Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining
“Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning filiallari professor-oʻqituvchilarining pedagogik yuklamalari hajmini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-son “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni va 2021-yil 6-apreldagi PQ-5054-son “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 23-noyabrdagi 24-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning filiallari professor-oʻqituvchilarining pedagogik yuklamalari hajmini tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3108, 2018-yil 28-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/3108/2394-son)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning filiallari professor-oʻqituvchilarining pedagogik yuklamalari hajmini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.
Nomi va
1-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning filiallari professor-oʻqituvchilarining pedagogik yuklamalari
hajmida:
a)
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 15 va 24-pozitsiyalarning “Ish turlarining bajarilganligini aniqlash” ustunidagi “Markaz” degan soʻzlar “Institut” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;