palatalari
janubda, janubiy sharqda, shimolda**, shimoliy gʻarbda**
4.
Intensiv terapiya palatalari
gʻarb va janubiy-gʻarb tomonga joylashtirishga ruxsat etilmaydi
5.
3 yoshga toʻlmagan bolalar boʻlimi palatalari, bolalar boʻlimidagi oʻyin xonalari
janubda, janubiy sharqda, shimolda
Izoh: *ushbu kenglikda quyosh yoz mavsumida 15 soat 37 daqiqa, qishgi mavsumda 8 soat 45 daqiqa turadi.
**boʻlimdagi oʻrinlar umumiy sonining 10 foizidan oshmasligi kerak, gʻarbda joylashgan palatalarda xonalarni quyosh nuri taʼsirida isib ketishidan himoya qilish (jalyuzi va boshqa jihozlar) koʻzda tutilishi kerak.
24. Mazkur sanitariya qoidalarining 2-jadvalida koʻrsatilmagan xonalar shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq xonalar derazalari yorugʻlik tomonlari boʻyicha erkin joylashtirilishi mumkin.
25. DPM binolari orasidagi masofa ushbu sanitariya qoidalari talablari asosida insolyatsiya va yoritilganlikni hisoblash asosida quyidagicha boʻlishi lozim:
3-4 qavatli binoning uzun tomonlari orasidagi masofa 25 m, 9 qavatli bino balandligida esa — 40 m dan kam boʻlmasligi kerak;
ushbu binolarning uzun va yon tomonlari palatalari derazalari orasidagi masofa — kamida 15 m;
ovqat tayyorlash xizmati va patologoanatomik binolar orasidagi masofa — kamida 30 m;
radiologiya binosi va xoʻjalik hududidagi joylashtiriladigan boshqa binolar oʻrtasidagi masofa — kamida 25 m;
transformator podstansiyasi va palatalar orasidagi masofa — kamida 25 m.
26. Shifoxona binolari, tugʻruqxona va statsionarli dispanserlarni ajratib turuvchi masofasi 20 m, ulardan turar-joy binolarigacha boʻlgan masofa kamida 30 m, shuningdek shifoxonalarning davolash-tashxis binolaridan, poliklinika, ayollar maslahatxonasi va statsionari boʻlmagan dispanser binolaridan esa kamida 15 m uzoqlikdagi masofada tashkil qilinishi kerak.
27. Patologoanatomik binolar palata binolaridan maksimal ravishda alohidalanishi va davolash hamda tugʻruq majmuasi binolaridan, shuningdek DPM hududiga yaqin joylashgan turar-joy va jamoat binolari derazalaridan yaqqol koʻrinib turmasligi kerak.
28. DPM hududida poliklinika binosini alohida qurish koʻzda tutilganda, uning binosi hududning chekka qismiga joylashtirilishi, aholi uchun qulay va alohida kirish yoʻliga ega boʻlishi lozim.
29. DPM hududida har kuni joriy tozalash ishlari oʻtkazilishi kerak. Qattiq va maishiy chiqindilarni yigʻish uchun zich yopiladigan qopqoqli konteynerlar oʻrnatilishi kerak. Qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish konteynerlari yuvish va dezinfeksiya qilish uchun asfaltlangan yoki betonlangan maxsus maydonlarda joylashtirilishi kerak. Maydon oʻlchami konteynerlar asosining har tomonidan 1,5 metrdan kam boʻlmasligi kerak. Maydon atrofidagi oqova va yogʻingarchilik suvlarini chiqarib tashlash uchun tarnov oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Maishiy chiqindilar tashlash maydoni bilan palata va davolash-tashxis binolarigacha boʻlgan masofa kamida 25 m ni tashkil qilishi lozim. Chiqindi tashlash konteynerlari muntazam ravishda yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim. Qattiq va oziq-ovqat chiqindilarini olib ketilishi har kuni amalga oshiriladi.
30. Davolash binosi hududida (har 50 metr masofada) chiqindi tashlash uchun urnalar joylashtirilishi va ular har kuni tozalanishi hamda toza saqlanishi lozim.
3-bob. Binolar, inshootlar va alohida xonalarning joylashuviga va konstruktiv yechimlariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Shifoxona tipidagi DPMlar
31. Davolash va tugʻruq majmualari binolari va xonalarining arxitektura-rejalashtirish, tabiiy va sunʼiy yoritilganligi va konstruktiv yechimlari optimal sanitariya-gigiyena hamda epidemiyaga qarshi rejimlarga rioya etish, bemorlar davolanishi va tibbiy xodimlarning mehnat qilishi va dam olishi uchun sharoitlarni taʼminlashi lozim (ushbu sanitariya qoidalarining 2 va 9-ilovalarga binoan).
32. Bolalar shifoxonalari va davolash boʻlimlari (shu jumladan 3 yoshga toʻlmagan bolalar uchun onalar bilan yotadigan palatalar) binoning beshinchi qavatidan yuqori boʻlmagan qismida, 7 yoshga toʻlmagan bolalar uchun palatalar hamda bolalar ruhiy kasalliklari boʻlimlari (palatalari) ikkinchi qavatdan yuqori boʻlmagan qavatlarda joylashtirilishi kerak.
33. Uch va undan ortiq qavatli binolar yuk va passajir liftlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Shuningdek, uch qavatgacha boʻlgan binolarning bitta zinapoyasi nogironligi boʻlgan yoki harakati cheklangan bemorlar uchun maxsus koʻtaruvchi zinapoya bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
34. Tibbiyot muassasalarida nogironligi boʻlgan va harakatlanish imkoniyati cheklangan fuqarolarga amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normalari talablari asosida qulay sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak. Barcha DPMlarning kirish joyida amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normalari talablarida koʻrsatilgan talablar asosida pandus oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
35. Psixosomatik yoʻnalishdagi shifoxonalarning deraza oynalarida panjara oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
36. DPM binolari tuzilmasi va xonalarining joylashuvini rejalashtirishda “toza” va “notoza” oqimlarning kesishish yoki bir-biri bilan tutashish imkoniyatini istisno etishi lozim.
37. Har bir davolash-tashxis boʻlinmasida ushbu sanitariya qoidalarining 18-jadvalida koʻrsatilgan asosda boʻlim mudiri, katta hamshira, xodimlar xonasi va boshqa yordamchi xonalar boʻlishi kerak.
38. Davolash-tashxis jarayonini oʻtkazishga doir optimal sharoitlarni yaratish, bemorlarning qulay yashashlari hamda tibbiyot xodimlarining mehnat xavfsizligini taʼminlash maqsadida ilova qilinayotgan jadvallarda aks ettirilgan alohida xonalarning maydonlari kengaytirilishi mumkin.
Mazkur hujjatda nazarda tutilgan jadvallarda koʻrsatilmagan xonalarning maydoni loyiha topshirigʻi boʻyicha qabul qilinadi hamda texnologik jarayonlarning ketma-ketligiga va asbob-uskunalarning oqilona joylashtirilishi hamda bemorlar va xodimlarning erkin harakatlanishini taʼminlovchi normativ masofalarga rioya qilgan holda asbob-uskunalarning oʻlchamlari va joylashishi, xonada bir vaqtning oʻzida boʻladigan shaxslarning soni bilan belgilanadi.
39. DPMda bemorlar va xodimlar uchun alohida hojatxonalar boʻlishi kerak, bundan bir smenada 50 tagacha qatnovga moʻljallangan ambulatoriya-poliklinika muassasalari va 10 tadan kam oʻrinli shifoxonalar mustasno.
40. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining oʻquv yoki ilmiy bazasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy bazalari hisoblanadigan tibbiyot tashkilotlarida talabalar va tinglovchilar uchun qoʻshimcha oʻquv xonalari, oʻqituvchilar uchun xonalar hamda davolash muassasasining asosiy funksional boʻlinmalaridan alohida joylashgan qoʻshimcha xonalarni (kiyim almashtirish xonalari, hojatxonalar, omborxona va boshqalarni) koʻzda tutish zarur.
41. Binolarni loyihalashtirishda palatalar derazalari ostida travmatologik punktlar, qabul-diagnostika boʻlimlari, bokslari, qabul boʻlimiga kirish joylari, avtotransportlar kirish yoʻli, yuklash, ekspeditsiya va boshqa shu kabi xonalar joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
42. Binolarning yertoʻla va yarim yertoʻla qavatlarida bemorlar uchun palata boʻlimlari, tugʻruq boʻlimlari, operatsiya xonalari, muolajalar xonasi va shifokorlar xonasi, shuningdek zaharli, kuchli taʼsir qiluvchi, tez yonuvchan va yoqilgʻi suyuqliklari omborlari joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2024-yil 15-fevraldagi 7-sonli qarori (hisob raqami 234, 26.02.2024-y.) tahririda)
43. Davolash-tashxis binolarining yertoʻla qismida omborxona va texnik xonalar (xoʻjalik jihozlari omborxonalari, ventilyatsiya kameralari, tibbiy kislorod saqlovchi xona, issiqlik punktlari), xodimlar uchun sanitariya-maishiy xonalari (kiyinish xonalari, dushxona) joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Yarim yertoʻla qavatlarda (kommunikatsiya tizimi oʻtmagan xonalarda) quyidagi xonalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi:
sanitariya-tozalov xonasi (sanpropusknik);
bemorlar buyumlari saqlash xonasi;
bufet va oshxonalar, davolash jismoniy tarbiya xonalari, massaj xonalari;
tish-texnik laboratoriyasi va klinik laboratoriyalar;
markazlashtirilgan sterilizatsiya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda-MSB), avtomat kir yuvish mashinalari bilan jihozlangan kirxonalar, markaziy kirxona, yigʻish va saralash xonalari;
tuvak va klyonkalarni dezinfeksiya qilish xonalari va karavotlarni dezinfeksiya qilish xonalari joylashtirilishi mumkin.
44. Shovqin va tebranish (vibratsiya) manbai mavjud texnologik asbob-uskunalarni bemorlar palatalari, davolash-tashxis hamda muolaja xonalaridan yaqin joyda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tovush bosimi va tebranish darajasi sanitariya qoidalari bilan belgilangan chegaraviy darajalardan oshmasligi lozim.
45. Rentgen xonalari va kompyuter tomografiyasi xonalarini, nurdiagnostika va davolash, yadroviy diagnostika boʻlimlari, shuningdek radioaktiv moddalarni ishlatish bilan bogʻliq xonalarni joylashtirish rentgen xonalari, jihozlarning tuzilishi va ulardan foydalanish hamda rentgen tekshiruvlarni oʻtkazishga qoʻyiladigan gigiyenik talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
46. Rentgen va kompyuter tomografiyasi xonalarining muolaja xonalari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari boʻlgan nur terapiyasi boʻlimlari xonalari, radioizotop diagnostika laboratoriyalari xonalarini palatalarga yaqin joylarda (gorizontal va vertikal boʻyicha) joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
47. Rentgen boʻlimi (xonasi) turar-joy binolarida va bolalar muassasalarida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, quvvati 60 kilovattdan ortiq boʻlmagan dental rentgenlar bundan mustasno.
48. Rentgen xonalarini rentgen boʻlimlari tarkibida statsionar va ambulatoriya-poliklinika muassasasining tutashgan joyida joylashtirish maqsadga muvofiq. Shifoxonalarning yuqumli kasalliklar, sil kasalliklari va akusherlik boʻlimlari rentgen xonalari, zaruriyat boʻlgan hollarda esa qabulxona boʻlimlari va poliklinika boʻlimlarining flyuorografiya xonalari alohida joylashtiriladi.
49. Faqat shifoxona yoki poliklinikaga xizmat koʻrsatuvchi rentgen boʻlimi binoning yon qismida joylashtirilishi lozim. Boʻlim yoʻlakda joylashtirilmasligi kerak. Shifoxona bemorlari va poliklinika boʻlimiga tashrif buyuruvchilar uchun rentgen boʻlimiga kirish alohida boʻlishi lozim.
50. Rentgen xonalarini toʻsiqlar orqali suvning sizib oqish ehtimoli boʻlgan xonalar (basseynlar, dushxonalar, hojatxonalar va boshqalar) ostida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Rentgen xonasining muolaja xonasini palatalar bilan tutashgan holda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
51. Aseptik rejimda ishlovchi boʻlinmalar (xonalar), palatalar, nur diagnostika va davolash boʻlimlari, rentgen va kompyuter tomografiyasi boʻlimlari va boshqa yopiq texnologiyali boʻlimlar (laboratoriya, oshxona, MSB, dorixona, kirxona) oʻtish yoʻlaklarida joylashtirilmasligi kerak.
52. Yuqumli kasalliklar, sil kasalliklari, teri-tanosil kasalliklari yoʻnalishidagi shifoxonalari tarkibida dezinfeksiya kamera bloki boʻlishi kerak va uning tarkibi hamda maydoni ishlov beriladigan koʻrpa-yostiq uchun choyshablar sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
53. DPMlarda asosiy xonalar balandligi poldan shiftgacha 2,7 m, operatsiya bloklarida esa 3,0 m. dan kam boʻlmasligi kerak.
54. Shifoxonalar davolash boʻlimlari koridorlar kengligi — 2,0 m, shoshilinch yordam boʻlimlari va operatsiya bloklarida va reanimatsiya boʻlimlarida 2,4 — 2,8 m boʻlishi kerak.
55. Yangi va qayta qurilayotgan DPMlarni loyihalashtirishda bemorlar palatalarida chigʻanoq va unitaz bilan jihozlangan sanuzellar (yuqori qulaylikka ega boʻlgan palatalarda esa dush) koʻzda tutilishi kerak.
56. Palatalardagi shovqin darajalari turar joy va jamoat binolari uchun belgilangan normativlardan oshmasligi lozim.
57. Yuqumli kasalliklarga chalingan yoki gumon qilingan bemorlarni qabul qilish, davolash va vaqtincha alohidalash uchun bolalar shifoxonalarining qabul boʻlimlarida bokslar va bokslarga ega palatalar tashkil qilinadi.
58. Nogironligi boʻlgan va harakatlanish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun katta kuch ishlatishni talab etmaydigan va ularga noqulayliklar yaratmaydigan eshiklarni ochish va yopish moslamalari qoʻllanilishi kerak.
2-§. Qabul-diagnostika boʻlimi
59. Har bir shifoxona tarkibida qabul yoki qabul-diagnostika boʻlimi boʻlishi kerak.
60. Qabul boʻlimlari bolalar, akusherlik, ginekologiya, yuqumli kasalliklar, teri-tanosil, sil kasalliklari va ruhiy kasalliklar shifoxonalari uchun alohida boʻlishi kerak.
61. Boshqa boʻlimlarning qabulxonalari umumiy boʻlishi hamda oʻrinlar soni eng koʻp boʻlgan asosiy binoda joylashishi kerak. Har bir qabul boʻlimida bemorlarni sanitariya-tozalov xonasi boʻlishi kerak.
62. Qabul boʻlimidan bemorlarni davolash boʻlimlariga yotqizish va tashish uchun qulay oʻtish yoʻllari boʻlishi kerak.
63. Bir sutka davomida qabul boʻlimlari orqali shifoxonaga yotqizilayotgan bemorlarning taxminiy soni shifoxona yoki tegishli boʻlimdagi oʻrinlar sonidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim.
64. Qabul boʻlimi bemorlarni vaqtinchalik gospitalizatsiya qilish uchun palatalar tashkil etilgan boʻlishi kerak. Palatalar soni bir sutkada shifoxonaga qabul qilinadigan bemorlar sonining 10 foiz ni tashkil etishi kerak.
65. 50 oʻringacha moʻljallangan shifoxonalar yoki tarkibida anesteziologiya, reanimatologiya va intensiv terapiya boʻlimi boʻlmagan DMP qabul boʻlimida reanimatsion shok zali tashkil etiladi.
66. Shoshilinch tibbiy yordam shifoxonalari tarkibida shoshilinch operatsiya xonasi, operatsiya oldi xonasi hamda narkoz apparaturalarini zararsizlantirish xonalari tashkil etiladi.
67. Yuqumli kasalliklar shifoxonalarida (boʻlimlarida) kirish-chiqish eshiklari, zinapoyalar va liftlar bemorlarni qabul qilish va chiqarish uchun alohida boʻlishi lozim. Yuqumli kasalliklar shifoxonalarida (boʻlimlarida) bemorlarni qabul qilish uchun qabul-koʻruv bokslari (izolyatorlar) koʻzda tutilishi lozim va ularning soni boʻlimdagi oʻrinlar soniga qarab quyidagicha belgilanadi:
60 tagacha — 2 ta boks;
61 tadan 100 tagacha — 3ta boks;
100 tadan ortiq — 3 ta boks va boʻlimdagi har bir 50 ta bemor oʻrinlari (koykalari) uchun 1 ta qoʻshimcha boks boʻlishi lozim.
68. Yuqumli kasalliklar shifoxonalari (boʻlimlarida) bolalarni qabul qilish uchun bokslar va qabul-koʻruv bokslari (izolyatorlar) tashkil etiladi. Bolalar yuqumli kasalliklari boʻlimida qabul-koʻruv bokslari (izolyatorlar) soni oʻrinlar sonining 5 foiz ni, bokslar soni esa — 3 foiz ni tashkil etishi kerak.
69. Tugʻruq kompleksi qabul boʻlimi tarkibida tugʻruq zali tashkil etiladi.
70. Qabul boʻlimida bemorlar oqimi quyidagicha tartibga solinadi:
silga qarshi shifoxonalar va sogʻlomlashtirish shifoxonalarida — 800 ta oʻringa 1 ta qabul boʻlimi;
ruhiy kasalliklar shifoxonalarida — 600 ta oʻringa 1 ta qabul boʻlimi;
shoshilinch tibbiy yordam shifoxonalarida — 150 ta oʻringa 1 ta qabul boʻlimi;
bolalar va boshqa shifoxonalarida — 250 ta oʻringa 1 ta qabul boʻlimi.
Har bir oqimga 1 tadan koʻrish xonasi va 1 ta sanitariya-tozalov xonasi tashkil etilishi kerak.
71. Qabul boʻlimi xonalari maydonlari ushbu sanitariya qoidalarining 3-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim.
3-jadval
Shifoxonalar qabul boʻlimi xonalarining tarkibi va maydoni
T/r
Xonalar nomi
Xonalar maydoni, m2
koykalar soni
31 — 50
51 — 100
101 — 200
201 — 300
301 — 400
401 — 500
501 — 600
601 va undan ortiq
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
1.
Vestibyul, kutish zali
6
12
12
16
18
20
22
24
2.
Roʻyxatxona
-
6
6
6
8
8
8
8
3.
Sanitariya-tozalov xonasi (barcha turdagi statsionarlar uchun)
Yigʻishtirish anjomlari va dezinfeksiya vositalari saqlash xonasi
barcha turdagi shifoxonalar uchun
4
20.
Diagnostika xonalari
Shifoxona yoʻnalishi va diagnostika uskunalari turiga qarab ushbu sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Izoh: * 4 va undan ortiq shifokorlar uchun xona maydoni 32 m2 dan kam boʻlmasligi kerak.
**hojatxonalar bemorlar ( erkaklar uchun 1ta, ayollar uchun — 1 ta) hamda tibbiy xodimlar uchun ham alohida boʻlishi kerak.
3-§. Palata boʻlimlari asosiy xonalarining tarkibi va maydoni
72. Shifoxonalar, poliklinikalar va dispanserlarda palatalar yer usti qavatlarda joylashtirilgan boʻlishi kerak.
73. Yangi va qayta qurilayotgan shifoxonalarda 1 va 2 oʻrinli palatalar 70 foiz ni, qolganlari 3 oʻrinli palatalarni tashkil etishi kerak.
74 Palatalarda shovqin darajasi turar joy va jamoat binolariga qoʻyilgan normalardan oshmasligi kerak.
75. DPMlarda loyihada koʻrsatilgan meʼyordan ortiq bemor oʻrinlari tashkil etish, shuningdek bemorlarni yoʻlaklarda va boshqa moslashtirilgan xonalarda joylashtirish taqiqlanadi.
76. Davolash-diagnostika jarayonida optimal sharoit yaratish, bemorlarga qulay va tibbiy xodimlarga xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish uchun xonalar maydoni kattalashtirilishi mumkin.
77. Ushbu sanitariya qoidalarida nazarda tutilmagan xonalar loyiha topshirigʻi boʻyicha uskunalar kattaligi va joylashtirish, bir vaqtning oʻzida xonada boʻladigan shaxslar soni hamda texnologik jarayon ketma-ketligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
78. Palata boʻlimlari asosiy xonalarining tarkibi va maydoni quyida koʻrsatilgan 4-jadval asosida hamda loyiha topshirigʻiga muvofiq belgilanishi lozim.
4-jadval
Palata boʻlimlarida bitta bemor uchun moʻljallangan maydon
T/r
Xonalar nomi
1ta oʻrin uchun maydon, m2
1
2
3
1.
7 yoshdan katta bolalar hamda kattalar uchun yuqumli boʻlmagan kasalliklar palatasi
7
2.
7 yoshga toʻlmagan bolalar uchun yuqumli boʻlmagan kasalliklar palatasi
onalar uchun navbatchi joylarsiz
6
onalar kunduzi yonida boʻladigan palatalar
8
onalar tunu-kun yonida boʻladigan palatalar
12
3.
Kattalar uchun yuqumli va sil kasalliklari palatasi
9+7 har bir qoʻshimcha oʻrin uchun
4.
Bolalar uchun yuqumli va sil kasalliklari palatasi
onalar uchun
7
onalar kunduzi yonida boʻladigan palatalar
10
onalar tunu-kun yonida boʻladigan palatalar
12
5.
Jarrohlik palatasi
9+7 har bir qoʻshimcha oʻrin uchun
6.
Kattalar uchun neyroxirurgiya, kuyish va radiologik palatalar
12+9 har bir qoʻshimcha oʻrin uchun
7.
Ortopediya va travmatologiya palatalari
kattalar uchun
9
onalar kunduzi yonida boʻladigan bolalar uchun
10
onalar tunu-kun yonida boʻladigan bolalar uchun
13
8.
Intensiv terapiya palatalari, operatsiyadan keyingi palatalar
14+12 har bir qoʻshimcha oʻrin uchun
9.
Asab-ruhiy kasalliklar uchun palatalar
umumiy turdagi
6
insulinga muhtojlar va nazorat ostidagi
7
10.
Bolalar uchun ruhiy kasalliklar palatalari
umumiy turdagi
5
nazorat ostidagi
6
11.
Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun izolyator
1 ta karavot uchun
5
1 ta kyuvez uchun
6
12.
Kunduzgi statsionar palatalari
kattalar uchun
5
bolalar uchun
4
13.
1 ta koykali palata
9
14.
1 ta koykali boks
22
15.
1 yoshga toʻlmagan, shu jumladan yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun palatalar
yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun intensiv terapiya palatalari
9+3 har bir qoʻshimcha koyka uchun
onalar tunu-kun yonida boʻladigan bolalar uchun
12
onalar kunduzi yonida boʻladigan bolalar uchun
8
onalar yonida oʻtirmaydigan bolalar uchun
5
5-jadval
DPM statsionarlari asosiy xonalarining tarkibi va maydoni
Izoh: * hojatxonalar soni (1 — erkaklar uchun, 1 — ayollar uchun), tibbiy xodimlar uchun alohida;
** klizma qoʻyish xonasi boʻlim yoʻnalishiga muvofiq tashkil etiladi.
4-§. Operatsiya bloki
79. Operatsiya bloklari izolyatsiya qilingan (alohida binoda yoki statsionar bilan oʻtish yoʻllari yoki yoʻlaklar bilan birlashgan izolyatsiya qilingan seksiyalarda) hamda vertikal kommunikatsiyalardan (texnik shaxta, lift, chiqindi tashlash quvurlari) imkon qadar uzoqda joylashtirilish zarur.
80. Shoshilinch jarrohlik uchun jarrohlik xonalari qabul boʻlimlari tarkibida tashkillashtiriladi.
81. Tibbiyot xodimlari uchun operatsiya bloklariga kirish sanitariya-tozalov xonasi orqali amalga oshiriladi.
82. Operatsiya blokida “toza” va “yiringli” operatsiya xonalari ajratiladi.
Ushbu talabni bajarish uchun sharoitlar mavjud boʻlmagan holatlarda yoki shoshilinch holatlarda yiringli operatsiyalar maxsus ajratilgan kunlarda yoki “rejali” jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganidan soʻng joriy tozalash va dezinfeksiya ishlaridan soʻng oʻtkaziladi.
83. Operatsiya bloklari bir-birining ustida joylashtirilganda septik jarrohlik xonalarini aseptik jarrohlik xonalaridan yuqorida joylashtirish lozim.
84. Tibbiy kislorod bilan taʼminlanishi markazlashtirilgan boʻlishi kerak. Markaziy kislorod punkti alohida qurilgan binoda joylashtirilgan boʻlishi kerak. Kislorod stansiyalarini qurishda amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi kerak. Kislorod gaz ballonlarini bevosita boʻlimlarda, operatsiya bloklarida va DPMning boshqa xonalarida saqlash va ishlatish mumkin emas.
85. Operatsiya xonalari bakteritsid lampalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Operatsiya xonalarini kvars yordamida zararsizlantirish joriy, mukammal tozalov ishlaridan soʻng, yakuniy dezinfeksiya va jarrohlik amaliyotidan oldin oʻtkaziladi.
86. Operatsiya blokda narkoz apparaturalari va tibbiy asbob-anjomlarni zararsizlantirish uchun alohida ajratilgan va jihozlangan xonalar boʻlishi kerak.
87. Gips tayyorlash xonalarida 0,1m3 hajmdagi gipsni tindiruvchi idishlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
88. Operatsiya bloklari 4 ta hududdan iborat boʻlishi kerak:
steril rejim (operatsiya xonasi, donor organlarini tayyorlash xonasi) hududi;
qattiq rejim (operatsiya oldi, narkoz, steril bikslarni saqlash uchun material xonasi) hududi;
cheklangan rejim (asbob-anjomlar, ekspress laboratoriya, jarrohlik asbob-anjomlari va buyumlarni tayyorlash xonasi, bemorlarni uygʻotish xonasi, operatsiya hamshiralari xonasi va b.) hududi;
umumshifoxona rejimi (steril sharoitlar talab qilmaydigan xonalar, ishlatilgan tibbiy asbob-anjomlar, materiallar va choyshablar saqlash xonasi, boʻlim mudiri va katta hamshira xonasi) hududi.
89. Akademik litsey, professional taʼlim, oliy taʼlim muassasalari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining oʻquv yoki ilmiy bazasi hisoblangan DPMda jarrohlik amaliyoti jarayonini koʻrish uchun maxsus uskunalar bilan jihozlangan alohida xona ajratiladi.
90. Operatsiya bloklarining asosiy va yordamchi xonalari tarkibi va maydonlari quyidagi 6-jadvalda keltirilgan.
6-jadval
Operatsiya bloklarning asosiy va qoʻshimcha xonalarining tarkibi va maydoni
T/r
Xonaning nomi
Maydoni m2 dan kam emas
1
2
3
1.
Jarrohlik zali
umumiy yoʻnalishdagi, shu jumladan ortopedik travmatologiya
36,0
yurak va qon-tomirlarda neyroxirurgik operatsiyalarni oʻtkazish uchun*
42,0
sunʼiy qon aylanish apparatidan (SQAA) foydalangan holda yurakda operatsiyalarni oʻtkazish, rentgen operatsiya zali*
48,0
2.
Jigarni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya) operatsiyasini oʻtkazish zali*
1-zal (donor uchun) — 36,2
2-zal (retsipiyent uchun) — 48,0
3.
Buyrakni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya) operatsiyasini oʻtkazish zali
** 2 tadan ortiq operatsiya zallariga ega boʻlgan operatsiya bloklarida yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xonalarning mavjud boʻlishi shart;
*** mikroxirurgiya operatsiyalari oʻtkaziladigan ixtisoslashtirilgan DPMda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi;
2 tadan ortiq operatsiya zallariga ega boʻlgan operatsiya bloklarida yigʻishtirish anjomlari va dezinfeksiya vositalarini saqlash uchun 2 ta xona koʻzda tutiladi.
5-§. Suyak iligi va oʻzak hujayralarni koʻchirib oʻtkazish boʻlimi
91. Suyak iligi va oʻzak hujayralarni koʻchirib oʻtkazish boʻlimi shifoxonaning izolyatsiya qilingan qismida joylashgan boʻlishi kerak.
92. Suyak iligi va oʻzak hujayralarni koʻchirib oʻtkazish boʻlimiga kirish joyida boshqa xonalar havosi bilan aralashib ketishini bartaraf etish uchun shlyuz tashkil etilgan boʻlishi kerak.
93. Suyak iligi va oʻzak hujayralarni koʻchirib oʻtkazish boʻlimida bemorlar palatalari bokslarda joylashtiriladi va boʻlimning koridor qismidagi havo palata havosi bilan aralashib ketmasligi kerak.
94. Boʻlimda muolaja xonasi, dori vositalarini va bogʻlov materiallarini saqlash xonasi va ularni zararsizlantirish xonasi boʻlishi kerak.
95. Boʻlimda ushbu sanitariya qoidalarining 17-jadvalida koʻrsatilgan barcha yordamchi xonalar boʻlishi kerak.
96. Bemorlar faqat palatalarda ovqatlantirilishi kerak.
6-§. Suyak iligi va oʻzak hujayralarini tayyorlash xonalari
97. Suyak iligi va oʻzak hujayralarini tayyorlash xonalari ushbu sanitariya qoidalarining 5-jadvali asosida tashkil etilishi kerak.
98. Suyak iligi va oʻzak hujayralarini tayyorlash uchun donordan qon olish palatasi faqat 1 nafar donorga moʻljallangan boʻlishi kerak.
99. Palatadan tayyorlangan oʻzak hujayralarni tayyorlash laboratoriyasiga deraza orqali uzatilishi kerak.
100. Laboratoriya steril havo berish uchun laminar shkaf bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
101. Laboratoriyaga qoʻshimcha ravishda oʻzak hujayralarini saqlash uchun moʻljallangan suyuq azot ballonlari uchun alohida xona koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
7-§. Tugʻruq komplekslari
102. Tugʻruq komplekslarida va koʻp tarmoqli shifoxonalar tarkibidagi tugʻruq boʻlimlari hamda perinatal markazlarining qurilish loyihalarini ishlab chiqishda boʻlimlarning aniq hududlarga boʻlinishi, sanitariya ishlov berilishi uchun qulay boʻlishi, shifoxona ichida ketma-ketlik qoidalariga rioya etilishi hamda xodimlarga qulay ish sharoitlari taʼminlanishi koʻzda tutilishi kerak.
103. Tugʻruq komplekslarida akusherlik oʻrinlari 60 foiz, homiladorlar patologiyasi boʻlimi 30 foiz va ginekologiya boʻlimi 10 foiz ni tashkil etishi kerak.
104. Akusherlik boʻlimlaridagi tugʻruq zallari oʻrinlari 16 foiz ni tashkil etishi kerak.
105. Perinatal markazi tugʻruqxonadan (boʻlimdan) oʻz tarkibida maslahat poliklinikasi, ginekologiya boʻlimi, chaqaloqlar va chala tugʻilgan chaqaloqlar patologiyasi boʻlimi, shuningdek chaqaloqlar reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimi mavjudligi bilan farq qiladi. Chaqaloqlar reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimi hamda chaqaloqlar va chala tugʻilgan chaqaloqlar patologiyasi boʻlimi tugʻruq majmuasining va boʻlimlaridan alohidalangan va alohida kirish-chiqish bilan koʻzda tutilgan mustaqil blokda joylashtiriladi.
106. Perinatal markaz chaqaloqlar reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimi hamda chaqaloqlar va chala tugʻilgan chaqaloqlar patologiyasi boʻlimiga boshqa akusherlik statsionarlaridan chaqaloqlar qabul qilinganda qabul boʻlimi xonalari tashkil etilishi kerak.
107. Chaqaloqlar va chala tugʻilgan chaqaloqlar patologiyasi boʻlimi asosan ona va bola birgalikda boʻlishi tamoyiliga koʻra tashkil etilgan boʻlishi lozim. Chaqaloqlar reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimida oʻpkani sunʼiy ventilyatsiyasida boʻlgan bolalar boʻlimda onalarsiz yotqiziladi, lekin bolani koʻrish uchun boʻlimga kirishga ruxsat beriladi. Onalar uchun chaqaloqlar reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimida alohida palatalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Qolgan holatlarda reanimatsiya palatalari ona bilan bola birga boʻlishga moʻljallangan boʻlishi kerak.
108. Tugʻruq komplekslarining qabul boʻlimlarida tugʻadigan ayollar va homiladorlarni qabul qilish uchun issiq va sovuq suv bilan taʼminlangan sanitariya-tozalov xonasiga (8m2) ega filtr tashkil etilgan boʻlishi kerak. Markazlashtirilgan issiq suv taʼminotiga ega boʻlmagan joylarda suv isitish uchun qurilmalar oʻrnatilishi koʻzda tutiladi.
109. Tuqqan ayollar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish uchun barcha palatalar issiq va sovuq suv bilan taʼminlangan, shuningdek chaqaloqlar gigiyenasi uchun keng chigʻanoqlar oʻrnatilishi lozim.
110. Tuqqan ayollar uchun hojatxonalar tugʻruq zallari yonida joylashtirilishi, lekin ushbu hojatxonalarga kirish koridor orqali boʻlishi kerak.
111. Tugʻruq komplekslari (boʻlimlari) xonalar tarkibi va maydonlariga boʻlgan talablar ushbu sanitariya qoidalarining 7-jadvali asosida amalga oshiriladi.
7-jadval
Tugʻruq komplekslari (boʻlimlari) xonalarining tarkibi va maydoni
9-§. Yuqumli kasalliklar shifoxonalari va boʻlimlari
114. Yuqumli kasalliklar shifoxonalari (boʻlimlari) alohida binoda joylashtirilishi kerak.
115. Yuqumli kasalliklar boʻlimlarida oʻrinlar bokslar, yarim bokslar va palatalarda joylashtirilishi lozim.
116. Yuqumli kasalliklar shifoxonalarida 20 foiz oʻrinlar bokslarda, 40 foiz oʻrinlar yarim bokslarda, qolgan 40 foiz oʻrinlar palatalarda joylashtiriladi. Har bir palatada dush va hojatxona boʻlishi kerak.
117. Yuqumli kasalliklar shifoxonalari (boʻlimlarini) loyihalashtirishda palatalardan koridorlarga yuqumli kasalliklar tarqalish imkoniyati istisno etilishi lozim.
118. Yuqumli kasalliklar boʻlimida bolalar palatalarini, shuningdek 7 yoshga toʻlmagan bolalar palatalarini yoʻlaklardan ajratib turuvchi devorlar va oynali devorlar koʻzda tutilishi kerak va ularning oʻlchamlari loyiha topshirigʻi bilan belgilanadi, shuningdek palatalar shlyuzlarida hojatxonalar koʻzda tutilishi kerak.
119. Palatalarning devorlari va oynali devorlari orasidagi yoʻlakdan palatalarga choyshablar, kiyim-kechaklar va dori vositalarini uzatish moslamasi koʻzda tutilishi lozim.
120. Bokslar va yarim bokslar tarkibida hojatxona, dush va chigʻanoqdan tarkib topgan sanuzel boʻlishi kerak.
121. Yarim bokslarda palata va koridor oʻrtasida shlyuz koʻzda tutiladi. Boksda tashqariga chiqishga ega boʻlgan tamburga ega boʻlishi lozim.
122. Boks yoki yarim boksdagi oʻrinlar soni 2 tadan oshmasligi lozim.
123. Bokslar yoki yarim bokslardan tarkib topgan seksiyalar xonalarining maydoni 9-jadvalga muvofiq boʻlishi lozim.
9-jadval
Bokslar yoki yarim bokslardan tarkib topgan xonalarning maydoni (loyiha topshirigʻi boʻyicha)
T/r
Xonalar soni
Maydon, m2 (undan kam emas)
1.
Boks
1 ta koykaga 17
2 ta koykaga 24
a) palata
1 ta koykaga 12
2 ta koykaga 14
b) sanuzel hojatxona va dush bilan
4
v) palata va koridor oʻrtasidagi shlyuz
2
g) palata va koʻcha oʻrtasidagi tambur
2
2.
Yarim boks
1 ta koykaga 15
2 ta koykaga 20
a) palata
1 ta koykaga 9
2 ta koykaga 14
b) sanuzel va dush bilan
4
v) palata va koridor oʻrtasida shlyuz
2
10-§. Teri-tanosil kasalliklari muassasalari
124. Teri-tanosil kasalliklari muassasalari alohida turgan binolarda joylashtirilishi kerak.
125. Teri-tanosil kasalliklar boʻyicha tibbiy xizmatni amalga oshiradigan muassasalar ambulator va statsionar tibbiy xizmat koʻrsatadigan muassasa turlariga ajratilishi kerak. Majburiy davolanish yoʻlga qoʻyilgan muassasalar qoʻriqlanadigan boʻlishi kerak.
126. Shifoxonalarda jinsiy yoʻl orqali yuqadigan kasalliklarni davolash, dermatomikozlarga chalinganlarni va surunkali teri kasalliklarga chalinganlarni davolashga moʻljallangan boʻlimlar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ushbu yoʻnalishdagi shifoxonalar tashkil etilganda, qabul boʻlimida jinsiy yoʻl orqali yuqadigan kasalliklarga chalingan va boshqa turdagi kasalliklarga chalingan bemorlarni hamda bolalarni qabul qilish uchun alohida qabulxonalar boʻlishi kerak.
127. Teri-tanosil kasalliklariga chalingan bemorlar uchun moʻljallangan boʻlimda, muolaja xonasi hamda ginekologik kreslo bilan jihozlangan koʻruv xonasi koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
128. Teri kasalliklariga chalingan bemorlar uchun moʻljallangan boʻlimda, teri qatlamlariga ishlov berish uchun amaliyot xonalari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
129. Ushbu boʻlimlar tashkil etilganda, bemorlarning kiyimlari va choyshablarini dezinfeksiya va dezinseksiya qilish uchun albatta dezinfeksiya kamera bloki boʻlishi kerak.
130. Teri-tanosil kasalliklari boʻlimi mavjud boʻlgan shifoxonalarda choyshablar grafik asosida kirxonada alohida belgilangan kunlarda yuviladi, ushbu boʻlim choyshablari yuvilgandan keyin kirxonaning barcha xonalarida mukammal tozalash va dezinfeksiya ishlari oʻtkaziladi.
11-§. Silga qarshi kurashish muassasalari
131. Silga qarshi kurashish muassasalari alohida maydonlarda joylashtirilishi kerak.
Ushbu yoʻnalishda tibbiy xizmatni amalga oshirishga moʻljallangan muassasalar shifoxona va ambulatoriya sharoitida tibbiy xizmat koʻrsatadigan muassasa turlariga ajratilishi kerak. Majburiy davolanish yoʻlga qoʻyilgan muassasalar qoʻriqlanadigan boʻlishi kerak.
132. Ambulatoriya turida tibbiy xizmat koʻrsatadigan muassasalarda balgʻam yigʻish joyi, atrofi oʻralgan, suv va oqova suvlar tizimi oʻtkazilgan ochiq maydonda tashkil etilishi lozim.
133. Ushbu yoʻnalishdagi shifoxonalar tashkil etilganda, qabul boʻlimida bolalar va katta yoshdagilarni qabul qilish uchun alohida xonalar ajratilishi kerak.
134. Muassasaning tuzilmasi va xonalar joylashuvi bemorlar, ishchilar, kelib-ketuvchilar hamda har-xil darajali xavfli laborator namunalar oqimlarining toʻqnashuvi va aralashuviga yoʻl qoʻymaslik kerak.
135. Xonalar yuqumlilik xavfiga qarab asosan bemorlar, xodimlar va kelib-ketuvchilar uchun quyida koʻrsatilgan yuqori, oʻrta va past darajadagi yuqish xavfi hududlariga boʻlinishi kerak:
yuqori xavf hududida balgʻam bakterioskopiyasi natijasida sil mikobakteriyalari musbat natijalari aniqlangan, shu jumladan silning koʻp dorilarga chidamli turi va dorilarga chidamli mikobakteriyalar aniqlangan bemorlar uchun moʻljallangan boʻlimlar, balgʻam yigʻish xonalari, bakteriologik laboratoriya, endoskopiya boʻlimi, reanimatsiya boʻlimi va jadal terapiya palatalari, funksional diagnostika boʻlimi, qabul boʻlimi, jarrohlik amaliyoti boʻlimi, kamerali dezinfeksiya boʻlimi xamda kirxona joylashtiriladi;
oʻrta xavf hududida balgʻam bakterioskopiyasi natijasida sil mikobakteriyalari manfiy natijalari aniqlangan, shuningdek silning dorilarga chidamli turi va keng doiradagi dori-vositalariga chidamli mikobakteriyalar aniqlanmagan bemorlar uchun moʻljallangan boʻlimlar joylashtiriladi;
past xavf hududida klinika-diagnostika laboratoriya, dorixona, ovqat tayyorlash boʻlimi, xoʻjalik boshqaruv xonalari joylashtiriladi.
136. Dorilarga turgʻun sil mikobakteriyalar aniqlangan silga chalingan bemorlar boʻlimi alohida turgan bir-biridan alohida ajratilgan binolarda joylashtiriladi.
Ishlab turgan koʻp qavatli silga qarshi kurashish tibbiyot muassasalarida dorilarga turgʻun sil mikobakteriyalar aniqlangan silga chalingan bemorlar boʻlimi kirish eshigi alohida boʻlgan binolarning yuqori qavatlarida joylashtiriladi.
137. Boʻlimlarda bokslar koʻzda tutilishi lozim. Bokslar tarkibida esa palata oldi xonasi (shlyuz), bemor palatasi, sanitariya boʻlimi (dush, unitaz, rakovina) boʻlishi kerak. Bemor oldi xonasida oziq-ovqatlar hamda dori vositalarini berish uchun oyna (darcha) koʻzda tutiladi.
138. Xona deraza romlarining maydoni pol maydonining 20 foiz dan kam boʻlishi mumkin emas, deraza romlar va eshiklar joylashuvi xonaning toʻgʻridan-toʻgʻri shamollatish imkonini yaratish kerak.
139. Bolalar boʻlimlarida ham sil mikobakteriyalari musbat va manfiy natijalari aniqlangan bemorlar boʻlimlari alohida boʻlishi kerak.
140. Majburiy davolanish boʻlimlari alohida joylashtiriladi va qoʻriqlanadi. Ushbu boʻlimga begona shaxslar kirishi mumkin emas.
141. Ishlab turgan binolarda xodimlar xonalari, bemorlar joylashgan hududlardan tambur orqali ajratilishi lozim va ikkita kirish va chiqish eshigi hamda tortib ketuvchi ventilyatsiya tizimiga ega boʻlishi kerak.
142. Yuqish xavfi yuqori boʻlgan boʻlimlarda, mexanik tarzda shamollatish tizimi mavjud boʻlgan palatalar koʻzda tutilishi va bu tizim orqali 1 soat davomida palatalarning havosi kamida 12 marotaba, yuqish xavfi oʻrta boʻlgan boʻlimlarda esa 6 marotaba almashtirilishi lozim.
143. Yuqish xavfi yuqori boʻlgan boʻlimlarda olib keluvchi va olib ketuvchi shamollatish (ventilyatsiya) tizimi boʻlishi kerak, boʻlmagan xollarda palatalarda manfiy bosim tashkil qilish maqsadida yoʻlaklarda olib keluvchi shamollatish tizimini oʻrnatish kerak.
144. Muassasaning uzoq joylashgan maydonida bemorlar balgʻami, balgʻam yigʻish idishlarini (tufdonlarni) zararsizlantirish va utilizatsiya qilish uchun xona tashkil etilishi lozim.
145. Silga qarshi kurashish statsionarlar tarkibida kir yuvish, ovqat tayyorlash, kamerali dezinfeksiya bloki va bakteriologik laboratoriya boʻlishi kerak.
12-§. Silga qarshi kurashish muassasalari binolaridan foydalanishga boʻlgan talablar
146. Ixtisoslashtirilgan silga qarshi kurashish shifoxonalari va ularning tashkiliy tuzilmasi tarkibidagi alohida turgan bino va inshootlar faoliyat yoʻnalishi hamda binolarning foydalanish maqsadlarini oʻzgartirish, sil mikobakteriyalari (SMB) bilan hudud va xonalarning ifloslantirish (zararlanish) potensial xavfi darajasiga qarab amalga oshiriladi.
147. Sil mikobakteriyalari bilan zararlanish xavfi darajasiga qarab muassasalar kuyidagi sinflarga boʻlinadi:
A sinf (xavfsiz) — sil kasalligiga chalingan bemorlarni qabul qilish, tekshiruvlardan oʻtkazish, davolash, bemorlarni joylashtirish uchun moʻljallanmagan va ishlatilmagan muassasa bino va inshootlari (boshqaruv tizimi binolari, dorixonalar, oʻtish joylari, garajlar, ovqat tayyorlash xonalari va boshqa shularga oʻxshash yoʻnalishdagi bino va xonalar);
B sinf (potensial xavfli) — oʻpkadan tashqari boʻlgan sil kasalliklariga chalingan bemorlar qabul qilingan, tekshiruvlardan oʻtkazilgan, davolangan muassasa bino va inshootlari.
V sinf (xavfli) — sil kasalligining oʻpka turi, koʻp turdagi dori-vositalar taʼsir qilmaydigan (MLU) mikobakteriyalar qoʻzgʻatgan sil kasalligiga chalingan bemorlar qabul qilingan, tekshiruvlardan oʻtkazilgan, davolangan, joylashtirilgan muassasa bino va inshootlar, klinika-diagnostika va mikrobiologiya laboratoriyalari, patalogo-anatomik boʻlimlar, tozalash inshoatlari kiradi.
148. Bino tarkibida har xil xavf darajasiga mansub xonalar (boʻlimlar) boʻlgan taqdirda, binoning barcha xonalari va binoning oʻzi, binoda boʻlgan eng yuqori boʻlgan xavf sinfiga kiritilishi lozim.
13-§. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari hamda mahalla hududidagi mahalla va davlatga tegishli bino va inshootlardagi tibbiy punktlar
(13-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 11-martdagi 2-sonli qarori (hisob raqami 338, 12.03.2025-y.) tahririda)
149. Ambulatoriya-poliklinika muassasalarining xonalar tarkibi va maydonlari ushbu sanitariya qoidalarining 10-jadvali asosida amalga oshiriladi.
10-jadval
Ambulatoriya-poliklinika muassasalarining maydoni va tavsiya etiladigan tarkibi
* Tor mutaxassislar xonalarida terapevtik yoʻnalishdagi ikki tibbiy ixtisoslikka ega (terapiya, pediatriya, nevrologiya, bolalar nevralogiyasi, kardiologiya, endokrinologiya, pulmanologiya va boshqalar) shifokorlar tasdiqlangan grafik asosida faoliyat yuritish uchun ruxsat etiladi.
(10-jadval Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 5-avgustdagi 23-sonli qarori (hisob raqami 368, 26.08.2025-y.) tahririda)
1491. Mahalla hududidagi mahalla va davlatga tegishli bino va inshootlardagi tibbiy punktlarning oʻlchamlari (bundan buyon matnda tibbiy punktlar deb yuritiladi) 12 m2 boʻlishi kerak.
1492. Tibbiy punktlarda ichimlik va oqava suv tarmogʻi boʻlishi lozim.
Agar ichimlik va oqava suv tarmogʻi mavjud boʻlmasa, qoʻl yuvish uchun sharoit yaratilgan boʻlishi kerak.
1493. Tibbiy punktlar devorlarida kasalliklar profilaktikasi va sogʻlom turmush tarzi boʻyicha sanitariya-targʻibot materiallari, shifoxona ichi infeksiyalarini oldini olish boʻyicha koʻrsatmalar osilgan boʻlishi lozim.
1494. Tibbiy punktlarda koʻrsatiladigan tibbiy yordam hajmidan kelib chiqib, vena ichiga, teri ostiga, mushak orasiga inyeksiyalarni qilish uchun zarur boʻlgan tibbiy asbob-uskunalar va jihozlar boʻlishi zarur:
tibbiyot asbob-uskunalar uchun stol;
xodimlar uchun ish stoli;
stullar;
kushetka;
shtativ (suyuqliklarni tomchilatib quyishga moʻljallangan) kamida 2 dona;
bir martalik choyshablar, qoʻlqoplar, bint, tampon, sochiqlar;
leykoplastir;
dezinfeksiya vositalari va yorliqlangan idishlar;
ishlatib boʻlingan material uchun idishlar;
tibbiyot termometri.
(1491 — 1494-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 11-martdagi 2-sonli qaroriga asosan (hisob raqami 338, 12.03.2025-y.) kiritilgan)
14-§. Fizioterapiya boʻlimi
150. Fizioterapiya boʻlimi DPMning (shifoxona, poliklinika, dispanserlarning) tarkibiy tuzilmasi boʻlib hisoblanadi. Ushbu muassasalarning quvvati, tarkibi va yoʻnalishidan kelib chiqqan holda fizioterapiya boʻlimi alohida boʻlishi yoki umumiy davolash boʻlimlari birlashtirilishi mumkin.
151. Fizioterapiya boʻlimi davolash boʻlimlari bilan qulay bogʻliqlikda loyihalashtirilishi lozim. Boʻlimni loyihalashtirishda bemorlar ushbu boʻlimga shifoxonaning qaysi davolash-diagnostika boʻlimlaridan koʻproq kelishini inobatga olish lozim.
152. Oʻz poliklinikasiga ega boʻlgan shifoxonalarda va dispanserlarda fizioterapiya boʻlimi, odatda markazlashtirilgan yoki poliklinika bilan qulay bogʻliqlikda joylashtiriladi. Ushbu boʻlimlarni loyihalashda shifoxonadagi va poliklinikadagi bemorlar oqimini maksimal ravishda ajratilishini (kirish eshiklari boʻlib-boʻlib joylashtirilishini, mustaqil kutish zallari yoki xonalardan har xil vaqtda foydalanish imkoniyati mavjudligini) taʼminlash lozim. Poliklinikalar va shifoxonalarning poliklinika boʻlimlari tarkibida bolalar boʻlimlari mavjud muassasalarda boʻlim tarkibida loyihalashtirish tavsiya etiladi.
153. Fizioterapiya boʻlimining alohida xonalari bolalar shifoxonalarining davolash boʻlimlari, tugʻruqxonalarning homiladorlik patologiyasi boʻlimlarida, harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda bunday davolash turlariga ancha yuqori ehtiyoji boʻlgan bemorlar ulushi koʻproq boʻlgan davolash boʻlimlarida (nevrologiya, neyroxirurgiya, travmatologiya, ortopediya va kardiologiya) ham loyihalashtirilishi mumkin va bu talablar loyihalash topshirigʻi bilan belgilanadi.
154. Ushbu xonalarda muolajalar joyining soni fizioterapiya xonalarining umumiy sonidan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.
155. Suv va shifobaxsh balchiq bilan davolash usullari qoʻllanadigan fizioterapiya boʻlimlari tashkil etilganda, fizioterapiya boʻlimlarini “nam” (suv, shifobaxsh balchiq bilan davolash) va “quruq” (elektr, nur va issiqlik bilan davolash) hududlariga boʻlinishi zarur. Ushbu talablar namlik, elektr xavfsizligi va xonalarni pardozlash ishlarini belgilash uchun bogʻliq. Suvda harakatlanish bilan davolash xonasi ham “nam” hududga tegishli boʻlib, ular odatda birinchi qavatda suv bilan davolash xonalari bilan birga rejalashtiriladi.
156. Fizioterapiya boʻlimining “quruq” hududidagi xonalar har qanday qavatlarda joylashtirilishi mumkin, biroq boʻlimning tashkiliy birligini inobatga olib, ikkala hududlarning qulay bogʻliqligini koʻzda tutish lozim.
157. Shifobaxsh balchiq bilan davolash, serovodorodli va radonli vanna xonalarini bevosita palata boʻlimlarining ostida joylashtirish mumkin emas.
158. Barcha metall buyumlar va asboblar himoyalovchi yerga ulangan sim bilan taʼminlanishi lozim. Kabinalarning metall konstruksiyalari devordan va poldan izolyatsiya qilingan boʻlishi lozim.
159. Nurlantiruvchi uskunalar uzoqda joylashtirilgan mikrotoʻlqin terapiyasini oʻtkazish uchun jihozlarni mikrosimli mato bilan izolyatsiya qilingan xonalar yoki kabinalarda joylashtirish lozim.
160. Quvvati 100 Vt yuqori boʻlgan statsionar ultra yuqori chastota (UYUCH) jihozlari yoki quvvati 100 Vt kam boʻlgan 4 ta yoki undan ortiq ultra yuqori chastota (UYUCH) jihozlarini boshqa elektr va nur bilan davolash xonalari bilan yonma-yon boʻlgan alohida xonada joylashtirish zarur.
161. Ultra yuqori chastotali va oʻrta yuqori chastotaga ega nurlanishga ega fizioterapiya uskunalari nurlanish yoʻnalishi binoning tashqi devoriga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
162. Ultra yuqori chastotali va oʻrta yuqori chastotali apparatlaridan nurlanish shakllanishini oldini olish maqsadida yon tomondagi fizioterapevtik qurilmalardan bemorlar va xodimlarga nurlanish taʼsirini kamaytiradigan qilib joylashtirish kerak.
163. Elektr uyqu bilan davolash xonasini tovushdan izolyatsiya qilish sharoitlarida joylashtirilishi lozim. Derazalar uchastkaning eng sokin hududida joylashishi zarurligini inobatga olib, uni boʻlimning kirish-chiqish qatnovi boʻlmagan hududida joylashtirish tavsiya etiladi.
Xona tovushdan himoya qiluvchi shlyuz rolini oʻynaydigan kuzatish oynasiga ega apparatxonaga ega boʻlishi, shuningdek yorugʻlik va tovushdan himoyalovchi pardalar boʻlishi kerak.
164. Fotariy ultrabinafsha nurlari bilan profilaktik nurlanishga oid guruhli muolajalarni olib borish uchun moʻljallanadi. Ushbu muolaja turi bolalar DPMlari, sanatoriy-profilaktoriylar va poliklinikalarda koʻzda tutiladi. Fotariy qoshida bemorlar uchun kiyinish xonasi hamda tibbiy hamshiraning ish joyi tashkil etiladigan pult xonasi koʻzda tutiladi. Pult xonasi maydoni kamida 0,5 m2 boʻlgan shishali kuzatish oynasiga va tovushli signalizatsiyaga ega boʻlishi kerak. Pult xonasiga kirish muolaja xonasi orqali tashkil etiladi.
165. Refleksoterapiya xonasi ikkita yonma-yon joylashgan izolyatsiya qilingan xonalardan, yaʼni alohida xonalarda joylashtiriladigan shifokor xonasi hamda 4 — 6 ta muolaja oʻrinlari bilan jihozlangan muolajalar xonasidan iborat boʻlishi lozim. Bemorlar uchun kushetkalar va kreslolar joylashtiriladi va ularni joylashtirishda xodimlarning ikki tarafdan ish olib borish imkoniyati koʻzda tutiladi.
166. Issiqlik bilan davolash xonasi parafin va ozokerit davolash muolajalarini oʻtkazish uchun moʻljallangan. Xona qoshida havo tortuvchi javon bilan jihozlangan parafin va ozokeritni isitish uchun qoʻshimcha xona loyihalashtirilishi lozim.
167. Umurtqa pogʻonasini tortish xonalarining oldida dam olish xonasi joylashtirilishi lozim.
168. Shifobaxsh balchiq bilan davolash zali dush kabinalari bilan tutashgan alohida kabinalardan hamda bemorlar yechinadigan ikkita kabinadan iborat boʻlishi lozim. Bemorlar uchun kirish eshigi faqatgina yechinish kabinalari va dushxonalari orqali koʻzda tutiladi.
169. Shifobaxsh balchiq muolajalari balchiq bilan davolash xonalar tarkibiga kiritiladi, lekin ushbu xonalar elektr bilan davolash xonalariga qoʻyiladigan talablarga rioya qilgan holda joylashtirilgan alohida izolyatsiya qilingan xonada amalga oshirilishi lozim.
170. Shifobaxsh balchiq bilan davolashga oid muolajalar joyining umumiy soni 7 va undan ortiq boʻlganda, shifobaxsh balchiqni tashish va isitish jarayoni mexanizatsiyalangan boʻlishi kerak. Ularning soni kamroq boʻlganda shifobaxsh balchiq bilan davolash zaliga tutashgan shifobaxsh balchiq tayyorlash xonasiga uzatilib, u yerda maxsus isitish vositalarida yoki tashuvchi qurilmalarida isitiladi.
171. Fizioterapiya boʻlimi xonalarining maydoni 11-jadvalga muvofiq boʻlishi lozim.
11-jadval
Fizioterapiya boʻlimi xonalarining maydoni va tavsiya etiladigan tarkibi
T/r
Xonalar nomi
Maydon, m2 (kamida)
1
2
3
Fizioterapiya
Elektr va nur bilan davolash
1.
Elektr va nur bilan davolash xonasi (xona qoshida maydoni 8 m2. boʻlgan prokladkani yuvish xonasi koʻzda tutiladi)
1 ta kushetkaga 6, lekin 12 dan kam emas
2.
Qorin boʻshligʻida muolajalarni oʻtkazish xonasi 1 ta ginekologik kreslo uchun
12
3.
Mikrotoʻlqinli terapiya xonasi
1 ta kushetkaga 6, lekin 12 dan kam emas
4.
Ultra yuqori chastotali terapiya xonasi
1 ta kushetkaga 6, lekin 12 dan kam emas
5.
Lazer terapiyasi xonasi
1 ta kushetkaga 12
6.
Refleksoterapiya xonasi
1 ta kushetkaga 12
Ingalyatoriy
7.
Ingalyatsiya zali
1 ta joy uchun 3, lekin 10 dan kam emas
8.
Individual ingalyatsiya xonasi
12
Fotariy
9.
Nurlanish xonasi
Asbob-uskuna oʻlchamlari bilan belgilanadi, lekin kamida 16
10.
Kiyinish xonasi
9
11.
Boshqaruv pulti
4
12.
Elektr uyqu bilan davolash xonasi (shlyuz bilan)
1 ta kushetkaga 6, lekin 12 dan kam emas
13.
Guruhda aeroion, aerozol va elektr aerozol terapiya xonasi
1 ta joy uchun 2, lekin 12 dan kam emas
14.
Individual aeroion, aerozol va elektr aerozol terapiya xonasi
12
15.
Xodimlar xonasi
10
Issiqlik bilan davolash
16.
Issiqlik bilan davolash xonasi
1 ta kushetkaga 6, lekin 12 dan kam emas
17.
Parafin va ozokeritni isitish xonasi
8
18.
Oʻrash xonasi
1 ta kushetkaga 6, lekin 12 dan kam emas
19.
Prokladkalarni qurilish xonasi
8
20.
Tibbiy hamshira xonasi
8
Suv bilan davolash
21.
5 ta dush qurilmasiga ega kafedrali dush zali
25
22.
Dush zali qoshidagi kiyinish xonasi
10
23.
Toʻrt kamerali vannalar xonasi
1 ta vannaga 6, lekin 12 dan kam emas
24.
Vanna zali
1 ta vannaga 8, lekin 12 dan kam emas
25.
Yechinib kiyinish kabinasi
2
26.
Subakval vanna xonasi
18
27.
Serovodorodli (rodonli) vanna xonasi
12
a) vanna xonasi
1 ta vannaga 8, lekin 12 dan kam emas
b) eritmani tayyorlash laboratoriyasi
10
v) reaktivlar ombori
8
g) vanna xonasi va kiyinish kabinasi oʻrtasidagi shlyuz
2
28.
Suv osti massaj-dush vanna xonasi
12
29.
Suvda harakatlanish bilan davolash uchun vanna xonasi
32
30.
Davolash suzish basseyni xonasi (10 kishilik)
180
31.
Davolash-suzish basseyni qoshidagi dushxonaga ega kiyinish xonasi
18
32.
Dush kabinali xodimlar xonasi
1 ta dush uchun 1,5, lekin 8 dan kam emas
Shifobaxsh balchiq bilan davolash
33.
Shifobaxsh balchiq bilan davolash zali
1 ta kushetkaga 8, lekin 12 dan kam emas
34.
Shifobaxsh balchiq bilan davolash zali qoshidagi xonalar
a) yechinib-kiyinish kabinasi
2
b) dush kabinasi
2ta kushetkaga 1ta kabina
35.
Ginekologiya muolajalari xonasi
a) shifobaxsh balchiq bilan davolash xonasi
1ta kushetkaga 14, bittadan ortiq boʻlsa — maydon 6ga koʻpaytiriladi
b) dush kabinasi
1ta kushetkaga 1ta kabina
v) kiyinish kabinasi
1ta kushetkaga 2
36.
Shifobaxsh balchiq tayyorlash xonasi
1ta kushetkaga 3, lekin 18dan kam emas
37.
Dush kabinali xodimlar xonasi
1 ta xodimga 2, lekin 8 dan kam emas
38.
Choyshab, matolar, brezentlarni yuvish va quritish xonasi
1 ta kushetkaga 3, lekin 18 dan kam emas
39.
Shifobaxsh balchiqni saqlash va regeneratsiya qilish xonasi
12
Davolash jismoniy tarbiyasi, mexanoterapiya va mehnat terapiyasi
40.
Individual mashgʻulotlar uchun davolash jismoniy tarbiyasi xonasi
12
41.
Guruhli mashgʻulotlar uchun davolash jismoniy tarbiyasi zali
1 ta joyga 5, lekin 20 dan kam emas
42.
Dush kabinasi (zaldagi 8 ta joyga 1 ta dush setkasi, lekin 1 tadan kam emas)
1 ta dush setkasiga 2,4
43.
Kiyinish xonasi
zaldagi 1ta joyga 1,3, lekin 10 dan kam emas
44.
Jihozlar ombori
6
45.
Massaj xonasi
1ta kushetkaga 8, lekin 10dan kam emas
46.
Xodimlar xonasi
12
47.
Mexano- va mehnat terapiyasi xonasi
1 ta joyga 4, lekin 12 dan kam emas
Fizioterapiya boʻlimining umumiy xonalari
48.
Boʻlim mudiri xonasi
12
49.
Shifokor xonasi
12
50.
Metodist xonasi
10
51.
Yigʻishtirish buyumlari va kir kiyimlar-choyshablar ombori
4
52.
Toza kiyim-choyshablar ombori
4
53.
Hojatxona (1 ta bemorlar uchun va 1 ta xodimlar uchun)
3x2
54.
Kutish zali
Bitta tashrif buyuruvchi uchun 1,2
55.
Fizioterapevtik apparaturani joriy taʼmirlash xonasi
12
56.
Koʻchma fizioterapevtik apparatura xonasi
12
57.
Karbonat kislotali ballonlarni saqlash xonasi
10
15-§. Klinika-diagnostika laboratoriyalari
172. Har bir shifoxona tarkibida KDL tashkil etilishi mumkin. Laboratoriya xonalarining tarkibi va maydoni 12-jadvalda keltirilgan.
173. KDLni davolash-tashxis boʻlinmalari bilan bir guruhda palata boʻlimlari, qabul boʻlimi, operatsion blok hamda anesteziologiya va reanimatsiya boʻlimi bilan qulay bogʻliqlikda joylashtirish tavsiya etiladi.
174. KDL alohida izolyatsiya qilingan joyda joylashtirilishi kerak.
175. Ambulatoriya-poliklinika muassasalarida shifoxonalar muolaja xonasidan alohida belgilangan vaqtda qon olish maqsadida foydalanish mumkin.
176. Rejimli laboratoriyalar (mikrobiologik, virusologik, polimeral zanjir reaksiyasi (PZR) va boshqalar) boshqa laboratoriyalardan izolyatsiya qilingan boʻlishi lozim. Ularga tahlillar uchun laboratoriya materiallarini kelib tushishi alohida kirish bilan izolyatsiya qilingan tarzda tashkil etilishi lozim.
177. Havo-tomchi guruhidagi infeksiyalar uchun boks havoni tortib oluvchi ventilyatsiya bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
178. Zamonaviy asbob-uskunalari bilan jihozlangan laboratoriya xonalar tarkibi qisqartirilishi mumkin.
179. Prekursorlardan foydalanganda ularni saqlash xonasi havoni tortib oluvchi ventilyatsiya, ichimlik suv tarmogʻi, temir eshik, panjarali deraza va signalizatsiya bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
180. Deteksiya zonasining joylashishi DNK ni aniqlashda qaysi usul qoʻllanilayotganligiga bogʻliq boʻladi. Agar amplifikatsiya mahsuloti solingan probirkani ochish zarur boʻlsa, yaʼni elektroforez usuli qoʻllanilganda, deteksiya hududi boshqa 2 ta hududlardan imkon qadar uzoqda joylashtirilishi hamda boshqa zonalar bilan bogʻliq boʻlmagan ventilyatsiya tizimiga ega boʻlishi kerak. Bu PZR (bundan buyon matnda PZR deb yuritiladi) laboratoriyalarni tashkil qilishdagi majburiy talab hisoblanadi.
181. PZR laboratoriya hududidagi faoliyat yuritayotgan diagnostika yoki sinov laboratoriyasining “zararli” hududida tashkil qilishga yoʻl qoʻyiladi. Imkoniyat darajasida laboratoriya xonalari alohida blok koʻrinishida joylashtiriladi.
182. PZR laboratoriyaning “zararli” hududida PZR tekshiruvlarning har bir bosqichi uchun moʻljallangan ishchi xonalar tashkil etilishi kerak.
183. Har bir ishchi xona uning funksional yuklamasiga muvofiq zaruriy asbob-uskunalar, reaktivlar va sarflovchi materiallar toʻplami bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
184. Laboratoriyaning umumiy rejasi, ularda ishchi hududlar va asbob-uskunalarning joylashishi tahlil qilinayotgan namunalar harakati ketma-ketligini taʼminlashi kerak.
185. Laboratoriyaga kelib tushgan klinik materiallarga namunalarni tayyorlash hududida imkon qadar tezroq ishlov berilishi (DNK va RNK ajratilishi) lozim.
