toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik sohasini har tomonlama takomillashtirish, bu sohadagi muammolar boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda mamlakatda sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash, sud-ekspertlik sohasini oʻrta muddatda tizimli isloh qilishning aniq chora-tadbirlarini belgilash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan konsepsiyasi boʻyicha 2021 — 2023-yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
sud ekspertlarining xolisligi va mustaqilligini taʼminlash, sohadagi normativ-huquqiy bazani muntazam takomillashtirib borish;
sud-ekspertlik faoliyatini kengaytirish hamda sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish;
sud-ekspertlik faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shu jumladan uslubiyot va reglamentlarni takomillashtirish hamda sohaga fan va texnika yutuqlarini joriy etish;
sud-ekspertlik faoliyatida kadrlar salohiyatini oshirish hamda sud ekspertlarini tayyorlashning samarali tizimini yaratish;
nodavlat sud ekspertiza institutini rivojlantirish;
sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni taʼminlash va rivojlantirish;
sud-ekspertlik faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
3. Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha Kengash (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Kengashga (R.Q. Davletov):
sud ekspertizasi sohasidagi muammolarni kompleks oʻrganish va ularni tizimli hal qilish yuzasidan idoralararo hamkorlikni taʼminlash;
Konsepsiya va “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi boʻyicha idoralararo konsultativ platforma sifatida xizmat qilish;
Konsepsiyani amalga oshirish doirasida fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va ilmiy doiralar vakillarini keng jalb etgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va press-konferensiyalar tashkil qilish vazifalari yuklansin.
5. Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va Oliy sudning Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi (keyingi oʻrinlarda — X. Sulaymonova markazi) tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda 15 ta shtat birligidan iborat Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki:
Institut shtat birliklari adliya organlari va muassasalarining 10 ta hamda sogʻliqni saqlash organlari va muassasalarining 5 ta shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi;
Institut faoliyatini moliyalashtirish X. Sulaymonova markazi mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
6. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy koʻmak berish;
sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarga uslubiy yordam koʻrsatish;
sud-ekspertlik faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini joriy etish boʻyicha choralarni koʻrish;
sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks oʻrganish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va taʼsirchan mexanizmlarni ishlab chiqish;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga boʻlgan ehtiyojlarini doimiy ravishda oʻrganish orqali sud ekspertizasining yangi turlari hamda uslubiyotlarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish boʻyicha takliflar kiritish;
sud ekspertizasi sohasiga rivojlangan axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Adliya vazirligi ikki oy muddatda Institut faoliyatini tashkil etish va unga yuklatilgan vazifalarni bajarish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini oʻz ichiga qamrab olgan qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2021-yil 1-sentabrdan boshlab:
davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga koʻra shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari boʻyicha tadqiqot oʻtkazish huquqi berilsin. Bunda, tadqiqot natijalariga koʻra mutaxassis fikri taqdim etiladi;
iqtisodiy, fuqarolik va maʼmuriy ish yuritishda advokatga sudga qadar tayyorgarlik va sud jarayonida ekspert xulosasini sud muhokamasida taqdim etish huquqi asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida shartnoma asosida advokat soʻroviga koʻra ekspertiza oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga ruxsat berilsin;
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining kasbiy malakasini aniqlash hamda ularning muntazam ravishda bilim va koʻnikmalarini oshirib borishni taʼminlash maqsadida ularni har uch yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtkazish mexanizmi joriy qilinsin;
b) 2022-yil 1-martdan boshlab sud ekspertlari va ekspertiza toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish, aholiga va vakolatli organlarga sud-ekspertlik faoliyatiga doir maʼlumotlarni yetkazish, ekspertiza harakatlarini amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini taʼminlash uchun moʻljallangan “E-ekspertiza” yagona elektron axborot tizimi ishga tushirilsin.
Adliya vazirligi ikki oy muddatda:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq oʻtkazilishi mumkin boʻlgan sud ekspertizasi turlari boʻyicha tadqiqotlar roʻyxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda “E-ekspertiza” yagona elektron axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlasin.
8. Belgilab qoʻyilsinki:
sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlash oliy taʼlim muassasalarida dual taʼlim prinsipiga muvofiq, bakalavriat yoki magistratura bosqichlarida taʼlim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari boʻyicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida (keyingi oʻrinlarda — tayyorlash kurslari) amalga oshirilishi mumkin;
tayyorlash kurslari oliy taʼlim muassasalari va davlat sud-ekspertiza muassasalari bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi;
tayyorlash kurslari tatbiq etilgan oliy taʼlim muassasalarida taʼlim standarti, oʻquv rejasi, oʻquv dastur (modul)lari, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti dasturlaridan iborat hujjatlar oliy taʼlim muassasasi va davlat sud ekspertiza muassasasi oʻrtasida tasdiqlanadi;
tayyorlash kurslari natijalariga koʻra tegishli sud-ekspertiza faoliyati bilan shugʻullanish uchun sertifikat beriladi. Bunda, sertifikat egalari nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari yoki davlat sud-ekspertiza muassasalarida faoliyat yuritish huquqiga ega boʻladi.
Adliya vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ekspertlar tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibini tasdiqlasin.
9. Sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali ekspertiza tadqiqotlariga boʻlgan ehtiyojlarini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini inobatga olgan holda 2021 — 2025-yillarda joriy etiladigan ekspertiza va tadqiqot turlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Adliya vazirligiga nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish borasida quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlari tomonidan oʻtkaziladigan sud ekspertizalarining murakkablik darajasini aniqlash, sud ekspertizalarining murakkablik darajasiga qarab ularni amalga oshirish muddatlarini hisoblash tartibini, sud ekspertlari yuklamalarining normativlarini belgilash va ularga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib borish;
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, ularning sud ekspertlari va sud-ekspertlik tadqiqotlari uslublarining davlat reyestrlarini yuritish;
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan har bir sud-ekspertiza turlari boʻyicha moddiy-texnika bazasining jihozlanishiga qoʻyiladigan minimal talablarni tasdiqlash;
nodavlat sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda sud eksperti kasb etikasi qoidalarini belgilash va ularga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib borish.
Ushbu bandda qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Adliya vazirligi markaziy apparatida adliya organlari va muassasalarining boshqaruv xodimlari cheklangan soni doirasida 3 ta shtat birligidan iborat Sud-ekspertlik faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi tashkil etilsin.
11. Adliya vazirligi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2021-yil 1-avgustdan boshlab davlat sud-ekspertizasi muassasalarining foydalanilmaydigan binolarini (korpuslarini) sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish sharti bilan xususiy sheriklarga ijaraga taqdim etish tizimi joriy etilishini taʼminlasin.
12. Adliya vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil qilinsin.
Quyidagilar:
a) Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari etib:
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va ular tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga tushadigan tushumning 1 foizi miqdoridagi ajratmalar;
davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq oʻtkaziladigan sud-ekspertiza tadqiqotlari uchun olingan toʻlovlarning 5 foizi;
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak vositalari va grantlari;
Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin;
b) Jamgʻarma mablagʻlari sarflanadigan yoʻnalishlar etib:
“E-ekspertiza” yagona elektron axborot tizimini joriy etish, foydalanish va texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish;
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga subsidiyalar ajratish;
sud ekspertiza sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga koʻmaklashish, sud ekspertizasining yangi turlari va tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun grantlar ajratish;
sud ekspertlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish;
sud-ekspertlik faoliyatiga ilgʻor fan va texnika yutuqlarini joriy etish;
davlat sud-ekspertiza muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash belgilansin.
13. Davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari 2023-yil 1-iyunga qadar ularning faoliyatini taʼminlash uchun oʻxshashi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, maxsus jihozlangan avtotransport vositalari, dasturiy taʼminotlar, reaktivlar, reagentlar va sarflash materiallari hamda foydalanishda boʻlgan asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari uchun bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
14. Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 1-sentabrdan boshlab sud ekspertlariga nisbatan quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralarini tatbiq etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
sud ekspertizasining muayyan turi boʻyicha uzluksiz ravishda kamida soʻnggi uch yil davomida sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirib kelayotgan davlat sud ekspertlari ushbu ixtisoslik boʻyicha qayta tayyorlashdan oʻtmasdan, nodavlat sud eksperti sertifikatini olish uchun yakuniy imtihon topshirishga haqli boʻladi;
davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari baholash yoʻnalishidagi sud ekspertizasi turlarini amalga oshirishda sud ekspertizalarini oʻtkazish huquqini beruvchi tegishli guvohnoma va sertifikatga ega boʻlganda, ulardan baholovchining malaka sertifikati talab qilinmaydi;
davlat tashkilotlaridagi ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlashga doir ragʻbatlantirish shartlari davlat sud-ekspertiza muassasalarining xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi;
nodavlat sud ekspertlarining oʻz kasbiy majburiyatlarini buzishi oqibatida yetkaziladigan zarardan jismoniy va yuridik shaxslarni himoya qilish maqsadida, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish tartibi joriy etiladi.
Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda nodavlat sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish tartibi yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
15. Adliya vazirligi:
uch oy muddatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hududiy boʻlinmalari ehtiyojlarini taʼminlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida X. Sulaymonova markazining hududiy boʻlimlarida ekspertiza tadqiqotlarining qoʻshimcha turlarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan joriy qilishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini kiritsin. Bunda, Fargʻona, Termiz, Urganch shaharlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Samarqand shahrida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini bosqichma-bosqich tashkil qilishni nazarda tutsin;
2021-yil 1-oktabrga qadar “Oʻzbekiston sud-ekspertizasi” elektron ilmiy jurnalini chop etish choralarini koʻrsin;
2022-yil 1-yanvarga qadar huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ilmiy jamoatchilik va ushbu soha vakillari hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat sud-ekspertiza muassasalarini bosqichma-bosqich markazlashtirish orqali moliyaviy xarajatlarni optimallashtirish masalasini har tomonlama chuqur tahlil qilgan holda oʻrganib chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
2022-yil 1-aprelga qadar Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
sud ekspertlarining kasbiy bilim va malakasini oshirishda xorijiy sud-ekspertiza tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirgan holda har yili kamida 10 nafar sud ekspertining Jamgʻarma mablagʻlari va grantlar hisobidan xorijiy davlatlarda malaka oshirishi va stajirovka oʻtashini yoʻlga qoʻysin;
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
17. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri R.K. Davletov va adliya vaziri oʻrinbosari A.D. Tashkulov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-iyul,
PF-6256-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan
KONSEPSIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirish Konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) mamlakatimizda sud-ekspertiza sohasini rivojlantirishning yaqin va uzoq muddatli istiqbollarini belgilashga qaratilgan.
Xalqaro normalar va standartlar talablarini hisobga olgan holda sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud-ekspertiza xulosalariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, sud-ekspertlik faoliyatini tizimli ravishda takomillashtirib borish, barqaror va ilmiy talabga javob beradigan sud ekspertizasi tizimini shakllantirish, sud jarayonlarida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish hamda sud ekspertlarining xolisligi va mustaqilligini taʼminlash Konsepsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Konsepsiya soha faoliyatini rivojlantirishga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boʻladi.
2-bob. Sud-ekspertlik tizimining joriy holati va mavjud muammolar
Mamlakatimizda sud-ekspertlik faoliyatini jadal rivojlantirish, sohada fan va texnika yutuqlarining zamonaviy usullarini joriy etish borasida qator izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Soʻnggi ikki yil ichida sud ekspertizasi sohasida 34 ta ilmiy-tadqiqot ishlari oʻtkazildi, 29 ta yangi ilmiy uslubiyotlar ishlab chiqildi, 8 ta yangi sud-ekspertlik turlari joriy etildi.
Bugungi kunda 6 ta davlat muassasasi, shuningdek, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan 55 turdagi sud-ekspertiza tadqiqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Nodavlat sud-ekspertiza muassasalarini tashkil etish, ekspertlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashning huquqiy asoslari yaratildi.
Sud ekspertlarining malakasini oshirish kurslari tashkil etildi. Sud ekspertlarini masofaviy oʻqitish shakli joriy etildi.
397 nafar sud ekspertlarining malakasi va huquqiy bilimini oshirish taʼminlandi.
Shu bilan birga, yaqin kelajakda sud-ekspertlik sohasida hal etilishi zarur boʻlgan quyidagi asosiy muammolar saqlanib qolmoqda:
birinchidan, sud-ekspertlik faoliyatining tashkiliy hamda ilmiy-uslubiy jihatdan markazlashmaganligi muayyan bir ekspertiza turi boʻyicha turli yondashuvlar kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda;
ikkinchidan, sud-ekspertiza tadqiqotlarini tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergovni amalga oshiruvchi organlar huzuridagi sud ekspertizasi muassasalari tomonidan amalga oshirilishi sud ekspertining mustaqilligini hamda tekshirishlarning xolisligi kabi prinsiplariga javob bermaydi;
uchinchidan, sud-ekspertiza sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradigan, ushbu yoʻnalishdagi muammolarni doimiy ravishda tahlil qilgan holda sohani zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish vazifasini bajaradigan professional ilmiy-tadqiqot muassasasi mavjud emas;
toʻrtinchidan, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimi hamda ularga uslubiy koʻmaklashish mexanizmlari yaratilmagan;
beshinchidan, sud ekspertlarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirib borishi uchun yetarlicha imkoniyatlar yaratilmaganligi hamda ularni xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun grant mablagʻlari ajratilmasligi ushbu sohani yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlashga toʻsqinlik qilmoqda;
oltinchidan, sud-ekspertlik faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini joriy etish boʻyicha yetarli choralar koʻrilmayapti, ushbu sohadagi tizimli muammolarni kompleks oʻrganish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va taʼsirchan mexanizmlarni ishlab chiqish sust ahvolda qolmoqda;
yettinchidan, sud-ekspertiza muassasalari xodimlarini moddiy-ijtimoiy ragʻbatlantirish mexanizmlarining takomillashtirilmaganligi olib borilayotgan tadqiqotlar samaradorligini oshirish va korrupsion holatlarning oldini olish, vijdonli va yuqori malakali kadrlarni jalb qilish imkonini bermaydi.
3-bob. Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari
Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
sud ekspertlarining xolisligi va mustaqilligini taʼminlash, sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirib borish;
sud-ekspertlik amaliyotini kengaytirish hamda sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish;
sud-ekspertlik faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shu jumladan uslubiyot va reglamentlarni takomillashtirish hamda sohaga fan va texnika yutuqlarini joriy etish;
sud-ekspertlik faoliyatida kadrlar salohiyatini oshirish hamda sud ekspertlarini tayyorlashning samarali tizimini yaratish;
nodavlat sud-ekspertiza institutini rivojlantirish;
sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni taʼminlash va rivojlantirish;
sud-ekspertlik faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
4-bob. Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish mexanizmlari
1-§. Sud ekspertlarining xolisligi va mustaqilligini taʼminlash, sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirib borish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqish:
nodavlat sud-ekspertlik tashkilotlarining maqomi, ularga qoʻyiladigan talablar, ular tomonidan sud ekspertizalari va tadqiqotlarini oʻtkazish tartib-taomili hamda ish reglamentlarini belgilash;
nodavlat sud-ekspertlik faoliyatini metodik taʼminlash hamda tartibga solish mexanizmini joriy etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan ekspertlar tomonidan mutaxassis fikrini berish;
maxsus vakolatli organning huquq va majburiyatlarini belgilash;
qayta ekspertiza oʻtkazish vakolati beriladigan ekspertlar reyestrini yuritish tizimini joriy etish va unga kiritishga doir talablarni belgilash;
sud ekspertlari tomonidan qasamyod qabul qilish;
sud ekspertizasi faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlarini joriy etish.
2. Sud-ekspertlik kasbining mustaqilligi, shuningdek, ular faoliyatining kafolatlarini huquqiy taʼminlash sohasida milliy qonunchilikni xalqaro norma va talablarga izchil ravishda muvofiqlashtirish.
