toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi Oʻzbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targʻib etish, xalq ogʻzaki ijodiyoti va havaskorlik sanʼatini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini taʼminlash, madaniyat va sanʼat sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan:
birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) va uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi;
ikkinchidan, madaniyat va sanʼat tashkilotlarining “doʻstlar klublari” faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha mutlaqo yangicha samarali tizim yaratildi;
uchinchidan, muzeylar renovatsiya dasturi qabul qilindi, oʻzbek xalqining koʻhna va betakror sanʼati namunasi boʻlgan “Xorazm lazgisi” YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritildi;
toʻrtinchidan, madaniy meros obyektlari va sanʼat ashyolarini restavratsiya qilish boʻyicha milliy maktab, shuningdek, xalq cholgʻulari, milliy raqs, maqom yoʻnalishlarida respublika koʻrik-tanlovlari qayta tiklandi;
beshinchidan, mamlakatimizda muntazam ravishda oʻtkaziladigan Xalqaro maqom sanʼati anjumani, Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro folklor sanʼati festivali hamda “Raqs sehri” xalqaro festivali tashkil etilib, oʻzbek mumtoz va folklor sanʼatining noyob namunalari va anʼanalarini hamda madaniy muloqotni yanada rivojlantirish boʻyicha samarali tizim yoʻlga qoʻyildi.
Shu bilan birga, Konsepsiyani amalga oshirish, sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, isteʼdodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash, taʼlim muassasalarini musiqa darsliklari, notalar toʻplamlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlashning yaxlit tizimi yaratilmagan.
Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari koʻrsatish darajasini oshirish, buning uchun respublikaning barcha hududlarida teatr, muzey, koʻchma sirk va hayvonot bogʻlari faoliyatini doimiy ravishda yoʻlga qoʻyish dolzarb vazifa boʻlib qolmoqda.
Yuqoridagi vazifalarni samarali amalga oshirish, madaniyat va sanʼat sohasidagi islohotlarni jadal davom ettirish, madaniyat organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
2020 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va sanʼatni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasining 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlar Mahkamasi Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” va chora-tadbirlar dasturlarini qabul qilishda mazkur bandga muvofiq tasdiqlanayotgan maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni nazarda tutsin.
2. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash, litsenziatlarning davlat reyestrini yuritish, ularning faoliyati va erishgan natijalari haqidagi axborotlarni kiritib borish Konsert-tomosha faoliyati ishtirokchilarining yagona onlayn portali orqali amalga oshiriladi;
konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish uchun undiriladigan yigʻim bekor qilinadi;
davlat organlari va tashkilotlarining asosiy vazifa va funksiyalaridan kelib chiqib, ularning tashabbuslari bilan oʻtkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlari har yili tasdiqlanadigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejalari (keyingi oʻrinlarda — kalendar rejalar) asosida oʻtkaziladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining kalendar rejalarda nazarda tutilmagan davlat tadbirlarini oʻtkazishni nazarda tutuvchi qarorlarida ushbu tadbirlarni tashkil etish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha buyurtmachilar hamda ularni moliyalashtirish manbalari koʻrsatiladi;
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning buyurtmalariga asosan koʻrsatiladigan barcha xizmatlar yozma va haq evaziga tuziladigan shartnoma asosida taqdim etiladi, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi davlat muassasalari xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bundan mustasno.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Madaniyat vazirligi) va boshqa davlat organlari tomonidan davlat tadbirlari va boshqa tadbirlarga ijodkorlar va ijrochilarning jamoatchilik asosida jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilansin.
4. Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab notalar toʻplamlari va maxsus musiqiy adabiyotlarni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan chop etilishini va ularning taʼlim muassasalariga toʻliq yetkazilishini taʼminlasin.
5. 2020-yil 1-sentabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi konsert, madaniyat saroylari va boshqa muassasalarda toʻliq jonli ijro asosida oʻtkazilgan konsert dasturlari uchun ijara toʻlovidan 50 foiz chegirma berish tartibi joriy etilsin.
6. Madaniyat va sanʼat sohasi vakillarining Sanʼatkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasini (keyingi oʻrinlarda — Palata) tashkil etish toʻgʻrisidagi tashabbuslari qoʻllab-quvvatlansin.
Belgilansinki, Palata mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilot hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniyat vazirligi Palata faoliyatining dastlabki bosqichlarida uni qoʻllab-quvvatlash uchun 1 mlrd soʻm ajratilishini taʼminlasin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev, madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov Palata hamda mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan boshqa tashkilotlar faoliyatini tashkil etishga har tomonlama koʻmaklashsin.
7. Belgilansinki, mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar ularga bevosita huquq egalari yoki ularning merosxoʻrlari tomonidan berilgan vakolatlar doirasida daʼvo bilan sudga murojaat qilgan taqdirda davlat bojini toʻlash muddati kechiktirilib, bu boj keyinchalik aybdor tarafdan undirib olinadi.
8. Madaniyat vazirligi tomonidan xarid qilingan, ommaviy ijroga moʻljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni 2020-yil 1-sentabrdan boshlab xususiy teatrlarda ham sahnalashtirish va ijro etishga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, xususiy teatrlarda sahnalashtirilgan hamda ijro etilgan asarlar uchun mualliflik haqi toʻlash har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishi belgilansin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son)
9. Boy tarixi, oʻzbek milliy qoʻgʻirchoq teatri maktabining shakllanishi va rivojidagi beqiyos hissasini inobatga olib, Respublika qoʻgʻirchoq teatriga Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatri nomi berilsin.
Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi Navoiy, Namangan, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu viloyatlarda qoʻgʻirchoq teatrlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida 2021-yilda Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlari qoʻgʻirchoq teatrlari binolarini qurish, ularga ajratilgan binolarni rekonstruksiya qilish, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarini nazarda tutsin;
2020-yilga moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, qoʻshimcha ravishda hayvonlarni saqlash xonalarini qurish hamda zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarining toʻliq moliyalashtirilishini, shuningdek qurilish, rekonstruksiya va jihozlash ishlarini joriy yil oxiriga qadar toʻliq yakuniga yetkazib, foydalanishga topshirilishini taʼminlasin.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-2021-yillar davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar budjetlari mablagʻlari hisobidan har bir hududda koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) hamda hayvonot bogʻlari tashkil etilishi va doimiy faoliyat yuritishini taʼminlasin.
12. 2020-yil 1-sentabrdan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan oʻtkaziladigan tomosha tadbirlariga ommaviy tadbir oʻtkazish uchun ruxsatnoma va ruxsat berish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni olish talab etilmaydi, bunda tadbir tashkilotchilari uni oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisida ichki ishlar organlarini kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi;
ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan oʻtkaziladigan tomosha tadbirlarida jamoat tartibi va yongʻin xavfsizligini toʻlov undirilmagan holda taʼminlaydi;
davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat bogʻlari, sport inshootlari, sayilgohlar va boshqa ochiq hududlarda koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan tomosha tadbirlari oʻtkazish uchun ijara va boshqa turdagi toʻlovlar undirilmaydi;
nomoddiy madaniy meros obyektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish faoliyati Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari roʻyxatiga kiradi (madaniyat markazlari tarkibida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno) va ularning ushbu faoliyatdan olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi tatbiq etilmaydi.
13. Madaniyat vazirligi tizimida:
Madaniyat vazirligi markaziy apparati tuzilmasida madaniyat muassasalari va havaskorlik sanʼatini rivojlantirish, sohada axborot texnologiyalarini keng joriy etish va raqamlashtirish masalalariga masʼul vazir oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin;
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining “Oʻzbek maqom sanʼati fakulteti” hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari negizida maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy taʼlim muassasasi — Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti tashkil etilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk maktabi Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji etib qayta tashkil etilsin;
V. Uspenskiy va R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari maktab-internatlar uchun belgilangan imtiyozlarni tatbiq qilgan holda tegishlicha V. Uspenskiy va R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktablariga aylantirilsin.
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Iqtidorli bolalar akademik litseyi hamda Toshkent ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi negizida Madaniyat vazirligi tizimida Respublika musiqa va sanʼat kolleji tashkil etilsin;
14. 2020-yil sentyabr oyidan boshlab davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi “ochiq eshiklar kuni” deb eʼlon qilinsin.
Belgilansinki, “ochiq eshiklar kuni”da fuqarolar muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib koʻrish uchun davlat muzeylariga bepul kiritiladi.
15. Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2020 — 2025-yillar davomida bosqichma-bosqich har bir tuman va shaharda tarix va madaniyat davlat muzeylarining filiallari shaklida oʻlkashunoslik muzeylari tashkil etilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylar, ularning filial va boʻlimlari roʻyxatiga kiritilishini taʼminlasin.
16. Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyiga — sanʼat sohasidagi, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyiga — madaniyat va tarix sohasidagi barcha muzeylar faoliyatini ilmiy-tadqiqot va metodik jihatdan muvofiqlashtirish, ularning ushbu yoʻnalishlardagi oʻzaro hamkorligini taʼminlash, kadrlarning ilmiy salohiyatini oshirish vazifasi yuklansin.
Madaniyat vazirligi va Fanlar akademiyasi 2021-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi va Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida muzeyshunoslik, sanʼatshunoslik, madaniyatshunoslik yoʻnalishlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlar va ilmiy-metodik kengashlar tashkil etish choralarini koʻrsin.
Madaniyat vazirligi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2021-yil 1-yanvardan boshlab muzeylarning ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimlarining bazaviy lavozim maoshlarini oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda yetakchi ijodiy tashkilotlarning “doʻstlar klublari”ni tashkil etish boʻyicha ijobiy tajribasini muzeylar sohasiga tatbiq etilishini taʼminlasin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda keng jamoatchilikning madaniyat va sanʼatning jamiyatimiz ijtimoiy-maʼnaviy hayotida tutgan oʻrnini hisobga olib, soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 15-aprel sanasini “Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Madaniyat vazirligi oʻn kun muddatda “Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni”ni belgilash boʻyicha qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5630-son Farmoni 6-bandining “a” kichik bandi birinchi xatboshisi “davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
20. Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
21. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-may,
PF-6000-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoniga
1-ILOVA
2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va sanʼatni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tizimli muammo
va vazifalar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Madaniyat va sanʼat sohasida qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish

1.

Madaniyat vazirligi tizimidagi teatrlar, muzeylar, madaniyat markazlari, konsert-tomosha, taʼlim muassasalari va boshqa muassasalarining boshqaruv, badiiy-ijodiy, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining namunaviy shtatlarini takomillashtirish.

1. Namunaviy shtatlarni xorijiy davlatlar tajribalari asosida qayta koʻrib chiqish.

2. Namunaviy shtatlarga asosan tegishli muassasalarning shtatlar jadvallarini tasdiqlash.

3. Xodimlarning koʻp yillik ish staji, toifasi, ilmiy darajasini hisobga olgan holda mehnatga haq toʻlashning differensial tizimini joriy etish boʻyicha taklif kiritish.

2020-yil

dekabr

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Husanov),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

II. Moddiy va nomoddiy meros hamda muzeylar sohasida

2.

Muzeylarning daromad manbalarini kengaytirish maqsadida ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, jumladan tovarlar sotish va xizmatlar koʻrsatishning huquqiy asoslarini belgilashga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqish.

1. Xorijiy tajriba asosida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini tayyorlash.

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

2020-yil
iyul

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Iqtisodiyot taraqqiyot vazirligi (Ortiqov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
manfaatdor vazirlik
va idoralar

3.

Hududlardagi davlat muzeylaridagi ekspozitsiyalarni zamon talablariga asosan yangilash, reekspozitsiya qilish ishlarini tashkil etish.

1. Talab doirasida reekspozitsiya qilinadigan va xalqaro standartlar darajasida tashkil etiladigan ekspozitsiya dasturlarini shakllantirish.

2. Dastur loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Reekspozitsiya va ekspozitsiya ishlarini tashkil etishda xorijiy yetakchi mutaxassislarni jalb qilish.

4. Tashkil etilgan reekspozitsiya va ekspozitsiyalardan maxsus �lbomlar, flayerlar, bukletlar, foto, video materiallar tayyorlash.

2020yil

avgust

Muzeylarning budjetdan tashqari mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),
vazirliklar va idoralar

4.

Milliy muzey fondini raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2025-yilga qadar quyidagi tadbirlarni toʻliq yakunlashni nazarda tutuvchi Milliy muzey fondini raqamlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

har bir muzey tomonidan oʻz fondida saqlanayotgan muzey eksponatlarining elektron katalogini yaratish;

“Milliy muzey fondining davlat katalogi” elektron katalogini yaratish;

muzeylarning elektron kataloglari bilan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali tanishish;

Departament, muzeylar, davlat bojxona xizmati organlari va boshqa manfaatdor idoralar oʻrtasida madaniy boyliklarni muhofaza qilish boʻyicha oʻzaro elektron axborot almashish tizimini yaratish;

“virtual muzey”, “raqamli muzey” loyihalarini amalga oshirish.

2020-yil
sentyabr

Madaniy meros jamgʻarmasi, muzeylarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
tasarrufida muzeylar mavjud boʻlgan boshqa tashkilotlar

5.

Toshkent shahrida Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi uchun yangi binolar kompleksini qurish.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda Toshkent shahrida Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi uchun yangi binolar kompleksini qurish loyihasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish:

binolar kompleksida muzey eksponatlarini zarur darajada saqlash, taʼmirlash, ilmiy tadqiq etish, koʻrgazmaga qoʻyiladigan eksponatlar ulushini bir necha barobar oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

binolar kompleksini Toshkent shahridagi aholi va sayyohlar eng koʻp tashrif buyuradigan maskanlar toifasiga kiritish;

binolar kompleksini qurish ishlarini har yilgi investitsiya dasturlari hisobidan moliyalashtirish.

2020-2021-yillar

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov)

6.

Madaniy meros masalalari boʻyicha YUNESKO bilan hamkorlikda Xalqaro maslahat qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

1. Xalqaro maslahat qoʻmitasini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borish.

2. Xalqaro maslahat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha taklif kiritish.

2020-yil dekabr

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), YUNESKO ishlari boʻyicha milliy kengash

7.

“Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qalʼa”, “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalari hududlarining chegarasini belgilash ishlarini yakunlash.

1. “Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qalʼa”, “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalariga beriladigan obyektlar yakuniy roʻyxatini shakllantirish.

2. Roʻyxatga kiritilgan obyektlarning chegaralarini aniqlash.

3. Muzey-qoʻriqxonalarning chegaralarini belgilash, tegishi hujjatlarni rasmiylashtirish.

2020-yil sentyabr

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hokimliklari

8.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Oʻzbekiston milliy universitetida madaniy meros obyektlarini restavratsiya (konservatsiya) qilish boʻyicha yoʻnalishlar tashkil etish.

1. Qabul kvotasi boʻyicha ehtiyojni aniqlash.

2. Davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari va maxsus rejalar ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-2021oʻquv yilidan
boshlab

Oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari
hisobidan

Oliy va oʻrta maxsu� taʼlim vazirligi (Madjidov),

Iqtisodiyot taraqqiyot vazirligi (Ortiqov),

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),

Qurilish vazirligi (Zakirov),

Badiiy akademiya (Nuridinov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

9.

Oʻzbekiston madaniy merosini asrash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha butunjahon jamiyati faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil

avgust

Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (Abduxalikov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov)

10.

Aholining keng qatlami, shuningdek, oʻquvchi-yoshlar orasida davlat muzeylarida saqlanayotgan milliy moddiy madaniy meros boyliklari, jumladan arxeologik, amaliy sanʼat, numizmatika, litografik kabi eksponatlarning foto va koʻchma koʻrgazmalari haqida targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

1. Milliy eksponatlar katalogi asosida targʻibot roliklarini tayyorlash.

2. Taʼlim muassasalari, korxonalar va ishlab chiqarish birlashmalarida, xizmat koʻrsatish markazlarida targʻibot ishlarini tashkil etish.

3. Davlat muzeylariga jalb etilgan tashrifchilar uchun ekskursiyalar tashkil etish.

4. Tashrifchilarning ekspozitsiyalar boʻyicha fikrlari yuzasidan bevosita va bilvosita soʻrovnomalar tashkil etish.

2020-yil

sentyabr oyidan boshlab muntazam

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida,

homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),

Xalq taʼlimi vazirligi,

(Shermatov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Madjidov)

11.

Madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va uning hududiga olib kirish tartibini, shu jumladan ushbu sohadagi ruxsat beruvchi hujjatlarni va ularni rasmiylashtirish jarayonlari�i soddalashtirish, yakka tartibdagi tadbirkorlarga madaniy boyliklarni realizatsiya qilish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini berish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash.

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

2020-yil
iyul

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar

12.

Xalqaro Venetsiya arxitektura biyennalesida Oʻzbekiston milliy pavilonini yaratish.

1. Oʻzbekiston milliy paviloni konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

3. Milliy pavilonni yaratish va biyennaleda faol ishtirok etish.

2020-yil

sentyabr

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

13.

Madaniyat vazirligi tizimidagi koʻzi ojizlar kutubxonalari faoliyatini zamonaviylashtirish.

1. Mashhur oʻzbek va jahon adabiyoti asarlarini audiolizatsiya qilish va ularni Respublika koʻzi ojizlar kutubxonasining internet sayti orqali aholiga taqdim etish.

2. Koʻzi ojizlar kutubxonalari tomonidan masofaviy xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

3. Koʻzi ojizlar kutubxonalarining xizmatlarini zamonaviylashtirish va ulardan foydalana olish imkoniyatini kengaytirish jarayoniga Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazini keng jalb etish.

2020-2021-yillar davomida

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining grantlari,

homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sadikov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Saidjonov)

14.

Oʻzbekiston muzey eksponatlari ishtirokida
2021-2022-yillarda Parij shahridagi Arab dunyosi instituti (Fransiya), Pekin shahridagi Pekin milliy muzeyi (Xitoy) va Samarqand shahrida ShHT davlat rahbarlari sammiti doirasida “Ipak yoʻli” koʻrgazmasini tashkil etish va oʻtkazish.

1. Hamkorlikdagi koʻrgazma konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasini tayyorlash va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

4. Koʻrgazmani yuqori saviyada oʻtkazish.

2020-yil

sentyabr

Reja asosida

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov),

Samarqand viloyati hokimligi

III. Teatr, qoʻgʻirchoq teatri, kino, sirk, shapito va milliy anʼanaviy dorbozlik sanʼati sohasida

15.

Teatr, sirk, muzey, hayvonot bogʻlari va boshqa madaniyat muassasalariga oʻquvchi va talabalarni keng jalb qilish.

Barcha turdagi taʼlim muassasalari oʻquvchi va talablarini madaniyat muassasalariga muntazam tashriflarini tashkil etish.

Doimiy ravishda

Vazirlar Mahkamasi (Musayev), Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Shermatov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Madjidov),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov)

16.

Teatrlar faoliyatida marketing va reklama tizimini rivojlantirish, teatrlarga aholini jalb qilish, qiziqtirish, teatr sanʼati targʻibotini yanada kuchaytirish.

1. Hududlarda maxsus reklama lavhalari va pannolar, bannerlar oʻrnatish uchun maxsus joy ajratish va oʻrnatish.

2. OAV vositalarida, xususan tele-radio kanallarda teatr repertuarlari va afishalari yoritish uchun maxsus vaqtlar ajratish.

3. Teatrning budjetdan tashqari qoʻshimcha tushumlarini koʻpaytirish maqsadida har bir teatrning oʻziga xos logotiplarini yaratish, suvenir doʻkonlarini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

4. Teatrlarning xarajatlar smetasida marketing va reklama xizmatlari uchun xarajatlarni nazarda tutish, shartnoma asosida reklama ishlarini tashkil etish.

Doimiy ravishda

2020-yil

iyun

Madaniyat vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilinadigan mablagʻlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

MTRK,

(Xodjayev),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov)

17.

Respublikamizda yangilik sifatida musiqali, drama va qoʻgʻirchoq teatrlari yoʻnalishi boʻyicha xalqaro teatr festivalini har ikki yilda bir marta oʻtkazish boʻyicha takliflar tayyorlash.

1. Festival toʻgʻrisida nizom loyihasini ishlab chiqish, unda davlat teatrlari va xorijiy teatrlar bilan ijodiy hamkorliklarni mustahkamlash, aholini jahonning eng namunali sara asarlaridan bahramand etish, teatrlardagi ijodiy xodimlarni sohaning yetuk xorijiy mutaxassislari bilan tajriba almashishini tashkil etishni nazarda tutish.

2. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil

avgust

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi,

(Kamilov),

Teatr arboblari uyushmasi

(Axmedov)

18.

Koʻchma sirklarni (shapito, dorbozlar guruhlari) malakali kadrlar bilan taʼminlash.

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi va koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) xodimlarini xorijiy davlatlarning sirk yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim muassasalarida oʻqitish hamda ularning malakasini oshirish.

Doimiy ravishda

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov)

19.

Teatrlar tomonidan sahnalashtirilgan asarlar mualliflariga toʻlanadigan mualliflik haqi boʻyicha qarzdorlikni bartaraf etish.

1. Madaniyat vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga asosan mazkur qaror kuchga kirguniga qadar teatrlar tomonidan sahnalashtirilgan asarlar mualliflariga toʻlanadigan mualliflik haqi boʻyicha qarzdorlikning toʻliq bartaraf etish.

2. Amalga oshirilgan ishlar natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish.

2020-yil
oxiriga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov)

IV. Milliy musiqa, raqs va estrada sanʼati sohasida

20.

Konsert-tomosha faoliyati ishtirokchilarining yagona onlayn portali (keyingi oʻrinlarda — Yagona portal)faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Yagona portal orqali litsenziyalashni nazarda tutgan holda Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutgan holda Yagona portalni yaratish:

konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlarini Yagona portalda onlayn tarzda, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali roʻyxatdan oʻtkazish;

litsenziya olish uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlar, shu jumladan ijrochining repertuari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, undagi musiqa va qoʻshiqlar talabgor tomonidan Yagona portalga kiritish hamda doimiy ravishda yangilab borish;

talabgorlar (litsenziatlar)ning intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini kafolatlagan holda kiritilgan musiqa va qoʻshiqlarni koʻchirib olishni istisno qilgan holda ularni eshitish;

talabgorlar (litsenziatlar)ning litsenziya talablariga, shu jumladan muayyan reyting guruhiga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini ular tomonidan kiritilgan maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda aniqlash;

talabgor (litsenziat) tomonidan kiritilgan har bir musiqa va qoʻshiq boʻyicha uni eshitib koʻrgan va unga ovoz bergan foydalanuvchilar sonini onlayn hisoblab borish;

talabgor (litsenziat)ning ijro mahoratiga baho berishda foydalanuvchilar tomonidan berilgan ovozlarni inobatga olish;

talabgor (litsenziat) tomonidan tegishli reyting guruhi uchun belgilangan barcha talablar bajarilgan taqdirda litsenziya Yagona portal tomonidan avtomatik tarzda, maxsus rekvizitlarga ega elektron hujjat shaklida rasmiylashtirish;

Yagona portalning alohida sahifasida har bir litsenziatga u tomonidan yil davomida yaratilgan yangi asarlar, ularga foydalanuvchilar tomonidan berilgan ovozlar, joylarda, xususan, olis hududlarda oʻtkazilgan konsert-tomosha dasturlari, davlat tadbirlaridagi ishtiroki, ijodiy ish staji va boshqa mezonlar boʻyicha onlayn tarzda ball hisoblab borish;

Madaniyat vazirligi tomonidan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar orasidan davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun tavsiya etiladigan nomzodlarni tanlab olishda ularga Yagona portal orqali qoʻyilgan ballarni inobatga olish.

2020-yil avgust

sinov tariqasida — 2020-yil
1-dekabr

toʻliq ishga tushirish —

2021-yil

1-yanvar

Madaniyat vazirligi budjetdan tashqari mablagʻlari, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi budjetdan tashqari mablagʻlari,
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilingan mablagʻlar

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

21.

Vatanga sadoqat, osoyishtalik, hayotni, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni targʻib etuvchi “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika qoʻshiqlar tanlovini zamonaviy yondashuv asosida qayta koʻrib chiqish.

1. Tanlov Nizomini qayta ishlash.

2. Tanlovni targʻib etish va unga keng ommani jalb etish boʻyicha OAVlarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda maxsus roliklar targʻibotini tashkil etish.

3.Tanlovni tele-loyiha shaklida oʻtkazish.

2020-yil

iyun — avgust

Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari

mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Saidjonov),

MTRK

(Xodjayev)

22.

Intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasiga doir sud amaliyotini umumlashtirish.

1. Intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasiga doir ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti materiallarini tanqidiy tahlil qilib borish.

2. Sudlar tomonidan intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasiga doir ishlarni koʻrib chiqish amaliyoti umumlashmalarini eʼlon qilib borish.

Doimiy ravishda

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi (Kamilov)

23.

Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini har yili tasdiqlanadigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejalari asosida oʻtkazishni joriy etish.

2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartibni belgilovchi Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

kalendar rejalar madaniyat organlari tomonidan boshqa tashkilotlarning takliflari asosida respublika, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar miqyosida ishlab chiqiladi;

kalendar rejalar tegishlicha Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining qarorlari bilan tasdiqlanadi va ularning rasmiy saytlarida eʼlon qilinadi;

kalendar rejalarda oʻtkaziladigan har bir davlat tadbirining nomi, oʻtkaziladigan sanasi va joyi, davlat tadbirini oʻtkazish boʻyicha buyurtmachi, moliyalashtirish manbalari, madaniyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vazifalari koʻrsatiladi;

kalendar rejalarda boshqa davlat tadbirlari bilan bir qatorda olis hududlardagi aholining madaniy hordiq olishini taʼminlashga qaratilgan konsert-tomosha dasturlari ham nazarda tutiladi, bunda ushbu dasturlarda ishtirok etuvchilarning transport, turar joy va xizmat safarlari bilan bogʻliq xarajatlar tegishli kalendar rejada nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida, mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

2020-yil avgust

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

24.

Madaniyat va sanʼat sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va ommaviy, madaniy, maʼrifiy, tomosha va informatsion dasturlar yoritilishini kengaytirish.

1. Madaniyat va sanʼat sohasi vazirlik va idoralari hamda davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalari, jumladan telekanallar bilan Media-piar rejasini ishlab chiqish boʻyicha qoʻshma hamkorlik memorandumi loyihasini ishlab chiqish.

2. Tadbirlarni tashkil etish va yoritish boʻyicha reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Tayyorlangan madaniy-maʼrifiy va koʻngilochar dasturlarning sifati va mazmuni yuzasidan aholi oʻrtasida ijtimoiy tarmoqlar orqali ochiq soʻrovlar oʻtkazish.

2021-yildan boshlab muntazam

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Saidjonov),

EOVAMA

(Abduxoliqov),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Yozuvchilar uyushmasi

(Sayidov),

Badiiy Akademiya

(Nuridinov)

V. Madaniyat, istirohat va hayvonot bogʻlari hamda madaniyat markazlari sohasida

25.

Madaniyat markazlari uchun yangi binolar qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash.

1. 2021 — 2024-yillarda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital taʼmirlanadigan va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli roʻyxatini ishlab chiqish.

2. Manzilli roʻyxatni tasdiqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil oktyabr

Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturi doirasida markazlashtirilgan manbalar, respublika budjeti mablagʻlari,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Ortiqov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazi�lar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

VI. Ilm-fan, taʼlim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish sohasida

26.

Bolalar musiqa va sanʼat maktablari va madaniyat markazlarini musiqa cholgʻulari bilan taʼminlash.

1. Maktablarning musiqa cholgʻu asboblari bilan taʼminlanganlik darajasini xatlovdan oʻtkazish.

2. Musiqa cholgʻu asboblarini sotib olish boʻyicha buyurtmalarni shakllantirish.

3. Maktablarni musiqa cholgʻu asboblari bilan taʼminlash.

2020-yil iyul

2020-yil sentyabr

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

27.

Aholi, jumladan, yoshlarning ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va kengaytirish.

1. Madaniyat va sanʼatning taniqli vakillari tomonidan oʻzbek va jahon klassik adabiyotining eng noyob asarlarini keng targʻib qilish boʻyicha “Kitobga muhabbat”, “Men oʻqigan asar”, “Men sevgan qahramon” kabi xeshteg, fleshbomlarni tashkil etish.

2. Taniqli madaniyat va sanʼat vakillarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va kanallarida mahorat darslarini tashkil etish, onlayn muloqotlar orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash.

3. Taniqli madaniyat va sanʼat vakillarining ijodiy faoliyati bilan bir qatorda, ijtimoiy tarmoqlarda yosh avlodda vatanparvarlik immunitetini mustahkamlashga qaratilgan xeshteglari va onlayn translatsiyalari muhokamasini tashkil etish.

2020-yil

iyul o�idan boshlab muntazam

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Yozuvchilar uyushmasi

(Sayidov),

Badiiy akademiya

(Nuridinov),

Yoshlar ittifoqi

(Saʼdullayev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Saidjonov),

EOVAMA

(Abduxoliqov)

28.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida “ommaviy madaniy tadbirlarni tashkil etish” taʼlim yoʻnalishi va ushbu yoʻnalish boʻyicha alohida kafedra tashkil etish.

