Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 3-fevraldagi 19-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2654, 2015-yil 9-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 6-son, 71-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2016-yil 24-avgustdagi 125-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2654-1, 2016-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 35-son, 412-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2654-2, 2018-yil 22-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son).