toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining
buyrug‘i
Majburiy tibbiy qo‘riqdan o‘tmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud bo‘lgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 2-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3330]
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud bo‘lgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2014-yil 4-fevraldagi 38-son “Majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud bo‘lgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2566, 2014-yil 5-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 10-son, 114-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XADJIBAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-oktabr,
31-son
Kelishildi:
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
2021-yil 27-sentabr
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2021-yil 4-oktabr
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2021-yil 19-oktabrdagi 31-son buyrug‘iga
ILOVA
Majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud bo‘lgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar ro‘yxati

T/r

Majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud bo‘lgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar

Ruxsat etilmaydigan ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar

Mashg‘ulotlarning Xalqaro Standart Klassifikatsiyasi (MXSK-08) bo‘yicha kodi

1.

Davolash-profilaktika muassasalarida (tug‘ruqxonalar, tug‘ruq, chaqaloqlar patologiyasi va chala tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘limlarida) chaqaloqlar bilan bevosita muloqotda bo‘lgan holda bajariladigan ishlar

akusherka

3222

barcha nomdagi tibbiyot hamshiralari

3221

barcha mutaxassislikdagi vrachlar

2212

bemorga qarash bo‘yicha kichik tibbiyot hamshira

5321

sanitarkalar

5321

bolalar taomlari va parhez taomlari oshpazi

5120

bufetchi

5132

2.

Bolalarga xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan barcha davolash-profilaktika muassasalari, shu jumladan bolalarga mo‘ljallangan sog‘lomlashtirish, jismoniy rivojlantirish, sihatgoh va reabilitatsiya maskanlarida, profilaktoriyalarda bolalar bilan bevosita muloqotda bo‘lgan holda bajariladigan ishlar

tarbiyachilar

2342

barcha nomdagi tibbiyot hamshiralari

3221

barcha mutaxassislikdagi vrachlar

2212

bemorga qarash bo‘yicha kichik tibbiyot hamshira

5321

sanitarkalar

5321

bolalar taomlari va parhez taomlari oshpazi

5120

bufetchi

5132

3.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va bolalar uylarida bolalar bilan bevosita muloqotda bo‘lgan holda bajariladigan ishlar

tarbiyachilar

2342

barcha nomdagi tibbiyot hamshiralari

3221

barcha mutaxassislikdagi vrachlar

2212

bemorga qarash bo‘yicha kichik tibbiyot hamshira

5321

sanitarkalar

5321

bolalar taomlari va parhez taomlari oshpazi

5120

bufetchi

5132

4.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’lim va sport muassasalarida, shuningdek ushbu maqsadlarda tashkil etilgan to‘garaklarda bolalar bilan bevosita muloqotda bo‘lgan holda bajariladigan ishlar

tarbiyachilar

2342

barcha nomdagi tibbiyot hamshiralari

3221

barcha mutaxassislikdagi vrachlar

2212

bemorga qarash bo‘yicha kichik tibbiyot hamshira

5321

sanitarkalar

5321

bolalar taomlari va parhez taomlari oshpazi

5120

bufetchi

5132

to‘garak rahbari

2359

o‘qituvchilar

2351

logoped

2352

o‘qituvchi-logoped

2352

Izoh: mazkur Ro‘yxatda nazarda tutilgan ishlarda ishlovchi shaxslar, belgilangan muddatlarda majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart bo‘lib, ular tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra sil kasalligiga chalinmagan deb topilgan taqdirdagina, bunday ishlarga qo‘yiladi.
Mazkur Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 10/21/3330/1011-son)