1. Oliy taʼlim uchun davlat buyurtmasini shakllantirishda “ommaviy tadbirlarni tashkil etish” taʼlim yoʻnalishini kiritish boʻyicha taklif tayyorlash.

2. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov),

Iqtisodiyot taraqqiyot vazirligi (Ortiqov)

29.

Adabiy yoʻnalishlar boʻyicha “Yilning eng yaxshi asari” respublika tanlovini oʻtkazish.

1. Tanlov nizomini ishlab chiqish.

2. Har bir nominatsiyaga taniqli adiblar nomini berish.

3. Hayʼat kengashini shakllantirish.

4. Mukofot maqsadi va mazmun-mohiyati toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida targʻibot ishlarini olib borish.

5. Gʻoliblarni taqdirlash marosimini tashkil etish.

2021-yildan boshlab muntazam

“Ijod” va Ilxom” jamoat fondlari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Yozuvchilar uyushmasi

(Sayidov),

Fanlar akademiya�i (Yoʻldoshev),
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),

Respublika Maʼnaviyat
va maʼrifat markazi (Xodjimatov)

31.

Madaniyat va sanʼat sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.

1. Madaniyat va sanʼat sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda Vazirlar Mahkamasiga tak?i?lar kiritish:

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti faoliyati samaradorligini oshirish, Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti faoliyatini tashkil etish;

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;

“Oʻzbekiston davlat sirki” davlat muassasasi hududida Respublika Estrada va sirk kolleji uchun yangi zamonaviy bino qurish.

2020-yil
1-iyul

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), manfaatdor vazirlik
va idoralar

VII. Madaniyat turizmi sohasida

32.

“Samarkand Half Marathon” xalqaro yarim marafonini oʻtkazish.

1. Ishtirokchilarni xalqaro yarim marafonga jalb qilish va roʻyxatini shakllantirish.

2. Yarim marafonni har yili oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

3. Yarim marafon doirasida taʼlim va madaniyat tadbirlarini oʻtkazish.

4. Yarim marafon va gʻoliblarni taqdirlash marosimini oʻtkazish.

2020-yil noyabr

har yili
oktyabr-
noyabr

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va metsenatlik mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),
Samarqand viloyati hokimligi

33.

Xorijiy davlatlar, shu jumladan Markaziy Osiyo va Kavkaz, MDHga aʼzo davlatlar orasida alohida nufuzga ega boʻlgan, har yili oʻtkaziladigan musiqa festivallari, musiqa tanlovlarining yakuniy konsert dasturlarini Oʻzbekistonda oʻtkazish.

1. Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazish taklif etiladigan musiqa ta�birlarini aniqlash.

2. Musiqa tadbirlarining tashkilotchilari bilan muzokaralar oʻtkazish.

3. Musiqa tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazilishini tashkil etish.

2021-yildan boshlab muntazam ravishda

Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

34.

Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivalini oʻtkazish.

1. Festival oʻtkazish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Hududlarda, festival oʻtkaziladigan joylarni belgilash.

3. Festival reja jadvalini tasdiqlash va tegishli vazirlik va idoralarga yuborish.

2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marta

Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov), Oʻzbekiston Kom?oz?torlar va bastakorlar uyushmasi

(R.Abdullayev)

35.

Oʻzbekiston sanʼatini xalqaro miqyosda keng targʻib qilishni tashkil etish hamda ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Jahon sanʼati yarmarkasi”ni tashkil etish.

1. Yarmarkani tashkil etish boʻyicha hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Yarmarkaning targʻibot dasturlarini amalga oshirish.

4. Yarmarkaga mahalliy va jahonga mashhur xalqaro prodyuserlarni jalb etish choralarini koʻrish.

2021-yil

kelishuv asosida

Madaniyat
va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Kamilov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Saidjonov)

VIII. Madaniyat vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari hamda madaniyat
va sanʼat tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash sohasida

36.

Madaniyat vazirligi hududiy boshqarmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. Bir donadan Isuzu SAZ NP 26 rusumli transport vositalarini (“Avtoklub”) xarid qilish.

2. Transport vositalarini maxsus musiqiy texnik uskunalar bilan jihozlash.

3. Transport vositalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida berish.

2021-yil
1-yanvar

Mahalliy budjet mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro,

Fargʻona, Jizzax, Xorazm, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari

37.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) hamda hayvonot bogʻlari tashkil etish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. Koʻchma sirk (shapito, dorbozlar guruhlari) hamda hayvonot bogʻlarini tashkil etish boʻyicha tashabbuskorlarni aniqlash.

2. Zamonaviy infratuzilma sharoitlariga moslashgan hayvonot bogʻlarini tashkil etish uchun joy ajratish.

3. Koʻchma sirk (shapito, dorbozlar guruhlari) hamda hayvonot bogʻlari uchun zarur moddiy-texnika va maxsus avtotransport vositalari xarid qilish.

4. Koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) hamda hayvonot bogʻlari tashkil etish ishlarini moliyalashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar budjetlaridan ajratiladigan mablagʻlarning yetishmaydigan qismini Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan budjet tashkilotlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha xizmatlar toʻlovi bilan bogʻliq xarajatlarni maqbullashtirish hisobidan ajratish.