Qabul qilish va roʻyxatga olish xonasi laboratoriyaga kelib tushayotgan materiallarni roʻyxatga olish va vaqtincha saqlash uchun moʻljallangan boʻladi.
Namunalarni saralash va birlamchi ishlov berish xonasi DNKni ajratish uchun tahlil qilinayotgan namunalarni (alikvotalarni) tayyorlash uchun moʻljallangan. Ushbu hudud alohida xonada joylashtirilishi hamda laminar javon bilan jihozlangan boʻlishi kerak (oʻrganilayotgan obyektning patogenlik darajasidan kelib chiqqan holda II-III himoya sinfiga ega laminar javondan foydalaniladi).
Faoliyat yuritayotgan laboratoriya negizida PZR laboratoriyasini tashkil qilishda ushbu ikkita xona birlashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi, shuningdek bu yerda boshqa turdagi tadqiqotlar uchun ham (immunologik, virusologik, serologik, bakteriologik va h.k.) namunalar tayyorlanishi mumkin.
Nuklein kistolasini (NKni) ajratish alohida xonada joylashtirilishi mumkin. NKni ajratish PZR bokslarida (yoki biologik xavfsiz bokslarda II-sinf himoyasidagi laminar javonlarda) amalga oshirilishi zarur. Laboratoriyaga koʻproq yuklama mavjud boʻlganda, mazkur bokslar sonini oshirish tavsiya etiladi, bunda ularda boshqa ishlar amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Reaksion qorishmalarni tayyorlash xonasi elektr rozetkalari, kunduzgi va ultrabinafsha lampasi bilan jihozlangan PZR boksidan foydalaniladi. PZR boksidagi rekreatsion qorishmani tayyorlash uchun “toza” hududga ijobiy nazoratdagi yoki klinik namunalar solingan probirkalarga ishlov berilishidan oldin ham undan keyin ham olib kirish taqiqlanadi.
PZR va fluoressentli deteksiya tahlillarini amalga oshirish xonasi alohida xonada joylashtirilishi hamda laboratoriyaning real vaqt rejimidagi deteksiya tizimli bir yoki bir nechta amplifikatorlar bilan yuklanganligidan kelib chiqqan holda jihozlangan boʻlishi kerak.
186. Barcha IFA va PZR xonalarida 2,5 vt/m3 hisobidan bakteritsid lampalar oʻrnatiladi. Har bir lampaning ishlash vaqtini jurnalda qayd etgan holda uning hisobini yuritish zarur.
187. IFA tahlillarni oʻtkazish xonasida havo haroratini 22°S atrofida ushlab turish uchun konditsioner oʻrnatilishi zarur.
12-jadval
Klinika-diagnostika laboratoriyasi xonalarining tarkibi va maydoni
T/r
Xonalar nomi
Maydon, m2
bir kun oʻtkaziladigan tahlillar soni
100 ta gacha
250 ta gacha
450 ta gacha
650 ta gacha
800 ta gacha
1
2
3
4
5
6
7
Statsionar bemorlaridan tahlillarni qabul qilish va roʻyxatga olish xonasi
1.
Namunalarni qabul qilish va saralash hamda natijalarni berish xonasi
-
10
12
16
20
Laboratoriya tahlillari oʻtkazish xonalari
Klinik boʻlim
2.
Peshob, najas, balgʻam, meʼda shirasini yigʻish va tayyorlash xonasi
8
10
12
12
12
3.
Peshob, najas, balgʻam, meʼda shirasini tahlil qilish xonasi
Izoh: * zamonaviy asbob-uskunalar mavjud boʻlsa, ushbu laboratoriyalar xonalarini birlashtirish mumkin;
** katta boʻlmagan laboratoriyalarda qonning biokimyoviy va morfologik tahlillari uchun tahlil xonalarini birlashtirish mumkin;
*** kiyinish xonasi faqatgina rejimli laboratoriyalar uchun koʻzda tutiladi;
**** real vaqtda PZRdan foydalanilganda 2 ta xonadan foydalanish mumkin.
***** gistologiya laboratoriyalarini turar joy va jamoat binolarida joylashtirish mumkin emas.
16-§. Biomateriallarni transportirovka qilishga boʻlgan talablar
188. Qon va organizmning boshqa biologik suyuqliklarini olish punkti amaldagi sanitariya qoidalari talablariga javob beradigan bino va inshootlarda tashkil etilishi mumkin.
189. Asosiy laboratoriyadan alohida tashkil etiladigan qon va biologik suyukliklarni olish punktlari quyidagi xonalardan iborat boʻlishi kerak:
kutish zali — 6 m2;
qon olish xonasi — 10 m2;
boshqa biologik suyuqliklarni olish xonasi (mazkur sanitariya qoidalarining 12-jadvali asosida);
xodimlar xonasi — 12 m2;
hojatxona — 1,2 m2.
190. Bir marotaba ishlatiladigan tibbiy buyumlarni utilizatsiya qilish amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari asosida amalga oshirilishi kerak.
17-§. Funksional-diagnostika boʻlimi (xonalari)
191. Funksional-diagnostika boʻlimlari (xonalari) va markazlarini loyihalashtirishda rentgen va fizioterapiya apparaturasi, kuchlanish kabellari, energiya bilan taʼminlovchi qurilmalar, elektr panellari va elektr javonlari, liftlarning mashina boʻlimlari va yuqori voltli uzatish liniyalarining diagnostika uskunalarining koʻrsatkichlariga taʼsirini hisobga olish hamda diagnostika xonalarini ekranlashtirish boʻyicha tadbirlar koʻzda tutilishi kerak.
192. Funksional-diagnostika boʻlimlari va markazlarini loyihalashtirishda quyidagi talablarni inobatga olish lozim:
tashxis qoʻyishda muolajalarni (endoskopiya, bronxoskopiya va kolonoskopiya) bitta xonada oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi;
bemor bilan qulay ish sharoitlarini yaratish uchun xonalar havosi normal haroratda ushlab turilishi (konditsioner);
yerga ulangan simli elektr ekranini oʻrnatish (shu jumladan oynalarni ekranlashtirish);
shovqindan himoya qilishga qoʻyiladigan yuqori talablar;
tebranishga oid shovqinlarni bartaraf etish;
parda yordamida toʻsish.
193. Endoskopiya boʻlimi endoskopiya muolajasidan oldin dezinfeksiya qilish imkoniyatini taʼminlash maqsadida yetarli miqdordagi endoskoplar bilan taʼminlanishi kerak.
194. Har bir endoskopiya xonasida endoskoplar va uning tarkibiy qismlarini zararsizlantirish uchun har bir yoʻnalish uchun 4,0 m2ga ega xona tashkil etilishi kerak. Ushbu xonalar alohida har bir yoʻnalish uchun (gastroskop, kolonoskop va b.) ultratovushli yuvish mashinalari jihozlanishi kerak.
195. Funksional-diagnostika boʻlimlari xonalarining maydonini 13-jadvalga muvofiq belgilash lozim.
196. Tomograf quvvatini inobatga olgan holda ekranlashtirish Faradey qafasi yordamida amalga oshiriladi. Tashxis xonalaridagi devor, shift, pol, eshik va derazalar konstruksiyasi tutashgan xonalardagi elektr magnit maydoni darajasi ruxsat etilgan qiymatlargacha (ushbu sanitariya qoidalarining 3-ilovasiga binoan) kamaytirilishini taʼminlashi kerak. Devor, shift, pol, eshik va derazalarni tovushdan izolyatsiyalash asbob-uskunalar koʻrsatadigan akustika taʼsirining hisoblariga muvofiq bajarilishi hamda tutash xonalarda shovqinga oid gigiyenik talablarni (ushbu sanitariya qoidalarining 4-ilovaga binoan) taʼminlanishi kerak.
197. Ultratovush tashxis xonalarining asbob-uskunalarining joylashtirilishi ultratovush tekshiruvlarini bajaruvchi tibbiy xodimlarning mehnat sharoitlariga qoʻyiladigan gigiyenik talablarga javob berishi kerak. Ultratovushning ruxsat etilgan darajalari mazkur sanitariya qoidalarining 5-ilovasida keltirilgan.
13-jadval
Funksional diagnostika boʻlimi xonalarining maydoni va tavsiya etiladigan tarkibi
198. Gemodializ (sunʼiy buyrak) boʻlimlari surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan kasallangan statsionar va ambulator bemorlarga, buyrakning oʻtkir yetishmovchiligi bilan kasallangan (oʻtkir zaharlanish, ogʻir shikastlar va boshqalar) statsionar bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan.
199. Ambulator bemorlarga gemodializ oʻtkazish boʻlimlari mustaqil ravishda va respublika, viloyat koʻp tarmoqli shifoxonalar tarkibida tashkil etiladi hamda ushbu muassasalarning boʻlimlaridan (nefrologiya, terapevtik, urologik va boshqalar) gospitalizatsiya qilingan bemorlarga xizmat koʻrsatadi. Boʻlim uchun dializ zali koʻzda tutiladi.
200. Oʻtkir buyrak yetishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarni gemodializ boʻlimlari anesteziologiya va reanimatsiya boʻlimi yonida va alohida avtotransport yoʻliga ega boʻlgan joyda loyihalashtirish tavsiya etiladi.
201. Oʻtkir gemodializ boʻlimida klinik ekspress-laboratoriya, kichik jarrohlik xonasi va intensiv terapiya palatasini koʻzda tutish zarur.
202. Parenteral yuqumli kasalliklar markerlarining tashuvchilari boʻlgan bemorlar va ambulator gemodializ bemorlari uchun alohida gemodializ zali va uskunalar koʻzda tutiladi. Gemodializ apparatlari bilan kam taʼminlangan boʻlimlarda apparatlar nozologik shakllar boʻyicha markirovka qilinishi kerak.
203. Yirik shoshilinch tibbiy yordam shifoxonalari tuzilmasida toksikologiya boʻlimlari mavjud boʻlganda, oʻtkir gemodializ xonalari ularning tarkibida mustaqil boʻlim sifatida faoliyat yuritishi mumkin.
204. Boʻlimlarning oʻtkazish imkoniyatini — bir sutkada 3 ta smenali bitta dializ joyi uchun 1 ta bemor hisobidan qabul qilish lozim.
205. Gemodializ boʻlimi oʻtish yoʻlaklariga yaqin joyda boʻlmasligi kerak. Ambulator ravishda rejali bemorlar davolanadigan boʻlimlar alohida joyda kamida 6 ta gemodializ oʻrinlarini loyihalash tavsiya etiladi.
206. Eritmalarni demineralizatsiya qilish xonasi dializ zaliga yoki operatsiya va dializ zaliga yaqin boʻlishi kerak.
207. Yuqumli kasalliklar shifoxonalarida gemodializni amalga oshirish uchun (virusli gepatit hamda yuqumli kasalliklar asoratlarini davolash uchun) imkon qadar reanimatsiya boʻlimiga yaqin joylashgan bokslar shaklidagi gemodializ zallari koʻzda tutilishi lozim.
208. Dializ zali dializni oʻtkazish uchun moʻljallangan hamda funksional karavotlar yoki kreslolar va “sunʼiy buyrak” apparatlari bilan jihozlanadi.
209. Tuzlar saqlash ombori tuz zaxiralarini saqlash uchun koʻzda tutiladi (1 seans gemodializni oʻtkazish uchun talab etiladigan eritma miqdorini tayyorlash uchun taxminan 3 kg tuz talab etiladi).
210. Boʻlimda sarflovchi materiallarni saqlash uchun stellajlar bilan jihozlangan xona boʻlishi kerak.
211. Gemodializ boʻlimi xonalarining tarkibi va maydonini 14-jadvalga muvofiq boʻlishi lozim.
14-jadval
Gemodializ boʻlimi xonalarining tarkibi va maydoni
T/r
Xonalar nomi
Maydon, m2
1.
Dializ zali navbatchi hamshira posti bilan
a) oʻtkir buyrak yetishmovchiligi bilan kasallangan bemorlar uchun
1 ta dializ joyi uchun 14
b) ambulator gemodializ bemorlar uchun
1 ta dializ joyi uchun 9
2.
Kichik operatsiya xonasi operatsiya oldi xonasi bilan*
24+8
3.
Dializ apparatlarini taʼmirlash xonasi
10
4.
Demineralizatsiya eritmalar xonasi
1 ta dializ joyi uchun 30, keyinchalik texnik shartlarga koʻra
5.
Eritmalar tayyorlash xonasi
1 ta dializ joyi uchun 1,5, lekin 10 dan kam emas
6.
Tuzlar saqlash ombori
1 ta dializ joyi uchun 10, lekin 10 dan kam emas
7.
Sarflovchi materiallar saqlash xonasi
1 ta dializ joyi uchun 2, lekin 10 dan kam emas
8.
Eritmalar saqlash xonasi
1 ta dializ joyi uchun 1,5, lekin 10 dan kam emas
9.
Ambulator sharoitda gemodializ bemorlar uchun bemorlarini kiyinish xonasi
12
10.
Ambulatoriya gemodializ bemorlari xonasi
1 ta oʻringa 7
11.
Boʻlim mudiri xonasi
12
12.
Shifokor xonasi
1 ta shifokor uchun 6, lekin 18 dan kam emas
13.
Katta tibbiy hamshira xonasi
12
14.
Tibbiy hamshiralar xonasi
1 ta hamshiraga 4, lekin 12 dan kam emas
15.
Xoʻjalik hamshirasi xonasi
10
16.
Ovqat tarqatish xonasi
Ushbu sanitariya qoidalarning 5-jadvali 7-bandigakoʻra
17.
Oshxona
1 ta oʻrindiq uchun 1,2
18.
Xodimlar uchun hojatxona qoʻl yuvish uskunasi bilan
3
19.
Bemorlar uchun hojatxona qoʻl yuvish uskunasi
3
20.
Asbob-uskunalar saqlash ombori
8
21.
Yigʻishtirish anjomlarini saqlash xonasi
4
Izoh: *ekstrakorporal detoksikatsiyaning oʻzgacha uslublari oʻtkazilganda (peritoneal dializ, plazmoferez va boshqalar) 18+8m2 maydonga ega alohida kichik operatsiya xonasi operatsiya oldi xonasi koʻzda tutilishi lozim.
*6 ta oʻringa moʻljallangan gemodializ zaliga ega boʻlimlarda fistula oʻrnatishda boshqa DPM operatsiya xonasidan foydalanish mumkin.
19-§. Markazlashtirilgan sterilizatsiya boʻlimi
212. Markazlashtirilgan sterilizatsiya boʻlimi (bundan buyon MSB deb yuritiladi) maxsus asbob-uskunalar bilan jihozlangan sterilizatsiya qilishda ketma-ketlik qoidalariga rioya etilgan xonalarda joylashgan majmua boʻlib, jarrohlik asbob-anjomlari, bogʻlov materiallari, koʻp marotabalik tibbiy asbob-anjomlar va rezinadan tayyorlangan tibbiy buyumlarni sterilizatsiya qilish ishlari amalga oshiriladi.
213. MSBning jihozlanishining asosiy shartlaridan biri avtoklav bilan taʼminlash hisoblanadi.
214. MSBning texnologik jarayonlari va rejalashtirish sxemalarini ishlab chiqishda barcha xonalarda ketma-ketlik qoidalariga rioya etgan holda “notoza”, “toza” va “steril” hududlarga boʻlinishi kerak.
Steril hududga sterilizatsiya xonasining steril qismi, steril materiallar ombori va ekspeditsiya xonasi, “toza” hududga qadoqlash, komplektatsiya va sterilizatorlarga yuklash xonalari kiradi, qolgan barcha xonalar “notoza” (steril boʻlmagan) hududga kiradi.
215. MSB shifoxona hududida qulay bogʻliqlikda joylashtirilishi kerak: bunda steril materiallar va jihozlar, birinchi navbatda, materiallar umumiy sonining 60 — 70 foiz ni operatsiya blokida ishlatilishini inobatga olgan holda ushbu boʻlinmaga qulay joylashtiriladi.
216. Xonalarning tarkibi va maydoni 15-jadvalda belgilangan.
15-jadval
Markazlashtirilgan sterilizatsiya boʻlimi xonalarining tarkibi va maydoni
T/r
Xonalar nomi
Maydon, m2
Shifoxonalar koykalar soni bilan
Ambulatoriya-poliklinikalariqatnovlar soni bilan
50 dan kam
50 dan ortiq
100 gacha
101 — 500
501 va undan ortiq
1
2
3
4
5
6
7
1.
Nosteril materiallarni qabul qilish va saqlash xonasi
-
12
-
8
10
2.
Tibbiy jihozlarni yuvish va quritish xonasi
4
18
4
8
10
3.
Qadoqlash xonasi
-
12
-
8
10
4.
Sterilizatsiya xonasi
avtoklav hajmidan kelib chiqqan holda
1 ta avtoklavga 9
avtoklav hajmidan kelib chiqqan holda
1 ta avtoklavga 9, lekin 12 dan kam emas
5.
Ekspeditsiya xonasi
-
12
-
8
8
6.
Katta tibbiy hamshira xonasi
-
10
-
10
10
7.
Yigʻishtirish anjomlarini saqlash xonasi
-
4
-
4
4
9.
Sanuzel shlyuz va qoʻl yuvish uskunasi bilan
-
4
-
4
4
10.
Xodimlar xonasi
-
12
-
12
12
Izoh:
* 75 l dan kam boʻlgan hajmdagi avtoklav uchun — kamida 4 m2;
75 l dan 100 l gacha hajmdagi avtoklav uchun — kamida 6 m2;
100 l dan ortiq hajmdagi avtoklav uchun — kamida 9 m2.
Jarrohlik yoʻnalishdagi statsionar muassasalarda, 5 va undan ortiq stomatologik kreslosi mavjud boʻlgan stomatologiya poliklinikalarida, kamida 3ta yoʻnalish boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatuvchi ambulatoriya-poliklinika muassasalarida (katta miqdordagi instrumentlardan foydalanuvchi — jarrohlik, ginekologiya, oftalmologiya, otolaringologiya, travmatologiya, urologiya, proktologiya, kosmetologiya, laboratoriya xizmati, tez yordam) MSB xonalarining soni 4 tadan kam boʻlmasligi kerak. Bunda yuvish xonasi 4 m2., qadoqlash xonasi 4 m2., sterilizatsiya xonasi (avtoklav hajmidan kelib chiqqan holda) va ekspeditsiya xonasi 4 m2 boʻlishi kerak.
20-§. Patologik anatomiya boʻlimi
217. Patologik anatomiya boʻlimi loyihalashtirish rejasiga asosan alohida qurilgan binoda yoki binoning izolyatsiya qilingan alohida qismida joylashtirilishi kerak.
218. Boʻlimda maʼmuriy-xoʻjalik, seksion, laboratoriya, yuqumli kasalliklar hududiga ajratiladi. Boʻlimda kamida ikkita kirish yoʻliga (murdalarni olib kirish, xodimlar va tashrif etuvchilar kirishi uchun) ega boʻlishi kerak. Yuqumli kasalliklarga chalingan murdalarni patologoanatomik tekshiruv ishlari oʻtkazish uchun alohida izolyatsiya qilingan xona hamda alohida kirish yoʻli boʻlishi kerak.
219. Patologik anatomiya boʻlimida kamida ikkita seksion xona boʻlishi kerak va ulardan bittasi alohida tashqi kirish yoʻliga ega boʻlishi kerak.
220. Seksion stollar namli tozalash va dezinfeksiya ishlari oʻtkazishga chidamli suv oʻtkazmaydigan materiallardan tayyorlangan, sovuq va issiq suv tarmogʻiga hamda yot jismlarni ushlab qoluvchi setka qoʻyilgan oqova suv tarmogʻiga ulangan boʻlishi kerak. Seksion zal polida chiqindi suvlar oqib ketishi uchun trap oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
221. Seksion material bilan ishlash shaxsiy himoya vositalaridan (xalat, qoʻlqop, fartuk, koʻzoynak va b.) foydalangan holda amalga oshirilishi lozim. Sil kasalligida majburiy maskalardan (respiratorlar) foydalaniladi. Karantinli yuqumli kasalliklarga gumon qilinganda, himoya kostumlaridan qoʻllaniladi.
222. Nam autobiopsiya va biopsiya materiallari maxsus xonada (nam autobiopsiya va biopsiya materiallari arxivida) stellajlarda, yopiq bankalarda saqlanishi kerak.
223. Patologik anatomiya boʻlimi xonalari tarkibi va maydonlari ushbu sanitariya qoidalarining 16-jadvalida belgilangan.
16-jadval
Patologik anatomiya boʻlimi xonalarining tarkibi
T/r
Xonalarning nomi
Maydoni, m2
1.
Murdalarni qabul qilish xonasi
6
2.
Murdalarni saqlash xonasi kassetali sovutgich shkaf bilan
Uskunaning hajmiga koʻra belgilanadi, lekin 12 m2.dan kam emas
3.
1ta stolga moʻljallangan seksion zal
1 ta stol uchun 18 va har bir keyingi stol uchun 12
4.
Seksion zal oldi xonasi
10
5.
Biopsiya va autopsiya materiallari qabul qilish, roʻyxatga olish xonasi, arxiv
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash xonasi
4
11.
Tibbiy arxiv
1 ta oʻringa 0,3, ambulatoriya-poliklinika muassasalarida har bir qatnovga 4, lekin 12 dan kam emas
12.
Konferensiya zali
1 ta oʻrindiqqa 0,9
13.
Xodimlar uchun garderob
1 ta ilgak uchun 0,08
14.
Patsiyentlar uchun vestibyul-garderob
1 ta patsiyentga 0,5
15.
Xodimlar uchun hojatxona
1 ta tashrif buyuruvchi uchun 0,5
16.
Xodimlar uchun yuvinish xonasi
3
17.
Ishlatilgan choyshablarni vaqtincha saqlash xonasi
4
18.
Yigʻishtirish anjomlari va dezinfeksiya eritmalarini saqlash xonasi
4
19.
Tibbiy chiqindilarni vaqtincha saqlash xonasi
4
20.
Sanitariya xonasi (yigʻishtirish anjomlarini, tuvaklarni yuvish va zararsizlantirish xonasi)
8
21.
