1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasida turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida xalqaro standartlarga mos uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash jarayonini yoʻlga qoʻyish, fan, taʼlim va ishlab chiqarishning integratsiyasini taʼminlash maqsadida:
1. Turizm va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligining:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
a) “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetini “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti etib qayta nomlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
b) “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlarning turizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy taʼlim muassasasi hamda ushbu sohalarni ilmiy va innovatsion tadqiq etish boʻyicha ilmiy muassasaga aylantirish;
v) quyidagilarni:
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Shahrisabz, Margʻilon va Xiva turizm va servis kollejlari negizida oliy taʼlim tizimi bilan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan Shahrisabz, Margʻilon va Xiva turizm va madaniy meros texnikumlarini (keyingi oʻrinlarda — Madaniy meros texnikumlari) tashkil etish;
Samarqand turizm va servis texnikumini Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi hamda Buxoro turizm texnikumini Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi deb qayta nomlash;
Turizmni rivojlantirish instituti, Madaniy meros texnikumlari, Andijon, Zomin va Boʻstonliq turizm va servis kollejlarini Turizm va sport vazirligi tuzilmasidan Universitet tuzilmasiga oʻtkazish;
(1-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2024-y., 06/24/102/0541-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
g) Toshkent turizm va servis kolleji negizida Universitetning Toshkent filialini tashkil etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
d) Universitetni Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand arxeologiya institutining ilmiy va innovatsion tadqiqotlar sohasidagi hamda metodik yoʻnalishlardagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ etib belgilash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
e) “Ipak yoʻli” davlatlari tarixi, sanʼati va sivilizatsiyalarini tadqiq va namoyish etish uchun Universitet huzurida:
“Ipak yoʻli” xalqaro tadqiqot instituti;
“Ipak yoʻli” muzeyi;
“Ipak yoʻli” art-rezidensiyasi;
“Ipak yoʻli” sanʼat galereyasi;
Restavratorlarni qayta oʻqitish va malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Vasiylik kengashining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
a) Universitetning rektoriga Turizm qoʻmitasi bilan kelishgan holda:
(3-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
“Ipak yoʻli” xalqaro tadqiqot institutining tuzilmasi va nizomini tasdiqlash, shuningdek, boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini belgilash;
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
“Ipak yoʻli” xalqaro tadqiqot instituti direktorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;
(3-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xodimlarga ularning ish hajmi va samaradorligini hisobga olgan holda lavozim maoshining 200 foizigacha boʻlgan miqdorda qoʻshimcha oylik ustamalar belgilash huquqi beriladi.
(3-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
(3-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
b) har yili Universitetga Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hamda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar fuqarolariga magistraturada davlat granti asosida taʼlim olish uchun 100 ta oʻrin ajratiladi.
Bunda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan mablagʻlardan mazkur mamlakatlar fuqarolariga iqtisodiy klass toifasidagi bir yilda bir marotaba bir martalik kelib-ketish avia chiptalarini xarid qilish, har oyda 500 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida stipendiya ajratish, yotoqxona xarajatlari uchun har oyiga 100 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida, Oʻzbekistonning tarixiy shaharlari, boy arxitekturasi, mahalliy urf-odatlari va anʼanalari bilan xorijiy talabalarni tanishtirish maqsadida bir yilda ikki marotaba Oʻzbekistonning qadimiy shaharlariga sayohat qilishi uchun 100 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida mablagʻ ajratiladi;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-sonli Farmoniga asosan “v” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
4. Turizm va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Samarqand viloyati hokimligi bir oy muddatda:
a) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga qarashli, Samarqand shahri, Maxmud Qoshgʻariy koʻchasi, 85/a-uy manzilida joylashgan, oʻquv jarayonida foydalanilmayotgan binoni “Ipak yoʻli” art-rezidensiyasiga;
Samarqand viloyati hokimligiga qarashli, Samarqand shahri, Nodirabegim koʻchasi, 4a-uy manzilida joylashgan yotoqxona binosini Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga;
b) Kinematografiya agentligi bilan birgalikda Samarqand shahri, Beruniy koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan sobiq kinoteatr binosini “Ipak yoʻli” sanʼat galereyasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
Samarqand viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Kinematografiya agentligi bir oy muddatda mazkur bandda keltirilgan bino va inshootlarni bepul oʻtkazib berish boʻyicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalaridagi istiqbolli mutaxassislar, ayniqsa pedagoglar, ilmiy kadrlar va restavratorlarni tanlash va ularning taʼlim olishini tashkil etish uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2022 — 2026-yillarda xorijdagi nufuzli taʼlim muassasalarida turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik yoʻnalishlarida doktorantura (PhD) va magistraturada oʻqitish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) joriy qilinadi;
Dastur doirasida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarning nufuzli taʼlim va ilmiy muassasalarida taʼlim olishga yuborish “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xorijda taʼlim olish uchun nomzodlarni tanlab olish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi;
Dastur doirasida 50 nafar iqtidorli mutaxassislar, shu jumladan ularning 40 nafari magistratura bosqichida va 10 nafari doktorantura (PhD) bosqichida oʻqitiladi;
Dastur doirasida xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda tahsil olib, magistratura va doktoranturani bitirib qaytgan mutaxassislarga Turizm va sport vazirligining yoʻllanmasi asosida taʼlim muassasalari hamda madaniy meros va muzeyshunoslik sohalaridagi tashkilotlarda kamida 5 yil davomida uzluksiz faoliyat olib borish yoki xorijda taʼlim olish xarajatlarini 12 oy davomida ikki baravar miqdorda “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga qaytarish majburiyati yuklanadi.
6. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
a) Madaniy meros texnikumlari faoliyatini moliyalashtirish:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
b) Turizmni rivojlantirish instituti faoliyatini moliyalashtirish:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
binolar va inshootlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, Institut xodimlari mehnatiga haq toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
(6-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil ishlarini amalga oshirishdan, shartnoma asosida bajariladigan taʼlim va boshqa xizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
v) “Ipak yoʻli” xalqaro tadqiqot instituti, “Ipak yoʻli” muzeyi, “Ipak yoʻli” art-rezidensiyasi, “Ipak yoʻli” sanʼat galereyasi hamda Restavratorlarni qayta oʻqitish va malakasini oshirish markazi faoliyatini moliyalashtirish:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil ishlarini amalga oshirishdan, shartnoma asosida bajariladigan xizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
g) Universitetning Toshkent filiali faoliyatini moliyalashtirish:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
7. Turizm va sport vazirligi:
Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Universitet kutubxonasi, uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi texnikumlar va kollejlar hamda Turizmni rivojlantirish institutining laboratoriyasini zamonaviy uskunalar va butlovchi qismlar bilan jihozlash boʻyicha taklif ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar Universitet huzuridagi “Ipak yoʻli” xalqaro tadqiqot instituti, “Ipak yoʻli” muzeyi, “Ipak yoʻli” art-rezidensiyasi, “Ipak yoʻli” sanʼat galereyasi hamda Restavratorlarni qayta oʻqitish va malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2023-yil 1-mayga qadar Toshkent turizm va servis kolleji negizida Universitetning Toshkent filialini tashkil etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 07/22/232/0378-son)
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda Universitetning Toshkent filiali hamda mazkur qarorga muvofiq Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga berilayotgan bino va inshootlarning rekonstruksiya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritilishini taʼminlasin.
8. Moliya vazirligi:
“Ipak yoʻli” xalqaro tadqiqot instituti, “Ipak yoʻli” muzeyi, “Ipak yoʻli” art-rezidensiyasi, “Ipak yoʻli” sanʼat galereyasi, Restavratorlarni qayta oʻqitish va malakasini oshirish markazi, Universitetning Toshkent filiali va tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi texnikumlar va kollejlar hamda Turizmni rivojlantirish institutini saqlash xarajatlari uchun 2022-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida mablagʻ ajratilishini;
2022-yildan 2026-yilga qadar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga Dastur doirasida nufuzli taʼlim va ilmiy muassasalarda doktorantura (PhD) va magistraturada oʻqitish uchun mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.
