1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud-ekspertiza muassasalari. Sudga oid tibbiy ekspertiza]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi oʻrinlarda — Sud ekspertizasi markazi) Fargʻona, Surxondaryo, Xorazm viloyat hududiy boʻlimlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Samarqand viloyat hududiy boʻlimida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari bosqichma-bosqich tashkil qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertizasi markazi va uning hududiy boʻlimlarining moddiy-texnik bazasini yangi zamonaviy uskuna va jihozlar bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Adliya vazirligi:
2022-yil 1-iyulga qadar Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Sud ekspertizasi markazining Samarqand viloyat boʻlimida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil etilayotganligi sababli ushbu boʻlimni xalqaro ISO/IEC 17025 standarti talablariga javob beradigan binoga joylashtirish hamda uni maxsus mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
2022-yil 1-noyabrga qadar Xorazm viloyat hokimligi bilan birgalikda Sud ekspertizasi markazining Xorazm viloyat hududiy boʻlimida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi tashkil etilayotganligi sababli ushbu boʻlimni maxsus mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
2022-yil 1-dekabrga qadar Fargʻona viloyat hokimligi bilan birgalikda Sud ekspertizasi markazining Fargʻona viloyat hududiy boʻlimida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi tashkil etilayotganligi sababli ushbu boʻlimni xalqaro ISO/IEC 17025 standarti talablariga javob beradigan binoga joylashtirish hamda uni maxsus mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
2024-yil 1-sentabrga qadar Surxondaryo viloyat hokimligi bilan birgalikda Sud ekspertizasi markazining Surxondaryo viloyat hududiy boʻlimida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi tashkil etilayotganligi sababli ushbu boʻlimni xalqaro ISO/IEC 17025 standarti talablariga javob beradigan binoga joylashtirish hamda uni maxsus mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
2023-yil 1-yanvarga qadar sud ekspertiza xulosalarini xalqaro miqyosda tan olinishi va qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida Sud ekspertizasi markazining Sud-fonografiya hamda Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarining xalqaro ilmiy-texnik talablarga mosligini taʼminlagan holda ularni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin;
2023-yil 1-martga qadar sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga boʻlgan ehtiyojlarini, shuningdek ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda sud ekspertizaning yangi, shu jumladan Sud-soliq ekspertizasi va Oziq-ovqat mahsulotlarini tovarshunoslik ekspertizasi, tadbirkorlik subyektlarining boy berilgan foydasini aniqlashga qaratilgan tadqiqot va boshqa tadqiqot turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq qilish choralarini koʻrsin;
2022-yil 1-mayga qadar sud ekspertlarini yanada ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida oʻzlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar boʻyicha tushgan pul mablagʻlarining bir qismi bilan ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlasin;
2022-yil 1-martga qadar Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi boʻyicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir maʼlumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni oʻtkazishga doir tartibni tasdiqlasin.
Sud ekspertizasi markazining Samarqand, Fargʻona, Xorazm hamda Surxondaryo viloyat hududiy boʻlimlarini tegishli talablarga javob beradigan binolar bilan muddatida taʼminlash va jihozlash boʻyicha viloyat hokimlari shaxsan masʼul va javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-son Farmoni bilan tashkil etilgan Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan soha faoliyatini yanada rivojlantirishda foydalanishini taʼminlasin.
5. Sud ekspertizasi markazi va uning hududiy boʻlimlarida faoliyat yurituvchi sud ekspertlariga joyiga chiqib obyektlarni koʻzdan kechirishlarida hamda sud va tergov jarayonlariga qatnashish uchun borishlariga qulayliklar yaratish maqsadida 14 ta navbatchi xizmat avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin. Bunda, avtotransport vositalarini sotib olish va saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Sud ekspertizasi markazining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi hamda avtotransport vositalarining yoʻl bosish yillik limiti, normativlari va ularga xizmat koʻrsatish talablari tegishlicha Sud ekspertizasi markazi tomonidan mustaqil belgilanadi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2012-yil 14-noyabrdagi 321-son qaroriga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-yanvar,
11-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-yanvardagi 11-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertizasi markazi va uning hududiy boʻlimlarining moddiy-texnik bazasini yangi zamonaviy uskuna va jihozlar bilan taʼminlash boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r
Laboratoriya yoki boʻlimning nomlanishi
Xarid qilinadigan jihozlar turi
Xarid qilinadigan jihozlar soni
Talab etiladigan mablagʻ miqdori
(AQSh dollarida)
Moliyalashtirish manbai
Shu jumladan
Ijro muddati
Ijro uchun masʼullar
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan
Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari
Sud ekspertizasi markazining budjetdan tashqari mablagʻlari
2022-yilda
1.
Sud ekspertizasi markazining Xorazm viloyat hududiy boʻlimida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi
38
91
619 131
528 000
91 131
2022-yil
yanvar
-
dekabr
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi
2.
Sud ekspertizasi markazining Fargʻona viloyat hududiy boʻlimida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi
38
91
619 131
528 000
91 131
2022-yil
yanvar
-
dekabr
Moliya
vazirligi,
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi
3.
Sud ekspertizasi markazining Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi
1
1
180 000
180 000
2022-yil
yanvar
-
dekabr
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi
4.
Sud ekspertizasi markazining Samarqand viloyat hududiy boʻlimida Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi
30
88
234 066
97 000
137 066
2022-yil
yanvar
-
dekabr
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi
5.
Sud-qurilish texnik ekspertizasi boʻlimi
2
3
9 500
-
9 500
-
2022-yil
yanvar
-
dekabr
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi
Jami 2022-yilda
109
274
1 661 828
1 236 000
106 500
319 328
2023-yilda
6.
Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi
8
17
58 900
58 900
2023-yil
yanvar
-
dekabr
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi
7.
Sud-fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi
14
14
14 566
14 566
2023-yil
yanvar
-
dekabr
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi
8.
Sud-qurilish texnik ekspertizasi boʻlimi
1
9
27 900
27 900
2023-yil
yanvar
-
dekabr
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi
Jami 2023-yilda
23
40
101 366
27 900
73 466
2024-yilda
9.
Sud ekspertizasi markazining Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi
1
1
80 000
80 000
2024-yil
yanvar
-
dekabr
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi
10.
Sud-qurilish texnik ekspertizasi boʻlimi
2
10
61 900
61 900
2024-yil
yanvar
-
dekabr
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi
11.
Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi
1
1
190 000
190 000
2024-yil
yanvar
-
dekabr
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi
Jami 2024-yilda
4
12
331 900
141 900
190 000
2024-yilda
12.
Sud ekspertizasi markazining Surxondaryo viloyat hududiy boʻlimida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi
38
91
619 131
300 000
319 131
2024-yil
yanvar
-
dekabr
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi
Jami 2024-yilda
38
91
619 131
300 000
319 131
Jami talab etiladigan
mablagʻ
174
417
2 714 225
1 236 000
576 300
901 925
Izoh. Talab etiladigan mablagʻ miqdori doirasida zaruratga koʻra xarid qilinadigan jihozlar turi va soni hamda laboratoriya yoki boʻlimlarning nomi oʻzgarishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-yanvardagi 11-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 14-noyabrdagi 321-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
“2022-yil 1-yanvardan boshlab Markazning rahbar xodimlariga va ekspertlariga alohida mehnat sharoitlari uchun tarif stavkasiga ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblab yozishda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan har oylik ustama 50 foiz deb belgilansin”;
b) quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga Markaz tushumlarini foydalanish toʻgʻrisidagi tartibni Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlash huquqi berilsin.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2022-y., 09/22/11/0007-son)