Koʻchma rentgen apparatni, koʻchma apparaturalarni saqlash xonasi
8
Izoh: * oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarining oʻquv bazasi yoki klinikasi mavjud boʻlgan holatlarda
22-§. Qon quyish stansiyasi va boʻlimi
226. Qon quyish stansiyasi alohida tarkibiy tuzilma boʻlib, qon va qon preparatlarini yigʻish, qayta ishlash va saqlashni taʼminlaydi.
227. Donorlar boʻlimi donorlarni qabul qilish va tanlash hududi, qon olish va tekshirilmagan qonlarni vaqtinchalik saqlash hududiga boʻlinadi. Donorlarni qabul qilish va tanlash hududi qon olish hududidan alohida boʻlishi kerak.
228. Klinik-diagnostik laboratoriya klinik-bioximik, immuno ferment analizatori (IFA) va PZR laboratoriyalaridan iborat boʻladi.
229. Qonni qayta ishlash boʻlimi qon preparatlari va komponentlariga boʻlinadi.
230. Qon quyish stansiyasi xonalar tarkibi va maydonlari 18-jadvalda belgilangan.
18-jadval
Qon quyish stansiyasi xonalari tarkibi va maydonlari
Tez tibbiy yordam filiallari (stansiyalari) xonalarining tarkibi va maydoni
T/r
Xonalar nomi
Maydoni, m2
Filial
Stansiya (podstansiya)
1.
Dispetcher xonasi
1 ta ish joyi uchun 6, lekin xonaning umumiy maydoni 12 dan kam boʻlmasligi lozim
1 ta ish joyi uchun 6, lekin xonaning umumiy maydoni 12 dan kam boʻlmasligi lozim
2.
Ambulator bemorlarini qabul qilish xonasi
12
3.
Brigadalarning tibbiy jihozlarini saqlash va tibbiy toʻplamlarni ishga tayyorlash xonasi
12
4.
Yongʻin va qoʻriqlash signalizatsiyasi bilan jihozlangan medikamentlar zaxirasi xonasi
80
18
5.
Tibbiy xodimlar dam olish xonasi (erkaklar va ayollar uchun)
1 ta ish joyi uchun 4, lekin xonaning umumiy maydoni 12 dan kam boʻlmasligi lozim
6.
Tez tibbiy yordam avtotransport haydovchilarining xonasi
1 ta ish joyi uchun 4, lekin xonaning umumiy maydoni 12 dan kam boʻlmasligi lozim
7.
Navbatchi xodimlarning ovqatlanish xonasi
10
10
8.
Dush, kiyinish xonasi bilan (erkaklar va ayollar uchun)
1 ta dush uchun 6
1 ta dush uchun 6
9.
Hojatxona (erkaklar va ayollar uchun)
1 ta hojatxona uchun 3
1 ta hojatxona uchun 3
10.
Avtotransportlar uchun usti yopiq turargohlar — bokslar
1 avtotransport uchun 15
11.
Tibbiy chiqindilarni vaqtincha saqlash xonasi
6
4
12.
Narkotik va psixotrop dori vositalarini saqlash xonasi
4
4
13.
Tozalash uskunalari va dezinfeksiyalash vositalarining ishchi eritmalarini saqlash sanitariya xonasi
3
3
14.
Markazlashtirilgan sterilizatsiya boʻlimi:
qabul qilish va roʻyxatga olish xonasi
6,0
yuvish xonasi
12,0
quritish va qadoqlash xonasi
12,0
sterilizatsiya xonasi
1 avtoklavga 9, lekin xonaning umumiy maydoni 12 dan kam boʻlmasligi lozim
tarqatish (ekspeditsiya) xonasi
6,0
15.
Stansiya mudiri va katta shifokor xonasi
12
16.
Katta feldsher xonasi
12
17.
Xoʻjalik bekasi xonasi
12
12
Izoh. Qishloq va ovullarda joylashgan oilaviy poliklinikalarda tez tibbiy yordam xizmati tashkil etilganda yoʻlak oxirida 2 ta xona ajratiladi. Bunda, birinchi xonada navbatchi xodimlar xonasi 12 m2, ikkinchi xonada esa dori vositalari va tibbiy jamlamalarni saqlash xonasi — 12 m2 ni tashkil etadi.
(21-jadval Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2024-yil 15-fevraldagi 7-sonli qarori (hisob raqami 234, 26.02.2024-y.) tahririda)
25-§. Kir yuvish xonalariga qoʻyilgan talablar
235. Kirxona shifoxonalar tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, kirxona binosi alohida turgan binoda yoki loyiha topshirigʻiga binoan shifoxonaning boshqa davolash boʻlimlariga qulay binoda joylashtiriladi.
236. Bir yoki bir necha DPMlarga (shifoxona majmuasiga) xizmat koʻrsatuvchi kirxonada kasallik qoʻzgʻatuvchisi bilan zararlangan va zararlanmagan choyshablarni qabul qilish uchun alohida kirish joyi, akusherlik, yuqumli kasalliklar, yiringli jarrohlik va boshqa boʻlimlarning choyshablarini zararsizlantirishda texnologik liniyasi alohida boʻlishi koʻzda tutilishi kerak.
237. Kirxonalar quvvati 1 ta oʻrin uchun 2,3 kg va ambulatoriya-poliklinika muassasasiga 1 ta qatnov uchun 0,4 kg quruq choyshablar nisbatiga qarab belgilanadi. Alohida boʻlimlar uchun kirxonalar tashkil etish shart emas.
238. Yangi va qayta qurilayotgan DPM kirxonalari avtomat kir yuvish mashinalari bilan jihozlanishi mumkin.
239. Kirxonalarning tarkibi va maydoni bitta smenada choyshablar hajmiga qarab, quyida koʻrsatilgan 22-jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
22-jadval
Kirxonalarning xonalari tarkibi va maydonlari
T/r
Xonalar nomi
Maydoni, m2
Kir yuvish shaxobchasining unumdorligi (1ta smenada choyshablar, kg)
Choyshablarni saralash, tuzatish, qadoqlash va saqlash sexi
-
8
12
18
35
5.
Choyshablarni tarqatish xonasi
-
4
4
5
8
6.
Yuvish va dezinfeksiya qilish vositalarini hamda yigʻishtirish jihozlarini saqlash ombori
-
4
4
6
8
7.
Xodimlar xonasi
-
8
10
12
12
8.
Sanuzel va dush
-
6
6
6
6
Izoh:* Kichik quvvatdagi tibbiyot muassasalarida kamida ikkita yonma-yon xona tarkibida (birinchisi choyshablarni yigʻish va yuvish uchun, ikkinchisi esa quritish va dazmollash uchun) mashina-avtomatlar bilan jihozlangan mini kir yuvish shaxobchalari (maxsus kiyimlar, sochiqlar, salfetkalarni yuvish uchun) joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
26-§. Kamerali dezinfeksiya bloki
240. Yuqumli kasalliklar, sil kasalliklari, teri-tanosil kasalliklari, tugʻruq majmualari, jarrohlik shifoxonalarida oʻrinlar sonidan qatʼiy nazar oʻrin-koʻrpalarda yakuniy dezinfeksiya ishlari oʻtkazish uchun kameralar dezinfeksiya bloki tashkil etiladi.
241. Statsionar dezinfeksiya kameralari loyiha asosida qurilgan yoki moslashtirilgan xonalarda oʻrnatiladi.
242. Dezinfeksiyalash blokida isitish tizimi, suv taʼminoti, yoritish va ventilyatsiya tizimiga ega boʻlishi kerak.
243. Kamerali dezinfeksiya bloki xonasining maydonlari dezinfeksiya kamerasining soni va gabaritiga javob berishi kerak. Kamera zali koʻndalang toʻsiq bilan alohidalangan ikkita boʻlimdan tashkil topgan boʻladi.
Birinchi yarmi kamerada zararsizlantirilishi lozim boʻlgan buyumlarni qabul qilish, saralash va yuklashga xizmat qiladigan “notoza” hudud (yuklash boʻlimi), ikkinchisi esa “toza” dezinfeksiya qilingan oʻrin-koʻrpalarni moʻljallangan (tushirish boʻlimi) boʻladi.
244. Kamerali dezinfeksiya boʻlimining xonalar tarkibi va maydonlari 23-jadvalda belgilangan.
23-jadval
Kamerali dezinfeksiya bloki xonalarining tarkibi va maydoni*
T/r
Xonalar nomi
Maydoni, m2
oʻrinlar soni
100 — 200
201 — 300
301 — 500
500 tadan ortiq
1.
Oʻrin-koʻrpalarni qabul qilish va saralash xonasi
6
8
8
10
2.
Oʻrin-koʻrpalarni berish xonasi
6
8
8
10
3.
Dezinfeksiya qilingan buyumlarni saqlash xonasi
-
4
5
8
Dezinfeksiya kamera xonalari
4.
Yuklash boʻlimi
10
24
24
24
5.
Tushirish boʻlimi
15
36
40
40
6.
Yuklash va tushirish boʻlimlari oʻrtasidagi shlyuz
3
3
3
3
7.
Yigʻishtirish anjomlari va dezinfeksiya vositalarini jihozlarini saqlash xonasi
-
4
6
6
8.
Sanuzel dush bilan
6
6
6
6
9.
Dezinfeksiya vositalarini ishchi eritmalarini saqlash xonasi
8
10
10
10
Izoh: *tarkibida kamerali dezinfeksiya bloki mavjud boʻlmagan DPM, oʻrin-koʻrpalarda yakuniy dezinfeksiya ishlari boshqa dezinfeksiya stansiyasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.
245. Kamerani boshqarishga doir barcha ishlar tushirish boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi. Dezinfeksiya kamera blokini ikkita hududga ajratib turuvchi toʻsiqda germetik yopiladigan oyna oʻrnatilib, ushbu oyna orqali hujjatlar va kamerali dezinfeksiyadan oʻtmaydigan boshqa buyumlar topshirish uchun geometrik tarzda yopiladigan deraza yoki ikkita eshikchali quticha koʻzda tutiladi.
246. Kamera zalining oʻlchami ushbu turdagi kamera uchun qabul qilingan tashqi oʻlchamiga bogʻliq boʻladi.
247. Dezinfeksion kamera bloki zali xonalarining balandligi tushirish boʻlimida hosil boʻladigan yuqori havo haroratini (25 — 30°S) inobatga olgan holda kamida 3,5 — 4 m boʻlishi kerak.
248. Kamera zalining poli plitka bilan qoplanadi, devorlari esa xonalarni yigʻishtirish va zararsizlantirish uchun namlikka chidamli boʻyoqlar bilan boʻyaladi.
27-§. Tibbiy chiqindilarni markazlashtirilgan utilizatsiya qilish boʻlimi
249. Tibbiy chiqindilarni markazlashtirilgan utilizatsiya qilish boʻlimi DPMning tarkibiy tuzilmasi boʻlib hisoblanadi.
250. Tibbiy chiqindilarni markazlashtirilgan utilizatsiya qilish boʻlimi DPMning maxsus jihozlangan xonalarida joylashtiriladi va B sinfga mansub chiqindilarni yigʻish, vaqtinchalik saqlash va zararsizlantirish ishlari amalga oshiriladi.
251. Tibbiy chiqindilarni markazlashtirilgan utilizatsiya qilish boʻlimini davolash boʻlimlari tarkibida joylashtirish mumkin emas (faqatgina I — IV xavf guruhiga mansub infeksiyalar bilan shugʻullanuvchi laboratoriyalarning zararsizlantirish xonalaridan tashqari).
252. Tibbiy chiqindilarni markazlashtirilgan utilizatsiya qilish boʻlimi DPM hududining xoʻjalik hududida alohida turgan binoda joylashtiriladi.
253. Tibbiy chiqindilarni yondirish usuli bilan utilizatsiya qilinadigan DPMlarda turar joy hamda jamoat binolarigacha boʻlgan masofa amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan belgilanadi.
254. Tibbiy chiqindilarni markazlashtirilgan utilizatsiya qilish boʻlimida suv, oqova suv tizimi, elektr energiya, ventilyatsiya hamda isitish tizimi boʻlishi kerak.
255. Tibbiy chiqindilarni markazlashtirilgan utilizatsiya qilish boʻlimi xonalari tarkibi, katta-kichikligi, qurilmalarning joylashuvi boʻyicha texnologik jarayon ketma-ketlik qoidalariga rioya etilishi hamda “toza” va “notoza” hududlarga boʻlinishi kerak.
256. Tibbiy chiqindilarni markazlashtirilgan utilizatsiya qilish boʻlimi hududida chiqindilarni yigʻish, ularni zararlantirish, vaqtincha saqlash va tashish uchun qoʻllanilgan aravachalar, konteynerlar va boshqa uskunalar shu yerda zararsizlantiriladi.
257. Boʻlim xonalari shartli ravishda quyidagi hududlarga boʻlinadi:
“notoza” hududga B sinfga mansub tibbiy chiqindilarni qabul qilish, vaqtincha saqlash va ishlov berish (zararsizlantirish) uskunalari bilan jihozlangan xonalar, yuvish, zararsizlantirish va tarqatish xonalari kiradi. Chiqindilar miqdori koʻp boʻlmagan holatlarda hosil boʻlgan tibbiy chiqindilarni vaqtincha saqlash alohida xonada amalga oshirish mumkin.
“Toza” hududga xodimlar xonasi, sanuzel yuvinish xonasi bilan va chiqindilarni tashish uchun moʻljallangan yuvilgan uskunalar saqlash xonalari kiradi.
258. Markazlashtirilgan utilizatsiya boʻlimi patalogoanatomik chiqindilarni saqlash uchun sovutgich bilan jihozlanish lozim.
259. Boʻlim xonalari devorlari, pol va shift qismlari qoplamalari tekis boʻlishi va namli tozalash va dezinfeksiya ishlari oʻtkazish uchun chidamli boʻlishi kerak.
260. Pollar namlikka, mexanik taʼsirga chidamli va sirgʻanmaydigan boʻlishi kerak.
261. Jihozlarning ustki va ichki yuzalari tekis boʻlishi va namli tozalash va dezinfeksiya ishlari oʻtkazish uchun chidamli boʻlishi kerak.
262. Barcha xonalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari darajasida tabiiy va sunʼiy yoritilgan boʻlishi lozim.
263. Ushbu boʻlimda joylashgan xonalarning havo almashinuvi mikroiqlim koʻrsatkich meʼyorlari va ishchi hudud havosidagi havoni ifloslantiruvchi moddalar miqdori amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan koʻrsatkichlardan yuqori boʻlmasligini taʼminlanishi kerak.
264. Ishlab chiqarish xonalarida havo harorati 18 — 25oS oraligʻini xamda nisbiy namlik 75 foiz ni tashkil etish kerak.
265. Boʻlimning asosiy ishchi xonalari (chiqindilarni yigʻish, zararsizlantirish, vaqtincha saqlash, uskunalarni yuvish va tozalash) yuvish kranlari bilan jihozlanishi va pollarda nishab (trap) hamda poddonlar boʻlishi lozim.
266. Chiqindilarni zararsizlantirish xonalarida qoʻllarni yuvish uchun chigʻanoqlar oʻrnatilishi kerak.
267. Jihozlar va uskunalar joylashtirilayotganda barcha jihozlar va uskunalar atrofida bemalol yurish imkoni boʻlishi kerak. Devorlardan jihozlargacha kamida 0,6 m, ishlash hududi tomonidan kamida 1,0 m. uzunligida boʻlgan masofa boʻlishi kerak. Oʻtish yoʻlaklarining eni kamida 0,6 m tashkil qilishi kerak.
268. Chiqindilarni zararsizlantirish xonalari bakteriotsid lampalar yoki havoni zararsizlantirish uchun boshqa jihozlar bilan taʼminlanishi lozim.
269. Boʻlimning barcha xonalari, jihozlari va uskunalari toza holatda saqlanishi talab qilinadi. Joriy tozalash ishlari kun davomida kamida ikki marta yuvuvchi va zararsizlantiruvchi vositalarni qoʻllagan holda amalga oshirilishi lozim.
270. Mukammal tozalash ishlari amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga asosan haftada bir marotaba oʻtkaziladi.
271. “Toza” va “notoza” hududlar uchun alohida markirovka qilingan yuvish va tozalash anjomlari boʻlishi kerak. Ushbu anjomlar alohida ishlab chiqarish hududlardagi shkaflarda yoki omborxonalarda saqlanib oʻz maqsadlarida ishlatilishi lozim.
272. Tibbiy chiqindilarni markazlashtirilgan utilizatsiya qilish boʻlimi xonalari tarkibi va maydonlari 24-jadvalda belgilangan.
24-jadval
Tibbiy chiqindilarni markazlashtirilgan utilizatsiya qilish boʻlimi xonalari tarkibi va maydonlari
T/r
Xonalar nomi
Maydoni m2.
1.
Tibbiy chiqindilarni qabul qilish va vaqtincha saqlash xonasi
12
2.
Chiqindilarga zararsizlantirish berish xonasi (avtoklav xonasi)
16
3.
Konteynerlarni yuvish, zararsizlantirish va tarqatish xonasi
12
4.
Xodimlar xonasi
10
5.
Sanitariya xonasi dush bilan
6
6.
“G” va “D” sinflariga mansub chiqindilarni vaqtincha saqlash xonasi
12
4-bob. DPM oshxonalariga qoʻyilgan talablar
273. Oshxona va ovqat tarqatish xonalarining tuzilishi, asbob-uskunalari va ularni saqlash, oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish va realizatsiya qilishga sanitariya-gigiyena talablari ushbu sanitariya qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
274. 15 ta oʻringacha boʻlgan shifoxonalarda oshxona uchun ovqatni tayyorlash, idishlarni yuvish va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash hududlariga shartli ravishda boʻlingan bitta xonadan foydalanish mumkin.
275. Alohida binoda joylashgan oshxonalar shifoxonalar davolash boʻlimlari bilan qulay transport tonnellar orqali birlashtiriladi, yuqumli kasalliklar va sil kasalliklariga qarshi shifoxonalar bundan mustasno.
276. Ekspeditsiya xonasining transport tonneli bilan bogʻlash uchun zina-lift tarmoq koʻzda tutiladi.
277. Koʻp tarmoqli shifoxonalar tarkibida yuqumli kasalliklar boʻlimi mavjud boʻlganda ushbu boʻlim uchun oshxonaning xonalari tarkibida kamida 6 m2 maydonga ega boʻlgan ovqat tarqatish uchun ekspeditsiya xonasi tashkil etiladi.
278. Oshxona xonalarini taqsimlashda xom mahsulotlarni saqlash va tayyorlash, tayyor mahsulotlarni taqsimlash hududlarini aniq ajratish lozim. Taomlarni tayyorlashda ishlab chiqarish jarayonining ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilish zarur, bunda xom oziq-ovqat mahsulotlari bilan tayyor mahsulotlar kesishmasligi kerak.
279. Barcha qozon, idish yuvish (shu jumladan ovqat tarqatish xonalarida) suv isitish uchun zaxira titanlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
280. Barcha yuvish vannalari yuqori qabul qilish voronkasidan kamida 20 mm suv uzilishi bilan oqova suv tarmogʻiga ulangan boʻlishi kerak.
281. Oshxona xonalari tarkibi va maydoni 25-jadvalga muvofiq boʻlishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari kunlik zaxira saqlash xonasi (garmanje)
-
6
8
10
10
10
10
10
7.
Ekspeditsiya (tashqariga chiqish yoʻli bilan)
-
6
8
10
12
12
14
14
Ombor xonalari
8.
Sovutgich qurilmalari xonasi
-
10
5
5
6
6
10
10
9.
Quruq mahsulotlar ombori
-
5
5
5
8
8
10
12
10.
Sabzavotlar saqlash ombori
4
8
8
10
12
12
14
16
Yordamchi xonalar
11.
Parhez shifokori/ hamshirasi xonasi
-
-
-
10
10
10
10
10
12.
Xodimlar xonasi
-
10
10
10
12
12
12
12
13.
Sanuzel va yuvinish xonasi
-
6
6
6
6
6
6
6
Izoh: * xona maydoni asbob-uskunalarning soni, oʻlchami va ularni joylashtirish qoidalariga muvofiq belgilanadi.
5-bob. Fitobarga qoʻyilgan talablar
282. Fitobar alohida turgan binoda va shuningdek DPMning birinchi qavatlarida (boshqa qavatlarning umumiy foydalaniladigan yoʻlaklarida) joylashtirilishi mumkin.
283. Amalga oshiradigan faoliyati boʻyicha fitobarning barcha xonalari bir-biri bilan uzluksiz bogʻliq boʻlishi kerak.
284. Fitobar issiq, sovuq suv va kanalizatsiya bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
285. Fitobar xonalar tarkibi va maydonlari 26-jadvalda keltirilgan.
Mahsulotlarni realizatsiya qilish xonasi, shu jumladan:
12
fitomahsulotlarni tarqatish joyi;
4
aholiga xizmat koʻrsatish joyi
8
2.
Fitoichimlik va kokteyllar tayyorlash xonasi
4
3.
Jihozlar va xomashyolar saqlash xonasi (dorixona yoki DPMning omborxonasi bilan birga boʻlishi mumkin)
4
4.
Fitoterapevt xonasi (mavjud boʻlgan taqdirda)
10
286. Fitobarning barcha xonalarida har kuni namli tozalash ishlari oʻtkazilishi kerak.
287. Dorivor oʻtlar va idishlar saqlanadigan shkaflar bir haftada kamida bir marta hamda zarurat boʻlganda doimiy ravishda tozalanishi lozim.
288. Idishlarni yuvish uchun moʻljallangan chigʻanoqlar har kuni tozalanishi va zararsizlantirilishi kerak.
289. Shisha idishlar ishlatilgandan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasida ruxsat etilgan dezinfeksiya vositalarining qoʻllagan holda ushbu dezinfeksiya vositasining yoʻriqnomasiga asosan zararsizlantirilishi lozim.
290. Fitobar xodimlari amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari asosida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishi kerak va ishga kirishdan va ish davomida dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishlari hamda sanitariya minimumidan oʻtishi kerak.
6-bob. Xalq tabobati usullarini qoʻllagan holda tibbiy faoliyat yuritish uchun moʻljallangan xonalarga qoʻyiladigan talablar
291. Xalq tabobati yoʻnalishida tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan xonalar, yer maydonlarda, turar joylarning bir qismida yoki turar va noturar binolarning birinchi qavatlarida joylashtirilishi mumkin.