3. Oʻzbekistonda yagona sud-ekspertiza tizimini yaratishga doir takliflar ishlab chiqish.
4. Protsessual qonunchilik hujjatlariga nodavlat sud ekspertlarining surishtiruv, dastlabki tergov va sud ish yurituvidagi ishtiroki hamda ular vakolatini nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.
5. Sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatida davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini keng tatbiq qilish.
6. Advokatning soʻroviga asosan shartnoma asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ekspertiza tayinlash va ekspertiza xulosasini olish vakolatlarini belgilash.
7. Sud ekspertlari faoliyatiga aralashish holatlari uchun jinoiy javobgarlik choralarini belgilash.
8. Qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan davlat va nodavlat sud ekspertlariga nisbatan taʼsir choralari qoʻllashning aniq mezon va mexanizmlarini belgilash.
9. Sud ekspertlarining noqonuniy harakatlari bilan bogʻliq holatlarning adolatli va xolis koʻrib chiqilishini taʼminlash maqsadida Malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish.
2-§. Sud-ekspertlik amaliyotini kengaytirish hamda sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish
1. Sud-ekspertiza muassasalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud ekspertizasi xulosalariga boʻlgan ehtiyojlarini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda sud ekspertizasining yangi turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish.
2. Sud ekspertizasining yangi turlarini joriy qilish boʻyicha grantlar ajratish.
3. Davlat sud-ekspertiza muassasalari tuzilmasini, shu jumladan respublika mintaqalarida rivojlantirish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi oʻrinlarda — RSEM) hududiy boʻlimlarida joylardagi zarur ehtiyojlar hamda mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda ekspertiza tadqiqotlarining qoʻshimcha turlarini joriy qilish. Shu jumladan, Fargʻona, Termiz, Urganch shaharlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Samarqand shahrida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini bosqichma-bosqich tashkil qilish.
5. Sud ekspertlari va ekspertiza toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda ekspertiza harakatlarini amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini taʼminlash uchun moʻljallangan “E-ekspertiza” yagona axborot tizimini joriy etish (integratsiya qilish).
6. Ekspert xulosalarining xalqaro miqyosda tan olinishi va qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida davlat sud-ekspertiza muassasalari laboratoriyalarining xalqaro ilmiy-texnik talablarga mosligini taʼminlagan holda ularni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.
7. Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, oʻtkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish.
8. Sud ekspertlarining yagona reyestrini yuritish orqali ular faoliyatiga oid elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish.
9. Sud-ekspertlik sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish, shu jumladan aholiga sud-ekspertlik faoliyatiga doir maʼlumotlarni yetkazishga qaratilgan sud-ekspertiza axborot portalini yaratish.
10. Ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi muassasalarga oʻz faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha sud-ekspertlik tadqiqotlarini oʻtkazish huquqini berish.
3-§. Sud-ekspertlik faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shu jumladan uslubiyot va reglamentlarni takomillashtirish hamda sohaga fan va texnika yutuqlarini joriy etish
1. Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish.
2. RSEMda sud ekspertizasi mutaxassisligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish boʻyicha alohida Kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
3. Sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini yanada takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish.
4. Davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan sudlarga va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga metodik yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan ular uchun sud ekspertizalarini tayinlash va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha amaliy qoʻllanmalar va boshqa adabiyotlar nashr qilish.
5. Adliya organlari tomonidan aniq ish reja asosida sud-ekspertlik sohasidagi muammolarni kompleks oʻrganish va ularni tizimli hal qilish yuzasidan aniq, chuqur, ilmiy asoslangan takliflar hamda taʼsirchan mexanizmlarni ishlab chiqish choralarini koʻrish.
6. Sud-ekspertlik sohasidagi mavjud uslubiyotlarni tanqidiy koʻrib chiqish orqali ularni xalqaro standartlarga va talablarga moslashtirish.
7. Sud-ekspertlik faoliyatining dolzarb muammolarini tadqiq qilish boʻyicha aniq reja-grafik asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni amalga oshirish.
8. Sud ekspertizasi va kriminalistika sohasida yangi avlod darsliklarini xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash.
9. Sud ekspertizasi va kriminalistika atamalariga oid lugʻat yaratish.
10. “Oʻzbekiston sud-ekspertizasi” elektron ilmiy jurnalini tashkil etish.
11. Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslar, jinoyatchilar qoldirgan biologik izlar, tanib olinmagan murdalar, bedarak yoʻqolgan shaxslar boʻyicha genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasini yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
4-§. Sud-ekspertlik faoliyatida kadrlar salohiyatini oshirish hamda sud ekspertlarini tayyorlashning samarali tizimini yaratish
1. Sud-ekspertiza sohasida kadrlar tayyorlashni oliy taʼlim muassasalarida dual taʼlim prinsipiga muvofiq, bakalavr yoki magistratura bosqichlarida taʼlim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari boʻyicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirilishini yoʻlga qoʻyish.
2. RSEMda professor-oʻqituvchilar doimiy faoliyat yuritadigan oʻquv kafedralarini tashkil qilish orqali ekspertlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini oshirish.
3. Sohaga innovatsion oʻqitish uslublari va shakllarini keng joriy etish orqali davlat va nodavlat sud ekspertlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatini takomillashtirish, shuningdek, sud ekspertlarini kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish.
4. Sud ekspertlarini ishdan ajralmagan holda ularning ish joyida kasbiy malakasini oshirish tizimini joriy qilish.
5. Sud ekspertlarining kasbiy bilim va malakasini oshirishda xorijiy sud-ekspertlik tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, bunda har yili kamida 10 nafar sud ekspertining grant mablagʻlari hisobidan xorijiy davlatlarda malaka oshirishi va stajirovka oʻtashini yoʻlga qoʻyish.
6. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari hamda sud xodimlari uchun sud ekspertizalarini oʻtkazishga zarur boʻlgan tadqiqot obyektlarini yigʻish, saqlash va taqdim etish usullari toʻgʻrisida doimiy ravishda manzilli oʻquv seminarlar (vebinarlar)ni tashkil qilib borish.
7. Malaka oshirish jarayonlariga xorijiy davlatlarning sud-ekspertiza sohasidagi mutaxassislarini maʼruzachi va oʻqituvchi sifatida keng jalb etish.
8. Sud-ekspertlik sohasida ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslarning ekspertlik kasbiga kirishish jarayonini soddalashtirish.
9. Ekspertiza muassasalarida kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, xodimlar tomonidan doimiy ravishda oʻz kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirib borishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ilmiy darajaga ega boʻlgan kadrlar uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda turli imtiyoz va moliyaviy imkoniyatlar berish.
10. Ekspertiza muassasalariga ilmiy muassasa maqomini berish.
5-§. Nodavlat sud-ekspertiza institutini rivojlantirish
1. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari va xususiy ekspertlarning birlashmasini tashkil qilish.
2. Adliya organlarining nodavlat sud ekspertlari faoliyatini tartibga solish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil etishga koʻmaklashishga doir vazifalarini belgilash.
3. Nodavlat sud ekspertlarining kasbiy layoqatliligi hamda oʻtkazilgan sud ekspertizalarining sifatini monitoring qilib borish.
4. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash.
5. Sud ekspertlariga sud ekspertizasining muayyan turi boʻyicha qayta tayyorlash kurslaridan oʻtmasdan yakuniy imtihon topshirish huquqini beruvchi sud-ekspertlik faoliyatini uzluksiz ravishda amalga oshirish muddatini 10 yildan 3 yilga qisqartirish.
6. Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti shtatida uning rahbaridan tashqari bir xil yoki turli xil sud ekspertizasi yoʻnalishi boʻyicha sud eksperti sertifikatiga ega kamida ikki nafar sud eksperti boʻlishi lozimligi talabini bekor qilish.
7. Yakka tartibda nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi xususiy ekspertlar institutini joriy etish.
8. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan oʻtkazilishiga ruxsat berilgan sud ekspertizalari turlarining roʻyxatini kengaytirish.
6-§. Sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
1. Sud-ekspertiza muassasalarining Osiyo tarmogʻi (Aziatskaya set uchrejdeniy sudebnoy ekspertizi (Asian Forensic Sciences Network — AFSN)ga aʼzo boʻlish.
2. Sud-ekspertlik faoliyatining eng dolzarb muammolari tahlili asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni, shu jumladan milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish dasturini ishlab chiqish.
3. Xorijiy yetakchi sud-ekspertiza, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar bilan xalqaro hujjatlar tuzish, qoʻshma dasturlarni amalga oshirish.
4. Xalqaro ekspertlar ishtirokida mamlakatimiz sud ekspertlari uchun xorijiy amaliyot, seminar va oʻquv kurslarini tashkil etish ishlarini kuchaytirish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi sud-ekspertiza muassasalari va tashkilotlari tomonidan xorijiy tashkilot va chet el fuqarolari uchun sud-ekspertiza imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida ularga xizmat koʻrsatish tartibini ishlab chiqish.
6. Sud ekspertlarining xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda, jumladan Jahon sud ekspertlari assotsiatsiyasi (IAFS) shafeligida oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarda muntazam ishtirok etishini tashkil qilish.
7. Sud-ekspertiza muassasalari faoliyatiga davlatlararo va xalqaro standartlarni joriy qilish maqsadida texnik qoʻmita tashkil qilish, davlatlararo hamda xalqaro texnik qoʻmitalarga aʼzo boʻlish va ular faoliyati ishtirokini taʼminlash.
7-§. Sud-ekspertlik faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
1. Davlat sud-ekspertiza muassasalarini ISO/IEC 17025 xalqaro standart talablariga javob beradigan bino va inshootlar bilan taʼminlash.
2. Dasturiy taʼminotlar, reaktivlar, reagentlar, sarflash materiallari hamda asbob-uskunalar va jihozlar xaridi boʻyicha yillik dasturni amalga oshirish.
3. Davlat sud-ekspertiza tashkilotlarini oʻrnatilgan tartibda yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulashni taʼminlash.
4. Pullik xizmatlarni koʻpaytirish orqali sud ekspertlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.
5. Ekspertiza tadqiqotlarini sifatli va belgilangan muddatlarda oʻtkazish maqsadida koʻchma laboratoriyalar bilan jihozlash.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
6. Yer uchastkalari ajratish orqali davlat-xususiy sheriklik asosida davlat sud-ekspertiza muassasalari xodimlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash.
5-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Konsepsiyaning amalga oshirilishi quyidagi natijalarga olib keladi:
sud ekspertlari mustaqilligini taʼminlash choralari koʻriladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning sud-ekspertiza tizimiga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga erishiladi;
mamlakatda sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishga erishiladi;
davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, sohaga davlat-xususiy sheriklik tamoyillari keng tatbiq etiladi;
sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot, ekspertlik ishlari yanada rivojlanadi, soha faoliyatiga fan va texnika yutuqlari joriy etiladi;
sud ekspertlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi yanada takomillashadi;
sud ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtiriladi va xalqaro normalarga muvofiqlashtiriladi;
sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlik rivojlanadi;
Oʻzbekistonning xalqaro nufuzli reyting va indekslarda, jumladan, Huquq ustuvorligi indeksi (The Rule of Law Index) va Korrupsiyani qabul qilish indeksi (The Corruption Perceptions Index)dagi koʻrsatkichlari samaradorligi oshadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan konsepsiyasi boʻyicha 2021 — 2023-yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan
“YOʻL XARITASI”

