Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
MAHALLIY SANOAT, AHOLIGA MAIShIY XIZMAT KOʻRSATISh, DAVLAT SAVDOSI VA UMUMIY OVQATLANISh KORXONALARINI DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRIShNI JADALLAShTIRISh YuZASIDAN QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son
qarorida nazarda tutilgan mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish va umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlarini amalda roʻyobga chiqarishni taʼminlash, qayta tashkil etilayotgan jamoalar manfaatlarini yanada toʻlaroq hisobga olish, shuningdek, mulkchilik shakllarini oʻzgartirish mexanizmini tartibga soluvchi zarur meʼyoriy bazani shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, davlat savdosi va umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarining mehnat jamoalari mulkni sotib olayotganda ularga beriladigan qoʻshimcha imtiyozlar roʻyxati
1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda 1993-yilning 20-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining respublika shahar va qishloqlaridagi hududiy boʻlinmalarini tuzish va ularni mablagʻ bilan taʼminlash, shuningdek, ularni malakali kadrlar bilan toʻldirish masalasini hal etsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari A.N. Voznenko va B.S. Hamidov oʻrtoqlar zimmasiga yuklatilsin.
Mangʻit xalq isteʼmol tovarlari fabrikasi
Amudaryo tumani sanoat kombinati
Izboskan tumani sanoat kombinati
Kosonsoy tumani sanoat kombinati
Sariosiyo tikuvchilik fabrikasi
Yangiyer shahar sanoat kombinati
Toshloq tikuvchilik fabrikasi
Hazorasp xoʻjalik-roʻzgʻor tovarlari fabrikasi
Qibray tumani sanoat kombinati
Buxoro zardoʻzlik buyumlari fabrikasi
Samarqand xoʻjalik-roʻzgʻor buyumlari zavodi
Navbahor tumani sanoat kombinati
Peshku tumani sanoat kombinati
Sherobod tumani sanoat kombinati
Toshkent “Chevar” aksionerlik jamiyati