292. Turar joy va jamoat binolarning birinchi qavatlarida joylashtirilganda, koʻchadan alohida kirish eshigi boʻlishi nazarda tutilishi kerak.
293. Atrof koʻkalamzorlashtirilgan va obodonlashtirilgan boʻlishi kerak.
294. Xonalar issiq va sovuq suv va oqova suv tizimiga ulangan boʻlishi kerak. Markaziy oqova suvlar tizimi boʻlmagan joylarda, suyuq chiqindilar uchun oʻra tipdagi quvurlar koʻzda tutiladi.
295. Havo harorati va havo almashuvlarining hisoblangan meʼyorlari 6-ilovada keltirilgan xonalarning tozalanganlik toifalariga qarab olinadi.
296. Qoʻllarga gigiyenik ishlov berish uchun xonalarda chigʻanoqlar oʻrnatilishi kerak.
297. Teri va shilliq qavatlar butunligi buzilishi bilan oʻtkaziladigan muolaja xonalari ichki pardozi namli tozalash (yuvish) hamda dezinfeksiya ishlarini oʻtkazishga moʻljallangan boʻlishi kerak.
298. Bir marotaba ishlatiladigan tibbiy asboblar ishlatilgandan soʻng amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari asosida zararsizlantiriladi va utilizatsiya qilinadi.
299. Koʻp marotaba ishlatiladigan tibbiy asboblar sterilizatsiya oldi tozalash va sterilizatsiya ishlarini oʻtkazish uchun MSBga topshiriladi.
300. Markazlashtirilgan sterilizatsiya boʻlimi (punkti) (bundan buyon matnda MSB (MSP) deb yuritiladi) tashkil etilayotganda ketma-ketlik qoidalariga rioya etilishi va jihozlanishi kerak.
301. Dorivor oʻsimliklar saqlash omborxonasi quruq boʻlishi va shkaflar hamda javonlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Oʻt (fito) damlamalar tayyorlanadigan xona elektr yoki gaz plitalari bilan jihozlanadi. Oʻt (fito) damlamalar tarqatiladigan xona muzlatgich va ikki uyali chigʻanoq bilan jihozlanadi.
302. Xalq tabobati faoliyatida qoʻllanilayotgan muolaja turiga qarab xonalar tashkil etiladi.
303. Xonalarning tarkibi va maydonlari 27-jadvalga asosan koʻzda tutilishi kerak.
27-jadval
Xalq tabobati usullarini qoʻllagan xolda tibbiy faoliyat yuritish uchun moʻljallangan xonalar tarkibi va maydoni
T/r
Xonalar nomi
Maydoni kamida m2.
1.
Kutish zali
6
2.
Xalq tabobati mutaxassisi xonasi (har bir yoʻnalish boʻyicha alohida)
12
3.
Muolaja xonasi (har bir turdagi muolaja uchun alohida)
12 (teri va shilliq qavatlar buzilishi bilan oʻtkaziladigan muolajalar: quloq teshish, xatna qilish, tanglay koʻtarish, ogʻiz boʻshligʻidan organizmga zid boʻlgan buyumlarni olib tashlash, tilchani kesish, hijoma va b)
4.
Oʻtlar bilan davolash (fitoterapiya)
oʻtlarni saqlash xonasi
3
damlamalarni tayyorlash xonasi
6
damlamalarni tarqatish xonasi
10
5.
Igna bilan davolash xonasi
Bir dona kushetkaga 6, lekin 12 kam boʻlmagan
6.
Girudoterapiya hamda zuluklarni yoʻq qilish xonasi bilan
10+3
Xalq tabobati yoʻnalishi boʻyicha alohida sharoitli xonalar hamda statsionar tashkil etilganda
7.
Yuvish, tozalash anjomlarini va zararsizlantirish vositalarini tayyorlash va saqlash xonasi
3
8.
Yordamchi mahsulotlarni saqlash xonasi (omborxona)
10
9.
Hojatxona
1,2
Izoh: Xalq tabobati yoʻnalishida tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan xonalarni yertoʻla va sokol qavatlarda joylashtirish mumkin emas;
Teri va shilliq qavatlar buzilishi kuzatiladigan muolajalar oʻtkaziladigan taqdirda sterilizatsiya xonalari ushbu sanitariya qoidalarining 15-jadvaliga asosan tashkil etiladi;
Xonalarning ichki pardozi 4-boʻlimda koʻrsatilgan talablarga asosan oʻtkazilishi kerak;
Iqlim va yoritganlik boʻyicha talablar 6-7-boʻlimlarda koʻrsatilgan talablarga asosan taʼminlanishi kerak;
Hovlida hojatxona boʻlgan taqdirda uning ekspluatatsiya qilinishiga eʼtiroz boʻlmaydi.
7-bob. DPM xonalarining ichki pardoziga qoʻyiladigan talablar
304. Davolash muassasalari xonalarining ichki pardozi ularning bajaradigan vazifasidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim. Xonalar devorlari va shiftlarining yuzasi silliq, tirqishlarsiz va namli tozalash va dezinfeksiya ishlari oʻtkazilishiga mos boʻlishi kerak.
305. Palatalar, shifokorlar xonalari, xollar, vestibyullar, oshxonalar, fizioterapiya va boshqa quruq rejimli davolash-diagnostika xonalarining devorlarini silikatli boʻyoqlar (zarurat boʻlganda — moyli boʻyoqlarni qoʻshgan holda) yoki yuviladigan gulqogʻozlar bilan qoplash tavsiya etiladi. Ushbu xonalardagi shiftlarni pardozlash uchun ohakli yoki suv emulsiyali boʻyash usuli qoʻllanilishi mumkin.
306. DPMda shiftlar silliq, bitta yuzada, chang yigʻilishini oldini olish uchun tirqishlarsiz boʻlishi kerak.
307. Pol qoplamasi uning asosiga zich yopishgan boʻlishi kerak. Devorlar va pollarning tutashgan joyi yumaloq kesimga ega boʻlishi, birikish joyi esa havo oʻtkazmaydigan boʻlishi kerak. Linoleum qoplamalari ishlatilganida, ularning devorlar yonidagi cheti plintus ostiga kiritilishi yoki devorga koʻtarib qoʻyilishi mumkin. Linoleumning bir-biriga tutashgan choklari yopishtirilishi lozim, pollar yuqori issiqlik izolyatsiyasi xususiyatiga ega boʻlishi kerak.
308. Vestibyullarda, operatsiya va tugʻruq, reanimatsiya zallarida, bogʻlov va muolaja xonalarida pollar mexanik taʼsir koʻrsatishga chidamli boʻlishi kerak (mramor, keramik plita, italogranit va boshqalar).Ventilyatsion kameralardagi pollar chang yigʻmaydigan qoplamaga ega boʻlishi kerak.
309. Namli rejimga ega boʻlgan, shuningdek namli joriy dezinfeksiya qilinadigan xonalardagi devorlari (operatsiya, operatsiya oldi xonasi, tugʻruq zali va bogʻlov xonalari) toʻliq balandlikda kafel yoki boshqa namga chidamli materiallar bilan qoplanishi kerak. Muolaja, emlash xonasi, reanimatsiya va gemodializ zallari va boshqa shunga oʻxshash xonalar 1,6 m balandlikda kafel yoki boshqa namga chidamli materiallar bilan qoplanishi kerak. Yuvinish xonalari, dushxonalar, sanitariya uzellari, kirxona, oshxona, MSB xonalari namlikka chidamli boshqa materiallar bilan qoplanishi mumkin.
310. Pollarni qoplash uchun suv oʻtkazmaydigan materiallar qoʻllanilishi kerak. Operatsiya xonalari, narkoz xonalari, tugʻruq zallari va boshqa shunga oʻxshash xonalardagi pollar uchqun chiqarmaydigan, antistatik (amaldagi meʼyorlarga muvofiq) boʻlishi kerak.
311. Chigʻanoqlar va boshqa sanitariya-texnik uskunalari oʻrnatilgan joylarda sirlangan plitka yoki boshqa suv oʻtkazmaydigan materiallar bilan poldan 1,6 m balandlikda va uskunalar va asboblarning ikkala tomonidan eniga 20 sm ortiq boʻlgan masofada pardoz qilinishi kerak.
312. Radioaktiv moddalar va boshqa ionlashtiruvchi nurlanish manbai bilan ishlashga moʻljallangan bogʻliq xonalar, rentgen xonalari, elektr va nur bilan davolash xonalari, tish davolash va oftalmologik xonalar, klinik va biokimyoviy laboratoriyalar hamda xususiyati maxsus sharoitlarni talab etadigan boshqa funksional xonalarning pardozi ushbu xonalarga qoʻyilgan amaldagi sanitariya qoidalari va foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalarda keltirilgan talablarga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan davlat standartlari va texnik shartlarga muvofiq bajarilishi lozim.
Tibbiy xodimlarning ish joylarida elektromagnit nurlanishning ruxsat etilgan darajalari mazkur sanitariya qoidalarining 2-ilovasida keltirilgan.
313. Turli konstruksiyali osma shiftlarning qoʻllanilishiga faqatgina epidemiyaga qarshi, dezinfeksiya rejimiga rioya etilishini talab etadigan xonalarda, vestibyullar, yoʻlaklar, xollar va boshqa qoʻshimcha xonalarda yoʻl qoʻyiladi. Bunda osma shiftlarning konstruksiyasi va materiallari germetiklikni va yuzaning silliqligini, ularda namli tozalash va dezinfeksiya qilish imkoniyatini taʼminlashi kerak. Operatsiya xonalari, tugʻruq zallari, bogʻlov, muolaja xonalari, palatalar va boshqa shunga oʻxshash xonalarda osma shiftlar qoʻllanilishi mumkin emas.
314. Operatsiya, tugʻruq zallari va bogʻlov xonalaridan suv va oqova suv tizimi trubalari oʻtmasligi kerak.
8-bob. Xonalarni isitish, ventilyatsiya, mikroiqlim va havo muhitiga qoʻyiladigan talablar
1-§. Xonalarni mikroiqlim va havo muhitiga boʻlgan gigiyenik talablar
315. Isitish, ventilyatsiya va havoni konditsionerlash tizimi DPM xonalarining mikroiqlim va havo muhitini optimal sharoitlarini taʼminlashi lozim.
316. Isitish, ventilyatsiya va havoni konditsionerlash tizimlarini loyihalashtirish, qurish (qayta qurish) va ekspluatatsiya qilishda ushbu sanitariya qoidalari bilan bir qatorda boshqa texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari ham inobatga olinadi.
317. Shifoxonalar, tugʻruq majmualari va boshqa statsionarlar xonalari uchun havo harorati parametrlari ushbu sanitariya qoidalarining 6-ilovasiga muvofiq qabul qilinadi.
318. DPM isitish tizimlari butun isitish mavsumi davomida xonalardagi havoni bir maromda isitilishini taʼminlashi, isitish tizimi ekspluatatsiya jarayonida ajralib chiqadigan hidlar va havoning zararli moddalar bilan ifloslanishini istisno etishi, ruxsat etilgan darajadan oshmaydigan shovqin boʻlmasligi, joriy taʼmirlash va xizmat koʻrsatish uchun qulay boʻlishi kerak.
319. Isitish asboblari sifatida radiatorlar, konditsionerlash tizimlari qoʻllaniladi. Isitish uskunalari tashqi devorlar oldida, derazalar ostida, toʻsiqlarsiz joylashtirilishi lozim. Maʼmuriy-xoʻjalik xonalarida, bolalar shifoxonalari va qator ixtisoslashtirilgan boʻlimlar bundan mustasno boʻlib, isitish asboblari dekorativ panjaralar, toʻrlar yoki teshik devorlar bilan toʻsiladi. Himoya moslamalarning umumiy maydoni 15 foizdan dan oshmasligi va isitish tizimida joriy taʼmirlash va tozalash ishlari oʻtkazishga xalal bermasligi kerak. Isitish uskunalarining yuzasi silliq, boʻyalgan, namli tozalash ishlari oʻtkazish uchun qulay boʻlishi kerak.
320. DPMlarning isitish tizimida issiqlik tashuvchi (radiator panelida) sifatida suv ishlatilishi kerak. Boshqa suyuqlik va eritmalarni foydalanish man etiladi.
321. Markaziy isitish tizimi yuzalarida harorat 85°S tashkil etishi kerak.
322. DPMlarning barcha xonalarida mexanik boshqaruvli havo oqimini keltiruvchi va tortuvchi ventilyatsiya tizimi koʻzda tutiladi. Yuqumli va sil kasalliklari shifoxonalari bundan mustasno boʻlib, bunda tortish ventilyatsiyasi har bir boks va yarim boksda gravitatsion ventilyatsiya deflektor yordamida amalga oshiriladi.
323. Palatalardan havoni tortuvchi ventilyatsiya individual kanallar orqali amalga oshirilishi kerak.
324. DPMlarning barcha xonalarida, operatsiya xonalaridan tashqari, darchalar, ochiq framugalar, eshiklar va derazalar hamda tashqi devorlardagi boshqa moslamalar, shuningdek havoning mexanik boshqaruv boʻlmagan ventilyatsion kanallar orqali tabiiy ventilyatsiya yoʻli bilan amalga oshirilishi kerak. Framugalar, darchalar va tabiiy ventilyatsiyaning boshqa qurilmalari ularni ochish va yopish uchun moslamalarga ega boʻlishi hamda ishchi holatda boʻlishi kerak.
325. Ventilyatsiya va konditsionerlash tizimlari uchun tashqi havoning tortilishi DPM hududidagi toza hududidan yer yuzasidan kamida 1 m balandlikda amalga oshirilishi lozim. Oqib keltiruvchi qurilmalar yordamida uzatiladigan tashqi havo filtrlarda tozalanishi kerak.
326. Konditsionerlash tizimidan operatsiya xonalari, narkoz xonalari, tugʻruq zallari, reanimatsiya va intensiv terapiya palatalariga, operatsiyadan keyingi palatalarga, teri qismi kuygan bemorlar palatalariga, shuningdek yangi tugʻilgan va chala tugʻilgan chaqaloqlarning intensiv terapiyasi palatalariga uzatiladigan havoni avval bakteriologik filtrlarda tozalash tavsiya etiladi. Yozgi va qishki mavsumlarda xonalardagi harorat va havo almashinuvi darajasi parametrlarini ushbu sanitariya qoidalarining 6-ilovasiga muvofiq qabul qilish lozim.
327. Operatsiya, intensiv terapiya, reanimatsiya, tugʻruq palatalarining xonalari, muolaja va tibbiy-texnik jarayoni havoga zararli moddalar ajratilishi bilan kechadigan boshqa xonalar zarurat boʻlgan hollarda mahalliy tortuvchi moslamalar yoki javonlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
328. Havo kanallari, havoni taqsimlovchi va havoni qabul qiluvchi panjaralar, ventilyatsion kameralar, ventilyatsion qurilmalar va boshqa moslamalar tozalikda saqlanishi kerak, mexanik shikastlar, zanglash izlari boʻlmasligi va germetikligi buzilmagan boʻlishi kerak. Barcha drossellovchi moslamalar yengil harakatchan va ularning yopiqlik darajasini aks ettiruvchi koʻrsatkichlarga ega boʻlishi lozim.
329. Ishlab turgan ventilyatorlar va elektr dvigatellari rostlangan boʻlishi, ortiqcha shovqinlarsiz sokin ishlashi hamda konstruksiyalar tebranishini yuzaga keltirmasligi kerak. Ventilyatsiya qurilmalari texnik qavatlarda alohidalangan ventilyatsion kameralarda joylashtirilishi kerak. Ventilyatorlar shovqin va tebranishdan himoya qilish talablari asosida oʻrnatilishi lozim.
330. Filtrlar bir oyda kamida bir marta koʻrikdan oʻtkazilishi va tozalanishi (ifloslanishiga qarab filtrlar almashtirilishi) lozim.
2-§. Palata boʻlimlari asosiy xonalaridagi havoning ratsional almashinuvini tashkil etishga boʻlgan talablar
331. Palatalar va boʻlimlarda havo almashinuvi palata boʻlimlari oʻrtasida, palatalar oʻrtasida va tutash qavatlar oʻrtasida havo oqimini istisno etishi kerak.
332. Palataga havoning oqimi 1 nafar katta yoshdagi va 1 nafar kichik yoshdagi bemorlar uchun soatiga 80 m3/ni tashkil qilishi kerak.
333. Palatalarda izolyatsiya qilingan havo rejimini yaratish uchun ularni loyihalashtirishda soʻruvchi moslama oʻrnatilgan sanuzel bilan bogʻlangan shlyuz koʻzda tutilishi lozim.
334. Palata boʻlimlarining koridor qismida undagi hajmning 50 foiz miqdorida havo almashinuvi darajasiga ega havo oqib keladigan ventilyatsiya oʻrnatilishi zarur.
335. Boʻlimga kirish joyida mustaqil kanalga ega (har bir shlyuzdan) havoni tortuvchi ventilyatsiya oʻrnatilgan holda shlyuz bilan taʼminlash tavsiya etiladi.
336. Palata boʻlimlariga zina-lift uzellaridan havo massalari kelib tushish ehtimolini istisno etish uchun ular oʻrtasida havo bosimini taʼminlagan holda neytral hudud tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
Zinapoyalar, liftlar shaxtalari, koʻtargichlarning tirgaklari, kirxonalarning ishlatilgan choyshablar xonasi havoni tortib oluvchi moslamali havo oqib keladigan-tortiladigan avtonom ventilyatsiya bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
3-§. Operatsiya bloklarning havo almashinuvini tashkil qilishga boʻlgan talablar
337. Shifoxonaning arxitektura rejasi va havo almashinuv tizimlari loyihalashtirishda davolash boʻlimlari va boshqa xonalaridan havoni toza boʻlishini talab qiluvchi operatsiya bloki va boshqa xonalarga yuqumli kasalliklar oʻtishini istisno etishi kerak.
338. Palata boʻlimlari, zina-lift tarmogʻi va boshqa xonalardan operatsiya blokiga havo massalari kelib tushishini oldini olish uchun koʻrsatib oʻtilgan xonalar va operatsiya bloki oʻrtasiga havo bosimiga ega shlyuz oʻrnatilishi zarur.
339. Havo massalari operatsiya xonalardan ularga tutashgan xonalarga (operatsiya oldi va b.), ushbu xonalardan esa koridorga chiqilishi kerak. Yoʻlaklarda havoni tortuvchi ventilyatsiya oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
340. Operatsiya xonalarning pastki hududidan chiqarib tashlanadigan havo miqdori 60 foizni, ustki hududdan esa 40 foiz ni tashkil qilishi kerak. Toza havoning uzatilishi ustki hudud orqali amalga oshiriladi. Bunda havo oqimi havoni tortib oluvchi moslamadan kamida 20 foizga ortiq boʻlishi kerak.
341. Toza va yiringli operatsiya xonalari, tugʻruq bloklari, reanimatsiya boʻlimlari, bogʻlov xonalari, palata seksiyalari, rentgen xonalari va boshqa maxsus xonalar uchun alohidalangan ventilyatsiya tizimlari koʻzda tutilishi zarur.
342. Yangi va qayta qurilayotgan shifoxonalar operatsiya blokining operatsiya stoli ustidagi shiftga laminar oqimga ega maxsus bakterial filtrli ventilyatsiya tizimi oʻrnatilishi kerak. Kardiologiya yoʻnalishidagi shifoxonalarning operatsiya xonalarida havo uch marta tozalashdan oʻtishi lozim.
343. Havoni ventilyatsiya va konditsionerlash tizimlarining profilaktik koʻrik va taʼmirlash tasdiqlangan jadvalga koʻra, lekin yiliga kamida 2-marta amalga oshirilishi kerak. Joriy nosozliklar, nuqsonlarni bartaraf qilish ishlari zudlik bilan amalga oshirilishi kerak. Bir oyda kamida 1-marta filtrlar koʻrikdan oʻtkazilishi, tozalanishi va yoʻriqnomaga koʻra almashtirilishi kerak.
344. Havo harorati, namligi hamda havo muhitining kimyoviy moddalar bilan ifloslanganligi ustidan nazorat, ventilyatsion tizimining ishlashi va havo almashinuvi darajasi quyidagi xonalarda tekshirib borilishi kerak:
operatsiya va operatsiyadan keyingi xonalar, tugʻruq, intensiv terapiya palatalari, fizioterapiya boʻlimlari asosiy funksional xonalari, kuchli taʼsirga ega va zaharli moddalarni saqlash xonalari, dorixona omborlari, dori vositalarini tayyorlash xonalari, laboratoriyalar, terapevtik stomatologiya boʻlimlari, amalgamani tayyorlash xonalari, odam sogʻligʻiga zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan kimyoviy va boshqa moddalar va birikmalar ishlatiladigan maxsus xonalar va kabinetlarda 3 oyda bir marta;
yuqumli va sil kasalliklari shifoxonalarida (boʻlimlarida), bakteriologiya va virusologiya laboratoriyalarida, rentgen xonalarida 6 oyda bir marta, qolgan xonalarda esa 12 oyda bir marta amalga oshiriladi.
345. Davolash muassasasining operatsiya, tugʻruq palatalari, reanimatsiya va intensiv terapiya palatalari, muolaja va boshqa xonalardagi havoning kimyoviy tarkibi ushbu sanitariya qoidalarining 8-ilovada keltirilgan konsentratsiyalardan oshmasligi kerak.
346. Xonalar havo muhitining bakterial ifloslanishi ularning funksiyasi va tozalik sinfidan kelib chiqqan holda ushbu sanitariya qoidalarining 8-ilovasidagi ruxsat etilgan darajadan oshmasligi kerak.