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Sud ekspertlarining xolisligi va mustaqilligini taʼminlash, sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish:

sud ekspertlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarini takomillashtirish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining maqomi, ularga qoʻyiladigan talablar, ular tomonidan sud ekspertizalari va tadqiqotlarini oʻtkazish tartib-taomili hamda ish reglamentlarini belgilash;

nodavlat sud-ekspertlik faoliyatini metodik taʼminlash hamda tartibga solish mexanizmini joriy etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan ekspertlar tomonidan beriladigan mutaxassis fikrini berish;

qayta ekspertiza oʻtkazish vakolati beriladigan ekspertlar reyestrini yuritish tizimini joriy etish va unga kiritishga doir talablarni belgilash;

maxsus vakolatli organning huquq va majburiyatlarini belgilash;

sud ekspertlari tomonidan qasamyod qabul qilish va kasb-etika qoidalarini belgilash;

sud-ekspertlik faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlarini joriy etish.

Qonun loyihasi

2022-yil aprel

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM, Advokatlar palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Protsessual qonunchilik hujjatlariga nodavlat sud-ekspertlarining surishtiruv, dastlabki tergov va sud ish yurituvidagi ishtiroki hamda ular vakolatini nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

Qonun loyihasi

2021-yil oktabr

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM

3.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq oʻtkazilishi mumkin boʻlgan sud ekspertizasi turlari boʻyicha tadqiqotlar roʻyxatini tasdiqlash

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil avgust

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Advokatning soʻroviga asosan shartnoma asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ekspertiza tayinlash va ekspertiza xulosasini olish vakolatlarini belgilash.

Qonun loyihasi

2021-yil avgust

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM

5.

Qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan davlat va nodavlat sud ekspertlariga nisbatan taʼsir choralari qoʻllashning aniq mezon va mexanizmlarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil noyabr

Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV, DXX, Oliy sud, Bosh prokuratura, ETRM

6.

Sud ekspertlarining noqonuniy harakatlari bilan bogʻliq holatlarning adolatli va xolis koʻrib chiqilishini taʼminlash maqsadida Malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil noyabr

Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, ETRM

II. Sud-ekspertlik amaliyotini kengaytirish hamda sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish

7.

Sud-ekspertiza muassasalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud-ekspertiza xulosalariga boʻlgan ehtiyojlarini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda sud ekspertizasining yangi turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish.

Tashkiliy choralar

2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, IIV, Bosh prokuratura, Sogʻliqni saqlash vazirligi, ETRM, manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Sud ekspertizaning yangi turlarini joriy qilish boʻyicha grantlar ajratish.

Tashkiliy choralar

2021 — 2023-yillar

Innovatsion rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining (keyingi oʻrinlarda — RSEM) hududiy boʻlimlarida joylardagi zarur ehtiyojlar hamda mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda ekspertiza tadqiqotlarining qoʻshimcha turlarini joriy qilish. Shu jumladan, Fargʻona, Termiz, Urganch shaharlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Samarqand shahrida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini bosqichma-bosqich tashkil qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil sentabr

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi

10.

Sud ekspertlari va ekspertiza toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda ekspertiza harakatlarni amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini taʼminlash uchun moʻljallangan “E-ekspertiza” yagona axborot tizimini joriy etish (integratsiya qilish).

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil mart

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, ETRM, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Ekspert xulosalarini xalqaro miqyosda tan olinishi va qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida davlat sud-ekspertiza muassasalari laboratoriyalarining xalqaro ilmiy-texnik talablarga mosligini taʼminlagan holda ularni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

12.

Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, oʻtkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil may

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, DXX, Mudofaa vazirligi, ETRM

13.

Sud ekspertlarining yagona reyestrini yuritish orqali ular faoliyatiga oid elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

Tashkiliy choralar

2021-2022-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, DXX, Mudofaa vazirligi, ETRM

14.

Sud-ekspertlik sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish, shu jumladan aholiga sud-ekspertlik faoliyatiga doir maʼlumotlarni yetkazishga qaratilgan sud-ekspertiza axborot portalini yaratish.

Tashkiliy choralar

2021-2022-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, ETRM

15.

Ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi muassasalarga oʻz faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha sud-ekspertlik tadqiqotlarini oʻtkazish huquqini berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil may

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM

III. Sud-ekspertlik xizmatining ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shu jumladan uslubiyot va reglamentlarini takomillashtirish hamda sohaga fan va texnika yutuqlarini joriy etish

16.

Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutini tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil avgust

Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM, manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Sud-ekspertlik sohasida mavjud uslubiy qoʻllanmalarni tanqidiy koʻrib chiqish va amaliyotni uygʻunlashtirish maqsadida tizimlashtirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, DXX

18.

RSEMda sud ekspertizasi mutaxassisligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish boʻyicha alohida Kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy-chora tadbirlar

2022-yil aprel

Adliya vazirligi, OAK, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, ETRM

19.

Sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini yanada takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish.

