toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishini jadallashtirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida:
1. Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining tuman (shahar) markazlariga yaqin va uy-joyga talab yuqori bo‘lgan hududlarda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida barpo etilgan “Muruvvat” massivi namunasi asosida “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2022-yilda quriladigan “Yangi O‘zbekiston” massivlarining manzilli ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida ko‘p qavatli uy-joylar, muhandislik-transport kommunikatsiyasi, ijtimoiy soha, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari kompleks tarzda quriladi. Bunda:
ko‘p qavatli uy-joylarning qurilish osti yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida realizatsiya qilinadi;
ko‘p qavatli uy-joylarga tutash yer uchastkalari uy-joy qurib bitkazilganidan keyin mahalliy ijroiya hokimlik organining tegishli qarori bilan ko‘p qavatli uy-joy mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib beriladi;
massivlarda tashkil etiladigan ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali mulk va ijara huquqlari asosida realizatsiya qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
elektron onlayn-auksionda g‘olib deb topilgan tadbirkorlik subyektlariga ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi uchun “S” va undan yuqori reytingga ega bo‘lgan qurilish tashkilotlarini jalb qilishga ruxsat etiladi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 06/24/70/0317-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5087-son qaroriga muvofiq xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga olis va chekka hududlarda joylashgan yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi va ijara huquqini elektron onlayn-auksionga qo‘yishda yer uchastkasining boshlang‘ich narxini 50 foizgacha kamaytirish vakolati berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. “Yangi O‘zbekiston” massivlarida tashqi muhandislik-transport kommunikatsiyalari hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurishda quyidagilar:
a) buyurtmachi etib:
massivlarning qurish loyihalarini ishlab chiqish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarish, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini qurish bo‘yicha — tegishligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari hamda “Yangi Andijon” shahrida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” DUK;
avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi;
isitish qozonxonalari va issiqlik tarmoqlarini qurish bo‘yicha — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi;
ichimlik va oqova suv ta’minoti tarmoqlarini qurish bo‘yicha — “O‘zsuvta’minot” AJ;
elektr va gaz ta’minoti tarmoqlarini qurish bo‘yicha — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minot” AJ;
aloqa tarmoqlarini qurish bo‘yicha — “O‘zbektelekom” AJ belgilansin;
b) massivlarni qurish loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyihachi etib “Qishloqqurilishloyiha” MChJ, “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “ToshuyjoyLITI” AJ va “ToshkentboshplanLITI” DUK belgilansin;
v) tashqi muhandislik-transport kommunikatsiyalari hamda ijtimoiy soha obyektlari qurilishini amalga oshiruvchi pudrat tashkilotlari davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlansin.
4. Belgilansinki, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida quyidagi ishlar:
massivlarni qurish loyihalarini ishlab chiqish, tashqi avtomobil yo‘llari, ichimlik va oqova suv ta’minoti tarmoqlarini qurish — Davlat budjeti mablag‘lari, hududlarda tashkil etiladigan tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
tashqi elektr va gaz ta’minoti tarmoqlarini qurish — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minot” AJlarning o‘z mablag‘lari hamda asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra Davlat budjetidan ajratiladigan qisqa muddatli foizli ssudalar hisobidan;
ko‘p qavatli uy-joylarni qurish — tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarish — mahalliy budjet mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
ijtimoiy soha obyektlari (maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, tibbiyot punktlari, isitish qozonxonalari va boshqalar)ni qurish — Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda, ijtimoiy soha obyektlari davlat-xususiy sheriklik asosida qurilganda, ushbu ishlar davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq bajariladi.
5. Moliya vazirligi (Ishmetov) 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida o‘zlashtirilmagan 300 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larni teng ulushlarda Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazsin.
6. Ushbu Farmonning 2-ilovasida ko‘rsatilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan past rentabelli 489 gektar yer maydonlari “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan tegishincha aholi punktlarining yerlari hamda sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazilsin.
Belgilab qo‘yilsinki:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini mazkur Farmonga muvofiq olib qo‘yish sababli qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari undirilmaydi;
