1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.07.00 Turizm va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-son Farmoni hamda “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi PQ-5054-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2022-y., 09/22/475/0775-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2022-y., 09/22/475/0775-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2022-y., 09/22/475/0775-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2022-y., 09/22/475/0775-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2022-y., 09/22/475/0775-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2022-y., 09/22/475/0775-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 477-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarorining 3-bandi “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a) Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq chiqish turizmi yoʻnalishi boʻyicha turoperator va turagent faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻyilgan quyidagi litsenziya talablari:
turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashni tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligi 2021-yil 1-avgustdan;
15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzurida Xavfsiz turizm jamgʻarmasiga zaxira qilib qoʻyish 2024-yil 1-avgustdan kuchga kiradi;”.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/622/0897-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/477/0801-son; 26.08.2022-y., 09/22/475/0775-son; 28.11.2023-y., 09/23/622/0897-son)