Tashkiliy-chora tadbirlar

dastur asosida 2021-2022-yillar

Adliya vazirligi, OAK, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi

20.

Davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan sudlarga va huquqni muhofaza qilish organlariga metodik yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan ular uchun sud ekspertizalarini tayinlash va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha amaliy qoʻllanmalar va boshqa adabiyotlar nashr qilish.

Tashkiliy-chora tadbirlar

dastur asosida 2021-2022-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM

21.

Adliya organlari tomonidan aniq ish reja asosida sud-ekspertlik sohasidagi muammolarni kompleks oʻrganish va ularni tizimli hal qilish yuzasidan aniq, chuqur, ilmiy asoslangan takliflar hamda taʼsirchan mexanizmlar ishlab chiqish choralarini koʻrish.

Tashkiliy-chora tadbirlar

dastur asosida 2021-2022-yillar

Adliya vazirligi

22.

Sud-ekspertlik sohasidagi mavjud uslubiyotlarni tanqidiy koʻrib chiqish orqali xalqaro standartlarga va talablarga moslashtirish.

Chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida 2021-2022-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

23.

Sud-ekspertlik faoliyatining dolzarb muammolarini tadqiq qilish boʻyicha aniq reja-grafik asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida 2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

24.

Sud ekspertizasi va kriminalistika sohasida yangi avlod darsliklarini olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy olimlarni jalb etgan holda tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

dastur asosida 2021-2022-yillar

TDYUU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi

25.

Sud ekspertizasi va kriminalistika atamalariga oid lugʻat yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

TDYUU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi

26.

“Oʻzbekiston sud-ekspertizasi” elektron ilmiy jurnalini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil oktabr

RSEM, TDYUU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi

27.

Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslar, jinoyatchilar qoldirgan biologik izlar, tanib olinmagan murdalar, bedarak yoʻqolgan shaxslar boʻyicha genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasini yaratishga doir tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

dastur asosida 2021 — 2023-yillar

IIV, Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, DXX

IV. Sud-ekspertlik xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda sud ekspertlarni tayyorlashning samarali tizimini yaratish

28.

Sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlashda oliy taʼlim muassasalarida dual taʼlim prinsipiga muvofiq bakalavr yoki magistratura bosqichlarida taʼlim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari boʻyicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM

29.

RSEMda professor-oʻqituvchilar doimiy faoliyat yuritadigan oʻquv kafedralarini tashkil qilish orqali ekspertlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini yaxshilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil iyul

Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV

30.

Sohaga innovatsion oʻqitish uslublari va shakllarini keng joriy etish orqali davlat va nodavlat sud ekspertlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini takomillashtirish, shuningdek, kredit-modul tizimi asosida sud ekspertlarining malakasini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil iyul

Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV

31.

Sud ekspertlarini ishdan ajralmagan holda hamda ularning ish joyida kasbiy malakasini oshirish tizimini joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil iyul

Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, ETRM

32.

Sud ekspertlarining kasbiy bilim va malakalarini oshirishda xorijiy sud-ekspertlik tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, bunda har yili kamida 10 nafar sud ekspertlarining grant mablagʻlari hisobidan xorijiy davlatlarda malaka oshirishi va stajirovka oʻtashini yoʻlga qoʻyish.

Chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, ETRM

33.

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari hamda sud xodimlari uchun sud ekspertizalarini oʻtkazishga zarur boʻlgan tadqiqot obyektlarini yigʻish, saqlash va taqdim etish usullari toʻgʻrisida doimiy ravishda manzilli oʻquv seminarlar (vebinarlar)ni tashkil qilib borish.

Chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi, ETRM

34.

Malaka oshirish jarayonlariga xorijiy davlatlarning sud-ekspertlik sohasidagi mutaxassislarini maʼruzachi va oʻqituvchi sifatida keng jalb etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy sud, IIV

35.

Ekspertiza muassasalarida kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, xodimlar tomonidan doimiy ravishda oʻz kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirib borishini qoʻllab quvvatlash maqsadida ilmiy darajaga ega boʻlgan kadrlar uchun tegishli shart-sharoitlar va moliyaviy imkoniyatlar yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV

V. Nodavlat sud-ekspertiza institutini rivojlantirish

36.

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari va xususiy ekspertlarining birlashmasini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil sentabr

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi

37.

Nodavlat sud ekspertlarining kasbiy layoqatliligi hamda oʻtkazilgan sud ekspertizalarining sifatini monitoring qilib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil sentabr

Adliya vazirligi

38.

Yakka tartibda nodavlat sud-ekspertiza faoliyati bilan shugʻullanuvchi xususiy ekspertlar institutini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil may

Adliya vazirligi

VI. Sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

39.

Sud-ekspertiza muassasalarining Osiyo tarmogʻi (Aziatskaya set uchrejdeniy sudebnoy ekspertizi (Asian Forensic Sciences Network — AFSN)ga aʼzo boʻlish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

40.

Sud-ekspertlik faoliyatining eng dolzarb muammolari tahlili asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni, shu jumladan milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish dasturini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

41.

Xorijiy yetakchi sud-ekspertiza, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar bilan xalqaro hujjatlar tuzish, qoʻshma dasturlarni amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, DXX, ETRM

42.

Xalqaro ekspertlar ishtirokida mamlakatimiz sud ekspertlari uchun xorijiy amaliyot, seminar va oʻquv kurslarini tashkil etish ishlarini kuchaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, DXX, ETRM

43.