2020-2021-yillar davomida

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari, Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

38.

Madaniyat vazirligining tashkiliy tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan avtotransport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish, koʻchmas mulk obyektlari va boshqa mol-mulkka boʻlgan huquqlarni qayta rasmiylashtirish.

1. Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan, oʻzgartirilayotgan va boshqa tashkilotlar tizimiga oʻtkazilayotgan tashkilotlarga biriktirilgan avtotransport vositalarini tegishli yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni undirmagan holda ichki ishlar organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazish.

2. Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan, oʻzgartirilayotgan va boshqa tashkilotlar tizimiga oʻtkazilayotgan tashkilotlarga biriktirilgan koʻchmas mulk obyektlariga va boshqa mol-mulkka boʻlgan huquqlarni tegishli yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni undirmagan holda qayta rasmiylashtirish.

2020-yil oxiriga qadar

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov),

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov)

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (Abdullayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov)

39.

Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni Internet jahon axborot tarmogʻiga ulash.

Ixtisoslashtirilgan madaniyat va sanʼat muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, davlat teatrlari, muzeylar va ularning filiallari hamda madaniyat markazlarini Internet jahon axborot tarmogʻiga ulash, optik tolali aloqa liniyalari bilan toʻliq taʼminlash choralarini koʻrish.

2023-yil oxiriga qadar

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari, tashkilotlarning
oʻz mablagʻlari,
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sadikov)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasining 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan
MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI

T/r

Tizimli vazifalar

Oʻlchov birligi

Yillar kesimida

2021

2022

2023

2024

2025

Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va muzeylar sohasida

1.

Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini restavratsiya qilish uchun xarajatlarni nazarda tutish.

mlrd soʻm

50

75

100

125

150

2.

Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini restavratsiya, konservatsiya qilib borish.

ta

100

150

170

200

230

3.

Muzeylar tomonidan taʼlim muassasalari va yirik tashkilotlarda koʻchma koʻrgazmalar sonini oshirish.

ta

500

530

570

600

650

Teatr va sirk sohasida

4.

Davlat teatrlari tomonidan namoyish etiladigan spektakllarga tomoshabinlarni jalb etish.

mln. nafar

2,4

2,8

3,2

3,6

4

5.

Davlat teatrlarining xalqaro festival va gastrollarga yuborilishini tashkil etish.

ta

15

20

25

30

40

6.

Joylarda oʻtkaziladigan sirk tomoshalarining sonini oshirish.

ta

397

446

497

551

600

Milliy musiqa, raqs va estrada sanʼati sohasida

7.

Iqtidorli yoshlarning nufuzli xorijiy tanlovlarda ishtirokini oshirish.

nafar

250

300

400

450

500

8.

Yoʻqolib borayotgan milliy raqs uslub va anʼanalarini tiklash va rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “ustoz va shogird” milliy raq� maktablariga oʻquvchilarni jalb etish.

ta

15

20

25

30

35

9.

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkazilayotgan konsert-dasturlar sonini oshirish.

ta

900

950

1150

1200

1300

Madaniyat va istirohat bogʻlari hamda madaniyat markazlari sohasida

10.

Madaniyat markazlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida madaniyat va sanʼat yoʻnalishlaridagi toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

mingta

4,7

5

5,25

5,5

5,8

11.

Madaniyat markazlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida madaniyat va sanʼat yoʻnalishlaridagi toʻgaraklarga yoshlarni jalb etish.

foizda

7

10

15

17

20

12.

Davlat-xususiy sheriklik asosida madaniyat markazlari va istirohat bogʻlari faoliyatini samarali tashkil etish.

ta

35

60

90

110

150

Ilm-fan, taʼlim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish sohasida

13.

Bolalar musiqa va sanʼat maktablarini oliy maʼlumotli kadrlar bilan taʼminlash.

foizda

45

50

55

60

65

14.

Tizimdagi taʼlim muassasalarining xorijiy turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish.

ta

70

80

90

95

100

15.

Madaniyat va sanʼat tizimidagi oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, xususan ilmiy darajali kadrlar sonini koʻpaytirish.

nafar

7

10

10

10

12

Madaniyat turizmi sohasida

16.

Mamlakatimizga xorijiy sayyohlar oqimini yanada koʻpaytirish maqsadida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida mavsumiy koʻngilochar madaniy tadbirlar tashkil etish.

ta

10

20

30

40

55

17.

Xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatini targʻib qilish va mamlakatimiz toʻgʻrisida ijobiy tasavvurni shakllantirishga yoʻnaltirilgan madaniy tadbirlar (madaniyat kunlari, koʻrgazmalar, konsert dasturlari) sonini koʻpaytirish.

ta

15

20

25

30

40

18.

Oʻtkaziladigan ommaviy-madaniy tadbirlar, konsert dasturlari va namoyish etiladigan spektakllar uchun maxsus reklama shitlarini oʻrnatish.

ta

110

190

270

380

500

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 06/20/6000/0673-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)