9-bob. Tabiiy va sunʼiy yoritishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
1-§. Tabiiy yoritishga boʻlgan talablar
347. DPM tabiiy yorugʻlik bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
348. Optimal iqlim sharoitlari yaratilganda tabiiy yorugʻliksiz yoki faqat sunʼiy yorugʻlik bilan quyidagi xonalarga ruxsat etiladi:
a) davolash-diagnostika xonalari (operatsiya bloki, ultratovush xonasi, qon tahlillarini yigʻish va roʻyxatga olish xonasi, peshob, najas yigʻish va tekshirish xonasi);
b) fizioterapiya xonalari, trenajer zallari, massaj xonalari, manual davolash xonalari, ignasiz refleksoterapiya xonalari, saunalar, ozokerit, parafin tayyorlash xonalari, prokladkalarni zararsizlantirish xonalari, fotariy, balchiq bilan davolash muolaja xonalari, elektruyquterapiya xonasi, elektroyorugʻlik bilan davolash xonalari, nur diagnostika va davolash xonalari;
v) yordamchi xonalar (markazlashtirilgan sterilizatsiya xonalari, oshxona, idishlarni yuvish, ovqat tarqatish xonalari, ovqatlanish xonalari shu jumladan bemorlar uchun, dezinfeksiya vositalari tayyorlash xonasi, distilftor xonasi, kirxona, murdalar saqlash xonasi, tibbiy chiqindilarni zararsizlantirish xonasi, sanitariya-tozalov xonasi, omborxonalar, kiyinish, yuvinish xonalari, hojatxonalar, dori vositalarini saqlash xonalari, ekspeditsiya, yuklash, arxivlar, barcha turdagi omborlar, ozuqa muhitlarini saqlash xonasi, termostat xonasi va choyshablarni saqlash xonasi);
g) xodimlar xonalari (xodimlarga mashgʻulot oʻtkazish xonalari, konferensiya zallari, dam olish va ovqatlanish xonalari, koʻchma brigadalar xonalari);
e) muhandislik va texnik xonalari (issiqlik punktlari, kompressor, nasos xonalari, ventilyatsion kameralar, server xonalari, binoni ekspluatatsiya qilish boʻyicha ustaxonalar).
349. Tabiiy yoritish bilan loyihalashtiriladigan operatsiya xonalarni shimoliy gorizontlarga (shimoliy-gʻarbiy — SHGʻ, shimoliy — Sh, shimoliy-sharqiy — SHSH) qaratilgan boʻlishi kerak.
350. Davolash boʻlimlarining koridorlari binolarning yon devorlaridagi derazadan tushadigan hamda maydoni 24 m2 boʻlgan yorugʻlik zallar tabiiy yoritishga ega boʻlishi kerak. Yorugʻlik zallari orasidagi masofa 24 m dan va yorugʻlik zaliga 36 m dan oshmasligi kerak. Davolash-diagnostika va yordamchi boʻlinmalari koridorlari chekka yoki yon tomondan tabiiy yoritilishga ega boʻlishi kerak.
351. Binolarning joylashishi va yoʻnalishi 22-martdan 22-sentabrga qadar davrda insolyatsiyaning uzluksiz 3 soatlik davomiyligini taʼminlashi kerak.
352. Yozgi mavsumda toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nurlarining koʻzni qamashtiradigan taʼsiri va isib ketishidan himoya qilish uchun gorizontning 70 — 290° sh.k. sektoriga qaratilgan nur oʻtadigan joylar quyoshdan himoyalovchi moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
2-§. Sunʼiy yoritishga boʻlgan talablar
353. Sunʼiy yoritish mazkur sanitariya qoidalarining 9-ilovasiga muvofiq xonada oʻtkaziladigan vazifalardan kelib chiqqan holda yetarli boʻlishi, boshqariladigan va xavfsiz boʻlishi, koʻzni qamashtiradigan darajada taʼsir koʻrsatmasligi hamda odamga va xonalarning ichki muhitiga oʻzgacha noqulay taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
354. Barcha xonalarda umumiy sunʼiy yoritish koʻzda tutilishi kerak. Alohida funksional hududlar va ish joylarini umumiy yoritishdan tashqari mahalliy yoritish uskunalari ham oʻrnatiladi.
355. Shifoxonalar xonalari sunʼiy yoritilishi lyuminessentli lampalar va choʻgʻlanma lampalar yordamida amalga oshiriladi. Tavsiya etiladigan yoritilganlik manbai, chiroq, lampa turlari DPMlarni loyihalashtirish boʻyicha amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq qabul qilinadi. Qoʻllanilayotgan lyuminessentli yoritgichlar oʻta past shovqinli apparatlar bilan taʼminlanishi kerak.
356. Shiftlarda joylashtiriladigan xonalarni umumiy yoritish yoritgichlari yaxlit (yopiq) tarqatuvchi moslama bilan boʻlishi kerak.
357. Palatalarni yoritish uchun (bolalar va ruhiy kasalliklar boʻlimlaridan tashqari) har bir koyka oldida pol ustidan 1,7 m balandlikda devorga oʻrnatiladigan yoritgichlar (umumiy va mahalliy yoritish) oʻrnatiladi.
358. Bundan tashqari, har bir palatada poldan 30 sm balandlikda eshik oldida oʻrnatilgan maxsus tungi yoritish yoritgichi boʻlishi kerak (bolalar va ruhiy kasalliklar boʻlimlaridan tashqari), palatalarning tungi yoritish moslamasi pol ustidan 2,2 m balandlikda eshik teshigi ustidagi oʻyiq joylarda oʻrnatiladi.
359. Shifokorlar koʻruv xonalarida bemorni koʻrikdan oʻtkazish uchun devor yoritgichlarini oʻrnatish zarur.
10-bob. Suv taʼminoti, isitish tizimi va oqova suv tizimiga qoʻyiladigan talablar
360. Barcha yangi qurilayotgan va faoliyat yuritayotgan DPM suv taʼminoti, oqova suv tizimi, markazlashtirilgan issiq suv va isitish tizimi ventilyatsiya (zarurat boʻlganda havoni konditsionerlash tizimlari) bilan taʼminlanishi hamda boshqa muhandislik kommunikatsiyalariga ulangan boʻlishi kerak. Zarurat boʻlgan hollarda markazlashtirilgan axlat yigʻishtiruvchi qurilmalar va boshqa mexanizatsiya vositalari oʻrnatiladi.
361. 1000 va undan ortiq oʻrinli shifoxonaning oshxona binosidan chiqadigan oqova suvlarini tozalash uchun yogʻ-moylarni ushlashga moʻljallangan qurilma (binodan tashqarida) oʻrnatiladi.
362. Yangi va qayta qurilayotgan DPMlar uchun issiq suv taʼminoti tizimi ishdan chiqqanda yoki uning profilaktika taʼmiri amalga oshirilgan holda zaxiradagi (avariya) issiq suv taʼminoti koʻzda tutilishi lozim.
Mavjud boʻlgan muassasalar uchun avariya issiq suv taʼminoti sifatida sanitariya-tozalov ishlari oʻtkazish xonalari, operatsiya oldi xonalarida va tugʻruq zallarida uzluksiz ishlashga moʻljallangan elektr suv isitish qurilmalari oʻrnatiladi. Ushbu qurilmalardan muolaja xonalari, yangi tugʻilgan chaqaloqlar va 1 yoshga toʻlmagan bolalar boʻlimlarida, yuvinish xonalarida, sanitariya, ovqat tarqatish xonalarida, oshxonalarda hamda sanitariya-gigiyenik va sanitariya-epidemiyaga qarshi rejimlarni talab etadigan boshqa funksional xonalarda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
363. Artezan quduqlari orqali suv bilan taʼminlanadigan DPMlar suv inshooti oʻrnatilgan hududga begona shaxslar va hayvonlar kirishini bartaraf etish uchun atrofi oʻralgan boʻlishi kerak. DPMlarni suv bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida amaldagi QMQ 2.04.01-98-son “Binolar ichki vodoprovodi va kanalizatsiyasi” talablari asosida shifoxonalarda 1 ta oʻrin va ambulatoriya-poliklinika muassasalarida 1 ta qatnovga belgilangan meʼyor asosida suv yigʻish idishlari oʻrnatilishi koʻzda tutilishi kerak. Suv yigʻish minoralari germetik, zanglamaydigan materiallardan tayyorlangan va boʻyalgan boʻlishi kerak. Suv yigʻish idishlari vaqti-vaqti bilan tozalanish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
364. Har bir DPMda markazlashtirilgan sterilizatsiya boʻlimi, operatsiya xonalari, reanimatsiya boʻlimlari va intensiv palatalar, qon quyish stansiyalari hamda dori vositalari (shu jumladan vaksina) omborxonalarida uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida qoʻshimcha fazalar, yoqilgʻi saqlash joylari va generatorlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
11-bob. Sanitariya-texnik, tibbiy, texnologik va boshqa uskunalar, mebel va jihozlarga boʻlgan gigiyenik talablar
365. Tibbiy, texnologik, sanitariya-texnik, muhandislik va boshqa asbob-uskunalar, mebel va jihozlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida amaldagi boʻlgan davlat standartlariga javob berishi, ishchi holatda boʻlishi hamda namli tozalash va dezinfeksiya qilish imkoniyati va bajarilishini taʼminlovchi gigiyenik qoplamaga ega boʻlishi kerak.
Ishdan chiqqan, nosoz asbob-uskunalar, mebel va jihozlar darhol almashtirilishi yoki taʼmirlanishi, yaroqsiz holga kelgan narsalar esa oʻz vaqtida hisobdan chiqarilishi lozim. Nosoz holatdagi yoki nuqsonlarga ega boʻlgan asbob-uskunalar, mebel va jihozlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Foydalanilmaydigan asbob-uskunalar, mebel va jihozlar omborlarda saqlanishi lozim.
366. Sanitariya-texnik asboblar va qurilmalar (kranlar, chigʻanoqlar, vanna xonalari, unitazlar, pissuarlar va boshqalar) soz holatda boʻlishi, zangdan va boshqa quyqalardan tozalanishi, yoriqlar va boshqa nuqsonlarga ega boʻlmasligi kerak. Nosoz asboblar darhol almashtirilishi kerak.
367. Davolash boʻlimlaridagi bemorlar hojatxonalari kabinalar, qoʻllar uchun elektr quritish moslamalari yoki bir martalik salfetka-sochiqlar va oynalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ayollar palata seksiyalari hojatxonalarida ayollar gigiyenasi kabinasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
368. Bemorlar palatalarida (shu jumladan bolalar va yangi tugʻilgan chaqaloqlar palatalarida) shifokorlar xonalarida, hojatxonalarda, bokslar va yarim bokslar shlyuzlarida, bolalar boʻlimlari qoshidagi onalar xonalarida, muolajalar xonalarida va yaralarni bogʻlash xonalarida issiq va sovuq suv bilan taʼminlangan chigʻanoqlar oʻrnatilishi hamda joʻmrak bilan jihozlanishi lozim. Markazlashtirilgan suv taʼminoti mavjud boʻlmaganda suv zaxirasiga ega boʻlgan sigʻimlar, sovuq suvli chigʻanoqlar va mahalliy isitish qurilmalari oʻrnatilishi zarur.
369. Alohida rejim va tibbiy xodimlar qoʻllarining tozaligini talab etadigan operatsiya oldi, bogʻlov xonalari, tugʻruq zallari, muolaja xonalari, yangi tugʻilgan chaqaloqlar va onalar uchun individual palatalar va boshqa xonalarni (elektron) tirsak kranlari oʻrnatilgan chigʻanoqlar bilan jihozlanishi lozim. Yuqumli kasalliklar, sil kasalliklari, teri-tanosil boʻlimlarida koʻrsatib oʻtilgan xonalar bilan birgalikda bokslar, yarimbokslar shlyuzlarida va xodimlar uchun hojatxonalarda tirsak kranli chigʻanoqlarni oʻrnatish, shuningdek barcha hojatxonalarda pedalli suv chiqarish qurilmalarini jihozlash zarur.
370. Ona va bola birgalikda yotadigan palatalarda, yangi tugʻilgan chaqaloqlar intensiv palatalarida bolalarni yuvintirishda qulayliklar yaratadigan chigʻanoqlar oʻrnatiladi.
371. Tugʻruq majmualari (boʻlimlari) palatalarida markazlashtirilgan suv taʼminoti mavjud boʻlmaganda yangi tugʻilgan chaqaloqlar gigiyenik yuvintirish uchun idishlarni (chigʻanoqlar) oʻrnatish zarur.
372. Davolash boʻlimlarining sanitariya xonalari tuvaklar va boshqalarni buyumlarni dezinfeksiya qilish vositalari va anjomlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
373. Somatik kasalxonalarning boʻlimlaridagi hojatxonalarda ochkolar soni erkaklar hojatxonalarida 15 kishi uchun 1 ta unitaz hamda ayollar hojatxonalarida 10 kishi uchun 1 ta unitaz nazarda tutiladi. Erkaklar hojatxonalarida pissuarlar soni unitazlar soniga teng boʻlishi kerak.
374. Tibbiy xodimlar uchun sanitariya-maishiy xonalarida quyidagilarni koʻzda tutish tavsiya etiladi:
a) boʻlimlarda — ayollar uchun kamida 2 ta va erkaklar uchun 1 ta unitaz koʻzda tutilishi kerak;
b) yuqumli kasalliklar va sil kasalliklari boʻlimlaridagi dush kabinalarining soni 10 kishiga 1 ta dush kabinasi hisobidan, boshqa boʻlimlarda 15 kishi uchun 1 ta dush kabinasi hisobidan, undan kam boʻlgan boʻlimlarda 1 ta dush kabinasini koʻzda tutish lozim.
375. Operatsiya bloklarida xodimlar (erkaklar va ayollar) uchun sanitariya-tozalov xonalari, dushxona, yechinish va kiyinish xonalari nazarda tutilishi kerak.
Dushxonalari (2 — 4 ta operatsiya xonasi uchun har bir sanitariya koʻrigidan oʻtkaziladigan joyda 1 ta kabina hisobidan) shunday tarzda joylashtirilishi lozim va ular orasidagi oʻtish yoʻli chiqish joyida boʻlishi kerak.
376. Bolalar boʻlimlarining qabulxonalarida xodimlar uchun kiyinish xonasi hamda 5 kishiga 1 ta dush kabinasi hisobidan dushxonalarga ega boʻlgan sanitariya-tozalov xonalari boʻlishi lozim.
377. Palatalarda bemor oʻrinlari gigiyenik normalarga qatʼiy rioya qilgan holda, lekin palatada 4 tadan ortiq boʻlmagan koykalar hisobidan oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Palatalardagi koykalarni derazali devorlarga parallel ravishda bir qator tarzda joylashtirilishi kerak. Koykalardan derazali devorlargacha boʻlgan masofa kamida 0,9 m boʻlishi kerak. 4 ta koykali palatalarda koykalar yoni orasidagi masofa, shuningdek 2-3 ta koykali palatalardagi koykalar yoni va devorlar orasidagi masofa kamida 1,3 m, tiklanish davolash kasalxonalarida esa — 1,6 m boʻlishi kerak.
378. Palatalardagi oʻrinlarni uzun yonlari orasidagi masofalar kamida 0,8 m, bolalar palatalarida va tiklanish davolash palatalarida esa — kamida 1,2 m boʻlishi lozim.
379. Palatalarda krovat oldidagi tumbochkalar va stullar oʻrinlar soniga qarab qoʻyilishi kerak.
380. Boʻlimlarni kichik mexanizatsiya vositalari (dori-darmonlar, kiyimlar va choyshablar, ovqatlarni va boshqalarni tashish aravachalari) bilan boʻlimning yoʻnalishidan kelib chiqqan holda zaruriy miqdorda jihozlash tavsiya etiladi.
381. Boʻlimlardagi choyshablarni saqlash omborlari namli tozalov va dezinfeksiya qilishga moʻljallangan gigiyenik qoplamali stellajlar bilan jihozlanadi. Umumiy kiyimlar va choyshablar ombori stellajlar, shuningdek choyshablarni saralash stollari, zarurat boʻlgan hollarda esa pandusli yoki koʻtarish mexanizmli choyshablarni qabul qiluvchi lyuklar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
12-bob. DPM tibbiy xodimlari mehnat sharoitlariga boʻlgan gigiyenik talablar
382. DPMlarda faoliyat yurituvchi tibbiy va boshqa xodimlarning asosiy funksional va ish joylarida mikroiqlim va havo muhitining meʼyoriy koʻrsatkichlari (havo harorati, namligi va havoni harakatlanish tezligi, kimyoviy va bakteriologik tarkibi) taʼminlangan boʻlishi kerak.
383. Asbob-uskunalarning joylashtirilishi va ulardan foydalanish texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
384. Operatsiya va tugʻruq bloklarida havo boʻshligʻiga chiqarilayotgan dori vositalari bugʻlarini chiqarib tashlovchi shlanglar (havo tortuvchi moslamalar) yoki faol koʻmirli shimib oluvchi filtrlar yordamida yoʻqotadigan va singdirib oladigan asbob-uskunalarsiz narkoz va boshqa apparatlar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
385. Gazlarni uzatish tizimining germetizatsiyasi buzilgan narkoz va nafas olish apparatlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
386. Muolaja xonalarida, aerozol-ingalyatsion xonalarda, bogʻlov xonalari va sterilizatsiya boʻlimlarida yuqori faol dori vositalarini qoʻllash bilan bogʻliq muolajalar bilan havoni tortuvchi javonlar, shuningdek oqova suv tizimiga ega chigʻanoqlar koʻzda tutilishi kerak.
387. Davolash, tugʻruq komplekslari va boshqa statsionarlarda faoliyat yurituvchi tibbiy xodimlar va boshqa ishchilar uchun sanitariya-maishiy xonalari mavjud boʻlishi kerak.
388. Shifoxona va boshqa statsionarlarning faoliyat yurituvchi xodimlar uchun sanitariya-maishiy xonalarning jihozlanishi quyidagicha boʻlishi tavsiya etiladi:
a) xodimlar kiyinish xonalardagi javonlarning soni xodimlarning roʻyxatdagi tarkibiga 100 foiz ga mos kelishi kerak;
b) kiyinish xonalarning maydoni 1 ta ilgak uchun kamida 0,08 m2 hisobidan qabul qilish lozim;
v) uy va maxsus kiyimlar uchun moʻljallangan maydonini 1ta javon uchun kamida 0,4 m2 hisobidan qabul qilish lozim. Kiyinish xonalari ishlovchilarning soniga qarab shaxsiy (uy) va ishchi (sanitariya) kiyimi, poyabzali va bosh kiyimlar alohida saqlanishini taʼminlaydigan ikki tavaqali yopiladigan ventilyatsiya qilinadigan javonlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak;
g) dush kabinalari va sanitariya asboblarining soni mazkur sanitariya qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qabul qilish lozim;
d) ayollar uchun oʻz tarkibida egiluvchan shlangli hamda issiq va sovuq suv bilan taʼminlangan shaxsiy gigiyena xonasini (xonalarini) koʻzda tutilishi lozim. Dush kabinalar oʻlchami kamida 1,2x1,8 m boʻlishi kerak. Dush kabinalarida ichki va ustki kiyim uchun ilgaklar boʻlishi kerak.
389. Tibbiy xodimlarni issiq ovqat bilan taʼminlash uchun shifoxonalar va boshqa statsionarlarda oshxonalar yoki bufetlar (xodimlar soniga qarab) koʻzda tutilishi lozim. Oshxona va bufetlardagi oʻrindiqlar sonini 100 ta xodimga 10 — 12 oʻrin koʻzda tutilishi lozim.
390. Tibbiy xodimlar ovqatlanishi uchun moʻljallangan oshxona va bufetlar xonalari tarkibi va maydoni umumiy ovqatlanish korxonalarini loyihalashtirish va ekspluatatsiya qilish amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq qabul qilinadi.
391. Har bir tarkibiy boʻlinmada maydoni 10 m2 dan kam boʻlmagan va shuningdek sovutgich, elektr va suv isitish asboblari, qoʻl yuvish uchun chigʻanoqlari bilan jihozlangan xodimlar uchun xonalar koʻzda tutilishi lozim.
392. Tibbiy xodimlar Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtishlari lozim.
393. Alohida ixtisoslashgan boʻlinmalar va xonalarda (dorixona, klinik, biokimyoviy, bakteriologik va boshqa laboratoriyalar, MSB, fizioterapiya boʻlimlari va xonalari, rentgen xonalari, oshxona, kirxona va dezinfeksiya kamera bloki va h.k.larda) mehnat sharoitlari boʻyicha sanitariya-gigiyena shartlari ushbu boʻlimlarda ishlash boʻyicha maxsus yoʻriqnomalar va qoidalar bilan belgilanadi.
13-bob. Xonalar, asbob-uskunalar va jihozlarni saqlashga oid sanitariya qoidalari
394. Barcha xonalar, asbob-uskunalar, tibbiy va boshqa jihozlar toza saqlanishi kerak. Xonalarda namli tozalash ishlarini oʻtkazish (pollarni yuvish, mebellarni, asbob-uskunalarni, deraza oldilari, eshiklarni va boshqalarni artib chiqish) yuvuvchi vositalaridan foydalangan holda bir sutkada kamida 2-marta amalga oshirilishi lozim. Zarurat boʻlganda, joriy tozalash ishlari kuniga bir necha marta amalga oshiriladi, deraza oynalari 3 oyda kamida 1-marta tozalanishi kerak.
395. Xonalarda namli tozalash ishlarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat etilmagan yuvuvchi va dezinfeksiya vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Barcha yigʻishtirish anjomlari (chelaklar, togʻora, lattalar va b.) xonalar va yigʻishtirish ishlarining turi koʻrsatilgan aniq markirovkaga ega boʻlishi va shu maqsadda ishlatilishi hamda alohida saqlanishi kerak. Lattalar toza va quruq holda saqlanishi lozim.
396. Palata boʻlimlarining xonalari, boshqa funksional xonalarni umumiy tozalash ishlari bir oyda kamida 1-marta tasdiqlangan jadvalga koʻra devorlar, pollar, barcha asbob-uskunalar puxtalik bilan artilib, shuningdek mebellar, yoritgichlar, jalyuzilar va boshqalarni changlardan tozalash ishlari amalga oshirilishi lozim.
397. Operatsiya bloki, bogʻlov xonalari, tugʻruq zallari umumiy tozalash (kundalik joriy tozalash va dezinfeksiya ishlaridan tashqari) xonalar asbob-uskunalar, mebellar va boshqa jihozlardan boʻshatilgan holda haftada bir marta amalga oshirilishi lozim. Muassasada yuvish va dezinfeksiya qilish vositalarining doimiy zaruriy uch oylik zaxirasi mavjud boʻlishi kerak. Axlat va boshqa chiqindilarni yigʻish uchun yoʻlaklarda, hojatxonalarda va boshqa tibbiy-texnik jarayon bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xonalarda pedalli chelaklar boʻlishi kerak.