ushbu yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida 2023-yil 1-yanvarga qadar ushbu Farmon bilan toifasi o‘zgarayotgan sug‘oriladigan yer uchastkalari maydonining besh baravari miqdorida yangi yerlar o‘zlashtirilishini ta’minlasin. Bunda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yangi yer uchastkalari Kadastr agentligi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinganidan so‘ng o‘zlashtirilgan hisoblanadi.
Kadastr agentligi (Umarov) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev) bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yangi yer uchastkalari o‘z vaqtida va belgilangan miqdorda o‘zlashtirilishini qat’iy nazorat qilsin.
7. Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining “Yangi O‘zbekiston” massivlari bilan birgalikda oldingi yillarda barpo etilgan massivlarning bo‘sh turgan yer uchastkalarida ham uy-joylarni qurishni davom ettirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Vazirlar Mahkamasi Qurilish vazirligi (Zokirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflariga asosan bir oy muddatda oldingi yillarda barpo etilgan massivlarning bo‘sh turgan yer uchastkalarida va uy-joyga talab yuqori bo‘lgan boshqa hududlarda quriladigan uy-joylarning manzilli ro‘yxatini va qurilish parametrlarini tasdiqlasin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlangan manzilli ro‘yxat asosida uy-joy qurish uchun yer uchastkalarining belgilangan tartibda elektron onlayn-auksionga chiqarilishini ta’minlasin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish loyihalarini ishlab chiqish va ularda qurilish ishlarini tashkil etishga “Qishloq qurilish invest” IK MChJ hamda “O‘zshahar qurilish invest” IK MChJlarni jalb qilish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda 2022-yilda “Yangi O‘zbekiston” massivlariga tutash va yaqin hududlarda tashkil etiladigan kichik sanoat zonalari va texnoparklar ro‘yxatini tasdiqlasin.
10. Qurilish vazirligi (Zakirov):
a) 2022-yil 1-iyunga qadar 2023 — 2026-yillarda quriladigan “Yangi O‘zbekiston” massivlarining manzilli ro‘yxatini shakllantirsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
b) bir oy muddatda:
“Yangi O‘zbekiston” massivlarida qurish uchun taklif etiladigan ko‘p qavatli uy-joylarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin va loyiha yechimlarini o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirsin;
ko‘p qavatli uy-joylar qurilishida energiya tejamkor materiallardan foydalanishni nazarda tutuvchi talablarni ishlab chiqsin va ularning shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilishini ta’minlasin;
shaharsozlik normalari va qoidalariga ko‘p qavatli uy-joylarning yerto‘lalarini foydali maydon sifatida ishlatish bo‘yicha tegishli o‘zgartirish kiritilishini ta’minlasin;
v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ko‘p qavatli uy-joylarni loyihalash va qurishda belgilangan qurilish normalari va qoidalariga, qurilish-montaj va pardozlash ishlarini bajarish sifatiga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin;
g) tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘p qavatli uy-joylarni qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari qonunchilikda belgilangan muddatlarda tayyorlanishi, kelishilishi va qurilish ishlari boshlanishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev) va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (Ko‘chimov) Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun va mohiyati ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini ta’minlasin.
12. Qurilish vazirligi (Zakirov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov) bilan birgalikda bir oy muddatda uy-joy qurilish klasterlarini tashkil etish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Bosh prokuratura (Yuldashev) “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishida narxlarning asossiz oshirilishi, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi hamda tasdiqlangan loyihalarning o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatsin.
14. Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari D.K. Adilovga “Yangi O‘zbekiston” massivlarida qurilish-montaj ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ularda mahalliy zamonaviy qurilish materiallari va uskunalarini keng qo‘llash orqali uy-joylarning narxini pasaytirish hamda quruvchi tashkilotlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi sifati yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatilib, bu borada normativ-texnik hujjatlar va loyiha hujjatlaridan chetga chiqish holatlari aniqlangan taqdirda, mas’ul shaxslarga, shu jumladan buyurtmachi tashkilotning texnik nazorat, pudrat tashkilotining ichki nazorat va loyihachi tashkilotning mualliflik nazorati mutaxassislariga nisbatan choralar qo‘llanilsin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
15. Mazkur Farmonning ijrosini tashkil qilishga mas’ul etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qo‘chqorov, moliya vaziri T.A. Ishmetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Farmonning ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-dekabr,
PF-32-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-son Farmoniga
1-ILOVA
2022-yilda quriladigan “Yangi O‘zbekiston” massivlarining
manzilli ro‘yxati*

