1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Biznes yuritish shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid islohotlarni izchil davom ettirish, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish, ularni zarur moliyaviy va infratuzilmaviy resurslar bilan taʼminlash maqsadida:
1. 2021-yil 1-maydan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi qoʻshimcha choralari joriy etilsin:
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi PF-198-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.06.00 Kasanachilik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.17.00 Xalq badiiy hunarmandchiligi]
3. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlarning 70 foizi kichik biznes loyihalariga, 30 foizi ustuvor ravishda oʻzini oʻzi band qilishga (tomorqadan unumli foydalanish, uy sharoitida hunarmandchilikni va kasanachilikni rivojlantirish) yoʻnaltirilsin. Bunda, ajratiladigan mablagʻlarning kamida 15 foizi joylarda, ayniqsa shaharlarda xizmat koʻrsatish sohasida kichik loyihalarni moliyalashtirishga qaratiladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga olis va chekka hududlarda joylashgan yer uchastkasiga mulk huquqi va ijara huquqini auksionga qoʻyishda ularning boshlangʻich narxini 50 foizgacha kamaytirish vakolati;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga yer uchastkasiga mulk huquqi va ijara huquqini auksionga qoʻyishda boshlangʻich narxga chegirma belgilanadigan olis va chekka hududlar chegaralarini belgilash vakolati berilsin.
(4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
5. 2021-yil 1-iyundan boshlab infratuzilmaga yaqin joylarda, shu jumladan respublika ahamiyatidagi yoʻllarga tutash boʻlgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha unumdorligi past, foydalanishda boʻlmagan qishloq xoʻjaligi yerlarini sanoat va xizmat koʻrsatish obyektlarini barpo etish uchun loyiha asosida investorlarga “E-AUKSION” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion orqali ajratishga ruxsat berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
6. Bosh vazir oʻrinbosarlari J. Qoʻchqorov va Sh. Gʻaniyev Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil 15-mayga qadar qishloq xoʻjaligi yerlarini xatlovdan oʻtkazgan holda sanoat va xizmat koʻrsatish obyektlarini barpo etish uchun ajratiladigan unumdorligi past, foydalanishda boʻlmagan qishloq xoʻjaligi yerlari roʻyxatini shakllantirsin hamda ularning aniq chegarasi va maydonini koʻrsatgan holda har bir tuman kesimida tasdiqlanishini taʼminlasin.
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Andijon, Namangan, Fargʻona, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Andijon, Namangan, Fargʻona, Samarqand shaharlari, Urgut va Gʻijduvon tumanlarida zamonaviy savdo va sanoat hududlarini tashkil etish, ularda savdo-ishlab chiqarish obyektlarini qurish va sotish uchun infratuzilma mavjud boʻlgan kamida 20 gektar maydondan yer uchastkalarini tadbirkorlik subyektlariga auksion orqali (shu jumladan, toʻlovni boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan hamda auksionni yagona ishtirokchi bilan oʻtkazishga ruxsat bergan holda) ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Bunda, savdo va sanoat hududlarini tashkil etishning asosiy sharti binolarning birinchi qavatida savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari, yuqori qavatlarida ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish hisoblanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2021-2022-yillar davomida kamida 500 ta mahalla fuqaro yigʻinlarining eski binolarini davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy koʻrinishda qayta qurish boʻyicha tadbirkorlik subyektlari bilan kelishuvga erishilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
Bunda, 1 qavatli bino oʻrniga 2-3 qavatli bino qurilishi, uning 2 va 3-qavatlarida kichik ishlab chiqarish, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari, ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil qilish uchun tekin foydalanish asosida 30 yilga tadbirkorlik subyektining ixtiyorida qoldirilishini nazarda tutsin.
9. Belgilab qoʻyilsinki, 2021-yil 1-iyundan boshlab:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat koʻrsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida toʻlab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga koʻra soliq qarzini toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmayotgan tadbirkorlik subyektlariga soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
uch yildan ortiq vaqtdan buyon tovarlarni import qilish bilan shugʻullanayotgan, bojxona toʻlovlari boʻyicha majburiyatlarini bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga koʻra toʻlovlarni belgilangan muddatda toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi.
Bunda, ushbu tartib boʻyicha garovsiz boʻlib-boʻlib toʻlanadigan soliq yoki toʻlovlar summasi tadbirkorlik subyekti tomonidan oxirgi uch yil davomida toʻlangan soliq yoki bojxona toʻlovlari summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.
Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur banddan kelib chiqqan holda soliqlar hamda bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlashning vaqtinchalik tartibini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.01 Erkin muomalaga qoʻyib yuborish]
10. 2021-yil 1-maydan boshlab chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan eksport qiluvchilar va “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimida tovarlarni respublikaga olib kirish va rasmiylashtirishni, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishni oʻz vaqtida taʼminlamagan import qiluvchilar uchun qonunchilikda belgilangan jarima miqdorlari ikki baravarga kamaytirilsin.
2021-yil 1-may holatiga shakllangan tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qoʻllash toʻxtatilsin va debitor qarzdorlik vujudga kelish muddatlari 2021-yil 1-maydan boshlab yangidan hisoblansin.
11. Belgilansinki, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab ijro ishini yuritish doirasida qarzdordan undirilgan pul summalari ijro hujjatlari boʻyicha barcha talablarni qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, budjetga toʻlovlar boʻyicha talablar, kreditorlarning qarzdor mol-mulki bilan taʼminlanmagan talablari, shu jumladan qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa yetarli boʻlmaganligi tufayli qanoatlantirilmagan talablari bir navbatda (toʻrtinchi navbatda) qanoatlantiriladi.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil Vazirlar Mahkamasi va manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur banddan kelib chiqadigan oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilishini taʼminlasin.
12. Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan eksperiment oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruhi faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Investorga yer uchastkasini dastlabki zaxiralash toʻgʻrisida Toshkent shahar hokimining qarori qabul qilinmagan investitsiya loyihalari boʻyicha Ishchi guruh qarorlari bekor qilinsin.
13. Qurilish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi uch oy muddatda transport maqsadlariga moʻljallangan yerlar, suv obyektlari, gidrotexnika inshootlari, magistral quvurlar, elektr tarmoqlari obyektlarining muhofaza zonasi chegaralarini belgilash parametrlarini ularning maqbullashtirilishini nazarda tutgan holda qayta koʻrib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
14. Kadastr agentligi 2021-yil 1-sentabrga qadar jismoniy va yuridik shaxslarga “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keyinchalik ularni elektron onlayn-auksionga qoʻyish masalasini belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun joylashtirish boʻyicha takliflarni kiritish, shuningdek, yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish jarayonini kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirilishini taʼminlasin.
15. Qurilish vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda koʻp qavatli uylarning yertoʻlalaridan tadbirkorlik maqsadida foydalanish, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsat etish tartib-taomillarini soddalashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda yengil konstruksiyali xizmat koʻrsatish shoxobchalarini auksion savdolari orqali joylashtirish tartibini joriy etish;
bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov, S.Oʻ. Umurzakov va Sh.M. Gʻaniyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-sentabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV