|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro etish muddati |
Ijro uchun masʼullar |
|
1. |
Sugʻurta faoliyati klassifikatoriga quyidagilarni qoʻshish orqali uni kengaytirish: a) hayotni sugʻurta qilish tarmogʻiga — majburiyatlarni taʼminlash uchun hayotni sugʻurtalash, uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sugʻurtasi, kapitalni qaytarish bilan hayotni sugʻurtalash; b) umumiy sugʻurta tarmogʻiga — tibbiy sugʻurta. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2022-yil may |
Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi |
|
2. |
Aholiga ajratilayotgan kreditlar boʻyicha hayotni sugʻurta qilish tarmogʻidagi sugʻurtalovchilar tomonidan kredit oluvchilarning hayotini sugʻurta qilish polislari qoʻshimcha taʼminot sifatida qabul qilinishi hamda ushbu taʼminot boʻyicha kredit ajratish tizimini keng joriy qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil yanvar |
Moliya vazirligi, Markaziy bank, Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi |
|
3. |
Jamiyatda sugʻurta madaniyatini va aholining sugʻurta bozoriga boʻlgan ishonchini oshirishga, shuningdek, hayot va shaxsiy sugʻurtani ommalashtirish hamda respublika hududlarida uning salohiyatini kengaytirishga yoʻnaltirilgan reklama-maʼrifiy ishlarni tashkil qilish, shu jumladan: uchrashuvlar, brifinglar, konferensiyalar hamda amaliy seminarlar oʻtkazish; maxsus taʼlim va axborot telekoʻrsatuvlari tayyorlash; reklama, shu jumladan ijtimoiy-yoʻnaltirilgan reklama kampaniyasini oʻtkazish. |
Media reja |
Ishlab chiqish: 2022-yil iyul Amalga oshirish: 2022-2023-yillar |
Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi |
|
4. |
Ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish orqali hayot va shaxsiy sugʻurta bozorini monitoring qilib, sugʻurta mahsulotlarining sifati va raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish. |
Tahliliy axborot |
Ishlab chiqish: 2022-yil may Amalga oshirish: 2022-2023-yillar |
Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Takliflar va tavsiyalarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish uchun — Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi |
|
5. |
Ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sugʻurtasining yangi turlari va mexanizmlarini joriy etish yoʻli bilan fuqarolarning pensiya taʼminoti darajasini oshirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021 — 2023-yillar |
Tashkillashtirish uchun — Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi; Ijro uchun — hayot sugʻurtasi sohasidagi sugʻurta tashkilotlari |
|
6. |
Ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda hayot va shaxsiy sugʻurtaning afzalliklari, zamonaviy sugʻurta xizmatlari haqidagi maʼlumotlarni, sugʻurta shartnomalarini tuzish va sugʻurta qoplamalarini (sugʻurta toʻlovlari) toʻlash tartibini, shuningdek, sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini keng yoritishni tashkillashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar |
Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi |
|
7. |
Milliy sugʻurta bozorining real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hayot sugʻurtasi tarmogʻida mutaxassislarni tayyorlash (qayta tayyorlash) boʻyicha mahalliy va xorijiy taʼlim muassasalari bilan birgalikda oʻqitishning maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Oʻqitishning maxsus dasturlari |
2022-2023-yillar |
Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi |
|
8. |
Hayot sugʻurtasi tarmogʻida mutaxassislik boʻyicha professional standartlarni ishlab chiqish va mutaxassislar malakasini baholashning mustaqil tizimini yaratish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil mart |
Ishlab chiqish uchun — Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi Metodik jihatdan koʻmaklashish uchun — Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi |
|
9. |
Hayot sugʻurtasi tashkilotlari tomonidan xalqaro reytinglarni olish boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga olgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish: hayot sugʻurtasi tashkilotlarining ishonchliligi va moliyaviy barqarorligini aniqlash maqsadida ularni reyting baholashdan oʻtkazish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish; milliy va xalqaro reyting agentliklari tomonidan hayot sugʻurtasi tashkilotlari oʻrtasida reytinglarni olish borasida tushuntirish ishlarini olib borish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
Ishlab chiqish: 2022-yil iyul Amalga oshirish: 2022-2023-yillar |
Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi |
|
10. |
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi faoliyatini kengaytirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2022-yil yanvar |
Moliya vazirligi, Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi, Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi |
|
11. |
Fuqarolarning pensiya taʼminotidan xabardorlik darajasini oshirish uchun uchrashuvlar, brifinglar, shuningdek, amaliy seminarlar oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021 — 2023-yillar |
Tashkillashtirish uchun — Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentlig?; Ijro uchun — hayot sugʻurtasi sohasidagi sugʻurta tashkilotlari |
|
12. |
Yangi va zamonaviy sotuv instrumentlarini joriy etish orqali hayot va shaxsiy sugʻurta mahsulotlarini sotish kanallarini kengaytirish, jumladan: “Cashback” tizimiga ega boʻlgan mobil ilovasini qoʻllash va bonuslar berish; sugʻurta agentlarini jalb qilgan holda, sugʻurta polislarini chakana sotish va tarmoq marketing tizimi uchun onlayn-platforma yaratish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar |
Tashkil etish uchun — Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi Amalga oshirish uchun — hayot sugʻurtasi sohasidagi sugʻurta tashkilotlari |
|
13. |
Yangi tahrirdagi Sugʻurta agentlari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish, unda quyidagilarni inobatga olish: sugʻurta agentlari faoliyatini tashkil etish va tartibga solishning zamonaviy metodlarini joriy qilish; sugʻurtalovchilar va sugʻurta agentlari oʻrtasida samarali hamkorlik mexanizmlarini joriy qilish; sugʻurta agenti vositachiligida tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha vositachilik taqdirlash toʻlovlarini tabaqalashtirish; sertifikatlangan sugʻurta maslahatchilari va firma sugʻurta agentlari institutlarini tashkil qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2022-yil iyul |
Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi |
|
15. |
Majburiy sugʻurtaning yangi turlarini, shu jumladan davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda koʻchmas mulk va qishloq xoʻjaligi xavflarini sugʻurtalash turlarini kengaytirish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar |
Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi |
|
16. |
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha yagona axborot tizimi negizida barcha sugʻurta turlarini roʻyxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-iyun |
Sugʻurta toʻlovlarini kafolatlash jamgʻarmasi, Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
17. |
Yagona axborot tizimining manfaatdor vazirlik va idoralar axborot tizimlari, jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi bilan sugʻurta sohasida oʻzaro elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-may |
Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi, Sugʻurta toʻlovlarini kafolatlash jamgʻarmasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
18. |
Sugʻurta tashkilotlari tomonidan ixtiyoriy pensiya sugʻurtasi hamda uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq) hayot sugʻurtasi turlari boʻyicha sugʻurta mukofotlari hisobidan shakllangan mablagʻlarni investitsiya qilish maqsadida ularni inflyatsiyaga bogʻlangan davlat qimmatli qogʻozlariga yoʻnaltirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-iyun |
Moliya vazirligi, Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi |
|
19. |
Inflyatsiyaga bogʻlangan davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish choralarini koʻrish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-iyul |
Moliya vazirligi |
|
20. |
Sugʻurtaning barcha turlarini (klasslarini) elektron shaklda sotish va rasmiylashtirish qoidalarini, shuningdek, ularning haqiqiyligini tekshirish mexanizmlarini oʻz ichiga olgan Elektron turdagi sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish tartibi yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2022-yil iyun |
Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi |