Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 18oktabrdagi PF-6324-son
Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yigʻinlari xodimlari mehnatiga yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlashning razryadlarini belgilash toʻgʻrisida” 2017-yil 17-iyuldagi 500-son
qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 14-martdagi 200-son qaroriga 2-ilovaning
2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-son qarori)” 2019-yil 22-apreldagi 346-son qaroriga ilovaning
8-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yigʻinlari xodimlari mehnatiga yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlashning razryadlarini belgilash toʻgʻrisida” 2017-yil 17-iyuldagi 500-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2019-yil 20-noyabrdagi 920-son
qarori.