398. Sterillikni, aseptika va antiseptika rejimiga rioya etilishini talab etadigan xonalar (operatsiya xonalari, bogʻlov xonalari, tugʻruq zallari, reanimatsiya, yangi tugʻilgan va 1 yoshga toʻlmagan chaqaloqlar palatalari, muolaja xonalari, yuqumli kasalliklar bokslari, bakteriologik va virusologik laboratoriyalar bokslari va boshqalar) yigʻishtirilganidan soʻng, shuningdek joriy foydalanish jarayonida vaqti-vaqti bilan 1 m3 xona uchun lampa quvvati 1 Vt hisobidan statsionar yoki koʻchma bakteritsid lampalar yordamida zararsizlantirish kerak. Bakteritsid lampalardan foydalanishda ularni qoʻllash yoʻriqnomalariga qatʼiy rioya qilinishi lozim.
399. Palatalarni hamda toza havoga ehtiyoji boʻlgan boshqa xonalarni darchalar, framugalar orqali shamollatishni bir sutkada kamida 4-marta amalga oshirish zarur.
400. Jarrohlik statsionarlari (boʻlimlari) va tugʻruq komplekslari (boʻlimlari) yiliga 1-marta kosmetik taʼmirdan, profilaktik yuvish va zararsizlantirish ishlari oʻtkazish uchun yopilishi kerak. Joriy nuqsonlarni bartaraf etilishi (shiftlar va devorlarda suv oqish va namlanishlarni, zaxlik va mogʻor izlarini yoʻq qilish, yoriqlar, kovak va oʻnqir-choʻnqirlarni tekislash, tushib ketgan pardozlash plitkasini, pol qoplamalari nuqsonlarini tiklash va boshqalar) darhol amalga oshirilishi lozim.
401. Yaroqsiz boʻlib qolgan yoki eskirgan muhandislik asbob-uskunalari, isitish, ventilyatsiya tizimlari, oqova suv quvurlari tarmoqlari, sanitariya-texnik asbob-uskunalari, elektr tarmoqlari va boshqalar almashtirish ishlari binolar va xonalarning mukammal taʼmirlash ishlari ularning sanitariya-texnik holatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim, zarurat boʻlgan hollarda kapital taʼmirlash ishlari qayta qurish ishlari bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin.
402. Joriy yoki kapital taʼmirlash ishlari oʻtkazish davrida DPMlarning ish faoliyati toʻxtatilishi lozim.
403. Har yili, isitish mavsumigacha 2 haftadan kechiktirmasdan barcha xonalar qishki mavsumga tayyorlanishi (isitish, ventilyatsiya va havoni konditsionerlash tizimlari, derazalar butunligi, isitilganligi, derazalar, eshiklar, tamburlar tirqishlari yopishtirilganligi profilaktika tekshiruvi taʼmirlash va boshqalar) kerak.
404. Shifoxona maʼmuriyati barcha xonalarda dezinfeksiya xizmati bilan tuzilgan shartnomalarga asosan hasharotlar va kemiruvchilarga qarshi profilaktik dezinfeksiya ishlarini doimiy ravishda tashkillashtirishi hamda ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun xonalar tayyorlanishini (boʻshatilishini) taʼminlashi lozim.
405. DPMda sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning bajarilishi, ularda sanitariya qoidalarga rioya etilish holatiga har tomonlama toʻliq va obyektiv baho berish maqsadida tekshiruvlar kerakli hajmda laboratoriya-instrumental usullardan foydalangan holda olib boriladi.
406. DPM xonalarining havosidagi dori-darmon vositalarining ruxsat etilgan konsentratsiyalari va xavflilik sinflari 7-ilovada keltirilgan.
407. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati 10-ilovada keltirilgan.
Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 1-ILOVA
Tibbiy-diagnostika markazlarini joylashtirish, ularning binolari, inshootlari va xonalariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
1. Tibbiy-diagnostika markazlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq qurilishi lozim.
2. Binoga kirish joylari panduslar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Panduslar yoki zinapoyalar kamida 0,9 m balandlikda toʻsilgan boʻlishi, 0,9 m balandlikdagi tutqichlar bilan tugashi hamda pandus yoki zinapoyaning uzunligidan kamida 0,3 m ga oshishi kerak. Tutqichlarning diametri 0,05 m dan oshmasligi kerak.
3. Tibbiy-diagnostika markazlari binolari besh qavatdan baland boʻlmagan holda loyihalashtirilishi kerak, bunda ikki va undan ortiq qavatli binolarda lift yoki mexanik koʻtargichlarni nazarda tutish zarur.
4. Tibbiy-diagnostika markazlari binolari va xonalarining arxitektura-rejalashtirish va konstruktiv yechimlari optimal sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi rejimlarni, aholiga tibbiy yordam koʻrsatish uchun sharoitlar va tibbiyot xodimlari uchun optimal mehnat sharoitlari yaratilishini taʼminlashi kerak.
5. Tibbiy-diagnostika markazlari binosiga kirishda boksli filtr sanuzel va shlyuz koʻzda tutilishi kerak.
6. Kompyuter tomografiyasi (KT), magnit-rezonans tomografiyasi (MRT) xonalarining maydoni va tarkibi jihozlarning markasi va ishlash prinsipiga bogʻliq boʻladi.
7. Kompyuter tomografiyasi xonasi, rentgen xonasi, bakteriologik tekshiruvlar laboratoriyasi xonasining derazasini shimol, shimoliy sharq shimoliy gʻarbga 45° va janubroq kenglikda; tashxis qoʻyish xonalari (ultratovush tashxisi, elektrokardiografiya, elektroensefalografiya va boshqalarni) esa shimol, shimoliy sharq, janub, janubiy sharq va shimolga qaratib solinishi lozim.
8. Xonalar sanitariya tarkibi, asbob-uskunalar va jihozlarga boʻlgan talablar ushbu sanitariya qoidalari talablariga javob berishi kerak.
9. Tibbiy-diagnostika markazlarida mehnat qilayotgan tibbiy xodimlarning mehnat sharoitlariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar ushbu sanitariya qoidalari talablariga javob berishi lozim.
Tibbiy-diagnostika markazlari asosiy xonalarining tarkibi va maydoni
Tashxis qoʻyish apparatini boshqarish xonasi (pultxona)
12
7.5.
Asbob-uskunalarni saqlash xonasi, fotolaboratoriya
12
8.
Faradey kamerasi
18
8.1.
Xodimlar xonasi
24
9.
Kompyuter tomografiyasi xonasi
42
9.1.
Tashxis qoʻyish apparatini boshqarish xonasi (YUPS pultxonasi)
25
9.2.
Tomografning energiya taʼminoti xonasi
10
9.3.
Xodimlar xonasi
20
10.
6-kesimli kompyuter tomografiyasi xonasi
25
10.1.
Tashxis qoʻyish apparatini boshqarish xonasi
15
10.2.
Tomografning energiya taʼminoti xonasi
12
10.3.
Xodimlar xonasi
20
11.
Ultratovush tashxisi — UTT xonasi 1 ta qurilma uchun
12
11.1.
Bemorlarni yechintirish va kiyintirish xonasi
6
12.
Qoʻshimcha xonalarning tarkibi va maydoni
12.1.
Shifokor xonasi
12
12.2.
Katta tibbiy hamshira xonasi
12
12.3.
Xoʻjalik bekasi xonasi
8
12.4.
Xodimlarning dam olish xonasi
16
12.5.
Xodimlarning shaxsiy gigiyenasi xonasi
5
12.6.
Yigʻishtirish jihozlari ombori
4
12.7.
Ishlatilgan choyshablarni saralash va vaqtincha saqlash xonasi
4
12.8.
Xodimlar uchun hojatxona
3
12.9.
Bemorlar, shu jumladan nogironlar va harakati cheklangan shaxslar uchun moʻljallangan hojatxonalar
5
12.10.
Jismoniy tarbiya mashgʻulotlari xonasi
25
12.11.
Bufet, idishlarni yuvish uskunasi bilan
15
Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 2-ILOVA
Tibbiy xodimlarning ish joylarida elektromagnit nurlanishning ruxsat etilgan darajalari
T/r
Jismoniy omil nomi
Ruxsat etilgan darajalari
1
2
3
1.
Doimiy magnit maydon kuchlanishi
10 mTl
2.
Elektrostatik maydonning kuchlanishi
Xodimlarning ish joyida boʻlish vaqtiga qarab belgilanadi, lekin 1 s davomida 60 kV/m dan yoki ish kuni davomida 20 kV/m dan oshmasligi kerak
3.
50 Gs oʻzgaruvchan magnit maydonining kuchlanishi
Xodimlarning ish joyida boʻlish vaqtiga qarab belgilanadi, lekin ish kuni davomida umumiy taʼsir koʻrsatishda 100 mkTl va mahalliy taʼsir koʻrsatishda 1000 mkTl dan oshmasligi kerak
4.
50 Gs oʻzgaruvchan elektr tokining kuchlanishi
Xodimlarning ish joyida boʻlish vaqtiga qarab belgilanadi, lekin ish kuni davomida 25 kV/m yoki 5 kV/m dan oshmasligi kerak
5.
10 — 60 kGs diapazonida elektromagnit nurlanish:
Xodimlarning ish joyida boʻlish vaqtiga qarab belgilanadi, lekin undan ortiq emas
elektr maydonining kuchlanishi
ish kuni davomida 50 V/m
magnit maydonining kuchlanishi
ish kuni davomida 5 A/m
6.
30 kGs dan (0,03 MGs dan) 300 MGs gacha diapazondagi EMN energetik ekspozitsiyasi
Taʼsir koʻrsatish davomiyligiga qarab belgilanadi
ish kuni davomida elektr maydonining quyidagi chastotadagi kuchlanish:
0,03 — 3 MGs
50 V/m
3 — 30 MGs
30 V/m
30 — 300 MGs
10 V/m
ish kuni davomida magnit maydonining quyidagi chastotadagi kuchlanish:
0,03 — 3 MGs
5 A/m
30-50 MGs
0,3 A/m
300 MGs-300 GGs chastota diapazonida energiya oqimining zichligi
25 mkVt/sm2
7.
Infraqizil (issiqlik) nurlanish intensivligi
Ish kuni davomida 100 Vt/m2
8.
Ultrabinafsha nurlanish intensivligi
Ish kuni davomida 50,0 Vt/m2 (UF-A)
Ish kuni davomida 0,05 Vt/m2 (UF-V)
Yoʻl qoʻyilmaydi (UF-S)
9.
Video displey terminallari va shaxsiy EHMlarining ish kuni davomidagi elektromagnit nurlanishi:
ish joyida elektr maydonining kuchlanishi
25 V/m (5 Gs — 2 kGs chastotasi diapazonida)
2,5 V/m (2-400 kGs chastotasi diapazonida)
ish joyida magnit oqimi zichligi
250 nTl (5 Gs — 2 kGs chastotasi diapazonida)
25 nTl (2 — 400 kGs chastotasi diapazonida)
elektrostatik maydon kuchlanishi
15 kV/m
yuzaki elektrostatik potensial
500 V
Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 3-ILOVA
DPM xonalarida tibbiy-texnika uskunalari tovushining ruxsat etilgan darajasi
T/r
Tibbiy texnika buyumlari guruhi
Tovush bosimi darajasi, oktavali guruhlarda oʻrta geometrik chastota bilan dB, Gs
Tovush darajalari, tovush darajasiga ekvivalent boʻlgan LA, LAekv, dBA
63
125
250
500
1000
2000
4000
8000
1.
I
71
61
54
49
45
42
40
38
50
2.
II
75
66
59
54
50
47
45
43
55
3.
III
79
70
63
58
55
52
50
49
60
Izoh:
1. Koʻrsatib oʻtilgan tovush parametrlarini jadvalga shovqin taʼsiri ostiga tushadigan kontingentga qarab belgilash kerak:
I guruh — bemorlar;
II guruh — katta va oʻrta tibbiy xodimlar;
III guruh — kichik tibbiy va qoʻshimcha texnik xodimlar.
2. Qisqa rejimda (20 daqiqadan ortiq emas) qayta ishlaydigan tibbiy-texnika buyumlari uchun tovush darajasi jadvalda koʻrsatilganidan 5 dBA ga oshishiga yoʻl qoʻyiladi.
Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 4-ILOVA
Ish joylarida havo ultra tovushining ruxsat etilgan darajasi
T/r
Oktava chiziqlarining oʻrta geometrik chastotalari, kGs
Tovush bosimi darajalari, dB
1.
12,5
80
2.
16,0
90
3.
20,0
100
4.
25,0
105
5.
31,5 — 100,0
120
Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 5-ILOVA
Mehnat jarayonining ogʻirlikning ruxsat etilgan darajasi
Mehnat jarayonida kuchlanish toifasi
Mehnat jarayoni ogʻirlik toifasi
Yengil jismoniy yuklama
Oʻrtacha jismoniy yuklama
1-darajali ogʻir mehnat
2-darajali ogʻir mehnat
3-darajali ogʻir mehnat
1
2
3
4
5
6
Yengil darajadagi kuchlanish
80
80
75
75
75
Oʻrta darajadagi kuchlanish
70
70
65
65
65
1 darajali kuchlanishli mehnat
60
60
-
-
-
2 darajali kuchlanishli mehnat
50
50
-
-
-
Izoh: Mehnat jarayonining ogʻirlik toifasi amaldagi sanitariya qoidalari va normalari talablari bilan belgilanadi.
Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 6-ILOVA
DPM xonalarining taxminiy harorati, havo almashinuv darajasi va tozaligi boʻyicha toifalari
T/r
Xonalar nomi
Havo haroratioS
Havo almashinish darajasi
Xonalarni tozalik darajasi
Tabiiy havo almashinuvidahavoni tortib olish darajasi
qish
Yoz
Havo kirishi
Havochiqishi
1.
Katta yoshdagi bemorlar palatalari, bolalar boʻlimlarida onalar uchun xonalar, gipoterapiya xonalari
20 — 22
25 — 27
1 ta oʻrin uchun 80 m3/s
100 foiz
toza
2
2.
Sil bilan kasallangan bemorlar (katta yoshdagi, bolalar) palatalari
22-23
25 — 33
1 ta oʻrin uchun 80 m3/s
notoza
2
80 foiz
100 foiz
3.
Gipotereiz bilan kasallangan bemorlar uchun palatalar
23-24
26 — 33
1 ta oʻrin uchun 80 m3/s
100foiz
toza
2
4.
Tireotoksikoz bilan kasallangan bemorlar uchun palatalar
20-21
24 — 26
1 ta oʻrin uchun 80 m3/s
100foiz
toza
2
5.
Operatsiyadan keyingi palatalar, reanimatsiya zallari, intensiv terapiya palatalari, tugʻruq zallari, operatsiya, operatsiya-dializ xonalari, narkoz xonalari, kuygan bemorlar uchun 1-2 oʻrinli palatalar, odam organizmi toʻqimalarini kislorod bilan toʻyintirish kamera (barokamera)
22-23
25 — 27
Hisobga koʻra, lekin oʻn karralik almashinuvdan kam emas
juda toza
yoʻl qoʻyilmaydi
100 foiz
80 foiz
80 foiz — aseptik (20 foiz — narkoz, sterilizatsiya xonalari orqali va h.k.);
Davolash jismoniy tarbiya, mexanoterapiya xonasi, endoskopiya xonasi
18 — 20
23-24
2*
3*
notoza
2
17.
Vestibyullar, ovqatlanish xonalari, ingalyatorlar qoʻyadigan xonalarning kompressor xonalari, choyshablar saqlash xonalari va omborxonalar
22 — 24
26-27
1*
notoza
1
18.
Mikro toʻlqin va ultra yuqori chastota bilan davolash xonasi, issiqlik bilan davolash xonalari, ultratovush bilan davolash xonalari
22-24
26-27
4*
5*
notoza
Yoʻl qoʻyilmaydi
19.
Ifloslangan kiyim-kechak, choyshablar, yigʻishtirish anjomlari va dezinfeksiya vositalarini saqlash xonalari
18 — 20
Meʼyorlashtirilmaydi
-
5*
notoza
3
20.
Hojatxonalar
18 — 20
-
1 ta unitaz uchun 50 m3 1 ta erkaklar hojati uchun moslama (pissuar) uchun 20 m3
notoza
3
Izoh: *havo almashinish darajasi;
** steril havo berilishini taʼminlash
Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 7-ILOVA
Davolash muassasalari xonalarining havosidagi dori-darmon vositalarining ruxsat etilgan konsentratsiyalari va xavflilik klasslari
T/r
Aniqlanayotgan modda
mg/m3 da ruxsat etilgan konsentratsiyasi
xavflilik sinfi
1.
Ampitsillin
0,1
II A
2.
Aminazin
(dimetilaminopropil)
3-xlorfenotiazinxlorgidrat
0,3
II
3.
Benzipenitsillin
0,1
II A
4.
Dieyetil spirti
350
IV
5.
Ingalan (1,1-diftor-2,2-dixloretilmetil efir)
200
IV
6.
Azot oksidi (O2 ga hisoblanganda)
5
7.
Oksatsillin
0,05
I A
8.
Streptomitsin
0,1
I A
9.
Tetratsiklin
0,1
II A
10.
Trixloretilen
10
11.
Ftorotan
20
III
12.
Florimitsin
0,1
II A
13.
Formaldegid
0,5
II A
14.
Xlorli etil
50
IV
15.
Sirka kislotasi
5
II
16.
Tarkibida xlor boʻlgan moddalar
1
II
17.
Dializli konsentrat (atsetatli, bikarbonatli A, V)
5
II
Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 8-ILOVA
DPM xonalarining funksional vazifasi va havo muhitining ruxsat etilgan bakterial ifloslanish darajasi
T/r
Tozalik sinfi
Xonalar nomi
1 m3 havoda mikroorganizmlarning umumiy soni (KOYE/m3)
1 m3 havoda Staphylococcus aureus koloniyalarning soni (KOYE/m3)
1 dm3 havoda mogʻorli va drojjili zamburugʻlar soni
Muolaja, bogʻlov xonalari, operatsiya oldi xonalari, reanimatsiya zallari, bolalar palatalari, assistentlar xonasi, dorixonalarning saralash xonasi, klinika va bakteriologiya laboratoriyalarining tekshiruvlar oʻtkazish uchun moʻljallangan xonalari
500 dan ortiq emas
750 dan ortiq emas
boʻlishi mumkin emas
3.
V
Shartli toza
Jarrohlik boʻlimlari palatalari, operatsiya, tugʻish zallariga tutashadigan yoʻlaklar, koʻrikdan oʻtkazish xonasi, bokslar, yuqumli kasalliklar boʻlimi palatalari, somatik palatalar, ordinatorlar xonasi, materiallar xonasi, toza choyshablar ombori
750 dan ortiq emas
1000 dan ortiq emas
boʻlishi mumkin emas
2 dan koʻp emas
boʻlishi mumkin emas
4.
G
Notoza
Maʼmuriy binolar yoʻlaklari va xonalari, davolash-diagnostika binolarining zinapoyalari, sanitariya xonalari, sanuzellar, ishlatilgan choyshablar va tibbiy chiqindilarni vaqtincha saqlash xonasi
Meʼyorlashtirilmaydi
Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 9-ILOVA
DPM xonalarining tabiiy va sunʼiy yoritilganligi
T/r
Xonalar nomi
Yorugʻlik meʼyorlashtiriladigan ishchi yuza va tekislik (G*, V*)
Koʻzga koʻrinadigan ish razryadi
Yoritish
Yoritishning pulsatsiya koeffitsiyenti (KP, foiz), undan ortiq emas
tabiiy, KEO, foiz
sunʼiy
yuqoridan yoki yuqoridan va yonidan
yonidan
umumiy, lk
Komfort boʻlmagan koʻrsatkichi (M), undan ortiq emas
Jarroh, akusher-ginekolog, travmatolog, pediatr, infeksionist, dermatolog, allergolog, stomatologlarning bemor qabul qilish xonasi, koʻrikdan oʻtkazish xonasi
G-0,8
A-1
4,0
1,5
500 l.l.
40
10
7.
Boshqa mutaxassislarning qabul qilish xonalari
G-0,8
B-1
3,0
1,0
350 l.l.
40
15
8.
Oftalmologlarning maxsus (qorongʻi) xonasi
G-0,8
-
-
-
20 ch.l
-
10
9.
Funksional tashxis xonasi, endoskopiya xonasi
G-0,8
B-1
3,0
1,0
350 l.l.
150 ch.l
40
15
10.
Fotariylar, fizioterapiya, uqalash
G-0,8
B-2
2,5
0,7
200 l.l.
100 ch.l..
60
20
11.
Suv bilan davolash, davolash vannalari xonalari, dush zallari
G-0,8
B-2
2,5
0,7
200 l.l.
60
20
12
Mehnat terapiyasi
G-0,8
B-1
3,0
1,0
350 l.l.
40
15
13.
Uyqu bilan davolash
G-0,8
J-2
-
-
50 ch.l.
100 l.l.
-
-
14.
Parafin, ozokeritni tayyorlash, balchiqni qayta ishlashga tayyorlash xonasi
G-0,8
VIII b
-
-
75 l.l.
35 ch.l..
-
-
15.
Kunduzgi palatalar
G-0,0
V-2
2,0
0,5
100 l.l.
25
15
16.
Dori-darmon va bogʻlov xonalari sarflovchi materiallarini saqlash xonasi
G-0,8
VIII b
-
-
100 l.l.
-
-
17.
Dezinfeksiya vositalarini saqlash xonasi
G-0,8
VIII b
-
-
75 l.l.
35 ch.l..
-
-
18.
Muolaja xonalari
G-0,8
A-1
4,0
1,5
500 l.l.
200 ch.l.
40
10
19.
Tibbiy hamshiralar xonalari
G-0,8
B-1
3,0
1,0
350 l.l.
150 ch.l.
10
15
20.
Bemorlarning kunduzi yotish xonalari
G-0,8
B-2
2,5
0,07
200 l.l.
100 ch.l.
60
20
21.
Bemorlarning ovqatlanish xonasi
G-0,8
B-2
-
-
200 l.l.
60
20
22.
Boshqaruv xonalari, tibbiy asbob-anjomlarni yuvish, saralash, sterilizatsiya qilish va saqlash xonalari, choyshablarni saqlash xonasi
Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 10-ILOVA
Ishlab chiqqan davlat organi va muassasasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati,
Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti.