Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-apreldagi PF-5700-son
Farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-apreldagi PF-5700-son Farmonining
5-bandida fuqarolar yigʻinlari raislari va masʼul kotiblari oylik ish haqi 2019-yil 1-maydan 1,25 baravarga va 1-oktabrdan 1,2 baravarga oshirilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yigʻinlari xodimlari mehnatiga yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlashning razryadlarini belgilash toʻgʻrisida” 2017-yil 17-iyuldagi 500-son
qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 29-son, 694-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
3. Belgilansinki, fuqarolar yigʻinlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
1. Ilova
matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Posyolkalar, qishloqlar va ovullarning, shuningdek, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalari fuqarolar yigʻinlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha