Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 21-yanvardagi 16-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3127, 2019-yil 22-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2019-y., 10/19/3127/2525-son) bilan tasdiqlangan Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Litsenziat qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin besh ish kuni ichida litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.”.
2.
27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi asosida unda koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshiradi.”.