Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-sentabrdagi PF-6313-son “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/12-son qarori (roʻyxat raqami 3229, 2020-yil 13-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3229/0455-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
1-band quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mablagʻlarni toʻlovchining identifikatsiya raqami — yuridik shaxslar toʻlovchi sifatida ishtirok etadigan toʻlov hujjatlarida soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va jismoniy shaxslar toʻlovchi sifatida ishtirok etadigan toʻlov hujjatlarida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami koʻrsatiladigan toʻlov hujjatining rekviziti;”;
2.
6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
“mablagʻlarni toʻlovchining identifikatsiya raqami;”.
“Mijoz tomonidan soliqlar va yigʻimlar boʻyicha taqdim etilgan toʻlov topshiriqnomalari tegishli soliq organining yozma yoki elektron shakldagi murojaati, sud qarori hamda mablagʻlarni toʻlovchining tugatilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar asosida 2-son kartotekadan chaqirib olinishi mumkin.”.
5.
1 — 5-ilovalardagi “Mablagʻlarni toʻlovchining STIRi” degan soʻzlar “Mablagʻlarni toʻlovchining identifikatsiya raqami” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.