toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKBIRLAShUV, “OʻZKOOPTAYYORLOVSAVDO” BIRLAShMASI VA “OʻZMEVASABZAVOTUZUMSANOAT” KONSERNI BOShQARUVLARINING DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh MASaLALARI BOʻYIChA TAKLIFLARI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
 LexUZ sharhi
Mazkur qarorga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-avgustdagi 399-sonli qarorning 6, 8-bandlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tayyorlash, saqlash va sotish korxonalarini mulkchilikning jamoa va xususiy shakllariga aylantirishga doir 1994-yilgi tashkiliy tadbirlar va Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 20-yanvardagi 44-sonli qarorini qanday bajarilayotganligini tekshirish boʻyicha maxsus komissiyaning tarkibi qoʻshimcha ravishda kiritilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish haqida”gi Qonuniga muvofiq hamda bozor munosabatlarini keng joriy etish, korxonalar, xoʻjaliklar va tashkilotlarning tashabbuskorligini va ishbilarmonligini rivojlantirish va ularga mulkchilikning jamoa hamda xususiy shakllarini shakllantirish uchun zarur sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi, Oʻzbekbirlashuv va “Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasi boshqaruvlarining belgilangan tartibda kooperativ mulkni bosqichma-bosqich xoʻjalik yuritishning xususiy va boshqa shakllarga aylantirish haqidagi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserning oʻz savdo tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasi va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni boshqaruvlarining 1993-yil uchun tashkiliy tadbirlari 1—3-ilovalariga muvofiq maʼqullansin.
2. Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorlarida belgilangan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari boʻyicha meʼyoriy qoidalar va imtiyozlar 1—3-ilovalarga muvofiq Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzkooptayyorlovsavdo” va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konsernining savdo tashkilotlariga ham taalluqlidir:
“Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, davlat savdosi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qarorida, shuningdek mazkur qarorni bajarish yuzasidan Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan meʼyoriy qoidalar va yoʻriqnomalar;
“Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, davlat savdosi hamda umumiy ovqatlanish korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni jadallashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 1993-yil 6-yanvardagi 3-son qarori.
3. Belgilab qoʻyilsinki, 1993-yilda quyidagilar davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi:
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni tizimida — meva sabzavot kombinatlari (MSK), meva-sabzavot omborlari, bazalari va muzlatgichlari;
Oʻzbekbirlashuv tizimida — respublika, viloyat va tuman ulgurji bazalari, sanatoriylari, dam olish uylari, bolalar muassasalari, pioner lagyerlari, shuningdek ayrim togʻli joylarda va ularga tenglashtirilgan joylarda joylashgan savdo, umumiy ovqatlanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va tayyorlash tashkilotlari, shuningdek 4-ilovaga muvofiq sanoat korxonalari;
“Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasi tizimida — muzlatgichlar, meva-sabzavot mahsulotlari va boshqa xomashyo omborxonalari, hayvonot xoʻjaliklari, kolxoz bozorlari, boʻrdoqichilik xoʻjaliklari, meva-sabzavot, xomashyo va ulgurji bazalar, tayyorlov punktlari, shuningdek 5-ilovaga muvofiq sanoat korxonalari.
4. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni, Oʻzbekbirlashuv va “Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasi 10 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga davlat tasarrufidan chiqarish va mulkchilik shaklini oʻzgartirish nazarda tutilgan korxonalar (tashkilotlar)ning obyektlar boʻyicha roʻyxatini topshirsinlar.
Belgilansinki, matlubot kooperatsiyasi korxonalari va tashkilotlarining mulkini sotishdan tushgan hamda mol-mulkni sotib olishdan olingan mablagʻlar paychilarda qoladi va u budjetga oʻtkazilmaydi.
5. “Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, idoralar (mulk egalari), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 1993-yilning 1-apreliga qadar dehqon bozorlaridagi savdo tarmoqlari va umumiy ovqatlanish tarmoqlarini xususiylashtirishni tashkil etsin.
6. Oʻzbekbirlashuvga va “Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasiga oʻz tarmogʻlariga qarashli korxonalar va tashkilotlarga, shuningdek xususiy korxonalar egalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha tijorat kooperativ banklari tuzishga ruxsat etilsin.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-apreldagi 212-sonli “Savdoga va tijoratga koʻmaklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat bankining faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoitlar yaratib berishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 6-bandning “Oʻzbirlashuvbank” kooperativ bankini ochishga ruxsat berishga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan.
7. Shuni eʼtiborga olish kerakki, Oʻzbekbirlashuv va “Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasi boshqaruvlarining kengaytirilgan majlislarida Ustavlarga tegishli oʻzgartishlar kiritish va ularni kengash yigʻilishlarida koʻrib chiqish uchun taqdim etish haqida qaror qabul qilingan.
8. Mazkur qarorning bajarilishi uchun shaxsan javobgarlik Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasi va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni rahbarlariga (Volkov, Qurbonova va Toshkenboyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga yuklatilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A.N. Voznenko zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 20-yanvar,
44-son
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 20-yanvardagi
44-son qaroriga
1-ILOVA
Matlubot kooperatsiyasi (Oʻzbekbirlashuv) korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish boʻyicha
TAShKILIY TADBIRLAR
‎‏
Hamma korxonalar‎‏
1992-yilda
‎ mulkchilikning
‎ boshqa shakllariga
‎oʻtkazilgan‎‏
1993-yilda
‎mulkchilikning
‎boshqa shakllariga
‎aylantirish
‎moʻljallangan‎‏
Qayta tuzishning tavsiya
‎etilgan shakli