9. Tashqi ishlar vazirligi:
Universitet professor-oʻqituvchilari, Turizmni rivojlantirish instituti xodimlarining yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malakasini oshirish va amaliyotini tashkil etishda, shuningdek, ilgʻor xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni oʻrnatishda Turizm va sport vazirligiga amaliy yordam koʻrsatsin;
Turizm va sport vazirligining buyurtmanomasiga koʻra Universitet, Madaniy meros texnikumlari va Turizmni rivojlantirish institutining ilmiy va oʻquv jarayonida ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga, professor-oʻqituvchilarga va ilmiy xodimlarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
10. Turizm va sport vazirligi:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining tajribasini oʻrganib, kadrlar buyurtmachisi boʻlgan tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohasidagi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar Madaniy meros texnikumlari hamda turizm va servis kollejlariga xorijiy hamkor tashkilotlarni jalb qilish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi mazkur qarorning maqsad va vazifalarini tushuntirish yuzasidan ommaviy axborot vositalarida maqolalar eʼlon qilinishi va tematik koʻrsatuvlar tashkil etilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
13. Turizm va sport vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib turizm va sport vazirining oʻrinbosari A.Oʻ. Akkulov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-oktabr,
PQ-5270-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-son qaroriga 1-ILOVA
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining
Izoh: * Universitet Samarqand arxeologiya institutining ilmiy va innovatsion tadqiqotlar sohasidagi hamda metodik yoʻnalishlardagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2024-y., 06/24/102/0541-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-son qaroriga 2-ILOVA
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga (keyingi oʻrinlarda — Universitet) qabul jarayonini respublika hududlari va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hamda Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik Kengashiga aʼzo mamlakatlar uchun alohida kvotalarni ajratgan holda belgilash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Amalga oshirish shakli:tartib loyihasini ishlab chiqish.
2022-yil fevral
-
Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)
2.
2022 — 2026-yillarda iqtidorli yoshlarni xorijdagi nufuzli taʼlim muassasalarida turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik yoʻnalishlarida doktorantura (PhD) va magistraturada oʻqitish dasturi doirasida bir nomzodga ajratiladigan moliyaviy mablagʻlarning miqdori va moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.
Amalga oshirish shakli:Nizom loyihasini ishlab chiqish.
2022-yil fevral
Davlat budjeti mablagʻlari
Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Vasiylik kengashi,
Turizm va sport vazirligi (Z. Kazakov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov)
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)
3.
Universitetning oʻqituvchi, ilmiy xodim va mutaxassislariga samaradorlik va natijadorlikning asosiy koʻrsatkichlari (KPI) talablarini belgilash.
Amalga oshirish shakli:tartib loyihasini ishlab chiqish.
2021-yil dekabr
-
Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (Z. Kazakov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov)
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)
4.
2022 — 2026-yillarda kamida 50 nafar iqtidorli yoshlarni rivojlangan mamlakatlarning nufuzli taʼlim va ilmiy muassasalarida doktorantura (PhD) va magistratura dasturlari boʻyicha oʻqitish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash:
talabgorlarni tanlab olish tartibi;
xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarni tanlash, ularda talabgorlarning oʻqish jarayonlarini tashkil qilish, shuningdek, ushbu maqsadlarni moliyalashtirish tartibi;
mazkur dastur asosida tahsil olib qaytgan fuqarolarning mamlakatdagi faoliyati tartibini belgilash.
Amalga oshirish shakli:tashkiliy chora-tadbirlar.
2022-yil yanvar
-
Ishlab chiqish uchun — Vasiylik kengashi
Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (Z. Kazakov),
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov)
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov, B. Musayev)
5.
Universitetda turizm, madaniy meros, arxeologiya va muzeyshunoslik sohalarida innovatsiyalarni yoʻlga qoʻyish, shu jumladan Samarqand arxeologiya instituti bilan hamkorlikda:
turizm, madaniy meros, arxeologiya va muzeyshunoslikni rivojlantirishning dolzarb muammolarini oʻrganish va tadqiq qilish;
turizm, madaniy meros, arxeologiya va muzeyshunoslik sohalarida mavjud muammolarni hal qilishning innovatsion yoʻllarini ishlab chiqish;
muzey rahbarlari hamda arxeolog va restavratorlarni qisqa muddatli kurslarda oʻqitish;
turizm, muzeylar ekspozitsiyasi va fondi, madaniy meros obyektlarini raqamlashtirishga koʻmaklashish va ushbu yoʻnalishlarda zamonaviy dasturiy taʼminotlardan foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Amalga oshirish shakli:tashkiliy chora-tadbirlar.
2022-yil mart
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari
Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)
6.
Turizm, mehmondoʻstlik va restoran biznesi yoʻnalishidagi oliy va professional taʼlim muassasalarining davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqish.
Amalga oshirish shakli:tashkiliy chora-tadbirlar.
2022-yil avgust
-
Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov)
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)
7.
Universitetni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish.
Amalga oshirish shakli:amaliy chora-tadbirlar.
2022 — 2028-yillar davomida
-
Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Vasiylik kengashi,
Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov, B. Musayev)
8.
Universitetda taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarining tijoratlashtirish faoliyati bilan uzviy bogʻliqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish.
Amalga oshirish shakli:chora-tadbirlar rejasi.
2022-yil aprel
-
Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Vasiylik kengashi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov),
Turizm va sport vazirligi (U. Azamov)
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)
9.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi www.silkroadscience.uz internet portalini tashkil etish:
turizm, madaniy meros, muzeyshunoslik va arxeologiya sohalarida ilmiy-tadqiqot mavzulari roʻyxatini shakllantirish;
turizm, madaniy meros, muzeyshunoslik va arxeologiya sohalarida tadqiqot olib borayotgan olimlar oʻrtasida oʻzaro aloqa oʻrnatish;
olimlar, izlanuvchilar va tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan ilmiy maqolalar, tezislar, ilmiy tadqiqot ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni doimiy joylashtirish.
Amalga oshirish shakli:internet portali tashkil etish.
2022-yil iyul
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari
Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (Z. Kazakov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)
10.
Bolonya deklaratsiyasiga qoʻshilish maqsadida Universitetning oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqqan holda xalqaro taʼlim malaka standartlariga muvofiq oʻqitishning oltinchi va yettinchi darajalarini joriy etish.
Amalga oshirish shakli:tashkiliy chora-tadbirlar.
2022 — 2024-yillar davomida
-
Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov),
Turizm va sport vazirligi (U. Azamov)
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)
11.
Turizm va sport vazirligi qoshidagi taʼlim muassasalarida turizm sohasidagi nufuzli xorijiy taʼlim muassasalari bilan birgalikda qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etishni kengaytirish.
Amalga oshirish shakli:chora-tadbirlar dasturi.
2022 — 2026-yillar davomida
-
Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov)
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)
12.
Universitet huzuridagi texnikumlarning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy taʼlim muassasalarining grant mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrish.
Amalga oshirish shakli:tashkiliychora-tadbirlar.
2022 — 2024-yillar davomida
-
Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov, Z. Kazakov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov)
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)
14.
Turizm va sport vazirligi qoshidagi taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini, shu jumladan talabalar turar joylari, kutubxona, oʻquv laboratoriyalar, sport-sogʻlomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini zamon talablari asosida mustahkamlash.
Amalga oshirish shakli:tashkiliy chora-tadbirlar.
2022-yil may
Davlat budjeti mablagʻlari
Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (Z. Kazakov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov, B. Musayev)
15.
Turizm va sport vazirligi qoshidagi taʼlim muassasalari bitiruvchilari bandligini taʼminlash tizimini takomillashtirish.
Amalga oshirish shakli:tashkiliychora-tadbirlar.
Doimiy
-
Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov)
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov, J. Qoʻchqorov)
16.
Universitetda masofaviy taʼlimni samarali yoʻlga qoʻyishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, ushbu jarayonni tashkil etish uchun zaruriy texnik va tashkiliy masalalarni hal etish.
Amalga oshirish shakli:chora-tadbirlar dasturi.
2022-yil davomida
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari
Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov)
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)
17.
Universite? huzurida falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Amalga oshirish shakli: Ilmiy kengash nizomini tasdiqlash.
2022-yil mart
-
Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Vasiylik kengashi,
Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov)
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov, B. Musayev)
18.
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar oliy taʼlim muassasalari rektorlarining turizm, madaniy meros, arxeologiya va muzeyshunoslik boʻyicha forumini oʻtkazish.
Amalga oshirish shakli:tashkiliy chora-tadbirlar.
2022-yil avgust-sentabr
-
Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov)
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov, B. Musayev)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
Madaniy meros agentligi direktori,Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari
S.A. Sadullayev
—
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari
S.B. Radjabov
—
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari
B.A. Abduhalimov
—
Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti
F.K. Umarov
—
Samarqand shahar hokimi
Lavozimi boʻyicha
—
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori, Vasiylik kengashi kotibi
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vasiylik kengashi raisi Vasiylik kengashining tarkibiga yangi aʼzolarni qoʻshimcha ravishda kiritish, shuningdek, boshqa vazirliklar va idoralarning ekspertlari va mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3815-son qarorida:
e) 15-bandning uchinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Turizm va sport vazirligi huzuridagi Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 19-bandning uchinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining” soʻzlari “Turizm va sport vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“27. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.”;
i) 1 va 2-ilovalarning nomlanishidagi “turizm” soʻzlaridan keyin “va madaniy meros” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4755-son qarori 1-bandining “a” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.