Oʻzbekiston Respublikasi sud-ekspertiza muassasalari va tashkilotlari tomonidan xorijiy tashkilot va chet el fuqarolari uchun sud-ekspertiza imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida, ularga xizmat koʻrsatish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari

2022-yil sentabr

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, RSEM

44.

Sud ekspertlarining xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda, jumladan Jahon sud ekspertlari assotsiatsiyasi (IAFS) shafeligida oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarda muntazam ishtirok etishini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

45.

Sud-ekspertiza muassasalari faoliyatiga davlatlararo va xalqaro standartlarni joriy qilish maqsadida amaldagi qonunchilikka muvofiq texnik qoʻmita tashkil qilish va Davlatlararo hamda xalqaro texnik qoʻmitalarga aʼzo boʻlish va ular faoliyatini ishtirokini taʼminlash.

Chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida 2021-2022-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, DXX, ETRM, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

VII. Sud-ekspertlik xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

46.

Davlat sud-ekspertiza muassasalarini ISO/IEC 17025 xalqaro standarti talablariga javob beradigan bino va inshootlar bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

47.

Dasturiy taʼminotlar, reaktivlar, reagentlar, sarflash materiallari hamda asbob-uskunalar va jihozlar xaridi boʻyicha yillik dasturni amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Dastur asosida 2022-2023-yillar

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, Tashqi ishlar vazirligi

48.

Davlat sud-ekspertiza tashkilotlarini oʻrnatilgan tartibda yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, manfaatdor vazirlik va idoralar

49.

Davlat sud-ekspertiza muassasalari xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Dastur asosida 2022-2023-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

50.

Ekspertiza tadqiqotlarini sifatli va belgilangan muddatlarda oʻtkazish maqsadida koʻchma laboratoriyalar bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

IIV, Adliya vazirligi, DXX, ETRM, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

51.

Yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratish orqali davlat-xususiy sheriklik asosida davlat sud-ekspertiza muassasalari xodimlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Izoh.
1. Huquqiy munosabatlarning predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqib, tadbirlarni amalga oshirish shakllari oʻzgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy aktlar va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.
2. Ikki va undan koʻp bandlar birlashtirilganda, ijro muddati sifatida birlashayotgan bandlar uchun koʻrsatilgan eng kechki muddat belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-son Farmoniga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha kengash
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

R.K. Davletov

adliya vaziri, Kengash raisi

lavozimiga koʻra

adliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari

I.A. Qutbiddinov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

A.Y. Mavlanov

Bosh prokuror oʻrinbosari

I.T. Muslimov

Oliy sud raisi oʻrinbosari

Y.A. Abdulxakov

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

H.A. Qarshiyev

mudofaa vaziri oʻrinbosari

U.Y. Sabirov

sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari

S.M. Buzrukxonov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari

Sh.U.Turdikulova

innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari

J.N.Shukurov

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori oʻrinbosari

lavozimiga koʻra

Adliya vazirligi Yuridik taʼlim va sud-ekspertiza boshqarmasi boshligʻi, Kengash kotibi

Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan masʼul shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-son Farmoniga
4-ILOVA
2021 — 2025-yillarda joriy etiladigan ekspertiza va tadqiqot turlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Ekspertiza va tadqiqotlar turlari

Masʼul tashkilot va muassasa nomi

Ijro muddati

1.

Sud-soliq ekspertizasi

RSEM, Bank-moliya akademiyasi

dastur asosida 2021-yil

2.

Oziq-ovqat mahsulotlarini baholash ekspertizasi

RSEM, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

3.

Radiotexnika ekspertizasi

RSEM, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

dastur asosida 2022-2023-yillar

4.

Sovuq qurollarning kriminalistik ekspertizasi

RSEM, IIV Akademiyasi

5.

Bank sohasida boy berilgan foydani aniqlash tadqiqoti

RSEM, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Bank-moliya akademiyasi

6.

Sud psixologik-filiologik ekspertiza tadqiqoti

RSEM, Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

7.

Intellektual mulk sohasida sud iqtisodiy ekspertizasi

RSEM

dastur asosida 2023-2024-yillar

8.

Audiovizual va dasturiy mahsulotlarning sud tovarshunos ekspertizasi

RSEM, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

9.

Dendrologiya ekspertizasi

RSEM, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bogʻi, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti

10.

Gaz va elektr texnika obyektlarining portlash texnik ekspertizasi

RSEM, IIV EKBM, FVV Akademiyasi

dastur asosida 2023-2024-yillar

11.

Bino va inshootlarning texnik holatini aniqlash

RSEM, Toshkent arxitektura-qurilish instituti

12.

Psixofiziologik ekspertizasi

RSEM, Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy universiteti

13.

Videotexnika ekspertizasi

RSEM, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

14.

Fototexnika ekspertizasi

RSEM, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

15.

Parfyumeriya sanoati mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash tadqiqoti

RSEM, Toshkent kimyo-texnologiya instituti

dastur asosida 2024-2025-yillar

16.

Qurilish mollarining tadqiqoti

RSEM, Toshkent arxitektura-qurilish instituti

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-son Farmoniga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5843-son Farmonining 8-bandi “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi “davlat organlari va tashkilotlarining” soʻzlaridan keyin “(Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi va ularning tizimidagi tashkilotlar bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4125-son qarorida:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlash oliy taʼlim muassasalarida dual taʼlim prinsipiga muvofiq bakalavriat yoki magistratura bosqichlarida taʼlim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari boʻyicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirilishi mumkin”;
toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2021-y., 06/21/6256/0636-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)