aksionerlik
‎ yoki jamoa‎

xususiy, oilaviy
‎va boshqa shakllari‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2494‎ 6‎ 134‎ 26‎ 114‎
viloyatlar:‎
Andijon‎ 4191‎ 25‎ 275‎ 55‎ 245‎
Buxoro‎ 2286‎ 24‎ 176‎ 35‎ 165‎
Jizzax‎ 1979‎ 6‎ 124‎ 24‎ 106‎
Qashqadaryo‎ 3961‎ 5‎ 295‎ 60‎ 240‎
Navoiy‎ 1751‎ —‎ 100‎ 25‎ 75‎
Namangan‎ 3903‎ 30‎ 270‎ 60‎ 240‎
Samarqand‎ 5176‎ 6‎ 344‎ 74‎ 276‎
Sirdaryo‎ 1537‎ 12‎ 118‎ 20‎ 110‎
Surxondaryo‎ 3641‎ 20‎ 280‎ 74‎ 230‎
Toshkent‎ 3949‎ 78‎ 222‎ 42‎ 258‎
Fargʻona‎ 5120‎ 21‎ 279‎ 70‎ 230‎
Xorazm‎ 2160‎ 27‎ 123‎ 23‎ 127‎
Xoʻjaliklar‎ 34‎‎ —‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Jami:‎ 42181‎ 260‎ 2740‎ 584‎ 2416‎
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 20-yanvardagi
44-son qaroriga
2-ILOVA
Matlubot kooperatsiyasi (“Oʻzkooptayyorlovsavdo”) korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish boʻyicha
Tashkiliy tadbirlar
‎‏
Hamma korxonalar‎‏
1992-yilda
‎ mulkchilikning
‎ boshqa shakllariga
‎oʻtkazilgan‎‏
1993-yilda
‎mulkchilikning
‎boshqa shakllariga
‎aylantirish
‎moʻljallangan‎‏
Qayta tuzishning tavsiya
‎etilgan shakli

aksionerlik
‎ yoki jamoa‎

xususiy, oilaviy
‎va boshqa shakllari‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi 344 3‎ 172 5 170
viloyatlar:‎
Andijon‎ 747 6 380 4 382
Buxoro‎ 504 2 280 5 277
Jizzax‎ 312 3 190 6 187
Qashqadaryo‎ 684 ‎4 340 7 337
Navoiy‎ 519 3 260 2 261
Namangan‎ 354 2 170 5 167
Samarqand‎ 734 ‎6 450 9 447
Sirdaryo‎ 212 3 90 2 91
Surxondaryo‎ 398 2 170 4 168
Toshkent‎ 422 6 280 10 276
Fargʻona‎ 995 5 480 3 482
Xorazm‎ 385 2 190 6 186
Xoʻjaliklar‎ 115 2 ‎‎60 ‎‎9 ‎53
Jami:‎ 6723 49 3512 77 3484
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 20-yanvardagi
44-son qaroriga
3-ILOVA
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni meva-sabzavot savdosi korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish boʻyicha
tashkiliy tadbirlar
‎‏
Hamma korxonalar‎‏
1992-yilda
‎ mulkchilikning
‎ boshqa shakllariga
‎oʻtkazilgan‎‏
1993-yilda
‎mulkchilikning
‎boshqa shakllariga
‎aylantirish
‎moʻljallangan‎‏
Qayta tuzishning tavsiya
‎etilgan shakli

aksionerlik
‎ yoki jamoa‎

xususiy, oilaviy
‎va boshqa shakllari‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2 ‎— 2 2
viloyatlar:‎
Andijon‎ 1 1 1
Buxoro‎ 2 2 2
Jizzax‎
Qashqadaryo‎ 1 1 1
Navoiy‎ 1 1 1
Namangan‎ 1 1
Samarqand‎ 2 1 1 1
Sirdaryo‎ 1 1 1
Surxondaryo‎
Toshkent‎ 1 1 1
Fargʻona‎ 4 4 4
Xorazm‎ 2 2 2
Toshkent shahri‎ 18 2 11 11
Jami:‎ 36 3 28 28
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 20-yanvardagi
44-son qaroriga
4-ILOVA
1993-yilda davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan Oʻzbekbirlashuv tizimi korxonalarining
roʻyxati
Non zavodlari
Chirchiq oziq-ovqat kombinati
Savdo uskunalari zavodi
Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish kombinati
1 mshb va undan yuqori quvvatga ega boʻlgan konserva zavodlari
Fargʻona viloyati matlubot jamiyatining Quva qandolatchilik fabrikasi
Pivo zavodlari
Viloyat dehqonchilik sanoati kombinatlari
Nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat birlashmalari
Gʻisht zavodlari
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 20-yanvardagi
44-son qaroriga
5-ILOVA
1993-yilda mulkchilikning jamoa shaklidan mulkchilikning boshqa turlariga oʻtkazilmaydigan “Oʻzkooptayyorlovsavdo” tizimi korxonalarining
ROʻYXATI
“Moʻyna” respublika birlashmasi
Toshkentdagi ulgurji-savdo-ishlab chiqarish korxonasi
0,5 mshb va undan yuqori quvvatga ega boʻlgan meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarish sexlari
Shumanaydagi Osh tuzi ishlab chiqarish korxonasi
Nukusdagi sholiga ishlov berish korxonasi
Toshkent viloyatidagi Qibray meva-sabzavot konservalari va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xoʻjalik hisobidagi ishlab chiqarish birlashmasi
Toshkent viloyati meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi “Sohibkor” ishlab chiqarish korxonasi
Toshkent viloyati Qibray tumanidagi piyoz quritish liniyasi
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi parrandachilik fabrikasi
Gʻuzordagi junga dastlabki ishlov berish zavodi
Namangandagi xonatlas shoyi gazlamalari chiqaruvchi sex
Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi tikuvchilik korxonasi