T/r

Hududlar nomi

Tuman va shahar nomi

Mahalla va massivlar nomi

Massiv maydoni

(gektar)

Quriladigan
uy-joylar

Quriladigan ijtimoiy obyektlar soni

uy-joylar soni

xonadon soni

umumta’lim maktabi

maktabgacha ta’lim tashkiloti

tibbiyot muassasasi

Respublika bo‘yicha

29 ta

1 014,9

619

21 312

18

24

15

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kegeyli tumani

“Aktuba” OFY

10,8

7

210

1

1

1

Qorao‘zak tumani

“Esim” MFY

10,0

6

168

1

1

0

Qonliko‘l tumani

“Nauriz” MFY

14,3

10

300

1

1

0

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri

“Yangi Andijon” massivi

53,0

74

1 962

1

1

1

3.

Buxoro viloyati

G‘ijduvon tumani

“Baraka” MFY

35,0

24

480

1

1

1

Qorako‘l tumani

“Do‘rmon” massivi

30,0

12

240

0

1

1

4.

Jizzax viloyati

Sh. Rashidov tumani

“Oqtosh ota” MFY

41,3

14

1 120

0

0

0

5.

Qashqadaryo viloyati

Koson tumani

“Do‘stlik” MFY

27,2

30

616

1

1

1

Yakkabog‘ tumani

“Ayg‘irko‘l” MFY

18,0

25

500

1

1

0

6.

Navoiy viloyati

Karmana tumani

“Do‘stlik” MFY

21,0

20

400

1

1

1

Qiziltepa tumani

“Malikobod” MFY

20,0

10

200

0

1

1

7.

Namangan viloyati

Chust tumani

“Gulzor” MFY

29,0

15

300

0

1

1

Pop tumani

“Mirishkor” MFY

16,0

17

340

0

1

1

8.

Samarqand viloyati

Bulung‘ur tumani

“G‘o‘bdin” MFY

23,9

18

330

0

0

0

Urgut tumani

“Merganji” MFY

39,2

18

964

1

1

0

9.

Surxondaryo viloyati

Angor tumani

“Sharq guli” MFY

11,5

17

408

0

1

0

Jarqo‘rg‘on tumani

“Qorayantoq” MFY

24,5

20

396

1

0

1

Sariosiyo tumani

“Lutfukor” MFY

31,0

19

556

1

0

0

Boysun tumani

“Mustaqillik” MFY

7,7

10

200

0

0

0

10.

Sirdaryo viloyati

Yangiyer shahar

“A. Jomiy” MFY

15,9

20

400

0

0

0

11.

Toshkent viloyati

Chirchiq shahar

“Iftixor” MFY

49,0

29

1 668

1

1

1

Olmaliq shahar

“I. Karimov” MFY, “A. Qahhor” MFY

59,1

15

1 140

1

2

1

12.

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona tumani

“Yangi asr” MFY

20,6

33

1 428

1

2

1

Farg‘ona shahar

“Eko shahar”

300,0

80

4 362

2

3

1

Yozyovon tumani

“Yuqori soybo‘yi” MFY

65,2

30

600

1

1

0

13.

Xorazm viloyati

Yangiariq tumani

“Do‘stlik” MFY

6,5

8

160

0

0

0

Tuproqqal’a tumani

“Obod” MFY

10,5

5

100

0

1

1

Xonqa tumani

“Yosh kuch” MFY

10,0

9

228

0

0

0

14.

Toshkent shahri

Sergeli tumani

“A. Navoiy” massivi

14,7

24

1 536

1

0

0

* 2022-yilda quriladigan “Yangi O‘zbekiston” massivlarining manzilli ro‘yxatiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligining takliflariga asosan Vazirlar Mahkamasi Rayosati yig‘ilishi qarori bilan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-son Farmoniga
2-ILOVA
“Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish uchun toifasi o‘zgarayotgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari
ro‘yxati

T/r

Hududlar nomi

Tuman, shahar nomi

MFY nomi

Dala kontur raqami

Yer maydoni

(ga)

Shundan:

sug‘oriladigan

lalmi

ko‘p yillik daraxtzorlar

bo‘z yerlar

yaylovlar

Jami

488,9

244,1

23,9

75,5

25,3

120,1

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kegeyli tumani

“Aktuba” OFY

3720q, 3735

10,8

10,8

2.

Andijon viloyati

Andijon tumani

“Do‘ngqishloq” MFY

35, 254, 255, 256, 257, 258, 259, 260, 261, 262, 278, 279, 280, 281, 283, 284, 285, 286, 287, 288, 289, 290, 291, 292, 293, 296, 320, 366, 367, 368, 369, 370, 374, 377

46,1

3,7

40,5

1,9

3.

Buxoro viloyati

G‘ijduvon tumani

“Baraka” MFY

950-991A

35

35

4.

Jizzax viloyati

Sh. Rashidov tumani

“Oqtosh ota” MFY

31a, 32, 33, 34, 35

19,5

3

16,5

5.

Qashqadaryo viloyati

Yakkabog‘ tumani

“Ayg‘irko‘l” MFY

392q, 391q

16,8

16,8

6.

Navoiy viloyati

Karmana tumani

“Do‘stlik” MFY

337q, 338q, 343q, 345q

20,1

20,1

Qiziltepa tumani

“Malikobod” MFY

216 aq, 212aq, 211a, 209aq, 214aq

18,5

11,7

6,3

0,6

7.

Namangan viloyati

Pop tumani

“Mirishkor” MFY

392q, 396q, 390q, 391q, 397q

29

29

Chust tumani

“Gulzor” massivi

926q,1040q

16

16

8.

Surxondaryo viloyati

Jarqo‘rg‘on tumani

“Qorayantoq” MFY

457

25,4

25,4

Sariosiyo tumani

“Lutfukor” MFY

36q, 43q, 29q

31,0

31,0

Boysun tumani

“Mustaqillik” MFY

15a

7,7

7,7

9.

Toshkent viloyati

Olmaliq shahri

“I. Karimov” MFY, “A. Qahhor” MFY

8435q, 8436, 8437, 8438, 8440, 8441, 8443, 8442

47,8

41,65

5,4

0,9

10.

Samarqand viloyati

Bulung‘ur tumani

“G‘o‘bdin” massivi

892q

23,9

23,9

Urgut tumani

“Kamangaron” MFY

1407, 1406, 1196, 1199, 1200, 1202, 1204, 1212, 1213, 1384, 1385, 1382, 1388, 1390, 1391, 1393, 1400, 1401, 1402, 1403, 1404,1405, 1193q, 1194, 1205, 1208, 1376, 1379,1383q, 1207q, 1377q, 1395q, 1397, 1380, 1398, 1196, 1372q, 1193q, 1197q, 1198, 1395q, 1396, 1389, 1381, 1374q, 1373, 1206, 1209, 1210

34,6

7,14

27,46

11.

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona tumani

“Yangi asr” MFY

137, 143, 150, 152, 153, 154

17,8

17,8

Yozyovon tumani

“Yuqori soybo‘yi” MFY

504, 505, 514, 515, 517, 518, 519, 520, 521, 523, 524, 525, 526, 506, 10, 12

58,0

55,9

2,15

12.

Xorazm viloyati

Yangiariq tumani

“Do‘stlik” MFY

974q, 975q, 977q,

6,3

6,3

Xonqa tumani

“Yosh kuch” MFY

2, 4

10,0

10,0

13.

Toshkent shahri

Sergeli tumani

“A. Navoiy” MFY

6772q, 6780, 6781

14,7

14,7

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 06/21/32/1146-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 02.05.2024-y., 06/24/70/0317-son)